Medaminning aptekalardagi narxlari
MEDAMIN tabletkalari 100mg N20
|
|
26 ta dorixonada bor
|
7 200 so'mdan
Dorixonadan topish
|
7 800 so'mdan
Bron qilish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
Medamin ko'rsatmalar
Umumiy ma'lumot
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
MEDAMIN
MEDAMINUM
Preparatning savdo nomi: Medamin
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): medamin (2-metoksikarbonilaminobenzimidazol)
Dori shakli: tabletkalar
Tarkibi:
bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: medamin (karbendasim) – 100 mg;
yordamchi moddalar: sut qandi, kartoshka kraxmali, stearin kislotasi.
Ta‘rifi: oq rangli yoki oq sarg‘ish yoki qizg‘ish tusli bo‘lgan tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi: Antigelmint vosita.
Kod ATX: R02SA01
Farmakologik xususiyatlari
Ichak nematodalariga nisbatan gelmintlarga qarshi keng ta‘sir doirasiga ega. Preparat jinsiy jihatdan yetilgan nematodalarga qaraganda, lichinka bosqichidagilarga yuqoriroq faollikni namoyon qiladi. Gelmintning qobig‘i orqali o‘tadi va uning mushaklarini falajlaydi, natijada u ichakda fiksasiya bo‘lish qobiliyatini yo‘qotadi. Medaminning nematodalarga qarshi faolligi, uning dozasi bilan bevosita bog‘liqligi aniqlangan – sutkalik doza oshgan sari, preparatning samarasi ham oshadi.
Farmakokinetikasi
Qo‘llanganda me‘da-ichak yo‘llaridan deyarli so‘rilmaydi va axlat orqali o‘zgarmagan holda chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Preparat askaridalar (askaridoz), ankilostomidlar (ankilostomidoz), ostrisalar (enterobioz), trixosefalyoz, strongiloidozlar chaqirgan ichak nematodozalarini davolash uchun qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Kattalar va bolalarga ovqatdan keyin, sutkada tana massasining 10 mg/kg nisbatida ichga qabul qilish uchun buyuriladi. Davolash kursi enterobiozda bir kun va boshqa nematodozalarda uch kun. Tabletkalar chaynaladi va ozgina miqdordagi suv bilan ichiladi. Preparat qabul qilingandan keyin surgi vositasi buyurilmaydi. Maxsus parhez talab etilmaydi.
Tana vazniga ko‘ra quyidagi dozalar buyuriladi:
Bemorning tana
vazni (kg) |
Sutkada tabletkalar
soni |
Sutkadagi miqdori (mg) |
10 | 1 | 100 |
20 | 2 | 200 |
30 | 3 | 300 |
40 | 4 | 400 |
50 | 5 | 500 |
60 va yuqori | 6 | 600 |
Nojo‘ya ta‘sirlari
Ko‘ngil aynishi, kuchsiz holsizlik, terida qichishish va toshma ko‘rinishidagi allergik holatlar bo‘lishi mumkin. Odatda, nojo‘ya reaksiyalari sust seziladi va maxsus davolashni talab qilmaydi. Allergik holatlar yuz berganda preparatni qo‘llash to‘xtatiladi. Yuqori intensiv invaziyada, kam hollarda askaridalarni retrograd migrasiyasi kuzatilishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Jigar funksiyasining yaqqol buzilishlari, homiladorlik, laktasiya (emizish), preparatni shaxsiy o‘zlashtiraolmaslik, medaminga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Maxsus ko‘rsatmalar
Uzoq muddat qo‘llanganda periferik qon manzarasini, jigar funksiyasini nazorat qilish lozim.
Medamin qabul qilingandan keyin bir sutka davomida alkogol iste‘mol qilishga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Medamin qabul qilingandan keyin surgi vositasi qo‘llanilmasin.
Davolash tugagandan keyin anal sohasidan olingan surtmalar va axlatni vaqti-vaqti bilan tekshirish zarur (oxirgi yetti kun davomida gelmintlar yoki ularning tuxumlari yo‘q bo‘lganda davolash samarali hisoblanadi).
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Chiqarilish shakli
100 mg dan tabletkalar 10 donadan kontur uyasiz, kontur uyali o‘ramda.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha
Chiqarish shakllari