×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

MEMIBEL-l suppozitoriyalar 750mg / 200mg / 100mg N7

Kategoriya:
- Ginekologik dorilar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Faol modda:
Метронидазол, Лидокаин, Миконазола нитрат
Qadoqda soni:
- 7
Ishlab chiqaruvchi:
- BELINDA Laboratories PVT. LTD.
Vakil:
- VEGAPHARM
ATX kodi:
- G01AF20
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish
O'zbekiston Respublikasi dorilar reestri ro'yxatidan o'tgan
Toshkentning 1 ta dorixonasida topildi

ico 100 800 s`om dan

Dorixonalardan izlash

O'xshash dorilar

LEUKEYR kapsulalar N30 Shrey Nutraceuticals & Herbals Pvt. Ltd. Hindiston
PIMAFUSIN suppozitorii 100mg N3 Leo Pharma A/S, Дания произведено: Temmler Italia S.r.L. Italiya
99 799 s`om dan
GEKSIKON suppozitorii 16mg N10 Нижфарм, АО Rossiya
69 000 s`om dan
PIMAFUSIN krem 30g 2% Leo Pharma A/S, Дания произведено: Temmler Italia S.r.L. Italiya
147 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
7 vaginal Suppozitoriylar kontur uyali o'ramlarda. Bir kontur uyali o'ramlar davlat va rus tilidagi tibbiyotda qo'llanilishga doir yo'riqnomasi bilan
birga karton o'ramlarda
Xar bir vaginal Suppozitoriylar quyidagilarni saqlaydi:
faol moddalar:
metronidazol VR 750 mg;
mikonazol natrat VR 200 mg;
lidokain VR 100 mg;
yordamchi moddalar: qattiq yog'lar (witepsol S 55)
 Memibel-L vaginal Suppozitoriylar metronidazol - antibakterial va trixomonadalarga qarshi ta'sir uchun, mikonazol – zamburug'larga qarshi
ta'siri uchun, shuningdek mahalliy anestetik samara beruvchi lidokain saqlaydi.
Metronidazol – antibakterial vosita. Ta'sir mexanizmi anaerob mikroorganizmlarni va oddiy hujayra ichki transport proteinlari bilan
metronidazolni 5-nitro guruhlarni biokimyoviy tiklanishidan iborat.
Metronidazolni qayta tiklangan 5-nitro guruhi mikroorganizmlarning hujayra DNK bilan o'zaro ta'sir qilib, ular nuklein kislotasining
sintezini ingibitsiya qiladi, bu esa mikroorganizmlarni nobud bo'lishiga olib keladi.
Preparat Trichomonas vaginalis, Gardnerella vaginalis, Giardia intestinalis, Entamoeba histolytica, obligat anaerob bakteriyalarni: Bacteroides spp. (shu
jumladan Bacteroides fragilis, Bacteroides distasonis, Bacteroides ovatus, Bacteroides thetaiotaomicron, Bacteroides vulgatus), Fusobacterium spp., Veillonela
spp.; ayrim grammusbat bakteriyalar: Eubacterium spp., Clostridium spp., Peptococcus spp., Peptostreptococcus spp nisbatan faol.
Mikonazol – zamburug'larga qarshi preparat, imidazol hosilasi hisoblanadi. Mikonazol keng ta'sir doirasiga ega va ayniqsa patogen zamburug'lar va
achitqilarga qarshi samarali hisoblanadi, jumladan Candida albicans.
Bundan tashqari u Aspergillus ssp., Cryptococcus neoformans, Pseudoallescheria boydii ga samarali emas va ayrim grampozitiv bakteriyalarga, shu
jumladan stafilokokk va streptokokklarga.
Mikonazol va metronidazol bir vaqtda qabul qilinganda sinergik yoki antagonist ta'siriga ega emas.
Lidokain neyron membranalarini barqarorlashtiradi, impulslarni paydo bo'lishini va o'tkazuvchanligini uchun zarur ion oqimlarini ingibitsiya
qiladi, shu sababli mahalliy anestetik ta'sir ko'rsatadi.
