×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

LOROBEN sprey 30ml

Kategoriya:
- Antiseptiklar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Turkiya
Faol modda:
Хлоргексидин
Ishlab chiqaruvchi:
- Drogsan Ilaclari San. ve Tic. A.S.
Vakil:
- Asfarma Savdo MChJ
ATX kodi:
- D08AC02
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 242 ta dorixonasida topildi

ico 30 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 152 000 s`om dan + yetkazish

Buyurtma berish
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
LOROBEN sprey 30ml qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

LOROBEN

LOROBEN

 

Preparatning savdo nomi: Loroben

Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): benzidamin gidroxloridi, xlorgeksidin glyukonati

Dori shakli: oral sprey

Tarkibi:

30 ml sprey quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: 45 mg benzidamin gidroxloridi, 36 mg xlorgeksidin glyukonati;

yordamchi moddalar: polisorbat 20, sorbitol 70%, propilenglikol, xinolin sarig‘i, yalpizli essensiya, saxaroza, Ecocool MP, Patent V Blue, limon kislotasi monogidrati, natriy sitrati digidrati, tozalangan suv.

Har bir purkalma (~0,13 ml) 0,156 mg benzidamin gidroxloridi, 0,195 mg  xlorgeksidin glyukonati saqlaydi.

Ta‘rifi: yashil rangli tiniq suyuqlik

Farmakoterapevtik guruhi: mahalliy peroral qo‘llash uchun dori vositalari.

ATX kodi: A01AD02

 

Farmakologik xususiyatlari

Benzidamin – boshqa NYAQV dan farq qiluvchi nosteroid yallig‘lanishga qarshi va og‘riq qoldiruvchi vositadir. Lokal (mahalliy) qo‘llanganda ishlatiladigan konsentrasiyalarda asos o‘rnini o‘taydi va mahalliy og‘riqsizlantiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi.

O‘tkazilgan tajribalarda benzidaminning og‘riq qoldiruvchi ta‘siri yallig‘lanish oqibatidagi og‘riqlarda, yallig‘lanish xarakteriga ega bo‘lmagan og‘riqlarga nisbatan yaqqol namoyon bo‘ladi.

Xlorgeksidin grammusbat va grammanfiy bakteriyalar, ayrim patogen zamburug‘lar, achitqilar, shuningdek ko‘pchilik viruslarga nisbatan samaralidir.

Xlorgeksidin glyukonati mikroblarga qarshi keng faollikka ega bisbiguanid hisoblanadi. Og‘iz chayilganidan keyin xlorgeksidin glyukonati tishlar, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati va og‘izdagi qoplanmalar sirtida adsorbsiyalanadi, 24 soat davomida asta-sekin ajraladi, chunki so‘lakda xlorgeksidinning konsentrasiyasi kamayadi.

Farmakodinamikasi

Benzidamin ta‘sirining yallig‘lanishga qarshi mexanizmi gipofiz-adrenal tizimini rag‘batlanishi bilan bog‘liq emas. Benzidamin prostaglandinlar biosintezini boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar kabi ingibisiya qiladi, ammo ularning ta‘sir mexanizmi to‘liq tushuntirib berilmagan.

Mahalliy qo‘llanilishi oqibatida xlorgeksidin keyingi uzaytirilgan bakteriostatik ta‘sir bilan birga darhol bakterisid samara ko‘rsatadi. Xlorgeksidin mikrob hujayrasi devorida absorbsiyalangan va uzaytirilgan sirtqi ta‘sir ko‘rsatgan holda bakteriyalar o‘sishini to‘xtatib turadi, so‘ngra sitoplazma presipitasiyasiga yordam berib, hujayrani nobud bo‘lishini chaqiradi.

Farmakokinetikasi

Benzidamin yallig‘langan shilliq qavatda yaxshi absorbsiyalanadi va yallig‘lanishga qarshi hamda mahalliy og‘riqsizlantiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi.

Chayilganidan keyin taxminan 30% xlorgeksidin og‘iz bo‘shlig‘ida ushlanib turadi va 24 soat davomida u asta-sekin so‘lakka ajraladi. Xlorgeksidin glyukonati me‘da-ichak yo‘llaridan yomon so‘riladi; qonda aniqlanadigan konsentrasiyalari topilmaydi.

 

Qo‘llanilishi

Og‘iz bo‘shlig‘ida va tomoqda og‘riqli holatlarni (angina, faringit, tonzillit, aftoz stomatit, glossitni), tomoqda va og‘iz bo‘shlig‘ida jarrohlik aralashuvlarida og‘riqlarni vaqtincha bartaraf etish uchun.

Kimyoterapiya, radioterapiya, boshqa aralashuvlar (shu jumladan traxeya intubasiyasi) va shikastlanishlar oqibatida hosil bo‘lgan og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklarini davolash uchun.

Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining yallig‘lanish kasalliklari, asoratlari, paradont kasalliklarini davolash uchun.

