×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

X PAYLS maz 30g

Kategoriya:
- Gemorroyni davolash
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Faol modda:
Азадирахта индийская, Алоэ вера, витекса, Камфора, кантакари, Натрия тетраборат, паслёна чёрного, Цинк, чеснок, эклипты распростёртой, экстракты мимозы стыдливой
Ishlab chiqaruvchi:
- L’amar Natural Product Pvt. Ltd
Vakil:
- FUTURE~WORLD GROUP
ATX kodi:
- C05AX03
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 14 ta dorixonasida topildi

ico 76 200 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 76 200 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

RELIF suppozitorii N12 Bayer Consumer Care AG Germaniya
73 000 s`om dan
RELIF ADVANS suppozitorii N12 Bayer Consumer Care AG Italiya
72 000 s`om dan
X PAYLS maz 30g L’amar Natural Product Pvt. Ltd Hindiston
76 200 s`om dan
RELIF maz 28,4mg Bayer Consumer Care AG Germaniya
58 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
100 g surtma kuyidagilarni saklaydi:
faol moddalar:
Uyalchang mimoza (Mimosa pudica) barglari ekstrakti 5,0 g;
Ok eklipta (Eclipta alba) uti ekstrakti 3,0 g;
Barbadoss aloe (Aloe barbadensis) barglari ekstrakti 3,0 g;
Viteksa (Vitex nigundo) barglari ekstrakti 3,0 g;
Xind azadiraxtasi (Azadirachta indica) pustlogi ekstrakti 0,5 g;
Sarimsok piyoz (Allium sativum) ekstrakti 0,5 g;
Sarik ituzum (Solanum xanthocarpum) uti ekstrakti 0,5 g;
Kora ituzum (Solanum nigrum ) uti ekstrakti 0,5 g;
Kamfora 1,225 g;
Natriy tetraborati 1,0 g;
Rux oksidi 1,0 g;
yordamchi moddalar: ok parafin – 15,0 g ; sitostearid – 6,8 g ; sitomakrogol 1000 – 1,2 g;
suyuk parafin – 6,0 g ; stearin kislotasi – 1,0 propilenglikol – 7,5 g; xlorokrezol – 0,1 g ;
tozalangan suv – kerakli mikdorda.
Surtmaning tarkibidagi komponentlar antibakterial, yalliglanishga karshi, kichishishga karshi,
tinchlantiruvchi, jaroxatni bitishiga yordam beruvchi, immunomodulyator,gemostatik va ogriksizlantiruvchi ta'sir kursatadi.Ta'sir mexanizmi va samaradorligi <> surtmasi
shillik kavatning regeneratsiyasini tezlashtirishga yordam beradi, kon ketishlarga moyillikni
kamaytiradi.Bir-birining ta'sirini kuchaytiradigan tabiiy moddalarning majmuasi xisobiga,
umuman surtma kullanganida ijobiy samarasini tez rivojlanishi kuzatiladi.
Kullanilishi
Tashki gemorroy, orka teshikni yoriklari, eroziyasi va mikrojaroxatlari, kichishishida kullanadi.
Kullash usuli va dozalari
Preparat gigiyenik muolajalar utkazilganidan sung kullansin.
Kattalarga preparatni kullashdan oldin shikastlangan soxani nam salfetka bilan asta-sekin
tozalab, surtmani surtishga tayyorlash kerak. Sungra namlikni tualet kogozi yoki yumshok mato yordamida extiyotkorlik bilan kurutish kerak.
Surtma shikastlangan soxaga kuniga 3-4 marta (ertalab,tunda va xar safar ich kelganidan keyin)
surtiladi. Surtma shuningdek orka teshik atrofidagi teriga xam surtiladi.
12 yoshgacha bulgan bolalarga – shifokorning kursatmasi buyicha kullanadi. <> tabletkalari bilan birga kullash yanada tezrok sogayishiga olib keladi.
Kam xollarda allergik reaktsiyalar bulishi mumkin.
X PAYLS maz 30g qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

X-PAYLS

X-PILES

 

Preparatning savo nomi: X-Payls

Dori shakli: sirtga qo‘llash uchun surtma

Tarkibi:

100 g surtma quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar:

Uyatchan mimoza (Mimosa pudica) barglari ekstrakti                  5,0 g;

Oq eklipta (Eclipta alba) o‘ti ekstrakti                                       3,0 g;