Mikonazolni – mikonazolni qin devorlari orqali so'rilishi deyarli juda kam (taxminan bir martalik doza 1,4%) mikonazol vaginal
suppozitoriylarni qinga yuborilganda qon plazmasida aniqlanmaydi.
Metronidazol – metronidazolni mahalliy qo'llanilganda Biokiraolishligi uni peroral qo'llashdagi Biokiraolishligi bilan solishtirganda 20%
tashkil etadi. Metronidazolni muvozanat xolatdagi kontsentrasiyasi qon plazmasida 1,6-7,2 mg/ml gacha etadi. Metronidazol jigarda metabolizmga
uchraydi. Gidroksemtabolit faol modda hisoblanadi. Metronidazolni yarim chiqarilish davri 6 soatni tashkil etadi. Dozaning taxminan 20% siydik
bilan o'zgarmagan ko'rinishda chiqariladi.
Lidokain – ta'siri 3-5 minut keyin boshlanadi. Lidokainni shikastlangan teri va shilliq qavati yuzasiga surtilganda so'riladi va jigar orqali tez
metabolizmga uchraydi. Metabolitlar va dori preparatlari o'zgarmagan ko'rinishda (qo'llanilgan dozaning 10%) buyraklar orqali chiqariladi. Xar
kuni intravaginal yuborilgandan keyin 3 kun davomida lidokain minimal miqdorda so'riladi, va uning plazmadagi darajasi taxminan 0,04-1 mkg/ml
tashkil etadi.
Juda tez-tez(≥ 1/10) – qindan ajralamalar chiqishi.
Tez-tez(≥ 1/100, ammo <1/10) - vaginit, vulvovaginit, tos suyagi soxasida diskomfort; - bosh og'rig'i, bosh aylanishi.
Tez-tez emas (≥ 1/1000, ammo <1/100) - chanqash xissi.
Kam hollarda (≥ 1/10 000, ammo <1/1000) – allergik reaktsiyalar (teri toshmasi, qichishish); - ta'sirchanlik, qinda achishish va qichishish; - depressiya.
Juda kam hollarda (<1/10 00) – psixoemosional buzilishlar.
Tez-tezligi noma'lum: charchoqlik, sezuvchanlikni pasayishi (uvishib qolish, terida sanchiqlar) yoki yo'qligi, paresteziya, periferik neyropatiya
(preparatni uzoq vaqt qo'llashda va dozani oshirib yuborishda), orientasiyani yo'qolishi, ajitasiya, psixoz, tirishish, nutqni buzilishi, giperesteziya,
giposteziya, letargiya, gallyusinasiya, qizib ketish xissi, ataksiya, asabiylik, xavotirlik, eyforiya, quloqlarda shovqin, uyquchanlik, ikkita ko'rishni
yoki xiraligi, tremor, xushdan ketish, qo'zg'aluvchanlik, uyqusizlik, ongni chalkashishi, xolsizlik, et uvishishi, aritmiya, sinusli bradikardiya, arterial
spazmlar, bosimni pasayishi, yurak-qon tomirini kollapsi, ko'ndalang yurak blokadasi, vaskulyar shishi, sinus tuguni kuchsizlik sindromida,
defibrillyasiyalovchi impulslarni axamiyatli porogini oshishi, yuzga qon quyulishlar, ishtaxani yo'qolishi, ta'mni o'zgarishi, og'izda metall ta'mi,
og'izni qurishi, ko'ngil aynishi, qusish, qabziyat, diareya, qorinda spazm va og'riq, mahalliy ta'sirchanlik, sezuvchanlikni oshishi, kontaktli dermatit,
anafilaktik shok, metgemoglobinemiya, leykopeniya
Ko'rsatib o'tilgan nojo'ya samaralar juda kam xolatlarda namoyon bo'ladi, chunki intravaginal qo'llanilganda qonda metaronidazol darajasi juda past.
