×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

TRENAKSA inyeksiya uchun eritma 5ml 100mg/ml N5

Kategoriya:
- Qon va qon aylanishi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Faol modda:
Транексамовая кислота
Qadoqda soni:
- 5
Ishlab chiqaruvchi:
- Macleods Pharmaceuticals Ltd, Индия произведено: Immacule Lifesciences Pvt. Ltd
ATX kodi:
- B02AA02
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 2 ta dorixonasida topildi

ico 89 600 s`om dan

Dorixonalardan izlash

O'xshash dorilar

NATRIYA XLORID inyeksiya uchun eritma 5ml 0,9% N5 Jurabek Laboratories СП ООО O'zbekiston
4 000 s`om dan
TRANEKSAM tabletkalari 250mg N30 Нижфарм-Stada CIS Rossiya Federatsiyasi
GLISIN tabletkalari 100mg N50 Radiks, НПП Rossiya Federatsiyasi
4 500 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
TRENAKSA inyeksiya uchun eritma 5ml 100mg/ml N5 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BUYICHA YO‘RIQNOMA

TRENAKSA 250; 500

TRENAXA 250; 500

Preparatning savdo nomi: Trenaksa 250; Trenaksa 500

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): traneksamat kislotasi

Dori shakli: qobiq bilan qoplangan tabletkalar

Tarkibi:

Har bir qobiq bilan qoplangan tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: traneksamat kislotasi – 250 mg yoki 500 mg;

yordamchi moddalar: mikrokristall sellyuloza, povidon, natriy kroskarmelloza, kolloid kremniy dioksidi, tozalangan talk, magniy stearati, gipromelloza, titan dioksidi, propilenglikol, dietilftalati.

Ta‘rifi: dumaloq, ikki tomoni kavariq, plyonka qobiq bilan qoplangan, oq rangli, bir tomoni o‘yiqchasi bilan, boshqa tomoni silliq tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: gemostatik vosita

ATX kodi: V02AA02.

Farmakologik xususiyatlari

Gemostatik preparat. Fibrinolizning ingibitoridir. Plazminogenni faollashuvi va uni plazminga aylanishini o‘ziga xos ravishda ingibisiya qiladi. Fibrinolizni oshishi (trombositlar patologiyasi, menorragiyalar) bilan bog‘liq bo‘lgan qon ketishlarida maxalliy va tizimli gemostatik ta‘sirga ega. Kininlar va allergik hamda yallig‘lanish reaksiyalarida ishtirok etuvchi boshqa faol peptidlar hosil bo‘lishini bostirilishi hisobiga, allergiyaga va yallig‘lanishga qarshi ta‘sirga ega. Eksperimental tekshiruvlarda, traneksamat kislotasining shaxsiy og‘riq qoldiruvchi faolligi, shuningdek opioid analgetiklarning og‘riq qoldiruvchi faolligiga nisbatan kuchaytiruvchi samarasi aniqlangan.

Farmakokinetikasi

Preparat ichga qabul kilinganidan keyin dozaning 30 dan 50% gacha qismi so‘riladi. Plazmada maksimal konsentrasiyaga (Smax) qabul qilinganidan keyin 3 soat o‘tgach erishiladi va 1 g va 2 g qabul qilinganidan keyin muvofiq 8mg/l va 15mg/l tashkil qiladi. Ovqat qabul qilish me‘dada so‘rilish darajasini pasaytirmaydi va preparatning boshqa farmakokinetik ko‘rsatkichlarini o‘zgartirmaydi. Traneksamat kislotasi gematoensefalik va yo‘ldosh to‘siqlari orqali oson o‘tadi, boshlang‘ich taqsimlanish xajmi – 9-12 l ni tashkil etadi. Sinovial qobiqlarda va bo‘g‘im ichki suyuqligida zardobdagiga yaqin konsentrasiyalarda to‘planadi. Ko‘pchilik boshqa to‘qimalarda traneksamat kislotasining konsentrasiyasi qondagiga nisbatan past bo‘ladi. Orqa miya suyuqligida traneksamat kislotasining konsentrasiyasi plazmadagi konsentrasiyasining taxminan 10% ni tashkil etadi. Traneksamat kislotasi urug‘ suyuqligida aniqlanadi, ammo spermatozoidlarning xarakatchanligiga ta‘sir qilmaydi. Plazminogen bilan bog‘lanishi – plazmadagi terapevtik konsentrasiyasining 2-3% ni tashkil etadi. Plazma albumini bilan bog‘lanmaydi. Antifibrinolitik konsentrasiyasi turli to‘qimalarda 17 soatgacha, plazmada – 7-8 soatgacha davom etadi. Ovqat qabul qilish preparatning biokiraolishligiga ta‘sir qilmaydi.

