QULLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
MORENAZAL®
MORENASAL®
Preparatning savdo nomi: Morenazal®
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): natriy xloridi
Dori shakli: nazal sprey.
Tarkibi:
1 ml preparat quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: natriy xloridi – 22,0 mg;
yordamchi moddalar: benzalkoniy xloridi, tozalangan suv.
Ta‘rifi: tiniq, rangsiz suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi: LOR-a‘zolari kasalliklarini davolash uchun vosita.
ATX kodi: R01AX10.
Farmakologik xususiyatlari
Preparat izotonik eritmaga (0,9%) nisbatan kuproq konsentrasiyalangan tuzli eritma (2,2%) hisoblanadi. Burun shilliq qavati bilan kontaktda gipertonik eritma passiv diffuziya yuli bilan hujayra membranalaridan suv molekulalarini ekstraksiyasini tabiiy usulda chaqiradi, shu tariqa burun bo‘shlig‘ida to‘plangan qovushqoq shilliqni suyultirib uni chiqarilishini yengillashtiradi.
Qo‘llanilishi
Burun bo‘shlig‘ini gigienizasiyasi va dekongestizasiyasi, rinitlar, sinusitlar va rinofaringitlarni antibakterial davolashda ad‘yuvant sifatida, LOR-a‘zolarda jarroxlik aralashuvlaridan keyin operasiyadan keyingi davrda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Kattalarga: kuniga 2-3 marta har bir burun teshigiga 1-3 purkashdan buyuriladi.
2 yoshdan oshgan bolalarga: kuniga 2-3 marta har bir burun teshigiga 1-2 purkashdan buyuriladi.
Har bir qo‘llashdan keyin applikatorni suv bilan yuvib va quritish kerak.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik, 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Boshqa preparatlar bilan mutanosib. Klinik ahamiyatga ega o‘zaro ta‘sirlar qayd qilinmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Qo‘zg‘atuvchi xususiyatlarga ega. Ko‘zga tushishi hollarida ko‘zni suv bilan sinchkovlik bilan yuvish kerak.
Preparat qo‘zg‘atuvchi modda hisoblangan va lokal nojo‘ya samaralar chaqirishi mumkin bo‘lgan benzalkoniy xloridini saqlaydi.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi
Qo‘llash mumkin.
Transport vositalarini boshqarish yoki mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri
Preparatni qo‘llash transport vositalarini boshqarish yoki mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘sir qilmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborilish hollari haqida xabar berilmagan.
Chiqarilish shakli
Burun uchun sprey 2,2%. 15, 20, 30 ml dan, flakonlarda.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz.