×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

METIPRED ORION 0,25 liofilizat

Kategoriya:
- Gormonal vositalar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Portugaliya / Finlyandiya
Faol modda:
Метилпреднизолон
Ishlab chiqaruvchi:
- Хикма Фармацевтика (Португалия) С.А./Орион Корпорейшн
ATX kodi:
- H02AB04 Метилпреднизолон
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

PREDNIZOLON tabletkalari 5mg N100 Aburaihan Pharmaceutical Co. Eron
16 600 s`om dan
SLIDERON tabletkalari 16mg N20 Balkanpharma-Razgrad AD Bolgariya
125 000 s`om dan
OKSITOSIN eritma 1ml 5ME/ml N10 Дальхимфарм, ОАО Vengriya
6 700 s`om dan
TIROZOL tabletkalari 10mg N50 Merck KGaA Germaniya
78 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
METIPRED ORION 0,25 liofilizat qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

METIPRED

(METHYPRED)

dori vositasini tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha

YO‘RIQNOMA

 

Tarkibi:

ta‘sir etuvchi modda: 1 tabletka 4 mg yoki 16 mg metilprednizolon saqlaydi;

yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, makkajo‘xori kraxmali, jelatin, magniy stearati, talk.

 

Dori shakli. Tabletkalar.

Asosiy fizikaviy-kimyoviy xususiyatlari: oq yoki deyarli oq rangli, dumaloq shaklli, qirralari kesilgan va riskali yassi tabletkalar.

 

Farmakoterapevtik guruhi: Tizimli qo‘llash uchun kortikosteroidlar

ATX kodi N02A V04.

Farmakologik xususiyatlari.

Farmakodinamikasi. Metilprednizolonning samarasi boshqa glyukokortikoidlar kabi sitoplazmadagi steroid reseptorlar bilan o‘zaro ta‘sir orqali amalga oshadi. Steroidreseptor kompleksi hujayra yadrosiga yetkaziladi, DNK bilan birikadi va ko‘pchilik oqsillar uchun genlarning transkripsiyasini o‘zgartiradi. Glyukokortikoidlar bo‘g‘imlarning destruksiyasini (revmatoid artritda) chaqiruvchi turli fermentlar, ko‘pchilik oqsillar, shuningdek immun va yallig‘lanish reaksiyalarida muhim rol o‘ynaydigan sitokinlarning sintezini susaytiradi. Glyukokortikoidlarni neyroendokrin o‘zaro ta‘sirini asosiy oqsili – lipokortinning sintezini indusiya qiladi, bu yallig‘lanish va immun javob reaksiyasini kamayishiga olib keladi.

Glyukokortikoidlar, shu jumladan metilprednizolon aksariyat issiqlik, mexanik, kimyoviy, infeksion va immunologik agentlarga nisbatan to‘qimalarda javob reaksiyasini bostiradi yoki to‘sqinlik qiladi. Shunday qilib, glyukokortikoidlar kasallikning sababiga ta‘sir qilmay, uning namoyon bo‘lishini kamaytirib, simptomatik ta‘sir ko‘rsatadi. Metilprednizolonning yallig‘lanishga qarshi samarasi gidrokortizonning samaradorligidan kamida 5 marta ortiq.

Metilprednizolonning endokrin samaralariga AKTG sekresiyasini susayishi, endogen kortizol ishlab chiqarilishini ingibisiya qilinishi kiradi, uzoq muddat qo‘llanganida buyrak usti bezlarining po‘stloq qismini qisman atrofiyasini chaqiradi. Metilprednizolonning 40 mg bir martalik dozasi taxminan 36 soat davomida kortikotropin sekresiyasini ingibisiya qiladi. Kalsiy, D vitaminini metabolizmiga, uglevodlar, oqsillar va lipidlar almashinuviga ta‘sir qiladi, shuning uchun bu preparatlar uzoq muddat qo‘llanganida qonda glyukozaning miqdorini oshishi, suyak to‘qimasi zichligini kamayishi, mushaklar atrofiyasi va dislipidemiya ko‘rinishlari kuzatilishi mumkin. Glyukokortikoidlar shuningdek qon bosimini oshishiga va hulq-atvor va kayfiyatni o‘zgarishiga olib keladi. Metilprednizolon mineralokortikoid faollikka deyarli ega emas.

Farmakokinetikasi. Peroral qabul qilingan metilprednizolonning biokiraolishligi odatda 80% ko‘proqni tashkil etadi, biroq yuqori dozalarda buyurilganida pastroq bo‘lishi mumkin.

Metilprednizolon peroral qabul qilinganida qon zardobidagi cho‘qqi konsentrasiyasi 1-2 soatdan keyin kuzatiladi.

Metilprednizolon 77% ga plazma proteinlari bilan bog‘lanadi, transkortin bilan bog‘lanishi ahamiyatsiz darajada. Taqsimlanish hajmi – 1-1,5 l/kg. Metilprednizolon nofaol metabolit hosil bo‘lgungacha metabolizmga uchraydi. Umumiy klirensi minutiga 6,5 ml/kg ni tashkil etadi. Yallig‘lanishga qarshi samarasining davomiyligi – 18-36 soat. Preparatning taxminan 5% organizmdan siydik bilan chiqariladi. Metilprednizolon yo‘ldosh orqali o‘tadi va ko‘krak suti bilan chiqariladi. Metilprednizolon dializda chiqariladi.

Klinik xarakteristikasi

Qo‘llanilishi.

Endokrin kasalliklari.

Buyrak usti bezlarining birlamchi va ikkilamchi yetishmovchiligi (bunda birinchi qator preparatlari bo‘lib gidrokortizon yoki kortizon hisoblanadi, zarurati bo‘lganida sintetik analoglari mineralokortikoidlar bilan birga qo‘llanishi mumkin; mineralokortikoidlar bilan bir vaqtda qo‘llash ayniqsa bolalarda muhim).

Buyrak usti bezlarining tug‘ma giperplaziyasi.

Yiringli bo‘lmagan tireoidit.

Onkologik kasalliklardagi giperkalsiemiya.

Endokrin bo‘lmagan kasalliklar.

Revmatik kasalliklar.

Quyidagi holatlarda qisqa vaqt qo‘llash uchun qo‘shimcha davolash sifatida (bemorni o‘tkir holatdan chiqarish yoki jarayonni zo‘rayishida):

  • Psoriatik artrit;
  • revmatoid artrit, shu jumladan yuvenil revmatoid artrit (ayrim hollarda past dozalarda samarani bir maromda ushlab turuvchi davolash talab etilishi mumkin);
  • ankilozlanuvchi spondilit;
  • o‘tkir va nimo‘tkir bursit;
  • o‘tkir nospesifik tendosinovit;
  • o‘tkir podagrik artrit;
  • posttravmatik osteoartroz;
  • osteoartrozdagi sinovit;
  • epikondilit.

Kollagenozlar.

Quyidagi kasalliklarda zo‘rayish davrida yoki ayrim hollarda samarani bir maromda saqlab turuvchi davolash sifatida:

  • tizimli qizil yugurik;
  • tizimli dermatomiozit (polimiozit);
  • o‘tkir revmokardit;
  • yirik xujayrali arteriitdagi revmatik polimialgiya.

Teri kasalliklari.

