QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
MIRAMISTIN®
MYRAMISTIN
Preparatning savdo nomi: Miramistin®
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): miramistin
Dori shakli: sirtga qo‘llash uchun eritma
Tarkibi:
1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: 0,1 mg miramistin;
yordamchi modda: tozalangan suv.
Ta‘rifi: rangsiz yoki sarg‘ish tusli, tiniq, silkitilganida ko‘piklanuvchi suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi: antiseptik va dezinfeksiyalovchi vositalar.
ATX kodi: D08AJ10.
Farmakologik xususiyatlari
Miramistinning ta‘siri asosida mikroorganizm membranalarining lipidlari bilan molekulaning bevosita gidrofob o‘zaro ta‘siri yotadi, bu ularning fragmentasiyasi va buzilishiga olib keladi. Bunda miramistin molekulasining bir qismi, membrananing gidrofob sohasiga kirib, membrananing usti qavatini buzadi, membranani yumshatadi, yuqori molekulyar moddalar uchun ularning o‘tkazuvchanligini oshiradi, ferment tizimlarini ingibisiya qilib, mikrob xujayrasini ferment faolligini o‘zgartiradi, bu mikroorganizmlarning hayot faoliyatini susayishi va ularning sitoliziga olib keladi. Boshqa antiseptiklardan farqli ravishda, miramistin mikroorganizmlarga nisbatan yuqori tanlab ta‘sir qilish xususiyatiga ega, chunki odam xujayralari qobiqlariga deyarli ta‘sir qilmaydi. Ushbu samara insonning xujayra membranasini o‘zgacha tuzilishi bilan bog‘liq (ahamiyatli katta uzunlikdagi lipid radikallari, xujayralar bilan miramistinni gidrofobli o‘zaro ta‘siri cheklash xususiyatiga ega).
Miramistin grammusbat va grammanfiy, aerob va anaerob, spora hosil qiluvchi va monokulturalar va mikrobli assosiasiyalar, shu jumladan gospital shtammlari, ko‘rinishidagi asporogen bakteriyalarga nisbatan yaqqol mikroblarga qarshi ta‘sirga ega.
Jinsiy yo‘l bilan yuqadigan kasalliklarning qo‘zg‘atuvchilariga: gonokokklar, oqish treponemalar, trixomonadalar, xlamidiyalar, shuningdek gerpes, odam immun tanqisligi viruslariga nobud qiluvchi ta‘sir ko‘rsatadi. Aspergillus oilasi va Penicillum oilasiga mansub askomisetlarga, achitqi (Rhodotorula rubra, Torulopsis gabrata va boshq.) va achitqisimon (Candida albicans, Candida tropicalis, Candida krusei va boshq.) zamburug‘lar, dermatofitlarga (Trichophyton rubrum, Trichophyton mentagrophytes, Trichophyton verrucosum, Trichophyton schoenteini, Trichophyton violaceum, Epidermophyton Kaufman-Wolf, Epidermophyton floccosum, Microsporum gypseum, Microsporum canis va boshq.), shuningdek monokulturalar va mikrobli assosiasiyalar ko‘rinishidagi boshqa patogen zamburug‘larga nisbatan (masalan Pityrosporum orbiculare (Malassezia furfur)) zamburug‘larga qarshi ta‘sir ko‘rsatadi. Miramistinning ta‘siri ostida mikroorganizmlarning antibiotiklarga nisbatan chidamliligi kamayadi.
Qo‘llanilishi
Xirurgiya, travmatologiya: turli hollarga joylashgan va turli etiologiyali infeksiyalangan yaralarni mahalliy davolash; granulyasiyalangan yaralarni ikkilamchi infeksiyasini oldini olish.
Kombustiologiya: II va III A darajali kuyishlarni davolash; kuygan yaralarni dermatoplastikaga tayyorlash.
Akusherlik va ginekologiya: tug‘ruqdan keyingi yaralarni, tug‘ruqdan keyingi jarohatlarni yiringlanishini oldini olish va davolash; chot oralig‘i va qin yaralari; tashqi jinsiy a‘zolar va qinning yallig‘lanish kasalliklari (vulvovaginit).
Dermatologiya: teri va shilliq qavatlarning kandidozi, oyoq kafti kandidozi va katta burmalar mikozini majmuaviy davolash.
Venerologiya: jinsiy yo‘l bilan yuqadigan kasalliklarni (sifilis, gonoreya, genital gerpes) shaxsiy ravishda profilaktikasi.
Otorinolaringologiya: o‘tkir va surunkali otitlarni, gaymoritlar, tonzillitlarni majmuaviy davolash.
Stomatologiya: parodontitlar, stomatitlarni davolash, olib qo‘yiladigan protezlarni gigienik tozalash, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining operativ aralashuvlaridan keyingi mikrobli asoratlarni oldini olishda qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Kattalarda mahalliy qo‘llanadi.
