Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
LEVIL
LEVIL
Preparatning savdo nomi: Levil
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): levetirasetam
Dori shakli: plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar
Tarkibi:
Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: levetirasetam – 250, 500, 750 yoki 1000 mg,
yordamchi moddalar:
tabletkaning yadrosi: natriy kroskarmelloza, povidon K-30, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, magniy stearat.
plyonka qobig‘i:
250 mg li Levil plyonka qobiq bilan qoplangan tabletka
Oq opadray 85F18422 (qisman gidrolizlangan polivinil spirti, titan dioksidi (Ye171), makrogol, talk).
500 mg li Levil plyonka qobiq bilan qoplangan tabletka
Opadray 85F82874 (qisman gidrolizlangan polivinil spirti, titan dioksidi (Ye171), makrogol, talk, temir II oksidi (Ye172)).
750 mg li Levil plyonka qobiq bilan qoplangan tabletka
Opadray 85F84762 (qisman gidrolizlangan polivinil spirti, titan dioksidi (Ye171), makrogol, talk, “sariq sanset/sariq FD&C”, alyuminiy laki (Ye110), temir III oksidi (Ye172)).
1000 mg li Levil plyonka qobiq bilan qoplangan tabletka
Opadray 85F18422 (qisman gidrolizlangan polivinil spirti, titan dioksidi (Ye171), makrogol, talk).
Ta‘rifi:
250 mg li Levil plyonka qobiq bilan qoplangan tabletka
Oq yoki deyarli oq, oval, ikki tomonlama qavariq, plyonka qobiq bilan qoplangan ‘L 64’ gravirovkasi va bir tomonili riskali va boshqa tomoni silliq tabletkalar.
500 mg li Levil plyonka qobiq bilan qoplangan tabletka
Sariq, oval, ikki tomonlama qavariq, plyonka qobiq bilan qoplangan ‘L 65’ gravirovkasi va bir tomonili riskali va boshqa tomoni silliq tabletkalar.
750 mg li Levil plyonka qobiq bilan qoplangan tabletka
Pushti, oval, ikki tomonlama qavariq, plyonka qobiq bilan qoplangan ‘L 66’ gravirovkasi va bir tomonili riskali va boshqa tomoni silliq tabletkalar.
1000 mg li Levil plyonka qobiq bilan qoplangan tabletka
Oq yoki deyarli oq, oval, ikki tomonlama qavariq, plyonka qobiq bilan qoplangan ‘L 67’ gravirovkasi va bir tomonili riskali va boshqa tomoni silliq tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi: tutqanoqqa qarshi vosita.
ATX kodi: N03AX14
Farmakologik xususiyatlari
Tutqanoqqa qarshi vosita, pirrolidon hosilasi (ɑ-etil-2-okso-1-pirrolidon asetamidni S-enantiomeri). Kimyoviy tuzilishi bo‘yicha boshqa tutqanoqqa qarshi vositalardan farq qiladi. Levetirasetamni ta‘sir mexanizmi oxirigacha o‘rganilmagan, ammo ehtimol u ma‘lum tutqanoqqa qarshi preparatlarning ta‘sir mexanizmidan farq qiladi.
In vitro sharoitidagi tadqiqotlar livetirasetam Sa2+ ni N-turidagi kanallar orqali oqimini qisman tormozlab va kalsiyni neyronlar ichidagi zahiradan ajralib chiqishini kamaytirib, neyronlar ichidagi Sa2+ ionlarini konsentrasiyasiga ta‘sir qilishini ko‘rsatgan. Bundan tashqari, levetirasetam rux va β-karbolinlar tomonidan kamaytirilgan GABA-va glisinga qaram kanallar orqali Sa2+ oqimini qisman tiklaydi.
Taxmin qilinadigan mexanizmlardan biri bosh va orqa miyada saqlanadigan SV2A sinaptik vezikulalarining glikoproteini bilan isbotlangan bog‘lanishiga asoslangan. Shu tarzda, neyron faolligini gipersinxronizasiyasiga qarshi ta‘siri bilan namoyon bo‘luvchi tirishishga qarshi samara amalga oshiriladi deb hisoblanadi. Normal neyrotransmissiyani o‘zgartirmaydi, ammo GABA-agonist bikikulin tomonidan induksiya qilingan tutqanoqsimon neyronar avj olishlarni va glutamat reseptorlarini qo‘zg‘alishini susaytiradi. Levetirasetamning ham fokal va ham tarqalgan tutqanoq xurujlarga (tutqanoqsimon ko‘rinishlar/fotoparoksizmal reaksiya) nisbatan faolligi tasdiqlangan.
