×
×
  • METRID inyeksiya uchun eritma 100ml 0,5%

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

METRID inyeksiya uchun eritma 100ml 0,5%

Kategoriya:
- Antibiotiklar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
- Otsuka Pharmaceutical India Private Limited
ATX kodi:
- J01XD01
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 55 ta dorixonasida topildi

ico 18 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

O'xshash dorilar

STREPTOMISIN poroshok 1g Киевмедпрепарат, ПАО Ukraina
2 500 s`om dan
NIKAPIM poroshok 1,0g N1 God Gift Laboratory Pvt. Ltd. Hindiston
46 000 s`om dan
YUNIDOKS SOLYUTAB tabletkalari 100mg N10 ЗиО-Здоровье, ЗАО Rossiya
88 000 s`om dan
SIPRINOL tabletkalari 500mg N10 Krka d.d. Sloveniya
28 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
METRID inyeksiya uchun eritma 100ml 0,5% qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

METRID

METRID

Preparatning savdo nomi: Metrid

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): metronidazol

Dori shakli: vena ichiga yuborish uchun eritma

Tarkibi:

100 ml preparat quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: metronidazol – 500 mg;

yordamchi moddalar: natriy xloridi, limon kislotasi monogidrati, suvsiz dinatriy gidrogen fosfati, in‘eksiya uchun suv.

Ta‘rifi: deyarli rangsizdan och sariq ranggacha bo‘lgan eritma.

Farmakoterapevtik guruhi: protozoylarga qarshi vosita.

ATX kodi: J01XD01

Farmakologik hususiyatlari

Protozoylarga qarshi va mikroblarga qarshi vosita bo‘lib, 5-nitroimidazol hosilasidir. Ta‘sir mexanizmi anaerob mikroorganizmlar va sodda hayvonlarning hujayra ichidagi transport oqsillarning 5-nitroguruhini qaytarilishidan iborat. Qaytarilgan 5-nitroguruhi mikroorganizmlarning hujayralaridagi DNK bilan o‘zaro ta‘sirlashib, ulardagi nuklein kislotalar sinetzini ingibisiya qiladi, bu holat bakteriyalarni nobud bo‘lishiga olib keladi.

Trichomonas vaginalis, Entamoeba histolytica, Gardnerella vaginalis, Giardia intestinalis shuningdek obligat anaeroblar Bacteroides spp. (shu jumladan Bacteroides fragilis. Bacteroides distasonis, Bacteroides ovatus, Bacteroides thetaiotaomicron) Fusobacterium spp., Veillonela spp., Prevotella (P. bivia, P. buccae, P. disiens), va ba‘zi grammusbat mikroorganizmlar (Eubacterium spp., Clostridium spp., Peptococcus spp., Peptostreptococcus spp.) ga nisbatan faol.

Amoksisillin bilan birga Helicobacter pylori ga nisbatan faollik namoyon qiladi (amoksisillin metronidazolga nisbatan rezistentlik rivojlanishini susaytiradi).

Metronidazolga ba‘zi aerob mikroorganizmlar va fakultativ anaeroblar sezgir emas, ammo aralash flora (aerob va anaeroblar) mavjud bo‘lganida, metronidazol odatdagi aeroblarga qarshi samarali bo‘lgan antibiotiklar bilan sinergik ta‘sir qiladi.

O‘smalarni nurlanishga bo‘lgan sezgirligini oshiradi, alkogolga sensibilizasiyani chaqiradi (disulfiramsimon ta‘siri), reparativ jarayonlarni rag‘batlantiradi.

Farmakokinetikasi

Preparat yuqori o‘tuvchan hususiyatga ega bo‘lib, organizmning ko‘pchilik to‘qimalari va suyuqliklarida, shu jumladan o‘pka, buyrak, jigar, teri, orqa miya suyuqligi, bosh miya, safro, so‘lak, amniotik suyuqlik, abssess bo‘shliqlari, qin sekreti, urug‘ suyuqligi, ko‘krak sutida bakterisid konsentrasiyalarga erishadi, gematoensefalik va yo‘ldosh to‘siqlari orqali o‘tadi.

Taqsimlanish hajmi: kattalarda – taxminan 0,55 l/kg, yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda – 0,54-0,81 l/kg. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi – 10-20% ni tashkil etadi. Qonda maksimal konsentrasiyasiga (Smax) 30-60 minutdan keyin erishadi, terapevtik konsentrasiyasi 6-8 soat davomida saqlanib turadi. Yuborish davom ettirilganida preparatning maksimal konsentrasiyasi (Smax) – 18 mkg/ml ni tashkil etadi. Safroni hosil bo‘lishi normal bo‘lganida metronidazol vena ichiga yuborilganida safrodagi konsentrasiyasi plazmadagi konsentrasiyasidan ahamiyatli darajada yuqori bo‘lishi mumkin.

