×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

VIZARSIN KU TAB 0,1 tabletkalari N4

Kategoriya:
- Urologik dorilar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Sloveniya
Faol modda:
Силденафил
Qadoqda soni:
- 4
Ishlab chiqaruvchi:
- КРКА, д.д., Ново место, АО
ATX kodi:
- G04BE03
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

VERONA kapsulalar N60 Herbion Pakistan (PVT) Ltd Pokiston
84 000 s`om dan
OMARENS kapsulalar 0,4mg N30 Synthon Hispania S.L. Ispaniya
248 900 s`om dan
VITAPROST PLYUS suppozitorii 400mg N10 Нижфарм, АО Rossiya
XOTGRA 100 tabletkalari 100mg N4 Akriti Pharmaceuticals Pvt. Ltd Hindiston
9 296 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
VIZARSIN KU TAB 0,1 tabletkalari N4 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

Ilova-varaqa: Pasient uchun ma‘lumot

Vizarsin® plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar, 25 mg

Vizarsin® plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar, 50 mg

Vizarsin® plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar, 100 mg

Sildenafil

 

Ushbu preparatni qo‘llashni boshlashdan oldin, ushbu ilova-varaqaning hammasini diqqat bilan o‘qib chiqing, chunki u Siz uchun muxim ma‘lumot saqlaydi.

  • Ushbu ilova-varaqani saqlab qo‘ying. Sizga uni yana o‘qib chiqishingizga to‘g‘ri keladi.
  • Agar Sizda qo‘shimcha savollar paydo bo‘lsa, shifokoringiz yoki farmasevt bilan maslahatlashing.
  • Ushbu preparat shaxsan Sizga buyurilgan. Uni boshqa shaxslarga berib yubormang. Bu ularga, xatto agar Sizda kasallikning o‘xshash belgilari kuzatilsa ham, zarar yetkazishi mumkin.
  • Agar Sizda nojo‘ya samaralar rivojlansa, shifokor yoki farmasevt bilan maslahatlashing. Bu shuningdek ushbu ilova-varaqada ko‘rsatilmagan nojo‘ya samaralariga xam taalluqlidir. 4-bo‘limga qarang.

Ushbu ilova-varaqada qanday ma‘lumot saqlanadi

  1. Vizarsin® preparati o‘zi nima va u nima uchun qo‘llanadi.
  2. Vizarsin® qo‘llashdan oldin Siz nimalarni bilishingiz kerak.
  3. Vizarsin® ni qanday qanday qabul qilish kerak.
  4. Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralari.
  5. Vizarsin® ni qanday saqlash kerak.
  6. O‘ram ichidagisi va boshqa ma‘lumotlar.

  1. Vizarsin® preparati o‘zi nima, va u nima uchun mo‘ljallangan.

Vizarsin®, fosfodiesteraza (FED5) ingibitorlari deb nomlanuvchi preparatlar guruhiga mansub ta‘sir etuvchi modda sildenafil saqlaydi. U Sizning olatingizda qon tomirlarni bo‘shashtirishga yordam berib ta‘sir qiladi, bu jinsiy qo‘zg‘alish vaqtida Sizning olatingizga qon o‘tishiga imkoniyat yaratadi. Vizarsin® faqat seksual rag‘batlanishda ereksiyani paydo bo‘lishiga yordam beradi.

Vizarsin® ba‘zida impotensiya deb nomlanadigan erektil disfunksiyasi bo‘lgan katta erkaklar uchun davolash vosita xisoblanadi. Bu erkaklarda seksual faollik uchun zarur bo‘lgan ereksiya yuz bermaydi yoki saqlanib turmaydi.

