×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

MADOPAR kapsulalar N100

Kategoriya:
- Asab tizimi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Italiya
Faol modda:
Бенсеразид, Леводопа
Qadoqda soni:
- 100
Ishlab chiqaruvchi:
- F.Hoffmann-La Roche Ltd, Швейцария произведено: Roche S.p.A.
ATX kodi:
- N04BA02
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

KAVINTON tabletkalari 5mg N50 Gedeon Richter PLC Vengriya
29 450 s`om dan
MEDIATORN inyeksiya uchun eritma 15mg/ml 1ml N10 Галичфарм, ПАО Ukraina
120 000 s`om dan
DOREPAM tabletkalari 10mg N28 Ali Raif Ilac San. A.S. Turkiya
60 700 s`om dan
NOOXOLIN ROMFARM inyeksiya uchun eritma 4ml 250mg/ml N3 К.О.Ромфарм Компани С.Р.Л. Ruminiya
106 400 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
MADOPAR kapsulalar N100 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

MADOPAR®

MADOPAR®

Preparatning savdo nomi: Madopar®

Ta‘sir etuvchi moddalar: levodopa + benserazid

Dori shakli: kapsulalar

Tarkibi:

Bir kapsula quyidagilarni saqlaydi:

ta‘sir etuvchi moddalar: levodopa – 100 mg; benserazid – 25 mg, (benserazid gidroxloridi ko‘rinishida – 28,5 mg);

yordamchi moddalar: mikrokristall sellyuloza – 13,5 mg, talk – 6,5 mg, povidon (K90) – 1,0 mg, magniy stearati – 0,5 mg;

kapsulaning qobig‘i:  qopqoqchasi – indigokarmin bo‘yovchisi (Ye132) – 0,01 mg, titan dioksidi (Ye171) – 0,5 mg, jelatin – 21,0 mg; korpusi – temir (III) oksidi qizil bo‘yovchisi (Ye172) – 0,03 mg, titan dioksidi (Ye171) – 1,12 mg, jelatin – 31,2 mg.

Kapsulaga yozuv qilish uchun bo‘yoq: shellak, kaliy gidroksidi, temir  oksidi qora bo‘yovchisi (Ye172); TEKPRINTSW-1102 tayyor siyoh qo‘llashiga yo‘l qo‘yiladi.

Ta‘rifi: qattiq jelatin kapsulalar; korpusi pushti-tana rangli, tiniq emas; qopqog‘i och-moviy rangli, tiniq emas; kapsulada qora rangda “ROCHE” yozuvi bor. Kapsulaning ichidagisi – ba‘zida qumoqlanadigan, och-sarg‘ish rangli, mayda granulalangan kukun.

Farmakoterapevtik guruhi: parkinsonizmga qarshi vosita (dofaminning o‘tmishdoshi + dekarboksilazaning periferik ingibitori).

ATX kodi: N04BA02

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Parkinson kasalligi va “bezovta oyoqlar” sindromini davolash uchun qo‘llanadigan majmuaviy vosita.

Parkinson kasalligi

Bosh miyada neyromediator hisoblangan dofamin, parkinsonizmi bo‘lgan bemorlarda bazal gangliylarda yetarli bo‘lmagan miqdorda hosil bo‘ladi. Levodopa yoki L-DOFA (3,4-digidrofenilalanin) dofaminning metabolik o‘tmishdoshidir. Dofamindan farqli ravishda levodopa gematoensefalik to‘siq orqali yaxshi o‘tadi. Levodopa MNT ga kirganidan keyin, u aromatik L-aminokislotalarning dekarboksilazasi yordamida dofaminga aylanadi.

Ichga qabul qilinganidan keyin levodopa ham serebral, ham ekstraserebral to‘qimalarda dofaminga tez dekarboksillanadi. Natijada levodopaning katta qismi bazal gangliylargacha yetib bormaydi, periferik dofamin esa ko‘pincha nojo‘ya ko‘rinishlarni chaqiradi. Demak, levodopaning ekstraserebral dekarboksillanishini bloklanishi kerak, bunga levodopa va aromatik L-aminokislotalarning periferik dekarboksilaza ingibitori benserazidni bir vaqtda yuborish yo‘li bilan erishiladi.

Madopar ushbu moddalarning optimal 4:1 nisbatdagi majmuasi bo‘lib, levodopaning katta dozalari kabi samaradorlikka ega.

Bezovta oyoqlar” sindromi

Aniq ta‘sir mexanizmi noma‘lum, ammo dofaminergik tizim “bezovta oyoqlar” sindromining patogenezida muhim rol o‘ynaydi.