Farmakokinetikasi
Ichga qabul qilingandan keyin levetirasetam me‘da-ichak yo‘llaridan yaxshi so‘riladi. So‘rilishi to‘liq va proporsional xarakterga ega, shuning uchun qon plazmasidagi konsentrasiyasini preparatni bir kg tana vazniga mg qo‘llanadigan dozasidan kelib chiqqan holda oldindan aytib berilishi mumkin. So‘rilish darajasi dozaga va ovqatni qabul qilish vaqtiga bog‘liq emas.
Biokiraolishligi 100% ni tashkil qiladi.
1 g dozada qabul qilingandan keyin qon plazmasidagi Smax ga 1,3 soatdan keyin erishiladi va u 31 mkg/ml ni, takroran (sutkada 2 marta) qabul qilingandan keyin –
43 mkg/ml ni tashkil qiladi. Levetirasetam va uning asosiy metabolitini plazma oqsillari bilan bog‘lanishi 10% kamni tashkil qiladi. Levetirasetamning Vd ko‘rsatkichi taxminan 0,5-0,7 l/kg ni tashkil qiladi.
Preparatni sutkada 2 martadan qabul qilinganda, 2 sutkadan keyin muvozanat holatiga erishiladi.
Birlamchi nofaol metabolitni hosil bo‘lishi sitoxrom R450 izofermentlarining ishtirokisiz jigarda yuz beradi. Levetirasetam gepatositlarning fermentativ faolligiga ta‘sir qilmaydi.
Kattalarda qon plazmasidan yarim chiqarilish davri T1/2 7±1 soatni tashkil qiladi va dozadan, qo‘llash usuli yoki takroran qabul qilishdan qat‘iy nazar o‘zgarmaydi. O‘rtacha klirensni ko‘rsatkichi minutiga 0,96 ml/kg ni tashkil qiladi. Dozaning 95% buyrak orqali chiqariladi. Levetirasetam va uning nofaol metabolitini buyrak klirensi muvofiq ravishda minutiga 0,6 ml/kg va 4,2 ml/kg ni tashkil qiladi.
Keksa yoshdagi pasientlarda T1/2 40% ga oshadi va u 10-11 soatni tashkil qiladi, bu holat, bu toifa bemorlarda buyrak faoliyatini pasayishi bilan bog‘liqdir. Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlarda levetirasetam va uning birlamchi metabolitining klirensini KK ga mos keladi. Katta pasientlarda buyrak yetishmovchiligining terminal bosqichida dializ seanslari orasidagi davrda T1/2 25 soatni va dializ vaqtida 3,1 soatni tashkil qiladi.
4 soatlik dializ davomida 51% levetirasetam organizmdan chiqariladi. Jigar faoliyatini yengil va o‘rtacha buzilishlari bo‘lgan pasientlarda levetirasetamning klirensini ahamiyatli o‘zgarishi yuz bermaydi. Jigar faoliyatini og‘ir buzilishlarida yondosh buyrak yetishmovchiligi bo‘lganida levetirasetamning klirensi 50% dan ortiqqa pasayadi.
Bolalarda levetirasetamning farmakokinetikasi sutkada 20 dan 60 mg/kg gacha bo‘lgan dozalar diapazonida proporsional xarakterga ega. Smax ga 0,5-1 soatdan keyin erishiladi. Bolalarda preparatni ichga bir marta 1 kg tana vazniga 20 mg dozada qabul qilingandan keyin T1/2 5-6 soatni tashkil qiladi. Bolalarda levetirasetamning umumiy klirensi kattalarga qaraganda taxminan 40% ga yuqori va tana vazniga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq bo‘ladi.
Qo‘llanilishi
Quyidagi holatlarni davolashda monoterapiya sifatida:
Quyidagi holatlarni davolashda kompleks davolash tarkibida:
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga qabul qilish uchun yoki v/i infuziya ko‘rinishida yuborish uchun qo‘llaniladi.
Ko‘rsatmalar va pasientning yoshiga qarab, bir martalik doza 250-750 mg ni tashkil etadi. Qo‘llash soni – sutkada 2 marta.
Peroraldan v/i qo‘llashga va ortga o‘tishda dozani va yuborishlar soni saqlangan holda amalga oshirilishi mumkin.
Buyrak yetishmovchiligida dozaga tuzatish kiritish talab qilinadi. Jigar faoliyatini yengil va o‘rtacha og‘irlik darajasidagi buzilishlari bo‘lgan pasientlarga dozalash tartibiga tuzatish kiritish talab qilinmaydi. Jigar faoliyatini og‘ir darajadagi buzilishi bo‘lgan pasientlarda KK qiymati buyrak faoliyatini buzilishini haqiqiy darajasini aks ettirmasligi mumkin, shuning uchun KK <50 ml/min bo‘lganida sutkalik dozani 50% ga kamaytirish tavsiya qilinadi.
Bolalarda levetirasetamni tegishli dori shaklida qo‘llash lozim.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Qon yaratish tizimi tomonidan: tez-tez emas – trombositopeniya, leykopeniya, kam hollarda – neytropeniya, pansitopeniya.