Metabolizmga ahamiyatsiz darajada uchraydi. “Konsentrasiya-vaqt” (AUS) egri chizig‘i ostidagi maydon yarim chiqarilish davri (T½) yakuniy fazada 3 soat bo‘lgan uch fazali shaklga ega. Asosiy chiqarilish yo‘li – kalavalar filtrasiyasidir. 95% dan ko‘proq qismi siydik bilan chiqariladi. Vena ichiga (v/i) sutkada 10 mg/kg dozada yuborilganidan so‘ng taxminan 30% birinchi soat davomida, 45% – 3 soatdan keyin va 90% 24 soatdan keyin chiqariladi. Asosiy qismi siydik bilan o‘zgarmagan xolda chiqariladi; ahamiyatsiz darajadagi qismi biotransformasiyaga uchraydi: N-asetillangan derivati va dezaminlangan dekarboksil kislotasi siydikda juda kam miqdorda aniqlanadi.

Traneksamat kislotasi sutkada 10-15 mg/kg dozada ichga qabul qilinganidan so‘ng kumulyativ buyrak ekskresiyasi 24 va 48 soatlardan keyin muvofiq 39% va 41% yoki so‘rilgan moddalarning 78% va 82% tashkil etadi. Ichga qabul qilinganidan so‘ng metabolitlari dikarboksil kislotasi 1% va asetillangan metaboliti 0,5% miqdorlarda aniqlanadi.

Qo‘llanilishi

Umumiy va maxalliy fibrinolizni oshishi bilan bog‘lik bo‘lgan qon ketishlar (davolash va oldini olish uchun):

  • gemofiliya;
  • fibrinolitik davolashning gemorragik asoratlari;
  • trombositopenik purpura;
  • aplastik anemiya;
  • leykoz;
  • meda osti bezini, prostata bezining xavfli o‘smalari;
  • prostatektomiyasidan va bachadon bo‘ynining karsinomasi bo‘yicha o‘tkazilgan konuliizasiyadan keyingi qon ketishlar;
  • ekzema, allergik dermatitlar, eshakemi, dorivor va toksik toshma (tabletkalar uchun);
  • operasiya vaqtidagi va operasiyadan keyingi davrdagi qon ketishlar;
  • tug‘ruqda, yo‘ldoshni qo‘lda ajratib olishda, xorionni ko‘chishidagi, bachadondan qon ketishlar, homiladorlikning erta muddatlaridagi qon ketishlar;
  • o‘pkadan, burundan, me‘da-ichaklardan qon ketishlar, meno- va metrorragiyalardagi qon ketishlar, siydik-chiqarish tizimining quyi bo‘limlaridan qon ketishlar bilan bog‘liqbo‘lgan makrogematuriya;
  • ko‘z soqqasini jarohatlari;
  • gemofiliyali bemorlarda tishni sug‘urishda qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Dozalash tartibi klinik holatga qarab individual ravishda buyuriladi. Tabletkalarni ichga ovqat qabul qilishdan kat‘iy nazar chaynamasdan va yetarli miqdordagi suv bilan qabul qilinadi.

Ichga qabul qilish uchun bir martalik doza 1-1,5 g ni tashkil qiladi, sutkada 2-4 marta qabul qilinadi, davolashning davomiyligi – 3-15 kunni tashkil qiladi. Profuz qon ketishlarda va koagulopatiyalari bo‘lgan bemorlarda tabletka shaklini buyurishdan oldin qon ketishini to‘xtatish uchun infuzion shakli buyuriladi.

