QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
OBLEPIXOVOE MASLO
HIPPOPHAEAE OLEUM
Preparatning savdo nomi: Oblepixovoe maslo
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): chakanda moyi;
Dori shakli: moy.
Tarkibi
1 flakon quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: chakanda moyi – 50 ml;
yordamchi moddalar: kungaboqar moyi.
Ta‘rifi: to‘q sariq – qizil rangli, o‘ziga xos hidli moysimon suyuqlik. 400 S gacha qizdirilganida eruvchan oz miqdordagi cho‘kma hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.
Farmakoterapevtik guruhi: to‘qimalar trofikasi va regenerasiyasi stimulyatori.
ATX kodi: A02X.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
O‘simliklardan olinadigan preparat, chakanda mevalarining moyi. Tarkibida tabiiy biologik faol moddalar bo‘lganligi tufayli, toksinlarni, peroksidlarni, boshqa agressiv omillarning shikastlovchi ta‘sirlarini kamaytiradi va hujayra qobig‘ini, hujayra ichki strukturalarini himoya qiladi. Preparat teri qoplamalari va shilliq qavatlarini shikastlanishida bitish jarayonlarini rag‘batlantiradi, antibakterial (bakteriyalarni o‘sishini to‘xtatadi), o‘rab oluvchi va safro haydovchi ta‘sirlarni namoyon qiladi. Chakanda moyi hujayrani oziqlanish jarayonlariga, ovqat hazm qilish a‘zolarining ishiga ijobiy ta‘sir qiladi.
Farmakokinetikasi
Preparatni so‘rilishini jadalligi qo‘llash usuliga bog‘liq. Ichga qo‘llanganida chakanda moyining almashinuv mahsulotlari ahlat va siydik bilan chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Mahalliy qo‘llanadi, kuyishlarni, yotoq yaralarni, teri va shilliq qavatlarini nur bilan shikastlanishini, ginekologik kasalliklarni (kolpitlar, endoservisitlar, bachadon bo‘yni eroziyasi) proktologik patologiyani (to‘g‘ri ichakning eroziv-yarali, atrofik va boshqa patologiyalari, anus yorig‘i, gemorroy) davolash uchun sirtga qo‘llanadi. Ichga qizilo‘ngach patologiyasida, me‘da va o‘n ikki barmoq ichakning yara kasalligida majmuaviy davolash tarkibida qo‘llanadi. Ingalyasiya shaklida yuqori nafas yo‘llarining surunkali yallig‘lanish kasalliklarini (burun-halqum, tovush boylamlari, traxeya, bronxlar) davolash uchun qo‘llanadi.
Preparat mahalliy ravishda bodomsimon bezlarini (tonzillitlar, anginalar), gaymorova bo‘shlig‘ini (gaymoritlar), ko‘zning shox qavatini (keratitlar), ko‘zning biriktiruvchi qavatlarini (kon‘yunktivitlar) surunkali patologiyasi va o‘tkir patologiyani davolash uchun, qovoqlarning chetlarini yallig‘lanishida (blefaritlar), ko‘z shox pardasini yaralarida davolash uchun qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Preparat sirtga, ichga yoki ingalyasiya shaklida qo‘llanadi.
Terining patologik jarayonlarida terining shikastlangan yuzasi nekrotik to‘qimalardan tozalangandan keyin preparat moyli bog‘lov ko‘rinishida kunora, to‘qima regenerasiyasi paydo bo‘lgunicha qo‘llanadi.
Ginekologik kasalliklarda – kolpitlar, endoservisitlarda – moy bilan shimdirilgan paxtali tamponlar bilan qin devorlariga va bachadon bo‘yni kanaliga (ularga oldindan ishlov berilgandan keyin) surtiladi; bachadon bo‘yni eroziyasida chakanda moyi bilan yaxshilab shimdirilgan tampon qo‘llanadi (tamponni eroziya joyiga zich bosib qo‘yiladi, tampon har kuni almashtiriladi. Kolpitlarni davolash kursi – 10-15 muolaja, endoservisit va bachadon bo‘yni eroziyalari – 8-10 muolajani tashkil qiladi. Zarur bo‘lganda 4-6 haftadan keyin davolash kursi qaytariladi.
