×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

RIGEVIDON tabletkalari N21

Kategoriya:
- Tanosil tizimi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Vengriya
Faol modda:
Этинилэстрадиол, Левоноргестрел
Qadoqda soni:
- 21
Ishlab chiqaruvchi:
- Gedeon Richter PLC
ATX kodi:
- G03AA07
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 191 ta dorixonasida topildi

ico 42 600 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 56 600 s`om dan + yetkazish

Buyurtma berish

ico 48 000 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

PROJESTOJEL gel 80g 1% Besins Healthcare S.A., Бельгия произведено: Besins Manufacturing Belgium S.A. Belgiya
130 000 s`om dan
UTROJESTAN kapsulalar 100mg N28 Синдеа Фарма СЛ, Испания по заказу Безен Хелскеа СА, Бельгия Ispaniya/Belgiya
106 000 s`om dan
FEMOSTON 1/5 KONTI tabletkalari N28 Abbott Healthcare SAS, Франция произведено: Abbott Biologicals B.V. Niderlandlar
117 700 s`om dan
YARINA tabletkalari N21 Байер Веймар ГмбХ и Ко.КГ/Байер АГ Germaniya
232 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
RIGEVIDON tabletkalari N21 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

DORI PREPARATINI QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

(MUTAXASSISLAR UCHUN)

 

  1. DORI VOSITASINING NOMI

RIGEVIDON® qobiq bilan qoplangan tabletkalar

RIGEVIDON®

XPN: Etinilestradiol/Levonorgestrel (Ethinylestradiol/Levonorgestrel)

 

  1. SIFAT VA MIQDORIY TARKIBI

Har bir qobiq bilan qoplangan tabletkada 0,30 mg etinilestradiol va 0,150 mg levonorgestrel.

Yordamchi moddalar: laktoza monogidrati va saxaroza

Yordamchi moddalarning to‘liq ro‘yxati 6.1. Bo‘limda keltirilgan

  1. DORI SHAKLI

Qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Oq, dumaloq, ikki tomonlama qavariq, qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

  1. klinik xususiyatlari

4.1     Qo‘llanilishi

Peroral kontrasepsiya.

4.2     Qo‘llash usuli va dozalar

Qobiq bilan qoplangan Rigevidon tabletkalarini qanday qabul qilish kerak

Tabletkalarni har kuni bir vaqtda, kontur uyali o‘ramida ko‘rsatilgan ketma-ketlikda qabul qilish kerak.

Ketma-ket 21 kun davomida kuniga bir tabletkadan qabul qilish lozim. Har bir keyingi kontur uyali o‘ramdan tabletkalarni qabul qilishni, odatda bekor qilish oqibatida qon ketishi yuz bergan vaqtdan boshlab 7 kunlik tanaffusdan so‘ng boshlash lozim. Odatda u oxirgi tabletka qabul qilinganidan keyin 2- yoki 3- kuni boshlanadi va keyingi o‘ram boshlanadigan vaqtda ham davom etishi mumkin.

 

Qobiq bilan qoplangan Rigevidon tabletkalarini qabul qilishni qanday boshlash kerak

Agar preparat birinchi marta qabul qilinayotgan bo‘lsa:

Tabletkalarni hayz ko‘rish siklining birinchi kuni qabul qilish kerak. Rigevidon tabletkalarini hayz ko‘rish siklining 2-5 kunlari qabul qilishga ruxsat beriladi, lekin bunday hollarda birinchi 7 kun davomida, preparatni qo‘llashning birinchi sikli vaqtida, bir vaqtning o‘zida qo‘shimcha nogormonal (to‘siqli) kontrasepsiya usullaridan foydalanish tavsiya qilinadi.

Agar ilgari boshqa majmuaviy gormonal kontraseptiv vosita (majmuaviy peroral kontraseptiv, vaginal xalqa yoki transdermal plastir) ishlatilgan bo‘lsa:

Rigevidon preparatini qabul qilishni kontraseptiv tabletkalarning avvalgi kontur uyali o‘ramidan oxirgi faol tabletkani qabul qilingandan keyin (yoki vaginal xalqa yoki transdermal plastir olib tashlangandan keyin) keyingi kuni boshlash, lekin avvalgi kontraseptivning tabletkalarini qabul qilgandan keyin (yoki plaseboni, yoki vaginal xalqa yoki transdermal plastir olib tashlangandan keyin) odatdagi tanaffusdan so‘ng kechi bilan kelasi kuni boshlash lozim.

Agar avval progestinli kontraseptiv vositalar (mini-pillar, in‘eksiyalar, implantatlar yoki bachadon ichki spirallari) qo‘llangan bo‘lsa:

Mini-pillardan Rigevidonga o‘tishni istalgan kuni amalga oshirish mumkin, implantat yoki bachadon ichki spirali ishlatilganda – ularni olib tashlangan kuni, in‘eksiyalar ishlatilganda esa – keyingi in‘eksiya qilinishi lozim bo‘lgan kuni amalga oshirish lozim. Barcha bunday hollarda ayolga, preparatni qabul qilishning birinchi 7 kuni davomida, bir vaqtda to‘siqli kontrasepsiya usullarini qo‘llash tavsiya qilinadi.

Homiladorlikning 1 uch oyligidagi abortdan keyin:

Rigevidon tabletkalarini qabul qilishni darhol boshlash mumkin. Bunday hollarda qo‘shimcha kontraseptiv vositalarni qo‘llash talab etilmaydi.

Homiladorlikning 2 uch oyligidagi tug‘ruq yoki abortdan keyin:

Tug‘ruqdan keyingi davrdagi tromboembolik asoratlarning yuqori xavfi tufayli, Rigevidon tabletkalarini qabul qilishni emizmayotgan ayollarga tug‘ruqdan keyin 21-28 kunlari, va homiladorlikning 2 uch oyligidagi abortdan keyin boshlash tavsiya qilinadi. Agar Rigevidon tabletkalarini qabul qilish bu muddatdan kechroq boshlansa, preparatni qo‘llashning birinchi 7 kuni davomida qo‘shimcha to‘siqli kontrasepsiya usullarini qo‘llash tavsiya qilinadi. Shu bilan birga, agar jinsiy aloqa bo‘lgan bo‘lsa, tabletkalarni qabul qilishni boshlashdan oldin homiladorlikni istisno qilish yoki birinchi hayz ko‘rish boshlangunicha tabletkalarni qabul qilishni boshlashni kechiktirib turish lozim.

Emizish davri:

4.6. Bo‘limga qarang

 

Tabletkalarni qabul qilish o‘tkazib yuborilgan hollarda nima qilish kerak

Agar navbatdagi tabletkani qabul qilish lozim bo‘lgan vaqtdan 12 soatdan kamroq vaqt o‘tgan bo‘lsa, kontraseptiv himoya pasaymaydi. Ayol o‘tkazib yuborilgan tabletkani, uni eslashi bilanoq darhol qabul qilishi lozim, keyingi tabletkalar odatdagi vaqtda qabul qilinishi kerak.

