×
×
  • MAJEZIK SANOVEL tabletkalari 100mg N30

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

MAJEZIK SANOVEL tabletkalari 100mg N30

Kategoriya:
- Yallig'lanishga qarshi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Turkiya
Qadoqda soni:
- 30
Ishlab chiqaruvchi:
- Sanovel Ilac Sanayi ve Ticaret A.S.
ATX kodi:
- M01AЕ09
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 48 ta dorixonasida topildi

ico 46 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 52 500 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

KEYVER tabletkalari 25mg N10 Фармак, ПАО Ukraina
43 000 s`om dan
REVMOKSIKAM tabletkalari 15mg N10 Фармак, ПАО Ukraina
26 900 s`om dan
ZEVENAK inyeksiya uchun eritma 4ml 75mg/4ml N5 Remedy Group СП OOO O'zbekiston
BRUFEN RAPID kapsulalar 200mg N10 Geltec Private Limited Hindiston
15 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
MAJEZIK SANOVEL tabletkalari 100mg N30 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

MAJEZIK-SANOVEL

MAJEZIK-SANOVEL

 

Preparatning savdo nomi: Majezik-Sanovel

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): flurbiprofen

Dori shakli: qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Tarkibi:

Qobiq bilan qoplangan 1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: Flurbiprofen – 100 mg;

yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, mikrokristall sellyuloza, natriy kroskarmelloza, gidroksipropil sellyuloza, magniy stearati, kolloid kremniy dioksidi.

Ta‘rifi: moviy rangli plyonka qobiq bilan qoplangan, ikki tomonida sindirish chizig‘i bo‘lgan uzunchoq tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: NYAQP, SOG noselektiv ingibitorlari.

ATX kodi: M01AE09

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Flurbiprofen – fenilpropion kislotasining hosilasi bo‘lgan, kuchli nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparat (NYAQP) bo‘lib, og‘riqni qoldiruvchi, yallig‘lanishga qarshi va isitmani tushiruvchi ta‘sirga ega. Ta‘sir mexanizmi siklooksigenaza fermentini bloklashi hisobiga prostaglandinlar sintezini susaytirishi va periferik og‘riq mediatorlariga to‘qimalarning sezgirligini pasaytirishi bilan bog‘liq.

Farmakokinetikasi

So‘rilishi:

Flurbiprofen me‘da-ichak yo‘llaridan oson so‘rilib, qabul qilingandan so‘ng 4-6 soatdan keyin qon plazmasida konsentrasiyasining cho‘qqisiga yetadi. Flurbiprofenni ovqat yoki antasidlar bilan bir vaqtda qabul qilinishi preparatning so‘rilish tezligini o‘zgartirishi mumkin, lekin so‘rilish darajasiga ta‘sir etmaydi. Flurbiprofen SR flurbiprofenni ajralib chiqishi nazoratlangan dori shakli hisoblanadi. Plazmadagi o‘rtacha darajasi 24 soat davomida stabil konsentrasiyadagi dozaga ekvivalent bo‘lgan oddiy tabletka bilan bir xil, ammo minimal va maksimal konsentrasiyalar orasidagi farq kamroq. Flurbiprofenni uzoq muddat qabul qilish uni organizmda to‘planishini keltirib chiqarmaydi.

Taqsimlanishi:

R-flurbiprofen va S-flurbiprofenning taqsimlanish hajmi (Vz/F) taxminan 0.12 l/kg ni tashkil qiladi. Flurbiprofenning ikkala enantiomeri albumin va plazmaning boshqa oqsillari bilan 99% ga bog‘lanadi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi o‘rtacha muvozanatli konsentrasiyada (≤ 10 mkg/ml) nisbatan doimiy bo‘lib, unga tavsiya etilgan dozalarda erishiladi.

Biotransformasiyasi:

Plazmada va siydikda flurbiprofenning metabolitlarining katta miqdori: 4’-gidroksi-flurbiprofen, 3’,4’-digidroksi-flurbiprofen, 3’-gidroksi-4’metoksi-flurbiprofen, konyugatlar aniqlangan. Arilpropion kislotasining boshqa turlaridan farqli ravishda (masalan, ibuprofen), R-flurbiprofen va S-flurbiprofenning metabolizmi minimal darajada kechadi. In vitro tadqiqotlar, sitoxrom P450 2C9 (CYP2C9) flurbiprofen va uning asosiy metaboliti, 4’-gidroksi-flurbiprofenning metabolizmida muhim rol o‘ynashini ko‘rsatdi. 4’-gidroksi-flurbiprofen hayvonlarda yallig‘lanish modellarida eng yuqori yallig‘lanishga qarshi faollikni namoyon etdi.

Flurbiprofen metabolizmga ta‘sir etuvchi fermentlarni induksiya qilmaydi. Erkin flurbiprofenning umumiy plazma klirensi stereoselektiv emas, terapevtik oraliqlar bilan ishlatilganda flurbiprofenning klirensi dozaga bog‘liq emas. Flurbiprofenning biotransformasiyasi asosan sitoxrom P450 2C9 ishtirokida kechadi. Flurbiprofenni sitoxrom P450 2C9 ning metabolizmi sekinlashgan yoki sekinlashishi taxmin qilingan pasientlarda, ilgari sitoxrom P450 2C9 ning boshqa substratiga ta‘siri bo‘lganligi tufayli, ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Chiqarilishi:

Qabul qilingandan keyin taxminan 3% flurbiprofen o‘zgarmagan holda siydik bilan chiqariladi, bunda siydik bilan chiqarilgan dozaning taxminan 70% ni flurbiprofen va metabolitlari tashkil qiladi. Flurbiprofenning metabolitlarini chiqarilishining asosiy yo‘llaridan biri buyrak metabolizmi bo‘lganligi tufayli, buyrak funksiyasini buzilishlari bo‘lgan bemorlarda flurbiprofenning metabolitlarni to‘planishini oldini olish maqsadida flurbiprofenning dozasini yo‘lga solish kerak. R- va S-flurbiprofen uchun o‘rtacha yarim parchalanish davri (t1/2) muvofiq ravishda 4.7 va 5.7 soatni tashkil qiladi. Birnechta dozalar qabul qilingandan keyin flurbiprofenni biroz to‘planishi yuz beradi.

Proporsionallik:

Tekshirilmagan.

Pasientlarning alohida guruhlari

Jigar yetishmovchiligi:

Flurbiprofenning taxminan 90% jigarda metabolizmga uchraydi, shu boisdan jigar yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda preparatni og‘iz orqali qabul qilinganda flurbiprofenning dozasini kamaytirish kerak. Flurbiprofenni plazma oqsillari bilan bog‘lanish darajasi jigar kasalliklari bo‘lgan bemorlarda va albuminning konsentrasiyasi 3.1 g/dl dan kam bo‘lganida kamayadi.

Buyrak yetishmovchiligi:

Buyrak klirensi flurbiprofenning metabolitlarini chiqarilishining asosiy yo‘li bo‘lishiga qaramay, erkin flubiprofen uchun ushbu chiqarilish yo‘li asosiy hisoblanmaydi. Flurbiprofenning plazma oqsillari bilan bog‘lanish darajasi buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda va albuminning konsentrasiyasi 3,9 g/dl dan kam bo‘lganida kamayadi. Flurbiprofenning metabolitlarini chiqarilishi buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda kamayishi mumkin.

