×
×
  • LOENZAR SANOVEL kapsulalar  N28

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

LOENZAR SANOVEL kapsulalar N28

Kategoriya:
- Kislotalikning buzilishi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Turkiya
Qadoqda soni:
- 28
Ishlab chiqaruvchi:
- Sanovel Ilac Sanayi ve Ticaret A.S.
ATX kodi:
- A02ВC03
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

RENNI jevatelnie tabletkalari so vkusom apelsina N24 Bayer Consumer Care AG Germaniya
39 000 s`om dan
POMPEZO poroshok 40mg N1 Dr Sertus Ilac Sanayi ve Ticaret Limited Sirketi, Турция произведено: Mefar Ilac Sanayii A.S. Turkiya
75 000 s`om dan
IZIRAB poroshok 20mg N1 BKRS Pharma Pvt. Ltd. Hindiston
ULSEPAN tabletkalari 40mg N14 World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S. Turkiya
50 400 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
LOENZAR SANOVEL kapsulalar N28 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

LOENZAR-SANOVEL

 

Preparatning savdo nomi: Loenzar-Sanovel

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): lansoprazol

Dori shakli: kapsulalar

Tarkibi:

Bir kapsula quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: lansoprazol 30 mg;

yordamchi moddalar: magniy karbonati, mikrogranulalar aralashmasi (saxaroza, kraxmal), (NRS-31) gidroksipropil sellyuloza, (NRS-L) gidroksipropil sellyuloza, tozalangan suv, metakrill kislotasini sopolimeri, talk, titan dioksidi, polietilenglikol 600, polisorbat 80, kolloidli kremniy dioksidi.

Ta‘rifi: enterik qobiq bilan qoplangan oq yoki deyarli oq rangli  mikrogranulalar saqlovchi qattiq jelatin kapsulalar.

Farmakoterapevtik guruhi: me‘da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligiga qarshi preparat – proton nasosi ingibitori.

ATX kodi: A02VS03

Farmakologik xususiyatlari

Lansoprazol N+-K+-ATF-azani spesifik ingibisiya qilib, xlorid kislotasi sekresiyasini susaytiradi. Lansoprazol xlorid kislotasi sintezining yakuniy bosqichini susaytiruvchi proton nasosi ingibitori sifatida xarakterlanadi.

Lansoprazol 30 mg dozada butun kun davomida xlorid kislotasi sintezini tez ingibisiya qiladi. Tadqiqotlar 30 mg lansoprazol qabul qilingandan keyin 2 soat o‘tgach xlorid kislotasining sintezi 97% ga kamayishi, 24 soatdan keyin xlorid kislotasining ko‘rsatkichlari davolashgacha bo‘lgan ko‘rsatkichlardan 50% ga pastligi namoyish qilgan.

Davolashning birinchi xaftasi oxirida xlorid kislotasi sekresiyasi 90% ga kamayadi. Me‘da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligini sutkada 30 mg lansoprazol  bilan davolashning ikkinchi xaftasi oxirida endoskopik ko‘rsatkichlar 75% ga, to‘rtinchi xafta oxirida – 80,8% ga, sakkizinchi xafta oxirida – 95% ga o‘zgaradi.

Farmakokinetikasi

So‘rilishi: xlorid kislotasi lansoprazolga ta‘sir ko‘rsatganligi tufayli, uni enterosolyubil mikrogranulalar ko‘rinishida qabul qilinadi. Preparat ichga qabul qilingandan keyin tez so‘riladi, plazmadagi maksimal konsentrasiyasi 1-2 soatdan keyin kuzatiladi. Ovqat bilan bir vaqtda qabul qilish preparatning biokiraolishligini pasaytiradi.

Chiqarilishi: yarim chiqarilish davri 1,4 soatni tashkil qiladi. Davolash davomiyligiga qarab yarim chiqarilish davri o‘zgarmaydi. Ko‘p qismi organizmdan safro bilan, 15-30% metabolitlari ko‘rinishida siydik bilan chiqariladi.

