×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

MALTOFER tomchilar dlya priema vnutr 30ml 50mg/ml

Kategoriya:
- Kamqonlik
Ishlab chiqarilish joyi:
- Shveytsariya
Faol modda:
железа (III) гидроксид полимальтозат
Ishlab chiqaruvchi:
- Vifor (International) Inc, Швейцария произведено: Vifor SA
ATX kodi:
- B03AB05
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 242 ta dorixonasida topildi

ico 65 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

O'xshash dorilar

FERSINOL Z kapsulalar N30 World Medicine Limited, Великобритания произведено: E.I.P.I.Co. Misr
56 000 s`om dan
GEM AP kapsulalar N30 Cadila Pharmaceuticals Limited Hindiston
FEREKS inyeksiya uchun eritma 5ml 20mg/ml N5 Ultra Laboratoires Pvt. Ltd. Hindiston
85 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!


1 ml preparat quyidagilarni saqlaydi::


faol modda:


temir (III) gidroksidi polimalьtozati

178,6 мг

temirga qayta hisoblanganda

50,0 мг

yordamchi moddalar:


saxaroza

50,0 мг

natriy metilparagidroksibenzoati

2,00 мг

natriy propilparagidroksibenzoati


0,22 мг

kremli aromatizator

3,0 мг

natriy gidroksidi

рН 5,5-7,0 гача

tozalangan suv

1 мл гача

1 ml da 20 tomchi bor, 1 tomchi 2,5 mg temir saqlaydi.


Ta'rifi: to'q jigarrang rangli eritma.


Farmakoterapevtik guruhi: temir preparati.







Ta'sir mexanizmi

Temir (III) gidroksidi polimalьtozatida ko'p yadroli temir (III) gidroksidi tashqi tomomnidan polimalьtozatning ko'p sonli kovalent bog'langan molekulalari bilan o'ralgan bo'lib, bu taxminan 50 kDa ga teng umumiy o'rtacha molekulyar massani beradi. Temir (III) gidroksidi polimalьtozatining ko'p yadroli yadrosining tuzilishi fiziologik temir deposi – ferritin oqsili yadrosining strukturasiga o'xshashdir. Temir (III) gidroksidi polimalьtozati barqarordir va fiziologik sharoitlarda katta miqdorda temir ionlarini ajratib chiqarmaydi. O'lchami tufayli, temir (III) gidroksidi polimalьtozatining shilliq qavatlar orqali diffuziya darajasi olti suv molekulali temir (II) kompleksiga nisbatan taxminan 40 marta kam. Temir (III) gidroksidi polimalьtozatidagi temir ichakda faol so'riladi.
So'rilishi

Temir (III) gidroksidi polimalьtozatidagi temir nazorat qilingan mexanizmga muvofiq so'riladi. Preparat qo'llanganidan so'ng qon zardobida temir miqdorini oshishi, gemoglobin (Hb) ga tizilib olgan modda sifatida aniqlangan temirni umumiy so'rilishi bilan mos kelmaydi. Radioizotop bilan nishonlangan temir (III) gidroksidi polimalьtozati bilan o'tkazilgan tadqiqotlar, temirni eritrotsitlarga kirishi va butun organizmdagi temir miqdori o'rtasida kuchli korrelyatsiya borligini aniqladi. Boshqa peroral temir preparatlari bilan bo'lgani kabi, temir (III) gidroksidi polimalьtozatidan, gemoglobin (Hb) ga tizilib olgan modda sifatida aniqlangan temirni nisbiy so'rilishi temirning dozasi oshgani sayin pasayib boradi. Bundan tashqari, temir tanqisligining yaqqollik darajasi (xususan, qon zardobida ferritinning kontsentratsiyasi) va so'rilgan temirning nisbiy miqdori o'rtasida korrelyatsiya kuzatilgan (ya'ni, temir tanqisligi qanchalik yaqqol namoyon bo'lsa, nisbiy so'rilish shunchalik yaxshi bo'ladi). Anemiyasi bo'lgan patsiyentlarda temir tuzlaridan farqli ravishda, temir (III) gidroksidi polimalьtozatidagi temirni so'rilishi ovqat bilan birga qabul qilinganda oshgan.

Taqsimlanishi

So'rilganidan keyin temir (III) gidroksidi polimalьtozatidagi temirni taqsimlanishi ikkilangan izotoplar (55Fe va 59Fe) texnikasini qo'llab o'tkazilgan tadqiqotlarda o'rganilgan.