Gingivitlarni davolash va oldini olish uchun.

Tish ustida qoplanmalar hosil bo‘lishini kamaytirish uchun.

Og‘iz bo‘shlig‘i gigienasini saqlab turish uchun qo‘llaniladi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Qo‘llash usuli

Spreyning applikatoriga, muntazam oqimga erishilmagunga qadar bosib turish kerak4.

Applikatorning uchligini, uchlik og‘iz bo‘shlig‘ida yaxshi o‘rnashmaguncha ko‘tarish, va shundan so‘nggina applikatorga bosish kerak. Purkashni turli sohalarga 4 marta takrorlash kerak.

Xlorgeksidin Lorobenpreparatining tarkibida tish qoplanmasi hosil bo‘lishini va davolash jarayonida gingivitni kamayishiga yordam beradi.

Loroben preparatining tarkibidagi xlorgeksidin keltirib chiqargan rangli dog‘lar hosil bo‘lishini kamaytirish uchun tishlarni oldindan tish cho‘tkasi bilan tozalash lozim.

Spreyli flakonni vertikal ushlash kerak.

Eritmani yutish mumkin emas. Ishlatib bo‘linganidan keyin eritmani tuflab tashlash lozim.

Kattalar

Odatdagi doza – tomoqning yallig‘langan sohasiga 5-10 marta purkaladi. Kun davomida har 1½-3 soatda takrorlash kerak.

Bolalar (6-12 yosh)

Tomoqning yallig‘langan sohasiga 5 marta purkaladi. Har 1½-3 soatda takrorlash kerak.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Loroben oral sprey ta‘siri odatda yaxshi o‘zlashtiriladi va kam nojo‘ya ta‘sirlarga ega.

Eritma shaklidagi benzidamin gidroxloridini qo‘llash oqibatida kelib chiqadigan nojo‘ya samaralar:

Mahalliy:

Davolash vaqtida eng tez-tez uchraydigan reaksiya – og‘iz bo‘shlig‘ida uvishish hisi (2,6%), kam hollarda – achishish va sanchish hisi (1,4%). Juda kam hollarda og‘iz bo‘shlig‘ini qurishi yoki chanqash (0,2%), qizib ketish hisi va ta‘mning o‘zgarishi (0,1%) qayd etiladi.

Umumiy:

Umumiy ko‘rinishdagi nojo‘ya reaksiyalar asosan ko‘ngil aynishi, qusish, hichiqoq, me‘da-ichak buzilishlari (0,4%), bosh aylanishi (0,1%), bosh og‘rig‘i va uyquchanlik (0,1%) bo‘lib, ular tez-tez uchramaydi va jiddiy xarakterga ega emas.

Xlorgeksidin glyukonatini oral sprey shaklida qo‘llash oqibatida kelib chiqadigan nojo‘ya samaralar:

Tishda toshlarni hosil bo‘lishi.

Ta‘m sezuvchanligini o‘zgarishi.

Klinik tadqiqotlarda preparatni qo‘llash bilan bog‘liq jiddiy nojo‘ya ta‘sirlar aniqlanmagan.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Benzidamin, xlorgeksidin yoki preparatning biror-bir boshqa komponentiga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Xlorgeksidin

Xlorgeksidin tuzlari sovun va boshqa anion birikmalar bilan nomutanosibdir.

Xlorgeksidin tuzlari kationli va noionli sirt tarangligi bo‘yicha faol substansiyalari bilan mutanosibdir, biroq yuqori konsentrasiyalarda birga ishlatilishi xlorgeksidinni miseliy bilan bog‘lanishi oqibatida preparatning faolligini pasaytiradi.

Setrimid va lissapol NX kabi sirt tarangligi bo‘yicha faol moddalar eruvchanlikni oshishini keltirib chiqarishi mumkin.

Natriy alginati, natriy karboksimetilsellyulozasi, gummiarabik, kraxmal kabi anionli polielektrolitlar bilan nomutanosib; ularni bir vaqtda qo‘llash samaradorlikni pasaytiradi.

Brilliant ko‘ki, xloramfenikol, natriy flyuoressini, formaldegid, kumush nitrati, rux sulfati, mis sulfati bilan nomutanosibdir.

Qattiq suv bilan suyultirilganida kalsiy va magniy kationlari bilan o‘zaro ta‘sirga kirishishi natijasida erimaydigan tuzlar ko‘rinishida cho‘kma hosil qilish mumkin.

Agar xlorgeksidinni benzoatlar, bikarbonatlar, karbonatlar, boratlar, nitratlar, fosfatlar, sulfatlar bilan hosil qilingan tuzlarining konsentrasiyasi 0,05% dan ko‘p bo‘lsa, u holda past darajada eriydigan tuzlar shakllanadi va cho‘kmaga tushadi. Setrimid ushbu tuzlar eruvchanligini oshiradi, kombinasiyada bunday presipitantlar uchramaydi.