Agar navbatdagi tabletkani qabul qilish lozim bo‘lgan vaqtdan 12 soatdan ko‘proq vaqt o‘tgan bo‘lsa, kontraseptiv himoya pasayishi mumkin. Tabletkalarni qabul qilishni o‘tkazib yuborilishi bilan bog‘liq vaziyatlarda, ikki asosiy qoidaga amal qilish lozim:

  1. Preparatni qabul qilishdagi tanaffus hech qachon 7 kundan oshmasligi kerak;
  2. Gipotalamo-gipofizar-tuxumdon tizimini adekvat bostirishga erishish uchun tabletkalar 7 kun uzluksiz qabul qilinishi lozim.

Shunday qilib, kundalik amaliyot sharoitida quyidagi tavsiyalar berilishi mumkin:

1 hafta:

Oxirgi o‘tkazib yuborilgan tabletkani, pasient ayol buni eslashi bilanoq, xattoki agar ayol preparatning ikkita tabletkasini bir vaqtda qabul qilishi lozim bo‘lsa ham, u darhol qabul qilinishi lozim. Keyinchalik tabletkalarni qabul qilish odatdagi tartibda davom ettiriladi. Keyingi 7 kun davomida bir vaqtda qo‘shimcha kontrasepsiyaning to‘siqli usullarini (masalan, prezervativni) ishlatish lozim. Agar avvalgi 7 kun davomida jinsiy aloqa o‘rin tutgan bo‘lsa, homiladorlik yuz berishi ehtimolini nazarda tutish lozim. Qanchalik ko‘p tabletka o‘tkazib yuborilgan bo‘lsa va bu preparatni qabul qilishdagi tanaffusga qanchalik yaqin bo‘lsa, homiladorlikni boshlanish ehtimoli shunchalik yuqori bo‘ladi.

2 hafta:

Oxirgi o‘tkazib yuborilgan tabletkani, pasient ayol buni eslashi bilanoq, xattoki agar ayol preparatning ikkita tabletkasini bir vaqtda qabul qilishi lozim bo‘lsa ham, u darhol qabul qilinishi lozim. Keyinchalik tabletkalarni qabul qilish odatdagi tartibda davom ettiriladi. Agar Rigevidon tabletkalari avvalgi 7 kun davomida to‘g‘ri qabul qilingan bo‘lsa, qo‘shimcha kontrasepsiya vositalarini qo‘llash talab etilmaydi. Biroq agar bunday bo‘lmasa yoki 1 tabletkadan ortiq o‘tkazib yuborilgan bo‘lsa, preparatni qabul qilishning keyingi 7 kuni davomida to‘siqli kontrasepsiya usullarini qo‘shimcha ravishda qo‘llash tavsiya qilinadi.

3 hafta:

Kontraseptiv himoyani kritik pasayish xavfi preparatni qabul qilishdagi keyingi tanaffusdan keyin aniq bo‘ladi. Biroq, tabletkalarni qabul qilish tartibiga o‘zgartirishlar kiritish yo‘li bilan kontraseptiv himoyani susayishi bartaraf qilinishi mumkin. Shu boisdan, preparatni qabul qilinishining taklif etilgan ikkita tartibidan biriga amal qilinib, avvalgi birinchi o‘tkazib yuborilgan tabletkadan oldin 7 kun davomida preparatning barcha dozalari to‘g‘ri qabul qilingan sharoitlarda qo‘shimcha kontrasepsiya vositalarini qo‘llash zarurati yo‘q. Agar shunday bo‘lmasa, pasient ayol taklif etilgan muqobil usullardan birinchisiga amal qilishi tavsiya qilinadi.

Bundan tashqari, keyingi 7 kun davomida bir vaqtda kontrasepsiyaning boshqa usuli ishlatilishi lozim.

  1. Oxirgi o‘tkazib yuborilgan tabletkani, pasient ayol buni eslashi bilanoq, xattoki agar ayol preparatning ikkita tabletkasini bir vaqtda qabul qilishi lozim bo‘lsa ham, u darhol qabul qilinishi lozim. Keyinchalik tabletkalarni qabul qilish odatdagi tartibda davom ettiriladi. Keyingi kontur uyali o‘ramdagi tabletkalarni, pasient ayol joriy kontur uyali o‘ramdagi so‘nggi tabletkani qabul qilganidan keyin keyingi kuni qabul qilishni boshlashi lozim, ya‘ni preparatni qabul qilishlar orasidagi tanaffussiz boshlashi lozim. Ikkinchi o‘ram tugagunicha “bekor qilish” oqibatidagi qon ketishlari ehtimoli kam, biroq tabletkalarni qabul qilish fonida surkalgan qonli ajralmalar yoki bachadondan shiddatli qon ketishlari kuzatilishi mumkin.
  2. Shuningdek joriy kontur uyali o‘ramdan tabletkalarni qabul qilishni to‘xtatish tavsiya qilinishi mumkin. Bunday hollarda pasient ayol preparatni qabul qilishda 7 kun davomiylikdagi, shu jumladan u tabletkalarni qabul qilishni unutgan kunlarini qo‘shib, tanaffus qilishi kerak, so‘ngra esa, tabletkalarni keyingi o‘ramidan qabul qilishni boshlashi kerak.

Agar pasient ayol tabletkalarni qabul qilish o‘tkazib yuborgan bo‘lsa va bundan keyin preparatni qabul qilishdagi birinchi tanaffus davomida “bekor qilish” oqibatidagi qon ketishlari bo‘lmasa, homilador bo‘lish ehtimolini taxmin qilish lozim.

 

Qusish/diareya bo‘lgan hollarda tavsiyalar

Agar tabletkalar qabul qilinganidan keyin 3-4 soat o‘tmasdan qusish o‘rin tutgan bo‘lsa, preparatni so‘rilishi to‘liq bo‘lmasligi mumkin. Bunday hollarda tabletkalarni qabul qilishni o‘tkazib yuborilishi yusasidan yuqorida ta‘riflangan tavsiyalarga amal qilish lozim. Diareya preparatni noto‘liq so‘rilishi natijasida, uning samaradorligini pasayishiga olib kelishi mumkin. Agar ayol tabletkalarni qabul qilishning odatdagi tartibini o‘zgartirishni hoxlamasa, u boshqa kontur uyali o‘ramdan qo‘shimcha tabletka (lar) ni qancha lozim bo‘lsa, shuncha kun qabul qilishi lozim.

 

Hayz ko‘rish vaqtini qanday kechiktirish yoki o‘zgartirish mumkin

Hayz ko‘rish vaqtini kechiktirish uchun, pasient ayol Rigevidon preparatining keyingi kontur uyali o‘ramidan tabletkani qabul qilishni, uning joriy o‘ramidagi so‘nggi tabletka qabul qilingandan keyin kelasi kuni, preparatlarni qabul qilishda tanaffus qilmasdan boshlashi kerak. Shunday qilib, ikkinchi o‘ramdagi tabletkalar tugagunicha hayz ko‘rish vaqtini istalgan vaqtga kechiktirish mumkin. Bu qo‘shimcha vaqt davomida pasient ayolda shiddatli qon ketishlari yuz berishi mumkin yoki qindan surkaluvchi qonli ajralmalari kuzatilishi mumkin. Odatdagi 7 kunlik tanaffusdan keyin Rigevidon preparatini muntazam qabul qilishni yana boshlash lozim.