Doimiy peritoneal dializdagi ambulator bemorlarda, flurbiprofen qondan dializatga o‘tmaydi.

Bolalarda:

Bolalarda flurbiprofenning farmakokinetikasi tekshirilmagan.

Keksalarda:

Artriti bo‘lgan keksa pasientlarda bir marta yoki ko‘p marta qabul qilinganda flurbiprofenning 100 mg li tabletkalarining farmakokinetikasi, artriti bo‘lgan yosh bemorlarning xuddi shunday ko‘rsatkichidan farq qilmaydi.

 

Qo‘llanilishi

  • revmatoid artrit, osteoartrit, ankilozlovchi spondilit, bursit, tendinit, yumshoq to‘qimalarning shikastlanishlarini shoshilinch va uzoq muddatli simptomatik davolash,
  • dismenoreyada qo‘llaniladi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Tavsiya qilinadigan sutkalik dozalari:

bo‘lib-bo‘lib qabul qilinadigan doza sutkada 150–200 mg ni tashkil etadi. O‘tkir simp-

tomlari bo‘lgan pasientlarga yoki kasallik zo‘raygan vaqtida sutkalik dozani 300 mg gacha oshirish mumkin.

Dismenoreya:

dastlab 100 mg, keyinchalik har 4 yoki 6 soatda 50 yoki 100 mg qabul qilinadi. Preparatning maksimal sutkalik dozasi 300 mg dan oshmasligi kerak.

Alohida klinik populyasiya:

Pediatriyada qo‘llanishi:

12 yoshgacha bo‘lgan bolalarni qabul qilishi tavsiya qilinmaydi.

Keksalarda qo‘llanishi:

Keksa (65 yosh va undan katta) odamlarni davolashda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Boshqa NYAQP bilan bo‘lgani kabi, flurbiprofenni klinik qo‘llash tajribasi, keksa yoshdagi pasientlarda me‘da yarasi, qon ketishlari, meteorizm, qorinni dam bo‘lishi va qorinda og‘riqlar kabi me‘da-ichak yo‘llari tomonidan shikoyatlar darajasi, yoshlardagiga nisbatan yuqoriroq bo‘lishini taxmin qiladi.

Jigar yetishmovchiligi:

Jigar disfunksiyasi simptomlari va/yoki jigar disfunksiyasini taxmin qiluvchi belgilari bo‘lgan yoki jigar sinamalarini buzilishlari bo‘lgan pasientlar, flurbiprofen bilan davolashga nisbatan og‘irroq jigar reaksiyasi ko‘rinishlarini aniqlash yuzasidan tekshirilishlari lozim.

Og‘ir jigar yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda flurbiprofenni qo‘llash mumkin emas.

Buyrak yetishmovchiligi:

Buyrak flurbiprofenning metabolitlarini chiqarilishining eng muhim yo‘li bo‘lganligi tufayli, o‘rtacha yoki og‘ir buyrak disfunksiyasi bo‘lgan pasientlarda, flurbiprofenning metabolitlarini to‘planib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun dozaga tuzatish kiritish lozim. Bu pasientlarni sinchiklab kuzatish kerak.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Nojo‘ya samaralarni rivojlanishi tez-tezligining tasnifi: juda tez-tez —1/10 dan ko‘p; tez-tez — ≥1/100 va <1/10; tez-tez emas — ≥1/1000 va <1/100; kam hollarda — ≥1/10000 va <1/1000; juda kam hollarda — <1/10000, noma‘lum (mavjud ma‘lumotlar asosida baholab bo‘lmaydi).

Flurbiprofenni qabul qilayotgan bemorlardagi nojo‘ya smaralar

  Tez-tez Tez-tez emas Kam hollarda Noma‘lum
Infeksiyalar va invaziyalar Rinit, siydik yo‘llari infeksiyasining belgilari va simptomlari      
Qon va limfatik tizim tomonidan:   Temir tanqisligi anemiyasi

 

  Trombositlar agregasiyasini ingibisiya qilinishi
Immun tizimi tomonidan buzilishlar:     Anafilaktik reaksiyalar  
Modda almashinuvi tomonidan Tana vaznini o‘zgarishlari Giperurekemiyasuyuqlikni tutilishi   Giperkalemiya
Ruhiy buzilishlar Asabiylashish, xavotir, depres-siya, uyqusizlik Ongni chalkashishi    
Markaziy nerv tizimi tomonidan

 

Amneziya, bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, reflekslarni kuchayishi, uyquchanlik, tremor Ataksiya,

serebrovaskulyar ishemiya, paresteziyalar, hid seziishni

o‘zgarishi

 

   

 

Ko‘rish a‘zolari tomonidan Ko‘rishni o‘zgarishi Kon‘yunktivit

 

   
Eshitish a‘zosi tomonidan va labirint buzilishlari Quloqlarni jaranglashi, bosh aylanishi

 

     
Yurak-qon tomir

tizimi tomonidan

  Yurak yetishmovchiligi   Miokard infarkti

 

Qon tomir

buzilishlari

  Qon tomir kasalliklari, vazodilyatasiya, gipertenziya    
Nafas tizimi tomonidan   Astma, epitaksiyalar, bronxospazm    
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan Qorinda og‘riq, qabziyat, diareya, dispepsiya, me‘da-ichakdan qon ketishlari, ko‘ngil aynishi, qusish Qon aralash ich ketishi ezofageal gastrit, qon aralash qusish, peptik yara kasalligi, stomatit, me‘da-ichak yo‘llari yarasi me‘da-ichak yo‘llarida perforasiya  
Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan   Gepatit, jigar funksiyasini buzilishlari    
Teri va teri osti

kletchatkasi tomonidan

Toshma Kvinke shishi, ekzema, qichishish, eshakemi    
Tayanch-harakat apparati, suyak tizimi, biriktiruvchi to‘qima tomonidan   Tirishishlar    
Buyrak va siydik chiqarish tizimi tomonidan   Gematuriya, buyrak yetishmovchiligi

 

Glomerulonef-rit, buyrak papillyar nek-rozi, nefrotik sindrom  
Umumiy Asteniya, shish, holsizlik, charchoq Tremor, charchoq    
Laborator tekshiruvlar Jigar ferment-lari darajasini oshishi Gemoglobin va gematokrit darajasini pasayishi    

Quyida eslatib o‘tilgan nojo‘ya samaralar postmarketing kuzatuv natijasida yoki adabiyotlardan olingan. Uchrash tez-tezligini aniqlashning iloji yo‘q.

  Nojo‘ya ta‘siri
Qon va limfatik tizim tomonidan Aplastik anemiya, gemolitik anemiya, trombositopeniya, neytropeniya
Immun tizimi tomonidan buzilishlar Anafilaksiya
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan Kolit, ichakning yallig‘lanish kasalliklari, ichakning qon aralash va oqsilni yo‘qotilishi bilan kechuvchi yallig‘lanishi
Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan Xolestatik va xolestatik bo‘lmagan sariqlik
Teri va teri osti

kletchatkasi tomonidan

Eksfoliativ dermatit, fotosensibilizasiya,
Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz
Markaziy nerv tizimi tomonidan Aseptik meningit
Buyrak va siydik chiqarish tizimi tomonidan Interstisial nefrit

Kutilmagan ta‘sirlari paydo bo‘lganida shifokorga murojaat qiling.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Flurbiprofenga yuqori sezuvchanligi bo‘lgan pasientlarda qo‘llash mumkin emas.

