×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

MIFUNGAR krem

Kategoriya:
- Dermatologik
Faol modda:
оксиконазол
ATX kodi:
- D01AC11 Оксиконазол
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

DERMAZOL shampun 100ml 2% Kusum Healthcare Pvt. Ltd. Hindiston
39 000 s`om dan
MENOVAZIN eritma 40ml Avisenna, ООО O'zbekiston
2 340 s`om dan
AKIDERM krem 10g Akriti Pharmaceuticals Pvt. Ltd Hindiston
LAMIZIL DERM gel 15g 1% ГСК Консьюмер Хелскер С.А. Shveytsariya
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
MIFUNGAR krem qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

MIFUNGAR®

MIFUNGAR

Preparatning savdo nomi: Mifungar®

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): oksikonazol

Dori shakli: sirtga qo‘llash uchun krem

Tarkibi:

Bir tuba (30 g krem) quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: oksikonazol – 0,300 g (oksikonazol nitrati ko‘rinishida – 0,3441 g);

yordamchi moddalar: stearil spirti, setil spirti, yumshoq oq parafin, polisorbat 60, propilenglikol, benzoy kislotasi, tozalangan suv.

Ta‘rifi: oq yoki deyarli oq, gomogen, gidrofil, “suv ichida yog‘” turidagi emulsiya  holatidagi tiniq bo‘lmagan krem, deyarli hidsiz.

Farmakoterapevtik guruhi: zamburug‘larga qarshi vosita.

ATX kodi: D01AC11

 

Farmakologik xususiyatlari

Ta‘sir etuvchi modda – imidazolning sun‘iy derivati bo‘lgan oksikonazol bo‘lib, u zamburug‘larga qarshi, shuningdek mikroblarga qarshi ta‘sir ko‘rsatadi. Patogen zamburug‘larning hujayra membranasining tarkibiga kiruvchi ergosterolning biosintezini susaytiradi. Dermatofitlar, achitqilar va boshqa Trichophyton spp., Epidermophyton floccosum, Microsporum spp., Candida albicans, Pityrosporum spp., Aspergillus spp. urug‘i zamburug‘lariga nisbatan faol. Shuningdek Streptococcus spp., Staphylococcus spp, Corynebacterium spp. qatori mikroorganizmlariga nisbatan ham faol.

Farmakokinetikasi

Sirtga qo‘yilganida oksikonazolning oz miqdorda teri orqali so‘rilishi aniqlanadi, qo‘yilgan moddaning katta qismi terining shox qavatida to‘planadi. Krem 2,5 mg/sm2 dozada teriga qo‘yilganidan 5 soatdan keyin oksikonazolning epidermisdagi konsentrasiyasi 16,2 mkmol (yuzaki shox qavatida – 3,64 mkmol, chuqurroq qavatlarda 1,29 mkmol) ni tashkil qiladi. Krem sirtga 150 mg dozada qo‘yilganidan keyin qo‘yilgan miqdorining 1% dan kamroq qismi so‘riladi, oksikonazol qon zardobida aniqlanmaydi.

 

Qo‘llanilishi

Preparatga sezgir qo‘zg‘atuvchilar chaqirgan teri va soch qoplamalarining zamburug‘li kasalliklarida qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Sirtga qo‘llash uchun. Shikastlangan joyga yupqa qavat qilib sutkada 1 marta, yaxshisi kechasiga qo‘yiladi. Davolash kursining davomiyligi: teri mikozlarida – 2 hafta; panja mikozlarida 1 oy. Kasallik belgilarining qaytalanishlarini oldini olish uchun preparat bilan davolashni to‘liq sog‘ayganlik belgilaridan keyin 1-2 hafta davomida davom ettirish tavsiya qilinadi. Preparat bilan davolash kursi 6 oydan ko‘p tavsiya qilinmaydi.

 

 

 

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Allergik dermatit, og‘riqlar, qizarish, terini qichishish, teri toshmasi, terini yorilishi, maserasiyasi, follikulit, achishish, sanchish hissi ko‘rinishidagi nojo‘ya reaksiyalar bo‘lishi mumkin.

Yuqori sezuvchanlik yoki teri qoplamlarining ta‘sirlanishi belgilari paydo bo‘lganida preparatni qo‘llashni to‘xtatish va bu haqida shifokorga xabar berish lozim.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Imidazol hosilalariga, preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik; bolalarda (8 yoshgacha) qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Mifungar® preparatning boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri to‘g‘risida ma‘lumotlar olinmagan.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Shifokorning maslahatsiz boshqa mahalliy qo‘llash uchun preparatlari bilan qo‘llash mumkin emas.

Preparatga sezgir qo‘zg‘atuvchilar chaqirgan tashqi jinsiy a‘zolarining zamburug‘li kasalliklarini davolashda jinsiy sherikni bir vaqtda davolash kerak. Preparatni ko‘zga tushishidan saqlanish lozim.

Preparatni homiladorlik va emizish vaqtida qo‘llanishi: homiladorlik vaqtida (homiladorlarda adekvat va qat‘iy nazoratlangan tadqiqotlar o‘tkazilmagan) va emizish vaqtida (oksikonazol ko‘krak sutiga kiradi) Mifungar® preparatini qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborilish hollari ta‘riflanmagan. Preparat tasodifan ichga qabul qilinganida ko‘ngil aynishi va qusish paydo bo‘lishi mumkin. Me‘dani yuvish va shifokorga murojaat qilish kerak, zarurati bo‘lganida simptomatik davolash o‘tkaziladi.

Chiqarilish shakli

30 g dan 1% li sirtga qo‘llash uchun krem alyuminiy tubalarda. Har bir tuba qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

 

Saqlash sharoiti

25oS gacha bo‘lgan haroratda.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

 

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

MIFUNGAR krem dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
MIFUNGAR krem dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
MIFUNGAR krem dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9