×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

MIDERIZON tabletkalari 50mg N20

Kategoriya:
- Suyak mushak tizimi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Vengriya
Faol modda:
Толперизон
Qadoqda soni:
- 20
Ishlab chiqaruvchi:
- Meditop Pharmaceutical Co. Ltd.
ATX kodi:
- M03BX04
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

TERAFLEKS kapsulalar N120 Bayer Consumer Care AG Germaniya
362 900 s`om dan
XAY FLEKS inyektsiya eritmasi 20mg/2ml N3 Hankook Korus Pharmaceutical Co., Ltd Koreya
1 599 800 s`om dan
LONDROMAKS tabletkalari 70mg N4 Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S. Turkiya
85 000 s`om dan
MUKOSAT BELMED kapsulalar 250mg N30 Белмедпрепараты РУП Belarusiya
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
MIDERIZON tabletkalari 50mg N20 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

MIDERIZON

MIDERIZONE

 

Preparatning savdo nomi: Miderizon

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): tolperizon

Dori shakli: plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar

Tarkibi:

Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: tolperizon gidroxloridi – 50 yoki 150 mg,

yordamchi moddalar:

tabletkaning yadrosi: betain gidroxloridi, mikrokristall sellyuloza, mannit, krospovidon, stearin kislotasi, talk.

plyonka qobiq: Opadri II oq bo‘yovchisi [laktoza monogidrati, gipromelloza, titan dioksidi (Ye171), makrogol 4000]

Ta‘rifi:

50 mg li tabletkalar: oq, dumaloq, plyonka qobiq bilan qoplangan, bir tomonida “50” gravirovkasi va boshqa tomonida maxsus kodi bo‘lgan tabletkalar.

150 mg li tabletkalar: oq, dumaloq, plyonka qobiq bilan qoplangan, bir tomonida “150” gravirovkasi va boshqa tomonida maxsus kodi bo‘lgan tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: n-xolinolitiklar (miorelaksantlar).

ATX kodi: M03VX04

Farmakologik xususiyatlari

Membranani barqarorlashtiruvchi va mahalliy og‘riqsizlantiruvchi ta‘sirga ega, periferik nerv oxirlarini og‘riq sezuvchanligini kamaytiradi, birlamchi afferent va xarakat tolalarida impulslar o‘tkazuvchanligini tormozlaydi, bu mono- va polisinaptik orqa-miya reflekslarini bloklanishiga olib keladi. Ehtimol, ikkilamchi tarzda, Sa2+ ni presinaptik nerv oxirlariga kirishini tormozlanishi natijasida sinapslarda midiatorlarni ajralishini tormozlaydi. Retikulospinal yo‘l bo‘ylab qo‘zg‘alishni o‘tkazilishini tormozlanishiga yordam beradi. Spazmlarni kamaytirib, bosh miyaning ritikulyar formasiyasi kaudal qismini faolligini tanlab pasaytiradi. Patologik oshgan mushak tonusini va mushak regidligini pasaytiradi, og‘riqni kamaytiradi, ixtiyoriy faol xarakatlarni yengillashtiradi. Kuchsiz spazmolitik va adrenobloklovchi samaraga ega, markaziy nerv tizimining ta‘siridan qat‘iy nazar, periferik qon oqimini kuchaytiradi.

Katta yoshdagi pasientlar tomonidan yaxshi o‘zlashtiriladi, kardiotoksik ta‘sirga ega emas, sedativ samaradan holi va bemorlarning kognitiv faoliyatini yomonlashtirmaydi.

Ichga qabul qilinganda ingichka ichakda so‘riladi. Smax plazmada 0,5-1 soatdan keyin aniqlanadi. Jigar orqali “birinchi o‘tishi” samarasi yaqqol namoyon bo‘ladi, shu boisdan biokiraolishligi taxminan 20% ni tashkil qiladi. Jigar va buyrakda metabolizmga uchraydi. Metabolitlarning farmakologik faolligi ma‘lum emas. T1/2 -1,5-2,5 soat. Buyrak orqali metabolitlar ko‘rinishida (99%) chiqariladi, 0,1% dan kamrog‘i 24 soat davomida o‘zgarmagan holda buyrak orqali chiqariladi.

 

Qo‘llanilishi

Patologik  oshgan mushak tonusini va MNT organik kasalliklari oqibatidagi (shu jumladan piramid yo‘llarni shikastlanishi, tarqalgan skleroz, insult, mielopatiya, ensefalomielit), shuningdek tayanch-harakat apparati kasalliklari bilan birga kechuvchi (shu jumladan spondilez, spondiloartroz, servikal va lyumbal sindromlar, yirik bo‘g‘imlar artrozlari) ko‘ndalang targ‘il mushaklarni spazmlarini davolash; ortopedik va travmatologik operasiyalardan keyingi tiklovchi davolash; qon tomirlarni obliterasiyalovchi kasalliklari (obliterasiya qiluvchi trombangiit, Reyno sindromi), tomirlarni innervasiyasini izdan chiqishi negizida yuz beruvchi kasalliklar (akrosianoz, vaqti – vaqti bilan avj oluvchi angionevrotik disbaziya) ni majmuaviy davolash tarkibida qo‘llanadi.

Pediatriyada – Littl kasalligi (bolalar miya falaji) va mushak distoniyasi bilan kechuvchi boshqa ensefalopatiyalarda qo‘llanadi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Ichga, ovqatdan keyin chaynamasdan, oz miqdordagi suv bilan qabul qilinadi.