  • po‘rsildoq;
  • bullyoz gerpessimon dermatit;
  • og‘ir darajadagi ko‘p shaklli eritema (Stivens-Djonson sindromi);
  • eksfoliativ dermatit;
  • zamburug‘simon mikoz;
  • og‘ir darajadagi psoriaz;
  • og‘ir darajadagi seboreyali dermatit.

Allergik holatlar.

Standart davolash samarasiz bo‘lgan holatlarda quyidagi og‘ir darajadagi va allergik holatlarni davolash uchun:

  • mavsumiy yoki yil bo‘yi allergik rinit;
  • zardob kasalligi;
  • bronxial astma;
  • medikamentoz allergiya;
  • kontakt dermatit;
  • atopik dermatit.

Ko‘z kasalliklari.

Quyidagilar kabi ko‘zlarni og‘ir darajadagi o‘tkir va surunkali allergik va yallig‘lanish jarayonlari:

  • muguz pardaning qirg‘og‘ining allergik yaralari;
  • Herpes zoster chaqirgan ko‘zlarni shikastlanishi;
  • ko‘zlarning old segmentini yallig‘lanishi;
  • diffuz orqa uveit va xorioidit;
  • simpatik oftalmiya;
  • allergik kon‘yunktivit;
  • keratit;
  • xorioretinit;
  • ko‘ruv nervi nevriti;
  • irit va iridosiklit.

Nafas a‘zolari kasalliklari.

  • Simptomatik sarkoidoz;
  • boshqa usullar bilan davolab bo‘lmaydigan Leffler sindromi;
  • berillioz;
  • fulminant yoki disseminasiyalangan o‘pka tuberkulyozi (tegishli tuberkulyozga qarshi ximioterapiya bilan birga qo‘llanadi);
  • aspirasion pnevmonit.

Gematologik kasalliklar.

  • Kattalarda idiopatik trombositopenik purpura;
  • kattalarda ikkilamchi trombositopeniya;
  • orttirilgan (autoimmun) gemolitik anemiya;
  • eritroblastopeniya (eritrositar anemiya);
  • tug‘ma (eritroid) gipoplastik anemiya.

Onkologik kasalliklar.

Quyidagi kasalliklarda palliativ davolash sifatida:

  • kattalarda leykozlar va limfomalar;
  • bolalarda o‘tkir leykoz.

Shish sindromi.

Idiopatik tipdagi yoki tizimli qizil yugurik chaqirgan uremiyasiz kechuvchi nefrotik sindromda diurezni induksiya qilish yoki proteinuriyani bartaraf etish.

Ovqat hazm qilish yo‘llari kasalliklari.

Quyidagi kasalliklarda bemorni kritik holatdan chiqarish uchun:

  • yarali kolit;
  • regionar enterit (Kron kasalligi).

Nerv tizimi kasalliklari.

  • Zo‘rayish fazasidagi tarqalgan skleroz;
  • bosh miya o‘smasi chaqirgan bosh miya shishi.

Boshqa a‘zolar va tizimlar kasalliklari.

  • Subaraxnoidal blok bilan kechuvchi yoki blok rivojlanishi xavfi bo‘lgandagi tuberkulyozli meningit, tegishli tuberkulyozga qarshi ximioterapiya bilan birga;
  • nerv tizimi yoki miokardni shikastlanishi bilan kechuvchi trixinellyoz.

A‘zolarni transplantasiyasida qo‘llanadi.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar.

Tuberkulyoz va antibiotiklar bilan davolash va kimyoviy davolash yetarli darajada bo‘lmaganida boshqa o‘tkir yoki surunkali bakterial yoki virusli infeksiyalar, tizimli zamburug‘li infeksiyalar.

Metilprednizolonga yoki yordamchi moddalarga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

Dori vositalarning o‘zaro ta‘siri va o‘zaro ta‘sirning boshqa turlari

Metilprednizolon – sitoxrom R450 (CYP) fermenti substratidir, asosan CYP3A4 izofermenti ishtirokida metabolizmga uchraydi. CYP3A4 katta odamlar jigaridagi eng keng tarqalgan CYP kichik turi hisoblanadi. Endogen uchun ham, sintetik kortikosteroidlar uchun ham metabolizmning I fazasinin muhim bosqichi hisoblangan steroidlarni 6-β-gidroksi guruhini qo‘shilishini katalizasiya qiladi. Ko‘pgina boshqa birikmalar ham CYP3A4 substratlari hisoblanadi, ularning ayrimlari (boshqa dori vositalari kabi) CYP3A4 izofermentini induksiya (faolligini oshirib) yoki ingibisiya qilib glyukokortikoidlarning metabolizmini o‘zgartiradi.

CYP3A4 ingibitorlari – CYP3A4 faolligini ingibisiya qiluvchi dori vositalari odatda metilprednizolon kabi CYP3A4 substratlari – dori vositalarining buyrak klirensini pasaytiradi va plazmadagi konsentarsiyasini oshiradi. CYP3A4 ingibitori ta‘siri ostida ehtimol steroid toksiklikdan saqlanish uchun metilprednizolonning dozasini titrlash talab etilishi mumkin. CYP3A4 ingibitorlariga quyidagilar kiradi: greypfrut sharbati; makrolid antibiotiklari (troleandomisin).

CYP3A4 induktorlari – CYP3A4 faolligini rahbatlantiruvchi dori vositalari odatda jigar klirensini oshirali, bu CYP3A4 substratlari – dori vositalarining plazmadagi konsentrasiyasini pasayishiga olib keladi. Bu preparatlarni bir vaqtda qo‘llaganda kutilgan samaraga erishish uchun metilprednizolonning dozasini oshirish talab etilishi mumkin. Bunday dori vositalariga antibiotik, tuberkulyozga qarshi vosita – rifampisin; tirishishga qarshi vosita – fenobarbital, fenitoin kiradi.

CYP3A4 substratlari – boshqa CYP3A4 substrati mavjudligi metilprednizolonning jigar klirensini ingibisiya qilinishi yoki induksiya qilinishiga olib kelishi mumkin, bunda dozaga tegishli ravishda tuzatish kiritish kerak. Ehtimol, monoterapiya sifatida bu dori vositalaridan birini qo‘llash bilan bog‘liq nojo‘ya reaksiyalar ehtimoli bir vaqtda qo‘llanilganda yuqoriroq bo‘ladi. Bunday vositalarga immmundepressantlar: siklofosfamid, takrolimus kiradi.

CYP3A4 induktoralari va substratlari – tirishishga qarshi vositalar: karbamazepin.

CYP3A4 ingibitorlari va substratlari – qusishga qarshi vositalar: aprepitant, fosaprepitant; zamburug‘larga qarshi vositalar: itrakonazol, ketakonazol; kalsiy kanallari blokatorlari: diltiazem; kontraseptiv vositalar (peroral qo‘llash uchun): etinilestradiol/noretindron; makrolid antibiotiklar: klaritromisin, eritromisin; immunodepressantlar – siklosporin:

  • siklosporinni metilprednizolon bilan bir vaqtda qo‘llanilganda metabolizmni o‘zaro ingibisiyasi yuz berishi mumkin, buning natijasida bu dori vositalaridan birini yoki ikkalasining plazmadagi konsentrasiyasi oshishi mumkin. Shuning uchun ehtimol, monoterapiya sifatida bu dori vositalaridan birini qo‘llash bilan bog‘liq nojo‘ya ko‘rinishlar ularni bir vaqtda qo‘llaganda ehtimoli yuqoriroq bo‘ladi;
  • metilprednizolon va siklosporinni bir vaqtda qo‘llash fonida tirishishlar rivojlanishi haqida xabar berilgan;

Viruslarga qarshi preparatlar – OITV-proteaza ingibitorlari:

  • indinavir va ritonavir kabi proteaza ingibitorlari qon plazmasida steroidlarning konsentrasiyasini oshishiga olib kelishi mumkin;
  • kortikosteroidlar OITV-proteaza ingibitorlarining metabolizmini induksiya qilishi mumkin, natijada qon plazmasida ularning konsentrasiyasi pasayadi.