  1. Vizarsin® preparatini qo‘llashdan oldin Siz nimalarni bilishingiz kerak.

Vizarsin® preparatini qabul qilmang

  • Agar Sizda sildenafilga yoki ushbu preparatning boshqa (6-bo‘limda keltirilgan) komponentlariga allergiya bo‘lsa.
  • Agar Siz nitratlar deb nomlanuvchi preparatlarni qabul qilayotgan bo‘lsangiz, chunki u bilan majmuasi arterial bosimni xavfli pasayishiga olib kelishi mumkin.
  • Agar Siz bu preparatlardan birontasini qabul qilayotgan bo‘lsangiz shifokoringizga xabar bering, ular ko‘pincha stenokardiyani (yoki “ko‘krakdagi og‘riqlar”) yo‘qotish uchun buyuriladi. Agar Siz ishonch hosil qilmasangiz, shifokoringiz yoki farmasevt bilan maslahatlashing.
  • Agar Siz amilnitrit (“poppers”) kabi azot oksidi donorlari deb nomlanuvchi preparatlardan birontasini ishlatayotgan bo‘lsangiz, chunki ular bilan majmuasi ham arterial bosimni xavfli pasayishiga olib kelishi mumkin.
  • Agar Siz riosiugat qabul qilayotgan bo‘lsangiz. Bu preparat o‘pka gipertenziyasini (ya‘ni, arterial qon bosimi oshganida) va surunkali tromboembolik o‘pka gipertenziyasini (tromblar oqibatidagi o‘pkalarda arterial bosimni ikkilamchi oshishi) davolash uchun qo‘llanadi. 5 tur fosfodiesteraza ingibitorlarini, bu preparatning gipotenziv ta‘sirini kuchaytirishi ko‘rsatilgan.
  • Agar Sizda yurak yoki jigarning og‘ir kasalligi bo‘lsa.
  • Agar Siz yaqinda insult yoki infarkt o‘tkazgan bo‘lsangiz, yoki Sizda past arterial bosim bo‘lsa.
  • Agar Sizda ko‘zlarning ayrim nasliy kasalliklari (masalan, pigmentli retinit) bo‘lsa.
  • Agar Sizda qachonlardir ko‘ruv nervining oldingi noarteriitli ishemik neyropatiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘rishni pasayishi yuz bergan bo‘lsa preparatini qo‘llamang.

Maxsus ko‘rsatmalar

Vizarsin®ni qo‘llashdan oldin shifokoringiz yoki farmasevt bilan maslahatlashing:

  • Agar Sizda o‘roqsimon-xujayrali anemiya (ertirositlar anomaliyasi), leykemiya (qon xujayralari raki), ko‘psonli mieloma (suyak ko‘migining raki) bo‘lsa.
  • Agar Sizda olatning deformasiyasi yoki Peyroni kasalligi bo‘lsa.
  • Agar Sizda yurak kasalligi bo‘lsa. Shifokoringiz jinsiy aloqa vaqtida Sizning yuragingiz qo‘shimcha yuklamani ko‘taraolishi mumkinligini sinchiklab tekshirishi kerak.
  • Agar Sizda hozirgi vaqtda me‘da yarasi yoki qon ivish tizimi bilan muammolar bo‘lsa.
  • Birdan ko‘rishni yomonlashishi yoki yo‘qolishi paydo bo‘lsa Vizarsin® qabul qilishni to‘xtating va darxol o‘z shifokoringizga murojaat qiling.

Siz Vizarsin® ni erektil disfunksiyani davolash uchun maxalliy ta‘sirga ega yoki ichga qabul qilish uchun boshqa preparatlar bilan qo‘llamasligingiz kerak.

Siz Vizarsin® ni sildenafil yoki xar qanday boshqa FDE5 ingibitorlarni saqlovchi o‘pka arterial gipertenziyasini davolash uchun preparatlar bilan qo‘llamasligingiz kerak.

Agar Sizda erektil disfunksiya bo‘lmasa, Siz Vizarsin® ni qo‘llamasligingiz kerak.

Agar Siz ayol bo‘lsangiz, Siz Vizarsin® ni qo‘llamasligingiz kerak.

Jigar va buyrak kasalliklari bo‘lgan pasientlar uchun maxsus ko‘rsatmalar

Agar Sizda buyrak yoki jigar kasalliklari bo‘lsa, Siz shifokoringizga xabar berishingiz kerak. Sizning shifokoringiz dozani kamaytirish haqida qaror qabul qilishi mumkin.

