Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.
93 700 s`om dan
Dorixonalardan izlash93 700 s`om dan + yetkazish
Buyurtma berishQO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
LIPOTIOKSON®
LIPOTHIOXON®
Preparatning savdo nomi: Lipotiokson®
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): tioktat kislotasi
Dori shakli: infuziya uchun eritma tayyorlash uchun konsentrat
Tarkibi:
1 ampula quyidagilarni saqlaydi:
Faol modda:
Meglyumin tioktat* – 583,86 mg; – 1167,72 mg
tioktat kislotasiga (alfa-lipoy kislotasi)
qayta hisoblanganda – 300 mg; – 600 mg
yordamchi moddalar:
Makrogol (makrogol 300) – 2400 mg; – 4800 mg
suvsiz natriy sulfiti – 6 mg; – 12 mg
Dinatriy edetati – 6 mg; – 12 mg
Meglyumin 2,5 mg dan 35 mg gacha 25 mg dan 70 mg gacha
(rN 8,0-9,0 gacha); (rN 8,0-9,0 gacha)
In‘eksiya uchun suv 12 ml gacha; 24 ml gacha
* meglyumin tioktati 300 mg (600 mg) tioktat kislotasi va 283,86 mg (567,72 mg) meglyuminni o‘zaro ta‘sirga kirishishi natijasida hosil bo‘ladi.
Ta‘rifi: och-sariqdan yashilroq sariq rangligacha bo‘lgan tiniq suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi: metabolik vosita.
ATX kodi: A05VA
Farmakologik xususiyatlari
Tioktat kislotasi (alfa-lipoat kislotasi) – endogen antioksidant (erkin radikallarni bog‘lab oladi) bo‘lib, organizmda alfa-ketokislotalarning oksidlanishli dekarboksilizasiyasida hosil bo‘ladi. Mitoxondrial multifermentli komplekslarning koenzimi sifatida piruvat kislotasi va alfa-ketokislotalarni oksidlanishli dekarboksilizasiyasida ishtirok etadi. Qonda glyukozaning konsentrasiyasini pasayishiga va jigarda glikogenni oshishiga, shuningdek insulinga rezistentlikni pasayishiga yordam beradi. Biokimyoviy ta‘sir xarakteri bo‘yicha V guruhi vitaminlariga yaqin. Lipid va uglevodlar almashinuvini boshqarilishida ishtirok etadi, xolesterin almashinuviga ta‘sir qiladi, jigar faoliyatini yaxshilaydi, og‘ir metallar tuzlari bilan zaharlanishda va boshqa intoksikasiyalarda dezintoksikasion ta‘sir ko‘rsatadi. Gepatoprotektor, gipolipidemik, gipoxolesterinemik, gipoglikemik ta‘sir ko‘rsatadi. Neyronlarning trofikasini yaxshilaydi.
Farmakokinetikasi
Vena ichiga yuborilganida maksimal konsentrasiyasiga erishish vaqti – 10-11 minut, maksimal konsentrasiyasi 25-38 mkg/ml ni tashkil qiladi, konsentrasiya-vaqt egri chizig‘i ostidagi maydon taxminan soatiga 5 mkg/ml. Biokiraolishiligi – 30%.
Tioktat kislotasi jigar orqali «birinchi o‘tish» samarasiga ega. Metabolitlarini hosil bo‘lishi yon zanjirini oksidlanishi va kon‘yugasiyalanishi natijasida yuz beradi.
Taqsimlanish hajmi – taxminan 450 ml/kg. Tioktat kislotasi va uning metabolitlari buyrak orqali (80-90%) chiqariladi. Yarim chiqarilish davri 25-50 minutni tashkil qiladi. Umumiy plazma klirensi – minutiga 10-15 ml.
Qo‘llanilishi
Qo‘llash usuli va dozalari
Preparat natriy xloridining izotonik eritmasida oldindan suyultirilganidan keyin infuziya uchun eritma tayyorlash uchun mo‘ljallangan.
Diabetik yoki alkogolli polineyropatiyaning og‘ir shakllarida 300-600 mg ni sutkada bir marta vena ichiga infuziya ko‘rinishida yuborish kerak. Vena ichiga infuziyani 50 minut davomida yuborish kerak. Preparatni 2-4 hafta davomida qo‘llash tavsiya qilinadi.