Aspirin yoki boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlarni qabul qilganidan so‘ng astma hurujlari, eshakemi yoki boshqa allergik reaksiyalari qayd etilgan pasientlarga buyurish mumkin emas. Bunday pasientlar orasida og‘ir, kam hollarda o‘lim bilan yakunlanuvchi, anafilaksiyaga o‘xshash reaksiyalar to‘g‘risida ma‘lumotlar keltirilgan (Maxsus ko‘rsatmalar, anamnezda anafilaktoid reaksiyalar, astma bo‘limlariga qarang). Aspirinli triadasi bo‘lgan pasientlarga buyurish mumkin emas. Bu simptomokompleks asosan astmasi va polipozli yoki polipozli riniti bo‘lgan pasientlarda yoki aspirin yoki boshqa NYAQP qabul qilinganidan keyin bo‘ladigan og‘ir, potensial fatal bronxospazmi bo‘lgan pasientlarga buyurish mumkin emas.

Ie‘da yara kasalligi (o‘tkir yoki anamnezdagi) bo‘lgan pasientlarda qo‘llash mumkin emas. Anamnezida NYAQP bilan davolash bilan bog‘liq me‘da-ichakdan qon ketishlari yoki perforasiyasi bo‘lgan pasientlarda qo‘llash mumkin emas.

Me‘da-ichakdan qon ketishlarida, serebrovaskulyar qon ketishlarida va boshqa qon ketishlarida qo‘llash mumkin emas.

Og‘ir yurak yetishmovchiligi, jigar yetishmovchiligi va buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda qo‘llash mumkin emas.

Koronar arteriyani shuntlashda (CABG) jarrohlikda operasiya vaqtidagi og‘riqni davolash uchun qo‘llash mumkin emas.

Homiladorlikning so‘nggi uch oyligi davomida qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

AAF ingibitorlari va angiotenzin II antagonistlari.

Hisobotlar, nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar AAF ingibitorlarining antigipertenziv samarasini pasaytirishi mumkinligini ko‘rsatadi. Ushbu o‘zaro ta‘sirni nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlarni AAF ingibitorlari bilan bir vaqtda qabul qilayotgan pasientlarda e‘tiborga olish lozim.

Buyrak funksiyasini buzilishi bo‘lgan ayrim pasientlarda (masalan, suvsizlangan bemorlarda yoki buyrak funksiyasini buzilishi bo‘lgan keksa yoshdagi pasientlarda) AAF ingibitorlari yoki angiotenzin II antagonistlarini va siklooksigenazani ingibisiya qiluvchi preparatni birga qo‘llanishi buyrak funksiyasini keyinchalik yanada yomonlashishiga olib kelishi, shu jumladan, odatda qaytuvchan bo‘lgan o‘tkir buyrak yetishmovchiligini ro‘y berishi mumkin. Ushbu o‘zaro ta‘sirni flurbiprofenni AAF ingibitorlari yoki angiotenzin II antagonistlari bilan birga qabul qilayotgan pasientlarda e‘tiborga olish lozim. Shunday qilib, majmuaviy davolash, ayniqsa keksa yoshdagi pasientlarda ehtiyotkorlik bilan o‘tkazilishi lozim. Pasientlarda adekvat gidratasiyani o‘tkazish va majmuaviy davolashni boshlashdan oldin va davolash vaqtida vaqti-vaqti bilan buyrak funksiyasining monitoringiga e‘tibor qaratish lozim.

Antikoagulyantlar.

Varfarin va NYAQP me‘da-ichakdan qon ketishlarini rivojlanishiga bir xil ta‘sir etadilar, shuning uchun bu preparatlarni bir vaqtda qabul qilinganda, bu preparatlarni alohida qabul qilinganiga nisbatan qon ketishlarini rivojlanish xavfi yuqoriroqdir. Shifokor varfarin yoki boshqa antikoagulyantlarni qabul qilayotgan pasientlarga flurbiprofenni buyurishda ehtiyotkorlikka rioya qilishi kerak.

Aspirin

Aspirin bilan bir vaqtda qo‘llanganda qon zardobida flurbiprofenning konsentrasiyasi pasayishi mumkin. Ushbu o‘zaro ta‘sirning klinik ahamiyati ma‘lum emas; biroq boshqa NYAQP bilan bo‘lgani kabi, flurbiprofen va aspirinni bir vaqtda qabul qilish, nojo‘ya ko‘rinishlarni rivojlanishining yuqori xavfi tufayli tavsiya qilinmaydi.

Beta-adrenoblokatorlar

Flurbiprofen propranololning gipotenziv samarasini pasaytiradi, lekin atenololga ta‘sir qilmaydi. Ushbu o‘zaro ta‘sirning mexanizmi ma‘lum emas. Flurbiprofen va β-blokatorlarni qabul qilayotgan pasientlar adekvat gipotenziv samaraga erishishni kuzatishlari zarur.

Diuretiklar

Klinik tadqiqotlar va postmarketing kuzatuvlarning natijalari, pasientlarning bir qismida NYAQP furosemidning va ayrim pasientlarda tiazid diuretiklarning natriyuretik ta‘sirini susaytirishi mumkinligini ko‘rsatdi. Bu buyrak prostaglandinlari sintezini ingibisiya qilinishi bilan tushuntiriladi. NYAQP ni diuretiklar bilan bir vaqtda qo‘llanganda buyrak yetishmovchiligini avj olish belgilarini va diuretik samarani diqqat bilan kuzatish kerak.

Litiy

NYAQP plazmada litiyning darajasini oshishini va litiyning buyrak klirensini pasayishini chaqirishi mumkin. Litiyning o‘rtacha minimal konsentrasiyasi 15% ga oshadi, buyrak klirensi esa 20% ga pasayadi. Bunday ta‘sir NYAQP tomonidan buyrak prostaglandinlari sintezini ingibisiya qilinishi bilan tushuntiriladi. Shuning uchun litiy peparatlari bilan bir vaqtda qo‘llanganda, uning toksik ta‘siri belgilarini diqqat bilan kuzatish kerak.

Metotreksat

NYAQP, quyonning buyrak plastinalarida metotreksatni to‘planishini raqobatli ingibisiya qilishi to‘g‘risida xabar berilgan. NYAQP metotreksatning toksik ta‘sirini kuchaytirishi mumkin. NYAQP va metotreksatni birga majmuada ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Kortikosteroidlar

NYAQP ni kortikosteroidlar bilan bir vaqtda qo‘llanganda me‘da-ichak yo‘llarida yara hosil bo‘lishi yoki qon ketishlarining xavfi oshadi.

Antiagregantlar va serotoninni qayta qamrab olinishining selektiv ingibitorlari

NYAQP bilan bir vaqtda qo‘llanganda me‘da-ichak yo‘llaridan qon ketishlarining xavfi oshadi.

Simetidin, Ranitidin

Sog‘lom ko‘ngillilarda oldindan simetidin va ranitidin bilan davolanish flurbiprofenning farmakokinetikasiga ta‘sir qilmagan. Faqat simetidin qo‘llangan hollarda flurbiprofenning zardobdagi konsentrasiyasini biroz, lekin ahamiyatli oshishi aniqlangan.