Biotransformatsiyasi

So'rilgan temir transferrin bilan bog'lanadi va suyak ko'migida gemoglobin sintezi uchun
ishlatiladi yoki asosan jigarda saqlanadi va u yerda ferritin bilan bog'alanadi.
Chiqarilishi
So'rilmagan temir ichak orqali (ahlat bilan) chiqariladi.
Malьtofer® preparatining xavfsizligi va o'zlashtiraolinishi ko'pchilik klinik tadqiqotlarda baholangan. Ushbu tadqiqotlarda qayd etilgan asosiy noxush dori reaktsiyalari (NDR) quyidagi uchta tizim va a'zolarda o'rin tutgan.

Klinik tadqiqotlarda kuzatilgan noxush dori reaktsiyalari

A'zolar tizimi va

Juda tez-tez

Tez-tez

Tez-tez emas

sinfi

(≥1/10)

(≥1/100, <1/10)

(≥1/1000, <1/100)

Nerv tizimi tomonidan

-

-

Bosh og'rig'i

buzilishlar

Me'da-ichak yo'llari

Axlat rangini

Diareya, ko'ngil

Qusish, qabziyat,

tomonidan buzilishlar

o'zgarishi1

aynishi,

qorinda og'riq, tish

dispepsiya

rangini o'zgarishi2

Teri va teri osti

-

-

Toshma3 ,

to'qimalari tomonidan

qichishish

buzilishlar

1. Ko'pincha noxush holat sifatida (23% patsiyentlarda) qayd etilgan, bu peroral temir preparatlariga bo'lgan ma'lum NDR hisoblanadi.


2. Noxush holat sifatida 0,6% patsiyentda qayd etilgan va bu peroral temir preparatlariga bo'lgan ma'lum NDR hisoblanadi.


3. Shu jumladan ekzantema.

Noxush dori reaktsiyalari to'g'risida spontan postmarketing xabarlar Qo'shimcha noxush dori reaktsiyalari qayd etilmagan.

Laborator ko'rsatkichlarning o'zgarishlari

Ma'lumotlar yo'q.

Malьtofer® preparatini qabul qilish qandli diabeti bo'lgan patsiyentlarda insulinga bo'lgan sutkalik ehtiyojga ta'sir ko'rsatmasligi kerak deb taxmin qilinadi. Preparatning 1 ml tomchisi 0,01 non birligini saqlaydi.

Anemiya infektsion yoki o'sma kasalliklari oqibatida yuz berishi mumkin. Temirni faqat kasallikning asosiy sabablari bartaraf etilganidan keyingi qabul qilish mumkinligi tufayli, davolashning foyda/xavf nisbatini aniqlash kerak.

Malьtofer® preparati bilan davolanish vaqtida axlatni to'q rangga bo'yalishi aniqlanishi mumkin, biroq bu klinik ahamiyatga ega emas.
Malьtofer® tishlarga zarar keltirishi mumkin bo'lgan saxaroza saqlaydi.

Yordamchi moddalar natriy metilparagidroksibenzoati va natriy propilparagidroksibenzoati allergik reaktsiyalarni (ehtimol sekin avj oluvchi turdagi reaktsiyalarni) chaqirishi mumkin
Anemiyasiz temir tanqisligini (temirning latent tanqisligini) va klinik yaqqol temir tanqisligi anemiyasini davolashda qo'llaniladi (“Qo'llash usuli va dozalari” bo'limiga qarang).

Homiladorlik vaqtida va emizish davrida; tug'ruq yoshidagi ayollarda, o'smirlarda va kattalarda (masalan, vegetarianlarda va keksa odamlarda) temir tanqisligini oldini olish uchun qo'llaniladi.
Temir (III) gidroksidi polimalьtozatiga yoki har qanday yordamchi moddaga aniqlangan o'ta yuqori sezuvchanlik.

Temirning ortiqcha miqdori (masalan, gemosideroz va gemoxromatoz).

Temir utilizatsiyasini buzilishi (masalan, qo'rg'oshinli anemiya, sideroaxrestik anemiya, talassemiya).

Temir tanqisligi bilan bog'liq bo'lmagan anemiyalar (masalan: gemolitik anemiya yoki V12 vitamini yetishmovchiligi oqibatida chaqirilgan megaloblast anemiya).
Saxaraza-izomalьtaza tanqisligi, fruktozani o'zlashtira olmaslik, glyukozo-galaktoz malьabsorbtsiyada qo'llash mumkin emas.
Temir (III) gidroksidi polimalьtozatini tetratsiklin yoki alyuminiy gidroksidi bilan o'zaro ta'siri o'rganilgan. Tetratsiklinni so'rilishini jiddiy susayishi kuzatilmagan. Qon plazmasidagi tetratsiklin kontsentratsiyasi samarali darajadan pastga tushmagan. Temir (III) gidroksidi polimalьtozatidagi temirni so'rilishi alyuminiy gidroksidi yoki tetratsiklin ta'siri ostida pasaymagan. Shunday qilib, temir (III) gidroksidi polimalьtozatini tetratsiklin va boshqa fenol birikmalar, shuningdek alyuminiy gidroksidi bilan bir vaqtda qo'llash mumkin.