Qo‘llanilishi

Preparat kattalarda quyidagilarda ko‘rsatilgan:

  • o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligini qisqa muddatli davolash;
  • me‘daning xavfsiz yarasini qisqa muddatli davolash;
  • NYAQV qabul qilish bilan bog‘liq me‘da va 12-barmoq ichak shilliq qavatini shikastlanishlarini oldini olish va davolash;
  • reflyuks-ezofagit va eroziv ezofagitni qisqa muddatli davolash;
  • gipersekretor holatlarni, shu jumladan Zollinger-Ellison sindromini uzoq vaqt davolash;
  • Pylori chaqirgan o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligini davolashda qo‘llanadi.

1 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan bolalarda reflyuks-ezofagitni qisqa muddatli simptomatik davolash va eroziv ezofagitni davolash uchun preparatni qabul qilish tavsiya etiladi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Kattalarda

O‘n ikki barmoq ichak yara kasalligini qisqa muddatli davolash:

Tavsiya etiladigan doza 4 xafta davomida ovqatlanish vaqtida sutkada 30 mg ni tashkil qiladi.

Me‘daning xavfsiz yarasini qisqa muddatli davolash:

Tavsiya etiladigan doza 8 xafta davomida sutkada 30 mg ni tashkil qiladi.

NYAQV qabul qilish bilan bog‘liq me‘da va 12-barmoq ichak shilliq qavatini shikastlanishlarini oldini olish va davolash:

Tavsiya etiladigan doza 8 xafta davomida sutkada 30 mg ni tashkil qiladi.

Reflyuks-ezofagit va eroziv ezofagitni qisqa muddatli davolash:

Tavsiya etiladigan doza 8 xafta davomida sutkada 30 mg ni tashkil qiladi. Bu muddat davomida sog‘ayish simptomlari kuzatilmaganida davolash yana 8 xafta davom ettiriladi.

Gipersekretor holatlar (Zollinger-Ellison sindromi):

Boshlang‘ich doza – 60 mg ni tashkil qiladi. Dozani keyingi o‘zgartirish davolash natijalariga ko‘ra amalga oshiriladi. Davolash klinik yaxshilanishgacha davom ettiriladi. Preparatni sutkada 2 marta 90 mg gacha qabul qilgan holatlar mavjud. 120 mg dan yuqori sutkalik dozani ikkita pastroq dozalarga bo‘lib qabul qilish kerak.

H.Pylori chaqirgan o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligini davolash:

Preparat quyida keltirilgan tegishli antibiotik bilan majmuada buyuriladi:

Lansoprazol/Amoksisillin

Tavsiya etilgan doza: 14 kun davomida 8 soat interval bilan kuniga 3 marta 30 mg lansoprazol va 1 g amoksisillin.

Lansoprazol/Amoksisillin/Klaritromisin

Tavsiya etilgan doza: 10-14 kun davomida 12 soat interval bilan kuniga 2 marta 30 mg lansoprazol va 1 g amoksisillin va 500 mg klaritromisin.

Preparatni och qoringa qabul qilish kerak. kapsulalardagi mikrogranulalarni chaynash yoki maydalash mumkin emas. o‘ram ochilgandan keyin ichidagisini 12 oy davomida ishlatish kerak. qolgan kapsulalarni qabul qilish mumkin emas. har bir ishlatilgandan keyin butilkani zich yopish kerak.

1 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan bolalarda

Reflyuks-ezofagitni qisqa muddatli simptomatik davolash va eroziv ezofagitni davolash:

Tana vazni 30 kg dan yuqori bo‘lgan bemorlarda tavsiya etiladigan doza 12 xafta davomida sutkada 30 mg ni tashkil qiladi.

Kapsulani yutishda qiynalayotgan bemorlarda kapsulani ochish va preparatni quyidagi sxema bo‘yicha qabul qilish tavsiya etiladi:

  • Kapsula ochiladi. Olmali sous, yogurt yoki nokli pyureli qoshiqda mikrogranulalar aralashtiriladi va darhol yutiyu yuboriladi.
  • Kapsula ochiladi. Oz miqdordagi (taxminan 60 ml) olma, apelsin yoki tomat sharbatli stakanga mikrogranulalar qo‘shiladi, biroz aralashtiriladi va darhol yutib yuboriladi. Qabul qilinayotgan preparatning dozasida yo‘qotishlardan saqlanish maqsadida stakanga ikki yoki undan ortiq marta ko‘p miqdordagi mevali sharbat bilan to‘ldiriladi, biroz chayqatiladi va ichidagisi ichiladi.

