×
×
  • LIPONIL kapsulalar  N50

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

LIPONIL kapsulalar N50

Kategoriya:
- Qon va qon aylanishi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Qadoqda soni:
- 50
Ishlab chiqaruvchi:
- Ultra Herbal Remedies Pvt. Ltd.
ATX kodi:
- B05BA02 Жировые эмульсии
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
LIPONIL kapsulalar N50 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

LIPONIL

LIPONIL

 

Preparatning savdo nomi: Liponil

Dori shakli: kapsulalar 500 mg

Tarkibi:

Bir kapsula quyidagilarni saqlaydi:

Faol moddalar:

Sanskritdagi nomi Botanik/lotincha nomi Miqdori, mg
Shuddha guggulu Commiphora wightii (Xind bdeliyi) 100
Lashuna Allium sativum Linn. (Sarimsoq piyoz) 100
Arjuna Terminalia arjuna (Terminaliya ardjuna) 50
Chitraka Plumbago zeylanicum (Seylon Svinchatkasi) 50
Bhumiamalaki Phyllanthus niruri Linn (Fillantus nirruri) 50
Trikatu churna Zinzeber officinale (Oddiy zanjabil) 25
Punarnava Boerhavia diffusa Linn (Tarqalgan Boraviya) 50
Gokshura Tribulus terrestis Linn (Yer bag‘irlovchi Yakorsa) 50
Triphala Terminalia chebula, T. Belerica, Embellica officinale (Terminaliya xebula, T. Bellerika, dorivor Emblika) 25

Ta‘rifi: o‘ziga xos hidli jigarrang kukun saqlovchi, qizil rangli kapsulalar.

Farmakoterapevtik guruhi: gipolipidemik vosita.

Farmakologik xususiyatlari

Preparatning farmakologik xususiyati preparat tarkibiga kiruvchi dorivor o‘simliklar ekstraktining samaralari bilan bog‘liq.

Hind bdeliyi quritilgan qatronining ekstrakti – giperxolesterinemiyada yuqori faollikka ega steroid laktonlar sinfi gugullosteronlarni o‘rganish predmetidir, trigliseridlar va umumiy xolesterinning darajasini nazorat qiladi. Trombositlar agregasiyasi va ularni arteriyalar devoriga yopishishini oldini olib, ateroskleroz ko‘rinishlarini kamaytiradi.

Sarimsoq piyoz quritilgan boshchasining ekstrakti gipoxolesterinemik faollik, antiperoksid samaraga ega, plazmadagi liporpotein, xolesterin darajasiga ta‘sir qiladi, angiagregant vosita sifatida aterosklerozda qo‘llanadi.

Terminaliya ardjuna quritilgan daraxtining ekstarkti antigipertenziv xususiyatlarga ega, giperxolesterinemiyani kamaytiradi, aterosklerozda qo‘llanadi. U faol kardiotonikdir, chap qorinchaning baroreflektor faolligini oshirib, yurak mushagiga ta‘sir ko‘rsatadi. U shuningdek, yurak mushagining oksidativ stressini kamaytiradi va kuchli gipoxolesterinemik ta‘sir ko‘rsatadi.

Seylon Svinchatkasining quritilgan ildizi ekstrakti kuchli rag‘batlantiruvchi, antioksidant, adaptogen, yel haydovchi xususiyatlarga ega, ovqat hazm qilish fermentlarini ajralishini rag‘batlantiradi.

Fillantus nirrurining quritilgan o‘tlarining ekstrakti lipidlarni perekisli oksidlanishini ingibisiya qiladi, gepatoprotektor, antioksidant ta‘sirga ega, yog‘larning metabolizmiga ta‘sir etadi.

Tarqalgan Boraviyaning quritilgan o‘tlarining ekstrakti diuretik, gipoxolesterinemik, ahamiyatli darajada gepatoprotektor faollikka ega.

Yer bag‘rlovchi Yakorsa quritilgan mevalarining ekstrakti glyukoza bilan birikkan gemoglobin, umumiy xolesterin, trigliseridlar va past zichlikdagi xolesterin darajasini kamaytiradi. Shuningdek, u faol antioksidant, gepatoprotektor va diuretikdir.

Oddiy zanjabilning quruq ildizpoyasi ekstrakti antioksidant faollik, antibakterial va yallig‘lanishga qarshi xususiyatlarga ega, plazmada umumiy xolesterin, trigliseridlar, past va juda past zichlikdagi xolesterin darajasini kamaytiradi.

Terminaliya xebula, Terminaliya bellerika va dorivor Emblika (trifala) ning quritilgan mevalarining ekstrakti – kuchli antioksidant va adaptogendir.

Farmakokinetikasi

O‘simlikdan olingan komponentlarning majmuasi mahsulotning aniq farmakokinetikasi noma‘lum/aniqlanmagan yoki uni aniqlashda qiyinchiliklar mavjud.

 

Qo‘llanilishi

Plazmada umumiy xolesterin, trigliseridlar va past zichlikdagi xolesterin darajasini oshishi bilan kechuvchi giperxolesterinemik status, giperlipidemiyani simptomatik davolash. Giperxolesterinemiya oqibatidagi ateroskleroz, revmatizm, o‘tkir va surunkali bronxit, surunkali qabziyat, bosh og‘rig‘i, jigar sirrozida yordamchi vosita sifatida qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

1-2 kapsula kuniga ikki yoki uch marta ovqatdan keyin suv bilan qabul qilinadi. Maksimal sutkalik doza – kuniga 6 kapsulani tashkil etadi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Allergik reaksiyalar rivojlanishi mumkin.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas (klinik ma‘lumotlarni yo‘qligi tufayli).

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Statin preparatlari bilan majmuada qabul qilish tavsiya etilmaydi.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Agar preparatning yaroqlilik muddati o‘tgan bo‘lsa, uni mahalliy qoidalarga muvofiq utilizasiya qilish kerak. Bunday choralar atrof-muhitni himoya qilishga yordam beradi.

Homiladorlik va laktasiya

Preparatni homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llash tavsiya etilmaydi (klinik ma‘lumot cheklanganligi tufayli).

Dozani oshirib yuborilishi

Hozirgi vaqtgacha preparatning dozasini oshirib yuborilishi haqida xabar berilmagan.

 

Chiqarilish shakli

50 kapsula “bolalardan himoya” yopish tizimli YUZPE flakonda. Bir flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.

 

Saqlash sharoiti

30°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda, quruq joyda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Shifokor resepti bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

LIPONIL kapsulalar N50 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
LIPONIL kapsulalar N50 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
LIPONIL kapsulalar N50 dori vositasi Ultra Herbal Remedies Pvt. Ltd. tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
LIPONIL kapsulalar N50 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
LIPONIL kapsulalar N50 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9