Kalamushlarda tetratsiklin, alyuminiy gidroksidi, atsetilsalitsil kislotasi, sulьfasalazin, kalьtsiy karbonati, kalьtsiy atsetati va D3 vitamini bilan majmuadagi kalьtsiy fosfati, bromazepam, magniy aspartati, D-penitsillamin, metildopa, paratsetamol va auranofinni qo'llab o'tkazilgan tadqiqotlarda temir (III) gidroksidi polimalьtozati bilan o'zaro ta'siri aniqlanmagan.

Shuningdek temir (III) gidroksidi polimalьtozatini fitin kislotasi, shovul kislotasi, tanin, natriy alьginati, xolin va xolin tuzlari, A vitamini, D3 vitamini, Ye vitamini, soya yog'i va soya uni kabi oziq-ovqat mahsulotlari komponentlari bilan o'zaro ta'siri qayd etilmagan. Ushbu natijalar temir (III) gidroksidi polimalьtozatini ovqat qabul qilish vaqtida yoki qabul qilish bilanoq darhol qabul qilish mumkinligidan dalolat beradi.

Preparatni qabul qilish yashirin qonni aniqlash taxlil (gemoglobinni selektiv aniqlash) natijalariga ta'sir ko'rsatmaydi, shuning uchun davolashni to'xtatish kerak emas.

Parenteral va peroral temir preparatlarini bir vaqtda qo'llashdan saqlanish kerak, chunki ichga qabul qilinadigan temirni so'rilishi sekinlashadi.

Ichga qabul qilish uchun buyuriladi.

Sutkalik dozani bir necha marta qabul qilish uchun bo'lish yoki bir martada qabul qilish mumkin.

Malьtofer® ni ovqat vaqtida yoki ovqatdan keyinoq qabul qilish kerak.

Malьtofer® ni meva va sabzavot sharbatlari yoki bolalar ovqati yoki bolalarning sutli aralashmasi yoki alkogolsiz ichimliklar bilan aralashtirish mumkin. Aralashmani biroz bo'yalishi sharbat/bolalar ozuqasining ta'miga xam, preparatning samaradorligiga ham ta'sir ko'rsatmaydi.

Preparatning dozasini aniq o'lchab olish uchun flakon/konteynerni (tubani) vertikal ushlash kerak. Tomchilar o'sha zahoti oqib chiqishi kerak. Agar bu holat yuz bermasa, flakonni/konteynerni (tubani) tomchi paydo bo'lgunicha biroz taqillatish kerak. Flakonni/konteynerni (tubani) chayqatmang.

Preparatning sutkalik dozasi temir tanqisligining darajasiga bog'liq (sutkalik dozalar jadvaliga qarang).

Болалар ва катталар учун ёшга мувофиқ суткалик дозалар жадвали

Беморлар тоифаси

Темир танқислиги

Анемиясиз темир

Темир


анемиясини

танқислигини

танқислигини


даволаш

даволаш

олдини олиш

Чала туғилган

Тана вазнининг кг га

-

-

болалар

1-2 томчи (2,5-5 мг




темир)



1 ёшгача бўлган

10-20 томчи

6-10 томчи

2-4 томчи

болалар

(25-50 мг темир)

(15-25 мг темир)

(5-10 мг темир)*

1 ёшдан 12 ёшгача

20-40 томчи

10-20 томчи

4-6 томчи

бўлган болалар

(50-100 мг темир)

(25-50 мг темир)

(10-15 мг темир)



12 ёшдан ошган

40-120 томчи

20-40 томчи

4-6 томчи

болалар, катталар ва

(100-300 мг темир)

(50-100 мг темир)

(10-15 мг темир)

эмизикли аёллар




Ҳомиладор аёллар

80-120 томчи

40 томчи

40 томчи


(200-300 мг темир)

(100 мг темир)

(100 мг темир)

Болалар ва катталарда темир танқислиги анемиясини даволаш

Гемоглобин (Hb) нинг нормал даражасига эришилгунича бўлган даволаш тахминан 3 ойдан 5 ойгача вақтни ташкил этади. Шундан сўнг даволашни, темир заҳираларини тўлдириш мақсадида анемиясиз темир танқислигини даволаш ҳолларида таърифланган дозада яна 1-2 ой давомида давом эттириш керак.

Ҳомиладорлик вақтида темир танқислиги анемиясини даволаш

Даволашни гемоглобин (Hb) миқдори нормаллашгунича давом эттириш керак. Шундан сўнг даволашни, заҳираларини тўлдириш ва ҳомиладорлик билан боғлиқ темирга бўлган юқори эҳтиёжни қондириш мақсадида анемиясиз темир танқислигини даволаш ҳолларида таърифланган дозада камида ҳомиладорликнинг охиригача давом эттириш керак.