Xlorgeksidin glyukonatini setrimid va benzalkoniy xloridi bilan mos kelishi bakterisid faollikni sinergik oshishida namoyon bo‘ladi.

Setrimid xlorgeksidinni qattiq suvda cho‘kishini so‘ndiradi.

Xlorgeksidin glyukonatidan tashqari, xlorgeksidin va uning tuzlari suvga nisbatan spirtda yaxshi eriydi. Xlorgeksidin glyukonati eritmasi spirt qo‘shilganida cho‘kmaga tushishi mumkin. Eritmada 7% spirtni ishtirok etishi uni grammanfiy mikroorganizmlarga qarshi samaraliroq qiladi, chunki eritma sellyuloza filtrlari orqali filtrlanadi; so‘rilish ehtimoli bor.

Benzidaminning dorilar bilan ma‘lum o‘zaro ta‘siri yo‘q.

Maxsus ko‘rsatmalar

Faqat sirtga qo‘llash uchun ishlatiladi.

Faqat og‘iz bo‘shlig‘i uchun qo‘llanilsin.

Yutilmasin.

Og‘iz bo‘shlig‘ida, ayniqsa til va tishlarda qaytuvchan rangli iz qoldirishi mumkin.

Agar tomoqda og‘riq bakterial infeksiya bilan bog‘liq bo‘lsa, Lorobenpreparati bilan birga antibakterial terapiyani buyurish mumkin.

Tizimli ta‘sir ehtimoli buyrak kasalliklari bo‘lgan shaxslarda qo‘llanilganida e‘tiborga olinadi, chunki benzidamin va uning metabolitlari siydik bilan chiqariladi.

Tizimli ta‘sir ehtimoli jigar kasalliklari bo‘lgan shaxslarda qo‘llanilganida e‘tiborga olinadi, chunki benzidamin jigarda metabolizmga uchraydi.

Loroben oral spreyni klinik qo‘llash tajribasi yetarli bo‘lmaganligi tufayli, 6 yoshdan kichik bo‘lgan bolalarda qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanilishi

Xlorgeksidin glyukonatini homilador ayollarga ta‘siri yuzasidan nazoratli tadqiqotlar yo‘q hamda benzidaminni hayvonlar va homilador ayollarga ta‘siri yuzasidan adekvat tadqiqotlar xam yo‘q.

Preparatning tarkibiga kiruvchi faol moddalar kombinasiyasini hayvonlar va homilador ayollarda qo‘llash xavfsizligi aniqlanmagan; shu boisdan preparatni homiladorlik davrida qo‘llash mumkin emas.

Adekvat tadqiqotlar yo‘qligi tufayli, preparatni ayollarda laktasiya davrida qo‘llash mumkin emas.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Preparatni qo‘llash usulini inobatga olgan holda dozani oshirib yuborilishi mumkin emas. Tasodifan katta dozalar yutib yuborilganida simptomatik davolash buyuriladi. Maxsus antidot mavjud emas.

 

Chiqarilish shakli

Lorobenoral sprey oq flakonda. 1 flakon (30 ml) va applikator komplektda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga solingan.

 

Saqlash sharoiti

25°S dan yuqori bo‘lmagan xona haroratida original o‘ramida, yorug‘likdan himoyalangan joyda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati.

2 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz beriladi.

 

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

LOROBEN sprey 30ml dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
LOROBEN sprey 30ml dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
LOROBEN sprey 30ml dori vositasi Drogsan Ilaclari San. ve Tic. A.S. tomonidan Turkiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
LOROBEN sprey 30ml dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
LOROBEN sprey 30ml dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
EMILAR JELE dlya narujnogo primeneniya 50g 0,5%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Хлоргексидин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Kusum Healthcare Pvt. Ltd.
  • Vakil: Kusum
XLORGEKSIDINA BIGLYUKONAT eritma 40ml 0,05%
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Хлоргексидин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy, СП ООО Узбекско-Британское
Ishlab chiqaruvchining dorilari
PULMOKSOL sirop 150ml 15mg/5ml
Narh: 28 000 so'mdan Batafsil
MONEKS sprey 50mkg N140
FLUTINEKS sprey 14,5 g 50 mkg 120 doz
Narh: 180 000 so'mdan Batafsil
PULMOKSOL sirop 150ml 30mg/5ml
Narh: 31 900 so'mdan Batafsil
LOROBEN eritma 200ml
Narh: 43 600 so'mdan Batafsil
GRIPXOT granuli N12
Narh: 40 000 so'mdan Batafsil
MEFLOSID 750mg N7
Narh: 67 800 so'mdan Batafsil
ZERALGO 100mg N15
Narh: 26 900 so'mdan Batafsil
MEFLOSID 500mg N7
Narh: 55 400 so'mdan Batafsil
FAKSIMIN tabletkalari 200mg N12
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Drogsan Ilaclari San. ve Tic. A.S.
Narh: 90 000 so'mdan Batafsil
Другие формы препарата
LOROBEN eritma 200ml
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9