×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

MENOPUR LG poroshok 75me N10

Kategoriya:
- Tanosil tizimi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Germaniya
Faol modda:
менотропин
Qadoqda soni:
- 10
Ishlab chiqaruvchi:
- Ferring GmbH
ATX kodi:
- G03GA02
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

DJES PLYUS tabletkalari N28 Байер Веймар Гмбх и Ко КГ Germaniya
169 000 s`om dan
KLOSTILBEGIT tabletkalari 50mg N10 Egis Pharmaceuticals Private Limited Company Vengriya
122 000 s`om dan
UNOPROG gel 8% N1 Unosourсe Pharma LTD, Индия произведено: Acums Drugs & Pharmaceuticals Ltd Hindiston
DIVIGEL 1g 0,1% N28 Orion Corporation Finlyandiya
222 300 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
MENOPUR LG poroshok 75me N10 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

MENOPUR

MENOPUR®

Preparatning savdo nomi: Menopur

Ta‘sir qiluvchi modda (XPN): menotropin

Dori shakli: in‘eksiya uchun eritma tayyorlash uchun liofilizasiyalangan kukun

Tarkibi:

1 flakon quyidagilarni saqlaydi:

Faol modda:

75 XB follikulostimullovchi gormon (FSG) 75 XB lyuteinlovchi gormon (LG) ni saqlovchi, menotropin (yuqori tozalangan odam menopauza gonadotropini oMG);

Yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, polisorbat 20, natriy gidroksidi, xlorid kislotasi.

Erituvchi: 0,9% li natriy xloridi eritmasi, suyultirilgan xlorid kislotasi, in‘eksiya uchun suv.

Ta‘rifi:

1 flakon oq rangdan deyarli oq ranggacha bo‘lgan qavat ko‘rinishidagi liofilizat saqlaydi;

Erituvchisi bo‘lgan 1 ampula tiniq rangsiz suyuqlik saqlaydi.

Farmakoterapevtik guruhi: Gonatropinlar va ovulyasiyaning boshqa stimulyatorlari. Odam menopauza gonadotropini.

ATX kodi:  G03G A02.

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Menopur follikulostimullovchi gormon (FSG) lyuteinlovchi gormon (LG) lar tarkib topgan menotropin (oMG) saqlaydi. Bundan tashqari, Menopur preparatida postmenopauza davrida ayollarning siydigidan ajratib olingan, LG ning faolligiga olib keladigan odam xorionik gonadotropini (oXG) mavjud. Ham FSG, ham LG faolligiga ega bo‘lgan Menotropin follikulalarni o‘sishi va rivojlanishini rag‘batlantiradi, shuningdek tuxumdonlarni birlamchi disfunksiyasi bilan xastalanmagan ayollarda jinsiy steroid gormonlarni ishlab chiqarilishini rag‘batlantiradi. FSG follikulogenezda follikulalarning populyasiyasini to‘lishi va o‘sishini belgilaydigan asosiy omil hisoblanadi, ayni vaqtda LG esa tuxumdonlarda steroidogenez va follikulani ovulyasiyadan oldin yetilishi uchun muhim hisoblanadi. FSG LG butunlay bo‘lmaganida (masalan, gipogonadotropli gipogonadizmda) follikulalarning o‘sishini rag‘batlantirishi mumkin, ammo natijada normal bo‘lmagan follikulalar rivojlanadi, bu estradiolning darajasini pastligi bilan assosiasiyalanadi va follikulalarni yetarli darajada yetilmasligi yuz berishi mumkin.

Shunga muvofiq steroid jinsiy gormonlar ishlab chiqarilishini, estradiolning darajasini, Menopur bilan davolash bilan bog‘liq holda oshishiga nisbatan LG ni ta‘siri, boshqariladigan EKO/IKSI sikllarini tayyorlashda rekombinant FSG ga nisbatan yuqori bo‘ladi. Bu masala pasientning javob reaksiyasini estradiolning darajasiga asoslanib monitoring qilishda ko‘rib chiqilishi kerak. Estradiollarning darajalari orasidagi farq anovulyator pasientlarda ovulyasiyani past dozali protokollaridan foydalanilganda aniqlanmagan.