 

Farmakokinetikasi

So‘rilishi

Madopar “125” kapsulalari

Levodopa va benserazidni so‘rilishi asosan ingichka ichakning yuqori qismida (66-74%) amalga oshadi va ushbu ichakning bo‘limida so‘rilishi joyiga bog‘liq emas. Levodopaning qon plazmasida maksimal konsentrasiyasiga erishish vaqti kapsulalar yoki tabletkalar ichga qabul qilinganidan keyin 1 soatni tashkil qiladi. Madopar “125” kapsulalari qo‘llanganida levodopaning mutloq biokiraolishligi 98% (74% dan 112% gacha) ni tashkil qiladi.

Levodopaning plazmadagi maksimal konsentrasiyalari va levodopaning so‘rilish darajasi (AUC) dozaga proporsional ravishda oshadi (levodopaning 50 dan 200 mg gacha bo‘lgan dozalari diapazonida).

Ovqat qabul qilish levodopaning so‘rilish tezligi va darajasini pasaytiradi. Kapsulalar yoki tabletkalar ovqat qabul qilinganidan keyin buyurilganda levodopaning plazmadagi maksimal konsentrasiyasi 30% ga kamayadi va kechroq erishiladi. Levodopaning so‘rilish darajasi 15% ga pasayadi.

Taqsimlanishi

Levodopa gematoensefalik to‘siq orqali to‘yingan transport tizimi yordamida o‘tadi va plazma oqsillari bilan bog‘lanmaydi. Taqsimlanish hajmi 57 litrni tashkil qiladi. Orqa miya suyuqligida levodopa uchun “konsentrasiya-vaqt” egri chizig‘i ostidagi maydon (AUC) plazmadagi maydonning 12% ni tashkil qiladi.

Benserazid terapevtik dozalarda gematoensefalik to‘siq orqali o‘tmaydi. U asosan buyrak, o‘pka, ingichka ichak va jigarda to‘planadi.

Metabolizmi

Levodopa ikkita asosiy yo‘l (dekarboksilanish va o-metillanish) va ikkita qo‘shimcha yo‘l (transaminlanish va oksidlanish) bilan metabolizmga uchraydi.

Aromatik L-aminokislotalarning dekarboksilazasi levodopani dofaminga aylantiradi. Almashinuvning bu yo‘lini asosiy oxirgi mahsulotlari gomovanilin va digidroksifenilsirka kislotasidir.

Katexol-o-metil-transferaza levodopani 3-o-metildopani hosil qilish bilan metillaydi. Bu asosiy metabolitini plazmadan yarim chiqarilish davri 15-17 soatni tashkil qiladi va Madoparning terapevtik dozalarini qabul qilayotgan pasientlarda uning to‘planishi yuz beradi.

Benserazid bilan birga buyurilganida, levodopaning periferik dekarboksillanishini kamayishi, levodopa va 3-o-metildopaning plazmadagi konsentrasiyalarini oshishiga va katexolaminlar (dopamin, noradrenalin) va fenolkarboksil kislotalarining (gomovanilin kislotasi, digidrofenilsirka kislotasi) plazmadagi konsentrasiyalarini pasayishiga olib keladi.

Benserazid ingichka ichakning shilliq qavatida va jigarda trigidroksi-benzilgidrozinni hosil bo‘lishi bilan gidroksillanadi. Bu metaboliti aromatik
L- aminokislotalar dekarboksilazasining kuchli ingibitori hisoblanadi.

Chiqarilishi

Aromatik L- aminokislotalar dekarboksilazasining periferik ingibirlanishida levodopaning yarim chiqarilish davri 1,5 soatni tashkil qiladi. Levodopaning plazmadagi klirensi minutiga taxminan 430 ml ni tashkil qiladi.

Benserazid metabolizm yo‘li bilan deyarli to‘liq chiqariladi. Metabolitlari asosan siydik bilan (64%) va kamroq darajada axlat bilan (24%) chiqariladi.

Ayrim pasientlar guruhidagi farmakokinetikasi

Buyrak va jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar

Buyrak va jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda levodopaning farmakokinetikasi to‘g‘risida ma‘lumotlar yo‘q.

Keksa yoshdagi pasientlar (65-78 yosh)

Parkinson kasalligi bo‘lgan keksa yoshdagi (65-78 yosh) pasientlarda levodopaning yarimchiqarilish davri va AUC 25% ga oshadi, bu klinik ahamiyatli o‘zgarishi hisoblanmaydi va dozalash tartibiga hech qanaqasiga aks etmaydi.

Qo‘llanilishi

Parkinson kasalligi:

Dori vositalar bilan chaqirilgan parkinsonizmdan tashqari, Parkinson kasalligini barcha turlarini davolashida qo‘llanadi.

 “Bezovta oyoqlar” sindromi

Madopar “bezovta oyoqlar” sindromini davolash uchun qo‘llanadi, shu jumladan:

  • “bezovta oyoqlar”ning idiopatik sindromi;
  • surunkali buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan, dializdagi pasientlarda “bezovta oyoqlar” sindromi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Kapsulalarni butunligicha, chaynamasdan yutish kerak.