 Faqat intravaginal qo'llash uchun mo'ljallangan.
Kardiotoksik ta'sirini xavfi bilan bog'liq bo'lgan Memibel-L preparatini antiaritmik preparatlari bilan bir vaqtda qo'llanganda (pimozid,
amiodaron va boshqalar) faqat muntazam tekshiruvlardan keyin va (EKG, Exo-kg, Xolterov monitoringini EKG sida ham) kardiolog-shifokor kuzatuvi
ostida buyuriladi.
Memibel-L preparatini to'g'ri ta'sir etuvchi antikoagulyantlar bilan bir vaqtda qo'llanilganda qon tizimini ivish ko'rsatkichlarini nazorat qilish va
olib borilayotgan xavfini muntazam baholashni lozim.
O'zaro dori vositalarini xavfi bilan bog'liq bo'lgan majmuaviy davolash qabul qilayotgan pasientlarga laborator ko'rsatkichlarini muntazam nazorat
qilish (umumiy qon analizi, biokimyoviy ko'rsatkichlar, shu jmladan – glyukoza kontsentrasiyasi, kreatinin klirensi, "jigar" da qon
transaminazalarini faolligi) ayrim xollarda gematolog-shifokor va/yoki gastroenterolog maslaxatini talab etishi mumkin.
Preparatni katta dozalarda va uzoq vaqt tizimli qo'llashda periferik nevropatiya va tirishishni chaqirishi mumkin.
Davolanish vaqtida alkogolni qabul qilishdan saqlanish va, iloji bo'lsa kurs tugaganidan so'ng 24-48 soat davomida disulfiramli nojo'ya
reaktsiyalari bo'lishi mumkin.
Tizimli nojo'ya samaralarini tez-tezligini namoyon bo'lishi juda past, chunki Memibel-L vaginal suppozitoriylari tarkibida saqlanuvchi,
metronidazolni intravaginal qo'llanilganda, uning qon plazmasidagi kontsentrasiyalar juda past (peroral yuborilishi bilan solishtirganda 2-12%).
Vaginitlarda qin shilliq qavati yallig'lanishi mumkin,bunda birinchi suppozitoriya yuborilganda qinda achishish va qichishish kuzatilishi mumkin.
Davolash davomida bu simptomlvr tez yo'qoladi.
Preparatni qo'llanilishi fonida shilliq qavatini kuchli ta'sirlanishi paydo bo'lganda, davolashni to'xtatish va shifokorga maslaxat uchun murojaat
etish lozim.
Memibel-L preparatini xayz davrida qo'llash tavsiya etilmaydi, chunki preparatni samarasi kamayadi yoki uni qo'llanilganda qiyinchiliklar paydo
bo'lishi mumkin.
Davolanish vaqtida intim uchun boshqa gigienik maxsulotlarini (tampon, dush uchun vositalar, spermisidlar) qo'llash mumkin emas.
Diagnozida trixomonadli vaginit bo'lgan pasientlar davolanish vaqtida jinsiy xamkorni ham davolash tavsiya etiladi.
Buyrak funktsiyasi buzilishida
Buyrak funktsiyasini pasayishi lidokain farmakokinetikasiga tasir qilmaydi, ammo metobolitlar to'planishiga olib kelishi mumkin. Bunday
zaruratlar buyrak funktsiyasi bo'lgan pasientlarga Memibel-L tavsiya etilganda axamiyatga ega bo'ladi.
Jigar funktsiyasini buzilishida
Jigar funktsiyasini jiddiy buzilishida metronidazolni klirensi pasayishi mumkin.
Metronidazolni katta dozalarda entsefalopatiya simptomlarini chaqirishi mumkin va shuning uchun jigar entsefalopatiyasi bo'lgan pasientlarda
extiyotkorlik bilan qo'llanilishi lozim.
Jigar entsefalopatiya bilan azoblanayotgan pasientlar uchun xar kuni metronidazolni dozasini 1/3 gacha pasaytirish lozim.