Анемиясиз темир танқислигини даволаш ва олдини олиш Даволаш тахминан 1 ойдан 2 ойгача вақтни ташкил этади.

Malьtofer® preparatining dozasini oshirib yuborilishi, temir miqdorini oshib ketishi yoki intoksikatsiya ehtimoli kam, bu temir (III) gidroksidi polimalьtozatiiing kam zaharligi va temirni qamrab olinishini nazorati bilan bog'liq. O'lim bilan yakunlangan behosdan zaharlanish holatlari to'g'risida xabar berilmagan.
Homiladorlik vaqtida anemiyani davolashda Malьtofer® preparatini ichga terapevtik dozalarda qabul qilingandan so'ng jiddiy noxush reaktsiyalar to'g'risida hozirgi vaqtgacha xabarlar ketib tushmagan. Hayvonlarda o'tkazilgan tadqiqotlardan olingan ma'lumotlar homila va ona uchun xavfni ko'rsatmadi. Malьtofer® preparatini homiladorlikning I uch oyligida qo'llanishi yuzasidan klinik tadqiqotlarning ma'lumotlari yo'q.

Homilador ayollarda I uch oylikdan so'ng o'tkazilgan tadqiqotlarda, Malьtofer® preparatining onalar va/yoki yangi tug'ilgan chaqaloqlarga nisbatan xech qanday noxush samaralari aniqlanmagan. Shu boisdan Malьtofer® preparati qo'llanganda homilaga noxush ta'sir ehtimoli kam.

Emizish davri

Ayolning ko'krak suti laktoferrin bilan bog'langan temir saqlaydi. Temir (III) gidroksidi polimalьtozatidan ko'krak sutiga o'tuvchi temir miqdori noma'lum.

Emizayotgan ayollar tomonidan qo'llanayotgan Malьtofer® preparati bolada noxush samaralarga olib kelishi ehtimoli juda kam.

Ehtiyotkorlik chorasi sifatida tug'ruq yoshidagi ayollarga va homiladorlik va emizish davridagi ayollarga Malьtofer® preparatini faqat shifokor bilan maslahatlashgandan keyin qabul qilish kerak. Foyda va xavf nisbatini baholashni o'tkazish tavsiya qilinadi.
MALTOFER tomchilar dlya priema vnutr 30ml 50mg/ml qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

MALTOFER®

MALTOFER®

Preparatning savdo nomi:  Maltofer®

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): temir (III) gidroksidi polimaltozati

Dori shakli: sirop

Tarkibi:

1 ml preparat quyidagilarni saqlaydi:

faol modda:

temir (III) gidrooksidi polimaltozati                        35,7 mg

temirga qayta hisoblanganda                                           10,0 mg

yordamchi moddalar:

saxaroza                                                                                200,0 mg

70% li sorbitol eritmasi                                                400,0 mg

metilparagidroksibenzoat                                                           0,583 mg

propilparagidroksibenzoat                                             0,167 mg

96% li etanol                                                                     3,25 mg

kremli aromatizator                                                          3,0 mg

natriy gidroksidi                                                             rN 5,0-7,0 gacha

tozalangan suv                                                                     1 ml gacha.

Ta‘rifi: to‘q jigarrang rangli eritma.

Farmakoterapevtik guruhi: temir preparati.

ATX kodi: V03AV05.

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Ta‘sir mexanizmi

Temir (III) gidroksidi polimaltozatida ko‘p yadroli temir (III) gidroksidi tashqi tomondan polimaltozatning ko‘p sonli kovalent bog‘langan molekulalari bilan o‘ralgan bo‘lib, bu taxminan 50 kDa ga teng umumiy o‘rtacha molekulyar massani beradi. Temir (III) gidroksidi polimaltozatining ko‘p yadroli yadrosining tuzilishi fiziologik temir deposi – ferritin oqsili yadrosining strukturasiga o‘xshashdir. Temir (III) gidroksidi polimaltozati barqarordir va fiziologik sharoitlarda katta miqdorda temir ionlarini ajratib chiqarmaydi. O‘lchami tufayli, temir (III) gidroksidi polimaltozatining shilliq qavatlar orqali diffuziya darajasi olti suv molekulali temir (II) kompleksiga nisbatan taxminan 40 marta kam. Temir (III) gidroksidi polimaltozatidagi temir ichakda faol so‘riladi.