Organizmda metronidazolning taxminan 30-60% metabolizmga uchraydi. Yarim chiqarilish davri (T1/2) jigar faoliyati normal bo‘lganida – 8 soat, jigarni alkogol oqibatida shikastlanganida 18 soat (10 soatdan 29 soatgacha), yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda: homiladorlik muddati – 28-30 haftalik tug‘ilgan chaqaloqlarda – taxminan 75 soat, muvofiq ravishda, 32-35 haftalik – 35 soat, 36-40 haftalik – 25 soatni tashkil etadi.

Buyraklar orqali 60-80% (20% o‘zgarmagan holda), ichak orqali – 6-15% chiqariladi. Buyrak klirensi – minutiga 10,2 ml. Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan bemorlarda preparat takroran yuborilganidan so‘ng qon zardobida metronidazol to‘planishi mumkin (shuning uchun og‘ir darajadagi buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda yuborishlar sonini kamaytirish kerak). Metronidazol va uning asosiy metabolitlari gemodializda qondan tez ajratib chiqariladi (T1/2 3 soatgacha qisqaradi). Peritoneal dializda ahamiyatsiz darajada chiqariladi.

Qo‘llanilishi

  • Protozoy infeksiyalari: ichakdan tashqari amyobiaz, shu jumladan jigarni amyobali abssessi, ichak amyobiazi (amyobali dizenteriya), trixomoniaz, giardiazis, balantidiaz, lyamblioz, teri leyshmaniozi, trixomonadali vaginit, trixomonadali uretrit.
  • Bacteroides spp. (shu jumladan fragilis, B. distasonis, B. ovatus, B. thetaiotaomicron, B. vulgaris) chaqirgan infeksiyalar: suyaklar va bo‘g‘imlarning infeksiyalari, markaziy nerv tizimi (MNT) infeksiyalari, shu jumladan meningit, bosh miya abssessi, bakterial endokardit, pnevmoniya, empiema va o‘pka abssessi.
  • Bacteroides ning turlari, shu jumladan Fragilis guruhi, Clostridium, Peptococcus, Peptostreptococcus turlari chaqirgan infeksiyalar: qorin bo‘shlig‘i infeksiyalari (peritonit, jigar abssessi), chanoq a‘zolari infeksiyalari (endometrit, endomiometrit, fallopiy naylari va tuxumdonlar abssessi, qin tubini jarrohlik operasiyalardan keyingi infeksiyalari), teri va yumshoq to‘qimalarning infeksiyalari, sepsis.
  • Soxta membranoz kolit (antibiotiklarni qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan kolit).
  • Helicobacter pylori bilan bog‘liq bo‘lgan gastrit yoki o‘n ikki barmoq ichak yarasi. Operasiyadan (ayniqsa, chambar ichak, to‘g‘ri ichak atrofida o‘tkazilgan aralashuvlar, appendektomiya, ginekologik operasiyalar) keyingi asoratlarni oldini olish.
  • O‘smalari bo‘lgan bemorlarni nur bilan davolash – radiosensibilizasiya qiluvchi vosita sifatida, o‘smaning rezistentligi o‘sma hujayralarida gipoksiya bilan bog‘liq bo‘lgan hollarda qo‘llanadi.

Asetaldegidrogenazani susaytiradi, qonda asetaldegidning darajasini oshiradi va alkogolli ichimliklarning ta‘siriga nisbatan organizmning sensibilizasiya qiladi. Alkogolizm bilan xastalangan bemorlarni davolash uchun qo‘llash mumkin.

Qo‘llash usuli va dozalari

Kattalar va 12 yoshdan katta bolalarga 0,5-1 g boshlang‘ich dozada vena ichiga tomchilab (infuziyaning davomiyligi 30-40 minut), so‘ngra esa har 8 soatda 500 mg dan minutiga       5 ml tezlik bilan yuboriladi. Birinchi 2-3 infuziyadan so‘ng yaxshi o‘zlashtirilganida oqim bilan yuborishga o‘tiladi. Davolash kursi 7 kunni tashkil etadi. Zarurat bo‘lganida, vena ichiga yuborish uzoqroq vaqt davom ettiriladi. Maksimal sutkalik dozasi – 4 g ni tashkil etadi. Ko‘rsatmalarga qarab 400 mg dan sutkada 3 marta tutib turuvchi dozada ichga qabul qilishga o‘tiladi. 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga aynan shu sxemada tana vazniga 7,5 mg/kg bir martalik dozada buyuriladi.

Yiringli-septik kasalliklarda odatda 1 davolash kursi o‘tkaziladi.