Bolalar va o‘smirlarda qo‘llanishi

Vizarsin® ni 18 dan kichik yoshli shaxslarda qo‘llash mumkin emas.

Boshqa dori preparatlari va Vizarsin®

Agar Siz boshqa preparatlarni qabul qilayotgan, yaqinda qabul qilgan yoki qabul qilishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, shifokoringizga yoki farmasevtga xabar bering.

Vizarsin® tabletkalari ayrim preparatlarga, ayniqsa ko‘krak og‘riqlarini davolash uchun qo‘llanayotgan preparatlarga ta‘sir qilishi mumkin. Shoshilinch yordam ko‘rsatilgan hollarda Siz shifokoringizga, farmasevtga yoki xamshiraga, Siz Vizarsin® preparatini qabul qilganingizni, va qachon Siz uni qabul qilganingizni aytishingiz kerak. Vizarsin® ni shifokorning tavsiyasisiz boshqa preparatlar bilan qo‘llamang.

Agar Siz nitratlar deb nomlanadigan preparatlarni qabul qilayotgan bo‘lsangiz, Siz Vizarsin® ni qabul qilmasligingiz kerak, chunki u bilan majmuasi arterial bosimni xavfli pasayishiga olib kelishi mumkin. Agar Siz bu preparatlardan birontasini qabul qilayotgan bo‘lsangiz, ular ko‘pincha stenokardiyani (yoki “ko‘krak og‘riqlari”) yo‘qotish uchun buyuriladi, shifokoringizga, farmasevtga yoki hamshiraga xabar bering.

Agar Siz amilnitrit (“poppers”) kabi azot oksidi donori deb nomlanuvchi preparatlardan birontasini ishlatayotgan bo‘lsangiz, Vizarsin® ni qabul qilmasligingiz kerak, chunki u bilan majmuasi ham arterial bosimni xavfli pasayishiga olib kelishi mumkin.

Agar Siz riosiugat qabul qilayotgan bo‘lsangiz, shifokorga yoki farmasevtga xabar bering.

Agar Siz proteaza ingibitorlari deb nomlanuvchi preparatlarni qabul qillayotgan bo‘lsangiz, ular OITV ni davolash uchun qo‘llanadi, shifokoringiz davolashni Vizarsin® preparatini eng kam dozasi (25 mg) bilan boshlashi mumkin.

Yuqori arterial bosimni yoki prostata bezini kattalashishini davolash uchun alfa-blokatorlarni qabul qilayotgan ayrim pasientlarda bosh aylanishi yoki xushdan ketish oldi holati bo‘lishi mumkin, u o‘tirgan holatda yoki birdan turganda arterial bosimni pasayishi oqibatida yuz berishi mumkin. Ayrim pasientlarda bu simptomlar Vizarsin® preparati alfa-blokatorlar bilan qo‘llanganda kuzatilgan. Ularni rivojlanish ehtimoli Vizarsin® preparati qo‘llanganidan keyin 4 soat davomida yuz beradi. Bu simptomlarni rivojlanish xavfini kamaytirish uchun, Siz Vizarsin® preparati bilan davolashni boshlashdan oldin o‘z alfa-blokatoringizni muntazam sutkalik dozada olishingiz kerak. Shifokoringiz davolashni Vizarsin® preparatining eng kam dozasi
(25 mg) dan boshlashi mumkin.

Vizarsin® preparatini ovqat, ichimliklar va alkogol bilan qo‘llash

Vizarsin® ni ovqat qabul qilishdan qat‘iy nazar qabul qilish mumkin. Lekin, agar uni og‘ir ovqat bilan qabul qilgan bo‘lsangiz, Siz Vizarsin® preparatining ta‘sirini sekinroq boshlanishini sezishingiz mumkin.

Alkogol iste‘mol qilish ereksiyaga bo‘lgan qobiliyatni vaqtinchalik yomonlashtirishi mumkin. Preparatning maksimal ijobiy samarasiga erishish uchun, Vizarsin® preparatini qo‘llash oldidan haddan tashqari ko‘p miqdorda alkogol iste‘mol qilish tavsiya etilmaydi.