Farmakokinetikasi

So‘rilishi

Temir (III) gidroksidi polimaltozatidagi temir nazorat qilingan mexanizmga muvofiq so‘riladi. Preparat qo‘llanganidan so‘ng qon zardobida temir miqdorini oshishi, gemoglobin (Hb) ga tizilib olgan modda sifatida aniqlangan temirni umumiy so‘rilishi bilan mos kelmaydi. Radioizotop bilan nishonlangan temir (III) gidroksidi polimaltozati bilan o‘tkazilgan tadqiqotlar, temirni eritrositlarga kirishi va butun organizmdagi temir miqdori o‘rtasida kuchli korrelyasiya borligini aniqladi. Boshqa peroral temir preparatlari bilan bo‘lgani kabi, temir (III) gidroksidi polimaltozatidan, gemoglobin (Hb) ga tizilib olgan modda sifatida aniqlangan temirni nisbiy so‘rilishi temirning dozasi oshgani sayin pasayib boradi. Bundan tashqari, temir tanqisligining yaqqollik darajasi (xususan, qon zardobida ferritinning konsentrasiyasi) va so‘rilgan temirning nisbiy miqdori o‘rtasida korrelyasiya kuzatilgan (ya‘ni, temir tanqisligi qanchalik yaqqol namoyon bo‘lsa, nisbiy so‘rilish shunchalik yaxshi bo‘ladi). Anemiyasi bo‘lgan pasientlarda temir tuzlaridan farqli ravishda, temir (III) gidroksidi polimaltozatidagi temirni so‘rilishi ovqat bilan birga qabul qilinganda oshgan.

Taqsimlanishi

So‘rilganidan keyin temir (III) gidroksidi polimaltozatidagi temirni taqsimlanishi ikkilangan izotoplar (55Fe va 59Fe) texnikasini qo‘llab o‘tkazilgan tadqiqotlarda o‘rganilgan.

Biotransformasiyasi

So‘rilgan temir transferrin bilan bog‘lanadi va suyak ko‘migida gemoglobin sintezi uchun ishlatiladi yoki asosan jigarda saqlanadi va u yerda ferritin bilan bog‘lanadi.

Chiqarilishi

So‘rilmagan temir ichak orqali (ahlat bilan) chiqariladi.

Qo‘llanilishi:

  • Anemiyasiz temir tanqisligini (temirning latent tanqisligini) va klinik yaqqol temir tanqisligi anemiyasini davolashda qo‘llaniladi (“Qo‘llash usuli va dozalari” bo‘limiga qarang).
  • Homiladorlik vaqtida va emizish davrida, qon donorlikda, jadal o‘sish davrida, vegetarianlikda va keksa yoshdagi odamlarda temirga bo‘lgan yuqori ehtiyojda qo‘llaniladi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Ichga qabul qilish uchun buyuriladi.

Sutkalik dozani bir necha marta qabul qilish uchun bo‘lish yoki bir martada qabul qilish mumkin. Maltofer® ni ovqat vaqtida yoki ovqatdan keyinoq qabul qilish kerak.

Preparatning aniq dozasini Maltofer® sirop 10 mg/ml preparatiga ilova qilinadigan o‘lchov qalpoqchasi yordamida o‘lchab olish mumkin.

Maltofer® ni meva va sabzavot sharbatlari yoki bolalar ovqati yoki bolalarning sutli aralashmasi yoki alkogolsiz ichimliklar bilan aralashtirish mumkin. Aralashmani biroz bo‘yalishi preparatning samaradorligiga ham ta‘sir ko‘rsatmaydi.

Preparatning sutkalik dozasi temir tanqisligining darajasiga bog‘liq (sutkalik dozalar jadvaliga qarang).

Bolalar va kattalar uchun yoshga muvofiq sutkalik dozalar jadvali

Bemorlar toifasi Temir tanqisligi  anemiyasini davolash Anemiyasiz temir tanqisligini davolash Temir tanqisligini oldini olish
1 yoshgacha bo‘lgan bolalar 2,5-5 ml

(25-50 mg temir)

-*

(15-25 mg temir)

-*

 

1 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar 5-10 ml

(50-100 mg temir)

2,5-5 ml

(25-50 mg temir)

-*
12 yoshdan oshgan bolalar 10-30 ml

(100-300 mg temir)

5-10 ml

(50-100 mg temir)

-*
Kattalar va emizikli ayollar 10-30 ml

(100-300 mg temir)

5-10 ml

(50-100 mg temir)

5-10 ml

(50-100 mg temir)

Homilador ayollar 20-30 ml

(200-300 mg temir)

10 ml

(100 mg temir)

10 ml

(100 mg temir)

* Juda kichik dozalarni buyurish zarurati tufayli, bu ko‘rsatmalar bo‘yicha Maltofer® ichga qabul qilish uchun tomchilar, 50 mg/ml preparatini ishlatish tavsiya etiladi.

