×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

BIOSELAK kapsulalar N10

Kategoriya:
- Ginekologik dorilar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Buyuk Britaniya
Faol modda:
Lactobacillus rhamnosus 573
Qadoqda soni:
- 10
Ishlab chiqaruvchi:
- Rotapharm Limited
Vakil:
- Rotapharm
ATX kodi:
- G02CC
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

KANDID B krem 15g Glenmark Pharmaceuticals Ltd Hindiston
40 000 s`om dan
VAGIMILT kapsulalar N7 Miltonia Health Science Ltd, Великобритания произведено: Softgel Healthcare Private Ltd Hindiston
100 000 s`om dan
ABINEKS 1 tabletkalari 1mg N8 Aburaihan Pharmaceutical Co. Eron
NISTAFUR kapsulalar 500mg 200000ME N8 World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S. Turkiya
100 800 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Дори шакли: вагинал капсулалар

Таркиби

Бир капсула қуйидагиларни сақлайди:

фаол модда: рамнозус 573 лактобактериялари (Lactobacillus rhamnosus 573) штаммларининг лиофилизати – камида 108 КҲБ.

ёрдамчи моддалар: ёғсизлантирилган кукунсимон сут, сахароза, натрий L-глутамати, картошка крахмали, магний стеарати, маннитол, титан диоксиди, желатин.

Флаконлар

10 вагинал капсулалар флаконда. 1 флакон қўллаш бўйича йўриқномаси билан бирга картон қутига жойланган.

Блистерлар

10 вагинал капсулалар блистерда. 1 блистер қўллаш бўйича йўриқномаси билан бирга картон қутига жойланган.

Биоселак соғлом аёлларнинг нормал қин микрофлорасини таркибига кирувчи ва патоген микроорганизмларни ривожланишига қарши ҳимоя фаолиятини таъминловчи, таркибида сут кислотали бактерияларни сақловчи вагинал капсулалар шаклида чиқарилади.

Вагинал инфекцияларни антибиотиклар ва сульфаниламидлар билан маҳаллий ёки тизимли даволаш, гормонал даволаш, нотўғри гигиена қиннинг табиий микрофлорасини издан чиқаради, касалликни қайталаниш хавфини оширади. Биоселакнинг терапевтик самараси сут-қанд ташувчида лиофилизатланган рамнозус 573 лактобактериялари (Lactobacillus rhamnosus 573) сут кислотали бактерияларининг фаол штаммларини бевосита қинга қўйиш йўли билан таъминланади ва қиннинг рН ни 4,0-4,7 гача тез пасайиши билан, касалликни келтириб чиқарувчи бактерияларни ўсиши ва кўпайишини фаол равишда сусайтирилиши, хусусий вагинал микрофлорани ва қиндаги физиологик мувозанатни тикланиши билан намоён бўлади.

In vitro шароитларида ўтказилган тадқиқотлар рамнозус 573 лактобактериялари (Lactobacillus rhamnosus 573) ни ко-тримоксазолга ва метронидазолга чидамлилигини тасдиқлади, шунинг учун Биоселакни ушбу моддаларни сақловчи препаратлар билан даволаш вақтида ишлатиш мумкин.

Препарат яхши ўзлаштирилади.

Якка ҳолларда маҳаллий аллергик реакциялар (қичишиш, ачишиш ҳисси, қин секрециясини ошиши) бўлиши мумкин.

Иммун тизими томонидан жиддий бузилишлари бўлганида Биоселак препаратини эҳтиёткорлик билан қўллаш керак.

Ҳомиладорликда ва лактация даврида қўлланиши

Препаратни ҳомиладорлик ва лактация даврида даволовчи шифокорнинг кўрсатмаси бўйича буюриш мумкин.

Автотранспортни ҳайдаш ва механизмларни бошқариш қобилиятига таъсири

Биоселак транспорт воситаларини бошқариш ва механизмларни ишлатиш қобилиятига таъсир кўрсатмайди.

Препарат болалар ололмайдиган жойда сақлансин ва яроқлилик муддати тугаганидан сўнг ишлатилмасин.