Profilaktika maqsadida kattalar va 12 yoshdan katta bolalarga operasiyadan oldin 0,5-1 g dan, operasiya kuni va keyingi kuni – sutkada 1,5 g (500 mg dan har 8 soatda) vena ichiga tomchilab yuboriladi. 1-2 kundan keyin samarani bir maromda ushlab turuvchi davolashga o‘tiladi, ichga qabul qilinadi. Surunkali buyrak yetishmovchiligi (SBE) va kraetinin klirensi minutiga 30 ml dan kam bo‘lgan bemorlarga va/yoki jigar yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarga maksimal sutkalik doza – 1 g dan oshmasin, qabul qilishlar soni – sutkada      2 martani tashkil etsin.

Radiosensibilizasiya qiluvchi vosita sifatida tana vazniga 160 mg/kg yoki tana yuzasiga   4-6 g/m2 hisobida nurlanish boshlanishidan 0,5-1 soat oldin vena ichiga tomchilab yuboriladi. Har nurlanish seansidan oldin 1-2 hafta davomida qo‘llanadi. Nur bilan davolashni qolgan davrida metronidazol qo‘llanmaydi. Maksimal bir martalik doza 10 g dan, kurslik doza – 60 g dan oshmasligi kerak. Nurlanish oqibatida yuzaga kelgan intoksikasiyani bartaraf qilish uchun natriy xloridining izotonik eritmasi yoki glyukoza eritmalarini tomchilab yuborish kerak.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: diareya, anoreksiya, ko‘ngil aynishi, qusish, ichak sanchiqlari, qabziyatlar, og‘izda “metall” ta‘mi, og‘izni qurishi, glossit, stomatit, pankreatit.

Markaziy va periferik nerv tizimlari tomonidan: bosh aylanishi, harakatlar koordinasiyasini buzilishi, ataksiya, ongni chalkashishi, ta‘sirchanlik, depressiya, yuqori qo‘zg‘aluvchanlik, holsizlik, uyqusizlik, bosh og‘rig‘i, tirishishlar, gallyusinasiyalar, periferik neyropatiya.

Qon yaratish tizimi tomonidan: qaytuvchan neytropeniya, leykopeniya.

Allergik reaksiyalar: eshakemi, teri toshmasi, teri giperemiyasi, burunni bitishi, isitma, artralgiya.

Siydik tanosil tizimi tomonidan: dizuriya, sistit, poliuriya, siydikni tutolmaslik, kandidoz, siydikni qizil-jigarrang rangga bo‘yalishi.

Mahalliy reaksiyalar: tromboflebit (in‘eksiya qilingan joyda og‘riq, qizarish yoki shish) bo‘lishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

O‘ta yuqori sezuvchanlik, leykopeniya (shu jumladan anamnezida), markaziy nerv tizimini organik shikastlanishlari (shu jumladan tutqanoq), jigar yetishmovchiligi (yuqori dozalarda buyurilganida), homiladorlik (I uch oyligi), laktasiya davrida qo‘llash mumkin emas.

Homiladorlik (II va III uch oyliklari), buyrak / jigar yetishmovchiligida ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Vena ichiga yuborish uchun mo‘ljallangan metronidazol preparatini boshqa dori vositalari bilan aralashtirish mumkin emas. Preparat bilvosita antikoagulyantlarning ta‘sirini kuchaytiradi, bu protrombin hosil bo‘lish vaqtini uzayishiga olib keladi. Davolanish vaqtida etanol qabul qilish mumkin emas (disulfiramsimon reaksiyalar: qorinda spastik og‘riqlar, ko‘ngil aynishi, qusish, bosh og‘rig‘i, yuzni to‘satdan qizib ketishi rivojlanishi mumkin). Simetidin metronidazolning metabolizmini ingibisiya qiladi, bu holat qon zardobida uning konsentrasiyasini oshishiga va nojo‘ya ko‘rinishlar rivojlanish havfini oshishiga olib kelishi mumkin. Jigarda mikrosomal oksidlanish fermentlarini rag‘batlantiradigan preparatlarni (fenobarbital, fenitoin) bir vaqtda buyurish metronidazolning organizmdan chiqarilishini tezlashtirishi mumkin, natijada uning plazmadagi konsentrasiyasi pasayadi.

Litiy preparatlari bilan bir vaqtda qo‘llanganida plazmada litiyning konsentrasiyasi oshishi va intoksikasiya simptomlari rivojlanishi mumkin.

Qutbsizlantirmaydigan miorelaksantlar (vekuroniy bromidi) bilan birga qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Sulfanilamidlar metronidazolning mikroblarga qarshi ta‘sirini kuchaytiradi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Amoksisillin bilan majmuada 18 yoshdan kichik bo‘lgan pasientlarda qo‘llash tavsiya etilmaydi. Preparat bilan uzoq muddat davolanganda qon manzarasini nazorat qilish kerak. Leykopeniyada davolashni davom ettirish infeksion jarayonni rivojlanish havfiga bog‘liq. Ataksiya, bosh aylanishini paydo bo‘lishi, bemorlarning nevrologik statusida har qanday boshqa yomonlashish davolashni to‘xtatishni talab etadi.