Hayz ko‘rish vaqtini, preparatni qabul qilish fonida yuz berishi mumkin bo‘lgan haftaning boshqa kuniga o‘tkazish uchun, tabletkalarni qabul qilishdagi kelgusi tanaffusni necha kun lozim bo‘lsa, shuncha qisqartirish kerak. Preparatni qabul qilishdagi tanaffus qanchalik qisqa bo‘lsa, pasient ayolda «bekor qilish qon ketishi» xavfi shuncha yuqori bo‘ladi. Bundan tashqari, ikkinchi o‘ramdagi tabletkalarni qabul qilish vaqtida shiddatli qon ketishlarining xavfi yoki surkaluvchi qonli ajralmalarni paydo bo‘lishi (hayz ko‘rish vaqtini kechiktirishdagiga o‘xshash) oshadi. Ta‘kidlash lozimki, preparatlarni qabul qilish orasidagi tanaffusni uzaytrish mumkin emas.

4.3     Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Majmuaviy peroral kontraseptivlarni quyida sanab o‘tilgan kasalliklarda va holatlar bo‘lgan hollarda ishlatish mumkin emas. Agar bunday kasallik yoki holat peroral kontraseptivlarni ishlatish vaqtida birinchi marta aniqlanayotgan bo‘lsa, preparatni qo‘llash darhol to‘xtatilishi lozim.

  • venoz tromboemboliya yoki uni anamnezda borligi (masalan, chuqur venalar trombozi, o‘pka arteriyasi tromboemboliyasi) xavf omillari bilan birga yoki ularsiz (4.4 Bo‘limga qarang);
  • arterial tromboemboliya yoki uni anamnezda borligi, xususan miokard infarkti va miyada qon aylanishini buzilishi (4.4 Bo‘limga qarang);
  • venoz yoki arterial trombozning jiddiy yoki juda ko‘p xavf omillarini mavjudligi (4.4 Bo‘limga qarang);
  • anamnezda trombozga olib keluvchi holatlarni (masalan, miyada qon aylanishini o‘tkinchi buzilishi yoki stenokardiya);
  • yurak-qon tomir kasalliklari (masalan, yurak, yurak klapanlari kasalliklari va aritmiyalar);
  • og‘ir arterial gipertenziya;
  • mikro- yoki makroangiopatiya ko‘rinishlari bilan kechuvchi qandli diabet;
  • ko‘rishni qon tomir etiologiyasiga bog‘liq buzilishi;
  • sut bezi va jinsiy a‘zolarning diagnostika qilingan yoki gumon qilingan gormonlarga bog‘liq xavfli o‘smalari;
  • jigarning jiddiy kasalliklari yoki ularni anamnezda bo‘lganiligi («jigarning» funksional sinamalarining ko‘rsatkichlari normallashgunicha);
  • jigar o‘smalari (xavfsiz yoki xavfli) yoki ularni anamnezda bo‘lganiligi;
  • noma‘lum etiologiyali qindan qon ketishlari;
  • o‘chog‘li nevrologik simptomatika bilan kechuvchi migren;
  • faol moddaga yoki yordamchi moddalardan birontasiga yuqori sezuvchanlik.

4.4     Maxsus ogohlantirishlar va ehtiyotkorlik choralari

Majmuaviy peroral kontraseptivlarni buyurilgunga qadar bo‘lgan tekshiruv va klinik ko‘rik

Majmuaviy peroral kontraseptivlarni qabul qilishni boshlashdan yoki qayta boshlashdan oldin pasient ayolning to‘liq shaxsiy va oilaviy anamnezni yig‘ish, klinik ko‘rikni o‘tkazish va homiladorlikni istisno qilish kerak. Ko‘rik vaqtida qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlarni (4.3 Bo‘limga qarang) va bu bo‘limda eslatilgan ogohlantirishlarni aniqlash lozim. Pasient ayol iste‘molchilar uchun preparatning qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasini diqqat bilan o‘rganib chiqishi va unda keltirilgan tavsiyalarga amal qilishi lozim. Peroral kontraseptivlarni qabul qilishning butun davri davomida yiliga kamida bir marta klinik ko‘rik o‘tkazilishi kerak. Davriy tekshiruvlarning soni va xarakteri har bir pasient ayol uchun shaxsiy ravishda aniqlanishi lozim.

 

Maxsus ogohlantirishlar

Umumiy

Pasient ayol peroral kontraseptivlar OITV-infeksiyani (OITSni) va jinsiy yo‘l

bilan yuqadigan boshqa infeksiyalarni (JYBYUI) yuqishidan himoya qilmasligi xususida xabardor bo‘lishlari kerak.

Chekish majmuaviy peroral kontraseptivlarni (MOK) qabul qilish fonida yurak-qon tomir tizimi tomonidan jiddiy nojo‘ya reaksiyalarni rivojlanish xavfini oshiradi. Bu xavf yosh o‘tgan sayin oshib boradi, chekilgan sigaretalarning soniga bog‘liq va 35 yoshdan oshgan ayollarda ayniqsa yuqoridir. MOK ni qabul qilayotgan barcha ayollarga chekmaslikni qat‘iy tavsiya qilish kerak. 35 yoshdan oshgan chekuvchi ayollar yuzasidan boshqa kontrasepsiya usullarini buyurish imkonini ko‘rib chiqish kerak.

Quyida keltirilgan xavf holatlari/omillaridan birontasi aniqlanganda, majmuaviy peroral kontraseptivlarni qo‘llashning «foydasi/xavfi» har bir konkret holatda baholab chiqilishi lozim. O‘tkazilgan tahlil natijalarini pasient ayol bilan majmuaviy peroral kontraseptivlarni qabul qilishni boshlashdan oldin muhokama qilish kerak. Bu xavf omillari yoki holatlaridan birontasini birinchi ko‘rinishlari namoyon bo‘lgan yoki kechishi og‘irlashgan hollarda, ayol davolovchi shifokor bilan bog‘lanishi tavsiya qilinadi. Shundan so‘ng davolovchi shifokor MOK ni ishlatishni davom ettirish yoki bekor qilish to‘g‘risidagi qarorni qabul qilishi lozim.

  1. Qon aylanishini buzilishlari

Har qanday MOK ni ishlatilishi venoz tromboemboliya (VTE) ni rivojlanish xavfi, MOK ni ishlatmayotgan ayollardagi ushbu ko‘rsatkichga qaraganda ancha yuqori bo‘ladi. Mavjud ma‘lumotlarga ko‘ra, MOK ni ishlatmayotgan ayollar orasida VTE ning tez-tezligi yiliga 100000 pasientga 5-10 odamni tashkil qiladi. VTE xavfini oshishi MOK ni qo‘llashning birinchi yili davomida juda yuqori bo‘ladi. Xavfni ushbu oshishi, 100000 homiladorlikka 60 holat sifatida baholanayotgan homiladorlik bilan bog‘liq VTE xavfiga qaraganda pastroq. VTE 1-2% holatlarda o‘limga olib keladi. Umuman olganda, levonorgestrel va
50 mkg dan kamroq etinilestradiol saqlovchi majmuaviy peroral kontraseptivlarni qo‘llash fonidagi mutloq xavf (kasallanish xavfi), preparat qo‘llanganda yiliga 100000 pasientga taxminan 20 holatni tashkil qiladi.