 

 

Farmakokinetikasi

Menopurdagi FSG ning farmakokinetik profili hujjatlar bilan tasdiqlangan. Sog‘lom ayol ko‘ngillilarda ingibisiya qiluvchi boshqarish uchun Menopurning 150 XB dozasi takroran yuborilgandan so‘ng 7 kun o‘tgach qon plazmasida FSG ning maksimal konsentrasiyasi (bazisli korreksiyada o‘rtacha ± SD) teri ostiga va mushak ichiga yuborish uchun muvofiq 8,9±3,5 XB/l va 8,5±3,2 XB/l ni tashkil qilgan. FSG ni maksimal konsentrasiyasiga har ikkala qo‘llash usulida 7 soat davomida erishilgan. Takroran yuborilganidan so‘ng FSG teri ostiga va mushak ichiga yuborilganida muvofiq ravishda 30±11 soat va 27±9 soatlik yarim parchalanish davri (o‘rtacha ± standart siljish) bilan chiqarilgan. Garchi LG ning konsentrasiyasini vaqtga nisbatan ayrim egri chizig‘i, Menopur preparati qabul qilinganidan so‘ng LG ning konsentrasiyasini oshishini ko‘rsatsa-da, mavjud bo‘lgan ma‘lumotlar farmakokinetik tahlilga yaroqli bo‘lishi uchun kam bo‘lgan. Menotropin asosan buyrak orqali chiqariladi. Menopurning farmakokinetikasi buyrak yoki jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda o‘rganilmagan.

Qo‘llanilishi

– Ayollarda klomifen bilan davolab bo‘lmaydigan anovulyasiya bilan bog‘liq bo‘lgan bepushtlik (xususan, tuxumdonlar polikistozi natijasida).

– Bepushtlikni davolash bo‘yicha medikamentoz dasturlarni (shu jumladan, in vitro sharoitlarda urug‘lantirish/embrionni tashish, gametalarni bachadon nayi ichi bo‘ylab tashish (GBT) va spermatozoidlarni intrasitoplazmatik in‘eksiyasi (SISI)) o‘tkazishda ko‘p sonli follikulalarni hosil bo‘lishini induksiya qilish uchun tuxumdonlarni nazoratli giperstimulyasiyasida qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Menopur preparati teri ostiga yoki mushak ichiga yuborish uchun mo‘ljallangan. Kukun bevosita yuborishdan oldin o‘ramida ilova qilingan erituvchini ishlatish yordamida eritiladi. 1 ml erituvchida 3 flakongacha Menopur kukuni eritilishi mumkin.

Tiniq bo‘lmagan eritmani yoki agar unda zarrachalar aniqlansa, qo‘llash mumkin emas.

Dozalash tartibi teri ostiga yoki mushak ichiga yuborish uchun bir xildir.

Tuxumdonlarni ekzogen gonadotropinlarga nisbatan individual reaksiyasi ahamiyatli darajada o‘zgarib turadi, bu standart dozalash sxemasini qo‘llash imkonini bermaydi. Shu sababli, preparatning dozalari tuxumdonlarning davolashga nisbatan reaksiyasiga qarab, individual ravishda tanlanadi. Menopur preparatini alohida holda, yoki gonadotropin rilizing-omil (tuxumdonlar giperstimulyasiyasini nazorat qilish maqsadida uning agonisti yoki antagonisti) bilan majmuada qo‘llash mumkin. Tavsiya etilgan dozalash tartibi va davolash davomiyligi individual davolash sxemasiga qarab o‘zgarishi mumkin.

Anovulyasiya (shu jumladan, tuxumdonlar polikistozi): Menopur bilan davolashdan maqsad odam xorionik gonadotropin gormoni (XGG) ning ta‘siri natijasida bir dona Graafov follikulasini hosil bo‘lishi va undan ovositni ajralib chiqishidan iboratdir.