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi

Vizarsin® ayollarda qo‘llash uchun tavsiya etilmaydi.

Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash

Vizarsin® bosh aylanishini chaqirishi mumkin va ko‘rishga ta‘sir qilishi mumkin. Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlashdan oldin, Siz Vizarsin® preparatiga bo‘lgan o‘z reaksiyangizni tekshirib ko‘rishingiz kerak.

Vizarsin® laktoza saqlaydi

Agar Sizning shifokoringiz, Sizda ayrim qandlarni o‘zlashtiraolmaslik bor deb aytgan bo‘lsa, ushbu dori preparatini qo‘llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

  1. Vizarsin® ni qanday qabul qilish kerak

Preparatni doimo Sizga shifokor yoki farmasevt aytgandak aniq qo‘llash kerak. Agar sizda shubhalar tug‘ilsa, shifokoringiz yoki farmasevt bilan maslahatlashing.

Tavsiya etiladigan boshlang‘ich doza 50 mg ni tashkil qiladi.

Siz Vizarsin® ni sutkada bir martadan ortiq qo‘llamasligingiz kerak.

Siz Vizarsin® ni rejalashtirilayotgan jinsiy aloqadan taxminan bir soat oldin qabul qilishingiz kerak. Tabletkani butunligicha bir stakan suv bilan birga yuting.

Agar Siz Vizarsin® preparatining samarasi juda kuchli yoki juda kuchsizligini xis qilsangiz, shifokoringiz yoki farmasevt bilan maslahatlashing.

Vizarsin® faqat seksaul rag‘batlantirishda ereksiya paydo bo‘lishiga yordam beradi. Vizarsin® preparatining ishlash vaqtini davomiyligi turli odamlarda turlicha bo‘ladi, lekin odatda yarim soatdan bir soatgachani tashkil qiladi. Agar Siz uni og‘ir ovqat bilan qabul qilsangiz, Siz Vizarsin® preparatini sekinroq ta‘sir qilishini sezishingiz mumkin.

Agar Vizarsin® preparati ereksiya paydo bo‘lishiga yordam bermasa, yoki jinsiy aloqani yakunlash uchun yetarlicha vaqt davom etmasa, shifokoringizga murojaat qiling.

Agar Siz Vizarsin® ni keragidan ko‘p miqdorda qabul qilgan bo‘lsangiz

Siz nojo‘ya samaralari soni va ularning og‘irligini oshishini aniqlashingiz mumkin.

100 mg dan yuqori doza, samaradorlikni oshirmaydi.

Siz, Sizning shifokoringiz tavsiya etganidan ko‘p miqdorda tabletkalarni qabul qilmasligingiz kerak.

Agar tabletkalarni keragidan ko‘p miqdorda qabul qilgan bo‘lsangiz, shifokoringizga murojaat qiling.

Agar Sizda ushbu preparatni qo‘llash yuzasidan qo‘shimcha savollar paydo bo‘lsa, shifokoringiz yoki farmasevt bilan maslahatlashing.

  1. Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralari

Boshqa dori preparatlariga o‘xshab, ushbu preparat ham, garchi ular hammada paydo bo‘lmasa-da, nojo‘ya samaralar chaqirishi mumkin. Vizarsin® preparatini qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan aniqlangan nojo‘ya samaralar, odatda yengil yoki o‘rtacha darajali va davomiyligi bo‘yicha qisqa bo‘ladi.

Sizda quyidagi jiddiy nojo‘ya samaralar paydo bo‘lganda Vizarsin® preparatini qabul qilishni to‘xtating va iloji boricha tezroq tibbiy yordamga murojaat qiling.

  • Allergik rekasiyalar – tez-tez rivojlanmaydi (100 odamdan ko‘pi bilan 1 nafarida paydo bo‘ladi).

Simptomlari to‘satdan xushtakli nafas, nafasni qiyinlashashi yoki bosh aylanishi, qovoqlar, yuz, lablar yoki tomoqni shishini o‘z ichiga oladi.