Digoksin

Flurbiprofen va digoksinni sog‘lom erkaklarda majmuaviy qo‘llash yuzasidan o‘tkazilgan tadqiqotlar bu preparatlarning qon zardobidagi barqaror holatdagi darajasini o‘zgarishlarini ko‘rsatmadi. NYAQP yurak yetishmovchiliginikuchaytirishi, kalavalar filtrasiyasi tezligini pasaytirishi va plazmada glikozidlar darajasini oshirishi mumkin.

Peroral gipoglikemik vositalar

Gipoglikemik preparatlar va flurbiprofenni bir vaqtda qabul qilinganda qonda qand konsentrasiyasini biroz kamayishi aniqlanganligiga qaramay, gipoglikemiya belgilari kuzatilmagan.

Xinolonlar

NYAQP xinolonlar bilan bog‘liq tirishishlar xavfini oshirishi mumkin.

NYAQP ni zidovudin, tiklopidin, takrolimus, siklosporin bilan ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Takrolimus

NYAQP bilan bir vaqtda qo‘llanganda takrolimusning nefrotoksikligini rivojlanish xavfi oshishi mumkin.

Siklosporin

Buyrak prostaglandinlarini ta‘siri tufayli nefrotoksiklik xavfi oshishi mumkin.

Aholining alohida guruhlari:

Pediatriyada qo‘llanishi:

Ma‘lumotlar yo‘q.

Keksa yoshdagilarda qo‘llanishi:

Keksa yoshdagi, antasidlarni qabul qilgan pasientlarda, garchi so‘rilish darajasiga ta‘sir qilmasada, flurbiprofenning so‘rilish tezligi pasaygan bo‘ladi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparatni NYAQP, shu jumladan SOG-2 ingibitorlari bilan bir vaqtda qo‘llashdan saqlanish kerak.

Yurak-qon tomir kasalliklari xavfi

  • NYAQP o‘lim bilan yakunlanishi mumkin bo‘lgan jiddiy yurak-qon tomir trombotik asoratlar, miokard infarkti va insultga olib kelishi mumkin. Bu xavf preparatni qo‘llash davomiyligi oshgani sayin oshib borishi mumkin. Xavf oldindan yurak-qon tomir kasalliklari yoki yurak-qon tomir kasalliklarini rivojlanish xavf omillari bo‘lgan pasientlar orasida yuqoriroq bo‘ladi.
  • Flurbiprofenni koronar arteriyani shuntlashda (CABG) jarrohlikda operasiya vaqtidagi og‘riqni davolash uchun qo‘llash mumkin emas.

Me‘da-ichak yo‘llari kasalliklari xavfi

  • NYAQP jiddiy me‘da-ichak yo‘llari nojo‘ya ko‘rinishlari, shu jumladan o‘limga olib kelishi mumkin bo‘lgan qon ketishlari, yaralar va me‘da yoki ichakni perforasiyasi xavfini oshiradi. Bu asoratlar qo‘llanganda istalgan vaqtda va xabar beruvchi simptomlarsiz yuz berishi mumkin. Keksa yoshdagi pasientlar jiddiy me‘da-ichak yo‘llari asoratlarining katta xavfiga duchordirlar.

Ogohlantirishlar

Yurak-qon tomir trombotik asoratlar:

Bir nechta NYAQV – SOG-2 selektiv va noselektiv ingibitorlarini 3 yilgacha davomiylikda qo‘llash yuzasidan o‘tkazilgan klinik tadqiqotlarning natijalari jiddiy yurak-qon tomir trombotik xolatlari, miokard infarkti, insultning yuqori xavfini ko‘rsatdi. Xavf avvaldan yurak-qon tomir kasalliklari bo‘lgan yoki yurak-qon tomir kasalliklarini rivojlanish xavfi omillari bo‘lgan pasientlar orasida yuqoridir. Nojo‘ya yurak-qon tomir ko‘rinishlarini rivojlanish xavfini minimumga yetkazish uchun eng past samarali dozani eng qisqa muddatda qo‘llash kerak. Shifokor va pasient, ilgari yurak-qon tomir kasalliklari simptomlari bo‘lmaganiga qaramay, bunday holatlarni rivojlanishiga e‘tiborli bo‘lishlari zarur. Pasientlar jiddiy yurak-qon tomir kasalliklarining belgilari va/yoki simptomlari to‘g‘risida va ular namoyon bo‘lgan hollarda ko‘riladigan choralar to‘g‘risida xabardor bo‘lishlari zarur (Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar bo‘limiga qarang).

Aspirinni bir vaqtda ishlatilishi NYAQV qabul qilinishi bilan bog‘liq jiddiy yurak-qon tomir trombotik asoratlarni rivojlanishining yuqori xavfi bilan bog‘liqligi yuzasidan ishonchli dalillar yo‘q. Aspirin va flurbiprofenni bir vaqtda qo‘llanilishi jiddiy me‘da-ichak asoratlarni rivojlanish xavfini oshiradi (Maxsus ko‘rsatmalar, me‘da-ichak ko‘rinishlari – yara kasalligi, qon ketishlari, perforasiyani rivojlanish xavfi bo‘limiga qarang).

Flurbiprofen uchun bunday xavfni istisno qilish uchun ma‘lumotlar yetarli emas. Nazorat qilib bo‘lmaydigan arterial gipertenziyasi, dimlangan yurak yetishmovchiligi, aniqlangan yurak ishemik kasalligi, periferik arteriyalarning kasalliklari va/yoki serebrovaskulyar kasalliklari bo‘lgan pasientlarga flurbiprofenni ehtiyotkorlik bilan, faqat sinchkov tekshiruvdan keyin buyurish kerak. Xuddi shunday tekshiruvlarni yurak-qon tomir kasalliklari xavf omillari (masalan, gipertenziya, gipelipidemiya, qandli diabet, chekish) bo‘lgan pasientlarda uzoq muddatli davolashni boshlashdan oldin o‘tkazish lozim.

Koronar arteriyani shuntlashdan keyingi birinchi 10-14 kun davomida og‘riqni davolash uchun NYAQV – SOG-2 selektiv ingibitorlarni qo‘llash bo‘yicha o‘tkazilgan ikkita katta, nazoratli klinik tadqiqotlarning natijalari insult va miokard infarktini rivojlanishining yuqori tez-tezligini aniqladi (Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar bo‘limiga qarang).

Arterial gipertenziya:

NYAQP, shu jumladan flurbiprofen xam avvaldan mavjud bo‘lgan gipertenziyani avj olishini yoki yomonlashishini chaqirishi mumkin va yurak-qon tomir asoratlarini tezlashishiga olib kelishi mumkin. Tiazidlar yoki xalqali diuretiklarni qabul qilayotgan pasientlarda NYAQP qabul qilinganda, NYAQP bilan, shu jumladan flurbiprofen bilan davolashga bo‘lgan javob reaksiyasi pasayadi, shu boisdan gipertoniyasi bo‘lgan pasientlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Flurbiprofen bilan davolash vaqtida arterial bosimni (AB) sinchkov nazorat qilish kerak.

Dimlangan yurak yetishmovchiligi va shish

NYAQP, shu jumladan flurbiprofenni qabul qilayotgan ayrim pasientlarda, prostaglandinlar sintezini susaytiruvchi boshqa dori vositalari bilan bo‘lgani kabi, suyuqlikni tutilishi va shish aniqlangan.

