55 800 s`om dan
Dorixonalardan izlash
Tibbiy buyumning xususiyatlari
Yallig'lanishga qarshi va yumshatuvchi ta'sir ko'rsatadi, ta'sirlanishni bartaraf etadi.
Burun bo'shlig'i va burun-xalqumni bakteriyalar, viruslar, allergenlar, ushoq, shilliq, chang zarralaridan faol tozalab, barcha qismlarini yaxshilab yuvadi. Burun bo'shlig'ining shilliq qavatlarini normal fiziologik holatini bir maromda saqlab turadi, mahalliy immunitetni oshiradi.
Burun bo'shlig'i va burun-xalqum shilliq qavatining shishini kamaytiradi, burundan nafas olishni tiklash qobiliyatiga ega.
Burun bo'shlig'ining shilliq qavatiga sepiladigan dori vositalarining terapevtik samarasini oshiradi va respirator kasalliklarning davomiyligini qisqartiradi.
Infektsiyalarni burunoldi bo'shliqlari va quloq bo'shlig'iga tarqalish xavfini kamaytiradi.
Burun bo'shlig'i va burun-xalqum shilliq qavatini regenerasiya jarayonlarini tezlashtiradi, burun bo'shlig'i va burunoldi bo'shliqlarida o'tkaziladigan operasiyalaridan so'ng asoratlarni rivojlanish xavfini kamaytiradi.
Dengiz suvining barcha faol moddalari va mikroelementlarini: K, Mg, Na, sa, Cl, Se, I, Zn, Cu, Fe va boshqalarni saqlaydi.
Konservantlarni saqlamaydi.
Vositani ko'zga tushishidan saqlang.Vositani homiladorlik va emizish davrida qo'llash mumkin.
Insonning psixomotor holatiga ta'sir ko'rsatadigan tibbiy buyumlar qatoriga kirmaydi.
- chaqaloqni hayotining birinchi kunidan burun bo'shlig'ini yumshatish va har kungi gigiena uchun:
- O'RVI va gripp epidemiyasi davrida har kuni qo'llash uchun;
- noxush atrof - muhit, ya'ni yomon iqlim sharoitlarida yashash, kondisioner bilan sovutiladigan va/yoki Markaziy isitiladigan havoli honada bo'lish, ifloslangan havo ta'siridan (chang, bo'yoqlar va boshq) har kuni foydalanish uchun;
- chaqaloq burun bo'shlig'ining o'tkir va surunkali yallig'lanish kasalliklarini (infektsion, allergik, atrofik) oldini olish va majmuaviy davolash maqsadida har kuni foydalanish uchun:
-o'tkir va surunkali rinitlar;
-o'tkir va surunkali sinusitlar;
-o'tkir va surunkali adenoiditlar;
-allergik va atrofik rinitlar;
- dori vositalarini qo'llash uchun burun bo'shlig'ini tayyorlash uchun.
Purkagich-uchlik "yumshoq dush" maxsus cheklovchi xalqa bilan ta'minlangan, bu vositani foydalanishda bolaning burun bo'shlig'iga chuqur kirishi va shilliq qavatni shikastlashini oldini oladi.
- burun yo'llarini to'liq berkilib qolishi;
- o'tkir otit va surunkali otit xurujida qo'llash mumkin emas.
Bevosita quyosh nurlaridan va ochiq alanga manbaidan saqlansin.
Buyumga issiqliq bilan ishlov berishga yo'l qo'yilmasin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Yaroqlilik muddati o'tganidan so'ng qo'llanmasin.
Profilaktika va har kungi gigiena: burun bo'shlig'ini kuniga 2-3 marta yuvish.
Tibbiy buyumni qo'llash davomiyligi va soni cheklanmagan.
Yuvish va chayish usullari
Burunni yuvish yarim yotgan holatda amalga oshiriladi. Bolaning boshini yon tomonga qaratiladi.
Purkagich – uchlikning himoya qalpog'ini eching va yuqorida joylashgan burun yo'llariga ballonning uchligini yo'naltiring.
Bir necha sekund davomida burun bo'shlig'ini yuving.
Bolani o'tkazing va unga burunni qoqishga yordam bering. Zarurati bo'lsa muolajani takrorlang.
Muolajani ikkinchi burun yo'lida o'tkazing.
Muolaja tugaganidan so'ng purkagichning uchini salfetka bilan arting va himoya qalpog'ini taqing.