  • Ko‘krakda og‘riq tez-tez rivojlanmaydi.

Agar u jinsiy aloqa vaqtida yoki keyin paydo bo‘lsa:

  • Yarimo‘tirgan xolatga o‘ting va bo‘shashishga xarakat qiling.
  • Ko‘krakdagi og‘riqlarni yengillashtirish uchun nitratlarni ishlatmang.
  • Davomli va ba‘zida og‘riqli ereksiya – kam rivojlanadi (1000 odamdan ko‘pi bilan 1 nafarida paydo bo‘lishi mumkin).

Agar ereksiya 4 soatdan ko‘proq davom etsa, Siz darhol shifokoringizga murojaat qilishingiz kerak.

  • Ko‘rishni birdan pasayishi yoki yo‘qolishi – kam rivojlanadi.
  • Jiddiy teri reaksiyalari – kam rivojlanadi.

Simptomlari terini yaqqol ko‘chishini va teri shishini, og‘iz, jinsiy a‘zolar sohasida va ko‘zlarning atrofida pufaklarni xosil bo‘lishi, isitmani o‘z ichiga olishi mumkin.

  • Tirishishlar yoki xurujlar – kam rivojlanadi.

Boshqa nojo‘ya samaralari

Juda tez-tez (10 odamdan 1 nafardan ortig‘ida paydo bo‘lishi mumkin): bosh og‘rig‘i.

Tez-tez (10 odamdan kshpi bilan 1 nafarida paydo bo‘lishi mumkin): ko‘ngil aynishi, yuzni giperemiyasi, oqib kelishlar (simptomlar birdan tananing yuqori qismida qizish xissini o‘z ichiga oladi), ovqat hazm bo‘lishini buzilishi, rang sezishni buzilishi, ko‘rishni noaniqligi, ko‘rishni buzilishi, burun bitishi va bosh aylanishi.

Tez-tez emas (100 odamdan ko‘pi bilan 1 nafarida paydo bo‘lishi mumkin): qusish, teri toshmasi, ko‘zlarni ta‘sirlanishi, ko‘zlarni yallig‘lanishi/ko‘zlarni qizarishi, ko‘zda og‘riq, ko‘z oldida yarqirash, ko‘rish yorqinligi, yorug‘likka sezuvchanlik, ko‘zni yoshlanishi, kuchli yurak urishi, yurakni tez-tez urishi, arterial bosimni oshishi, arterial bosimni pasayishi, mushakni og‘riq, uyquchanlik, sezish hissini pasayishi, vertigo, quloqlarni jaranglash tuyg‘usi, og‘iz bo‘shlig‘ini qurishi, burun bo‘shliqlarini bitishi, burun bo‘shlig‘i shilliq qavatini yallig‘lanishi (simptomlar tumov, aksirish va burun bitishini o‘z ichiga oladi), qorinning yuqori bo‘limlarida og‘riq, gastroezofagal reflyuks kasalligi (simptomlar jig‘ildon qaynashini o‘z ichiga oladi), siydikda qon bo‘lishi, qo‘l yoki oyoqlarda og‘riq, burundan qon ketishi,  qizish yoki charchoqlik xissi.

Kam (1000 odamdan ko‘pi bilan 1 nafarida paydo bo‘lishi mumkin): xushdan ketish, insult, miokard infarkti, yurakni nomutazam urishi, bosh miya qismlarida qon oqimini vaqtinchalik kamayishi, tomoqda qisilish xissi, og‘iz bo‘shlig‘ida uvishish xissi, ko‘zning orqa kamerasida qon ketishi, ko‘zni ikkita ko‘rishi, ko‘rish o‘tkirligini pasayishi, ko‘zda anomal tuyg‘u, ko‘z yoki qovoqlarni shishi, ko‘z oldida katta bo‘lmagan zarrachalar yoki dog‘lar, yorug‘lik manbaiga qaraganda yorqinlik paydo bo‘lishi, qorachiqlarni kengayishi, ko‘z oqi rangini o‘zgarishi, olatdan qon ketishi, spermada qon bo‘lishi, burun bo‘shlig‘ini qurishi, burun shilliq qavatini shishi, ta‘sirlanish sezgisi, eshitishni birdan pasayishi yoki yo‘qolishi.

