×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

LIKOPID tabletkalari 1mg N10

Kategoriya:
- Immunomodulyatorlar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Rossiya Federatsiyasi
Qadoqda soni:
- 10
Ishlab chiqaruvchi:
- Пептек ЗАО
ATX kodi:
- L03A
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

TONZILGON N draje N50 Bionorica SE Germaniya
68 000 s`om dan
IMMUNOKIND tabletkalari N150 Deutsche Homoeopathie-Union DHU-Arzneimittel GmbH & Co.KG Germaniya
48 800 s`om dan
T LAYF liofilizat 1mg N5 Hainan Zhonghe Pharmaceutical Co., Ltd Xitoy
196 500 s`om dan
ELAFRA tabletkalari 20mg N30 S.C. Rompharm Company S.R.L., Румыния произведено: Haupt Pharma Munster GmbH Germaniya
222 300 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
LIKOPID tabletkalari 1mg N10 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
LIKOPID®
LIKOPID

Preparatning savdo nomi: Likopid®
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): glyukozaminilmuramildipeptid
Dori shakli: tabletkalar.
Tarkibi:
Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: glyukozaminilmuramildipeptid (GMDP) – 1,0 mg.
yordamchi moddalar: laktoza monogidrati – 73,88 mg, qand (saxaroza) – 5,0 mg, kartoshka kraxmali – 19,0 mg, metilsellyuloza – 0,12 mg, kalsiy stearati – 1,0 mg.
Ta‘rifi: dumaloq, yassi silindrik shaklli, faskali, oq rangli tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi: immunitetni modulyasiyalovchi vosita.
ATX kodi: L03A.

Farmakologik xususiyatlari
Likopid® tabletkalarining ta‘sir etuvchi moddasi – glyukozaminilmuramildipeptid (GMDP) – bakterial hujayralar qobig‘ining struktur qismining (peptidoglikan) sintetik analogidan iborat. GMDP tug‘ma va orttirilgan immunitetni faollashtiruvchisi hisoblanadi, organizmning virus, bakterial va zamburug‘li infeksiyalardan himoyasini kuchaytiradi; immunologik reaksiyalar rivojlanishida adyuvant samara ko‘rsatadi.
Preparatning biologik faolligi GMDP ning fagositlar (neytrofillar, makrofaglar, dendrit hujayralar) sitoplazmasida joylashgan NOD2 hujayra ichidagi reseptor oqsili bilan bog‘lanishi orqali amalga oshadi. Preparat fagositlarning funksional (bakterisid, sitotoksik) faolligini rag‘batlantiradi, ular tomonidan antigenlar ishlab chiqarilishini, T- va V-limfositlar proliferasiyasini kuchaytiradi, spesifik antitelalar sintezini oshiradi, Th1/Th2-limfositlar muvozanatini Th1 ustunligi tomoniga normallashishiga yordam beradi. Farmakologik ta‘siri muhim interleykinlar (interleykin-1, interleykin-6, interleykin-12) ishlab chiqarilishini, o‘smalar nekrozi alfa omilini, gamma-interferonni, koloniyalarni rag‘batlantiruvchi omillarni kuchaytirish orqali amalga oshadi. Preparat tabiiy killer hujayralarning faolligini oshiradi.
Likopid® past toksiklik (LD50 terapevtik dozadan 106000 marta yuqori) darajasiga ega. O‘tkazilgan eksperimentda preparat terapevtik dozadan 100 marta yuqori dozada peroral usulda yuborilganda, markaziy nerv tizimi va yurak-qon tomir tizimiga toksik ta‘sir ko‘rsatmaydi, ichki a‘zolar tomonidan patologik o‘zgarishlarni chaqirmaydi. Likopid® embriotoksik va teratogen ta‘sir ko‘rsatmaydi, xromosom, gen mutasiyalarini keltirib chiqarmaydi. Hayvonlarda o‘tkazilgan eksperimental tadqiqotlarda Likopid® (GMDP) ning o‘smalarga qarshi faolligi haqidagi ma‘lumotlar olingan.
Farmakokinetikasi
Peroral qabul qilinganda preparatning biokiraolishligi 7-13% ni tashkil etadi. Qon albuminlari bilan bog‘lanish darajasi sust. Maksimal konsentrasiyaga erishish vaqti (tmax) – qabul qilgandan keyin 1,5 soatni tashkil etadi. Yarim chiqarilish davri (t1/2) – 4,29 soat. Faol metabolitlarni hosil qilmaydi, asosan buyraklar orqali o‘zgarmagan ko‘rinishda chiqariladi.