Jigar funktsiyasi pasayishi bo'lgan pasientlarda lidokain yarim chiqarilish davri ikki yoki undan qo'proqqa oshishi mumkin
‒Candida albicans tomonidan chaqirilgan vaginal kandidoz;
‒ anaerob bakteriyalar va Gardnerella vaginalis tomonidan chaqirilgan bakterial vaginit;
‒ Trichomonas vaginalis tomonidan chaqirilgan trixomonadali vaginit;
‒ aralash vaginal infektsiyalarda qo'llaniladi.
‒preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
‒ davolanish vaqtida yoki davolanishdan keyin 3 kundan so'ng alkogol iste'mol qiluvchi pasientlar;
‒ davolanish vaqtida yoki davolanishdan keyin 2 haftadan so'ng disulfiram qabul qiluvchi pasientlar;
‒ homiladorlikni 1 uch oyligida, shu jumladan trixomonadli vaginitli homiladorlikda;
‒ surunkali yurak etishmovchiligida, yurak blokadasida, sinus tugunini kuchsiz sindromida, yaqqol arterial gipotoniyada;
‒ porfiriya;
‒ tutqanoq;
‒ jigar funktsiyasini og'ir buzilishlari;
‒ bolalar va 18 yoshgacha bo'lgan o'smirlarda qo'llash mumkin emas
Quyidagi aytib o'tilgan dori preparatlari bilan metronidazolni bir vaqtda qo'llanganda, so'rilishi natijasida quyidagi dorilarning o'zaro
ta'siri bo'lishi mumkin:
Alkogol: disulfiramga o'xshash reaktsiyalar (kayfiyatni yomonlashishi, ruxiy tushkunlik va boshqalar).
Amiodaron: kardiotoksik samaralar (EKG – Q-T intervalini uzayishi, "torsades de pointes" turidagi polimorf qorinchalar taxikardiyasi, yurak
urishidan to'xtashi).
Peroral antikoagulyantlar: antikoagulyant samaralarni kuchayishi (qon ketishini yuqori xavfini rivojlanishi).
Fenitoin: fenitoin kontsentrasiyasini oshishi va metronidazol kontsentrasiyasini pasayishi.
Fenobarbital: metronidazol kontsentrasiyasini pasayishi.
Disulfiram: Markaziy nerv tizimi tomonidan buzilishlar bo'lishi mumkin (masalan, psixotik reaktsiyalar).
Tsimetidin: metronidazolni qondagi klirensini pasayishi va kontsentrasiyasini oshishi mumkin, natijada bu – yaqqol Markaziy nerv tizimi va yurakqon tomir tizimi tomonidan nojo'ya samaralarini xavfli rivojlanishi kuchayishi mumkin.
Litiy: litiy toksik ta'sirini xavfini kuchaytiradi.
Astemizol va terfenadin: metronidazol va mikonazol qon plazmasida ularning kontsentrasiyasini oshiradi va ularni bog'lanish metabolizmini
ingibitsiya qiladi.
Ftorurasil: qon plazmasida ftorurasil kontsentrasiyasini va uning toksik ta'sirini oshiradi.
Karbamazepin: qon plazmasida karbamazepin kontsentrasiyasini oshiradi.
Tsiklosporin: tsiklosporinni toksik ta'sirini oshiradi.
Teofillin va prokainamid: qon plazmasida glyukoza kontsentrasiyasini va "jigar fermentlari" faolligini oshishi.
Mikonazol nitratni so'rilishi natijasida dorilarning o'zaro ta'siri bo'lishi mumkin.
Atsenokumarol, anizindon, dikumarol, fenitoin, fenprokumon, varfarin: qon ketishi xavfi.
Astemizol, tsizaprid, terfenadin: ko'rsatib o'tilgan preparatlar kontsentrasiyasini oshishi va klirensini pasayishi.
Fenitoin va fosfenitoin: toksik samaralarni xavfi (ataksiya, giperleksiya, nitagm, tremor).