Kattalarga va bolalarga 14 yoshdan boshlab – odatda 50 mg dan kuniga 2-3 martadan boshlab, dozani asta – sekin kuniga 2-3 marta150 mg gacha oshiriladi.

6 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – 5 mg/kg sutkalik dozada ichga buyuriladi; 7-14 yoshga – 2-4 mg/kg (kun davomida 3 marta qabul qilish uchun) buyuriladi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Nerv tizimi va sezgi a‘zolari tomonidan: mushak kuchsizligi, bosh og‘rig‘i, uyquchanlik.

Me‘da ichak yo‘llari (MIY) a‘zolari tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, abdominal diskomfort (odatda doza pasaytirilganda o‘tib ketadi).

Allergik reaksiyalar: anafilaktik shok, bronxospazm, eshakemi, eritema, terini qichishishi.

Boshqalar: arterial bosimni (AB) pasayishi.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar

  • preparatning komponentlaridan birontasiga yuqori sezuvchanlikda;
  • miasteniya;
  • 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Preparatni qo‘llashni cheklovchi va o‘zaro ta‘sirlari to‘g‘risida ma‘lumotlar yo‘q.

Garchi tolperizon MNT ga ta‘sir ko‘rsatsa-da u sedativ samara chaqirmaydi, shuning uchun sedativ, uxlatuvchi vositalar va alkogol saqlovchi preparatlar bilan majmuada qo‘llanishi mumkin.

Alkogolni markaziy nerv tizimiga bo‘lgan xususiyatiga ta‘sir qilmaydi.

Tolperizon niflumat kislotasining ta‘sirini kuchaytiradi, bu preparatlarni bir vaqtda qo‘llaganda niflumat kislotaning dozasini pasaytirish talab qilinadi.

Umumiy anesteziya vositalari, periferik miorelaksantlar, psixotrop preparatlar, klonidin – tolperizonning samarasini kuchaytiradi.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Asoratlardan saqlanish uchun qat‘iy shifokor tavsiyasi bo‘yicha qo‘llash kerak.

Homiladorlik va laktasiyada qo‘llanishi

Homiladorlik vaqtida (ayniqsa 1 uch oyligida) va emizish davrida faqat ona uchun kutiladigan foyda homila uchun potensial xavfdan ustun bo‘lgan hollardagina qo‘llanishi mumkin.

FDA ma‘lumoti bo‘yicha homilaga ta‘siri toifasi – aniqlanmagan.

Transport vositalarini va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri. Tadqiqotlar o‘tkazilmagan, ammo preparatni ko‘p yil qo‘llash tajribasiga asosan  bunday ma‘lumotlar bo‘lmagan.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborilishi to‘g‘risida ma‘lumotlar kelib tushmagan. Keng terapevtik diapazoniga ega, adabiyotlarda preparatni bolalarda ichga 600 mg dozada qo‘llanganda jiddiy toksik simptomlari namoyon bo‘lmagani ta‘riflangan. Preparat kuniga
300-600 mg dozada ichga qabul qilinganda bolalarda ayrim xollarda jizzakilik kuzatilgan.

Hayvonlarda o‘tkazilgan o‘tkir peroral toksiklik tadqiqotlarida eksperimentlarda katta dozalar ataksiya, tonik va klonik tirishishlar, xansirash va nafas falajini chaqirgan.

Bo‘lishi mumkin bo‘lgan simptomlar: nafasni susayishi (diafragma parezi va nafas markazini to‘g‘ridan-to‘g‘ri tormozlanishi hisobiga) va yurak faoliyatini susayishi, arterial gipotenziya.

Davolash: me‘dani yuvish, simptomatik va tutib turuvchi davolash o‘tkaziladi. Spesifik antidoti yo‘q.

 

Chiqarilish shakli

20, 30, 50 yoki 100 tabletkadan tiniq, rangsiz PVX/alyumin folgali blisterlarda qutida.

Saqlash sharoiti

5 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

MIDERIZON tabletkalari 50mg N20 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
MIDERIZON tabletkalari 50mg N20 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
MIDERIZON tabletkalari 50mg N20 dori vositasi Meditop Pharmaceutical Co. Ltd. tomonidan Vengriya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
MIDERIZON tabletkalari 50mg N20 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
MIDERIZON tabletkalari 50mg N20 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
MIDOKALM tabletkalari 150mg N30
Narh: 43 500 so'mdan Batafsil
MIDOKALM tabletkalari 50mg N30
Narh: 44 000 so'mdan Batafsil
TOLKIMADO tabletkalari 150mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Толперизон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Dr Sertus Ilac Sanayi ve Ticaret Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S.
  • Vakil: Dr.Sertus
Narh: 57 000 so'mdan Batafsil
TOLKIMADO tabletkalari 50mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Толперизон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Dr Sertus Ilac Sanayi ve Ticaret Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S.
  • Vakil: Dr.Sertus
TOLKIMADO inyeksiya uchun eritma 1ml 100 mg/ml+2,5 mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Толперизон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Dr Sertus Ilac Sanayi ve Ticaret Limited Sirketi, Турция произведено: Rompharm Ilac San. Ve Tic. Ltd. Sti.
  • Vakil: Dr.Sertus
Narh: 48 200 so'mdan Batafsil
MIDOKALM inyeksiya uchun eritma 1ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Толперизон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Gedeon Richter PLC
Narh: 39 000 so'mdan Batafsil
Ishlab chiqaruvchining dorilari
AVATAK tabletkalari 250mg N5
AVATAK tabletkalari 500mg N5
AVATAK tabletkalari 250mg N3
LEVIL tabletkalari 250mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Ishlab chiqaruvchi: Meditop Pharmaceutical Co. Ltd.
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9