Xirurgiya, travmatologiya, kombustiologiya. Profilaktika va davolash maqsadida Miramistin® bilan jarohat va kuyish yuzalari yuviladi, jarohat va oqma yo‘llari bo‘sh tamponlanadi, antiseptik bilan xo‘llangan doka tamponlar fiksasiya qilinadi. Davolash muolajasi 3-5 kun davomida sutkada 2-3 marta takrorlanadi. Jarohat va bo‘shliq sutkada taxminan 1 l preparatni sarf qilinishi bilan samarali hisoblanadi.
Akusherlik va ginekologiya. Tug‘ruqdan keyingi infeksiyalarni oldini olish maqsadida tug‘ruqdan oldin (5-7 kun), qinni yuvish ko‘rinishida va 50 ml preparatga bo‘ktirilgan qin ichki tamponlari ko‘rinishida, tug‘ruqdan keyingi 2 soatlik ekspozisiya 5 kun davomida qo‘llanadi.
Ayollar jinsiy a‘zolarining yallig‘lanish kasalliklarini davolash preparat bilan tamponlarni qin ichiga yuborish yo‘li bilan 2 hafta davomida, tashqi jinsiy a‘zolar terisiga ishlov berish, shuningdek preparatni elektroforez yo‘li bilan o‘tkaziladi.
Dermatologiya. Teri va shilliq qavatlarining kandidomikozi, oyoq-tovoni va katta burmalarning mikozini davolash sepuvchi uchlik yordamida, 3-4 marta sepish yoki sutkada 2-4 marta applikasiya yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Venerologiya. Jinsiy yo‘l bilan yuqadigan kasalliklarni shaxsiy profilaktikasi uchun miramistin eritmasi, agar u jinsiy aloqadan keyin kechi bilan 2 soatdan keyin qo‘llansa samaralidir. Flakon ichidagisi uretral uchlik yordamida siydik chiqarish kanaliga – 2-3 ml (erkaklarga), 1-2 ml (ayollarga), qinga – 5-10 ml 2-3 minutda) yuboriladi. Sonlarning ichki yuzasi, chov, tashqi jinsiy a‘zolar terisiga ishlov beriladi.
Otorinolaringologiya. Yiringli gaymoritlarda yuqori jag‘ bo‘shlig‘ini punksiya qilish vaqtida 10 ml preparat bilan yuviladi. Tonzillitlar va laringitlarni davolashda Miramistin eritmasi bilan tomoqni ko‘p marta chayish o‘tkaziladi. Otitlarda preparatga botirilgan tampon tashqi eshitish yo‘liga 10-14 kun davomida sutkada 4-6 marta kiritiladi.
Stomatologiya. Parodontitlarni davolashda miramistin eritmasi parodontal cho‘ntaklarga, keyingi milklarga 15 minut davomidagi applikasiya qilish yo‘li bilan turundalar kiritiladi. Zo‘rayishlarda Miramistin® bilan parodontal cho‘ntaklar shpris yordamida yuviladi va absess bo‘shlig‘iga preparatli turunda kiritiladi.
Vestibuloplastika va frenulektomiya o‘tkazilgandan keyin, preparat ambulator sharoitda vannochkalar ko‘rinishida qo‘llanadi. Olib qo‘yiladigan protezlarga gigienik ishlov berish maqsadida, oxirgisi Miramistin® eritmasida kechasiga qoldiriladi, protezlarni ishlatish oldidan yaxshilab oqar suvda yuviladi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Ayrim hollarda, 15-20 sekunddan keyin mustaqil o‘tib ketuvchi va preparatni bekor qilishni talab qilmaydigan qisqa muddatli achishish hissi bo‘lishi mumkin.
Miramistinga yuqori sezuvchanlikda terining mahalliy ta‘sirlanish ko‘rinishlari: qichishish, giperemiya, achishish hissi, terining quruqligi paydo bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Miramistinga shaxsiy sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Qo‘llashdagi xavfsizlikning tegishli choralari
Venerologiya. Siydik chiqarish kanalini, qinni, sonning ichki yuzasini, qov va tashqi jinsiy a‘zolarini Miramistin® bilan ishlov berilganidan keyin 2 soat davomida siyish tavsiya etilmaydi.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Antibiotiklar miramistin bilan majmuada qo‘llanganida, mikroorganizmlarning antibiotiklarga chidamliligini kamayishi kuzatiladi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi.
Preparatni rezorbsiyasi deyarli yo‘qligi tufayli, Miramistin®ni homiladorlik va emizish davrida qo‘llashga ruxsat beriladi.
Bolalar.
Bolalarni davolash uchun miramistin eritmasini qo‘llash yuzasidan yetarli tajriba yo‘qligi tufayli, u pediatriya amaliyotida qo‘llanmaydi.
Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bildan ishlash qobiliyatiga ta‘siri.
Preparatni qo‘llash avtotransportni boshqarish yoki diqqatni yuqori jamlash va tezkor psixomotor reaksiyalarni talab qiluvchi boshqa potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanish qobiliyatiga ta‘sir ko‘rsatmasligi bilan xarakterlanadi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborish hollari kuzatilmagan.
Chiqarilish shakli
50 ml dan flakonlarda, 1 flakondan uretral uchlik bilan birga qutida.
Saqlash sharoiti
Original o‘ramida, 30°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Muzlatilmasin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartiibi
Reseptsiz.