 

Биоселак қуйидаги ҳолатларда қиннинг нормал микрофлорасини тиклаш ва бир маромда сақлаш учун қўлланади:

•     специфик ва носпецифик вагинал инфекцияларни, шу жумладан бактериал этиологияли вагинитни олдини олиш ва комплекс даволаш учун;

•     вульвовагинал кандидозни олдин олиш;

•     турли этиологияли қин дисбиозини олдини олиш;

•     турли антибиотиклар, перорал ёки вагинал контрацептивлар қўлланганида;

•     маҳаллий гинекологик аралашувларни ўтказишдан олдин;

•     тампонлар, маҳаллий контрацептивлар ишлатилганида, гигиена етарли даражада бўлмаган ҳолларда профилактик чора сифатида;

•     қин ажралмалари пайдо бўлганида қўлланилади.

Препаратнинг компонентларига юқори сезувчанликда қўллаш мумкин эмас.

Биоселак пациентлар томонидан антибактериал, трихомонацид ёки замбуруғларга қарши дори воситалари (метронидазол ва ко-тримоксазолдан ташқари) билан бир вақтда ишлатилиши мумкин эмас, шунингдек даволаниш даврида антисептик эритмалар ёрдамида қинни босим остида ювишдан сақланиш керак, чунки улар препаратнинг самарадорлигини пасайтириши мумкин.

2оС дан 8оС гача бўлган ҳароратда (совутгичда) сақлансин.

Препаратнинг яроқлилик муддати 25оС дан юқори бўлмаган ҳароратда сақланганида 4 ҳафтани ташкил этади.

Яроқлилик муддати

2 йил.

Маҳаллий (интравагинал) қўллаш учун буюрилади.

Шахсий гигиенанинг барча қоидаларига риоя қилиб, капсулани қинга чуқур киритиш керак.

Биоселак суткада 1-2 капсуладан (биттаси эрталаб ва биттаси кечқурун уйқудан олдин) 7-10 кун давомида ишлатилади.

Зарурат бўлганида даволаш такрорланади.

Ҳозирги вақтда препаратнинг дозасини ошириб юборилиши юзасидан хабар берилмаган.

Дозани ошириб юборилиши пациентнинг ҳолатини хавф остига қўймайди.

BIOSELAK kapsulalar N10 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

BIOSELAK

BIOSELAC

Preparatning savdo nomi: Bioselak

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): Laktobakteriy ramnozus 573 (Lactobacillus rhamnosus 573)

Dori shakli: qin kapsulalari

Tarkibi

Bir kapsula quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: Laktobakteriy ramnozus 573 (Lactobacillus rhamnosus 573) shtammlarining liofilizati – kamida 108 KOE.

yordamchi moddalar: yog‘sizlantirilgan kukunsimon sut, saxaroza, natriy L-glutamati, kartoshka kraxmali, magniy stearati, mannitol, titan dioksidi, jelatin.

Ta‘rifi: ichida sarg‘ish-kremsimon rangli gomogen kukun saqlovchi, oq rangli qattiq jelatin kapsulalar.

Farmakoterapevtik guruhi: ginekologiyada qo‘llanadigan dori vositalari

ATX kodi: G02CX

Farmakologik hususiyatlari

Bioselak sog‘lom ayollarning qini normal mikroflorasining tarkibiga kiruvchi va patogen mikroorganizmlarni rivojlanishiga qarshi himoya faoliyatini ta‘minlovchi sut kislotali bakteriyalarni saqlovchi qin kapsulalari shaklida chiqariladi.

Qin infeksiyalarini antibiotiklar va sulfanilamidlar bilan mahalliy yoki tizimli davolash, gormonal davolash, noto‘g‘ri gigiena qinning tabiiy mikroflorasini buzadi, kasallikni qaytalanish xavfini oshiradi. Bioselakning terapevtik samarasi sut-qand tashuvchida liofillangan Lactobacillus rhamnosus 573 sut kislotali bakteriyalarining faol shtammlarini bevosita qinga qo‘yish yo‘li bilan ta‘minlanadi va qinning rN ni 4,0-4,7 ga tez pasayishi bilan, kasallik keltirib chiqaruvchi bakterialarni o‘sishi va ko‘payishini faol bostirilishi, qinning xususiy mikroflorasini va qinda fiziologik muvozanatni tiklanishi bilan namoyon bo‘ladi.

In vitro tekshirishlar Lactobacillus rhamnosus 573 ni ko-trimoksazolga va metronidazolga chidamliligini isbotladi, shuning uchun Bioselakni ushbu moddalarni saqlovchi preparatlar bilan davolash vaqtida ishlatish mumkin.

