Ilova-varaqa: Pasient uchun ma‘lumot
Lorista® N 100, plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar
Lozaratan kaliy/gidroxlorotiazid
Ushbu preparatni qabul qilishni boshlashdan oldin bu ilova-varaqani hammasini diqqat bilan to‘liq o‘qib chiqing, chunki u Siz uchun muhim ma‘lumotni saqlaydi.
Ushbu ilova-varaqada qanday ma‘lumotlar saqlanadi
Lorista® N preparati angiotenzin II reseptorlarini antagonisti (lozartan) va diuretikning (gidroxlorotiazid) majmuasidir. Angiotenzin II – organizmda ishlab chiqariladigan modda bo‘lib, u qon tomirlarni torayishiga majburlab, reseptorlar bilan bog‘lanadi. Bu arterial qon bosimini oshishiga olib keladi. Lozartan angiotenzinni bu reseptorlar bilan bog‘lanishini bartaraf qilib qon tomirlarini bo‘shashiga olib keladi, bu esa o‘z navbatida arterial bosimini pasaytiradi. Gidroxlorotiazidning ta‘siri buyraklar orqali suv va tuzni ko‘p miqdorda o‘tkazilishiga bog‘liq. Bu ham arterial bosimni tushishiga yordam beradi. Lorista® N gipertoniya kasalligini davolash uchun (arterial bosimini oshishi) qo‘llanadi.
2.Siz Lorista® N 100 preparatini qo‘llashni boshlashdan oldin nimalarni bilishingiz kerak
Lorista® N 100 preparatini qabul qilmang:
Maxsus ko‘rsatmalar
Lorista® N 100 preparatini qo‘llashdan avval shifokoringiz yoki farmasevt bilan maslahatlashing.
Agar Siz o‘zingizni homiladorman deb hisoblasangiz (yoki homilador bo‘lishingiz mumkin bo‘lsa) shifokorni xabardor qilish kerak.
Lorista® N 100 preparatini homiladorlikning erta muddatida tavsiya qilinmaydi va 3 oydan katta muddatdagi homiladorlikda qo‘llanmaydi, chunki uni bu davrda qo‘llash bolaga jiddiy zarar keltirishi mumkin (“Homiladorlik” bo‘limiga qarang).
Lorista® N 100 preparatini qo‘llashni boshlashdan avval bu vaqtda shifokoringizga xabar qilishingiz muhim:
Sizni shifokoringiz buyraklaringizni funksiyasini, arterial bosimni va qonda elektrolitlarni miqdorini (masalan, kaliy) muntazam intervallarda tekshirish mumkin. Shuningdek “Lorista® N 100 preparatini qo‘llanmasin” sarlavhasi ostida ma‘lumotga qarang.
Bolalarda va o‘smirlarda qo‘llanishi
Bolalarda Lorista® N 100 preparatini qo‘llash tajribasi yo‘q. Shuning uchun Lorista® N 100 preparatini bolalarda qo‘llash kerak emas.
Boshqa dori preparatlari va Lorista® N 100
Agar Siz boshqa preparatlarni qo‘llayotgan, yaqinda qo‘llagan yoki qo‘llashni rejalashtirilgan bo‘lsangiz shifokoringizga yoki farmasevtga xabar qiling. Lorista® N 100 preparatida saqlanadigan gidroxlorotiazid kabi diuretiklar boshqa dori preparatlari bilan o‘zaro ta‘sirlashishi mumkin.
Litiy saqlagan preparatlarni Lorista® N 100 preparati bilan bir vaqtda shifokorni sinchkov kuzatuvisiz qabul qilmaslik kerak.
Agar Siz kaliy preparatlarini, kaliy saqlovchi tuz o‘rnini bosuvchilarni yoki kaliy tejovchi preparatlarni, boshqa diuretiklarni (siydik haydovchi vositalar), ayrim surgi vositalarini, podagrani davolash uchun dori preparatlarini, yurak ritmini yoki qandli diabetni nazorat qilish uchun dori preparatlarni (ichga qabul qilish uchun preparatlar yoki insulinlar) qo‘llayotgan bo‘lsangiz maxsus ehtiyotkorlik choralari (masalan, qon tahlillari) maqsadga muvofiq bo‘lishi mumkin.
Sizni shifokoringiz buyurilgan dozani o‘zgartirishi va/yoki boshqa ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishi mumkin.
Shuningdek, agar Siz quyidagi preparatlarni qo‘llayotgan bo‘lsangiz bu haqda shifokorga xabar qilishingiz muhim:
Agar rentgenologik muolajalar o‘tkaziladigan bo‘lsa va yodli kontrast moddani yuboriladigan bo‘lsa, iltimos Siz shuningdek marhamat qilib o‘z shifokoringizga Lorista® N 100 preparatini qo‘llayotganligingiz xaqida xabar qiling.