Moddalar almashinuvi tomonidan: tez-tez – anoreksiya, tez-tez emas – tana vaznini oshishi/kamayishi.
Markaziy nerv tizimi tomonidan: juda tez-tez – uyquchanlik, bosh og‘rig‘i; tez-tez – kayfiyatni o‘zgarishlari, emosional labillik, depressiya, tajovuzkorlik, uyqusizlik, asabiylashish; tez-tez emas – hulqni buzilishi, g‘azablanish, xavotirlanish, gallyusinasiyalar, psixotik buzilishlar, xotirani buzilishi; o‘z joniga qasd qilishga urinish, shilqim fikrlar, amneziya, taktil sezuvchanlikni buzilishi, bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, giperkineziya, tremor, muvozanatni buzilishi, parishonxotirlik, paresteziyalar; kam hollarda-shaxsiyatni buzilishi, shu jumladan fikrlashni buzilishi, o‘z joniga qasd qilish, giperkinez, xoreoatetoz.
Sezgi a‘zolari tomonidan: tez-tez bosh aylanishi; tez-tez emas – diplopiya, ko‘rishni xiralashuvi.
Nafas tizimi tomonidan: tez-tez – yo‘tal.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: tez-tez ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, qorinda og‘riq, dispepsiya; tez-tez emas – jigar faoliyatini laborator ko‘rsatkichlarini normadan og‘ishi, kam hollarda – pankreatit, gepatit, jigar yetishmovchiligi.
Teri va teri osti qavati to‘qimalari tomonidan: tez-tez – teri toshmasi; tez-tez emas – ekzema, terini qichishishi; kam hollarda – alopesiya (ayrim hollarda levetirasetam bekor qilingandan keyin o‘tkinchi bo‘lgan), toksik epidermal nekroliz, ko‘p shaklli eritema, Stivens-Djonson sindromi.
Suyak –mushak tizimi tomonidan: tez-tez emas – mialgiya, mushak zaifligi.
Boshqalar: tez-tez – umumiy holsizlik, toliqish, tez-tez emas – nazofaringit, tasodifan jarohatlanish.
Bolalarda ko‘pincha tez-tez: qusish, ajitasiya, kayfiyatni o‘zgarishi, tajovuzkorlik, emosional labillik, hulqni buzilishi, bo‘shashish (holsizlik).
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
4 yoshgacha bo‘lgan bolalar (infuziya uchun), 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar (ichga qabul qilish uchun), levetirasetamga yuqori sezuvchanlik, pirrolidonning boshqa hosilalariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Levetirasetam plazmada tutqanoqqa qarshi preparatlarning (fenitoin, karbamazepin, valproat kislotasi, fenobarbital, lamotridjin, gabapentin, topiramat va primidonning) konsentrasiyasiga ta‘sir qilmaydi va bunday tutqanoqqa qarshi preparatlar levetirasetamning konsentrasiyasiga ta‘sir qilmaydi.
Tutqanoqqa qarshi vositalarini jigar mikrosomal fermenti induktorlarini qabul qilgan bolalarda, ularni qabul qilmagan bolalar bilan solishtirilganda levetirasetamning klirensi 22% ga yuqori bo‘lgan.
Probenesidni 500 mg dozada kuniga 4 marta qabul qilinganda birlamchi metabolitning buyrak sekresiyasini pasayishi kuzatilgan. Levetirasetamni probenesid bilan bir vaqtda qabul qilingandagi samarasi o‘rganilmagan, shuningdek NYAQV, sulfonilamidlar va metotreksat kabi preparatlarini qabul qilinganda ham uning samarasi noma‘lum. Levetirasetam 1000 mg li sutkalik dozada peroral homilaga qarshi vositalarning (etinil estradiol va levonorgestrelning) farmakokinetikasini o‘zgartirmaydi.
Levetirasetam sutkalik 2000 mg li sutkalik dozaa digoksin va varfarinning farmakokinetikasini o‘zgartirmaydi.
Digoksin, peroral homilaga qarshi vositalar va varfarin levetirasetamning farmakokinetikasiga ta‘sir qilmaydi.
Antasidlarni levetirasetamni so‘rilishiga nisbatan ta‘siri bo‘yicha ma‘lumotlar yo‘q.
Levetirasetamni so‘rilishini to‘liqligi ovqat ta‘sirida o‘zgarmaydi, bunda so‘rilish tezligigina biroz pasayadi.
Levetirasetamni alkogol bilan o‘zaro ta‘siri to‘g‘risida ma‘lumotlar yo‘q.
