×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

NEYROKS inyeksiya uchun eritma 5ml 50mg/ml N5

Kategoriya:
- Asab tizimi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Rossiya
Faol modda:
Этилметилгидроксипиридина сукцинат
Qadoqda soni:
- 5
Ishlab chiqaruvchi:
- Сотекс Фармфирма, ЗАО
ATX kodi:
- N07XX
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 196 ta dorixonasida topildi

ico 92 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 150 000 s`om dan + yetkazish

Buyurtma berish

ico 110 000 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

BRENAKS inyeksiya uchun eritma 4ml 1000mg/4ml N5 GM Pharmaceuticals Ltd, LLC, Грузия произведено: Idol Ilac Dolum San. Ve Tic. A.S. Turkiya
152 800 s`om dan
ZETALIN eritma dlya priema vnutr 30ml 100mg/ml N1 Remedy Group СП OOO O'zbekiston
102 000 s`om dan
BILOBIL kapsulalar 40mg N20 Krka d.d. Novo Mesto Sloveniya
AMARIL tabletkalari 3mg N30 Санофи С.п.А. Italiya
35 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
NEYROKS inyeksiya uchun eritma 5ml 50mg/ml N5 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

NEYROKS

NEYROKS

 

Preparatning savdo nomi: Neyroks

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): etilmetilgidroksipiridin suksinati

Dori shakli: vena ichiga va mushak ichiga yuborish uchun eritma

Tarkibi:

1 ampula (2 ml) quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: etilmetilgidroksipiridin suksinati – 100 mg;

1 ampula (5 ml) quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: etilmetilgidroksipiridin suksinati – 250 mg;

yordamchi moddalar: natriy disulfiti, in‘eksiya uchun suv.

Ta‘rifi: tiniq, rangsiz yoki biroz sarg‘ish suyuqlik.

Farmakoterapevtik guruhi: antioksidant vosita.

ATX kodi: N07XX

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Etilmetilgidroksipiridin suksinati (EMGPS) erkin radikal jarayonlarning ingibitori, membranoprotektori bo‘lib, antigipoksik, stressprotektiv, nootrop, tirishishga qarshi va anksiolitik ta‘sirga egadir. 3-oksipiridinlar sinfiga mansubdir. Ta‘sir mexanizmi antioksidant va membranoprotektor xususiyatlari bilan bog‘liq. Lipidlarning perekisli oksidlanishini susaytiradi, superoksidazaning faolligini oshiradi, lipid-oqsil nisbatini oshiradi, hujayralar membranalarining strukturasi va funksiyasini yaxshilaydi. Membranaga bog‘langan fermentlar, reseptor komplekslarning faolligini modulyasiya qiladi, bu ularni ligandalar bilan bog‘lanishiga, biomembranalarning funksional buzilishini shakllanganligini saqlanishiga, neyromediatorlarini tashilishiga va sinaptik o‘tkazilishini yaxshilanishga yordam beradi. Bosh miyada dofaminning konsentrasiyasini oshiradi. Aerob glikolizning kompensator faolligini kuchaytiradi va Krebs siklida gipoksiya sharoitlarida adenozintrifosfor kislotasi va kreatinfosfatni oshishi bilan oksidlanish jarayonlarini susayish darajasini pasaytiradi, mitoxondriyalarning energiyani sintezlovchi faoliyatini faollashtiradi. Patologik holatlarda (shok, gipoksiya va ishemiya, miya qon aylanishini buzilishlari, etanol va antipsixotik dori vositalari bilan intoksikasiya) organizmning turli shikastlovchi omillarning ta‘siriga chidamliligini oshiradi. Bosh miyani qon bilan ta‘minlanishini va metabolizmini, mikrosirkulyasiyani va qonning reologik xususiyatlarini yaxshilaydi, trombositlar agregasiyasini kamaytiradi. Qon hujayralarining (eritrositlar va trombositlar) membranalarini barqarorlashtiradi, gemoliz rivojlanishi ehtimolini pasaytiradi. Gipolipidemik ta‘sirga ega, umumiy xolesterin va past zichlikdagi lipoproteinlar miqdorini kamaytiradi.