Klinik tadqiqotlar o‘tkazilmaganligi tufayli, boshqa turdagi ichimliklar yoki ovqat bilan bir vaqtda qabul qilish tavsiya etilmaydi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Lansoprazol odatda yaxshi o‘zlashtiriladi.

Qisqa (8 xaftagacha) davolash kursi davomida ko‘pincha quyidagi nojo‘ya ko‘rinishlar rivojlanadi: diareya, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi, qabziyat.

Eroziv ezofagit, me‘da va o‘n ikki barmoq ichak yara kaalligini samarani bir maromda ushlab turuvchi davolashda 12 oy davomida 15 mg yoki 30 mg lansoprazol qabul qilgan       2% dan ko‘proq pasientlarda quyidagi nojo‘ya ko‘rinishlar kuzatilgan:

  • qorinda og‘riq, bosh og‘rig‘i, bel va ko‘krak sohasida og‘riq, infeksiyalar, to‘satdan lat yeyishlar;

ovqat hazm qilish yo‘llari tomonidan: diareya, poliplar, qusish, tish kasalliklari, ko‘ngil aynishi, gastroenteritlar, rektal buzilishlar;

tayanch-harakat apparati tomonidan: artralgiya.

1% dan kamroq holatlarda quyidagi nojo‘ya ko‘rinishlar kuzatilgan:

  • anafilaksiya reaksiyalari, asteniya, belda og‘riq, shish, isitma, og‘izda yoqimsiz hid, infeksiyalar, toliqish;

yurak-qon tomir tizimi tomonidan: yurak sohasida og‘riq, gipertenziya, gipotenziya, insultlar, miokardial infeksiyalar, yurak urib ketishi, shok (tomir yetishmovchiligi), vazodilatasiya;

ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: anoreksiya, kardiospazm, yot jismlar, o‘t-tosh kasalligi, qizilo‘ngach yarasi, ezofagit, rangsiz axlat, meteorizm, me‘da tugunlari, ishtahani oshishi, so‘lak ajralishini kuchayishi, rektal qon ketishi, stomatit, tenezmlar, yarali kolit, qusish;

endokrin tizimi tomonidan: qandli diabet, bo‘qoq, gipoglikemiya, giperglikemiya;

qon yaratish va limfatik tizim tomonidan: agranulositoz, anemiya, aplastik anemiya, gemoliz, gemolitik anemiya, leykopeniya, neytropeniya, trombositopeniya, trombositopenik purpura;

oziqlanish va metabolizm buzilishlari: podagra, tana vaznini o‘zgarishi;

tayanch-harakat apparati tomonidan: artrit/artralgiya, mialgiya, suyak-mushakda og‘riq;

nerv tizimi tomonidan: qo‘zg‘alish, amneziya, xavotirlik, apatiya, tirishish, depressiya, bosh aylanishi/hushdan ketish, gallyusinasiyalar, gemiplegiya, dushmanlik, libidoni oshishi/pasayishi, paresteziya;

nafas tizimi tomonidan: bronxial astma, bronxitlar, yo‘tal, burundan qon ketishi, hiqichoq, pnevmoniya, yuqori nafas yo‘llarining infeksion-yallig‘lanish kasalliklari;

teri va yumshoq to‘qimalar tomonidan: husnbuzar, alopesiya, toshma, qichishish, eshakemi;

sezgi a‘zolari tomonidan: karlik, ko‘rishni noaniqligi, ko‘zlarda og‘riq, ko‘ruv maydoni nuqsoni, o‘rta quloqni yallig‘lanishi, ta‘m bilishni yo‘qolishi, nutq nuqsoni.

siydik tanosil tizimi tomonidan: hayz siklini buzilishlari, albuminuriya, ginekomastiya, ko‘krakni yuqori sezuvchanligi, gematuriya, impotensiya, buyrakda toshlar, siydikni tutilishi.

