×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

SELEPID emulsiya 100ml 10%

Kategoriya:
- Qon va qon aylanishi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
- Otsuka Pharmaceutical India Private Limited
Vakil:
- Claris Lifesciences Limited
ATX kodi:
- B05BA02
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

900 000 s`om dan
VIKASOL inyeksiya uchun eritma 1ml 1% N10 O´zkimyofarm, АО им. С.К. Исламбекова O'zbekiston
16 800 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
SELEPID emulsiya 100ml 10% qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

SELEPID

CELEPID

 

Preparatning savdo nomi: Selepid

Ta‘sir etuvchi moddalar: soya moyi, tuxum lesitini, gliserol

Dori shakli: vena ichiga yuborish uchun yog‘li emulsiya

Tarkibi:

Har 100 ml emulsiya quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar:

soya moyi                                            10,0 g;

tuxum lesitini                               1,2 g;

gliserol                                           2,25 g;

energetik qiymati (kkal)               1100;

osmolyarligi                                     300 mOsm/l;

yordamchi moddalar: natriy oleati, natriy gidroksidi, in‘eksiya uchun suv.

Ta‘rifi: yot zarrachalar va yirik yog‘ tomchilari bo‘lmagan oq rangli sutga o‘xshash emulsiya.

Farmakoterapevtik guruhi: parenteral oziqlantirish uchun qo‘llanadigan preparat.

ATX kodi: V05VA02

 

Farmakologik hususiyatlari

Selepid – parenteral oziqlantirish uchun qo‘llanadigan vosita bo‘lib, energiya va essensial yog‘ kislotalarining manbai hisoblanadi. Tarkibida almashtirib bo‘lmaydigan yog‘ kislotalari tanqisligini bartaraf qiladigan yog‘ komponentlarini saqlaydi, tanqislikni klinik simptomlari bo‘lganida, uni to‘g‘rilanishiga olib keladi. Tuxum sarig‘idagi lesitinning tarkibiga kiruvchi fosfatidlar hujayra membranalarining tarkibiga kiradi va ularni faoliyatini ta‘minlaydi.

Gliserol organizmda glikogen va lipidlar sintezida ishtirok etadigan energetik substrat hisoblanadi.

Farmakokinetikasi

Preparatning tarkibiga kiruvchi yog‘ zarrachalari odam qonidagi xilomikronlarning o‘lchamiga to‘g‘ri keladigan o‘lchamdagi pufakchalarni hosil qiladi, shuning uchun Selepidning farmakokinetik ta‘siri lipidlarning fiziologik almashinuvi bilan bir xil. Preparat yuborilganidan so‘ng plazmada trigliseridlarning darajasi qisqa muddatga oshishi kerak. Trigliseridlar lipoprotein-lipaza ta‘sirida erkin yog‘ kislotalari va gliseringa gidrolizlanadi. Erkin yog‘ kislotalari yo to‘qimalarga taqsimlanadi (u yerda ular oksidlanadi yoki trigliseridlar qayta sintezlanadi va to‘planadi), yoki albuminlar bilan bog‘lanib, plazmada aylanib yuradi.

Jigarda erkin yog‘ kislotalari oksidlanadi yoki qonga qayta tushishi mumkin bo‘lgan juda past zichlikdagi lipoproteinlarni hosil qiladi.

Tun davomida och qolgan odamda yog‘li emulsiyani chiqarilish darajasi sutkada tana vazniga taxminan 4 g/kg ni tashkil etadi. Organizmdan chiqarilish hususiyati organizmning holati va kasallikni og‘irlik darajasiga bog‘liq.

Qo‘llanilishi

Selepid yog‘li emulsiya parenteral nutrision yordamga muhtoj bo‘lgan pasientlar uchun energiya va almashtirib bo‘lmaydigan yog‘ kislotalarini manbai sifatida ko‘rsatilgan. Preparat quyidagi holatlarda buyuriladi:

  • Bemorni jarrohlik yo‘li bilan davolashga operasiyadan oldingi tayyorgarlikda energetik nutrient sifatida;
  • Operasiyadan keyingi davrda – organizmning oqsil-energetik holatini tiklash uchun majmuaviy davolash tarkibida;
  • Turli etiologiyali kaxeksiyada;
  • Kuchli plazmoreya va yiringli jarayonlar bilan kechuvchi barcha darajadagi kuyishlarda;
  • Ingichka ichakning shilliq qavatidagi fermentlar sekresiyasini susayishi va nutrientlarni so‘rilishini buzilishi (ichakning o‘tkir va surunkali kasalliklari – peritonit, yarali kolit, ichak tutilishi, me‘da-ichak yo‘llarida o‘smalarni bo‘lishi, ichak atoniyasi va falaji, malabsorbsiya sindromi, oziqlanishdagi buzilishlar va b.) bilan bog‘liq bo‘lgan azot muvozanatini buzilishlarida;
  • Pasientni uzoq vaqt turli genezli xushsiz holatda bo‘lishi, enteral oziqlantirish imkoni yoki mumkin bo‘lmagan holatlarda;
  • Buyrak faoliyatini buzilishlarida, energiya muvozanatini to‘g‘rilash proteinlar katabolizmi darajasini pasaytirish uchun kerak bo‘lgan holatlarda qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Kattalarga: sutkada bemorning tana vazniga 2,5 g/kg hisobida buyuriladi.