Lorista® N 100 preparatini ovqat, ichimliklar va alkogol bilan qabul qilish
Sizga bu tabletkalarni qabul qilish vaqtida alkogolni qo‘llash tavsiya qilinmaydi: alkogol va Lorista® N 100 tabletkalari bir-birini ta‘sirini kuchaytirishi mumkin. Osh tuzi haddan ziyod miqdorda Lorista® N 100 tabletkalari preparatini ta‘sirini neytrallashtirishi mumkin. Lorista® N 100 tabletkalarini ovqatni qabul qilishdan qat‘iy nazar qo‘llash mumkin.
Homiladorlik va emizish
Agar Siz homilador bo‘lsangiz yoki emizsangiz, homilador bo‘lishingiz mumkinligini taxmin qilsangiz, ushbu dori preparatini qo‘llashdan avval shifokor yoki farmasevt bilan maslahatlashing.
Homiladorlik
Agar Siz homilador bo‘lsangiz (yoki homilador bo‘lishingiz mumkin bo‘lsa) shifokorni xabardor qilish kerak. Sizni shifokoringiz odatda Sizga Lorista® N 100 preparatini qabul qilishni homiladorlik boshlanishdan oldin yoki darhol Sizni homilador ekanligizni bilgan zahoti to‘xtatish kerakligi to‘g‘risida maslahat beradi va Sizga Lorista® N 100 preparatini o‘rniga boshqa preparatni qo‘llash to‘g‘risida maslahat beradi. Lorista® N 100 homiladorlikni erta bosqichida tavsiya qilinmaydi va Siz uni 3 oydan ko‘p muddatdagi homiladorlikda qo‘llamasligingiz kerak, chunki bu agar Siz preparatni homiladorlikni uch oyli muddatdan keyin qo‘llaydigan bo‘lsangiz, Sizni bolangizga jiddiy zarar keltirishi mumkin.
Emizish davri
Agar Siz emizsangiz yoki emizishni boshlashni rejalashtirsangiz shifokorga xabar qiling Lorista® N 100 ni emizikli onalarga tavsiya qilinmaydi, va agar Siz emizishni hohlasangiz shifokoringiz Sizga boshqa preparatni tanlab berishi mumkin.
Keksa yoshdagi shaxslarda qo‘llanishi
Lorista® N 100 ko‘pchilik keksa pasientlarga va yosh pasientlarga bir xil yaxshi ta‘sir qiladi va ularda bir xil yaxshi o‘zlashtiriladi. Keksa yoshdagi pasientlarni ko‘pchiligiga yosh pasientlardagi xuddi shunday doza talab qilinadi.
Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash
Siz bu preparat bilan davolashni boshlasangiz, Siz alohida e‘tiborni talab qilish mumkin bo‘lgan topshiriqlarni (masalan, transport vositalarini boshqarish yoki xavfli qurilmalarni ekspluatasiya qilish) buyurilgan preparatni qanday o‘zlashtiraolishingizni bilmaguningizcha bajarmasligingiz kerak.
Lorista® N 100 laktoza saqlaydi.
Agar Sizni shifokoringiz Sizda ayrim qandlarni o‘zlashtiraolmaslik borligini aytsa, ushbu dori preparatini qo‘llashdan avval shifokor bilan maslahatlashing.
Preparatni har doim shifokor yoki farmasevt Sizga qanday buyurgan bo‘lsa, shunday aniqlik bilan qo‘llash kerak. Agar Sizda shubhalar paydo bo‘lgan bo‘lsa, shifokoringiz yoki farmasevt bilan maslahatlashing. Sizni shifokoringiz Sizni holatingizga va Sizni boshqa preparatlarni qo‘llayotganingizga qarab, Lorista® N 100 preparatini muvofiq dozalarini tanlash to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Sizni shifokoringizni Lorista® N 100 preparatini arterial qon bosimini bir maromda nazorat qilinishini ta‘minlash uchun buyurgan zarur bo‘lgan muddat davomida qo‘llashni davom ettirish muhim.
Yuqori arterial bosimi
Yuqori arterial bosimi bo‘lgan pasientlarning ko‘pchiligi uchun Lozartan/GXT ni arterial bosimini 24 soat davomida nazorat qilish uchun tavsiya qilinadigan dozasi sutkada lozartan/GXT 50 mg/12,5 mg tabletkasi tashkil qiladi. Bu dozani lozartan/GXT 50 mg/12,5 mg qobiq bilan qoplangan tabletka uchun 2 tabletkadan sutkada bir martagacha oshirish, yoki Lozartan/GXT 100 mg/25 mg plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar (yanada yuqori doza) uchun sutkada 1 tabletkagacha o‘zgartirish mumkin. Lozartan/GXT 50 mg/12,5 mg qobiq bilan qoplangan tabletkalar uchun maksimal sutkalik doza 2 tabletkadan sutkada 1 martani yoki lozartan/GXT 100 mg/25 mg plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar (yanada yuqori doza) uchun sutkada 1 tabletkani tashkil qiladi.