Laborator tahlil ma‘lumotlaridagi o‘zgarishlar:

Nojo‘ya samaralar sifatida ta‘riflangan laborator tahlil ma‘lumotlarida quyidagi o‘zgarishlar aniqlangan: jigar funksiyasi tahlil natijalarida og‘ishlar, AST darajasini oshishi, kreatinin, ishqoriy fosfotaza, globulin, glutarilgamatranspeptidaza darajasini oshishi, leykositlar darajasini oshishi/kamayishi/o‘zgarishi, albumin-globulin nisbatida og‘ishlar, eritrositlar darajasini oshishi, bilirubinemiya, eozinofiliya, giperlidemiya, elektrolitlar darajasini oshishi/kamayishi, xolesterin darajasini oshishi/kamayishi, glyukokortikoidlar darajasini oshishi, LDG darajasini oshishi, trombositlar darajasini oshishi/kamayishi/o‘zgarishi, gastrin darajasini oshishi.

Kutilmagan samaralar yuzaga kelganda shifokorga murojaat eting.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • lansoprazolga yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
  • o‘tkir buyrak yetishmovchiligi;
  • homiladorlik;
  • kreatinin klirensi minutiga 30 ml dan kam bo‘lganda qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Lansoprazol sitoxrom R450 tizimi tomonidan metabolizmga uchrashi ma‘lum. Sog‘lom ko‘ngillilarda o‘tkazilgan tadqiqotlar lansoprazolni ushbu tizim tomonidan metabolizmga uchraydigan preparatlar, aynan varfarin, antipirin, indometasin, ibuprofen, fenitoin, propranolol, prednizolon, klaritromisin yoki diazepam bilan biron-bir klinik ahamiyatli o‘zaro ta‘sir yo‘qligini namoyish qilgan.

Lansoprazol va teofillinni bir vaqtda qo‘llash teofillinning klirensi darajasini biroz (10%) oshirishi mumkin. Ushbu samarani oldini olish uchun lansoprazol va teofillinni bir vaqtda qabul qilayotgan bemorlarni kuzatish kerak.

Sukralfat va lansoprazolni bir vaqtda qo‘llash lansoprazolning biokiraolishligini 30% ga kamaytiradi. Shuning uchun lansoprazolni sukralfat qabul qilishdan kamida yarim oldin qabul qilish kerak.

Lansoprazol me‘da kislotasi sekresiyasini ingibisiya qiladi, buning oqibatida ketokonazol, ampisillin efirlari, temir tuzlari va digoksin kabi biokiraolishligi me‘daning rN ga bog‘liq bo‘lgan dori preparatlari bilan bir vaqtda qabul qilish tavsiya etilmaydi.

Lansoprazolni antasid preparatlar bilan bir vaqtda qabul qilish mumkin.

Maxsus ko‘rsatmalar

1 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan bolalarda reflyuks-ezofagitni simptomatik davolash va eroziv ezofagitni qisqa muddatli davolaganda lansoprazolning samaradorligi va xavfsizligi aniqlangan.

Preparatni keksa pasientlarga buyurganda dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi.

Homiladorlik va laktasiya

Homilador va emizikli ayollarda lansoprazolning xavfsizligi aniqlanmagan. Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar vaqtida lansoprazol teratogen ta‘sir ko‘rsatmaganligiga qaramasdan, ehtiyotkorlik chorasi sifatida uni homiladorlik vaqtida buyurish mumkin emas.

Preparat jigar funksiyasini yaqqol buzilishlari bo‘lgan pasientlarga ehtiyotkorlik bilan buyuriladi. Bunda sutkalik doza 30 mg dan oshmaydi.

Ovqat bilan bir vaqtda qabul qilganda me‘da-ichak yo‘llaridan so‘rilishi va biokiraolishligini pasayishi mumkinligi tufayli, lansoprazolni ovqatlanishdan oldin qabul qilish tavsiya etiladi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Lansoprazolga spesifik antidoti mavjud emas. Dozani oshirib yuborganda simptomatik davolash ko‘rsatilgan.

Chiqarilish shakli

Kapsulalar. O‘ramda mikrogranulali 14 yoki 28 kapsulalar, silikogel qopqoqchali yuqori zichlikdagi polietilen plastik flakonda.