Ishemiyaga uchragan miokardda metabolik jarayonlarni normallashtiradi, nekroz zonasini kamaytiradi, miokardning elektrik faolligi va qisqaruvchanligini tiklaydi va/yoki yaxshilaydi, shuningdek ishemiya sohasida koronar oqimini oshiradi, nitropreparatlarning antianginal faolligini oshiradi, o‘tkir koronar yetishmovchiligida reperfuzion sindromining oqibatlarini kamaytiradi.

Stressopretektor ta‘siri stressdan keyingi hatti-harakatni, somatovegativ buzilishlarni, “uyqu-tetiklik” sikllarini, o‘rganish jarayonlari va xotirani tiklanishi, bosh miyaning turli strukturalarida distrofik o‘zgarishlarni kamayishi bilan namoyon bo‘ladi.

Etilmetilgidroksipiridin suksinati abstinent sindromida yaqqol antitoksik ta‘sirga ega, o‘tkir alkogolli intoksikasiyaning nevrologik va neyrotoksik ko‘rinishlarini bartaraf qiladi, hatti-harakat va kognitiv buzilishlarni tuzatadi. Etilmetilgidroksipiridin suksinati ta‘siri ostida trankvilizasiya qiluvchi, neyroleptik, antidepressiv, uyqu va tirishishga qarshi vositalarning ta‘siri kuchayadi, bu ularning dozasini va nojo‘ya samaralarini kamaytirish imkoniyatini beradi.

Farmakokinetikasi

Mushak ichiga yuborilganidan keyin qon plazmasida preparat 4 soat davomida aniqlanadi. Mushak ichiga yuborilganida maksimal konsentrasiyaga erishish vaqti – 0,3-0,58 soat. Mushak ichiga 400-500 mg dozada yuborilganida maksimal konsentrasiyasi
2,5-4 mkg/ml. Etilmetilgidroksipiridin suksinati qon tizimidan a‘zolar va to‘qimalarga tez o‘tadi va organizmdan tez chiqariladi. Mushak ichiga yuborilganida preparatni organizmda tutib turilishini o‘rtacha vaqti – 0,7-1,3 soat. Glyukuronlanish yo‘li bilan metabolizmga uchraydi. Siydik bilan tez asosan metabolitlari ko‘rinishida (12 soat ichida 50%) tez va ozgina miqdori – o‘zgarmagan holda (12 soat ichida 0,3%) chiqariladi. Preparat qabul qilinganidan keyingi birinchi 4 soat davomida yuqori jadallik bilan chiqariladi. Siydik bilan o‘zgarmagan preparat va metabolitlarini chiqarilishining ko‘rsatkichlarida ahamiyatli individual o‘zgaruvchanlikka ega.

 

Qo‘llanilishi

  • miya qon aylanishini o‘tkir buzilishlari (majmuaviy davolash tarkibida);
  • bosh-miya jarohati, bosh-miya jarohatlarining oqibatlari;
  • dissirkulyator ensefalopatiya;
  • vegetativ (neyrosirkulyator) distoniya sindromi;
  • aterosklerotik genezli yengil kognitiv buzilishlar;
  • nevrotik va nevrozsimon holatlardagi xavotirlik holatlari;
  • o‘tkir miokard infarkti (birinchi sutkalardan boshlab) majmuaviy davolash tarkibida;
  • turli bosqichlardagi ochiq burchakli glukoma, majmuaviy davolash tarkibida;
  • alkogolizmdagi nevrozsimon va vegetativ–tomirli buzilishlarni ustunligi bilan kechuvchi abstinent sindromi;
  • antipsixotik dori vositalari bilan o‘tkir intoksikasiya.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Mushak ichiga (m/i) yoki vena ichiga (v/i) (oqim bilan yoki tomchilab) yuboriladi. Infuzion yuborish usulida preparatni natriy xloridining 0,9% eritmasida suyultirish kerak.