Parkinson kasalligi

Ichga, ovqatdan kamida 30 minut oldin yoki 1 soat keyin buyuriladi.

Standart dozalash tartibi

Davolashni asta-sekin dozasini optimal samaraga erishilguncha shaxsiy tanlab boshlash kerak.

Boshlang‘ich davolash

Parkinson kasalligining erta bosqichida Madopar bilan davolashni 62,5 mg (50 mg levodopa + 12,5 mg benserazid) sutkada 3-4 marta qabul qilish bilan boshlash tavsiya qilinadi. Boshlang‘ich dozalash sxemasi o‘zlashtiraolinganda, pasientning reaksiyasiga qarab, dozani asta-sekin oshirib borish kerak.

Optimal samaraga odatda levodopa 300-800 mg sutkalik dozada benserazid + 75-200 mg dozada uch yoki undan ko‘p marta qabul qilinganida erishiladi. Optimal samaraga erishish uchun 4 dan 6 haftagacha vaqt talab qilinishi mumkin. Sutkalik dozani keyinchalik oshirishning zarurati tug‘ilganida, buni 1 oylik oraliqlar bilan amalga oshirish kerak.

Samarani bir maromda ushlab turuvchi davolash

Samarani bir maromda ushlab turuvchi davolashning o‘rtacha dozasi – 125 mg (100 mg levodopa + 25 mg benserazid) sutkada 3-6 marta. Qabul qilishlar soni (uchtadan kam bo‘lmasligi kerak) va ularni kun davomida taqsimlanishi optimal samarani ta‘minlashi kerak.

“Bezovta oyoqlar” sindromi

Maksimal ruxsat berilgan doza sutkada – 500 mg Madopar (400 mg levodopa + 100 mg benserazid) tashkil etadi.

Uyqudan 1 soat oldin, oz miqdordagi ovqat bilan qabul qilinadi. Madoparni qabul qilishdan oldin oqsillarga boy bo‘lgan ovqatni iste‘mol qilishdan o‘zini tiyish kerak.

Uyquga ketishni buzilishi bilan kechuvchi “Bezovta oyoqlar” idiopatik sindromi

Madopar “125” preparatini buyurish tavsiya qilinadi.

Boshlang‘ich doza: Madopar 62,5 mg (50 mg levodopa + 12,5 mg benserazid) – 125 mg (100 mg levodopa + 25 mg benserazid). Samara yetarli bo‘lmaganida Madoparning dozasini 250 mg (200 mg levodopa + 50 mg benserazid) gacha oshirish kerak.

Uyquga ketish va uyquni buzilishi bilan kechuvchi “bezovta oyoqlar” idiopatik sindromi

Boshlang‘ich doza: Madopar “125” 1 ta kapsulasi uyqudan 1 soat oldin tavsiya etiladi.

Uyquga ketish va uyquni buzilishlari, shuningdek sutka davomidagi buzilishlar bilan kechuvchi “Bezovta oyoqlar” idiopatik sindromi

Qo‘shimcha: 1 kapsula Madopar qabul qilinadi, maksimal ruxsat berilgan sutkalik doza – 500 mg (400 mg levodopa + 100 mg benserazid) Madoparni tashkil etadi.

Surunkali buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan, dializ olayotgan pasientlarda “bezovta oyoqlar” sindromi

125 mg Madopar dializ boshlanishidan 30 minut oldin buyuriladi.

Ayrim holatlarda dozalash

Parkinson kasalligi

Madopar preparatini boshqa parkinsonizmga qarshi vositalar bilan majmuada qo‘llash mumkin, davolash davom etgan davomida boshqa preparatlarning dozasini kamaytirish yoki ularni asta-sekin bekor qilishning zarurati tug‘ilishi mumkin.

Yengil yoki o‘rtacha og‘irlik darajasidagi buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda dozaga tuzatish kiritish talab qilinmaydi.

Madopar gemodializ seanslarini olayotgan pasientlar tomonidan yaxshi o‘zlashtiriladi.

Uzoq muddat davolanganda flyuktuasiya “qotib qolish” epizodlari, ta‘sir davri oxirida samarani susayishi, “o‘ziga kelish-o‘zidan ketish” fenomeni paydo bo‘lishi mumkin. Ushbu simptomlarni bartaraf qilish yoki ularning yaqqolligini kamaytirish uchun dozaga tuzatish kiritish mumkin, bunga kichikroq dozalarni buyurish, ammo tez-tez buyurish bilan erishish mumkin. Keyinchalik davolash samarasini kuchaytirish uchun dozani yana oshirishga urinib ko‘rish mumkin.