Maxsus ko‘rsatmalar
Keksa yoshdagi (65 yoshdan katta) pasientlarda dekompensasiya bosqichidagi jigar kasalliklarida, buyrak yetishmovchiligida ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim. Yondosh tutqanoqqa qarshi dori preparatlarini (pasientlarni levetirasetamni qabuliga o‘tkazish davrida) asta-sekin bekor qilish maqsadga muvofiqdir.
Buyrak va jigarning dekompensasiya bosqichidagi kasalliklari bo‘lgan pasientlarga davolashni boshlashdan avval buyrak faoliyatini tekshirish tavsiya qilinadi. O‘z joniga qasd qilish, o‘z joniga qasd qilishga urinish hollari to‘g‘risida xabarlar mavjudligi tufayli, levetirasetam bilan davolashda pasientlarni depressiya yoki o‘z joniga qasd qilishga urinishlarini har qanday simptomlari paydo bo‘lganida darhol davolovchi shifokorga xabar qilish kerakligi to‘g‘risida ogohlantirish lozim.
Homiladorlik va emizishda qo‘llanilishi
Levetirasetamni homilador ayollarda qo‘llash xavfsizligi bo‘yicha adekvat va qat‘iy nazoratli klinik tadqiqotlar o‘tkazilmagan, shuning uchun levetirasetamni homiladorlikda juda zarur bo‘lgan hollardan tashqari hollarda qo‘llash mumkin emas. Homiladorlik vaqtida ayollarning organizmidagi fiziologik o‘zgarishlar levetirasetamning, shuningdek boshqa tutqanoqqa qarshi preparatlarning plazmadagi konsentrasiyasiga ta‘sir qilishi mumkin. Homiladorlikda levetirasetamning plazmadagi konsentrasiyasini pasayishi aniqlangan. Bunday pasayish I uch oylikda (homiladorlikkacha bo‘lgan davrdagi asosiy konsentrasiyasining 60% gacha) yanada yaqqol namoyon bo‘ladi.
Homiladorlarni levetirasetam bilan davolashni maxsus nazorat ostida o‘tkazish lozim. Tutqanoqqa qarshi davolashni o‘tkazishda tanaffuslar, kasallikni kechishini yomonlashuviga olib kelishini hisobga olish lozim, bu ona uchun ham, homila uchun ham zarar.
Levetirasetam ko‘krak suti bilan chiqariladi, shuning uchun davolash davrida emizish tavsiya qilinmaydi. Ammo levetirasetam bilan davolash emizish davrida zarur bo‘lsa, u holda davolashdan bo‘ladigan xavf/foyda nisbatini emizishning muhimligi yuzasidan sinchkov baholash lozim.
Pediatriyada ishlatilishi
Levetirasetamni bolalarda qo‘llanishi to‘g‘risidagi mavjud xabarlar uni rivojlanishiga va jinsiy yetilishiga hech qanday salbiy ta‘siri borligidan dalolat bermagan. Ammo davolashni keyingi bolalarni o‘qishi qobiliyatiga ularni intellektual rivojlanishiga, o‘sishiga, endokrin bezlarini faoliyatiga, jinsiy rivojlanishga va fertillikka bo‘lgan keyingi ta‘sirlari ma‘lum emas.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga tas‘iri
Markaziy nerv tizimi tomonidan levetirasetamga nisbatan individual sezuvchanlik turlicha bo‘lganligi sababli davolash davrida pasientlar avtotransportni haydashdan va diqqatni yuqori jamlash va tezkor psixomotor reaksiyalarni talab qiladigan potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishdan saqlanishlari lozim.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari: uyquchanlik, ajitasiya, xavotirlanish, tajovuzkorlik, ongni susayishi, nafasni susayishi, koma.
Davolash: o‘tkir davrda – qusishni chaqirish va me‘dani yuvish, keyinchalik faollashtirilgan ko‘mirni buyurish (peroral shakllari bilan dozani oshirib yuborilganda). Levetirasetamning spesifik antidioti yo‘q. Zarurat bo‘lganida stasionar sharoitida gemodializni qo‘llagan holda (levetirasetam uchun dializni samaradorligi 60% ni tashkil qiladi, uning birlamchi metaboliti uchun – 74%) simptomatik davolash o‘tkaziladi.
Chiqarilish shakli
100 dona plyonka qobiq bilan qoplangan Levil tabletkasi 250 mg dan tiniq; rangsiz PVX/alyuminiy folgali blisterda qutida.
120 dona plyonka qobiq bilan qoplangan Levil tabletkasi 500 mg dan tiniq; rangsiz PVX/alyuminiy folgali blisterda qutida.
60 dona plyonka qobiq bilan qoplangan Levil tabletkasi 750 mg dan tiniq; rangsiz PVX/alyuminiy folgali blisterda qutida.
60 dona plyonka qobiq bilan qoplangan Levil tabletkasi 1000 mg dan tiniq; rangsiz PVX/alyuminiy folgali blisterda qutida.
Saqlash sharoiti
25oS yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.