Ayollarda trixomonadali vaginit va erkaklarda trixomonadali uretritni davolashda jinsiy aloqadan saqlanish kerak. Trixomoniazni davolashdan so‘ng hayz ko‘rishni navbatdagi uchta sikli davomida va hayz ko‘rish siklidan so‘ng nazorat sinamalarini o‘tkazish kerak. Lyamblioz davolangandan so‘ng, agar simptomlar saqlanib tursa, 3-4 haftadan so‘ng axlat tahlilini bir necha kunlik intervallar bilan uch marta o‘tkazish kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: ko‘ngil aynishi, qusish, ataksiya.

Davolash: me‘dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mirni yuborish (preparat ichga qabul qilinganida), gemodializ o‘tkazish. Metronidazol va uning metabolitlari gemodializda organizmdan yaxshi chiqariladi.

Chiqarilish shakli

100 ml eritma polimer flakonda yoki plastik paketda; 1 polimer flakon tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida; yoki 1 plastik paket plastik o‘ramda.

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda 30oS dan yuqori bo‘lmagan xaroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

METRID inyeksiya uchun eritma 100ml 0,5% dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
METRID inyeksiya uchun eritma 100ml 0,5% dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
METRID inyeksiya uchun eritma 100ml 0,5% dori vositasi Otsuka Pharmaceutical India Private Limited tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
METRID inyeksiya uchun eritma 100ml 0,5% dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
METRID inyeksiya uchun eritma 100ml 0,5% dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
SELEPID emulsiya 500ml 10%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Otsuka Pharmaceutical India Private Limited
  • Vakil: Claris Lifesciences Limited
SELEPID emulsiya 200ml 10%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Otsuka Pharmaceutical India Private Limited
  • Vakil: Claris Lifesciences Limited
SELEMIN 5S infuziya uchun eritma 200ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Otsuka Pharmaceutical India Private Limited
  • Vakil: Claris Lifesciences Limited
Narh: 55 000 so'mdan Batafsil
SELEPID emulsiya 100ml 10%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Otsuka Pharmaceutical India Private Limited
  • Vakil: Claris Lifesciences Limited
SELEMIN 5S infuziya uchun eritma 100ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Otsuka Pharmaceutical India Private Limited
  • Vakil: Claris Lifesciences Limited
SIPROKS inyeksiya uchun eritma 100ml 200mg/100ml
FIZIOMAKS eritma 1000 ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Otsuka Pharmaceutical India Private Limited
FIZIOMAKS eritma 500 ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Otsuka Pharmaceutical India Private Limited
SELEMIN 10 PLYUS eritma 500 ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Otsuka Pharmaceutical India Private Limited
Narh: 40 000 so'mdan Batafsil
LENIOL eritma 100 ml 1 g/100 ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Otsuka Pharmaceutical India Private Limited
XECTAR 200 infuziya uchun eritma 500ml 6%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Otsuka Pharmaceutical India Private Limited
XECTAR 200 infuziya uchun eritma 250ml 6%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Otsuka Pharmaceutical India Private Limited
XECTAR 200 infuziya uchun eritma 250ml 10%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Otsuka Pharmaceutical India Private Limited
MIKROSPAN 40/5 D inyeksiya uchun eritma 250ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Otsuka Pharmaceutical India Private Limited
TNA PERI eritma 3340ml 20%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Otsuka Pharmaceutical India Private Limited
TNA PERI eritma 2600ml 10%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Otsuka Pharmaceutical India Private Limited
TNA PERI-1 eritma 1060ml 150 g/l
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Otsuka Pharmaceutical India Private Limited
RL infuziya uchun eritma 500ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Otsuka Pharmaceutical India Private Limited
RL infuziya uchun eritma 250ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Otsuka Pharmaceutical India Private Limited
RL infuziya uchun eritma 100ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Otsuka Pharmaceutical India Private Limited
NS NATRIYA XLORID inyeksiya uchun eritma 500ml 0,9%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Otsuka Pharmaceutical India Private Limited
NS NATRIYA XLORID inyeksiya uchun eritma 250ml 0,9%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Otsuka Pharmaceutical India Private Limited
NS NATRIYA XLORID inyeksiya uchun eritma 100ml 0,9%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Otsuka Pharmaceutical India Private Limited
5D GLYUKOZA inyeksiya uchun eritma 500ml 5%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Otsuka Pharmaceutical India Private Limited
5D GLYUKOZA inyeksiya uchun eritma 250ml 5%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Otsuka Pharmaceutical India Private Limited
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9