Bezovta oyoqlar” sindromi

“Bezovta oyoqlar” sindromining simptomlari zo‘rayishini (kun davomida erta paydo bo‘lishi, og‘irlik darajasini kuchayishi va tananing boshqa qismlarini qo‘shilishi) istisno qilish uchun sutkalik doza tavsiya qilingan maksimal doza –Madopar 500 mg
(400 mg levodopa + 100 mg benserazid) dan oshmasligi kerak.

Klinik simptomatika zo‘rayganida levodopaning dozasini kamaytirish yoki levodopani asta-sekin bekor qilish va boshqa davolashni buyurish kerak.

Nojo‘ya ta‘sirlari

“Bezovta oyoqlar” sindromi bo‘lgan pasientlarda, klinik tadqiqotlar vaqtida kuzatilgan  nojo‘ya ta‘sirlarining og‘irlik darajasi va uchrash tezligi Madoparni standart tartibda qabul etgan Parkinson kasallik bilan kasallangan bemorlarga nisbatan past bo‘lgan.

Klinik tadqiqotlar

“Bezovta oyoqlar” sindromi

Quyida, umuman olganda 85 nafar pasient ishtirok etgan ikkita plasebo-nazoratli klinik kesishgan tadqiqotlardan olingan umumiy ma‘lumotlar keltirilgan.

Davolanish guruhida bir martadan ko‘proq uchragan barcha nojo‘ya reaksiyalar ko‘rsatilgan.

1-jadval. Plasebo guruhi va davolash guruhidagi M43052 i M43060 tadqiqotlardagi kuzatilgan nojo‘ya reaksiyalar

Nojo‘ya samaralari

 

Levodopa/ benserazid

(n)

% Plasebo

(n)

%
Infeksion kasalliklari
Febril infeksiya 4 4,7 2 2,3
Rinit 3 3,5 1 1,2
Bronxit 2 2,3 0 0
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar
Bosh og‘rigi 5 5,8 3 3,5
BOS* yomonlashishi 2 2,3 5 5,8
Bosh aylanishi 3 3,5 1 1,2
Me‘da- ichak tizimi tomonidan buzilishlar
Og‘izni qurishi 3 3,5 1 1,2
Diareya 2 2,3 1 1,2
Ko‘ngil aynishi 2 2,3 2 2,3
Yurak –qon tomir tizimi tomonidan buzilishlar
 EKG**dagi ko‘rsatkichlarni o‘zgarishi 2 2,3 1 1,2
Arterial bosimni ko‘tarilishi 2 2,3 2 2,3

* “Bezovta oyoqlar” sindromi

**Yurak ritmini buzilishlari

Qayd etilgandan keyingi ko‘llanilishi

Qon va limfa tizimi tomonidan buzilishlar

Gemolitik anemiya, o‘rtacha va tranzitor leykopeniya, va trombositopeniya, shuningdek tromboplastin vaqtini qisqarishi kam hollarda uchragan.

Madopar preparati qo‘llanganida qonda mochevina azotining darajasini oshishi (KMA) kuzatilgan. Shuning uchun umumiy qon tahlili va jigar ko‘rsatkichlarini hamda buyrak funksiyasini muntazam ravishda nazorat qilish tavsiya qilinadi, tarkibida levodopa saqlagan istalgan dori vositalar bilan uzoq muddat davolash o‘tqazilganda ham.

Moddalar almashinuvi va oziqlanish tizimidagi buzilishlar

Tez-tez emas: anoreksiya.

Odatda–jigar transaminazalari (aspartataminotransferaza (AST), alaninaminotransferaza (ALT)) va ishqoriy fosfatazaning faolligini yengil darajada tranzitor oshishi kuzatiladi. Gamma-glutamiltranspeptidazaning faolligini oshishi kuzatilgan.

Ruhiy buzilishlar

Parkinson kasalligi bo‘lgan pasientlarda, ayniqsa keksa yoshdagi va anamnezida ushbu simptomlar kuzatilgan pasientlarda depressiya rivojlanishi mumkin; tez-tez bo‘lmagan hollarda – ajitasiya, xavotirlik, uyquni buzilishi, gallyusinasiyalar, alahsirash, xulq-atvor buzilishlari va agressiya; kam hollarda – vaqtinchalik dezorientasiya va ko‘rqinchli tushlar kuzatilishi mumkin.

Madopar preparati qo‘llanganda o‘z joniga suiqasd qilish fikrlari bilan kechuvchi, shuningdek bu asosiy kasallik bilan bog‘lik bo‘lishi mumkin bo‘lgan depressiya rivoshlanishi mumkin.

Madopar preparati qo‘llanganda odatlar va moyil buzilishlar, additiv – xulq-atvor buzilishlari, shuningdek obsessiv – kompulsiv buzilishlar uchun xos bo‘lgan xulq turlari (kompulsiv savdo qilish va pul harajat qilish, ortiqcha ovqatlanish va bulimiya) kuzatilishi mumkin.

