×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

MEDAMIN tabletkalari 100mg N10

Kategoriya:
- Antiparazitik dorilar
Ishlab chiqarilish joyi:
- O'zbekiston
Faol modda:
медамин
Qadoqda soni:
- 10
Ishlab chiqaruvchi:
- Radiks, НПП
ATX kodi:
- P02CA01
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

ZENTOKS NV tabletkalari 400mg N6 Theragen Etex Co., Ltd. Koreya
MEBENDAZOL tabletkalari 100 mg/500 mg N10 Арпимед, ООО Armaniston
23 500 s`om dan
GELMADOL tabletkalari 200mg N2 World Medicine, Англия произведено: E.I.P.I.Co. Misr
23 500 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
MEDAMIN tabletkalari 100mg N10 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

MEDAMIN

MEDAMINUM

 

Preparatning savdo nomi: Medamin

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): medamin (2-metoksikarbonilaminobenzimidazol)

Dori shakli: tabletkalar

Tarkibi:

bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: medamin (karbendasim) – 100 mg;

yordamchi moddalar: sut qandi, kartoshka kraxmali, stearin kislotasi.

Ta‘rifi: oq rangli yoki oq sarg‘ish yoki qizg‘ish tusli bo‘lgan tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: Antigelmint vosita.

Kod ATX: R02SA01

 

Farmakologik xususiyatlari

Ichak nematodalariga nisbatan gelmintlarga qarshi keng ta‘sir doirasiga ega. Preparat jinsiy jihatdan yetilgan nematodalarga qaraganda, lichinka bosqichidagilarga yuqoriroq faollikni namoyon qiladi. Gelmintning qobig‘i orqali o‘tadi va uning mushaklarini falajlaydi, natijada u ichakda fiksasiya bo‘lish qobiliyatini yo‘qotadi. Medaminning nematodalarga qarshi faolligi, uning dozasi bilan bevosita bog‘liqligi aniqlangan – sutkalik doza oshgan sari, preparatning samarasi ham oshadi.

 

Farmakokinetikasi

Qo‘llanganda me‘da-ichak yo‘llaridan deyarli so‘rilmaydi va axlat orqali o‘zgarmagan holda chiqariladi.  

 

Qo‘llanilishi

Preparat askaridalar (askaridoz), ankilostomidlar (ankilostomidoz), ostrisalar (enterobioz), trixosefalyoz, strongiloidozlar chaqirgan ichak nematodozalarini davolash uchun qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Kattalar va bolalarga ovqatdan keyin, sutkada tana massasining 10 mg/kg nisbatida ichga qabul qilish uchun buyuriladi. Davolash kursi enterobiozda bir kun va boshqa nematodozalarda uch kun. Tabletkalar chaynaladi va ozgina miqdordagi suv bilan ichiladi. Preparat qabul qilingandan keyin surgi vositasi buyurilmaydi. Maxsus parhez talab etilmaydi.

Tana vazniga ko‘ra quyidagi dozalar buyuriladi:

Bemorning tana

vazni (kg)

Sutkada tabletkalar

soni

           Sutkadagi miqdori (mg)
10 1 100
20 2 200
30 3 300
40 4 400
50 5 500
60 va yuqori 6 600

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Ko‘ngil aynishi, kuchsiz holsizlik, terida qichishish va toshma ko‘rinishidagi allergik holatlar bo‘lishi mumkin. Odatda, nojo‘ya reaksiyalari sust seziladi va maxsus davolashni talab qilmaydi. Allergik holatlar yuz berganda preparatni qo‘llash to‘xtatiladi. Yuqori intensiv invaziyada, kam hollarda askaridalarni retrograd migrasiyasi kuzatilishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Jigar funksiyasining yaqqol buzilishlari, homiladorlik, laktasiya (emizish), preparatni shaxsiy o‘zlashtiraolmaslik, medaminga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Uzoq muddat qo‘llanganda periferik qon manzarasini, jigar funksiyasini nazorat qilish lozim.

Medamin qabul qilingandan keyin bir sutka davomida alkogol iste‘mol qilishga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Medamin qabul qilingandan keyin surgi vositasi qo‘llanilmasin.

Davolash tugagandan keyin  anal sohasidan olingan surtmalar va axlatni vaqti-vaqti bilan tekshirish zarur (oxirgi yetti kun davomida gelmintlar yoki ularning tuxumlari yo‘q bo‘lganda davolash samarali hisoblanadi).

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach  ishlatilmasin.

Chiqarilish shakli

100 mg dan tabletkalar 10 donadan kontur uyasiz, kontur uyali o‘ramda.

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

MEDAMIN tabletkalari 100mg N10 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
MEDAMIN tabletkalari 100mg N10 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
MEDAMIN tabletkalari 100mg N10 dori vositasi Radiks, НПП tomonidan O'zbekiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
MEDAMIN tabletkalari 100mg N10 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
MEDAMIN tabletkalari 100mg N10 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
REOPOLIGLYUKIN infuziya uchun eritma 200ml
Narh: 16 500 so'mdan Batafsil
KETOPROFEN gel 50g 2,5%
Narh: 19 000 so'mdan Batafsil
KETOPROFEN gel 30g 2,5%
Narh: 13 500 so'mdan Batafsil
LINIMENT BALZAMICHESKIY PO VISHNEVSKOMU maz 30g
Narh: 4 928 so'mdan Batafsil
GLISIN tabletkalari 100mg N50
Narh: 4 500 so'mdan Batafsil
VALERIANI nastoyka 50ml
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
IBUPROFEN suspenziya 100ml 100mg/5ml
Narh: 6 700 so'mdan Batafsil
ASKORUTIN tabletkalari N10
Narh: 1 400 so'mdan Batafsil
BISOPROLOL tabletkalari 10mg N30
Narh: 6 000 so'mdan Batafsil
BISOPROLOL tabletkalari 2,5mg N30
Narh: 3 000 so'mdan Batafsil
GLISERIN suppozitorii 2,11g N10
Narh: 6 700 so'mdan Batafsil
DISOL eritma 200ml
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
ASESOL eritma 200ml
Narh: 2 800 so'mdan Batafsil
SINTOMISINA liniment 25g 10%
Narh: 5 600 so'mdan Batafsil
LEVOFLOKSASIN eritma 100ml 0,5%
Narh: 6 570 so'mdan Batafsil
LEVOFLOKSASIN kapsulalar 500mg N10
Narh: 16 000 so'mdan Batafsil
LEVOFLOKSASIN kapsulalar 250mg N10
Narh: 8 000 so'mdan Batafsil
JENSHENYA nastoyka 25ml
Narh: 11 200 so'mdan Batafsil
KAMFORNAYA maz 25g 10%
Narh: 2 650 so'mdan Batafsil
NEYROMAK eritma 500mg/4ml N5
AZITROMISIN kapsulalar 500mg N10
Narh: 7 000 so'mdan Batafsil
NIMESULID poroshok 100mg 100 mg/2 g N30
LORINGOSEPT tabletkalari N6
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9