Flurbiprofenni suyuqlikni tutilishi, gipertoniyasi yoki yurak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Me‘da-ichakdagi noxush ko‘rinishlar – yara, qon ketishlari, perforasiyani rivojlanish xavfi:

NYAQP me‘da-ichak yo‘llari tomonidan jiddiy nojo‘ya ta‘sirlarni rivojlanishini, shu jumladan fatal yakunlanishi mumkin bo‘lgan yallig‘lanish, qon ketishi, me‘da yara kasalligi va me‘dani, ingichka va yo‘g‘on ichakning perforasiyasini chaqirishi mumkin. Qayd etilgan nojo‘ya ko‘rinishlar oldindan bo‘ladigan simptomlar bilan yoki ularsiz istalgan vaqtda namoyon bo‘lishi mumkin.

Me‘da-ichak yo‘llarining yuqori bo‘limlaridagi dispepsiya kabi jiddiy nojo‘ya ta‘sirlar davolanish vaqtida istalgan paytda rivojlanishi mumkin. Pasientlar va shifokorlar NYAQV bilan davolash vaqtida me‘da-ichak yo‘llarida yara hosil bo‘lishi va qon ketishlarining belgilari va simptomlari yuzasidan sergak bo‘lishlari va agar jiddiy me‘da-ichak asoratiga shubha bo‘lsa, qo‘shimcha tekshiruv va davolashni zudlik bilan boshlashlari lozim. Pasientlar me‘da-ichak toksikligining belgilari va xabar beruvchi simptomlari to‘g‘risida xabardor bo‘lishlari lozim. Vaqti-vaqti bilan laborator monitoringni o‘tkazish afzalligi isbotlanmagan, yetarli baho ham yo‘q.

NYAQP bilan davolashga nisbatan MIY ning yuqori bo‘limlarida jiddiy nojo‘ya ta‘sir rivojlangan besh pasientdan faqat bir nafarida simptomatik hisoblanadi.

NYAQP tomonidan chaqirilgan me‘da-ichak yo‘llarining yuqori qismi yaralari, katta qon ketishlari yoki perforasiyani rivojlanish hollari 3-6 oy davomida davolangan bemorlarning taxminan 1% da va bir yil davomida davolanganlarning 2-4% da kuzatilgan. Bu tendensiyalar uzoq vaqt qo‘llanganda saqlanib qolib, me‘da-ichak yo‘llari tomonidan jiddiy nojo‘ya ta‘sirlarni rivojlanish ehtimolini oshiradi. Biroq, xattoki qisqa davolash kursi xam ma‘lum bir xavf bilan bog‘liq bo‘ladi. NYAQP ni me‘da yara kasalligi bo‘lgan yoki anamnezida me‘da-ichakdan qon ketishlari bo‘lgan pasientlarda o‘ta ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim. Me‘da-ichakdan qon ketishlarini rivojlanish xavfini oshiruvchi boshqa omillarga: peroral kortikosteroidlar yoki antikoagulyantlarni bir vaqtda qabul qilish, NYAQP bilan uzoq muddat davolanish, chekish, alkogol, keksa yosh, pasientning qoniqarsiz umumiy holati kiradi. Ko‘pchilik fatal holatlar keksa yoshdagi va holsizlangan pasientlar orasida ta‘riflangan, demak, pasientlarning bu guruhi o‘ziga xos e‘tiborni talab etadi.

Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan nojo‘ya ta‘sirlarni rivojlanish xavfini minimumga yetkazish uchun NYAQV ning minimal samarali dozalarini eng qisqa muddatda qo‘llash kerak. Yuqori xavf guruhi pasientlari uchun NYAQV ni o‘z ichiga olmagan muqobil davolash usullarini qo‘llash ko‘rib chiqilishi kerak.

Bu pasientlar uchun, shuningdek asetilsalisil kislotasi yoki me‘da-ichak kasalliklari xavfini kuchaytiruvchi boshqa preparatlarning past dozalari bilan bir vaqtda davolanishga muhtoj pasientlar uchun himoya qiluvchi vositalar (masalan, mizoprostol yoki proton nasosi ingibitorlari) bilan majmuaviy davolash tavsiya etiladi. muntazam klinik tekshiruv zarur.

Anamneziyada me‘da-ichak kasalliklari bo‘lgan, ayniqsa keksa yoshdagi odamlar har qanday g‘ayri-oddiy abdominal simptomlar (ayniqsa me‘da-ichakdan qon ketishi), ayniqsa davolashning dastlabki bosqichlarida xabar berishlari lozim. Oral kortikosteroidlar, antikoagulyantlar (varfarin), serotoninni qayta qamrab olinishining selektiv ingibitorlari yoki me‘dada yara hosil bo‘lishi yoki qon ketishlari xavfini oshirishi mumkin bo‘lgan antiagregantlar (asetilsalisil kislotasi) bilan bir vaqtda davo qabul qilayotgan pasientlar ehtiyotkorlikka rioya qilishlari kerak. Flurbiprofenni qabul qilayotgan pasientlarda me‘da-ichakdan qon ketishlari yoki yaralar paydo bo‘lganida, davolash to‘xtatilishi lozim.

Anamnezida me‘da-ichak kasalliklari (nospesifik yarali kolit, Kron kasalligi) bo‘lgan pasientlarda NYAQP ni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak, chunki ular kasallikni zo‘rayishiga olib kelishi mumkin.

Keksa yoshdagi odamlar orasida NYAQP ni qabul qilinishiga nisbatan nojo‘ya reaksiyalar, ayniqsa fatal bo‘lishi mumkin bo‘lgan me‘da-ichakdan qon ketishlari va perforasiyalarning yuqori tez-tezligi aniqlanadi.

Me‘da yara kasalligi bo‘lgan va/yoki anamnezida me‘da-ichakdan qon ketishlari bo‘lgan pasientlarda NYAQV qo‘llanganda me‘da-ichakdan qon ketishlarini rivojlanish xavfi, xavf-omillari bo‘lmagan pasientlarga nisbatan 10 marta yuqoridir. Me‘da-ichakdan qon ketishlarini rivojlanish xavfini oshiruvchi boshqa omillarga: peroral kortikosteroidlar yoki antikoagulyantlarni bir vaqtda qabul qilish, NYAQP bilan uzoq muddat davolanish, chekish, alkogol, keksa yosh, pasientning qoniqarsiz umumiy holati kiradi.

Buyrakka ta‘siri

NYAQV ni uzoq muddat qabul qilish buyrak papillyar nekrozini va buyrakning boshqa shikastlanishlarini rivojlanishini chaqirishi mumkin. Buyrak tomonidan toksiklik, buyrak prostaglandinlari buyrak perfuziyasini quvvatlash uchun kompensator rol o‘ynagan pasientlar orasida kuzatilgan. Bunday hollarda NYAQV ni qabul qilish prostaglandinlarni hosil bo‘lishini dozaga bog‘liq pasayishini chaqirishi mumkin, va oqibatda buyrak qon oqimi pasayishi mumkin, bu buyrak dekompensasiyasini rivojlanishini qo‘zg‘atishi mumkin. Yuqori xavf guruhiga buyrak faoliyatini buzilish bo‘lgan, yurak yetishmovchiligi, jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlar, keksa pasientlar, shuningdek diuretiklar, AAF-ingibitorlarni qabul qilayotgan pasientlar mansubdirlar. NYAQV ni qabul qilish to‘xtatilganidan keyin avvalgi holat (davolashgacha bo‘lgan holat) tiklanadi.

Klinik tadqiqotlarda flurbiprofenni yarim chiqarilish davri buyrak disfunksiyasi bo‘lgan pasientlarda o‘zgarmagan. Flurbiprofenning metabolitlari asosan buyrak orqali chiqariladi. 4’-gidroksi-flurbiprofenni chiqarilishi buyrak faoliyatini o‘rtacha – og‘ir buzilishi bo‘lgan pasientlarda pasayadi. Demak, surunkali buyrak kasalligi bo‘lgan bemorlarga flurbiprofen bilan davolanish tavsiya etilmaydi. Flurbiprofenni qo‘llash zarurati tug‘ilganida, buyrak funksiyasini sinchkov nazorat qilish lozim.

Surunkali buyrak kasalliklari

Surunkali buyrak kasalliklari bo‘lgan bemorlarga flurbiprofen bilan davolash tavsiya etilmaydi. Flurbiprofenni qo‘llash zarurati tug‘ilganida, buyrak funksiyasini sinchkov nazorat qilish lozim.

Anafilaktoid reaksiyalar

Boshqa NYAQV bilan bo‘lgani kabi, flurbiprofenni qo‘llaganda xam anafilaktoid reaksiyalar rivojlanishi mumkin. Flurbiprofenni “aspirin triadasi” (bronxial astma, vazomotor rinit, asetilsalisil kislotasini o‘zlashtiraolmaslik) bo‘lgan pasientlar qabul qilmasliklari kerak. Aspirinni yoki boshqa NYAQV ni qabul qilishga javob sifatida astmasi bo‘lgan pasientlardagi bu simptomokompleks burunda poliplar bilan yoki usiz rinit ko‘rinishida yoki og‘ir, potensial fatal bronxospazm ko‘rinishida namoyon bo‘ladi (Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar va Maxsus ko‘rsatmalar, avvaldan mavjud bo‘lgan astma bo‘limlariga qarang). Anafilaktoid reaksiyalar rivojlangan hollarda shoshilinch yordam ko‘rsatish zarur.

Dermatologik reaksiyalar

NYAQV, shu jumladan flurbiprofen teri tomonidan o‘lim bilan yakunlanishi mumkin bo‘lgan eksfoliativ dermatit, Stivens-Djonson sindromi (SDS), toksik epidermal nekroliz (TEN) kabi jiddiy nojo‘ya ko‘rinishlarni rivojlanishini chaqirishi mumkin. Qayd etilgan nojo‘ya ko‘rinishlar oldindan ma‘lum simptomlarsiz namoyon bo‘lishi mumkin. Pasientlarni teri tomonidan bo‘ladigan jiddiy nojo‘ya ko‘rinishlarning belgilari va simptomlari to‘g‘risida xabardor qilish, teri toshmasi yoki o‘ta yuqori sezuvchanlikning boshqa simptomlari ilk bor namoyon bo‘lganida esa – preparatni qabul qilishni to‘xtatish kerak.

Ehtiyotkorlik choralari

Jigarga ta‘siri

NYAQV ni, shu jumladan flurbiprofenni qabul qilayotgan pasientlarda (15% gacha), jigar faoliyatining bir yoki bir nechta ko‘rsatkichlari darajasini chegaragacha oshishi yuz berishi mumkin. Qayd etilgan o‘zgarishlar davolash davom ettirilganda yoki avj olishi, yoki o‘zgarmasdan qolishi yoki o‘tkinchi xarakterga ega bo‘lishi mumkin. ALT va AST darajasini ancha oshishi (normadan taxminan uch va undan ortiq oshishi) NYAQV bilan o‘tkazilgan klinik tadqiqotlar vaqtida taxminan 1% pasientda aniqlangan. Yuqorida eslatib o‘tilganidan tashqari, ba‘zida o‘lim bilan yakunlanuvchi og‘ir jigar reaksiyalarining kam hollari, shu jumladan sariqlikda yashin tezligida avj oluvchi gepatit, jigar nekrozi va jigar yetishmovchiligi aniqlangan.

Jigar disfunksiyasi simptomlari va/yoki belgilari bo‘lgan yoki jigar faoliyatining patologik ko‘rsatkichlari bo‘lgan pasientlar, jigar tomonidan o‘ta og‘ir reaksiyalarni rivojlanishidan saqlanish maqsadida ularni tekshirishlari zarur. Agar klinik belgilar va simptomlar jigar kasalligini rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lsa, yoki tizimli ko‘rinishlar (masalan, eozinofiliya, toshma va xok.) aniqlansa, flurbiprofenni bekor qilish kerak.

Surunkali buyrak kasalliklari

Klinik tadqiqotlarda flurbiprofenni yarim chiqarilish davri buyrak disfunksiyasi bo‘lgan pasientlarda o‘zgarmagan. Flurbiprofenning metabolitlari asosan buyrak orqali chiqariladi. 4’-gidroksi-flurbiprofenni chiqarilishi buyrak faoliyatini o‘rtacha – og‘ir buzilishi bo‘lgan pasientlarda pasayadi. Demak, surunkali buyrak kasalligi bo‘lgan bemorlarga flurbiprofen bilan davolanish tavsiya etilmaydi. Flurbiprofenni qo‘llash zarurati tug‘ilganida, buyrak funksiyasini sinchkov nazorat qilish lozim.

Gematologik samaralar

NYAQV ni, shu jumladan flurbiprofenni qabul qilayotgan pasientlarda anemiya rivojlanishi mumkin, bu suyuqlikni tutilishi, me‘da-ichakdan qon ketishlari yoki eritropoezga ta‘siri yetarlicha o‘rganilmaganligi oqibatida chaqirilishi mumkin. NYAQV uzoq muddat davomida qo‘llanganda pasientlarni, xatto anemiyaning har qanday belgilari va simptomlari bo‘lmaganida xam gemoglobin yoki gematokritni vaqti-vaqti bilan nazorat qilish kerak.

NYAQV ayrim pasientlarda trombositlar agregasiyasiga to‘sqinlik qiladi va qon ketish vaqtini uzaytiradi. Aspirindan farqli ravishda trombositlar faoliyatiga ta‘siri miqdoriy jihatdan kam, qisqa va qaytuvchandir. Odatda, flurbiprofen trombositlar soniga, protrombin vaqtiga, qisman tromboplastin vaqtiga ta‘sir qilmaydi. Antikoagulyantlarni qabul qilayotgan, shuningdek qon ivishini buzilgan pasientlarni sinchkov monitorngini qilish zarur.

Avvaldan mavjud bo‘lgan astma

Astmasi bo‘lgan pasientlar aspiringa bog‘liq holatdan aziyat chekishlari mumkin. Aspirinni bu pasientlarda ishlatilishi o‘limga olib kelishi mumkin bo‘lgan og‘ir bronxospazmni rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Kesishgan reaktivlik tufayli, flurbiprofenni aspiringa yuqori sezuvchanligi bo‘lgan pasientlar qabul qilmasliklari va anamnezida astmasi bo‘lgan pasientlar ehtiyotkorlik bilan qabul qilishlari kerak.

Ko‘rishni o‘zgarishi

Flurbiprofen va boshqa NYAQV ni qabul qilayotgan pasientlarda ko‘rishni xiralashishi va/yoki susayish holatlari kuzatilgan. Ko‘rish yuzasidan shikoyatlari bo‘lgan pasientlar oftalmologik tekshiruvdan o‘tishlari kerak.

Homiladorlik

Flurbiprofenni boshqa NYAQP kabi, homiladorlikning uchinchi uch oyligi vaqtida qo‘llash mumkin emas, chunki bu arterial yo‘lni barvaqt yopilishini chaqirishi mumkin.

Umumiy

Flurbiprofenni kortikosteroidlarning o‘rniga qo‘llanishi yoki kortikosteroidlar yetishmovchiligini davolash uchun ishlatilishi taxmin qilinmaydi. Kortikosteroidlarni qabul qilishni keskin to‘xtatish kasallikni zo‘rayishiga olib kelishi mumkin. Kortikosteroidlarni qabul qilishni to‘xtatish to‘g‘risidagi qarorni qabul qilishda uning dozasini asta-sekin kamaytirish lozim. Operasiyadan keyingi keksa yoshdagi pasientlarga alohida e‘tibor qaratish lozim. 65 yosh va undan katta pasientlarda buyrak va jigar funksiyasini nazorat qilish lozim. Flurbiprofenning isitmani va yallig‘lanishni kamaytirishdagi farmakologik faolligi infeksion, og‘riqli holatlarga olib kelishi taxmin qilingan asoratlarni aniqlashda umumiy diagnostik belgilarni baholash indeksini pasaytirishi mumkin.

Flurbiprofenni NYAQP bilan, shu jumladan siklooksigenaza-2 selektiv ingibitorlari bilan, additiv samara yuz berishi mumkinligi tufayli, bir vaqtda qo‘llashdan saqlanish kerak. Flurbiprofen qabul qilish homila hosil bo‘lishi qobiliyatini buzishi mumkin va shu boisdan homilador bo‘lishini istagan ayollarga tavsiya etilmaydi. Shu boisdan, homilador bo‘lish qobiliyati buzilgan yoki ushbu buzilishlar yuzasidan tekshiruvlardan o‘tayotgan ayollarda flurbiprofenni bekor qilish maqsadga muvofiq ekanligini e‘tiborga olish kerak.

Tizimli qizil yugurik (TQYU-SKV) va biriktiruvchi to‘qimaning aralash kasalliklari

Tizimli qizil yugirik (TQYU) va biriktiruvchi to‘qimaning aralash kasalliklari bo‘lgan pasientlarda aseptik meningitni rivojlanishining yuqori xavfi bo‘lishi mumkin.

Laborator ma‘lumotlar

Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan jiddiy nojo‘ya ko‘rinishlar oldindan ma‘lum simptomlarsiz namoyon bo‘lishi mumkinligi tufayli, me‘da-ichak yo‘llaridan qon ketishlari simptomlarini kuzatish zarur. NYAQP bilan uzoq muddat davolanganda klinik va biokimyoviy qon taxlili ko‘rsatkichlarini vaqti-vaqti bilan nazorat qilib turish zarur. Agar klinik belgilar va simptomlar jigar yoki buyrak kasalliklarini rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lsa, tizimli ko‘rinishlar (masalan, eozinofiliya, toshma va boshqalar) aniqlansa, flurbiprofenni qabul qilishni to‘xtatish kerak.

Ayollarda fertillikni buzilishi

Flurbiprofenni qabul qilish ayollarda fertillikni pasaytirishi mumkin va shuning uchun homilador bo‘lmoqchi bo‘lgan ayollarda qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Aholining ijtimoiy guruhlari:

Bolalarda qo‘llanishi:

12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda ishlatish tavsiya etilmaydi.

Keksalarda qo‘llanilishi:

Boshqa NYAQV ga o‘xshab, flurbiprofenni xam keksa (65 yosh va undan katta) pasientlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Boshqa NYAQV ga o‘xshab, me‘da-ichak yo‘llari tomonidan yara, qon ketishlari, meteorizm, og‘riq kabi asoratlar yoshlarga qiyoslanganda keksalar orasida ko‘proq kuzatiladi. Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan nojo‘ya ko‘rinishlarni xavfini minimumga yetkazish uchun eng kichik samarali dozani eng qisqa muddatda qo‘llash kerak. Shuningdek keksa yoshdagi pasientlar buyrak dekompensasiyasini rivojlanishining ancha yuqori xavfiga duchordirlar.

Homiladorlik va laktasiya

Homiladorlik kategoriyasi 1 va 2 uch oylik: S; 3-uch oylik: D.

Tug‘ruq yoshdagi ayollar/tug‘ilish ustidan nazorat (kontrasepsiya)

Ma‘lumotlar yo‘q.

Homiladorlik

Reproduktivlik (tug‘ruq) faoliyatni o‘rganish yuzasidan kalamushlar va quyonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar rivojlanishda siljishlarni ko‘rsatmadi. Shunday bo‘lsada, hayvonlarda o‘tkazilgan reproduktivlik yuzasidan tadqiqotlar bo‘yicha odamning reaksiyasini har doim ham oldindan aytib bo‘lmaydi. Homiladorlarda adekvat va yaxshi nazorat qilingan tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Flurbiprofenni homiladorlik vaqtida, faqat agar potensial foyda homila uchun potensial xavfdan ustun bo‘lgandagina qo‘llan mumkin.

Prostaglandinlar sintezini ingibisiya qilinishi homiladorlikka salbiy ta‘sir ko‘rsatishi mumkin. Epidemiologik tadqiqotlarning ma‘lumotlari homiladorlikning ilk muddatlarida prostaglandinlar sintezini ingibitorlarini qo‘llagandan so‘ng homila tashlashning yuqori xavfini ko‘rsatdi. Ko‘rsatilganidek, hayvonlarda prostaglandinlar sintezini ingibitorlarini yuborilishi homila tashlashlar sonini va homilani o‘limini oshishiga olib keladi.

Nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlarning homilaning yurak-qon tomir tizimiga ma‘lum nojo‘ya ta‘sirlari (arterial yo‘lni yopilishi) tufayli, homiladorlikning oxirida (6 chi oydan boshlab) qo‘llashdan saqlanish kerak.

Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar homiladorlikka va tug‘ruqdan keyingi rivojlanishga ularning ta‘siri nuqtai nazaridan yetarli emas. Odam uchun potensial xavf ma‘lum emas.

Fertillik

Prostaglandinlar sintezini ingibisiya qiluvchi boshqa preparatlar bilan bo‘lgani kabi, kalamushlarda NYAQP ni qo‘llab o‘tkazilgan tadqiqotlarda patologik tug‘ruq, tug‘ruqni tutilishi hollari va bolachalarni tirik qolish ko‘rsatkichini pasayishi oshgan. Homilador ayollarda to‘lg‘oq va tug‘dirib olish uchun preparatni qo‘llash oqibatlari ma‘lum emas.

NYAQP ni qabul qilish tuxumdonning follikulasini yorilishini tutib qolishi yoki bartaraf etishi va buning oqibatida qaytuvchan bepushtlikka olib kelishi mumkin. Homilador bo‘lishda qiyinchilik his etayotgan yoik bepushtlik yuzasidan tekshiruvlar o‘tayotgan ayollarda flurbiprofenni bekor qilishni ko‘rib chiqish lozim.