Qimor o‘yinlarga moyil bo‘lgan harakatlar va libidoni oshishi, shu jumladan giperseksual holatlar qayd qilingan.

Nerv tizimi tomonidan buzilishlar

Madopar preparatini qabul qilayotgan pasientlarda “bezovta oyoqlar” sindromi zo‘raishi mumkin.

Ko‘p emas: bosh og‘rig‘i.

Madopar preparatini qabul qilish uyquchanlik va juda kam hollarda yaqqol ifodalangan kunduzgi uyqu va to‘satdan uxlab qolish hurujlarini rivojlanishi bilan kechadi (“Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limiga qarang.)

Parkinson kasalligi bilan xastalangan pasientlarda, yuqori dozalarda qabul qilinganda yoki davolashning ancha kechki bosqichlarida ixtiyorsiz harakatlar (masalan, xoreya yoki atetoz turidagi) kuzatilishi mumkin. Ushbu ko‘rinishlarni odatda dozani kamaytirish yo‘li bilan  yengillashtirish yoki butunlay bartaraf qilish mumkin.

Uzoq muddat davolanganda terapevtik javob reaksiyasini, shu jumladan “qotib qolish” fenomeni dozani ta‘sir qilish davri yakunida samarani pasayishi (“holdan toyish” fenomeni), “o‘ziga kelish – o‘zidan ketish” fenomeni kuzatilish mumkin. Ushbu o‘zgarishlarni odatda dozani tanlash va kam miqdordagi dozalarni qisqa vaqt oralig‘ida qabul qilish yo‘llari orqali yo‘qotish yoki yengillashtirish  mumkin.

Keyinchalik davolash samarasini kuchaytirish uchun dozani yana oshirish mumkin. Ta‘m bilish hissini yo‘qolishi yoki buzilishi yakka holatlarda kuzatilgan.

“Bezovta oyoqlar” sindromi bo‘lgan pasientlar

Dofaminergik preparatlarni uzoq muddat qo‘llashning eng ko‘p uchraydigan nojo‘ya samarasi bu pasientning ahvolini yomonlashishi, bu navbatdagi kechki dozani qabul qilishdan avval simptomlarni namoyon bo‘lish vaqtini kechqurunlar tungi vaqtdan kunduzgi va kechqurungi vaqtga siljishi bilan ifodalanadi.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan buzilishlar

Tez-tez emas: aritmiyalar, ortostatik gipotenziya. Ortostatik gipotenziya ko‘rinishlarini Madopar preparatining dozasini pasaytirish yo‘li bilan yengillashtirish mumkin.

Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlari

Tez-tez emas: ishtahani pasayishi, ko‘ngil aynishi, qusish, diareya va og‘izni qurishi. Odatda erta davolashning bosqichlarida namoyon bo‘luvchi ko‘rsatilgan nojo‘ya ta‘sirlarni Madopar preparatini ovqat bilan (etarli darajada ovqat yoki suyuqlik bilan birga) yoki dozani asta-sekin oshirish bilan nazorat qilish mumkin.

Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan o‘zgarishlar

Kam hollarda: allergik reaksiyalar (qichishish, toshma)

Buyrak va siydik chiqarish tizimi tomonidan buzilishlar

Siydikning rangi biroz o‘zgarishi mumkin (odatda qizg‘ish rangda bo‘ladi, tursa to‘qlashadi)

Laboratoriya ko‘rsatkichlari

Jigar transaminazalari (aspartataminotransferaza (AST), alaninaminotransferaza (ALT)) va ishqoriy fosfatazaning faolligi vaqtinchalik oshishi mumkin. Gamma-glutamiltranspeptidazaning faolligi oshishi, qonda mochevina azotining konsentrasiyasini oshishi kuzatilgan. Bundan tashqari, biologik suyuqliklar yoki to‘qimalarni, xususan so‘lak, til, tish va og‘izni bo‘shlig‘i shilliq qavatining rangini o‘zgarishi yoki bo‘yalishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Levodopaga, benserazidga yoki preparatning har qanday boshqa komponentiga o‘ta yuqori sezuvchanlik.

Endokrin a‘zolari, jigar yoki buyrak funksiyasining dekompensasiyalangan buzilishlari (“bezovta oyoqlar” sindromi bo‘lgan, dializ olayotgan pasientlardan tashqari), dekompensasiya bosqichidagi yurak-qon tomir tizimining kasalliklari, psixotik komponenti bilan kechuvchi ruhiy kasalliklar, yopiq burchakli glaukomada qo‘llash mumkin emas.

Madoparni monoaminooksidazaning (MAO) noselektiv ingibitorlari bilan majmuada yoki MAO-A va MAO-V ingibitorlari bilan birga qo‘llash mumkin emas.