Menopur bilan davolashni hayz ko‘rish siklining birinchi 7 kuni davomida boshlash kerak. Tavsiya etilgan dozasi 7 kun davomida kuniga 75-150 XB ni tashkil etadi. Navbatdagi dozalash tartibi klinik monitoringlarga (shu jumladan tuxumdonlarni alohida yoki estradiolning darajasini nazorati bilan majmuada ultratovush tekshiruvidan o‘tkazish) asoslanib, javob reaksiyasiga qarab, individuallashtirish kerak. Dozani 7 kunda ko‘pi bilan bir marta boshqarish mumkin. Dozani tavsiya etilgan holda bir martalik oshirish 37,5 XB ni tashkil etadi va 75 XB dan oshmasligi kerak. Maksimal sutkalik dozasi 225 XB dan oshmasligi kerak. 4 haftalik davolash kursi davomida natija kuzatilmasa, davolashni to‘xtatish kerak, keyinchalik davolashni sikl to‘xtaganida ishlatilgan dozalarga nisbatan yuqoriroq dozalar bilan boshlash kerak.

Optimal natijaga erishilganidan so‘ng Menopurning oxirgi dozasi yuborilganidan so‘ng ertasiga XGG ni 5000 dan 10000 XB gacha bo‘lgan bir martalik dozasini yuborish kerak. XGG yuborilgan kunda va ertasiga jinsiy aloqani amalga oshirish tavsiya etiladi. Muqobil usul bo‘lib, bachadon ichi sun‘iy urug‘lantirishni o‘tkazish hisoblanadi. Menopurga nisbatan yuqori reaksiya kuzatilsa, davolashni to‘xtatish kerak, pasientlar ayollar jinsiy aloqadan saqlanishlari yoki navbatdagi hayz sikli boshlangunicha kontrasepsiyaning to‘siq usullaridan foylanishlari kerak.

Yordamchi reproduktiv texnologiyalar (YORT) dasturlari o‘tkazilganida ko‘p sonli follikulalar hosil bo‘lishini induksiya qilish uchun tuxumdonlarni nazoratli giperstimulyasiyasi

Menopur preparatini gonadotropin-rilizing omilning agonistlari bilan taxminiy qo‘llash protokoli.

Gonadotropin rilizing-omil yordamida boshqarishdan iborat bo‘lgan klinik tadqiqotlarda, Menopur bilan davolashni agonist bilan davolash boshlangandan so‘ng taxminan 2 hafta o‘tgach boshlash kerak. Menopurning tavsiya etilgan boshlang‘ich dozasi davolashning kamida birinchi 5 kuni davomida sutkada 150-225 XB ni tashkil etadi. Navbatdagi dozalash tartibi klinik monitoringlarga (shu jumladan tuxumdonlarni alohida yoki estradiolning darajasini nazorati bilan majmuada ultratovush tekshiruvidan o‘tkazish) asoslanib, individuallashtirilgan bo‘lishi kerak, ammo dozasi har safar boshqarilganida 150 XB dan oshmasligi kerak. Maksimal sutkalik dozasi 450 XB dan oshmasligi kerak, ko‘pchilik hollarda 20 kundan ortiq davolash tavsiya etilmaydi.

Dozani regulyasiya (ingibisiya) qilish ko‘rib chiqilmagan davolash sxemalarida, Menopur bilan davolashni hayz ko‘rish siklining 2-3 kunidan boshlash kerak. Tavsiya etilgan dozalash tartibi va kattaligi, boshqarish uchun XGG agonistlari qo‘llangan yuqori sanab o‘tilgan protokollar uchun taqdim etilgan protokollar kabi bo‘ladi.

Organizmni optimal reaksiyasiga erishilgach, pasient ayollarga, follikulani to‘liq yetilishini induksiya qilish va ovositni ajralib chiqishiga tayyorgarlik qilish uchun XGG 5000 dan 10000 XB gacha bo‘lgan bir martalik dozasi yuboriladi. Pasient ayollar, XGG yuborilganidan so‘ng kamida 2 hafta davomida sinchkov kuzatuvda bo‘lishlari kerak. Menopurga nisbatan reaksiya yuqori bo‘lganida davolashni to‘xtatish kerak, pasient ayollar esa, jinsiy aloqadan saqlanishlari yoki navbatdagi hayz sikli boshlangunicha kontrasepsiyaning to‘siq usullaridan foylanishlari kerak.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Klinik tadqiqotlarda Menopur bilan davolanishda quyidagi nojo‘ya reaksiyalar: abdominal og‘riq, bosh og‘rig‘i, 10% gacha uchraydigan, yuborilgan joyda reaksiya va og‘riq yuzasidan ko‘proq xabarlar berilgan. Jadvalda a‘zolar va tizimlar tomonidan, klinik tadqiqotlar vaqtida eng ko‘p kuzatilgan nojo‘ya reaksiyalar keltirilgan.