Postregistrasion qo‘llash davrida ko‘pchilik xollarda nostabil stenokardiya (yurak kasalligi) va to‘satdan o‘lim kam aniqlangan. Shu nojo‘ya samaralari ko‘pchilikda, lekin xamma erkaklarda emas, bu preparatni qo‘llashgacha yurak kasalliklari bo‘lganligini takidlash kerak. Bu ko‘rinishlarni Vizarsin® preparati bilan bevosita bog‘liqligini aniqlash mumkin emas.

  1. Vizarsin®ni qanday saqlash kerak

Ushbu preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlash kerak.

Ushbu preparatni karton quti va blisterda ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin qo‘llamang. Yaroqlilik muddati ko‘rsatilgan oyning oxirgi kuniga to‘g‘ri keladi.

30oS dan yuqori bo‘lmagan xaroratda saqlansin.

Dori preparatlarini kanalizasiyaga yoki maishiy chiqindilar bilan tashlamang. Siz boshqa qo‘llamaydigan dori preparatlarni qanday utilizasiya qilish kerakligini farmasevtdan so‘rang. Bu choralar atrof-muxitni ximoya qilishga yordam beradi.

  1. O‘ram ichidagisi va boshqa ma‘lumotlar

Vizarsin® nima saqlaydi

  • Faol modda – sildenafil. Xar bir tabletka 35,12 mg, 70,24 mg yoki 140,48 mg sildenafil sitratini saqlaydi, bu 25 mg, 50 mg yoki 100 mg sildenafilga ekvivalent.

Yordamchi moddalar: mikrokristall sellyuloza (avisel RN 101), suvsiz kalsiy gidrofosfati, kroskarmelloza natriy,  gipromelloza (5mPas), mikrokristall sellyuloza (avisel 102), magniy stearat.

Qobiq: Opadray II 31K58875 oq – 28% gipromelloza, 40% laktoza monogidrati, 24% titan dioksidi, 8% triasetin aramashmasi.

Vizarsin® preparati va o‘ram ichidagisi qanday ko‘rinishga ega.

Vizarsin® 25 mg li tabletkalar: Oval shaklli, ikki yoqlama qavariq yuzali, oq yoki deyarli oq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan, bir tomonida 25 markirovkasi bo‘lgan tabletkalar.

Vizarsin® 50 mg li tabletkalar: Oval shaklli, ikki yoqlama qavariq yuzali, oq yoki deyarli oq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan, bir tomonida 50 markirovkasi bo‘lgan  tabletkalar.

Vizarsin® 50 mg li tabletkalar: Oval shaklli, ikki yoqlama qavariq yuzali, oq yoki deyarli oq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan, bir tomonida 100 markirovkasi bo‘lgan  tabletkalar.

25 mg, 50 mg, 100 mgli Vizarsin® plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar, o‘rami:

1, 2 yoki 4 tabletkadan PVX/alyumin folga blisterda.