Fentanil: opioid preparatlarni ta'sirini davomiyligi (MNT, nafasni susayishi).
Glimepirid: gipoglikemiya.
Karbamazepin: karbamazepin klirensini pasayishi.
Oksibutinin: oksibutininni klirensini pasayishi, natijada qon plazmasida uning kontsentrasiyasini oshadi (og'iz bo'shlig'ini shilliq qavatini
quruqligi, qabziyat, bosh og'rig'i).
Oksikodon: qon plazmasida oksikodonni kontsentrasiyasini oshishi, uning klirensini pasayishi.
Pimozid: kardiotoksik samaralar (EKG – Q-T intervalini uzayishi, "torsades de pointes" turidagi polimorf qorinchalar taxikardiyasi, yurak
urishidan to'xtashi).
Tsiklosporin: toksik samaralarini kuchayishi (buyrak, xolestaz, paresteziya funktsiyasini buzilishi).
Tolterodin: 2D6 izofermenti R450 tsitoxromini faolligi past bo'lgan pasientlarda tolterodinni Biokiraolishligi oshishi.
Trimetreksat: toksik samarasini oshishi (ilikni susayishi, jigar va buyrak funktsiyasini pasayishi, miy yarasini shikastlanishi). Antiaritmik
preparatlar: lidokainni toksikligini oshirishi mumkin.
Propranolol: lidokain klirensi pasayadi.
Quruq, yorug'likdan himoyalangan va 25 С dan yuqori bo'lmagan haroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Yaroqlilik muddati tugaganidan so'ng qo'llanilmasin.
oqdan deyarli oq ranggacha bo'lgan o'qsimon shaklli tiniq bo'lmagan Suppozitoriylar.
Memibel-L ni shifokor maslaxatisiz qo'llash mumkin emas. Agar shifokor tomonidan boshqacha buyurilgan bo'lsa, bir vaginal suppozitoriyni yotgan
xolda kechasiga 7 kun davomida uni qinga chuqurroq yuboriladi.
Kasallikni jadallash xolatlarida yoki davolashni boshqa usullarida klinik dinamikasini ijobiy bo'lmaganda, davolash kursini takrorlash mumkin.
Keksa yoshli pasientlar uchun (65 yoshda oshgan): qo'llash usuli va dozalari xuddi shaunday.
Metronidazol dozasi oshirib yuborilganda bo'lishi mumkin simptomlar: ko'ngil aynishi, qusish, qorinda og'riq, diareya, qichishish, og'izda metall ta'm,
ataksiya, paresteziya, tirishish, leykopeniya, Sidikni to'q rangga bo'yalishi.
Mikonazolni dozasini oshirib yuborilganda bo'lishi mumkin bo'lgan simptomlar: ko'ngil aynishi, qusish, og'iz bo'shlig'ini va tomoqni yallig'lanishi, bosh
og'rig'i, diareya.
Davolash: maxsus antidoti yo'q, simptomatik davo buyuriladi.
Homiladorlikni I birinchi uch oyligi tugaganidan so'ng Memibel-L ni shifokor nazorati ostida, agar ona uchun foyda homilaning potentsial xavfidan ustun tursagina qo'llash mumkin. Emizishni to'xtatish tavsiya etiladi, chunki metronidazol ona sutiga ajraladi. Davolash tugaganidan so'ng 24-28 soatdan keyin yana emizishni boshlash mumkin

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

MEMIBEL-l suppozitoriyalar 750mg / 200mg / 100mg N7 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
MEMIBEL-l suppozitoriyalar 750mg / 200mg / 100mg N7 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
MEMIBEL-l suppozitoriyalar 750mg / 200mg / 100mg N7 dori vositasi BELINDA Laboratories PVT. LTD. tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
MEMIBEL-l suppozitoriyalar 750mg / 200mg / 100mg N7 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
MEMIBEL-l suppozitoriyalar 750mg / 200mg / 100mg N7 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9