A‘zolar tizimi bo‘yicha sinflanishi Tez-tez (>1/100, <1/10)
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan buzilishlar Qorinda og‘riq, ko‘ngil aynishi, qorinni dam bo‘lishi
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar Bosh og‘rig‘i
Reproduktiv tizim va sut bezlari tomonidan kuzatiladigan buzilishlar Tuxumdonlar giperstimulyasiya sindromi, chanoq sohasida og‘riq
Umumiy buzilishlar va yuborilgan joydagi buzilishlar In‘eksiya qilingan joyda og‘riq

Klinik tadqiqotlarning ma‘lumotlariga ko‘ra, ovqat hazm qilish tizimi tomonidan, TGS bilan bog‘liq bo‘lgan tipik simptomlar diskomfort va qorinni dam bo‘lishi, ko‘ngil aynishi, qusish bo‘lgan. TGSda kam kuzatiladigan asoratlar bo‘lib, venoz tromboembolik buzilishlar va tuxumdonlarni buralib qolishi hisoblanadi.

Gonadotropin preparatlari qo‘llanganida allergik reaksiyalar: teri tomonidan mahalliy reaksiyalar va umumiy reaksiyalar, shu jumladan anafilaksiya yuzasidan xabarlar berilgan.

OMG bilan davolash ixtiyorsiz ko‘p homilali homiladorlikka olib keladi. Bepushtlikni gonadotropinlar bilan davolanish fonida rivojlangan homiladorlik odatdagi homiladorlikka nisbatan ko‘proq abortlar bilan tugaydi.

O‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari (tana haroratini oshishi, terida toshmalar), shish, in‘eksiya qilingan joyda og‘riq yoki qichishish kam rivojlanadi.

Preparat uzoq muddat qo‘llanganida yakka hollarda antitelalar hosil bo‘lishi mumkin, bu o‘tkazilgan davolashni samarasizligiga olib keladi.

OMG bilan davolash tuxumdonlar giperstimulyasiyasini chaqirishi mumkin, bu klinik jihatdan ovulyasiya maqsadida odam xorionik gonadotropini (oXG) buyurilganidan so‘ng namoyon bo‘ladi. Bu katta o‘lchamdagi tuxumdan kistalari hosil bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, tuxumdonlarning yaqqol giperstimulyasiyasida assit, gidrotoraks, oliguriya, arterial gipotenziya va tromboemboliya ko‘rinishlari kuzatilishi mumkin.

Grippsimon simptomlar rivojlanishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Menopur preparatini quyidagi ayollarga qo‘llash mumkin emas:

– gipofizar yoki gipotalamik o‘smalari bo‘lgan ayollarda;

– tuxumdonlar, bachadon yoki sut bezlari karsinomasida;

– etiologiyasi noma‘lum bo‘lgan ginekologik qon ketishlarida;

– preparatning har qanday komponentiga yuqori sezuvchanlikda;

– tuxumdonlar kistalarida yoki tuxumdonlar o‘lchamini, tuxumdonlar polikistozi bilan bog‘liq bo‘lmagan kattalashganida qo‘llash mumkin emas.

Quyida keltirilgan holatlarda davolashdan ijobiy natija kutilmaganligi sababli, Menopur preparatini buyurish mumkin emas:

– tuxumdonlar faoliyatni birlamchi yetishmovchiligida;

– jinsiy a‘zolarni, homiladorlik bilan nomutanosib bo‘lgan anomaliyalarida;

– bachadonni, homiladorlik bilan nomutanosib bo‘lgan fibrozli o‘smalarida.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Menopur preparatini boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri yuzasidan tadqiqotlar o‘tkazilmagan.

Klinik tajribalar yo‘qligiga qaramasdan, Menopur va klomifenni bir vaqtda qo‘llanganda follikulalarni yetilish reaksiyasini kuchaytirishi mumkinligi kutiladi. Gipofizar desensibilizasiya maqsadida gonadotropin-rilizing omil agonistlari bilan birga qo‘llanganida tuxumdonlar tomonidan kutilgan reaksiyaga erishish uchun Menopur preparatining yuqori dozalari talab etilishi mumkin.