25 yoshgacha bo‘lgan pasientlar.

Homiladorlik va emizish davri. Madoparni kontrasepsiyaning ishonchli usullaridan foydalanmaydigan tug‘ruq yoshidagi ayollarda qo‘llash mumkin emas (“Homiladorlik va emizish davri” ga qarang).

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Farmakokinetik o‘zaro ta‘siri

Trigeksifenidil (antixolinergik preparat) levodopaning so‘rilish darajasini emas, balki tezligini kamaytiradi.

Temir sulfati levodopaning plazmadagi maksimal konsentrasiyasini va AUC 30-50% ni pasaytiradi, bu barcha pasientlarda bo‘lmasada, ayrimlarida klinik ahamiyatli o‘zgarish hisoblanadi.

Metoklopramid levodopaning so‘rilish tezligini oshiradi.

Levodopa va domperidon bir vaqtda qabul qilinganda me‘dani bo‘shashini rag‘batlantirishi hisobiga levodopaning biokiraolishligi oshishi mumkin.

 

 

Farmakodinamik o‘zaro ta‘siri

Neyroleptiklar, opiatlar va rezerpin saqlovchi antigipetenziv preparatlar Madoparning ta‘sirini susaytiradi.

MAO ingibitorlari. Agar Madopar MAO qaytmas noselektiv ingibitorlarini olayotgan pasientlarga buyurilsa, unda MAO ingibitorini qabul qilishni to‘xtatilishidan to Madoparni qabul qilish boshlaguncha kamida ikki hafta o‘tishi kerak (“Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar” bo‘limiga qarang). Biroq MAO-V selektiv ingibitorlari (selegilin yoki razagilin kabi) va MAO-A-selektiv ingibitorlarini (maklobemid kabi) Madopar qabul qilayotgan pasientlarga buyurish mumkin. Bunday hollarda preparatning samaradorligi va o‘zlashtira olinishi jihatidan pasientning shaxsiy ehtiyojiga qarab, levodopaning dozasiga tuzatish kiritish tavsiya qilinadi. MAO-A va MAO-V ingibitorlarini birga qo‘llash MAO-noselektiv ingibitorlarini qabul qilinishiga ekvivalentdir, shuning uchun bunday majmua Madopar bilan bir vaqtda buyurish mumkin emas.

Simpatomimetiklar (adrenalin, noradrenalin, izoproterenol, amfetamin). Madoparni simpatomimetiklar bilan bir vaqtda buyurish mumkin emas, chunki levodopa ularning ta‘sirini kuchaytirishi mumkin. Agar bir vaqtda qabul qilish juda zarur bo‘lsa, yurak-qon tomir tizimining holatini sinchkov nazorati va zarurati tug‘ilganida simpatomimetiklarning dozasini kamaytirish juda muhimdir.

Parkinsonizmga qarshi vositalar. Preparatni boshqa parkinsonizmga qarshi vositalar (antixolinergik vositalar, amantadin, selegilin, bromkriptin, dofamin antagonistlari) bilan birga qo‘llash mumkin, biroq bu hohlangan va hohlanmagan samaralarni kuchaytirishi mumkin. Madoparning yoki boshqa preparatning dozasini kamaytirish talab qilinishi mumkin. Agar davolashga katexol-o-metiltransferazaning (KOMT) ingibitori qo‘shilsa, Madoparning dozasini kamaytirish talab qilinishi mumkin. Madopar bilan davolashning boshida, antixolinergik preparatlarni to‘satdan bekor qilish mumkin emas, chunki levodopa darhol ta‘sir qilishni boshlamaydi.

Levodopa katexolaminlar, kreatinin, siydik kislotasi va glyukozaning laborator aniqlash natijalariga ta‘sir qilishi mumkin, Kumbs sinamasining va siydikda keton tanachalariga taxlilining  soxtamusbat natijasi bo‘lishi mumkin.

Madopar qabul qilayotgan pasientlarda, preparatni oqsilga boy ovqat bilan bir vaqtda qabul qilish levodopani me‘da-ichak yo‘llaridan so‘rilishini buzishi mumkin.

Dofamin reseptorlarni bloklovchi antipsixotik preparatlarni (xususan, D2-dofamin reseptorlarning antagonistlari), bir vaqtda qabul qilish levodopa va benserazidning parkinsonizmga qarshi ta‘sirini kamaytirishi mumkin.

Levodopa o‘z navbatida ushbu preparatlarning antipsixotik ta‘sirini kamaytirishi mumkin. Shuning uchun ular bir vaqtda qabul qilinganida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Galotan bilan umumiy anesteziya o‘tkazish. Madoparni qabul qilish jarrohlik operasiyasidan 12-48 soat oldin bekor qilinishi kerak, chunki Madopar olayotgan pasientlarda galotanli narkoz vaqtida arterial bosimni o‘zgarishi va aritmiyalar paydo bo‘lishi mumkin.