Proktologik kasalliklarda – anusdagi yoriqlar, gemorroyda – preparat bilan shimdirilgan paxta tamponlari bilan anusni va gemorroidal tugunlar moylanadi; to‘g‘ri ichakning proktologik jarayonlarida moyni mikroklizma yordamida to‘g‘ri ichakka yuboriladi (oldindan tozalovchi klizma qilish kerak). Davolash kursi – 10-12 muolaja. Zarurat bo‘lganida davolash kursini 4-6 xaftadan keyin qaytarish mumkin.
Qizilo‘ngach, me‘da va o‘nikki barmoqli ichak yara kasalligi patologiyalarida preparat ichga 1 choy qoshiqdan kuniga 2-3 marta qabul qilinadi. Ko‘rsatilgan kasalliklarni davolash kursi 3-4 xaftani tashkil qiladi. Zarur bo‘lganda davolash kursini 4-6 xaftadan keyin takrorlash mumkin.
LOR a‘zolarining patologiyasida – surunkali tonzillit, anginadan keyingi xolat, surunkali faringit – moy bilan shimdirilgan paxta tamponlari bilan bodomchalar, tomoq moylanadi; surunkali gaymoritda moyga shimdirilgan dokali turundalar tashqi burun yo‘llariga kiritiladi (oldindan ular tozalanadi). Davolash kursi LOR a‘zolari patologiyasida 8-10 muolajani tashkil qiladi. Zarurat bo‘lganida davolash kursini 4-6 xaftadan keyin takrorlash mumkin.
Yuqori nafas yo‘llarining kasalliklarida tibbiy muassasalar sharoitida preparat ingalyasiya shaklida qo‘llaniladi.
Ko‘z kasalliklarida chakanda moyi shifokor tavsiyasi bo‘yicha va kuzatuvi ostida qo‘llaniladi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Preparatga shaxsiy yuqori sezuvchanlik bo‘lishi mumkin; me‘da-ichak ichak yo‘llari tomonidan: og‘izda achchiq ta‘m (ichga qabul qilinganida), ich ketishi, immun tizimi tomonidan allergik reaksiyalar: terini qichishi, qizarishi, shishishi, teri toshmalari, achishishni his qilish (ichga ko‘llanganida), ingalyasion qo‘llash usulida nafasni buzilishi, so‘lakni haddan ziyod ajralib chiqishi kuzatilishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatga shaxsiy sezuvchanlik. Preparatni ichga o‘t pufagining, jigar, me‘da osti bezining yallig‘lanish jarayonlarida, o‘t–tosh kasalligida qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Odam organizmiga chakanda moyini boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘sirlashganidagi patologik ta‘siri ta‘riflanmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparatni allergik reaksiyalarga moyilligi bo‘lgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Qo‘llashdan oldin chayqatish kerak.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanilishi
Homiladorlik va emizish davrida preparat faqat shifokor buyurtmasiga ko‘ra, ona uchun kutiladigan foyda homila yoki bola uchun potensial xavfdan yuqori bo‘lsa qo‘llaniladi.
Avtotransportni xaydash yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlash tezlik reaksiyasi qobiliyatiga ta‘siri
Ta‘sir qilmaydi.
Bolalar
Bolalarga preparatni shifokor foyda/xavf nisbatni baxolagandan keyin qo‘llanadi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari: ko‘ngil aynishi, qusish, bosh og‘rig‘i, ongning chalkashishi, tirishishlar, ich ketishi, terida toshma, epiteliy deskvamasiyasi. Oliguriya rivojlanishi mumkin. Aloxida xollarda shok xolatlari paydo bo‘ladi.
Davolash: me‘dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mirni va boshqa tur adsorbentlarni buyurish va muvofiq simptomatik davolash o‘tkazish kerak.
Chiqarilish shakli
50 ml dan flakonlarda yoki 50 ml dan flakonda qutida.
Saqlash sharoiti
25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati.
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz.