×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

LOKOID krem 30g 0,1%

Kategoriya:
- Dermatologik
Ishlab chiqarilish joyi:
- Italiya
Faol modda:
Гидрокортизон
Ishlab chiqaruvchi:
- Теммлер Италиа С.р.Л
ATX kodi:
- D07AA02 Гидрокортизон
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

TETRASIKLIN maz 15g 3% Pharmacon LLC, OOO O'zbekiston
4 900 s`om dan
LORINDEN A maz 15g ВАЛЕАНТ, ООО, Россия произведено: Pharmaceutical Works Jelfa S.A. Polsha
38 800 s`om dan
EKZODERIL® lak 5% 2,5 ml Ro'yxatdan o'tkazilganlik guvohnomasining egasi Sandoz Farmasyutikalz D. D., Verovshkova 57, 1000 Lyublyana, Sloveniya. Ishlab chiqaruvchi Lek Farmasyutikalz D. D., Verovshkova 57, 1526 Lyublyana, Sloveniya. Sloveniya
80 000 s`om dan
MIKOSTER krem 30g 1% Pierre Fabre Medicament Production Frantsiya
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
LOKOID krem 30g 0,1% qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

LOKOID®

LOCOID®

 

Preparatning savdo nomi: Lokoid®

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): gidrokortizon (hydrocortisone)

Dori shakli: sirtga qo‘llash uchun surtma

Tarkibi:

1 g surtma quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 1 mg gidrokortizon 17-butirati,

yordamchi moddalar: 1 g gacha polietilenli surtma asosi (5% polietilen saqlovchi vazelin moyidan iborat).

Ta‘rifi: yarim tiniq, och-kulrangdan deyarli oq rangligacha bo‘lgan, bir turdagi yumshoq, yog‘li surtma.

Farmakoterapevtik guruhi: mahalliy qo‘llash uchun glyukokortikosteroidlar.

ATX kodi: D07AB02

 

Farmakologik xususiyatlari

Lokoid® sirtga qo‘llash uchun sintetik galogen qo‘shilmagan glyukokortikoiddir. Yog‘li kislota qoldig‘i (butirat) bilan birikkan gidrokortizon molekulasining eterifikasiyasi aynan gidrokortizonga nisbatan, preparatning faolligini keskin oshishiga olib keldi. Lokoid® tez boshlanuvchi yallig‘lanishga qarshi, shishga qarshi, qichishishga qarshi ta‘sir ko‘rsatadi.

Lokoidni tavsiya qilingan dozalarda qo‘llash gipotalamo-gipofizar-adrenal tizimini susayishini chaqirmaydi. Garchi preparatning yuqori dozalarini uzoq vaqt davomida qo‘llash, ayniqsa okklyuzion bog‘lovlar ishlatilganida, qon plazmasida kortizolning miqdorini oshishiga olib kelishi mumkin bo‘lsada, bu odatda gipofizar-buyrak usti bezlari tizimining reaktivligini pasayishi bilan kechmaydi, preparatni bekor qilish esa kortizolni ishlab chiqarilishini tez normallashishiga olib keladi.

Farmakokinetikasi 

So‘rilishi

Applikasiyadan keyin faol moddani epidermisda, asosan donador qavatda to‘planishi yuz beradi, tizimli so‘rilishi juda ahamiyatsiz darajada. Gidrokortizon 17-butiratining ko‘p bo‘lmagan miqdori tizimli qon oqimida o‘zgarmagan holda so‘riladi.

Metabolizmi

Gidrokortizon 17-butiratining qo‘p qismi bevosita epidermisda va keyinchalik jigarda gidrokortizongacha va boshqa metabolitlari metabolizmga uchraydi.

Chiqarilishi

Gidrokortizon 17-butiratning metabolitlari va o‘zgarmagan ozgina qismi buyrak va ichak orqali chiqariladi.

Qo‘llanilishi

Terining mahalliy glyukokortikoidlarga sezgir yuzada joylashgan, infeksiyalanmagan kasalliklarida:

  • dermatitlar, shu jumladan atopik, kontaktli, seboreyali dermatit;
  • ekzema;
  • psoriazda qo‘llaniladi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Sirtga qo‘llash uchun mo‘ljallangan.

Surtma shaklidagi Lokoid o‘tkirosti va surunkali jarayonlarda, ayniqsa lixenifikasiya, infiltrasiya, teri quruqligi yuzaga kelganda qo‘llaniladi.

Preparat yupqa qavat qilib terining shikastlangan sohasiga sutkada 1-3 marta surtiladi. Ijobiy dinamika paydo bo‘lganida preparatni qo‘llashlar sonini haftada 2-3 martagacha kamaytirish mumkin. Preparat kirishini yaxshilash uchun uqalovchi harakatlar bilan surtiladi. Kasalliklar rezistent kechgan hollarda, masalan, zich psoriatik blyashkalar tirsak sohasida, tizzalarda joylashganida, preparatni okklyuzion bog‘lovlar ostida qo‘llash mumkin. Hafta davomida ishlatiladigan preparatning dozasi 30-60 g dan oshmasligi kerak.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Mahalliy reaksiyalar: Terini ta‘sirlanishi, kam hollarda ­ sirtqi steroid davolashga xos boshqa mahalliy reaksiyalar bo‘lishi mumkin.

Tizimli reaksiyalar:

Uzoq muddat qo‘llanganida, katta yuzalarga surtilganida va/yoki okklyuzion bog‘lovlar ishlatilganida, tizimli glyukokortikosteroidlarga xos nojo‘ya samaralari kuzatilishi mumkin. Mahalliy va tizimli nojo‘ya samaralarini paydo bo‘lish xavfi Lokoid qo‘llanganida, ftorli steroidlar ishlatilganiga qaraganda pastroq.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • gidrokortizon yoki preparatning yordamchi moddalariga yuqori sezuvchanlikda;
  • terining bakterial infeksiyalari (strepto­ va stafilodermiyalar, grammanfiy follikulit va boshqalar);
  • terining virusli infeksiyalarida (oddiy gerpes, suvchechak, o‘rab oluvchi temiratki va boshqalar);
  • terining zamburug‘li infeksiyalari;
  • terining tuberkulyozli va sifilitik zararlanishi;
  • terining parazitar infeksiyalari;
  • terining neoplastik o‘zgarishlari (havfsiz va havfli o‘smalar);
  • akne, rozasea, perioral dermatit;
  • postvaksinal davr;
  • teri qoplamlarining butunligini buzilishida (yaralar va jarohatlar) qo‘llash mumkin emas.

Ehtiyotkorlik bilan: homiladorlik, laktasiya davri.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Lokoidning boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri to‘g‘risida ma‘lumotlar yo‘q.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Glaukomani rivojlanish xavfi tufayli Lokoid® ni periorbital sohaga surtish mumkin emas. Kon‘yunktivaga muntazam tushib turganda, ko‘z ichki bosimini oshish xavfi yuzaga keladi.

Surtma shaklidagi sirtga qo‘llaniladigan har qanday glyukokortikosteroidlarni boshning sochli qismiga, shuningdek o‘tkir yallig‘lanishda (ayniqsa, ekssudativ) qo‘llash maqsadga muvofiq emas. Yuz sohasidagi, jinsiy a‘zolarning burmalaridagi steroidga sezuvchan teri shikastlanishlarini davolash uchun, shuningdek terining zich sochli qismiga Lokoidning boshqa dori shakllarini (krem, kreloni) qo‘llash maqsadga muvofiqdir.

Preparatni terining atrofik o‘zgarishlarida qo‘llash maqsadga muvofiq emas.

Mahalliy va tizimli nojo‘ya samaralarini paydo bo‘lish xavfi katta shikastlangan sohalarga qo‘yilganida, uzoq vaqt qo‘llanganida, okklyuzion bog‘lovlar ishlatilganida va bolalarda oshadi.

Uzluksiz 2 hafta davomida davolashda samara ko‘rilmasa, tashhisni aniqlashtirish kerak.

Har qanday glyukokortikosteroid preparatlarini qo‘llashda bo‘lgani kabi, qo‘llash davomiyligini va teri jarayonini bartaraf qilish uchun yetarli bo‘lgan eng kam kursli doza bilan chegaralanish maqsadga muvofiqdir.

Pediatriyada qo‘llanishi

Bolalarda 6 oylikdan boshlab qo‘llash mumkin. Bolalarda preparat yuz sohasiga yoki okklyuzion bog‘lovlar ostiga qo‘llanganida davolash kursining davomiyligini qisqartirish kerak.

Bolalarda qo‘llanilganda preparat surtilgan teri yuzasining maydoni umumiy maydonning  20% dan oshmasligi kerak.