Antixolinesteraz vositalar: miasteniyasi bo‘lgan bemorlarda kortikosteroidlar va antixolinesteraz vositalarni qo‘llash mushak kuchsizligini chaqirishi mumkin.

Antikoagulyantlar (peroral qo‘llash uchun). Peroral qo‘llash uchun antikoagulyantlarga metilprednizolonning ta‘siri o‘zgaruvchan hisoblanadi, bu preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llanilganida peroral antikoagulyantlarning samarasi kuchayishi ham, susayishi ham mumkin. Kutilgan antikoagulyant samaraga erishish uchun qon ivishi ko‘rsatkichlarini vaqti-vaqti bilan nazorat qilish kerak.

Antixolinergik vositalar. GKS antixolinergik vositalarning samaralariga ta‘sir qilishi mumkin:

  • GKS yuqori dozada va nerv-mushak o‘tkazuvchanligini bloklovchi antixolinergik vositalar bir vaqtda qo‘llanilganda o‘tkir miopatiya holatlari haqida xabar berilgan (“Qo‘llashning o‘ziga xosligi”);
  • Kortikosteroidlarni qo‘llayotgan pasientlarda pankuroniy va vekuroniyning nerv-mushak o‘tkazuvchanligi blokadasi bilan antagonizmi haqida xabar berilgan. Nerv-mushak o‘tkazuvchanligi barcha raqobatli blokatorlar uchun bu o‘zaro ta‘sirni kutish mumkin.

Salisilatlar va boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar: salisilatlar, indometasin va boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlarni bir vaqtda qo‘llash me‘da-ichak yo‘llaridan qon ketishi va yara paydo bo‘lishi tez-tezligini oshirishi mumkin. metilprednizolon asetilsalisil kislotasini yuqori dozalarda uzoq vaqt qo‘llaganda klirensini oshirishi mumkin, bu qon zardobida salisitlarning darajasini oshirishi yoki metilprednizolonni qabul qilish to‘xtatilganda salisilatlar bilan intoksikasiya xavfini oshirishi mumkin. Gipoprotrombinemiyasi bo‘lgan bemorlarni davolaganda asetilsalisil kislotasi va nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar kortikosteroidlar bilan ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Gipoglikemik preparatlar: metilprednizolon peroral diabetga qarshi vositalar va insulinning gipoglikemik samarasini qisman bostirishi mumkin.

Fermentlarning induktorlari, masalan barbituratlar, fenitoin, pirimidon, karbamazepin va rifampisin metilprednizolonning tizimli klirensini oshiradilar, shu bilan, metilprednizolonning samarasini deyarli 2 barobar kamaytiradi .

Estrogenlar metilprednizolonning metabolizmini sekinlashtirib, uning samarasini kuchaytiradilar. Estrogenlar metilprednizolonning ayrim immunosupressiv samaralarini kamaytiradi.

Amfoterisin, diuretiklar va surgi vositalar: metilprednizolon bu preparatlarni qabul qilayotgan pasientlarda organizmdan kaliyni chiqarilishini oshirishi mumkin.

Shuningdek kortikosteroidlarni ksantin yoki β2-antagonistlari bilan birga qo‘llanilganda gipokaliemiya rivojlanishini yuqori xavfi mavjud.

Adetazolamid, halqali va tiazid diuretiklar, karbenoksolon qo‘llanilganda gipokaliemik samara oshadi.

Sitostatiklar va immunodepressantlar: metilprednizolon additiv immunosupressiv hususiyatlarga ega, bu boshqa immunodepressantlar bilan birga qabul qilinganda terapevtik samaralarni yoki turli nojo‘ya reaksiyalarni rivojlanish havfini oshirishi mumkin. Bu samaralarning faqat ayrimlarini farmakokinetik o‘zaro ta‘siri orqali tushuntirib berish mumkin. Glyukokortikoidlar qusishni chaqiruvchi rakka qarshi preparatlar bilan davolashda parallel ishlatiladigan boshqa qusishga qarshi preparatlarning qusishga qarshi samaradorligini yaxshilaydilar.

Kortikosteroidlar birga qo‘llanganida plazmada takrolimusning konsentrasiyasini oshirishi mumkin, ular bekor qilinganida plazmada takrolimusning konsentrasiyasi oshadi.

Metilprednizolon va siklosporinni bir vaqtda qo‘llanilganida tirishishlarni paydo bo‘lgan holatlari aniqlangan. Bu preparatlarni bir vaqtda yuborish metabolizmni o‘zaro tormozlanishiga olib keladi, ehtimol, tirishishlar va bu preparatlardan har birini monoterapiya sifatida qo‘llash bilan bog‘liq nojo‘ya samaralar ularni birga qo‘llanilganida ko‘proq paydo bo‘lishi mumkin. Birga qo‘llash plazmada boshqa preparatlarning konsentrasiyasini oshirishi mumkin.

Immunizasiya: glyukokortikoidlar vaksinalarning immunizasiyalovchi samaradorligini kamaytirishi va nevrologik asoratlar havfini oshirishi mumkin. Glyukokortikoidlarning terapevtik (immunosupressiv) dozalarini tirik virusli vaksinalar bilan birga qo‘llanishi virusli kasalliklarni rivojlanish havfini oshirishi mumkin.

Ftorxinolonlar: bir vaqtda qo‘llanilishi paylarni shikastlanishiga olib kelishi mumkin.

Boshqalar: doksakarium xloridi va metilprednizolonni yuqori dozalarda qabul qilayotgan keksa yoshdagi pasientlarda ikkita jiddiy o‘tkir miopatiya hollari xaqida xabarlar berilgan. Uzoq muddat davolanganda glyukokortikoidlar somatotropinning samarasini kamaytirishi mumkin.

Qo‘llashning o‘ziga xosligi

Boshqa glyukokortikoidlar kabi metilprednizolon ba‘zi kasalliklarni zo‘rayishiga olib kelishi mumkin.

Kortikosteroidlar arterial gipertenziya, dimlangan yurak yetishmovchiligi, ruhiy buzilishlari bo‘lgan bemorlarga, qandli diabet, pankreatit, me‘da-ichak yo‘llari kasalliklari (me‘da va o‘n ikki barmoq yara kasalligi, mahalliy ileit, yarali kolit (yoki ichak yo‘llarini boshqa yallig‘lanish kasalliklari) yoki qon ketishi va perforasiya havfi yuqori bo‘lgan divertikulit) bo‘lgan bemorlarga, osteoporoz, glaukomasi bo‘lgan bemorlarda ehtiyotkorolik bilan va shifokor nazorati ostida qo‘llanishi kerak. Qon ivishini buzilishlari bo‘lgan pasientlar shifokorning sinchkovlik bilan nazorat ostida bo‘lishi kerak. Shuningdek yaqinda miokard infarkti o‘tkazgan, tutqanog‘i bo‘lgan, yaqinda anamtomoz o‘rnatilgan va buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda preparatni buyurganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Glyukokortikoidlar qo‘llanilganida giperparatireoidizmning latent davri, shuningdek me‘da-ichak yo‘llari tomonidan asoratlar diagnostikasini qiyinlashtiradi, chunki og‘riq sindromi kamayadi.