Peroral kontraseptivlarni ishlatayotgan ayollarda boshqa qon tomirlarining, ya‘ni jigar, ichak brijeykasi, buyrak va ko‘zning to‘r pardasini vena va arteriyalarining trombozi juda kam uchraydi. Bu holatlarni MOK ni ishlatilishi bilan borligi to‘g‘risida yakdil fikr mavjud emas.

Venoz tromboemboliyani rivojlanish xavfi quyidagi holatlarda oshadi:

  • Yosh o‘tishi bilan.
  • Og‘irlashgan oilaviy anamnez hollarida (masalan, yaqin aka-ukalar, opa-singillarda yoki ota-onalarda nisbatan yoshroq paytida venoz tromboemboliyada). Agar nasliy moyillikning borligiga gumon bo‘lsa, pasient ayolni, u peroral kontraseptivlarni ishlatishga qaror qabul qilmasdan oldin mutaxassisga yo‘llash kerak.
  • Semizlikda (tana vaznining indeksi 30 mg/m2 dan ortiq).
  • Uzoq muddatli immobilizasiyada (katta jarohatdan keyin, oyoqlardagi jarrohlik aralashuvi yoki katta jarohatdan keyin). Bunday hollarda peroral kontraseptivlarni qabul qilishni (operasiya rejalashtirilayotgan bo‘lsa, uni o‘tkazishdan kamida 4 hafta oldin) bekor qilish tavsiya qilinadi. Ularni qo‘llashni, harakat faolligi to‘liq tiklangandan keyin kamida 2 haftadan so‘ng qaytadan boshlash mumkin.

Venoz tromboemboliyaning patogenezida venalarning varikoz kengayishi va yuza venalarning tromboflebitini bo‘lishi mumkin bo‘lgan roli yuzasidan yakdil fikrlar mavjud emas.

Tug‘ruqdan keyingi davrda tromboemboliyaning yuqori xavfini hisobga olish lozim (4.6 Bo‘limga qarang).

MOK ni ishlatilishi, umuman olganda o‘tkir miokard infarkti (O‘MI) va miyada qon aylanishini o‘tkir buzilishini rivojlanishini yuqori xavfi bilan bog‘liq bo‘lgan, u esa boshqa xavf omillari, masalan, chekish, arterial bosimni va yoshni oshishi (yuqoriga qarang) borligiga ahamiyatli darajada bog‘liqdir. Ushbu asoratlar kam hollarda rivojlanadi. Rigevidon preparatining O‘MI ni rivojlanish xavfiga ta‘siri o‘rganilmagan.

Arterial tromboemboliyani rivojlanish xavfi quyidagilarda oshadi:

  • Yosh o‘tishi bilan.
  • Chekish bilan bog‘liq hollarda (chekilayotgan sigaretalarning sonini oshishi yoki yoshni oshishi bilan, ayniqsa 35 yoshdan oshgan ayollarda xavfni keyinchalik oshishi kuzatiladi).
  • Dislipoproteinemiyada.
  • Semizlikda (tana vaznining indeksi 30 mg/m2 dan ortiq).
  • Arterial gipertenziyada.
  • Yurak klapanlarining kasalliklarida.
  • Xilpillovchi aritmiyada.
  • Oilaviy anamnez hollarida (masalan, yaqin aka-ukalar, opa-singillarda yoki ota-onalarda nisbatan yoshroq paytida arterial trombozda). Agar nasliy moyillik gumon qilinsa, har qanday gormonal kontraseptivlarni buyurish to‘g‘risidagi qarorni qabul qilishdan oldin pasient ayolni mutaxassisga yo‘llash kerak.

Venoz yoki arterial trombozning simptomlari quyidagilarni o‘z ichiga olishi mumkin:

  • oyoqda bir tomonlama og‘riq va/yoki shish;
  • ko‘krakda to‘satdan, chap qo‘lga irradiasiyasi bilan yoki usiz kuchli og‘riq;
  • to‘satdan hansirashni paydo bo‘lishi;
  • to‘satdan yo‘talni paydo bo‘lishi;
  • har qanday g‘ayritabiiy, kuchli, davomli bosh og‘rig‘i;
  • ko‘rishni to‘satdan qisman yoki to‘liq yo‘qotish;
  • diplopiya;
  • aniq bo‘lmagan nutq yoki afaziya;
  • bosh aylanishi;
  • parsial tirishish xuruji bilan yoki usiz yiqilish;
  • holsizlik yoki tananing bir tomonida yoki bir qismida to‘satdan paydo bo‘ladigan sezuvchanlikni juda sezilarli yo‘qotilishi;
  • harakat buzilishlari;
  • «o‘tkir qorin» simptomi.

Tug‘ruqdan keyingi davrda venoz tromboemboliyaning yuqori xavfini hisobga olish kerak.

Qon aylanishini buzilishi bilan bog‘liq boshqa kasalliklarga qandli diabet, tizimli qizil yugirik, gemolitik-uremik sindrom, ichakning surunkali yallig‘lanish kasalliklari (masalan, Kron kasalligi yoki yarali kolit) va o‘roqsimon xujayrali anemiya kiradi.

Peroral kontraseptivlarni qo‘llash vaqtida migrenning tez-tezligi va og‘irligini oshishida (bu miyada qon aylanishining og‘irroq shakllarini rivojlanishidan oldin bo‘lishi mumkin), ularni darhol bekor qilish mumkinligini qo‘rib chiqish lozim.

Venoz yoki arterial trombozga nasliy yoki orttirilgan moyillikdan dalolat beruvchi biokimyoviy parametrlarga faollashgan S proteiniga (FSP) rezistentlik, V Leyden omilining mutasiyasi, gipergomosisteinemiya, antitrombin III tanqisligi, S proteini tanqisligi, S proteini tanqisligi, antifosfolipid antitelolar (kardiolipinga antitelolar, yugirikli antikoagulyant) ning mavjudligi va dislipoproteinemiya kiradi.

  1. O‘smalar

– Bachadon bo‘yni raki

Ayrim epidemiologik tadqiqotlarda MOKni uzoq muddat davomida qabul qilgan ayollarda bachadon bo‘yni rakini rivojlanishining yuqori xavfi aniqlangan. Bundan tashqari, bu ko‘rsatkichni jinsiy xulq va odam papillomasi virusi (OPV) kabi boshqa omillarga qay darajada bog‘liq ekanligi hali ham aniqlanmagan.

– Sut bezi raki:

54 epidemiologik tadqiqotlarning meta-tahlili, majmuaviy peroral kontraseptivlarni qabul qilgan ayollar sut bezi rakini rivojlanishini birmuncha oshgan nisbiy xavfiga (OR=1,24) egaligini ko‘rsatdi. Bu yuqori xavf MOKni qabul qilish to‘xtaganidan keyin 10 yil davomida asta-sekin pasayadi. Sut bezi rakini 40 yoshdan kichik ayollarda kam uchraydigan kasallik bo‘lganligi tufayli, MOK ni hozirgi vaqtda yoki ilgari qabul qilgan ayollarda sut bezi rakini diagnostika qilingan hollari sonini oshishi, butun umri davomida sut bezi rakini xavfidan farqi unchalik yuqori bo‘lmagan.