Bolalarda buyrak usti bezlarining funksiyasini susayishi tezroq rivojlanishi mumkin. Bundan tashqari, o‘sish gormonining ekskresiyasini (chiqarilishi) pasayishi kuzatilishi mumkin. Preparat uzoq vaqt davomida qo‘llanganida tana vazni, bo‘y, plazmada kortizolning darajasini kuzatish kerak. 4 hafta davomida haftasiga 30-60 g dan Lokoidni qabul qilgan bolalarda 1% li gidrokortizon surtmasiga nisbatan o‘tkazilgan nazoratli tadqiqotlarda hech bir bolada buyrak usti bezlarining funksiyasini buzilishlari aniqlanmagan, bunda ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha gidrokortizon 17-butiratining oddiy gidrokortizondan  farqi kuzatilmagan.

Homiladorlik va laktasiya

Glyukokortikoidlar yo‘ldosh orqali o‘tadi. Homilaga ta‘siri, preparat katta yuzalarga surtilganida ayniqsa yaqqol bo‘lishi mumkin. Ko‘krak suti bilan chiqariladigan gidrokortizonning miqdori to‘g‘risida ma‘lumotlar yo‘q; preparat laktasiya davrida buyurilganida maxsus ehtiyotkorlikka rioya qilish tavsiya qilinadi.

Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri

Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga Lokoidning ta‘siri to‘g‘risida ma‘lumotlar yo‘q.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi 

Lokoidning dozasini oshirib yuborilishi to‘g‘risida ma‘lumotlar yo‘q. Preparat yuqori dozalarda uzoq vaqt qo‘llanganida yuqorida ta‘riflangan nojo‘ya samaralari kuchayishi mumkin. Giperkortisizm simptomlari paydo bo‘lganida preparatni bekor qilish kerak.

 

Chiqarilish shakli

Sirtga qo‘llash uchun 0,1% li surtma.

30 g surtma alyumin membranasi va yuqori zichlikdagi polietilen buraluvchi qopqog‘i bo‘lgan alyumin tubaga joylangan. 1 tubadan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

 

Saqlash sharoiti

25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

5 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Shifokor reseptisiz

 

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

LOKOID krem 30g 0,1% dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
LOKOID krem 30g 0,1% dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
LOKOID krem 30g 0,1% dori vositasi Теммлер Италиа С.р.Л tomonidan Italiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
LOKOID krem 30g 0,1% dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
LOKOID krem 30g 0,1% dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
LOKOID krem 30g 0,1%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Italiya
  • Faol modda: Гидрокортизон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Leo Pharma A/S, Дания произведено: Temmler Italia S.r.l.
LOKOID LIPOKREM krem 30g 0,1%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Italiya
  • Faol modda: Гидрокортизон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Leo Pharma A/S, Дания произведено: Temmler Italia S.r.l.
LOKOID KRELO emulsiya 30g 0,1%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Italiya
  • Faol modda: Гидрокортизон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Leo Pharma A/S, Дания произведено: Temmler Italia s.r.l.
GIDROKORTIZON maz 5g 0,5%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Гидрокортизон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Татхимфармпрепараты, АО
Narh: 12 000 so'mdan Batafsil
GIDROKORTIZON maz 3g 0,5%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Гидрокортизон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Татхимфармпрепараты, АО
Narh: 4 000 so'mdan Batafsil
GIDROKORTIZON maz 10g 1%
Narh: 7 000 so'mdan Batafsil
GIDROKORTIZON maz 15g 1%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Armaniston
  • Faol modda: Гидрокортизон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Арпимед, ООО
GIDROKORTIZON maz 10g 1%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Armaniston
  • Faol modda: Гидрокортизон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Арпимед, ООО
Narh: 7 000 so'mdan Batafsil
GIDROKORTIZON maz 3g 0,5%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Polsha
  • Faol modda: Гидрокортизон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Валеант, OOO, Россия произведено: Pharmaceutical Works Jelfa S.A.
Narh: 4 000 so'mdan Batafsil
LOKOID maz 30g 0,1%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Italiya
  • Faol modda: Гидрокортизон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Leo Pharma A/S, Дания произведено: Temmler Italia S.r.l.
Другие формы препарата
LOKOID KRELO emulsiya 30g 0,1%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Italiya
  • Faol modda: Гидрокортизон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Leo Pharma A/S, Дания произведено: Temmler Italia s.r.l.
LOKOID KRELO emulsiya 30g 0,1%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Italiya
  • Faol modda: Гидрокортизон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Теммлер Италиа С.р.Л
LOKOID maz 30g 0,1%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Italiya
  • Faol modda: Гидрокортизон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Leo Pharma A/S, Дания произведено: Temmler Italia S.r.l.
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9