Lorista® N 100 100 mg/12,5 mg (lozartan/GXT 100 mg/12,5 mg) plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar preparati arterial qon bosimini qo‘shimcha nazorat qilish zarur bo‘lgan hollarda lozartanni dozasini 100 mggacha oshirilgan pasientlar uchun mumkin.
Agar Siz Lorista® N 100 preparatini keragidan ortiq miqdorda qabul qilgan bo‘lsangiz
Dozani oshirib yuborilish hollarida tezda tibbiy yordam ko‘rsatishni mumkin bo‘lishi uchun shifokorga murojaat qilish lozim. Dozani oshirib yuborilishi arterial qon bosimini pasayishini, yurak urishini his qilish, pulsni sekinlashishini va suvsizlanishini chaqirishi mumkin.
Agar Siz Lorista® N 100 preparatini qo‘llashni unutgan bo‘lsangiz
Lorista® N 100 preparatini har kuni shifokorni ko‘rsatmasiga muvofiq qo‘llashga harakat qiling. Ammo Siz preparat qabulini o‘tkazib yuborgan bo‘lsangiz, preparatni qo‘shimcha dozada qabul qilmang, odatdagi sxemaga qayting. Agar Sizda ushbu preparatni qo‘llanishga nisbatan qo‘shimcha savollar paydo bo‘lsa, shifokoringiz yoki farmasevt bilan maslahatlashing.
Barcha dori vositalariga xos ushbu preparat ham, garchi hammada bo‘lmasa ham, uchramasa ham nojo‘ya samaralarni chaqirishi mumkin.
Agar Sizda quyidagi simptomlar rivojlansa, Lorista® N 100 preparatini qabul qilishni to‘xtating va darhol bu haqida shifokorga xabar bering yoki yaqindagi kasalxonani shoshilinch yordam bo‘limiga murojaat qiling:
Og‘ir allergik reaksiyalar (toshma, qichishish, yuz, lab, og‘iz yoki tomoqni shishi, bu yutishda yoki nafas olishda qiyinchilik tug‘dirishi mumkin). Bu jiddiy, ammo kam uchraydigan nojo‘ya samara bo‘lib, u 10000 pasientdan 1 dan ko‘pida, ammo 1000 pasientdan 1 dan kamida uchraydi. Sizga tibbiy yordam yoki gospitilizasiya talab qilinishi mumkin. Quyidagi nojo‘ya samaralar aniqlangan:
Tez-tez (10 odamdan 1 da paydo bo‘lishi mumkin):
Tez-tez emas (100 odamdan 1 da paydo bo‘lishi mumkin):
(turmoqchi bo‘lganda yengil bosh aylanishi yoki holsizlik hissi, stenokardiya
(ko‘krakda og‘riq), yurak ritmini buzilishi, bosh miyada qon aylanishini o‘tkir buzilishi (TIA, “mikroinsult”), yurak xuruji, yurak urishini his qilish.
Kam hollarda (1000 odamdan 1 da paydo bo‘lishi mumkin) hollarda:
Noma‘lum (mavjud ma‘lumotlarga asosan aniqlash mumkin emas):
Ushbu preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlash kerak.
Ushbu preparatni o‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin. Yaroqlilik muddati ko‘rsatilgan oyning oxirgi kuniga to‘g‘ri keladi.
30°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Dori preparatlarini kanalizasiya yoki maishiy chiqindilar bilan birga tashlab yuborish mumkin emas. Siz qo‘llanmaydigan boshqa dori preparatlarini qanday utilizasiya qilinishi haqida farmasevtdan so‘rang. Bunday choralar atrof muhitni himoya qilinishiga yordam beradi.
Lorista® N 100 preparatining tarkibiga nima kiradi
yadrosi: jelatinlangan kraxmal, mikrokristall sellyuloza, laktoza monogidrati, magniy stearati.
qobig‘i: gipromelloza, makrogol 4000, talk va titan dioksidi (Ye171).
Lorista® N 100 preparati va o‘ram ichidagi qanday ko‘rinishga ega
Lorista® N 100 tabletkalari: oq, oval, ikki yoqlama qavariq, plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
10 yoki 14 tabletkadan PVX/PVDX folgali va alyumin folgali blisterda.
3 yoki 6 blisterdan (10 tabletkadan blisterda) ilova-varaqa bilan birga karton qutiga joylanadi.
2 yoki 4 blisterdan (14 tabletkadan blisterda) ilova-varaqa bilan birga karton qutiga joylanadi.
Berish tartibi
Shifokor resepti bilan beriladi.