Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
MYeLDONIY
MELDONIUM
Preparatning savdo nomi: Meldoniy
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): meldoniy
Dori shakli: mushak ichiga va vena ichiga yuborish uchun eritma
Tarkibi:
1 ampula quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: meldoniy – 500,0 mg;
yordamchi modda: in‘eksiya uchun suv.
Ta‘rifi: tiniq, rangsiz eritma
Farmakoterapevtik guruhi: metabolik jarayonlarni muvofiqlashtirish uchun vosita.
ATX kodi: S01YeV
Farmakologik xususiyatlari
Meldoniy karnitinning o‘tmishdoshi bo‘lib, gamma butirobetainning (GBB) strukturali analogi bo‘lib, unda azot atomiga bir atom uglerod qo‘shilgan.
Meldoniy gamma butirobetaingidroksilazani qaytuvchan ingibisiya qilib, karnitin biosintezini kamaytiradi va xujayra qobig‘i orqali uzun zanjirli yog‘ kislotalarini tashilishiga to‘sqinlik qiladi, shu tarzda xujayralarda kuchli detergentlar – oksidlanmagan yog‘ kislotalarining faol shakllarini to‘planishiga to‘sqinlik qilib, xujayra membranalarining shikastlanishini oldini oladi.
Ishemiya sharoitlarida karnitin konsentrasiyasi kamayganida yog‘ kislotalarining β-oksidasiyasi kechikadi va xujayralarda kislorodga ehtiyoj oshadi, glyukozani oksidlanishi rag‘batlantiriladi va ATF ning biosintez joyidan (mitoxondriyalar) zarur bo‘lgan joyigacha (sitozol) yetkazilishi yangilanadi. Asosan xujayralar ozuqa moddalari va kislorod bilan to‘yinadi, shuningdek ushbu moddalarni ishlatilishi ko‘payadi.
O‘z navbatida karnitin, GBB avlodining biosintezi ko‘payganida, NO-sintetaza faollanadi, buning natijasida qonning reologik xususiyati yaxshilanadi va qon tomirlarning periferik qarshiligi kamayadi.
Meldoniyning konsentrasiyasi kamayganida, karnitinning biosintezi yana kuchayadi va xujayralarda yog‘ kislotalarining miqdori oshadi.
Xujayra yuklamaga chidamliligini oshishi Meldoniyning ta‘siri samarasi hisoblanadi (yog‘ kislotalarining miqdori o‘zgarganida).
Yurak–qon tomir tizimiga ta‘siri
Dori vositasi miokardning qisqarish qobiliyatiga ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi, miokardioprotektor ta‘sir ko‘rsatadi (shu jumladan, katexolaminlar va alkogol) va yurak aritmiyalari va miokard infarktini kelib chiqish xavfini kamaytiradi.
Yurak ishemik kasalligi (stabil stenokardiya):
Meldoniy boshqa antianginal preparatlar bilan birgalikda stenokardiya xurujlari tez-tezligini va jadalligini, shuningdek qabul qilingan nitrogliserinning miqdorini kamaytiradi. Meldoniy tinch holatda kislorodga bo‘lgan ehtiyojni kamaytiradi. Meldoniy antiaritmik samara ko‘rsatish qobiliyatiga ega. U aritmiyali yurak kasalligida, ayniqsa qorinchalar ekstrasistoliyasida samaralidir va supraventrikulyar ekstrasistoliyada kam samarali.
Surunkali yurak yetishmovchiligi:
Meldoniy jismoniy zo‘riqishga chidamlilikni oshiradi, NYHA tasnifi bo‘yicha yurak yetishmovchiligining I-III funksional sinfini davolashda samarali hisoblanadi, bunda pasientlarning hayot ko‘rsatkichlari yaxshilanadi.
Markaziy nerv tizimiga ta‘siri:
Bosh miyada qon aylanishini o‘tkir va surunkali ishemik buzilishlarida meldoniy ishemiya o‘chog‘ida qon aylanishini yaxshilaydi, ishemiyaga uchragan sohaga qonni qayta taqsimlaydi, gipoksiya sharoitida neyronlarni chidamliligini oshiradi. Meldoniy markaziy nerv tizimiga rag‘batlantiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi, shuningdek simpato-adrenal tizimini rag‘batlantirishda, stressga qarshi bosh miyada va buyrak usti bezida katexolaminlarni to‘planishida ta‘sir qiladi, stress vaqtida organizmdagi o‘zgarishlardan himoya qiladi. Jismoniy ish qobiliyatini tiklashda ta‘sir ko‘rsatadi, bosh miyada o‘tkazilgan operasiyalardan keyin, jarohatlar va serebrovaskulyar kasalliklardan keyingi funksional buzilishlarni barataraf etadi. Fikrlash faoliyatlarini tiklashda ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi. Meldoniy bosh miyada nervlarni shikastlanishini va reflektor bezilishlarni kamaytiradi, ruhiy e‘tiborni va vegetativ funksiyalarni tiklaydi. Tana vazniga ta‘sir ko‘rsatmaydi.
Qo‘llanilishi
Meldoniy quyidagi holatlarda majmuaviy davolash tarkibida qo‘llaniladi:
Qo‘llash usuli va dozalari
Qo‘zg‘atuvchi samarasini rivojlanishi ehtimolini nazarda tutib, kunning birinchi yarmida qo‘llash tavsiya etiladi.
Yurak–qon tomir kasalliklarida (majmuaviy davolash tarkibida): vena ichiga sutkada 0,5-1,0 g dan, so‘ngra peroral dori shaklini qabul qilishga o‘tiladi (ichga 250 mg dan; sutkada 500-1000 mg). Davolash kursining davomiyligi 4-6 haftani tashkil qiladi. Bosh miyada qon aylanishini o‘tkir va surunkali ishemik buzilishlarida: vena ichiga 500 mg dan kuniga 1 marta, 2-3 hafta davomida buyuriladi. Davolash peroral dori shaklini
(250 mg) sutkada 500 mg dan qo‘llash bilan davom ettiriladi. Davolashning o‘rtacha davomiyligi 6 haftani tashkil qiladi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Sanab o‘tilgan nojo‘ya samaralar a‘zolar tizimi guruhlariga muvofiq tasniflangan; uchrash tez-tezligi ko‘rsatmalarida quyidagi tasnifdan foydalaniladi; juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100, <1/10), tez-tez emas (≥1/1000, <1/100), kam hollarda (≥1/10000, <1/1000), juda kam hollarda (<1/10000), shu jumladan alohida holatlar; noma‘lum (mavjud ma‘lumotlar asosida uchrash tez-tezligini aniqlash mumkin emas).
Qon va limfatik tizimi tomonidan: eozinofiliya*.
Immun tizimi tomonidan: tez-tez: allergik reaksiyalar
Yurak funksiyani buzilishlari: alohida hollarda: taxikardiya.
Qon tomir tizimini buzilishlari: alohida hollarda: arterial bosimini pasayishi.
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar: tez-tez: bosh og‘rig‘i; qo‘zg‘aluvchanlik*.
*Noma‘lum.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
O‘ta yuqori sezuvchanlik, bosh miya ichki bosimini oshishi (venoz oqimini buzilishi va
bosh miya ichidagi o‘smalarda), og‘ir jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligi, homiladorlik, laktasiya davrida qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Meldoniyni Meldonium saqlaydigan boshqa dori preparatlari bilan bir vaqtda qo‘llashdan saqlanish lozim, chunki nojo‘ya samaralarni rivojlanish xavfi oshishi mumkin. Meldoniyni nitratlar va boshqa antianginal vositalar, antikoagulyantlar, antiagregantlar, antiaritmik vositalar, yurak glikozidlari va mikrosirkulyasiyani yaxshilovchi diuretik preparatlar bilan birga qo‘llash mumkin. Meldoniy nitrogliserin, nifedipin, beta adrenoblokatorlar, boshqa gipertenziv vositalar va periferik vazodilatorlarning ta‘sirini kuchaytirishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Anamnezida jigar va buyrak funksiyaning surunkali kasalliklari bo‘lgan pasientlarda dori vositasini qo‘llanganida ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim, jigar va buyrak funksiyani nazorati zarur.
Dori vositasini 18 yoshdan kichik bolalarda, ushbu yosh guruhida xavfsizlik va samarasi haqidagi ma‘lumotlarning yo‘qligi tufayli, preparatni qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Kardiologiya bo‘limlarida o‘tkir miokard infarktini va nostabil stenokardiyani ko‘p yillik davolash tajribasi meldoniy o‘tkir koronar sindromida birinchi qator preparati bo‘lib hisoblanmasligini ko‘rsatdi va uni qo‘llash zarur preparat hisoblanmaymi.
Homiladorlik vaqtida va laktasiya davrida qo‘llanilishi. Preparatni homiladorlik vaqtida qo‘llash xavfsizligi isbotlanmagan. Homilaga nojo‘ya ta‘siridan saqlanish uchun, homiladorlik vaqtida dori vositasi buyurilmaydi. Preparat ko‘krak sutiga ajralib chiqishi noma‘lum. Agar ona uchun meldoniy bilan davolanishning zarurati bo‘lsa, u holda bolani emizishni to‘xtatish lozim.
Avtotransportni va boshqa potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri. Psixomotor reaksiyalar tezligiga meldoniyning nohush ta‘siri xaqida ma‘lumotlar yo‘q.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng qo‘llanmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Meldoniy bilan dozani oshirib yuborilishi holatlari to‘g‘risida xabar berilmagan. Preparat kam zaharli va jiddiy nojo‘ya samaralarni chaqirmaydi. Arterial qon bosimini tez pasayishi holatida simptomatik davolash o‘tkazish lozim. Dozani oshirib yuborilishining og‘ir holatlarida jigar va buyrak funksiyani nazorat qilish lozim.
Chiqarilish shakli
5 ml dan ampulalarda, 5 ampuladan kontur uyali o‘ramlarda, 2 kontur uyali o‘ramlar qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Muzlatilmasin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Shifokor resepti bo‘yicha.