Bolalarga: sutkada bemorning tana vazniga 0,5-4,0 g/kg hisobida buyuriladi.

Selepid vena ichiga yuborish uchun 10% li yog‘li emulsiya sutkada bemorning tana vazniga 2,5 g/kg dan yuqori bo‘lmagan dozada yuborilganida organizmning sutkali energiya talabining 60% gacha qismini ta‘minlaydi. Qolgan 40% organizmga uglevodlar va aminokislotalar hisobiga to‘ldirilishi kerak.

Selepid 10% li yog‘li emulsiyani yuborish tezligi birinchi 15 minut davomida            0,5-1,0 ml/(kg*soat) dan oshmasligi kerak. Nojo‘ya reaksiyalar kuzatilmasa, infuziya tezligini 2 ml/(kg*soat) gacha oshirish mumkin.

Davolashning birinchi kunida Selepid 10% li yog‘li emulsiyaning dozasi – 500 ml dan oshmasligi kerak. Noxush reaksiyalar kuzatilmasa, keyingi kunlarda dozani oshirish mumkin.

Yog‘li emulsiyani yuborish qoidasi

Selepid vena ichiga yuborish uchun yog‘li emulsiya umumiy ovqatlanishning majmuaviy dasturini komponenti sifatida buyurilishi kerak. Preparat kateter yoki infuziya joyidan uzoqda bo‘lmagan Y-konnektor yordamida periferik va markaziy venalar orqali yuboriladi. Infuziyadan oldin yog‘li emulsiyani xona xaroratida ilitish va chayqatish kerak. Preparatning ishlatilmagan miqdorini yo‘qotish kerak va keyinchalik yuborish uchun saqlab qo‘yish mumkin emas. Flakonning butunligi shikastlanganida yoki eritmada yod zarrchalar aniqlanganida preparatni qo‘llash mumkin emas.

Nojo‘ya ta‘sirlari

O‘tkir reaksiyalar: hansirash, sianoz, allergik reaksiyalar, giperlipidemiya, giperkoagulyasiya, ko‘ngil aynishi, qusish, bosh og‘rig‘i, yuzni qizarishi, gipertermiya, kuchli terlash, et uvishishi, uyquchanlik, ko‘krakda va belda og‘riq.

Kechki reaksiyalar: gepatomegaliya, xolestatik sariqlik, jigarning funksional sinamalari ko‘rsatkichlarini tranzitor oshishi, trombositopeniya, leykopeniya, splenomegaliya, gipergidratasiya sindromi.

Retikuloendotelial tizimida jigarrang rangli pigment (vena ichidagi yog‘li pigment) to‘planishi mumkin. Ushbu fenomenning sababi va qiymati yetarli darajada o‘rganilmagan.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Shok (boshlang‘ich bosqichi), lipidlar almashinuvini yaqqol buzilishlari (jigarni og‘ir darajadagi shikastlanishi, dekompensasiyalangan qandli diabet, jigar yetishmovchiligini og‘ir shakli), giperlipidemiya bilan kechuvchi o‘tkir pankreatit va pankreonekroz, patologik giperlipidemiya, lipoid nefroz, gipoksiya bilan kechuvchi tromboemboliya, ketoasidoz, o‘pka gipertenziya, preparatning komponentilariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Selepid yog‘li emulsiyani bir flakonda elektrolitlar va dori vositalari bilan aralashtirish mumkin emas. 1 ml emulsiyaga 1-2 birlik geparin nisbatida emulsiyaga qo‘shilganida preparatning barqarorligi yo‘qolmagan.

Maxsus ko‘rsatmalar

Metabolik asidoz, o‘pka kasalliklari, sepsis, retikulo-endotelial tizimining kasalliklari, anemiya, qon ivishini buzilishi bo‘lgan bemorlarga, yog‘li emboliyani rivojlanish havfi oshganida preparat ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.

Yog‘li emulsiyalarni haddan tashqari tez yuborish suyuqlik va yog‘ning miqdorini ortiq ketishi oqibatida keyinchalik elektrolitlarning konsentrasiyasini pasayishi, gipergidratasiyaga olib kelishi va o‘pka shishini rivojlanishini qo‘zg‘alishiga va o‘pkaning duffuz hususiyatini buzilishiga olib kelishi mumkin. Haddan tashqari tez infuziya qilish giperketonemiya, metabolik asidozni chaqirishi mumkin. Erkin yog‘ kislotalari albumin bilan bog‘langan bilirubinni o‘rnini almashtirganligi sababli, yog‘li emulsiyani sariqlik bo‘lgan bolalarga yoki erta yoshdagi bolalarga juda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Homiladorlik va laktasiya davrida preparatni qo‘llash mumkin emas, chunki ushbu bemorlar toifasiga preparatni qo‘llash havfsizligi yuzasidan ma‘lumotlar yo‘q.

