×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

LINAKVA BEBI Unidoza 0,9% 2ml N30

Kategoriya:
- Dori vositalari
Ishlab chiqarilish joyi:
- Россия
Faol modda:
изотоническая морская вода, Натрия хлорид
Qadoqda soni:
- 30
Ishlab chiqaruvchi:
- «Гротекс»
Vakil:
- Pharmline Plus MChJ
Noaniqliq haqida habar berish
O'zbekiston Respublikasi dorilar reestri ro'yxatidan o'tgan
Toshkentning 36 ta dorixonasida topildi

ico 35 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Steril polietilen leek i polipropilen li yunidozlar (tyubik-tomchilagich) 2 ml xajmli.

Qo'llanilish sohasi – Otorinolaringologiya. Vosita 0 yoshdan boshlab bolalar uchun LOR-kasalliklarini oldini olish va majmuaviy davolashda burun va burun-xalqumning shilliq qavatini yuvish uchun mo'ljallangan. 


Tibbiy buyumning xususiyatlari

Yallig'lanishga qarshi va yumshatuvchi ta'sir ko'rsatadi, ta'sirlanishni bartaraf etadi.  

Burun bo'shlig'i va burun-xalqumni bakteriyalar, viruslar, allergenlar, ushoq, shilliq, chang zarralaridan faol tozalab, barcha qismlarini yaxshilab yuvadi. Burun bo'shlig'ining shilliq qavatlarini normal fiziologik holatini bir maromda saqlab turadi, mahalliy immunitetni oshiradi. 

Burun bo'shlig'i va burun-xalqum shilliq qavatining shishini kamaytiradi, burundan nafas olishni tiklash qobiliyatiga ega. 

Burun bo'shlig'ining shilliq qavatiga sepiladigan dori vositalarining terapevtik samarasini oshiradi va respirator kasalliklarning davomiyligini qisqartiradi. 

Infektsiyalarni burunoldi bo'shliqlari va quloq bo'shlig'iga tarqalish xavfini kamaytiradi. 

Burun bo'shlig'i va burun-xalqum shilliq qavatini regenerasiya jarayonlarini tezlashtiradi, burun bo'shlig'i va burunoldi bo'shliqlarida o'tkaziladigan operasiyalaridan so'ng asoratlarni rivojlanish xavfini kamaytiradi.

Natriy xloridini (NaCl) 9 g/l saqlovchi, osmolyar ko'rsatkichi 200-400 mosm/kg bo'lgan, izotonik, tabiiy steril dengiz suvi. 

Dengiz suvining barcha faol moddalari va mikroelementlarini: K, Mg, Na, sa, Cl, Se, I, Zn, Cu, Fe va boshqalarni saqlaydi.

Konservantlarni saqlamaydi

Vositani qo'llash bo'yicha yo'riqnomaga muvofiq qo'llanganda nojo'ya ta'sirlar aniqlanmagan.

Vositani homiladorlik va emizish davrida qo'llash mumkin. 

Insonning psixomotor holatiga ta'sir ko'rsatadigan tibbiy buyumlar qatoriga kirmaydi.

Burun bo'shlig'ini yuvish va chayish uchun "Linakva bebi" yunidozalar vositasini 0 yoshdan boshlab qo'llash mumkin. 

- chaqaloqni hayotining birinchi kunidan burun bo'shlig'ini yumshatish va har kungi gigiena uchun;

- O'RVI va gripp epidemiyasi davrida har kuni qo'llash uchun;

- noxush atrof - muhit, ya'ni yomon iqlim sharoitlarida yashash, kondisioner bilan sovutiladigan va/yoki Markaziy isitiladigan havoli honada bo'lish, ifloslangan havo ta'siridan (chang, bo'yoqlar va boshq) har kuni foydalanish uchun;

- chaqaloq burun bo'shlig'ining o'tkir va surunkali yallig'lanish kasalliklarini (infektsion, allergik, atrofik) oldini olish va majmuaviy davolash maqsadida har kuni foydalanish uchun:

-o'tkir va surunkali rinitlar; 

-o'tkir va surunkali sinusitlar;

-o'tkir va surunkali adenoiditlar;

-allergik va atrofik rinitlar;

- dori vositalarini qo'llash uchun burun bo'shlig'ini tayyorlash uchun.

- yuvish va chayish uchun vositalarning komponentlarini shaxsiy o'zlashtiraolmaslik;

- burun yo'llarini to'liq berkilib qolishi;

- o'tkir otit va surunkali otit xurujida qo'llash mumkin emas.

+10 °С dan +30 °С gacha haroratda, bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Bevosita quyosh nurlaridan va ochiq alanga manbaidan saqlansin.

Buyumga issiqliq bilan ishlov berishga yo'l qo'yilmasin.


Yaroqlilik muddati

3 yil. 

Yaroqlilik muddati o'tganidan so'ng qo'llanmasin.

Burun bo'shlig'ini yuvish va chayish uchun "Linakva bebi" vositasi (keyinchalik – vosita), tiniq, rangsiz, xidsiz, biroz tuzli ta'mli suyuqlik.

Majmuaviy davolashda: 1-2 tomchidan har bir burun bo'shlig'iga kuniga 4 marta. Kuchli tumovda: har bir burun bo'shlig'ini kuniga 4 marta yuvish. 

Profilaktika va har kungi gigiena: burun bo'shlig'ini kuniga 2-3 marta yuvish.

Tibbiy buyumni qo'llash davomiyligi va soni cheklanmagan. 


Yuvish usullari

Boshqalaridan bir yunidozani ajratib qo'ying.


Qopqog'ini burab, uni oching.


Burunni yuvish yarim yotgan holatda amalga oshiriladi. 

Bolaning boshini yon tomonga qaratiladi. 

Yunidozani biroz bosib, yuqorida joylashgan burun yo'llariga eritmani tomizing. 

Bolani o'tkazing va unga burunni qoqishga yordam bering. Zarurati bo'lsa muolajani takrorlang.


Muolajani ikkinchi burun yo'lida o'tkazing. Ishlatilgan yunidozani tashlab yuboring.



Agar eritma qolgan bo'lsa, qopqog'ini sekin bosib, yunidozani yoping, birinchi ochilgandan so'ng 12 soat davomida ishlatilsin.


Гузаль 04.04.2024
excellent
Fikringiz:
Очень удобный и щадящий формат для маленьких деток. Пользуемся с рождения, самое лучшее средство для детских носиков
 
Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

LINAKVA BEBI Unidoza 0,9% 2ml N30 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
LINAKVA BEBI Unidoza 0,9% 2ml N30 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
LINAKVA BEBI Unidoza 0,9% 2ml N30 dori vositasi «Гротекс» tomonidan Россия mamlakatida ishlab chiqarilgan.
LINAKVA BEBI Unidoza 0,9% 2ml N30 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
LINAKVA BEBI Unidoza 0,9% 2ml N30 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Другие формы препарата
LinAkva soft spreyi naz 125 ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Россия
  • Faol modda: изотоническая морская вода, Натрия хлорид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: «Гротекс»
  • Vakil: Pharmline Plus MChJ
LinAkva bebi spreyi naz 125ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Россия
  • Faol modda: изотоническая морская вода, Натрия хлорид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: «Гротекс»
  • Vakil: Pharmline Plus MChJ
LINAKVA BEBI Unidoza 0,9% 2ml N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Россия
  • Faol modda: изотоническая морская вода, Натрия хлорид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: «Гротекс»
  • Vakil: Pharmline Plus MChJ
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9