Neyroks oqim bilan asta-sekin 5-7 minut davomida, tomchilab – minutiga 40-60 tomchi tezlik bilan yuboriladi. Maksimal sutkalik doza 1200 mg dan oshmasligi kerak.

Miyada qon aylanishini o‘tkir buzilishlarida Neyroks majmuaviy davolashda birinchi 10-14 kunlari vena ichiga tomchilab 200-500 mg dan sutkada 2-4 marta, so‘ngra – 2 hafta davomida mushak ichiga 200-250 mg dan sutkada 2-3 marta yuboriladi.

Bosh-miya jarohati, bosh-miya jarohatlarining oqibatlarida Neyroks 10-15 kun davomida v/i tomchilab 200-500 mg dozada sutkada 2-4 marta qo‘llanadi.

Dekompensasiya bosqichidagi dissirkulyator ensefalopatiyada Neyroksni v/i oqim bilan yoki tomchilab 200-500 mg dozada sutkada 1-2 marta 14 kun davomida buyurish kerak. So‘ngra – keyingi 2 hafta davomida m/i sutkada 100-250 mg dan yuboriladi.

Dissirkulyator ensefalopatiyani kursli profilaktikasi uchun Neyroks 10-14 kun davomida m/i 200-250 mg dozada sutkada 2 marta yuboriladi.

Neyrosirkulyator distoniyada, nevrotik va nevrozsimon holatlarda preparat 14 kun davomida m/i sutkada 50-400 mg dan yuboriladi.

Keksa yoshdagi bemorlardagi yengil kognitiv buzilishlarda va xavotirli buzilishlarda preparat 14-30 kun davomida m/i sutkada 100-300 mg li sutkalik dozada qo‘llanadi.

O‘tkir miokard infarktida majmuaviy davolash tarkibida Neyroks v/i yoki m/i 14 sutka davomida miokard infarktini an‘anaviy davolash (nitratlar, beta-adrenoblokatorlar, angiotenzinga aylantiruvchi ferment (AAF) ingibitorlari, trombolitiklar, antikoagulyatlar va antiagregant vositalar, shuningdek ko‘rsatmalar bo‘yicha simptomatik vositalarni o‘z ichiga oluvchi davolash) fonida yuboriladi.

Birinchi 5 sutka davomida Neyroks vena ichiga yuboriladi, keyingi 9 sutka davomida preparat mushak ichiga yuborilishi mumkin.

Preparatni vena ichiga yuborishni tomchilab infuziya yo‘li bilan (asta-sekin) 30-90 minut davomida (0,9% li natriy xloridi eritmasi yoki 5% li dekstroza (glyukoza) eritmasining 100-150 ml da) o‘tkaziladi, zarurat tug‘ilganida preparatni kamida 5 minut davomiylikdagi oqim bilan asta-sekin yuborish mumkin.

Preparatni yuborishni har 8 soatdan so‘ng sutkada 3 marta (v/i yoki m/i) amalga oshiriladi. Sutkalik terapevtik doza sutkada tana vazniga 6-9 mg/kg ni, 1 martalik doza – tana vazniga 2-3 mg/kg ni tashkil qiladi. Maksimal sutkalik doza 800 mg dan, bir martalik esa – 250 mg dan oshmasligi kerak.

Turli bosqichdagi ochiq burchakli glaukomada kompleks davolash tarkibida Neyroks 14 kun davomida m/i sutkada 100-300 mg dan sutkada 1-3 marta yuboriladi.

Alkogolli abstinent sindromida Neyroks 5-7 kun davomida m/i yoki v/i tomchilab 200-500 mg dozada sutkada 2-3 marta yuboriladi.

Antipsixotik dori vositalari bilan o‘tkir intoksikasiyada preparat 7-14 kun davomida v/i sutkada 200-500 mg dozada yuboriladi.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Parenteral yuborilganida (ayniqsa vena ichiga oqim bilan): og‘izni qurishi, og‘izda “metall” ta‘mi, butun tana bo‘ylab “oqib kelayotgan issiq” hissi, tomoqni qirilishi va ko‘krak qafasida diskomfort, havoni yetishmasligi tuyg‘usi (odatda haddan tashqari tez yuborish tezligi bilan bog‘liq bo‘lib, qisqa muddatli xarakterga egadir).