Bu tadqiqotlardagi sabab-oqibat bog‘liqligining isboti keltirilmagan. Yuqori xavfning kuzatiladigan manzarasi, MOK ni ishlatgan ayollarda sut bezi rakini ilk diagnostikasi, MOK ning biologik samaralari yoki ko‘rsatilgan ikkala omilning majmuasi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Peroral kontraseptivlarni ishlatayotgan ayollarda, MOK ni ishlatmagan ayollarga nisbatan, sut bezi raki birmuncha ertaroq bosqichida diagnostika qilinadi.

Jigar o‘smalari

MOK ni ishlatgan ayollarda jigarning xavfsiz va xavfli o‘smalari qayd qilingan. Alohida hollarda bu o‘smalar hayotga xavf soluvchi qorin ichki qon ketishlariga olib kelgan. MOK ni ishlatayotgan ayollarda gepatomegaliya yoki qorin ichki qon ketishining belgilari bilan birga, qorinning yuqori qismida kuchli og‘riqlar bo‘lgan hollarda jigar o‘smasining differensial diagnostikasini o‘tkazish lozim.

  1. Boshqa holatlar

– Gipertrigliseridemiyasi bo‘lgan yoki oilaviy anamnezida shu kasallik bo‘lgan ayollarda  MOK pankreatitni rivojlanish xavfini oshishiga olib kelishi mumkin. Giperlipidemiyasi bo‘lgan ayollar, ular MOK ni qabul qilishga qaror qabul bo‘lsalar, sinchkov kuzatuv ostida bo‘lishlari lozim.

– O‘tkir yoki surunkali jigar yetishmovchiligi bo‘lgan hollarda Rigevidon qobiq bilan qoplangan tabletkalarni qo‘llanishi, jigar sinamalarining ko‘rsatkichlari normal qiymatlargacha qaytmagunicha to‘xtatib turilishi kerak. Jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan bemorlarda steroid gormonlar almashinuvi sekinlashishi mumkin.

– MOK ni ishlatgan ko‘pchilik ayollarda arterial bosimni biroz oshishi qayd etilgani bilan bir qatorda, AB ni klinik ahamiyatli oshishi kam kuzatiladi. Agar MOK ni qabul qilish fonida barqaror va yaqqol arterial gipertenziya rivojlansa, kontrasentivni qabul qilishni to‘xtatish va arterial gipertenziyani davolashni boshlash kerak. Agar gipotenziv davolash natijasida arterial bosimning normal ko‘rsatkichlariga erishilsa, zarurat tug‘ilganida MOK ni qo‘llanishi qaytadan boshlanishi mumkin.

– Quyidagi holatlar: xolestaz oqibatidagi sariqlik va/yoki qichishish; o‘tpufagida toshlarni hosil bo‘lishi; porfiriya; tizimli qizil yugirik; gemolitik-uremik sindrom; Sidengam xoreyasi; homiladorlar gerpesi; otoskleroz oqibatida eshitishni yo‘qolishi, ham homiladorlik vaqtida, ham MOK ni qabul qilish vaqtida ro‘y berishi yoki zo‘rayishi mumkinligi to‘g‘risida xabar berilgan. Biroq, sabab-oqibat bog‘liqligini borligi isbotlanmagan.

– MOK periferik insulinorezistentlikka va glyukozaga bo‘lgan tolerantlikka ta‘sir qilish mumkin. Shu boisdan, qandli diabeti bilan xastalangan pasient ayollar, MOK ni qabul qilish vaqtida sinchkov kuzatuvda bo‘lishlari kerak.

– Rigevidon qobiq bilan qoplangan tabletkalar laktoza monogidrati saqlaydi. Galaktozani o‘zlashtira olmaslikning kam uchraydigan nasliy kasalliklari, Lappa laktaza tanqisligi, glyukozo-galaktozani kam so‘rilish sindromi bo‘lgan ayollar ushbu dori preparatini qabul qilmasliklari kerak.

– Rigevidon qobiq bilan qoplangan tabletkalar saxaroza saqlaydi. Fruktozani o‘zlashtira olmaslikning kam uchraydigan nasliy kasalliklari, glyukozo-galaktozani kam so‘rilish sindromi, saxarozo-izomaltaza yetishmovchiligi bo‘lgan ayollar ushbu preparatni qabul qilmasliklari kerak.

– Majmuaviy peroral kontraseptivlarni qabul qilish va Kron kasalligi/yarali kolit o‘rtasida aloqa borligi to‘g‘risida xabar berilgan.

– Xloazma, ayniqsa anamnezida homiladorlar xloazmasi bo‘lgan ayollarda rivojlanishi mumkin. MOK ni qabul qilish vaqtida xloazmani rivojlanishiga moyilligi bo‘lgan ayollar quyoshda bo‘lishdan va ultrabinafsha nurlarining ta‘siridan saqlanishlari kerak.

– MOK ni qabul qilish vaqtida og‘ir depressiya rivojlangan ayollar, preparatni qabul qilishni to‘xtatishlari kerak. Preparatni qabul qilish va bu simptomlarni rivojlanishi orasida bog‘liqlik borligi masalasi aniqlanguncha, pasient ayolga muqobil kontrasepsiya usuli tavsiya etilishi kerak. Ilgari og‘ir depressiya epizodlaridan aziyat chekkan ayollar sinchkov kuzatuv ostida bo‘lishlari va depressiv holat simptomlari qaytadan boshlangan hollarda MOK ni ishlatishni to‘xtatishlari kerak.

– Teshik dalachoy (Hypericum perforatum) saqlovchi o‘simlik vositalari, Rigevidon qobiq bilan qoplangan tabletkalar preparatini qabul qilish vaqtida, qon plazmasida faol moddalarning konsentrasiyasini pasayishi va Rigevidon preparatining farmakologik ta‘sirini pasayish xavfi tufayli qo‘llanmasligi kerak (4.5 Bo‘limga qarang).

 

Samaradorlikni pasayishi

Peroral kontraseptivlarning samaradorligi tabletkalarni qabul qilish o‘tkazib yuborilganda, qusish/diareya bo‘lganida (4.2 Bo‘limga qarang) va boshqa dori vositalarini bir vaqtda qabul qilinganida (4.5 Bo‘limga qarang) pasayishi mumkin.

Hayz ko‘rish siklini buzilishi

Barcha majmuaviy peroral kontraseptivlarni qabul qilish vaqtida, ayniqsa ushbu vositalarni ishlatishning birinchi oyi davomida nomuntazam qon ketishlari (qon aralash ajralmalar yoki shiddatli qon ketishlari) kuzatilishi mumkin. Shunday qilib, har qanday nomuntazam qon ketishlarini klinik baholash, preparatga moslashish davridan keyin taxminan 3 ta hayz ko‘rish sikli davomida o‘tkazilishi kerak.

Agar nomuntazam qon ketishlari oldingi muntazam sikllardan keyin ro‘y bersa, ushbu holatning nogormonal sabablarini ko‘rib chiqish va xavfli jarayon yoki homiladorlikni istisno qilish maqsadida tegishli tekshirishlarni o‘tkazish lozim.