1, 2 yoki 3 blisterdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

Yaroqlilik muddati

5 yil.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

VIZARSIN KU TAB 0,1 tabletkalari N4 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
VIZARSIN KU TAB 0,1 tabletkalari N4 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
VIZARSIN KU TAB 0,1 tabletkalari N4 dori vositasi КРКА, д.д., Ново место, АО tomonidan Sloveniya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
VIZARSIN KU TAB 0,1 tabletkalari N4 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
VIZARSIN KU TAB 0,1 tabletkalari N4 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
VIASIL tabletkalari 100mg N4
SIKLON tabletkalari 50mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Силденафил ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Avison Pharmaceuticals Pvt. Ltd., Индия произведено: Coral Laboratories Limited
  • Vakil: Shayana Farm MChJ
VIASIL tabletkalari 100mg N2
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Faol modda: Силденафил ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Лекфарм, СООО
SIKLON tabletkalari 100mg
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Силденафил ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Avison Pharmaceuticals Pvt. Ltd., Индия произведено: Coral Laboratories Limited
  • Vakil: Shayana Farm MChJ
EREGRA tabletkalari 100mg N4
Narh: 22 000 so'mdan Batafsil
LEVATRA tabletkalari 100mg N4
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Силденафил ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: SR Medicare Pvt., Ltd
Narh: 5 800 so'mdan Batafsil
MAKSIGRA 0,05 tabletkalari N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Polsha
  • Faol modda: Силденафил ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ПОЛЬФАРМА Фармацевтический завод, АО
MAKSIGRA 0,05 tabletkalari N4
  • Ishlab chiqarilish joyi: Polsha
  • Faol modda: Силденафил ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ПОЛЬФАРМА Фармацевтический завод, АО
MAKSIGRA 0,1 tabletkalari N4
  • Ishlab chiqarilish joyi: Polsha
  • Faol modda: Силденафил ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ПОЛЬФАРМА Фармацевтический завод, АО
VIZARSIN 0,1 tabletkalari N12
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Силденафил ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: КРКА, д.д., Ново место, АО
VIZARSIN 0,1 tabletkalari N4
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Силденафил ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: КРКА, д.д., Ново место, АО
VIZARSIN KU TAB 0,1 tabletkalari N12
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Силденафил ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: КРКА, д.д., Ново место, АО
VIZARSIN KU TAB 0,05 tabletkalari N4
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Силденафил ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: КРКА, д.д., Ново место, АО
VIAGRA 0,05 tabletkalari N4
  • Ishlab chiqarilish joyi: Frantsiya
  • Faol modda: Силденафил ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Фарева Амбуаз
VIAGRA 0,05 tabletkalari N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Frantsiya
  • Faol modda: Силденафил ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Фарева Амбуаз
VIAGRA 0,1 tabletkalari N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Frantsiya
  • Faol modda: Силденафил ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Фарева Амбуаз
VIAGRA 0,1 tabletkalari N4
  • Ishlab chiqarilish joyi: Frantsiya
  • Faol modda: Силденафил ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Фарева Амбуаз
Ishlab chiqaruvchining dorilari
SEPTANAZAL sprey 10 ml 0,1 mg+5 mg
SEPTANAZAL sprey 10 ml 0,05 mg+5 mg
NOLPAZA tabletkalari 40mg N28
Narh: 44 800 so'mdan Batafsil
NOLPAZA tabletkalari 20mg N28
Narh: 33 600 so'mdan Batafsil
ROKSERA tabletkalari 20mg N30
Narh: 115 000 so'mdan Batafsil
ROKSERA tabletkalari 5mg N30
Narh: 30 000 so'mdan Batafsil
ROKSERA tabletkalari 10mg N30
Narh: 65 000 so'mdan Batafsil
ATORIS 0,02 tabletkalari N90
TELMISTA tabletkalari 80mg N84
VIZARSIN 0,1 tabletkalari N12
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Силденафил ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: КРКА, д.д., Ново место, АО
VIZARSIN 0,1 tabletkalari N4
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Силденафил ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: КРКА, д.д., Ново место, АО
VIZARSIN KU TAB 0,1 tabletkalari N12
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Силденафил ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: КРКА, д.д., Ново место, АО
VIZARSIN KU TAB 0,05 tabletkalari N4
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Силденафил ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: КРКА, д.д., Ново место, АО
FROMILID UNO 0,5 tabletkalari 0,5g N14
FROMILID UNO tabletkalari 0,5g N7
Narh: 58 000 so'mdan Batafsil
FROMILID 0,25 tabletkalari 0,25g N14
FROMILID UNO 0,5 tabletkalari 0,5g N5
MAKROPEN granuli 20g 0,175mg/5ml
ASENTRA 0,05 tabletkalari N28
LORISTA N 100 tabletkalari 0,0125g+0,1g N30
RUTASID tabletkalari 500mg N60
ROKSERA tabletkalari 15mg N90
ROKSERA tabletkalari 20mg N90
ROKSERA tabletkalari 10mg N90
ENAP NL tabletkalari 10mg/25mg N20
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9