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparatga yuqori sezuvchanligi bo‘lgan pasientlarda tegishli reaksiyalar rivojlanishi mumkin.

Ochiq burchakli glaukomasi bo‘lgan pasientlarda ko‘z ichki bosimini muntazam ravishda o‘lchash tavsiya qilinadi, chunki levodopa nazariy jihatdan ko‘z ichki bosimini oshirishi mumkin.

Agar Madopar preparatini ko‘p bo‘lmagan miqdordagi ovqat yoki suyuqlik bilan qabul qilinsa, shuningdek agar dozasi asta-sekin oshirilsa, davolashning boshlang‘ich bosqichida me‘da-ichak yo‘llari tomonidan kuzatilishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ko‘rinishlarni ahamiyatli darajada bartaraf qilish mumkin. Anamnezida me‘da yarasi yoki osteomalyasiyasi bo‘lgan pasientlarda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Anamnezida miokard infarkti, yurak ishemik kasalligi va aritmiyasi bo‘lgan pasientlarda yurak faoliyatini muntazam ravishda baholash (xususan elektrokardiografiya (EKG) yordamida) kerak.

Davolash vaqtida jigar va buyrak funksiyasini, qon formulasini nazorat qilish kerak.

Qandli diabeti bo‘lgan bemorlarda qonda glyukoza darajasini tez-tez nazorat qilish va gipoglikemik preparatlarning dozasiga tuzatish kiritish kerak.

Xavfli melanoma bilan xastalangan pasientlarda (shu jumladan, tashhisi taxmin qilinganda, anamnezida tashhis qo‘yilmagan teri o‘smasi yoki xavfli melanoma bo‘lganida) Madopar preparatini qo‘llash mumkin emas.

Sutkada 50 -100 mg dozada piridoksin (V6 vitamin) bilan bir vaqtda qabul qilinganida levodopaning samarasi pasayishi mumkin. Dekarboksilaza ingibitori va levodopa bir vaqtda qabul qilinganida samarasini pasayishi kuzatilmagan. Madopar preparatini tarkibida V6 vitamin kichik dozalarini saqlovchi preparatlar bilan majmuada ko‘llash mumkin.

Jarrohlik operasiyasini umumiy og‘riqsizlantirish bilan o‘tkazish zarurati bo‘lganida, Madopar bilan davolashni galotan bilan umumiy og‘riqsizlantirishdan tashqari operasiyagacha davom ettirish kerak. Madopar qabul qilayotgan pasientlarda galotanli narkoz vaqtida arterial bosimni tebranishlari va aritmiyalar paydo bo‘lishi mumkinligi tufayli Madoparni qabul qilishni operativ aralashuvdan 12-48 soat oldin bekor qilish kerak. Operasiyadan keyin dozani asta-sekin dastlabki darajasigacha oshirib davolash qaytadan boshlanadi.

Madopar qabul qilishni to‘xtatmagan pasientlarda jarrohlik operasiyasini o‘tkazish uchun galotan va siklopropanli narkozni qo‘llashdan saqlanish kerak (masalan kechiktirib bo‘lmagan holatda).

Madoparni keskin to‘satdan qilish mumkin emas. Preparatni to‘satdan bekor qilish hayot uchun xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan xavfli neyroleptik sindromiga (haroratni oshishi, mushaklar rigidligi, shuningdek kuzatilishi mumkin bo‘lgan ruhiy o‘zgarishlar va qon zardobida kreatinfosfokinazaning faolligini oshishi) olib kelishi mumkin. Bunday simptomlar paydo bo‘lganida pasient shifokor nazorati ostida bo‘lishi (zarurati bo‘lsa gospitalizasiya qilinishi kerak) va tegishli simptomatik davolash olishi kerak. U pasientning holatini muvofiq ravishda baholangandan keyin Madoparni qayta buyurish mumkin.

Depressiya asosiy kasallikning (parkinsonizm, “bezovta oyoqlar” sindromi) klinik ko‘rinishi ham bo‘lishi mumkin, Madopar bilan davolash fonida paydo bo‘lishi ham mumkin. Ruhiy nojo‘ya reaksiyalarni paydo bo‘lishi mumkinligi sababli pasientni sinchkovlik bilan kuzatish kerak.

Madopar preparatini qabul qilish fonida uyquchanlik, kam hollarda to‘satdan uxlash hurujlari paydo bo‘lishi mumkin. To‘satdan uxlash hurujlari oldindan uxlash yoki boshqa belgilar yuqligida paydo bo‘lish mumkin. Bemorlar ularda to‘satdan uxlash hurujlari paydo bo‘lganini anglamasligi mumkin, shuning uchun ularni rivojlanish xavfi ehtimoli borligini ogohlantirish kerak.