 

Bolalar va kattalarda temir tanqisligi anemiyasini davolash

Gemoglobin (Hb) ning normal darajasiga erishilgunicha bo‘lgan davolash taxminan 3 oydan 5 oygacha vaqtni tashkil etadi. Shundan so‘ng davolashni, temir zahiralarini to‘ldirish maqsadida anemiyasiz temir tanqisligini davolash hollarida ta‘riflangan dozada yana 1-2 oy davomida davom ettirish kerak.

Homiladorlik vaqtida temir tanqisligi anemiyasini davolash

Davolashni gemoglobin (Hb) miqdori normallashgunicha davom ettirish kerak. Shundan so‘ng davolashni, zahiralarini to‘ldirish va homiladorlik bilan bog‘liq temirga bo‘lgan yuqori ehtiyojni qondirish maqsadida anemiyasiz temir tanqisligini davolash hollarida ta‘riflangan dozada kamida homiladorlikning oxirigacha davom ettirish kerak.

Anemiyasiz temir tanqisligini davolash va oldini olish

Davolash taxminan 1 oydan 2 oygacha vaqtni tashkil etadi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Maltofer® preparatining xavfsizligi va o‘zlashtira olinishi ko‘pchilik klinik tadqiqotlarda baholangan. Ushbu tadqiqotlarda qayd etilgan asosiy noxush dori reaksiyalari (NDR) quyidagi uchta tizim va a‘zolarda o‘rin tutgan.

Klinik tadqiqotlarda kuzatilgan noxush dori reaksiyalari

A‘zolar tizimi va sinfi Juda tez-tez (≥1/10) Tez-tez

(≥1/100, <1/10)

Tez-tez emas (≥1/1000, <1/100)
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar Bosh og‘rig‘i
Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar Ahlat rangini o‘zgarishi1 Diareya, ko‘ngil aynishi, dispepsiya Qusish, qabziyat, qorinda og‘riq, tish rangini o‘zgarishi2
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar Toshma3 ,

Qichishish

  1. Ko‘pincha noxush holat sifatida (23% pasientlarda) qayd etilgan, bu peroral temir preparatlariga bo‘lgan ma‘lum NDR hisoblanadi.
  2. Noxush holat sifatida 0,6% pasientda qayd etilgan va bu peroral temir preparatlariga bo‘lgan ma‘lum NDR hisoblanadi.
  3. Shu jumladan ekzantema.

Noxush dori reaksiyalari to‘g‘risida spontan postmarketing xabarlar

Qo‘shimcha noxush dori reaksiyalari qayd etilmagan.

Laborator ko‘rsatkichlarning o‘zgarishlari

Ma‘lumotlar yo‘q.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • Temir (III) gidroksidi polimaltozatiga yoki har qanday yordamchi moddaga aniqlangan o‘ta yuqori sezuvchanlik.
  • Temirning ortiqcha miqdori (masalan, gemosideroz va gemoxromatoz).
  • Temir utilizasiyasini buzilishi (masalan, qo‘rg‘oshinli anemiya, sideroaxrestik anemiya, talassemiya).
  • Temir tanqisligi bilan bog‘liq bo‘lmagan anemiyalar (masalan: gemolitik anemiya yoki V12 vitaminining yetishmovchiligi oqibatida chaqirilgan megaloblast anemiya).
  • Saxaraza-izomaltaza tanqisligi, fruktozani o‘zlashtira olmaslik, glyukozo-galaktoz malabsorbsiya.

Ehtiyotkorlik bilan

Etanol saqlaydi, shuning uchun preparat jigar kasalliklari, alkogolizmi bo‘lgan pasientlarga, bosh-miya jarohatida yoki bosh miya kasalliklari bo‘lgan pasientlarda ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Temir (III) gidroksidi polimaltozatini tetrasiklin yoki alyuminiy gidroksidi bilan o‘zaro ta‘siri o‘rganilgan. Tetrasiklinni so‘rilishini jiddiy susayishi kuzatilmagan. Qon plazmasidagi tetrasiklin konsentrasiyasi samarali darajadan pastga tushmagan. Temir (III) gidroksidi polimaltozatidagi temirni so‘rilishi alyuminiy gidroksidi yoki tetrasiklin ta‘siri ostida pasaymagan. Shunday qilib, temir (III) gidroksidi polimaltozatini tetrasiklin va boshqa fenol birikmalar, shuningdek alyuminiy gidroksidi bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin.

Kalamushlarda tetrasiklin, alyuminiy gidroksidi, asetilsalisil kislotasi, sulfasalazin, kalsiy karbonati, kalsiy asetati va D3 vitamini bilan majmuadagi kalsiy fosfati, bromazepam, magniy aspartati, D-penisillamin, metildopa, parasetamol va auranofinni qo‘llab o‘tkazilgan tadqiqotlarda temir (III) gidroksidi polimaltozati bilan o‘zaro ta‘siri aniqlanmagan.