Nomutanosibligi

Menopur preparatini Ferring kompaniyasi ishlab chiqargan urofollitropin Bravel 75 XB dan tashqari boshqa preparatlar bilan bitta in‘eksiyada yuborish mumkin emas. Tadqiqotlar, Mengopur va urofollitropinni birga yuborish kutilgan biofaollikni ahamiyatli darajada o‘zgartirmasligini ko‘rsatadi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Menopur – turli og‘irlik darajasidagi nojo‘ya samaralarni chaqirishi mumkin bo‘lgan kuchli ta‘sir qiluvchi gonadotrop preparatdir, shuning uchun uni faqat bepushtlikni davolash usullarini yaxshi egallagan shifokor kuzatuvi ostida qo‘llash kerak.

Gonadotropinlar bilan davolash shifokorlarda ma‘lum bir vaqtni oladi va tuxumdonlarni davolashga nisbatan reaksiyasini sinchiklab va muntazam ravishda nazorat qilish, shu jumladan ultratovush tekshiruvini o‘tkazishni talab etadi, ultratovush tekshiruvini qon plazmasida estradiolning darajasini aniqlash bilan birga o‘tkazgan afzal. Pasientlar o‘rtasida menotropinni yuborishga nisbatan ma‘lum bir farqlar mavjud, ularning ba‘zilarida – davolashga nisbatan javob reaksiyasi juda past bo‘ladi. Davolash maqsadiga javob beruvchi kichik dozalarni qo‘llash kerak.

Menopurning birinchi in‘eksiyasini shifokorning sinchkov nazorati ostida qo‘llash kerak.

Davolashni boshlashdan oldin har ikkala partnerda bepushtlikning sababini aniqlash, shu bilan birga qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar borligi yuzasidan tibbiy tekshiruv o‘tkazish kerak. Xususan, pasient ayollarda gipotireoidizm, adrenokortikal yetishmovchilik, giperprolaktinemiya, gipofizar yoki gipotalamik o‘smalar borligini tekshirish, bunday patologik holatlarda ko‘zda tutilgan muvofiq davolashni buyurish kerak.

Anovulyasiya natijasida bepushtlikni davolash doirasida ham, yordamchi reproduktiv texnologiyalar (YORT) dasturlari doirasida ham follikulalarni o‘sishini rag‘batlantirish o‘tkazilayotgan pasient ayollarda tuxumdonlar o‘lchamini kattalashishi yoki tuxumdonlar giperstimulyasiya sindromi rivojlanishi mumkin. Menopur preparatini tavsiya etilgan dozalash tartibiga rioya qilish va tuxumdonlarni davolashga nisbatan reaksiyasini yaxshilab nazorat qilish ushbu nojo‘ya samaralarni rivojlanish havfini kamaytirishga yordam beradi. Follikulalarni yetilish ko‘rsatkichlarini ekspress baholash shifokordan bunday sinamalarni taxlil qilish tajribasini talab etadi.

Tuxumdonlar giperstimulyasiyasi sindromi (TGS)

TGS – tuxumdonlarni asoratsiz kattalashishidan farq qiluvchi holatdir. TGS simptomlarning og‘irligi avj olib borishi mumkin bo‘lgan sindrom hisoblanadi. Sindrom tuxumdonlar o‘lchamini ahamiyatli darajada kattalashishi, jinsiy steroid gormonlarning darajasini oshishi, shuningdek qon-tomirlarning o‘tkazuvchanligini oshishi bilan namoyon bo‘ladi, bu qorin bo‘shlig‘i, plevra bo‘shlig‘i, kamdan-kam hollarda perikardial bo‘shliqda suyuqlikni to‘planishiga olib kelishi mumkin.

TGS og‘ir holatlarda quyidagi simptomlar: qorinda og‘riq, qorinni dam bo‘lishi, tuxumdonlarni ahamiyatli darajada kattalashishi, tana vaznini oshishi, dispnoe, oliguriya va ko‘ngil aynishi, qusish va diareya kabi gastrointestinal simptomlar kuzatilishi mumkin. Klinik tekshiruvlarda gipovolemiya, elektrolitlar muvozanatini buzilishi, assit, gemoperitoneum, plevra bo‘shlig‘ini bo‘rtishi, gidrotoraks, o‘tkir o‘pka distress sindromi va tromboemboliya epizodlarini aniqlash mumkin.