Qo‘llanilishi
Preparat kattalar va bolalarda (3 yoshdan boshlab) ikkilamchi immun tanqisligi holatlari bilan birga kechadigan kasalliklarni majmuaviy davolashda qo‘llanadi.
Bolalar:
– zo‘rayish bosiqichida va remissiya bosqichidagi yuqori va quyi nafas yo‘llarining surunkali, qaytalanuvchi infeksiyalari;
– teri va yumshoq to‘qimalarning o‘tkir va surunkali yiringli-yallig‘lanish kasalliklari (piodermiya, furunkulyoz va boshqalar);
– gerpetik infeksiya.
Kattalar:
– nafas olish yo‘llarining surunkali infeksiyalari;
– teri va yumshoq to‘qimalarning o‘tkir va surunkali yiringli-yallig‘lanish kasalliklari (piodermiya, furunkulyoz va boshqalar);
– gerpetik infeksiya.
Profilaktik qabul qilish (kattalar):
– O‘RK bilan mavsumiy kasallanish va LOR-a‘zolarning, yuqori va quyi nafas yo‘llari surunkali kasalliklarini oldini olish va zo‘rayishi tez-tezligini kamaytirish.

Qo‘llash usuli va dozalari
Likopid® och qoringa, ovqatdan 30 minut oldin ichga qabul qilinadi yoki sublingval usulda qo‘llanadi.
Preparatni qabul qilish o‘tkazib yuborilganida, agar Siz rejalashtirilgan vaqtdan 12 soatdan kam vaqt o‘tgan bo‘lsa, o‘tkazib yuborilgan dozani qabul qilishingiz mumkin; agar rejalashtirilgan vaqtdan 12 soatdan ko‘p vaqt o‘tgan bo‘lsa, unda sxema bo‘yicha faqat keyingi dozani qabul qilish zarur va o‘tkazib yuborilgan doza qabul qilinmaydi.
Pasientlarning (keksa yoshdagi shaxslar, jigar faoliyati buzilishi bo‘lgan pasientlar, buyrak faoliyati buzilishi bo‘lgan pasientlar) alohida guruhlarida dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi.
Bolalar:
Teri va yumshoq to‘qimalarning o‘tkir va surunkali yiringli-yallig‘lanish kasalliklari (piodermiya, furunkulyoz va boshqalar): 1 tabletkadan sutkada 1 marta 10 kun davomida til ostiga qo‘llanadi.
Yuqori va quyi nafas yo‘llarining surunkali, qaytalanuvchi infeksiyalari (zo‘rayish bosqichida va remissiya bosqichida): Likopid® 1 tabletkadan sutkada 1 marta 10 kun davomida til ostiga qo‘llanadi, 3 davolash kursi qabul qilinadi, kurslar orasidagi tanaffus 20 kunni tashkil etadi.
Gerpetik infeksiya: 1 tabletkadan sutkada 3 marta 10 kun davomida ichga qabul qilinadi yoki til ostiga qo‘llanadi.
Kattalar:
Nafas olish yo‘llarining surunkali infeksiyalari: 2 tabletkadan sutkada 1 marta 10 kun davomida til ostiga qo‘llanadi.
Teri va yumshoq to‘qimalarning o‘tkir va surunkali yiringli-yallig‘lanish kasalliklari (piodermiya, furunkulyoz va boshqalar): 2 tabletkadan sutkada 2-3 marta 10 kun davomida til ostiga qo‘llanadi.
Gerpetik infeksiya: 2 tabletkadan sutkada 3 marta 10 kun davomida ichga qabul qilinadi yoki til ostiga qo‘llanadi.
Profilaktika (kattalar):
– O‘RK bilan mavsumiy kasallanish va LOR-a‘zolarning, yuqori va quyi nafas yo‘llari surunkali kasalliklarini oldini olish va zo‘rayishi tez-tezligini kamaytirish uchun Likopid® preparati 1 tabletkadan sutkada 3 marta 10 kun davomida til ostiga qo‘llanadi.