Shuningdek temir (III) gidroksidi polimaltozatini fitin kislotasi, shovul kislotasi, tanin, natriy alginati, xolin va xolin tuzlari, A vitamini, D3 vitamini, Ye vitamini, soya yog‘i va soya uni kabi oziq-ovqat mahsulotlari komponentlari bilan o‘zaro ta‘siri qayd etilmagan. Ushbu natijalar temir (III) gidroksidi polimaltozatini ovqat qabul qilish vaqtida yoki qabul qilish bilanoq darhol qabul qilish mumkinligidan dalolat beradi.

Preparatni qabul qilish yashirin qonni aniqlash tahlil (gemoglobinni selektiv aniqlash) natijalariga ta‘sir ko‘rsatmaydi, shuning uchun davolashni to‘xtatish kerak emas.

Parenteral va peroral temir preparatlarini bir vaqtda qo‘llashdan saqlanish kerak, chunki ichga qabul qilinadigan temirni so‘rilishi sekinlashadi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparatning sutkalik dozasi 0,008 g dan (2,5 ml li doza) 0,1 g gacha (30 ml li doza) miqdorda etanol saqlaydi. Preparatni qandli diabeti bo‘lgan pasientlarga buyurganda,
1 ml sirop 0,04 non birligini saqlashini hisobga olish kerak.

Anemiya infeksion yoki o‘sma kasalliklari oqibatida yuz berishi mumkin. Temirni faqat kasallikning asosiy sabablari bartaraf etilganidan keyingi qabul qilish mumkinligi tufayli, davolashning foyda/xavf nisbatini aniqlash kerak.

Maltofer® preparati bilan davolanish vaqtida axlatni to‘q rangga bo‘yalishi aniqlanishi mumkin, biroq bu klinik ahamiyatga ega emas.

Maltofer® tishlarga zarar keltirishi mumkin bo‘lgan saxaroza saqlaydi.

Yordamchi moddalar natriy metilparagidroksibenzoati va natriy propilparagidroksibenzoati allergik reaksiyalarni (ehtimol sekin avj oluvchi turdagi reaksiyalarni) chaqirishi mumkin

Homiladorlikda va laktasiya davrida qo‘llanishi

Homiladorlik

Homiladorlik vaqtida anemiyani davolashda Maltofer® preparatini ichga terapevtik dozalarda qabul qilingandan so‘ng jiddiy noxush reaksiyalar to‘g‘risida hozirgi vaqtgacha xabarlar ketib tushmagan. Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlardan olingan ma‘lumotlar homila va ona uchun xavfni ko‘rsatmadi. Maltofer® preparatini homiladorlikning I uch oyligida qo‘llanishi yuzasidan klinik tadqiqotlarning ma‘lumotlari yo‘q.

Homilador ayollarda I uch oylikdan so‘ng o‘tkazilgan tadqiqotlarda, Maltofer® preparatining onalar va/yoki yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga nisbatan hech qanday noxush samaralari aniqlanmagan. Shu boisdan Maltofer® preparati qo‘llanganda homilaga noxush ta‘sir ehtimoli kam.

Emizish davri

Ayolning ko‘krak suti laktoferrin bilan bog‘langan temir saqlaydi. Temir (III) gidroksi-

di polimaltozatidan ko‘krak sutiga o‘tuvchi temir miqdori noma‘lum. Emizayotgan ayollar tomonidan qo‘llanayotgan Maltofer® preparati bolada noxush samaralarga olib kelishi ehtimoli juda kam.

Ehtiyotkorlik chorasi sifatida tug‘ruq yoshidagi ayollarga va homiladorlik va emizish davridagi ayollarga Maltofer® preparatini faqat shifokor bilan maslahatlashgandan keyin qabul qilish kerak. Foyda va xavf nisbatini baholashni o‘tkazish tavsiya qilinadi.

Avtomobillarni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Ma‘lumotlar yo‘q. Maltofer® preparati transport vositalari, mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘sir ko‘rsatish ehtimoli kam.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Maltofer® preparatining dozasini oshirib yuborilishi, temir miqdorini oshib ketishi yoki intoksikasiya ehtimoli kam, bu temir (III) gidroksidi polimaltozatiiing kam zaharligi va temirni qamrab olinishini nazorati bilan bog‘liq. O‘lim bilan yakunlangan behosdan zaharlanish holatlari to‘g‘risida xabar berilmagan.

Chiqarilish shakli

Sirop 10 mg/ml.