Uzoq muddat qo‘llanilganida – ko‘ngil aynishi, meteorizm, uyquni buzilishi (uyquchanlik yoki uyquga ketishni buzilishi).

Allergik reaksiyalar.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • preparat yoki uning komponentlariga yuqori individual sezuvchanlik;
  • o‘tkir buyrak yetishmovchiligi;
  • o‘tkir jigar yetishmovchiligi;
  • homiladorlik;
  • emizish;
  • bolalarda qo‘llash mumkin emas.

Ehtiyotkorlik bilan: anamnezidagi allergik kasalliklar va reaksiyalar, shu jumladan sulfitlarga yuqori sezuvchanlikda.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Benzodiazepin anksiolitiklari, tutqanoqqa qarshi (karbamazepin), parkinsonizmga qarshi (levodopa) dori vositalarining, nitratlarning ta‘sirini kuchaytiradi. Etanolning toksik samaralarini kamaytiradi.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Davolash davrida avtotransportni haydashda va diqqatni yuqori jamlashni va psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: uyquni buzilishi (uyqusizlik, ayrim hollarda – uyquchanlik); vena ichiga yuborilganida – ahamiyatsiz va qisqa muddatli (1,5-2 soatgacha) qon bosimini oshishi.

Davolash: odatda davolash talab qilinmaydi – simptomlar bir sutka davomida o‘z-o‘zidan yo‘qoladi. Uyqusizlikning og‘ir hollarida – nitrazepam 10 mg, oksazepam 10 mg yoki diazepam 5 mg. Arterial bosim haddan ziyod oshganida – arterial bosimni nazorati ostida gipotenziv dori vositalari.

 

Chiqarilish shakli

Vena ichiga va mushak ichiga yuborish uchun eritma 50 mg/ml.

2 ml yoki 5 ml dan sindirish uchun rangli xalqasi yoki rangli nuqtasi va chiziqchasi bo‘lgan yorug‘likdan himoyalangan shisha ampulada. Ampulaga qo‘shimcha ravishda bir, ikki yoki uchta rangli xalqa va/yoki ikki o‘lchamli shtrix-kod, va/yoki harf-raqamli kodirovka tushiriladi yoki qo‘shimcha rangli xalqasiz, ikki o‘lchamli shtrix-kodsiz, harf-raqamli kodirovkasiz bo‘ladi. 5 ampuladan kontur uyali o‘ramda.

5 ml dan ampulalar 1 kontur uyali o‘ramdan yoki 2 ml dan ampulalar 2 kontur uyali o‘ramdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan ximoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

 