Laktasiya

Emizikli onalarning ko‘krak suti va plazmasidagi flurbiprofenning konsentrasiyasi, kuniga 200 mg flurbiprofen qabul qilayotgan ayolning suti bilan bola kuniga taxminan 0,10 mg flurbiprofen qabul qilishi mumkinligini taxmin qilishga imkon beradi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga prostaglandinlar ingibitorlarining bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta‘sirlari tufayli va ona uchun preparatning ahamiyatini e‘tiborga olib, emizishni to‘xtatish yoki preparatni qabul qilishdan voz kechish to‘g‘risidagi qarorni qabul qilish lozim.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

NYAQP ning dozasini oshirib yuborilishining simptomlari: letargiya, uyquchanlik, ko‘ngil aynishi, qusish va epigastral sohada og‘riqlar. Ushbu simptomlarni tutib turuvchi davolash yo‘li bilan bartaraf etish mumkin. Me‘dadan qon ketishlari rivojlanishi mumkin. Juda kam hollarda arterial gipertenziya, o‘tkir buyrak yetishmovchiligini rivojlanishi, nafasni susayishi va komani yuz berish ehtimoli mavjud. NYAQP ni qo‘llash natijasida, shuningdek dozasi oshirib yuborilganda yuz beruvchi anafilaktik reaksiyalarni rivojlanish hollari aniqlangan.

NYAQP ning dozasi oshirib yuborilganda simptomatik va tutuib turuvchi davolash tavsiya etilgan. Spesifik antidoti yo‘q. Doza oshinrib yuborilganda (5 barobar yoki 10 barobar dozani qabul qilinganda) bemorlarda keyingi 4 soat davomida qusish chaqiriladi yoki faollashtirilgan ko‘mir buyuriladi (kattalarga 60 dan 100 g gacha, bolalarga 1 yoki 2 g/kg), shuningdek osmotik surgi vositalari buyuriladi. Preparat qon zardobi oqsillari bilan ancha ahamiyatli bog‘lanishi tufayli, jadallashtirilgan diurez, siydikni ishqoriylashtirish, gemodializ yoki gemoperfuziya samarasizdir.

Chiqarilish shakli

Qobiq bilan qoplangan 15 tabletkadan PVX/alyumin folgali blisterlarda, karton qutilarda.

 

Saqlash sharoiti

Preparatni 25oS dan yuqori bo‘lmagan xona haroratida saqlash kerak.

 

Yaroqlilik muddati

5 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

– Shifokor bilan maslahatlashmasdan preparatni ishlatmang,

– Qabul qilishdan oldin yo‘riqnomani diqqat bilan o‘qib chiqing.

 

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

MAJEZIK SANOVEL tabletkalari 100mg N30 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
MAJEZIK SANOVEL tabletkalari 100mg N30 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
MAJEZIK SANOVEL tabletkalari 100mg N30 dori vositasi Sanovel Ilac Sanayi ve Ticaret A.S. tomonidan Turkiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
MAJEZIK SANOVEL tabletkalari 100mg N30 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
MAJEZIK SANOVEL tabletkalari 100mg N30 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
ESKOLAN SANOVEL 10 tabletkalari 10mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Sanovel Ilac Sanayi ve Ticaret A.S.
Narh: 24 000 so'mdan Batafsil
MERISTAT SANOVEL tabletkalari 500mg N14
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Sanovel Ilac Sanayi ve Ticaret A.S.
MAJEZIK SANOVEL tabletkalari 100mg N15
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Sanovel Ilac Sanayi ve Ticaret A.S.
Narh: 73 900 so'mdan Batafsil
ESKOLAN SANOVEL 40 tabletkalari 40mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Sanovel Ilac Sanayi ve Ticaret A.S.
Narh: 50 000 so'mdan Batafsil
ESKOLAN SANOVEL 20 tabletkalari 20mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Sanovel Ilac Sanayi ve Ticaret A.S.
Narh: 40 800 so'mdan Batafsil
EKSISTEN SANOVEL inyeksiya uchun eritma 15mg/1,5ml N3
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Sanovel Ilac Sanayi ve Ticaret A.S.
RILEYS SANOVEL PLYUS tabletkalari 20/12,5 mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Sanovel Ilac Sanayi ve Ticaret A.S.
RILEYS SANOVEL 5 tabletkalari 5mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Sanovel Ilac Sanayi ve Ticaret A.S.
RILEYS SANOVEL 20 tabletkalari 20mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Sanovel Ilac Sanayi ve Ticaret A.S.
RILEYS SANOVEL 10 tabletkalari 10mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Sanovel Ilac Sanayi ve Ticaret A.S.
MAJEZIK SANOVEL SR kapsulalar 200mg N16
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Sanovel Ilac Sanayi ve Ticaret A.S.
MAJEZIK SANOVEL DUO tabletkalari 100mg/8mg N14
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Sanovel Ilac Sanayi ve Ticaret A.S.
MAJEZIK CANOVEL DUO sprey 50ml 50mg/2,5mg N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Sanovel Ilac Sanayi ve Ticaret A.S.
MAJEZIK CANOVEL DUO sprey 50ml 50mg/2,5mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Sanovel Ilac Sanayi ve Ticaret A.S.
MAJEZIK CANOVEL DUO gel 50g N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Sanovel Ilac Sanayi ve Ticaret A.S.
MAJEZIK CANOVEL DUO gel 30g N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Sanovel Ilac Sanayi ve Ticaret A.S.
MAJEZIK CANOVEL DUO gel 30g N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Sanovel Ilac Sanayi ve Ticaret A.S.
LOENZAR SANOVEL kapsulalar N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Sanovel Ilac Sanayi ve Ticaret A.S.
LOENZAR SANOVEL kapsulalar N14
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Sanovel Ilac Sanayi ve Ticaret A.S.
KENFIKS SANOVEL tabletkalari 8mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Sanovel Ilac Sanayi ve Ticaret A.S.
KENFIKS SANOVEL tabletkalari 8mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Sanovel Ilac Sanayi ve Ticaret A.S.
KENFIKS SANOVEL inyeksiya uchun eritma 2ml 4mg/2ml N6
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Sanovel Ilac Sanayi ve Ticaret A.S.
KARDOFIKS–SANOVEL PLYUS tabletkalari 5mg/160mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Sanovel Ilac Sanayi ve Ticaret A.S.
KARDOFIKS–SANOVEL PLYUS tabletkalari 10mg/160mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Sanovel Ilac Sanayi ve Ticaret A.S.
KARDOFIKS–SANOVEL PLYUS tabletkalari 10mg/160mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Sanovel Ilac Sanayi ve Ticaret A.S.
Другие формы препарата
MAJEZIK SANOVEL SR kapsulalar 200mg N16
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Sanovel Ilac Sanayi ve Ticaret A.S.
MAJEZIK CANOVEL DUO gel 50g N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Sanovel Ilac Sanayi ve Ticaret A.S.
MAJEZIK CANOVEL DUO gel 30g N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Sanovel Ilac Sanayi ve Ticaret A.S.
MAJEZIK CANOVEL DUO gel 30g N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Sanovel Ilac Sanayi ve Ticaret A.S.
MAJEZIK CANOVEL DUO sprey 50ml 50mg/2,5mg N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Sanovel Ilac Sanayi ve Ticaret A.S.
MAJEZIK CANOVEL DUO sprey 50ml 50mg/2,5mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Sanovel Ilac Sanayi ve Ticaret A.S.
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9