Metipred salisilatlar va boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlarning ulserogen ta‘sirini kuchaytirishi mumkin.

Metilprednizolon va antikoagulyantlarni bir vaqtda qo‘llanilganda me‘dada yara paydo bo‘lishi va qon ketishi xavfi oshadi. Glyukokortikoidlar shuningdek antikoagulyantlarning ta‘sirini kamaytirishi ham mumkin. Shunday qilib, antikoagulyantlarning dozalash tartibi albatta protrombin vaqtini, ayniqsa halqaro me‘yorlashgan indeks (XMI) nazoratida olib borilishi kerak.

Immunosupressiv samaralar/infeksiyalarga yuqori beriluvchanlik

Kortikosteroidlar infeksiyalarga beriluvchanlikni oshirishi va infeksiyasining ayrim simptomlarini niqoblashi mumkin, bundan tashqari; kortikosteroid bilan davolash fonida yangi infeksiyalar rivojlanishi mumkin. kortikosteroidlar qo‘llanilganida infeksiyalarga rezistentlik pasayishi mumkin va organizmni infeksiyani chegaralash qobiliyati kuzatilishi mumkin. Har qanday qo‘zg‘atuvchilar, shu jumladan viruslar, bakteriyalar, zamburug‘lar, sodda hayvonlar yoki gelmintlar organizmning har qanday sohasida chaqirgan infeksiyalar kortikosteroidlar monoterapiya sifatida yoki xujayraviy, gumoral immunitet yoki neftrofillarning faoliyatiga ta‘sir etuvchi immunodepressantlar bilan majmuada qo‘llanilganishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bu infeksiyalar yengil ham, og‘ir ham bo‘lishi mumkin, ayrim hollarda – o‘limga olib kelishi mumkin. Kortikosteroidlarning dozasi oshirilganda infeksion asoratlarni rivojlanishi tez-tezligi oshadi.

Immun tizimini susaytiruvchi dori vositalarini qabul qiluvchi pasientlar sog‘lom odamlarga nisbatan infeksiyalarga beriluvchanroqdirlar. Suvchechak va qizamiq, masalan kortikosteroid qabul qiluvchi immunizasiyalanmagan bolalar yoki kattalarda jiddiy oqibatlarga yoki hatto o‘limga olib kelishi mumkin.

Bundan tashqari, kortikosteroidlarni tasdiqlangan yoki gumon qilinayotgan parazitar infeksiyalar bo‘lgan pasientlarda, masalan strongiloidoz (ugrisalar bilan zararlanish) holatlarida juda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Bunday bemorlarda kortikosteroidlar tomonidan induksiya qilingan immunosupressiya strongiloidoz giperinfeksiya va lichinkalarni tarqalgan migrasiyasi bilan kechuvchi disseminasiyasiga olib kelishi mumkin, bu ko‘pincha og‘ir darajadagi enterokolit va grammanfiy mikroorganizmlar chaqirgan potesial o‘limga olib keluvcht septisemiya bilan kechishi mumkin.

Septik shok bo‘lgan pasientlarni davolashda kortikosteroidlarning roli yuzasidan yagona fikr mavjud emas. Erta tadqiqotlarda ushbu klinik holatda ijobiy ham, salbiy ham oqibatlar haqida xabar berilgan. Keyinroq o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalari qo‘shimcha davolash sifatida qo‘llanilgan kortikosteroidlar buyrak usti bezi yetishmovchiligi aniqlangan septik shok bo‘lgan pasientlarda ijobiy ta‘sir etganligidan dalolat bergan. Septik shok bo‘lgan pasientlarda bu preparatlarni tizimli qo‘llash tavsiya etilmaydi. Bunday pasientlarga yuqori dozalarda kortikosteroidlarning qisqa kurslari buyurilgandan keyin o‘tkazilgan tadqiqot ma‘lumotlarini tizimli tahlili natijalari bo‘yicha ushbu preparatlarni bunday qo‘llash foydasiga isbotlangan ma‘lumotlar yo‘qligi haqida qaror qilingan. Lekin metatahlil va bir umumlashtiruvchi ma‘lumotlarda past dozalarda kortiksteroidlar bilan davomli (5-11 kun) davolash kurslari o‘limni kaytirishi mumkinlini ko‘rsatdi, ayniqsa vazopressor davolashga muhtoj septik shokdagi pasientlarda.

Immunosupressiv dozalarda kortikosteroidlarni qabul qilayotgan pasientlarda tirik yoki susaytirilgan tirik vaksinalarni qo‘llash mumkin emas. Immunosupressiv dozalarda kortikosteroidlarni qabul qilayotgan pasientlarda o‘ldirilgan yoki faolsizlantirilgan vaksinalarni qo‘llab vaksinasiya o‘tkazish mumkin, lekin bunday vaksinalarga javobi pasayishi mumkin. Immunizasiyaning ko‘rsatilgan muolajalarini kortikosteroidlarni immunosupressiv bo‘lmagan dozada qabul qilayotgan pasientlarda o‘tkazish mumkin.

Faol tuberkulyozda kortikosteroidlarni qo‘llash fulminant yoki disseminizasiyalangan tuberkulyoz holatlari bilan chegaralanishi kerak, bunday hollarda kortikosteroidlar tegishli tuberkulyozga qarshi ximioterapiya bilan birga qo‘llanishi kerak. Agar kortikosteroidlar yashirin tuberkulyozi yoki tuberkulin sinamasi viraji bo‘lgan pasientlarga kortikosteroidlar ko‘rsatilgan bo‘lsa, davolashni shifokorning sinchkovlik bilan nazorati ostida o‘tkazilishi kerak, chunki kasallik zo‘rayishi mumkin. Uzoq muddatli kortikosteroid davolaganda bunday pasientlarga ximioprofilaktik preparatlarni buyurish kerak.

Suvchechak va o‘rab oluvchi gerpesda tuberkulyozni qaytalanishi va asoratlarni paydo bo‘lishi xavfi mavjud.

Kortikosteroidlar bilan davolanayotgan pasientlarda Kaposhi sarkomasi holatlari haqida xabar berilgan. Bunday hollarda kortiksteroidlar bilan davolashni to‘xtatish klinik remissiyaga olib kelishi mumkin.

Qon va limfatik tizim

Aspirin va nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar kortikosteroidlar bilan majmumada ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Immun tizimi

Allergik reaksiyalar (masalan, angionevrotik shish) rivojlanishi mumkin.