Yaroqlilik muddati

5 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

NEYROKS inyeksiya uchun eritma 5ml 50mg/ml N5 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
NEYROKS inyeksiya uchun eritma 5ml 50mg/ml N5 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
NEYROKS inyeksiya uchun eritma 5ml 50mg/ml N5 dori vositasi Сотекс Фармфирма, ЗАО tomonidan Rossiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
NEYROKS inyeksiya uchun eritma 5ml 50mg/ml N5 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
NEYROKS inyeksiya uchun eritma 5ml 50mg/ml N5 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
MEKSUNAT inyeksiya uchun eritma 10ml 5% N10
MEKSUNAT inyeksiya uchun eritma 5ml 5% N10
MEKSUNAT inyeksiya uchun eritma 2ml 5% N10
ELFUNAT tabletkalari 125mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Этилметилгидроксипиридина сукцинат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Dr Sertus Ilac Sanayi ve Ticaret Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilac San. Ve Tic. A.S.
  • Vakil: Dr.Sertus
Narh: 35 000 so'mdan Batafsil
ELFUNAT inyeksiya uchun eritma 5ml 50mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Этилметилгидроксипиридина сукцинат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Dr Sertus Ilac Sanayi ve Ticaret Limited Sirketi, Турция произведено: Mefar Ilac Sanayii A.S.
  • Vakil: Dr.Sertus
Narh: 85 000 so'mdan Batafsil
ELFUNAT inyeksiya uchun eritma 2ml 50mg/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Этилметилгидроксипиридина сукцинат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Dr Sertus Ilac Sanayi ve Ticaret Limited Sirketi, Турция произведено: Mefar Ilac Sanayii A.S.
  • Vakil: Dr.Sertus
Narh: 95 000 so'mdan Batafsil
MEKSIPRIM tabletkalari 125mg N30
AKTISERIL inyeksiya uchun eritma 5ml 5% N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Janubiy Koreya
  • Faol modda: Этилметилгидроксипиридина сукцинат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Unimed Pharm Inc.
MEKSIDOL tabletkalari 125mg N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Этилметилгидроксипиридина сукцинат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ЗиО-Здоровье, ЗАО
Narh: 55 000 so'mdan Batafsil
MEDOMEKSI inyeksiya uchun eritma 2ml 50mg/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Этилметилгидроксипиридина сукцинат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Биохимик ОАО
MEDOMEKSI inyeksiya uchun eritma 5ml 50mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Этилметилгидроксипиридина сукцинат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Биохимик ОАО
MEKSIDOL inyeksiya uchun eritma 5ml 50mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Этилметилгидроксипиридина сукцинат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: АРМАВИРСКАЯ БИОФАБРИКА, ФКП
Narh: 79 400 so'mdan Batafsil
MEKSIDOL inyeksiya uchun eritma 2ml 50mg/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Этилметилгидроксипиридина сукцинат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: АРМАВИРСКАЯ БИОФАБРИКА, ФКП
Narh: 72 284 so'mdan Batafsil
MEKSIDOL inyeksiya uchun eritma 5ml 50mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Этилметилгидроксипиридина сукцинат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Эллара, ООО
Narh: 79 400 so'mdan Batafsil
MEKSIDOL FORTE 250 tabletkalari 250 mg N40
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Этилметилгидроксипиридина сукцинат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ЗиО-Здоровье, ЗАО
MEKSIDOL inyeksiya uchun eritma 2ml 50mg/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Этилметилгидроксипиридина сукцинат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Эллара, ООО
Narh: 72 284 so'mdan Batafsil
MEKSIDOL tabletkalari 125mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Этилметилгидроксипиридина сукцинат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ЗиО-Здоровье, ЗАО
Narh: 51 000 so'mdan Batafsil
MEDOMEKSI tabletkalari 125mg N150
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Этилметилгидроксипиридина сукцинат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Производитель
Ishlab chiqaruvchining dorilari
SERETON inyeksiya uchun eritma 4ml 250mg/ml N5
Narh: 147 800 so'mdan Batafsil
MEMANTAL tabletkalari 10mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya Federatsiyasi
  • Faol modda: Memantin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Сотекс Фармфирма, ЗАО
Narh: 124 600 so'mdan Batafsil
ENIKSUM inyeksiya uchun eritma 0,6ml N1
ENIKSUM inyeksiya uchun eritma 0,4ml N1
NEYPILEPT eritma 30ml 100mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya Federatsiyasi
  • Faol modda: Sitikolin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Сотекс Фармфирма, ЗАО
NEYPILEPT eritma 4ml 250mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya Federatsiyasi
  • Faol modda: Sitikolin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Сотекс Фармфирма, ЗАО
NEYPILEPT eritma 4ml 125mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya Federatsiyasi
  • Faol modda: Sitikolin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Сотекс Фармфирма, ЗАО
ORNILATEKS konsentrat 10ml 500mg/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya Federatsiyasi
  • Faol modda: L-ornitin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Сотекс Фармфирма, ЗАО
SUSTAGARDARTRO konsentrat 2ml 200mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Сотекс Фармфирма, ЗАО
LIPOTIOKSON konsentrat 24ml 25mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Сотекс Фармфирма, ЗАО
LIPOTIOKSON konsentrat 12ml 25mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Сотекс Фармфирма, ЗАО
Narh: 93 700 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9