Buyrak yetishmovchiligidagi dozalari:

Traneksamat kislotasi siydik bilan o‘zgarmagan holda chiqariladi, shuning uchun buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar uchun odatdagidan ko‘ra kamroq dozalari tavsiya etiladi. Ichga qabul qilish uchun quyidagi dozalar tavsiya qilinadi.

Plazma kreatinini Dozalari
120-250 mkmol/l 1 kg tana vazniga 15 mg dan sutkada 2 marta
250-500 mkmol/l 1 kg tana vazniga 15 mg dan sutkada 1 marta
500 mkmol/l dan ortiq 1 kg tana vazniga 15 mg dan har 48 soatda yoki

1 kg tana vazniga 7,5mg dan har 24 soatda

Bolalarda dozalash: ichga 1 kg tana vazniga sutkada 20-25 mg dan, 3-4 marta qabul qilinadi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

  • Dispeptik holatlar, anoreksiya, ko‘ngil aynishi, qusish, diareya;
  • bosh aylanishi, holsizlik, uyquchanlik;
  • taxikardiya, ko‘krak qafasida og‘rik;
  • rang ajratish qobiliyatini buzilishi;
  • ter allergik reaksiyalari bo‘lishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • Subaroxnoidal qon quyilishlar;
  • traneksamat kislotasiga yoki preparatning har qanday boshqa ingredientiga yuqori sezuvchanlik;
  • og‘ir darajadagi buyrak yetishmovchiligi;
  • gematurik buzilishlar;
  • tromb hosil bo‘lishini xavfi yuqori bo‘lganida (chuqur venalar trombozi, tromboembolik sindrom, miokard infarkti);
  • rang ajratish qobiliyatini buzilishi;
  • homiladorlikda qo‘llash mumkin emas.

Trombogemorragik asoratlari bo‘lgan bemorlar (geparin va bilvosita antikoagulyantlar bilan birga) va trombozlari bo‘lgan bemorlar (bosh miya qon tomirlarining trombozi, miokard infarkti, tromboflebit) yoki ularni rivojlanishiga xavf bo‘lganida ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Gemostatik preparatlar va gemokoagulaza bilan bir vaqtda qo‘llanganida tromb hosil bo‘lishi faollashishi mumkin.

Subaraxnoidal qon quyilishlarini traneksamat kislotasi va xlorpromazinning majmuasi bilan davolashda serebral vazospazm va serebral ishemiyalar rivojlanishi va shuningdek serebral qon oqimi pasayishi mumkin.

Traneksamat kislotasi urokinaza, noradrenalin bitartrati, dezoksiepinefrin gidroxloridi, metarmin, dipiridamol, diazepam bilan nomutanosibdir.

Maxsus ko‘rsatmalar

Gemostatik preparatlar va gemokoagulaza bilan birga qo‘llanganida tromb hosil bo‘lishi faollashishi mumkin.

Davolashni boshlashdan oldin va davolash jarayonida oftalmologning maslahati (ko‘rish o‘tkirligini, rang ajratishni, ko‘z tubining holatini aniqlash uchun) kerak. Davolash vaqtida va undan keyin bir necha kun davomida ko‘rish o‘tkirligini, maydonini va rang ajratishni, ko‘z tubining tekshirish bilan birga oftalmologning kuzatuvi kerak. To‘qimali gemostatik preparatlar, gemokoagulaza (katta dozalarda), geparin bilan birga ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Buyrak genezli gematuriyani davolashda uretrada tromb hosil bo‘lishi natijasida mexanik anuriyaning xavfi oshadi. Buyrak yetishmovchiligida (zardob kreatininning oshish darajasiga qarab) dozasi va yuborishlar soni kamaytiriladi.

Subaraxnoidal qon quyilishlari bo‘lgan pasientlarda qon ketishi, bosh miya shishi va/yoki bosh miya infarktini rivojlanish xavfi bo‘lishi mumkin.