Endokrin tizimi

Farmakologik dozalarda uzoq vaqt davomida qo‘llanadigan kortikosteroidlar gipotalamo-gipofizar-buyrak usti bezi tizimini susayishiga olib kelishi mumkin (ikkilamchi adrenokortikal yetishmovchilik). Adrenokortikal yetishmovchilik darajasi va davomiyligi turli pasientlarda o‘zgaradi va kortikosteroidlar darajasi, qo‘llash tez-tezligi, vaqti, shuningdek davolash davomiyligiga bog‘liq. Bu samarani muqobil davolash qo‘llanilganida minimumga yetkazish mumkin.

Kortikosteroidlar to‘satdan bekor qilinganda o‘tkir buyrak usti bezi yetishmovchiligi rivojlanishi mumkin, u o‘limga olib kelishi mumkin.

Preparatni qabul qilish chaqirgan buyrak usti bezi yetishmovchiligi dozani asta-sekin kamaytirish yo‘li orqali minimumga yetkazish mumkin. Nisbiy yetishmovchilikning bunday tipi davolash bekor qilingandan keyin bir necha oy saqlanib qolishi mumkin, shunday qilib, agar bu davrda stress holatlari yuzaga kelsa, gormonal davolashni qayta boshlash kerak. Mineralokortikoidlar sekresiyasi buzilishi mumkinligi tufayli, elektrolitlar va/yoki mineralokortikoidlarni bir vaqtda yuborish kerak. Kortikosteroidlar Kushing sindromini chaqirishi yoki kuchaytirishi mumkin, Kushing sindromi bo‘lgan pasientlarda ularni qo‘llashdan saqlanish kerak.

Gipotireoidizmi bo‘lgan bemorlarda kortikosteroidlarni yaqqolroq ta‘siri kuzatiladi.

Metabolizm va oziqlanish

Kortikosteroidlar, shu jumladan metilprednizolon qonda glyukoza darajasini oshirishi, qandli diabeti bo‘lgan pasientlarning holatini yomonlashtirishi va kortikosteroidlarni uzoq vaqt qo‘llayotgan pasientlarda qandli diabetga moyillikka olib kelishi mumkin.

Ruhiy buzilishlar

Kortikosteroidlar qo‘llanilganida turli ruhiy buzilishlar kuzatilishi mumkin: eyforiya, uyqusizlik, kayfiyatni o‘zgarishi, shaxsiyatni o‘zgarishidan to psixotik manifestasiyalar bilan kechuvchi og‘ir depressiyagacha. Bundan tashqari, kortikosteroidlarni qabul qilish fonida mavjud bo‘lgan emosional beqarorlik va psixotik reaksiyalarga moyillik kuchayishi mumkin.

Tizimli kortikosteroidlarni qo‘llaganda potensial xavfli ruhiy buzilishlar rivojlanishi mumkin (“Nojo‘ya reaksiyalar” bo‘limiga qarang). Simptomlar odatda davolash boshlanganidan keyin bir necha kun yoki xafta davomida paydo bo‘ladi. Ko‘pgina reaksiyalar preparatning dozasi kamaytirilgandan keyin yoki bekor qilingandan keyin yo‘q bo‘ladi, garchi maxsus davolashni buyurish talab etilishi mumkin. Kortikosteroidlar bekor qilinganda ruhiyat tomonidan reaksiyalar kuzatilgan; ularning tez-tezligi noma‘lum. Pasientlar/ularni parvarish qilayotgan shaxslar agar pasientda ruhiyat tomonidan har qanday buzilishlar rivojlansa, ayniqsa agar u depressiv holatda ekanligiga gumon bo‘lsa yoki unda o‘z joniga qasd qilish fikrlari paydo bo‘lsa, shifokorga murojaat etish tavsiya etiladi. Pasientlar/ularni parvarish qilayotgan shaxslar tizimli steroidlarni qo‘llash vaqtida yoki dozani asta-sekin kamaytirgandan yoki bekor qilgandan keyin bo‘lishi mumkin ruhiy buzilishlar yuzasidan xushyor bo‘lishlari kerak.

Agar steroid vositalar bilan davolanayotgan pasient odatdagi bo‘lmagan stress omiliga duchor bo‘lsa, stress holatidan oldin, stress vaqtida va stressdan keyin tez ta‘sir etuvchi steroidlarning dozasini oshirish kerak.

Nerv tizimi tomonidan buzilishlar

Tirishishlari, shuningdek miasteniya gravis bo‘lgan pasientlarda kortikosteroidlarni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Ko‘rish a‘zolari

Oddiy gerpes virusi chaqirgan ko‘zlarni shikastlanishida kortikosteroidlarni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak, chunki bunda muguz pardani perforasiyasi kuzatilishi mumkin.

Kortiksteroidlarni uzoq vaqt qo‘llanilganda orqa subkapsulyar katarakta va yadroli katarakta (ayniqsa bolalarda), ekzoftalm yoki ko‘z ichki bosimini oshishi rivojlanishi mumkin, bu ko‘ruv nervini shikastlanishi bilan kechuvchi glaukomaga olib kelishi mumkin. kortikosteroidlarni qo‘llayotgan pasientlarda zamburug‘lar va viruslar chaqirgan ikkilamchi ko‘z infeksiyalari rivojlanishi ehtimoli oshadi.

Yurak tomonidan buzilishlar

Surunkali yurak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda tizimli kortikosteroidlarni ehtiyotkorlik bilan va juda zarur bo‘lgan hollarda qo‘llash kerak.

Qon tomirlar tomonidan buzilishlar

Arterial gipertenziyasi bo‘lgan pasientlarda kortikosteroidlarni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Me‘da-ichak yo‘llari

Davolash jarayonida me‘da yara kasalligini aynan kortikosteroidlar chaqirishi haqida yagona fikrlar mavjud emas. Lekin glyukokortikoidlar bilan davolash peptik yara simptomlarini niqoblashi mumkin, shuning uchun yaqqol og‘riq sindromisiz perforasiya yoki qon ketishi paydo bo‘lishi mumkin.

Agar perforasiya, abssess hosil bo‘lishi yoki boshqa yiringli infeksiya xavfi bo‘lsa; divertikulitda; yaqinda o‘rnatilgan ichak anastomozi holatlarida; faol yoki yashirin peptik yarada kortikosteroidlarni nospesifik yarali kolitda ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak.

Gepatobiliar tizim

Jigar sirrozi bo‘lgan pasientlarda kortikosteroidlar samaradorligini yaqqolligini oshishi kuzatiladi.

Tayanch-harakat apparati tomonidan

Kortikosteroidlarni yuqori dozalarda qo‘llanilganda o‘tkir miopatiya holatlari haqida xabar berilgan, ular ko‘pincha neyro-mushak o‘tkazuvchanlikni buzilishi (masalan, miasteniya gravis) yoki nerv-mushak o‘tkazuvchanligini bloklovchi dori vositalari (masalan, pankuroniy) kabi antixolinergik vositalarni qabul qilayotgan pasientlarda ko‘proq aniqlangan. Bu o‘tkir miopatiya – tarqalgan, ko‘z mushaklari va nafas mushaklarini shikastlashi mumkin va kvadriparezga olib kelishi mumkin. Klinik holatni yoki kortikosteroidlarni qo‘llash to‘xtatilgandan keyin sog‘ayishni yaxshilash uchun bir necha oydan bir necha yilgacha talab etilishi mumkin.

Osteoporoz glyukokortikoidlarning yuqori dozalarini uzoq vaqt qo‘llash bilan assosiasiyalangan eng keng tarqalgan (lekin kam hollarda diagnostika qilingan) nojo‘ya samara hisoblanadi.