So‘ngra tioktat kislotasini ichga sutkada 300-600 mg dozada qabul qilishni davom ettirish mumkin. Tabletkalar bilan davolashning minimal muddati – 3 oy.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Vena ichiga yuborilganda juda kam hollarda tirishishlar; diplopiya; shilliq qavatlar va teriga nuqtali qon quyilishlari; trombositopatiya; gemorragik toshma (purpura), tromboflebit yuz berishi mumkin.
Tez yuborilganda bosh miya ichki bosimi oshishi (boshda og‘irlik hissi) bo‘lishi mumkin; nafasni qiyinlashishi. Sanab o‘tilgan nojo‘ya samaralar mustaqil ravishda o‘tib ketadi.
Allergik reaksiyalar: eshakemi, tizimli allergik reaksiyalar (anafilaktik shokni rivojlanishiga qadar) yuz berishi mumkin.
Gipoglikemiya (glyukozani singishini yaxshilanishi tufayli) rivojlanishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Alfa-lipoat kislotasi (infuziya uchun eritma ko‘rinishida) sisplatinning samaradorligini pasayishiga olib keladi.
Insulin va boshqa peroral gipoglikemik preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llanganida gipoglikemik samarani kuchayishi kuzatiladi.
Alfa-lipoat kislotasi qandlarning molekulalari bilan (masalan levuloza eritmasi) bilan reaksiyaga kirishib, qiyin eruvchan kompleks birikmalarni hosil qiladi, shu boisdan preparat glyukoza eritmasi, Ringer eritmasi, shuningdek disulfidli va SH-guruhlari bilan reaksiyaga kirishuvchi birikmalar (shu jumladan ularning eritmalari) bilan nomutanosibdir.
Maxsus ko‘rsatmalar
Qandli diabeti bo‘lgan pasientlarda, ayniqsa davolashning boshlang‘ich bosqichida, qonda glyukozaning konsentrasiyasini doimo nazorat qilish zarur. Ayrim hollarda gipoglikemik vositalarning dozasini pasaytirish talab etiladi.
Davolanish vaqtida alkogolni iste‘mol qilishdan qat‘iy saqlanish kerak, chunki alkogol ta‘sirida tioktat kislotasining terapevtik samarasi susayadi.
Preparat yorug‘liqqa sezgir, shuning uchun ampulalarni o‘ramidan faqat bevosita ishlatishdan oldin olish kerak. Infuziyani o‘tkazish vaqtida uchun eritmali flakonni yorug‘likdan himoya qilgan afzal (yorug‘likdan himoya qiluvchi paketlar, alyumin folgani ishlatish mumkin). Tayyorlangan eritmani yorug‘likdan himoyalangan joyda saqlash va tayyorlangandan so‘ng maksimal 6 soat davomida ishlatish lozim.
Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanilishi
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llash mumkin emas.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari: bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, qusish.
Davolash: simptomatik. Spesifik antidoti yo‘q.
Chiqarilish shakli
Infuziya uchun eritma tayyorlash uchun konsentrat 25 mg/ml.
12 ml yoki 24 ml dan rangli sindirish xalqasi yoki rangli nuqtasi va o‘yiqchasi bo‘lgan yorug‘likdan himoyalangan ampulalarda. Ampulalarga qo‘shimcha ravishda bir, ikki yoki uchta rangli xalqa va/yoki ikki o‘lchamli shtrix-kod va/yoki xarf-raqam kodirovkasi tushiriladi yoki qo‘shimcha rangli xalqalarsiz ikki o‘lchamli shtrix-kod, harf-raqam kodirovkasiz ampulalar.
5 ampuladan polivinilxlorid plyonka va alyumin folga yoki polimer plyonka, yoki folga va plyonkasiz kontur uyali o‘ramda; yoki polivinilxlorid plyonkadan yoyilmaydigan qopqoqli kontur uyali o‘ramda.
1 kontur uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Usloviya xraneniya
Yorug‘likdan himoyalangan joyda 15 dan 25°S gacha haroratda saqlansin.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.