Ba‘zan preparatni qabul qilishdagi tanaffus vaqtida «bekor qilish oqibatidagi qon ketishi» umuman kuzatilmasligi mumkin. Agar tabletkalar 4.2 Bo‘limda keltirilgan yo‘riqnomalarga muvofiq qabul qilingan bo‘lsa, homiladorlikni ro‘y berish ehtimoli juda kam. Shu bilan birga, qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma preparatni qabul qilishdagi birinchi tanaffusgacha buzilgan bo‘lsa, yoki «bekor qilish oqibatidagi qon ketishi» ro‘y bermagan bo‘lsa, yoki ketma-ket ikkita «bekor qilish oqibatidagi qon ketishi» ro‘y bermagan bo‘lsa, MOK ni qo‘llashni davom ettirishdan oldin homiladorlikni istisno etish lozim.

 

4.5     Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri va o‘zaro ta‘sirning boshqa shakllari

MOK samaralariga ta‘sir qilishi mumkin bo‘lgan dori vositalari

Dori vositalarning potensial o‘zaro ta‘sirini aniqlash maqsadida har qanday yondosh qo‘llanilayotgan dori vositalarini qo‘llash bo‘yicha ma‘lumotini doimo o‘rganish kerak!

Jinsiy gormonlarning klirensini oshishiga olib keluvchi dorilarning o‘zaro ta‘sirlari shiddatli qon ketishlariga va kontraseptiv himoyani samarasiz bo‘lib qolishiga olib kelishi mumkin. Mazkur samara gidantoinlarda (masalan, fenitoinda), barbituratlar, primidon, karbamazepin va rifampisinda aniqlangan. MOK ning samaradorligini pasaytirishi mumkin bo‘lgan boshqa faol moddalarga okskarbazepin, topiramat, grizeofulvin va ritonavir kiradi.

Bu ta‘sirlarning mexanizmi, ehtimol ushbu moddalarning «jigar» fermentlari faolligini oshirishiga asoslangan bo‘lishi mumkin. Maksimal fermentativ induksiya odatda 2-3 xafta davomida namoyon bo‘lmaydi, lekin ular bekor qilinganidan keyin kamida yana 4 hafta davomida saqlanib qolishi mumkin. Kontraseptiv vositalarning samarasizlik holatlari, shuningdek ampisillin va terasiklin kabi antibiotiklar bir vaqtda qo‘llanganida ham aniqlangan, lekin ta‘sir mexanizmi noma‘lumligicha qolmoqda.

Dori preparatlarning yuqorida eslatib o‘tilgan sinflaridan birontasini yoki alohida faol moddalarni qisqa kursda (bir haftagacha) olayotgan ayollar, MOK qo‘shimcha ravishda, ya‘ni preparatlarni yo‘ldosh qabul qilish vaqtida va ular bekor qilinganidan keyin 7 kun davomida kontrasepsiyaning to‘siqli usullarini qo‘llashlari lozim.

«Jigar» fermentlari faolligini oshishini chaqiruvchi bu preparatlardan birontasini qisqa vaqt qo‘llangan hollarda, ushbu preparatlarni qo‘llash boshlangan paytdan boshlab, butun davolash davri davomida va ular bekor qilingandan keyin 4 hafta davomida qo‘shimcha to‘siqli kontrasepsiya usullarini qo‘llash tavsiya qilinadi. Ko‘rsatilgan antibiotiklarni qisqa kurs davomida olayotgan ayollar, kontraseptiv tabletkalar bilan bir vaqtda, ya‘ni yondosh dori vositasini qo‘llash davrida va u bekor qilingandan keyin 7 kun davomida to‘siqli kontrasepsiya usullarini ishlatishlari lozim. Agar Rigevidon preparati tabletkalarining navbatdagi o‘rami, qo‘shimcha kontrasepsiya usullarini talab etuvchi vaqtdan ertaroq tugasa, preparatni qabul qilishlar orasida tanaffus qilmasdan, keyingi o‘ramdan boshlash kerak. Bunday hollarda ikkinchi o‘ramdan tabletkalar tugamagunicha «bekor qilish oqibatidagi qon ketishi» ni kutmaslik kerak. Agar ikkinchi o‘ramdan tabletkalarni qabul qilish tugaganidan keyin, pasient ayolda «bekor qilish oqibatidagi qon ketishi» ro‘y bermagan bo‘lsa, u homiladorlikni istisno qilish uchun shifokorga murojaat qilishi kerak.

Ushbu preparatlarni uzoq muddat qo‘llangan hollarda, pasient ayollarga boshqa kontraseptiv vositalarni ishlatish tavsiya qilinadi.

 

Teshik dalachoy (Hypericum perforatum)

Teshik dalachoy (Hypericum perforatum) saqlovchi o‘simlik vositalarini Rigevidon preparati bilan bir vaqtda qabul qilish mumkin emas, chunki bu kontraseptiv samarani potensial yo‘qolishiga olib kelishi mumkin. Shu sababdan shiddatli qon ketishlari va istalmagan homiladorlik holatlari to‘g‘risida xabar berilgan. Sababi preparatning metabolizmida qatnashuvchi fermentlarni Hypericum perforatum tomonidan chaqirilgan induksiyasi hisoblanadi. Induksiyalovchi samara Teshik dalachoyni qabul qilish to‘xtatilganidan keyin yana kamida 2 hafta saqlanib qolishi mumkin.

MOK ni boshqa dori vositalariga ta‘siri

Jinsiy steroid gormonlar qon plazmasida siklosporinning konsentrasiyasini oshirishi mumkin, bu toksik samaralarni rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Lamotridjin va MOK ni bir vaqtda qabul qilish, plazmada lamotridjinning konsentrasiyasini pasayishiga va MOK ni qo‘llashni boshlagan ayollarad tirishish hurujlarini nazoratini yomonlashishiga olib kelishi mumkin.

Laborator tekshirishlar

Kontraseptiv steroid gormonlarni qabul qilish ba‘zi laborator sinamalarning natijalariga, shu jumladan jigar, qalqonsimon bez, buyrak usti bezi va buyrak faoliyatini biokimyoviy ko‘rsatkichlari, plazmaning transport oqsillari (masalan, kortikosteroidni-bog‘lovchi globulin, lipid/lipoprotein fraksiyalari) konsentrasiyasi, karbonsuvlar almashinuvining ko‘rsatkichlari, koagulyasiya va fibrinoliz ko‘rsatkichlariga ta‘sir qilishi mumkin. Kuzatilgan o‘zgarishlar odatda referens ko‘rsatkichlar chegarasida qoladi.

Dori vositalarning potensial o‘zaro ta‘sirini aniqlash maqsadida majmuaviy davolash boshlanishidan oldin har qanday yondosh preparatlarni qo‘llanishi to‘g‘risidagi ma‘lumotni o‘rganib chiqish tavsiya qilinadi.

4.6     Homiladorlik va laktasiya

Rigevidon, qobiq bilan qoplangan tabletkalari homiladorlikda qo‘llash uchun mo‘ljallanmagan. Agar Rigevidon preparatini qabul qilish vaqtida homiladorlik ro‘y bersa, preparatni darhol bekor qilish kerak.

Faqat levonorgestrel qabul qilingan homiladorlikning bir nechta holatlarini kuzatish yo‘li bilan olingan klinik ma‘lumotlar, ushbu preparatni homilaga nohush ta‘siri yo‘qligini ko‘rsatadi.