Metipred bilan uzoq vaqt davolash vaqtida osteoporoz bo‘lgan bemorlarga yoki uni rivojlanishi xavf omili bo‘lgan pasientlarga bifosfonatlarni buyurish masalasini ko‘rib chiqish kerak. Metipredning dozasini eng past terapevtik darajagacha kamaytirib dozaga tuzatish kiritish orqali yo‘li orqali osteoporoz rivojlanishi xavfini minimumga yetkazish mumkin.

Ftorxinolonlar va glyukokortikoidlarni bir vaqtda qo‘llash paylarni shikastlanishi xavfini oshiradi.

Buyrak va siydik chiqarish tizimi

Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda kortikosteroidlarni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Tekshirish natijalari

Gidrokortizonni yoki kortizonni o‘rtacha va yuqori dozalarda qo‘llaganda arterial bosimni oshishi, tuzlar va suvni tutilishi, kaliyni chiqarilishini oshishi kuzatilishi mumkin. Bu preparatlarning sintetik hosilalari qo‘llanilganda bu samaralar kamroq aniqlanadi, yuqori dozalar qo‘llanilgan hollardan tashqari. Tuzni iste‘mol qilish cheklangan va kaliyli ozuqa qo‘shimchalarini qabul qilish bilan parhezga rioya qilish tavsiya etiladi. Barcha kortikosteroidlar kalsiyni chiqarilishini oshiradi.

Jarohatlar, zaharlanishlar va muolajaning asoratlari

Bosh miyaning jarohat shikastlanishlari bo‘lgan pasientlarni davolaganda tizimli kortikosteroidlarning yuqori dozalarini qo‘llash mumkin emas.

Boshqalar

Preparat laktoza monogidrati saqlaydi, shuning uchun galaktozani o‘zlashtiraolmaslik, Lappa laktaza tanqisligi yoki glyukoza-galaktoza malabsorbsiyasi kabi kam uchraydigan nasliy kasalliklari bo‘lgan pasientlarda bu dori vositasini qo‘llash mumkin emas.

Glyukokortikoidlar bilan davolaganda asoratlarni paydo bo‘lishi preparatning dozasi va davolashning davomiyligiga bog‘liqligi tufayli, dozani va davolash davomiyligini ham, qo‘llash tartibini – har kuni yoki uzlukli kurslar bilan aniqlaganda har bir holatda preparatni qo‘llashdan foyda va potensial xavf nisbatini sinchkovlik bilan baholash kerak.

Kortikosteroidlar bilan davolash o‘tkazilganda yetarli terapevtik samarani ta‘minlovchi minimal dozani buyurish kerak va dozani kamaytirish mumkin bo‘lgan holatda uni asta-sekin amalga oshirish kerak.

Kanserogen, mutagen ta‘siri va reproduktiv faoliyatga ta‘siri

Preparatning kanserogen va mutagen ta‘siri, shuningdek uning reprodukiv faoliyatga noxush ta‘siri aniqlanmagan.

Bolalarda uzoq vaqt qabul qilinganda o‘sish sekinlashishi mumkin, shuning uchun ma‘lum ko‘rsatkichlar bo‘yicha minimal dozani eng qisqa davr davomida qabul qilish bilan cheklanish kerak.

Keksa yoshdagi pasientlarni davolashni ehtiyotkorlik bilan o‘tkazish kerak, chunki keksa pasientlar me‘da yarasi, osteoporoz, teri atrofiyasi kabi glyukokortikoidlar qabul qilinganda paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralarag beriluvchanroq bo‘ladilar.

Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanishi.

Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar kortikosteroidlarni yuqori dozalarda urg‘ochilarga yuborish homilada rivojlanish nuqsonlarini paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkinligi ko‘rsatdi.

Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga qaramasdan bu dori vositasini homiladorlik vaqtida qo‘llanilganda homilaga zarar yetkazish ehtimoli kam. Kortikosteroidlarni odam reproduktiv faoliyatiga ta‘siri bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Homilador ayollarda qo‘llaganda kortikosteroidlarning xavfsizligi yuzasidan tegishli isbotlangan ma‘lumotlar yo‘qligi tufayli, bu preparatlarni homiladorlik vaqtida faqat juda zarur holatlarda buyurish kerak.

Ayrim kortikosteroidlar yo‘ldosh to‘sig‘i orqali oson o‘tadi. Bir retrospetiv tadqiqotda kortikosteroid qabul qilgan onalarda tana vazni past yangi tug‘ilgan chaqaloqlar holatlari tez-tezligini oshishi aniqlangan. Garchi homilalik davrida kortikosteroidlar ta‘siriga uchragan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda buyrak usti bezi yetishmovchiligi kam hollarda aniqlansada, homiladorlik vaqtida kortikosteroidlarning yuqori dozalarini qabul qilgan onalarning yangi tug‘ilgan chaqaloqlari buyrak usti bezi yetishmovchiligi belgilarini o‘z vaqtida aniqlash uchun sinchkovlik bilan kuzatuv ostida bo‘lishlari kerak.

Kortikosteroidlarni tug‘ruqni kechishi va oqibatlariga ta‘siri noma‘lum.

Homiladorlarga yoki emizikli ayollarga yoki homiladorlikni rejalashtirgan ayollarga kortikosteroidlar buyurilganda ona uchun preparatni qo‘llashdan foyda va homila uchun potensial xavf nisbatini sinchkovlik bilan baholash kerak.

Kortikosteroidlar ko‘krak suti bilan ajraladi. Ko‘krak suti bilan ajraladigan kortiksteroidlar emizikli chaqaloqlarda o‘sishni susaytirishi va glyukokortikoidlarni endogen ishlab chiqarilishiga ta‘sir ko‘rsatishi mumkin. Odamlarda reproduktiv faoliyatga kortikosteroidlarni ta‘sirini o‘rganish bo‘yicha tegishli tadqiqotlar o‘tkazilmaganligi tufayli, bu dori vositasini faqat preparatni qo‘llashdagi foyda chaqaloq uchun potensial xavfdan yuqori bo‘lgan hollardagina qo‘llash mumkin.

 

Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaksiya tezligiga ta‘sir qilish qobiliyati.

Odatda, preparat avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaksiya tezligiga ta‘sir qilmaydi, biroq kayfiyatni buzilish havfi mavjud, bu avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘sir qilishi mumkin.

Kortikosteroidlarni avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlaganda reaksiya tezligiga ta‘sir qilishi tizimli ravishda baholanmagan. Kortikosteroidlar bilan davolagandan keyin bosh aylanishi, vertigo, ko‘rish a‘zosi tomonidan buzilishlar, toliqish kabi nojo‘ya reaksiyalar paydo bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda pasientlar avtotransportni yoki boshqa mexanizmlarni boshqarmasliklari kerak.

Qo‘llash usuli va dozalari.

Kattalar uchun Metipred preparatining boshlang‘ich dozasi kasallikning xarakteriga qarab sutkada 4 mg dan 48 mg gacha metilprednizolonni tashkil etadi. Og‘irligi kamroq kasalliklarda odatda pastroq dozalar yetarli bo‘ladi, garchi ayrim bemorlarga yuqoriroq boshlang‘ich dozalari talab etilishi mumkin. Yuqori dozalar tarqalgan skleroz (sutkada 200 mg), bosh miya shishi (sutkala 200-1000 mg) va a‘zolar transplantasiyasi (sutkada 7 mg/kg gacha) kabi kasalliklar va holatlarda qo‘llanishi mumkin.