Tuxumdonlarni gonadotropin bilan davolashga nisbatan reaksiyani oshishi, ovulyasiyani stimulyasiya qilish uchun XGG qo‘llangan holatlardan tashqari, TGS ga olib keladi, shuning uchun TGS rivojlanganida ovulyasiyani XGG yordamida stimulyasiya qilishdan saqlanish, shuningdek pasient ayollarga jinsiy aloqalardan saqlanish yoki kamida 4 kun davomida kontrasepsiyaning to‘siqli usullaridan foydalanishni tavsiya etish kerak. TGS tez (bir sutkadan bir necha kungacha) boshlanishi mumkin va jiddiy nojo‘ya samara hisoblanadi, shuning uchun pasient ayollar XGG yuborilganidan so‘ng kamida 2 hafta davomida shifokorning sinchkov nazoratida bo‘lishlari kerak.

Menopurni tavsiya etilgan dozalash tartibiga rioya qilish va davolash vaqtida sinchiklab nazorat qilish tuxumdonlar giperstimulyasiyasi va ko‘p homilali homiladorlikni rivojlanish havfini minimallashtirish imkonini beradi. Yordamchi reproduktiv texnologiyalar (YORT) dasturlarini o‘tkazishda ovulyasiya boshlanishida barcha follikulalarni aspirasiyasi giperstimulyasiyani rivojlanish havfini pasaytirishga yordam beradi.

TGS og‘ir shakllarga o‘tishi mumkin va homiladorlik kuzatilganida uzoqroq davom etishi mumkin. Odatda TGS hayz ko‘rish sikli kuzatilganida o‘z-o‘zidan o‘tib ketadi.

TGS og‘ir holatlarida gonadotropinni yuborishni to‘xtatish kerak, pasient ayol esa maxsus davolashni olishi uchun shifoxonaga yotkazilishi kerak.

Sindrom asosan tuxumdonlar polikistozi bo‘lgan pasientlarda kuzatiladi.

Ko‘p homilali homiladorlik

Ko‘p homilali homiladorlik, ayniqsa homilalar miqdori ko‘p bo‘lganida, perinatal davrda ona uchun ham, homila uchun ham asoratlarni rivojlanish havfi yuqori bo‘ladi.

Ovulyasiya gonadotrop gormoni bilan davolash natijasida kuzatiladigan pasient ayollarda ko‘p homilalikni rivojlanish hollari tabiiy urug‘lanish natijasida kuzatiladigan homiladorlikka nisbatan ko‘proq kuzatiladi. Ko‘p homilalikni rivojlanish havfini minimallashtirish uchun pasient ayoldagi tuxumdonlarning reaksiyasini sinchiklab nazorat qilish kerak. Yordamchi reproduktiv texnologiyalar (YORT) muolajasi o‘tkazilganidan so‘ng pasientda ko‘p homilali homiladorlikni rivojlanish havfi, asosan o‘tkazilgan embrionlarning miqdori, ularning sifati va pasientning yoshiga bog‘liq.

Davolashni boshlanishida pasientlar, ularda ko‘p homilali homiladorlik rivojlanishi mumkinligi yuzasidan ogohlantirilgan bo‘lishlari kerak.

Homilani tushishi

Homiladorlikni to‘xtashi yoki spontan abortlar natijasida homilani tushish hollari follikulalarni yetilishi stimulyasiya qilingan ayollarda yoki yordamchi reproduktiv texnologiya (YORT) dasturlarini o‘tishda, tabiiy urug‘lantirishga nisbatan yuqori bo‘ladi.

Bachadondan tashqari homiladorlik

Bachadon naylarini kasalliklari bo‘lgan ayollarda bachadondan tashqari homiladorlikni rivojlanish havfi tabiiy urug‘lanish yoki bepushtlikni davolash hollariga nisbatan yuqori bo‘ladi. In vitro sharoitlarida fertilizasiya o‘tkazilganidan so‘ng ektopik homiladorlikni uchrash chastotasi, populyasiyadagi 1-1,5% ga nisbatan 2-5% ni tashkil etadi.