75 ml yoki 150 ml dan birinchi ochish nazoratiga ega, yuqori bosimli polietilen buraladigan qopqoq bilan yopilgan va qopqoqqa kiydirilgan o‘lchov qopqoqchasi bilan to‘q rangli shisha flakonlarda.

Bir flakondan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

Saqlash sharoiti

Yorug‘likdan himoyalangan joyda 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

MALTOFER tomchilar dlya priema vnutr 30ml 50mg/ml dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
MALTOFER tomchilar dlya priema vnutr 30ml 50mg/ml dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
MALTOFER tomchilar dlya priema vnutr 30ml 50mg/ml dori vositasi Vifor (International) Inc, Швейцария произведено: Vifor SA tomonidan Shveytsariya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
MALTOFER tomchilar dlya priema vnutr 30ml 50mg/ml dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
MALTOFER tomchilar dlya priema vnutr 30ml 50mg/ml dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
ENOFER tabletkalari N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Pokiston
  • Faol modda: железа (III) гидроксид полимальтозат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: English Pharmaceutical Industries
ENOFER sirop 120ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Pokiston
  • Faol modda: железа (III) гидроксид полимальтозат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: English Pharmaceutical Industries
Narh: 39 000 so'mdan Batafsil
ENOFER tabletkalari N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Pokiston
  • Faol modda: железа (III) гидроксид полимальтозат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: English Pharmaceutical Industries
FERSINOL inyeksiya uchun eritma 2ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: железа (III) гидроксид полимальтозат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ilac San. Ve Tic. A.S., Турция произведено: Idol Ilac Dolum San. Ve Tic. A.S.
Narh: 90 000 so'mdan Batafsil
FERRUM LEK konsentrat 5ml 100mg/5ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: железа (III) гидроксид полимальтозат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Lek Pharmaceuticals d.d., Словения произведено: Salutas Pharma GmbH
FEROFORT va sirop 200ml 50mg/5ml (Sotish taqiqlangan)
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: железа (III) гидроксид полимальтозат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Marion Biotech Pvt. Ltd.
ROTAFER PLYUS kapsulalar N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Bolgariya
  • Faol modda: железа (III) гидроксид полимальтозат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rotapharm Limited, Великобритания произведено: Adipharm Ltd
  • Vakil: Rotapharm
Narh: 29 900 so'mdan Batafsil
ASKOFER inyeksiya uchun eritma 2ml 100mg/2ml N3
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: железа (III) гидроксид полимальтозат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group СП OOO
FERRUM LEK tabletkalari 100mg N30
Narh: 78 700 so'mdan Batafsil
FERRUM LEK sirop 100ml 50mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: железа (III) гидроксид полимальтозат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Lek Pharmaceuticals d.d., Словения произведено: Sandoz Ilac Sanayi ve Ticaret A.S.
  • Vakil: Sandoz Pharmaceuticals d.d.
FERMED inyeksiya uchun eritma 5ml 20mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: железа (III) гидроксид полимальтозат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: MEDICE Arzneimittel Putter GmbH & Co. KG, Германия произведено: Solupharm Pharmazeutische Erzeugnisse GmbH
  • Vakil: Medice
Narh: 432 000 so'mdan Batafsil
MALTOFER tabletkalari 100mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Shveytsariya
  • Faol modda: железа (III) гидроксид полимальтозат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Vifor (International) Inc, Швейцария произведено: Vifor SA
Narh: 79 000 so'mdan Batafsil
MALTOFER sirop 150ml 10mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Shveytsariya
  • Faol modda: железа (III) гидроксид полимальтозат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Vifor (International) Inc, Швейцария произведено: Vifor SA
Narh: 62 000 so'mdan Batafsil
GEMBAG inyeksiya uchun eritma 2ml 100mg/2ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: железа (III) гидроксид полимальтозат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Dr Sertus İlaç Sanayi ve Ticaret Limited Şirketi
  • Vakil: Dr.Sertus
Ishlab chiqaruvchining dorilari
MALTOFER tabletkalari 100mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Shveytsariya
  • Faol modda: железа (III) гидроксид полимальтозат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Vifor (International) Inc, Швейцария произведено: Vifor SA
Narh: 79 000 so'mdan Batafsil
MALTOFER sirop 150ml 10mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Shveytsariya
  • Faol modda: железа (III) гидроксид полимальтозат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Vifor (International) Inc, Швейцария произведено: Vifor SA
Narh: 62 000 so'mdan Batafsil
Другие формы препарата
MALTOFER sirop 150ml 10mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Shveytsariya
  • Faol modda: железа (III) гидроксид полимальтозат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Vifor (International) Inc, Швейцария произведено: Vifor SA
MALTOFER tabletkalari 100mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Shveytsariya
  • Faol modda: железа (III) гидроксид полимальтозат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Vifor (International) Inc, Швейцария произведено: Vifor SA
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9