 

Saqlash sharoiti

Preparatni 25°S dan yuqori bo‘lmagan hona haroratida saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Preparat resept bo‘yicha beriladi.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

LOENZAR SANOVEL kapsulalar N28 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
LOENZAR SANOVEL kapsulalar N28 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
LOENZAR SANOVEL kapsulalar N28 dori vositasi Sanovel Ilac Sanayi ve Ticaret A.S. tomonidan Turkiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
LOENZAR SANOVEL kapsulalar N28 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
LOENZAR SANOVEL kapsulalar N28 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
ESKOLAN SANOVEL 10 tabletkalari 10mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Sanovel Ilac Sanayi ve Ticaret A.S.
Narh: 24 000 so'mdan Batafsil
MERISTAT SANOVEL tabletkalari 500mg N14
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Sanovel Ilac Sanayi ve Ticaret A.S.
MAJEZIK SANOVEL tabletkalari 100mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Sanovel Ilac Sanayi ve Ticaret A.S.
Narh: 46 000 so'mdan Batafsil
MAJEZIK SANOVEL tabletkalari 100mg N15
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Sanovel Ilac Sanayi ve Ticaret A.S.
ESKOLAN SANOVEL 40 tabletkalari 40mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Sanovel Ilac Sanayi ve Ticaret A.S.
Narh: 50 000 so'mdan Batafsil
ESKOLAN SANOVEL 20 tabletkalari 20mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Sanovel Ilac Sanayi ve Ticaret A.S.
Narh: 40 800 so'mdan Batafsil
EKSISTEN SANOVEL inyeksiya uchun eritma 15mg/1,5ml N3
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Sanovel Ilac Sanayi ve Ticaret A.S.
RILEYS SANOVEL PLYUS tabletkalari 20/12,5 mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Sanovel Ilac Sanayi ve Ticaret A.S.
RILEYS SANOVEL 5 tabletkalari 5mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Sanovel Ilac Sanayi ve Ticaret A.S.
RILEYS SANOVEL 20 tabletkalari 20mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Sanovel Ilac Sanayi ve Ticaret A.S.
RILEYS SANOVEL 10 tabletkalari 10mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Sanovel Ilac Sanayi ve Ticaret A.S.
MAJEZIK SANOVEL SR kapsulalar 200mg N16
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Sanovel Ilac Sanayi ve Ticaret A.S.
MAJEZIK SANOVEL DUO tabletkalari 100mg/8mg N14
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Sanovel Ilac Sanayi ve Ticaret A.S.
MAJEZIK CANOVEL DUO sprey 50ml 50mg/2,5mg N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Sanovel Ilac Sanayi ve Ticaret A.S.
MAJEZIK CANOVEL DUO sprey 50ml 50mg/2,5mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Sanovel Ilac Sanayi ve Ticaret A.S.
MAJEZIK CANOVEL DUO gel 50g N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Sanovel Ilac Sanayi ve Ticaret A.S.
MAJEZIK CANOVEL DUO gel 30g N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Sanovel Ilac Sanayi ve Ticaret A.S.
MAJEZIK CANOVEL DUO gel 30g N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Sanovel Ilac Sanayi ve Ticaret A.S.
LOENZAR SANOVEL kapsulalar N14
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Sanovel Ilac Sanayi ve Ticaret A.S.
KENFIKS SANOVEL tabletkalari 8mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Sanovel Ilac Sanayi ve Ticaret A.S.
KENFIKS SANOVEL tabletkalari 8mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Sanovel Ilac Sanayi ve Ticaret A.S.
KENFIKS SANOVEL inyeksiya uchun eritma 2ml 4mg/2ml N6
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Sanovel Ilac Sanayi ve Ticaret A.S.
KARDOFIKS–SANOVEL PLYUS tabletkalari 5mg/160mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Sanovel Ilac Sanayi ve Ticaret A.S.
KARDOFIKS–SANOVEL PLYUS tabletkalari 10mg/160mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Sanovel Ilac Sanayi ve Ticaret A.S.
KARDOFIKS–SANOVEL PLYUS tabletkalari 10mg/160mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Sanovel Ilac Sanayi ve Ticaret A.S.
Другие формы препарата
Loenzar
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармако-индустриальная торговая компания «Сановель»
  • Vakil: Sanovel
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9