Reproduktiv a‘zolarda o‘smalarni hosil bo‘lishi

Bepushtlik bo‘yicha medikamentoz davolashni ko‘p marta olgan ayollarda tuxumdonlar va reproduktiv tizimning boshqa a‘zolarida ham havfsiz, ham havfli o‘smalarni rivojlanishi kuzatilgan. Hozirgi kunda bepushtlik bilan xastalangan ayollarda gonadotropin bilan davolash va o‘smalarni rivolanishiga boshlang‘ich moyillik o‘rtasida bog‘liqlik aniqlanmagan.

Tug‘ma rivojlanish nuqsonlari

YORT o‘tkazgan ayollardan tug‘ilgan homilada tug‘ma rivojlanish nuqsonlarini tarqalishi, tabiiy yo‘l bilan urug‘langandagi nuqsonlar soniidan biroz ortiq bo‘lishi mumkin. Bu ota-onalarning individual hususiyatlari (masalan, onaning yoshi, spermaning hususiyatlari va h.) va ko‘p homilali homiladorlikning natijasi bo‘lishi mumkin deb hisoblanadi.

Tromboembolik buzilishlar

Tromboembolik holatlarni rivojlanish havfi yuqori bo‘lgan ayollarda nasliy moyillik, ahamiyatli darajadagi semirish (tana vazni indeksi > 30 kg/m2) yoki trombofiliya sababli gonadotropin bilan davolanish vaqtida ham, davolash tugaganidan keyin ham venoz va arterial tromboembolik buzilishlar rivojlanishi mumkin. Homiladorlikni o‘zi ham tromboembolik asoratlarni rivojlanish havfini oqishiga olib kelishini ta‘kidlash kerak.

Menopur preparatini qo‘llash doping-sinamasini ijobiy natijasiga olib kelishi mumkin. Menopur preparatini doping sifatida qo‘llash pasientning ahvolini yomonlashtirishi mumkin.

Preparat tarkibida laktoza saqlaydi, shuning uchun uni galaktozani o‘zlashtirolmaslikni kam uchraydigan nasliy shakllari, laktaza yetishmovchiligi yoki glyukoza-galaktoza malabsorbsiya sindromi bo‘lgan pasientlarga qo‘llash mumkin emas.

Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi

Homiladorlik yoki emizish davrida Menopur preparatini qo‘llash mumkin emas.

Bolalar

Bolalarda qo‘llanmaydi.

Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Avtotransport va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga Menopur preparatini ta‘sir qilish ehtimoli kam.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborilish samaralari noma‘lum, tuxumdonlar giperstimulyasiya sindromi rivojlanishi mumkin. Davolash simptomatik bo‘ladi.

Chiqarilish shakli

Kukunli 10 flakon va 1 ml erituvchili 10 ampula karton qutida.

 

Saqlash sharoiti

25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda, yorug‘likdan himoyalangan saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

MENOPUR LG poroshok 75me N10 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
MENOPUR LG poroshok 75me N10 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
MENOPUR LG poroshok 75me N10 dori vositasi Ferring GmbH tomonidan Germaniya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
MENOPUR LG poroshok 75me N10 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
MENOPUR LG poroshok 75me N10 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
IVF M poroshok 150me N1
IVF M poroshok 75me N1
MENOPUR FSG poroshok 75me N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: менотропин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Ferring GmbH
Ishlab chiqaruvchining dorilari
DEKAPEPTIL inyeksiya uchun eritma 1ml 0,1mg/ml N7
Narh: 405 000 so'mdan Batafsil
XORAGON poroshok 1500me N3
DEKAPEPTIL DEPO poroshok 3,75mg N1
MENOPUR FSG poroshok 75me N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: менотропин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Ferring GmbH
XORAPUR poroshok 5000 ME N3
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Ishlab chiqaruvchi: Ferring GmbH
XORAPUR poroshok 1500 ME N3
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Ishlab chiqaruvchi: Ferring GmbH
PABAL inyeksiya uchun eritma 1 ml 100 mkg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Ishlab chiqaruvchi: Ferring GmbH
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9