Agar davolash natijasida qoniqarli samaraga erishilgan bo‘lsa, bemorga erishilgan klinik samarani tutib turish imkonini beruvchi eng past doza aniqlamaguncha ma‘lum vaqt oralig‘ida boshlang‘ich dozani kamaytirish yo‘li orqali shaxsiy samarani bir maromda ushlab turuvchi dozani tanlash kerak. Preparatning dozalash tartibini doimiy nazorat qilish kerakligini yodda tutish kerak. Dozaga tuzatish kiritish talab etiladigan holatlar yuzaga kelishi mumkin; ularga kasallikni remissiyasi yoki zo‘rayishi bilan bog‘liq klinik holatni o‘zgarishi, bemorning preparatga shaxsiy reaksiyasi, shuningdek davolash qaratilgan asosiy kasallik bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan stress holatlarini bemorga ta‘siri; bunday holatda ma‘lum vaqt davomida preparatning dozasini oshirish talab etilishi mumkin, bu bemorning holatiga bog‘liq. Kerakli doza o‘zgarishi mumkin va kasallikning xarakteri va bemorning davolashga reaksiyasiga qarab, shaxsiy ravishda tanlanishi kerak.

Preparatni dozalash shaxsiy ravishda va kasallikni kechishi va klinik samarani baholashga asoslanishi kerak.

Preparatni to‘satdan bekor qilish mumkin emas, buni asta-sekin amalga oshirish kerak.

Muqobil davolash

Muqobil davolash – bu kortikosteroidlarning ikki marta oshirilgan sutkalik dozasi kunora ertalab buyuriladigan dozalash tartibidir. Bunday davolash turining maqsadi uzoq vaqt davolashga muhtoj bemorlarda maksimal klinik samaraga erishish va bunda gipofizar-buyrak usti bezi tizimini susayishi, Kushing sindromi, kortikosteroidlarni bekor qilish sindromi va bolalarda o‘sishni sekinlashishi kabi ayrim noxush samaralarni minimumga yetkazishdir.

Bolalar.

Preparat pediatriya amaliyotida qo‘llanadi.

Kortikosteroidlar bilan uzoq vaqt qo‘llanilganda bolalarni, shu jumladan chaqaloqlarni rivojlanishi va o‘sishini o‘ziga xosligini sinchkovlik bilan kuzatish kerak.

Sutkada bir necha marta uzoq vaqt davomida har kuni glyukokortikoidlarni qabul qilayotgan bolalarda o‘sishni sekinlashishi aniqlanishi mumkin. Shuning uchun bunday dozalash tartibini faqat shoshilinch holatlarda qo‘llash kerak. Odatda muqobil davolashni qo‘llash bu nojo‘ya samaradan saqlanish yoki uni minimumga yetkazish imkonini beradi (“Qo‘llash usuli va dozalari” bo‘limiga qarang).

 

Dozani oshirib yuborilishi.

Metilprednizolon dozasini oshirib yuborilishi o‘tkir intoksikasiya bilan kechmaydi. Buyrak usti bezini supressiyasi bilan namoyon bo‘ladigan surunkali intoksikasiyada preparatning dozasini asta-sekin kamaytirish kerak. Dozasi oshirib yuborilganida me‘dani yuvish va faollashtirilgan ko‘mir qabul qilish tavsiya etiladi. Metilprednizolon dializda chiqariladi. Metilprednizolonning antidoti mavjud emas.

 

Nojo‘ya reaksiyalari.

Metilprednizolon qabul qilinganda boshqa glyukokortikoidlar qabul qilingandagi kabi nojo‘ya reaksiyalar rivojlanadi. Davolash davomiyligi va dozalash nojo‘ya reaksiyalar paydo bo‘lishiga ta‘sir qiladi. Uzoq vaqt davolaganda nojo‘ya reaksiyalar tez-tez, qisqa davolash kurslarida – kam hollarda paydo bo‘ladi.

Metilprednizolon suyuqlik va tuzlarni tutilishini chaqirishi mumkin.

Metilprednizolon yuqori dozalarda uzoq vaqt davomida buyrak usti bezi po‘stlog‘i yetishmovchiligi va atrofiyasini chaqirganligi tufayli, stress holatlarida (masalan, operasiyalar yoki infeksiyalar) agar stress holatlariga moslashish uchun steroidlarning dozasi oshirilmasa arterial gipotenziya, gipoglikemiya rivojlanishi va hatto o‘limga olib kelishi mumkin.

Steroidlar bilan uzoq vaqt davolashni to‘satdan bekor qilish bekor qilish sindromini chaqirishi mumkin.

Simptomlarning jadalligi buyrak usti bezi po‘stlog‘ining atrofiyasi darajasiga bog‘liq. Yengil holatlarda quyidagi simptomlar paydo bo‘lishi mumkin: bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, qorinda og‘riq, bosh aylanishi, ishtahani yo‘qolishi, kayfiyatni o‘zgarishi, adinamiya va isitma. Og‘ir holatlarda ruhiy buzilishlar va bosh miya ichki bosimini oshishi kuzatilishi mumkin. glyukokortikoid davolashni to‘satdan bekor qilgandan keyin o‘lim holatlari haqida xabar berilgan. Revmatik kasalliklari bo‘lgan pasientlarda davolash bekor qilingandan keyin soxtarevmatizm rivojlanishi mumkin.

Yakka holatlarda davolash bekor qilingandan keyin poststeroid pannikulit rivojlangan holatlar haqida xabar berilgan. Davolash bekor qilingandan taxminan 2 xaftadan keyin namoyon bo‘luvchi va o‘z-o‘zidan o‘tib ketuvchi qizil rangli, qattiq, achishuvchi teri osti tugunlarini paydo bo‘lishi haqida xabar berilgan.

Metilprednizolon allergik va anafilaktik reaksiyalarga olib kelishi mumkin.

Nojo‘ya reaksiyalar paydo bo‘lishi tez-tezligi quyidagi tasnifga ega: juda tez-tez (≥1/10); tez-tez (≥1/100, <1/10); tez-tez emas (≥1/1000, <1/100); kam hollarda (≥1/10000, <1/1000); juda kam hollarda (<1/10000); tez-tezligi noma‘lum (mavjud ma‘lumotlar asosida baholab bo‘lmaydi).

Xavfsiz, xavfli va aniqlanmagan o‘smalar (shu jumladan kislotalar va poliplar).

Kam hollarda: o‘sma lizisi sindromi.

Immun tizimi tomonidan buzilishlar.

Tez-tez: infeksiyalarga yuqori sezuvchanlik, infeksiya simptomlarini niqoblanishi.

Kam hollarda: allergik va anafilaktik reaksiyalar.

Anafilaktoid reaksiyalar, teri testlarini o‘tkazishda reaksiyalarni susaytirishi mumkin.

Endokrin tizimi tomonidan buzilishlar.

Tez-tez: AKTG va kortizolni endogen sekresiyasini ingibisiya qilinishi (uzoq vaqt qo‘llanilganda), Kushing sindromi, diabetik holatni yomonlashishi yoki rivojlanishi.