Ko‘pchilik epidemiologik tadqiqotlarning natijalari, onalari homiladorlikkacha kontraseptiv preparatlarni qabul qilgan bolalarda tug‘ma nuqsonlarni rivojlanish xavfini oshishini, shuningdek etinilestradiol va levonorgestrelning majmuasini bexosdan qabul qilgan hollarda teratogen va fetotoksik samaralarni rivojlanish xavfini aniqlamadi.

 

Emizish davri

Emizish davrida MOK kuho‘krak sutining miqdorini kamaytirishi va tarkibini o‘zgartirish xususiyatiga ega. Shuning uchun, emizish davrida peroral kontraseptivlarni ishlatish tavsiya qilinmaydi. Kontraseptiv steroidlar va/yoki ularning metabolitlarini ozgina miqdori ko‘krak sutiga kirishi mumkin.

4.7     Avtotransportni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri

Rigevidon preparati avtotransportni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘sir qilmaydi yokibirozgina ta‘sir ko‘rsatadi.

  • Noxush nojo‘ya reaksiyalar

Eng ko‘p uchraydigan noxush reaksiyalar – bular jinsiy yo‘llardan nomuntazam qon ketishlari, ko‘ngil aynishi, tanava vaznini oshishi, sut bezlarida og‘riq va bosh og‘riqlaridir. Odatda ular davaolashning boshida ro‘y bergan va o‘tkinchi xarakterga ega bo‘lgan.

A‘zolar tizimining sinfi Tez-tez kuzatilgan nohush holatlar

(³1/100 do <1/10)

Tez-tez kuzatilmagan

(³1/1000 do <1/100) va

kam kuzatilgan (³1/10000 do <1/1000) nohush holatlar

Tizimli buzilishlar va yuborish joyidagi reaksiya Tana vaznini oshishi

Suyuqlikni tutilishi

 
Xavfsiz, xavfli va aniqlanmagan o‘smalar (shu jumladan kistalar va poliplar)   Sut bezi raki

Jigar adenomasi

Gepatosellyulyar karsinoma

Bachadon bo‘yni raki

Immun tizimi tomonidan buzilishlar   Tizimli qizil yugurik
Moddalar almashinuvi va oziqlanish tomonidan buzilishlar   Giperlipidemiya
Ruxiy buzilishlar Libidoni o‘zgarishi

Depressiya

Ta‘sirchanlik

 

 
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar Bosh og‘rig‘i

Asabiylik

Xoreya
Ko‘rish a‘zolari tomonidan buzilishlar Kontakt linzalar taqqanda ko‘zlarni ta‘sirlanishi

Ko‘rishni buzilishlari

 
Eshitish a‘zolari tomonidan buzilishlar va labirintni buzilishlar   Otoskleroz
Qon tomirlari tomonidan buzilishlar Migren Arterial gipertenziya

Venoz tromboemboliya

Arterial tromboemboliya

Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar Ko‘ngil aynishi Qusish

Xolelitiaz

Pankreatit

Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar Xusnbuzar toshmalari Tugunli eritema

Ko‘p shaklli eritema

Xloazma

Jinsiy a‘zolar va sut bezi tomonidan buzilish-lar Qindan nomuntazam qon ketishlari

Amenoreya

Gipomenoreya

Sut bezlari og‘rig‘i

Qin sekretini o‘zgarishi

MOK ni ishlatayotgan ayollarda quyidagi jiddiy nohush holatlar qayd etilgan:

  • venoz tromboemboliya, ya‘ni oyoqlarning chuqur venalari va chanoq venalarining trombozi, shuningdek o‘pka arteriyasining emboliyasi;
  • arterial tromboemboliya;
  • bachadon bo‘yni raki;
  • jigar o‘smalari;
  • teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar: xloazma, tugunli eritema;
  • MOK ni ishlatayotgan ayollar orasida sut bezi rakini aniqlanish chastotasi biroz oshgan. 40 yoshgacha bo‘lgan ayollarda sut bezi raki kam uchraganligi tufayli, sut bezi raki bilan kasallanishning umumiy xavfiga nisbatan, bunday holatlarning qo‘shimcha miqdori kam. MOK ni qo‘llanilishi bilan sabab bog‘liqligi noma‘lum (Qo‘shimcha ma‘lumotni olish uchun 4.3 va 4.4 Bo‘limlarga qarang).

 

4.9     Dozani oshirib yuborilishi

Preparatning dozasi oshirib yuborilganda ro‘y beruvchi biron-bir nohush holatlar to‘g‘risida ma‘lumot yo‘q. Rigevidon tabletkalarining dozasini oshirib yuborilishi natijasida ro‘y berishi mumkin bo‘lgan simptomlar – ko‘ngil aynishi, qusish va yosh qizlarning jinsiy yo‘llaridan biroz qon ketishi hisoblanadi. Spesifik antidot yo‘q, keyingi davolash simptomatik bo‘lishi kerak.

  1. FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI

5.1     Farmakodinamik xususiyatlari

Farmakoterapevtik guruhi: Jinsiy gormonlar va jinsiy tizim modulyatorlari, tizimli qo‘llash uchun gormonal kontraseptivlar; progestagen va estrogenlarning fiksasiyalangan majmuasi.

ATX kodi: G03AA07

Rigevidon tabletkalarining kontraseptiv samarasi turli mexanizmlarning o‘zaro ta‘siriga asoslangan bo‘lib, ular orasida eng muhimlari ovulyasiyani susaytirilishi, shuningdek endometriyadagi va servikal shilliqning o‘zgarishlari hisoblanadi.

5.2     Farmakokinetikasi

Etinilestradiol

So‘rilishi:

Etinilestradiol me‘da-ichak yo‘llaridan tez va to‘liq so‘riladi, preparatning qon plazmasidagi maksimal konsentrasiyasiga 1,5 soatdan keyin erishiladi. Devor oldi kon‘yugasiyasi va jigar orqali «birinchi» marta o‘tishidan keyin mutloq biokiraolishligi 66% ni tashkil qiladi. «Konsentrasiya-vaqt» egri chizig‘i ostidagi maydon va Cmax vaqt o‘tgani sayin biroz oshiishi mumkin.

Taqsimlanishi:

Etinilestradiolning qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanishi 98,8% gachani tashkil qiladi. Bog‘lanish deyarli to‘liq albumin bilan ro‘y beradi.

Metabolizmi:

Etinilestradiol ham ingichka ichakning shilliq qavatida, ham jigarda tizim oldi kon‘yugasiyasiga uchraydi. Etinilestradiolning bevosita kon‘yugatlarini ichak florasi tomonidan gidrolizi natijasida etinilestradiol hosil bo‘ladi, va u yana qayta so‘rilish mumkin (enterojigar resirkulyasiyasi). Etinilestradiolning metabolizmining asosiy yo‘li sitoxrom R-450 tizimi ta‘sirida gidroksillanish bo‘lib, natijada asosiy metabolitlar 2-ON-etinilestradiol va 2-metoksi-etinilestradiol hosil bo‘ladi. 2-ON-etinilestradiol keyinchalik kimyoviy jihatdan faol metabolitlargacha metabolizmga uchraydi.