Qo‘llashdagi ehtiyotkorlik choralari
Likopid® 1 mg har bir tabletkasi 0,00042 n.b. (non birligi) miqdorida saxaroza saqlaydi, buni qandli diabeti bo‘lgan pasientlarda hisobga olish zarur.
Likopid® 1 mg har bir tabletkasi 0,074 gramm laktoza saqlaydi, buni gipolaktaziya (laktozani o‘zlashtiraolmaslik, bunda organizmda laktaza, ya‘ni laktozani o‘zlashtirish uchun zarur bo‘lgan ferment darajasining pasayishi kuzatiladi) bo‘lgan bemorlarda hisobga olish zarur.

Nojo‘ya ta‘sirlari
Tez-tez (1-10%) – davolashni boshida tana haroratini subfebril qiymatlargacha (37,9°S gacha) qisqa muddatli oshishi kuzatilishi mumkin, bu preparatni bekor qilish uchun ko‘rsatma hisoblanmaydi.
Kam xollarda (0,01-0,1%) – tana haroratini febril qiymatlargacha (>38,0°S) qisqa muddatli oshishi kuzatiladi. Tana harorati 38,0°S dan yuqori darajaga oshishganda, isitmani tushuruvchi vositalarni qabul qilish mumkin, bu Likopid® tabletkalarining farmakologik samaralarini pasaytirmaydi.
Juda kam xollarda (0,01% dan kam) – diareya.
Agar yo‘riqnomada ko‘rsatilgan nojo‘ya samaralardan birontasi og‘irlashsa yoki Siz yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan har qanday boshqa nojo‘ya samaralarni sezsangiz, bu haqda davolovchi shifokorga ma‘lum qiling.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
– Glyukozaminilmuramildipeptid va preparatning boshqa komponentlariga nisbatan yuqori sezuvchanlik;
– homiladorlik va laktasiya;
– zo‘rayish bosqichidagi autoimmun tireoidit
– preparat qabul qilinayotgan vaqtda febril harorat (>38°S) bilan kechuvchi holatlar;
– kam hollarda uchraydigan moddalar almashinuvining tug‘ma buzilishlari: alaktaziya, galaktozemiya, laktaza tanqisligi, laktozani o‘zlashtiraolmaslik, saxaraza/izomaltaza tanqisligi, fruktozani o‘zlashtiraolmaslik, glyukozo-galaktoz malabsorbsiya;
– klinik ma‘lumotlar yo‘qligi tufayli autoimmun kasalliklarida qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Preparat mikroblarga qarshi preparatlarning samaradorligini oshiradi, viruslarga qarshi va zamburug‘larga qarshi preparatlarga nisbatan sinergizm kuzatiladi. Antasidlar va sorbentlar preparatning biokiraolishligini sezilarli darajada kamaytiradi. Glyukokortikosteroidlar Likopid®ning biologik samarasini pasaytiradi.

Maxsus ko‘rsatmalar
Preparatni homilador ayollarda va emizish davridagi ayollarda tibbiyotda qo‘llash imkoniyati va o‘ziga xosligi:
Homilador va emizikli ayollarga Likopid® 1 mg preparatini qabul qilish mumkin emas.
Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘sir qilmaydi.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan keyin qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi
Preparat dozasini oshirib yuborilishi holatlari noma‘lum.
Preparatning farmakologik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, doza oshirib yuborilganda, tana haroratini subfebril (37,9°S gacha) qiymatlargacha oshishi kuzatilishi mumkin. Zarurati bo‘lganida, simptomatik davolash (isitmani tushuruvchi vositalar) o‘tkaziladi, sorbentlar buyuriladi. Spesifik antidoti noma‘lum.

Chiqarilish shakli
1 mg dan tabletkalar.
10 tabletkadan polivinilxlorid plyonka va laklangan bosma alyuminiy folgali kontur uyali o‘ramda. 1 kontur uyali o‘ramdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

Yaroqlilik muddati
5 yil.

Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz beriladi.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

LIKOPID tabletkalari 1mg N10 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
LIKOPID tabletkalari 1mg N10 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
LIKOPID tabletkalari 1mg N10 dori vositasi Пептек ЗАО tomonidan Rossiya Federatsiyasi mamlakatida ishlab chiqarilgan.
LIKOPID tabletkalari 1mg N10 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
LIKOPID tabletkalari 1mg N10 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
LIKOPID tabletkalari 10mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya Federatsiyasi
  • Ishlab chiqaruvchi: Пептек ЗАО
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9