Qandli diabetda metabolik asidoz, glyukozaga tolerantlikni buzilishi, insulin yoki peroral diabetga qarshi vositalarga talabni oshishi, ishtahani oshishi (bu tana vaznini oshishiga olib kelishi mumkin). gipopituirizm.

Suv-elektrolit muvozanatini buzilishi.

Tez-tez: gipokaliemiya, natriyni tutilishi.

Gipokaliemik alkaloz.

Ruhiy buzilishlar.

Tez-tez emas: kayfiyatni buzilishi, diqqatni jamlashni oshishi, depressiya, maniya, psixozlar, uyqusizlik.

Eyforiya holati, alahsirash, shizofreniyani zo‘rayishi, psixotik hulq-atvor, affektiv buzilishlar (shu jumladan, affektiv labillik, psixologik qaramlik, o‘z joniga qasd qilish fikri), shaxsni o‘zgarishi, kayfiyatni o‘zgarishi, ongni chalkashishi, patologik hulq-atvor, xavotirlik, ta‘sirchanlik, amneziya, kognitiv buzilishlar.

 

Nerv tizimi tomonidan buzilishlar.

Kam hollarda: demensiya, bosh miya ichki bosimini oshishi (ko‘ruv nervi diskini shishi bilan (xavsiz bosh miya ichki gipertenziyasi)), tutqanoq xurujlari.

Tirishishlar, nevropatik artropatiya, artralgiya, mialgiya.

Eshitish a‘zolari va vestibulyar apparat tomonidan.

Vertigo.

Ko‘rish a‘zosi tomonidan buzilishlar.

Tez-tez emas: ko‘z ichki bosimini oshishi, glaukoma, katarakta.

Ekzoftalm, sklera va shox pardani yupqalashishi.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan buzilishlar.

Tez-tez emas: arterial gipertenziya, tromboz.

Dimlangan yurak yetishmovchilishi (uni rivojlanishiga moyilligi bo‘lgan pasientlarda), emboliya, miokard infarkti o‘tkazilgan sohada miokardni yorilishi.

Respirator tizim tomonidan, torakal va mediastinal buzilishlar.

Kam hollarda: hiqichoq.

Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar.

Kam hollarda: me‘da yarasi, pankreatit.

Peptik yara (perforasiya va qon ketishi bilan), ichak perforasiyasi, me‘dadan qon ketishi, yarali ezofagit, qorinni dam bo‘lishi, ezofagit, qorinda og‘riq, diareya, dispepsiya, ko‘ngil aynishi.

Gepatobiliar tizimi tomonidan buzilishlar.

Kam hollarda: jigar fermentlari darajasini oshishi.

Teri va teri osti kletchatkasi tomonidan buzilishlar.

Tez-tez: regenerasiyani sekinlashishi, teri atrofiyasi, terida gematomalar va atrofik chiziqchalar (striyalar) paydo bo‘lishi, akne, girsutizm, ekximozlar, purpura.

Kam hollarda: allergik dermatitlar, kontakt dermatitlar, Kvinke shishi.

Kaposhi sarkomasi, eritema, qichishish, eshakemi, toshma, gipergidroz, teleangioektaziya, petexiyalar.

Skelet-mushak tizimi va biriktiruvchi to‘qima tomonidan buzilishlar.

Tez-tez: atrofiya, miopiya, mushak kuchsizligi, osteoporoz.

Kam hollarda: aseptik osteonekroz, paylarni uzilishi.

Patologik sinishlar.

Jarohatlar, zaharlanishlar va muolajadan keyingi asoratlar.

Umurtqani kompression sinishi.

Infeksiyalar va invaziyalar.

Infeksiyalar, opportunistik infeksiyalar, yashirin tuberkulyozni qaytalanishi.

Reproduktiv tizimi faoliyati va sut bezlari tomonidan buzilishlar

Muntazam bo‘lmagan hayz sikllari.

Laborator tekshiruvlar.

Uglevodlarga tolerantlikni pasayishi, siydikda kalsiy darajasini oshishi.

Umumiy buzilishlar.

Tez-tez: bolalarda o‘sishni sekinlashishi, shish.

Yuqori toliqish, umumiy lohaslik, sog‘ayishni buzilishi.

Bekor qilish sindromi quyidagi simptomlarni o‘z ichiga oladi: qusish, holsizlik, bo‘g‘imlarda og‘riq, deskvamasiya, mialgiya, tana vaznini pasayishi va/yoki arterial gipotenziya, xolsizlik, letargiya, rinit, kon‘yunktivit, qichishish hissi bilan kechuvchi og‘riqli teri tugunlari. Bu samaralar glyukortikoidlarni past darajasi bilan emas glyukokortikoidlarning konsentrasiyasini to‘satdan o‘zgarishi bilan bog‘liq deb hisoblanadi.

Kortikosteroidlar bilan davolaganda eozinofillar, monositlar va limfositlarni sonini kamayishi bilan leykositlarni sonini oshishi kuzatiladi. Limfoid to‘qimaning massasi kamayadi. Metilprednizolon bilan davolash vaqtida buyrakda tosh hosil bo‘lishi ehtimoli oshadi va siydikda leykositlar va eritrositlarning darajasi biroz oshishi mumkin.

Qon ivishi oshishi mumkin, giperlipidemiya rivojlanishi va ateroskleroz va vaskulit xavfi oshishi mumkin. spermaning sifati yomonlashishi mumkin, amenoreya.

Yaroqlilik muddati. 5 yil.

Saqlash sharoiti. 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda. Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

 

O‘rami.

4 mg – 30 yoki 100 tabletkadan flakonda; 1 flakondan karton qutida.

16 mg – 30 tabletkadan flakonda; 1 flakondan karton qutida.

 

Berish tartibi. Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

METIPRED ORION 0,25 liofilizat dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
METIPRED ORION 0,25 liofilizat dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
METIPRED ORION 0,25 liofilizat dori vositasi Хикма Фармацевтика (Португалия) С.А./Орион Корпорейшн tomonidan Portugaliya / Finlyandiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
METIPRED ORION 0,25 liofilizat dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
METIPRED ORION 0,25 liofilizat dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
SLIDERON liofilizat 500mg
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Метилпреднизолон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: United Biotech (P) Ltd.
  • Vakil: Spey Medical
SOLU MEDROL liofilizat 500mg
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belgiya
  • Faol modda: Метилпреднизолон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Pfizer MFG Belgium NV
Narh: 218 700 so'mdan Batafsil
SOLU MEDROL liofilizat 1000mg
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belgiya
  • Faol modda: Метилпреднизолон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Pfizer MFG Belgium NV
Narh: 333 800 so'mdan Batafsil
SLIDERON tabletkalari 16mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Bolgariya
  • Faol modda: Метилпреднизолон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Balkanpharma-Razgrad AD
  • Vakil: Spey Medical
Narh: 125 000 so'mdan Batafsil
SLIDERON tabletkalari 4mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Bolgariya
  • Faol modda: Метилпреднизолон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Spey Medikal Ltd., Великобритания произведено: Balkanpharma-Razgrad AD
Narh: 52 000 so'mdan Batafsil
Другие формы препарата
METIPRED 0,004 tabletkalari N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Finlyandiya / Rossiya
  • Faol modda: Метилпреднизолон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Орион Корпорейшен/Фармакор Продакшен, ООО
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9