Qo‘llanilishi

Biomelak quyidagi holatlarda qinning normal mikroflorasini tiklash va tutib turish uchun qo‘llanadi:

  • spesifik va nospesifik qin infeksiyalarini oldini olish va davolash;
  • vaginitni, shu jumladan bakterial etiologiyali vaginitni majmuaviy davolashda;
  • turli etiologiyali qin disbiozini oldini olish;
  • turli antibiotiklar, peroral yoki vaginal kontraseptivlar qo‘llanganida;
  • mahalliy ginekologik aralashuvlarni o‘tkazishdan oldin;
  • tamponlar, mahalliy kontraseptivlar ishlatilganida, yetarli bo‘lmagan gigienada profilaktik chora sifatida;
  • qin ajralmalari paydo bo‘lganida.

Qo‘llash usuli va dozalari

Mahalliy (intravaginal) qo‘llash uchun.

Shaxsiy gigienaning barcha qoidalariga rioya qilib, kapsulani qinga chuqur kiritish kerak.

Bioselak sutkada 1-2 kapsuladan (bittasi ertalab va bittasi kechqurun uyqudan oldin) 7-10 kun davomida ishlatiladi.

Zarurati bo‘lganida davolash takrorlanadi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Preparat yaxshi o‘zlashtiriladi.

Yakka hollarda mahalliy allergik reaksiyalar (qichishish, achishish hissi, qin sekresiyasini oshishi) bo‘lishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Bioselak pasientlar tomonidan antibakterial, trixomonasid yoki zamburug‘larga qarshi dori vositalari (metronidazol va ko-trimoksazoldan tashqari) bilan bir vaqtda ishlatilmasligi kerak), shuningdek davolanish davrida antiseptik eritmalarni ishlatish bilan vaginal sprinsevaniylardan saqlanish kerak, chunki ular preparatning samaradorligini pasaytirishi mumkin.

Maxsus ko‘rsatmalar

Immun tizimining jiddiy buzilishlari bo‘lgan hollarda Bioselak preparatini ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Homiladorlikda va laktasiya davrida qo‘llanishi

Preparatni homiladorlik va laktasiya davrida davolovchi shifokorning ko‘rsatmasi bo‘yicha buyurish mumkin.

Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Bioselak transport vositalarini boshqarish va mexanizmlarni ishlatish qobiliyatiga ta‘sir ko‘rsatmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Hozirgi vaqtda preparatning dozasini oshirib yuborilishi to‘g‘risida xabar berilmagan.

Dozani oshirib yuborilishi pasientning holatini xavf ostiga qo‘ymaydi.

Chiqarilish shakli

Flakonlar

10 qin kapsulasi flakonda. 1 flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylashgan.

Blisterlar

10 qin kapsulasi blisterda. 1 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylashgan.

Saqlash sharoiti

2oS dan 8oS gacha bo‘lgan haroratda (sovutgichda) saqlansin.

Preparatni yaroqlilik muddati 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlanganida 4 haftani tashkil qiladi.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish:

ира 17.02.2021
excellent
Fikringiz:
хороший продукт
 
Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

BIOSELAK kapsulalar N10 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
BIOSELAK kapsulalar N10 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
BIOSELAK kapsulalar N10 dori vositasi Rotapharm Limited tomonidan Buyuk Britaniya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
BIOSELAK kapsulalar N10 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
BIOSELAK kapsulalar N10 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
SOFOSBIN tabletkalari 400mg N28
Narh: 51 500 so'mdan Batafsil
Narh: 53 700 so'mdan Batafsil
ASIBROKS tabletkalari 600mg N12
Narh: 40 000 so'mdan Batafsil
ASIBROKS tabletkalari 200mg N24
Narh: 50 000 so'mdan Batafsil
ROTASEF poroshok 1,0g N1
Narh: 35 000 so'mdan Batafsil
Narh: 34 500 so'mdan Batafsil
ERBINOL tabletkalari 250mg N14
Narh: 68 000 so'mdan Batafsil
ROTARITMIL tabletkalari 200mg N30
LANTOROL kapsulalar 30mg N14
Narh: 48 000 so'mdan Batafsil
Narh: 67 000 so'mdan Batafsil
REPRETIN inyeksiya uchun eritma 2000ME/1ml
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9