Chiqarilishi:

Etinilestradiol qon plazmasidan chiqarilganda yarim chiqarilish davri (T½) taxminan 29 soatni (26-33 soat) tashkil qiladi, plazma klirensi soatiga 10-30 l atrofida o‘zgarib turadi. Etinilestradiolninng kon‘yugatlariva uning metabolitlarini chiqarilishi siydik va ahlat bilan (1:1) amalga oshadi.

 

Levonorgestrel

So‘rilishi:

Ichga qabul qilingandan keyin levonorgestrel me‘da-ichak yo‘llaridan tez va to‘liq so‘riladi. Biokiraolishligi taxminan 100% ni tashkil qiladi. Levonorgestrel jigar orqali «birinchi» marta o‘tishida metabolizmga uchramaydi.

Taqsimlanishi:

Qon plazmasida levonorgestrel albumin va JGBG bilan (jinsiy gormonlarni bog‘lovchi globulin bilan) sezilarli darajada bog‘lanadi.

Metabolizmi:

Metabolizmi, asosan, D 4-3-okso-guruhni uzilishi va 2a, 1b va 16b holatlarda gidroksillanishdan iborat bo‘lib, shundan so‘ng kon‘yugasiya ro‘y beradi. Qonda aylanib yurgan ko‘pchilik metabolitlar, 3a, 5b-tetragidro-levonorgestrelning sulfatlaridir. Preparatning ekskresiyasi asosan glyukuronidlar shaklida yuz beradi. Birlamchi levonorgestrelning ayrim qismi qonda 17b-sulfat shaklida aylanib yuradi. Metabolik klirensi sezilarli individual o‘zgaruvchanlikka ega, bu holat pasient ayollarda kuzatiladigan levonorgestrelning konsentrasiyasidagi ancha katta farqlarni qisman tushuntirishi mumkin.

Chiqarilishi:

Levonorgestrel preparatning plazmadagi muvozanatli konsentrasiyasi sharoitida o‘rtacha T½ taxminan 36 soatda chiqariladi. Levonorgestrel va uning metabolitlari asosan siydik bilan (40-68%) va preparatning taxminan 16-48% ahlat bilan chiqariladi.

 

 

 

 

5.3     Xavfsizlik bo‘yicha klinika oldi ma‘lumotlari

Etinilestradiol va levonorgestrelning o‘tkir toksikligi past. Turli hayvonlardagi jiddiy farqlar tufayli, klinika oldi tadqiqotlarining natijalari estrogenlarni klinik amaliyotda qo‘llash uchun cheklangan prognostik ahamiyatga egadir.

Eksperimental hayvonlarda estrogenlar nisbatan past dozalardayoq embrioletal samarani namoyon etgan. Siydik-tanosil tizimining rivojlanish nuqsonlari va erkak jinsidagi homilani feminizasiyasi kuzatilgan. Reproduktiv toksiklikni o‘rganish bo‘yicha kalamushlarda, sichqonlarda va quyonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar, jinsiy differensiasiyaga ta‘siridan tashqari, teratogen ta‘sirining xech qanday belgilarini aniqlamadi.

Preparatni uzoq muddat qo‘llash sharoitida toksikligi, genotoksikligi va kanserogen potensialini o‘rganish bo‘yicha standart tadqiqotlarga asoslangan klinika oldi ma‘lumotlari, dori vositasining Qisqa tavsifnomasini boshqa bo‘limlarida muhokama qilingan xavflardan tashqari, preparatni klinik amaliyotda qo‘llash uchun aniq bir xavfni aniqlamadi.

 

  1. FARMASEVTIK MA‘LUMOTLAR

6.1     Yordamchi moddalarning ro‘yhati

Tabletkaning yadrosi: suvsiz kolloid kremniy dioksidi, magniy stearati, talk, makkajo‘xori kraxmali, laktoza monogidrati (33 mg).

Qobig‘i: natriy karmelloza, povidon K-30, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, makrogol 6000, kopovidon, titan dioksidi (Ye171), kalsiy karbonati, talk, saxaroza (22,459 mg).

6.2     Nomutanosiblik

Aniqlanmagan.

 

6.3     Yaroqlilik muddati

3 yil.

O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati tugaganidan keyin ishlatilmasin.

 

6.4     Saqlash sharoiti

25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin.

  • O‘rami

21 qobiq bilan qoplangan tabletka, PVX/PVDX va alyumin folgali blisterda.

1 yoki 3 blister

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

RIGEVIDON tabletkalari N21 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
RIGEVIDON tabletkalari N21 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
RIGEVIDON tabletkalari N21 dori vositasi Gedeon Richter PLC tomonidan Vengriya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
RIGEVIDON tabletkalari N21 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
RIGEVIDON tabletkalari N21 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
RIGEVIDON tabletkalari N63
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Этинилэстрадиол, Левоноргестрел ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Гедеон Рихтер ОАО
Ishlab chiqaruvchining dorilari
MERTENIL tabletkalari 20mg N30
Narh: 116 600 so'mdan Batafsil
MERTENIL tabletkalari 5mg N30
Narh: 45 000 so'mdan Batafsil
MIDOKALM tabletkalari 150mg N30
Narh: 43 500 so'mdan Batafsil
MIDOKALM tabletkalari 50mg N30
Narh: 44 000 so'mdan Batafsil
GROPRINOSIN sirop 150ml 250mg/5ml
Narh: 95 000 so'mdan Batafsil
REGULON tabletkalari N21
Narh: 44 100 so'mdan Batafsil
LINDINET 20 tabletkalari N21
Narh: 99 500 so'mdan Batafsil
KAVINTON eritma 25mg/5ml N10
Narh: 81 800 so'mdan Batafsil
KAVINTON eritma 10mg/2ml N10
Narh: 49 000 so'mdan Batafsil
MERTENIL tabletkalari 10mg N30
Narh: 82 500 so'mdan Batafsil
EKVATOR tabletkalari 20mg/5mg N30
Narh: 44 000 so'mdan Batafsil
DIROTON tabletkalari 20mg N28
Narh: 63 440 so'mdan Batafsil
DIROTON tabletkalari 5mg N28
Narh: 30 000 so'mdan Batafsil
VEROSHPIRON kapsulalar 100mg N30
Narh: 75 800 so'mdan Batafsil
VEROSHPIRON kapsulalar 50mg N30
Narh: 53 900 so'mdan Batafsil
BIDOP tabletkalari 10mg N28
Narh: 15 000 so'mdan Batafsil
BIDOP tabletkalari 5mg N28
Narh: 25 800 so'mdan Batafsil
BIDOP tabletkalari 2,5mg N28
Narh: 22 000 so'mdan Batafsil
KVAMATEL tabletkalari 20mg N28
Narh: 28 000 so'mdan Batafsil
KVAMATEL tabletkalari 40mg N14
Narh: 22 000 so'mdan Batafsil
DEKARIS tabletkalari 150mg N1
Narh: 15 000 so'mdan Batafsil
DEKARIS tabletkalari 50mg N2
Narh: 14 000 so'mdan Batafsil
KURIOZIN gel 15g
Narh: 46 000 so'mdan Batafsil
FTOROKORT maz 15g 0,1%
Narh: 33 400 so'mdan Batafsil
ESMIYA tabletkalari 5mg N28
Narh: 1 235 000 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9