Barbadoss aloe (Aloe barbadensis) barglari ekstrakti               3,0 g;

Viteksa (Vitex nigundo) barglari ekstrakti                               3,0 g;

Hind azadiraxtasi (Azadirachta indica) po‘stlog‘i ekstrakti    0,5 g;

Sarisoq piyoz (Allium sativum) ekstrakti                                     0,5 g;

Sariq ituzum (Solanum xanthocarpum) o‘ti ekstrakti                0,5 g;

Qora ituzum (Solanum nigrum) o‘ti ekstrakti                              0,5 g;

Kamfora                                                                                           1,225 g;

Natriy tetraborati                                                                       1,0 g;

Rux oksidi                                                                                      1,0 g;

yordamchi moddalar: oq parafin – 15,0 g; sitostearil – 6,8 g; sitomakrogol 1000 – 1,2 g; suyuq parafin – 6,0 g; stearin kislotasi – 1,0 g; propilenglikol – 7,5 g; xlorokrezol –
0,1 g; tozalangan suv – kerakli miqdorda.

Ta‘rifi: yot kiritmalarsiz, och jigarrang rangdan to‘q jigarrang ranggacha bo‘lgan surtma.

Farmakoterapevtik guruhi: bavosilni mahalliy davolash uchun qo‘llanadigan vosita.

ATX kodi: C05AX03

Farmakologik xususiyatlari

Surtmaning tarkibidagi komponentlar antibakterial, yallig‘lanishga qarshi, qichishishga qarshi, tinchlantiruvchi, jarohatni bitishiga yordam beruvchi, immunomodulyator, gemostatik va og‘riqsizlantiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi. Ta‘sir mexanizmi va samaradorligi «X-Payls» surtmasining tarkibiga kiruvchi faol moddalarning xususiyatlariga asoslangan. «X-Payls» surtmasi shilliq qavatning regenerasiyasini tezlashtirishga yordam beradi, qon ketishlarga moyillikni kamaytiradi. Bir-birining ta‘sirini kuchaytiradigan tabiiy moddalarning majmuasi hisobiga, umuman surtma qo‘llanganida ijobiy samarasini tez rivojlanishi kuzatiladi.

Qo‘llanilishi

Tashqi gemorroy, orqa teshikni yoriqlari, eroziyasi va mikrojarohatlari, qichishishida qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Preparat gigienik muolajalar o‘tkazilganidan so‘ng qo‘llansin.

Kattalarga preparatni qo‘llashdan oldin shikastlangan sohani nam salfetka bilan asta-sekin tozalab, surtmani surtishga tayyorlash kerak. So‘ngra namlikni tualet qog‘ozi yoki yumshoq mato yordamida ehtiyotkorlik bilan quritish kerak.

Surtma shikastlangan sohaga kuniga 3-4 marta (ertalab, tunda va har safar ich kelganidan keyin) surtiladi. Surtma shuningdek orqa teshik atrofidagi teriga ham surtiladi.

12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – shifokorning ko‘rsatmasi bo‘yicha qo‘llanadi. «X-Payls» tabletkalari bilan birga qo‘llash yanada tezroq sog‘ayishiga olib keladi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Kam hollarda allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Tadqiqotlar vaqtida aniqlanmagan. Preparatning ingredientlariga individual yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Kuzatilmagan.

Maxsus ko‘rsatmalar

12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga, homiladorlik va laktasiya davrida shifokor bilan maslahatlashib o‘tkaziladi. Preparat qo‘llanganidan so‘ng 24 soat davomida orqa teshikdan ko‘p miqdorda qonli ajralma ajralsa, yoki terapevtik samarasi kuzatilmasa, proktolog bilan qo‘shimcha ravishda maslahatlashish kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Kuzatilmagan. Tavsiya etilgan bir martalik va sutkalik dozalari ahamiyatli darajada oshirib yuborilganida allergik reaksiyalarni rivojlanish ehtimoli oshishi mumkin.

Chiqarilish shakli

30 g dan tubada. Tuba qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

Saqlash sharoiti

+27oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda, quruq joyda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

X PAYLS maz 30g dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
X PAYLS maz 30g dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
X PAYLS maz 30g dori vositasi L’amar Natural Product Pvt. Ltd tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
X PAYLS maz 30g dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
X PAYLS maz 30g dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Ishlab chiqaruvchining dorilari
Другие формы препарата
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9