Emizayotgan ayollarga traneksamat kislotasi ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.

Dori preparatining nojo‘ya ta‘sirlarini hisobga olib, avtotransportni va potensial xavfli mexanizmlarni boshqarishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.

 

 

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: ko‘ngil aynishi, kusish va ortostatik gipotenziya

Davolash: simptomatik.

Chiqarilish shakli

Trenaksa 250: 6 tabletkadan alyuminiy folgali stripda. 2 stripdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

Trenaksa 500: 6 tabletkadan alyuminiy folgali stripda. 2 stripdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

Saqlash sharoiti

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

TRENAKSA inyeksiya uchun eritma 5ml 100mg/ml N5 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
TRENAKSA inyeksiya uchun eritma 5ml 100mg/ml N5 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
TRENAKSA inyeksiya uchun eritma 5ml 100mg/ml N5 dori vositasi Macleods Pharmaceuticals Ltd, Индия произведено: Immacule Lifesciences Pvt. Ltd tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
TRENAKSA inyeksiya uchun eritma 5ml 100mg/ml N5 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
TRENAKSA inyeksiya uchun eritma 5ml 100mg/ml N5 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
ATREKSALMIN eritma 500mg/5ml 5ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Faol modda: Транексамовая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Jiangsu Ruinian Qianjin Pharmaceutical Co., Ltd,
  • Vakil: NUTRIMED
Narh: 90 000 so'mdan Batafsil
GEMOSTAKS inyeksiya uchun eritma 5ml 50mg/ml N10
GEMOSTAKS inyeksiya uchun eritma 5ml 25mg/ml N10
TRANASID inyeksiya uchun eritma 5ml 500mg/5ml N5
TRANZIK inyeksiya uchun eritma 5ml 250mg/5ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Pokiston
  • Faol modda: Транексамовая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Nabiqasim Industries (Pvt.) Ltd, Пакистан произведено: Surge Laboratories (Pvt.) Ltd
  • Vakil: Nabiqasim Industries Ltd
VIDANOL tabletkalari 500mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Транексамовая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Kusum Healthcare Pvt. Ltd.
GEMOTRAN eritma 5ml 5% N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Транексамовая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармак, ПАО
GEMOTRAN eritma 5ml 10% N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Транексамовая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармак, ПАО
TRANEKSAM tabletkalari 500mg N10
TRANEKSAM tabletkalari 250mg N30
TRANEKSAM tabletkalari 250mg N10
ETARIV T inyeksiya uchun eritma 5ml 100mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Транексамовая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: East African (India) Overseas
TRANEKSANT inyeksiya uchun eritma 5ml 100mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Italiya
  • Faol modda: Транексамовая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: BIOINDUSTRIA LABORATORIO ITALIANO MEDICINALI S.p.a.
SANGERA eritma 5ml 100mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Транексамовая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Юрия-Фарм, ООО
  • Vakil: Yuriya-Farm
Narh: 112 000 so'mdan Batafsil
PAUZ inyeksiya uchun eritma 5ml 100mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Транексамовая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Emcure Pharmaceuticals Ltd.
GEMAKSAM inyeksiya uchun eritma 5ml 50mg/ml N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Транексамовая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: HOLOPACK Verpackungstechnik GmbH
TRENAKSA 500 tabletkalari 500mg N12
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Транексамовая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Macleods Pharmaceutical Ltd
TREMIN inyeksiya uchun eritma 5ml 500mg/5ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Koreya
  • Faol modda: Транексамовая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Korea United Pharm. Inc.
Narh: 121 000 so'mdan Batafsil
TRANEKSAM inyeksiya uchun eritma 5ml 50mg/ml N10
Narh: 100 000 so'mdan Batafsil
GEMOTRAN tabletkalari 500mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Транексамовая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармак, ПАО
Другие формы препарата
TRENAKSA 500 tabletkalari 500mg N12
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Транексамовая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Macleods Pharmaceutical Ltd
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9