Preparat bilan uzoq muddat davolanganda periferik qon manzarasi (shu jumladan, trombositlar soni), qon ivishi tizimi ko‘rsatkichlari, jigar faoliyati, qon zardobidagi lipidlarning ko‘rsatkchilarini nazorat qilish kerak. Qonda bilirubinning konsentrasiyasi, LDG ning faolligini aniqlash, gemoglobinni kislorod bilan to‘yinishi kabi laborator tekshirishlarni preparatni infuziyasi tugaganidan so‘ng 5-6 soatdan keyin o‘tkazgan afzal.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborilish simptomlari odatda gipervolemiyani ko‘rinishlari: hansirash, sianoz, o‘pka shishi hisoblanadi. Shuningdek giperlipidemiya, giperkoagulyasiya bo‘lishi mumkin.

Dozani oshirib yuborilish simptomlari namoyon bo‘lganida yog‘li emulsiyani infuziya qilishni to‘xtatish va simptomatik davolashni boshlash kerak.

Chiqarilish shakli

Yog‘li emuslsiya 100 ml, 200 ml yoki 500 ml dan flakonda. 1 flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

 

Saqlash sharoiti

25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Muzlatilmasin!

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

SELEPID emulsiya 100ml 10% dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
SELEPID emulsiya 100ml 10% dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
SELEPID emulsiya 100ml 10% dori vositasi Otsuka Pharmaceutical India Private Limited tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
SELEPID emulsiya 100ml 10% dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
SELEPID emulsiya 100ml 10% dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
SELEPID emulsiya 500ml 10%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Otsuka Pharmaceutical India Private Limited
  • Vakil: Claris Lifesciences Limited
SELEPID emulsiya 200ml 10%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Otsuka Pharmaceutical India Private Limited
  • Vakil: Claris Lifesciences Limited
SELEMIN 5S infuziya uchun eritma 200ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Otsuka Pharmaceutical India Private Limited
  • Vakil: Claris Lifesciences Limited
Narh: 55 000 so'mdan Batafsil
SELEMIN 5S infuziya uchun eritma 100ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Otsuka Pharmaceutical India Private Limited
  • Vakil: Claris Lifesciences Limited
SIPROKS inyeksiya uchun eritma 100ml 200mg/100ml
METRID inyeksiya uchun eritma 100ml 0,5%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Otsuka Pharmaceutical India Private Limited
Narh: 18 000 so'mdan Batafsil
FIZIOMAKS eritma 1000 ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Otsuka Pharmaceutical India Private Limited
FIZIOMAKS eritma 500 ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Otsuka Pharmaceutical India Private Limited
SELEMIN 10 PLYUS eritma 500 ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Otsuka Pharmaceutical India Private Limited
Narh: 40 000 so'mdan Batafsil
LENIOL eritma 100 ml 1 g/100 ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Otsuka Pharmaceutical India Private Limited
XECTAR 200 infuziya uchun eritma 500ml 6%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Otsuka Pharmaceutical India Private Limited
XECTAR 200 infuziya uchun eritma 250ml 6%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Otsuka Pharmaceutical India Private Limited
XECTAR 200 infuziya uchun eritma 250ml 10%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Otsuka Pharmaceutical India Private Limited
MIKROSPAN 40/5 D inyeksiya uchun eritma 250ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Otsuka Pharmaceutical India Private Limited
TNA PERI eritma 3340ml 20%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Otsuka Pharmaceutical India Private Limited
TNA PERI eritma 2600ml 10%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Otsuka Pharmaceutical India Private Limited
TNA PERI-1 eritma 1060ml 150 g/l
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Otsuka Pharmaceutical India Private Limited
RL infuziya uchun eritma 500ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Otsuka Pharmaceutical India Private Limited
RL infuziya uchun eritma 250ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Otsuka Pharmaceutical India Private Limited
RL infuziya uchun eritma 100ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Otsuka Pharmaceutical India Private Limited
NS NATRIYA XLORID inyeksiya uchun eritma 500ml 0,9%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Otsuka Pharmaceutical India Private Limited
NS NATRIYA XLORID inyeksiya uchun eritma 250ml 0,9%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Otsuka Pharmaceutical India Private Limited
NS NATRIYA XLORID inyeksiya uchun eritma 100ml 0,9%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Otsuka Pharmaceutical India Private Limited
5D GLYUKOZA inyeksiya uchun eritma 500ml 5%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Otsuka Pharmaceutical India Private Limited
5D GLYUKOZA inyeksiya uchun eritma 250ml 5%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Otsuka Pharmaceutical India Private Limited
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9