Doriga qaramlik va suiiste‘mol qilish ehtimoli

Dofamin disregulyasiyasi sindromi: Parkinson kasalligi bo‘lgan kam sonli  pasientlarda, shifokorning tavsiyalariga va preparatning terapevtik dozalarini ahamiyatli oshirilishiga qaramasdan, preparatning oshib boruvchi dozalarini nazoratsiz qo‘llash natijasida xulq va kognitiv buzilishlarni paydo bo‘lishi aniqlangan.

Dofaminergik preparatlarlar

Parkinson kasalligini davolash uchun dofamin reseptorlarning agonistlarini qabul qilgan bemorlarda, qimor o‘yinlarga moyillik, libidoni kuchayishi va giperseksual holatlar kuzatilgan. Ushbu ko‘rinishlar bilan dofaminergik reseptorlarning aganistlariga taalluqli bo‘lgan Madoparni qabul qilish o‘rtasida sabab-oqibat bog‘liqligini tasdiqlovchi dalillar yo‘q. Ammo Madopar qabul qilganda ushbu ko‘rinishlar paydo bo‘lishi mumkinligini esda tutish kerak, chunki Madopar dofaminergik perparat hisoblanadi.

Homiladorlik va emizish davri

Madoparni homiladorlikda va ishonchli kontrasepsiya usullaridan foydalanmaydigan tug‘ruq yoshidagi ayollarda, homilada skeletning rivojlanishini buzilishi mumkinligi tufayli mutlaqo qo‘llash mumkin emas.

Agar davolash fonida homiladorlik paydo bo‘lsa, preparatni davolovchi shifokorning tavsiyalariga muvofiq bekor qilish lozim.

Madopar preparatini emizish davrida qo‘llashning zarurati tug‘ilganida, benserazidni ko‘krak sutiga o‘tishi to‘g‘risidagi ishonchli ma‘lumotlar yo‘qligi tufayli, emizishni to‘xtatish kerak. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda skeletning noto‘g‘ri rivojlanishi xavfini istisno qilib bo‘lmaydi.

Transport vositalarini va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Anamnezida uyquchanlik, to‘satdan uxlash hurujlari paydo bo‘lganida avtomobilni haydash yoki mashinalar va mexanizmlar bilan ishlashdan saqlanish kerak. Bu simptomlar paydo bo‘lganida dozani pasaytirish yoki davolashni bekor qilish mumkinligini qayta ko‘rib chiqish kerak.

Madopar preparatini qo‘llash vaqtda uyquchanlik va/ yoki to‘satdan uxlash hurujlari paydo bo‘lgan pasientlarga transport vositalarini boshqarishni va diqqatni jamlash talab qiladigan boshqa turdagi faoliyat bilan shug‘ullanishga (xususan, mexanizmlar bilan ishlash) yo‘l qo‘ymaslik kerak, chunki bu ularni va atrofidagilarga og‘ir jarohat yetishiga yoki o‘limga olib kelish mumkin, bu haqida pasientlarni barvaqt ogohlantirish kerak.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: “Nojo‘ya ta‘sirlari” bo‘limida eslatib o‘tilganlar, ammo yanada yaqqol ko‘rinishda: yurak-qon tomir tizimi tomonidan (aritmiyalar), ruhiy sfera tomonidan (ongni chalkashishi, uyqusizlik), me‘da-ichak yo‘llari tomonidan (ko‘ngil aynishi va qusish), patologik ixtiyorsiz harakatlar bo‘lishi mumkin.

Davolash: hayotiy muhim faoliyatlarni nazorat qilish kerak. Simptomatik davolash: nafas analeptiklari, antiaritmik vositalar, tegishli hollarda – neyroleptiklarni qo‘llash mumkin.

 

Chiqarilish shakli va o‘rami

100 mg + 25 mg kapsulalar.

100 kapsula buraluvchi qopqoq bilan berkitilgan, uning ichki tomonida silikagelli hajm mavjud bo‘lgan jigarrang rangli shisha flakonlarda. Qopqoq teshilgan plastmassa tizimcha bilan biriktirilgan (birinchi ochish nazoratli). Qopqoq yuzasida ρ belgisi mavjud. Flakondagi erkin bo‘shliq paxta yoki boshqa zichlashtiruvchi material bilan to‘ldirilgan. Har bir flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

Saqlash sharoiti

Zich yopilgan flakonda 30ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda, bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

MADOPAR kapsulalar N100 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
MADOPAR kapsulalar N100 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
MADOPAR kapsulalar N100 dori vositasi F.Hoffmann-La Roche Ltd, Швейцария произведено: Roche S.p.A. tomonidan Italiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
MADOPAR kapsulalar N100 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
MADOPAR kapsulalar N100 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9