×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

MUKALTIN 0,05 tabletkalari N10

Kategoriya:
- Shamollash va gripp
Ishlab chiqarilish joyi:
- Rossiya
Faol modda:
Алтея лекарственного травы экстракт
Qadoqda soni:
- 10
Ishlab chiqaruvchi:
- Фармстандарт-Лексредства, ОАО
Vakil:
- Фармстандарт ПАО
ATX kodi:
- R05CA10
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

TERAFLYU poroshok so vkusom limona N10 Новартис Консьюмер Хелс СА Shveytsariya
80 000 s`om dan
AFLUBIN gomeopatik tomchilar 20ml Рихард Биттнер АГ Avstriya
100 000 s`om dan
INGAMIST eritma 3ml 100mg/ml N10 Юрия-Фарм, ООО Ukraina
72 800 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
MUKALTIN 0,05 tabletkalari N10 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

MUKALTIN

MUCALTIUM

 

Preparatning savdo nomi: Mukaltin

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): Dorivor altey o‘tining ekstrakti&

Dori shakli: tabletkalar

Tarkibi:

Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalari: mukaltin – 0,05 g (dorivor altey o‘tining ekstrakti), 8,0% dan kam bo‘lmagan tiklovchi monosaxaridlar yig‘indisi va 50,0% dan kam bo‘lmagan polisaxarid kompleksini saqlovchi quruq ekstrakt;

yordamchi moddalar: natriy gidrokarbonati – 0,087 g, vino kislotasi – 0,160 g, kalsiy stearati – 0,03 g, tabletka massasi – 0,300 g.

Ta‘rifi: dumaloq, yassisilindrik shaklli, faska va riskali och-kulrangdan to jigarrangroq-kulrang rangli to‘qroq va ochroq dog‘li, kuchsiz o‘ziga xos hidli tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: o‘simlikdan olinadigan balg‘amni ko‘chiruvchi vosita

ATX kodi: R05CA.

Farmakologik xususiyatlari

Mukaltin dorivor altey o‘tining polisaxaridlari aralashmasini saqlaydi. Balg‘am ko‘chiruvchi xususiyatlarga ega. Reflektor rag‘batlantirish xususiyati tufayli hilpillovchi epiteliy faolligi va nafas bronxiolalarning peristaltikasini kuchaytirishi bilan birga, bronxial bezlarning sekresiyasini oshiradi.

Qo‘llanilishi

Yuqori qovushqoqlikka ega bo‘lgan qiyin ajraluvchi balg‘am hosil bo‘lishi bilan birga kechuvchi nafas yo‘llarining o‘tkir va surunkali kasalliklarini (traxeobronxit, o‘pkalarning surunkali kasalligi, bronxoektatik kasalligi, pnevmoniya, o‘pka emfizemasi, pnevmokonioz) – majmuaviy davolashda qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Ichga, 1-2 tabletkadan kuniga 2-3 marta ovqat qabul qilishdan oldin. Bolalarga tabletkani 1/3 stakan iliq suvda eritib berish mumkin. Davolash kursi – 7-14 kun.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Allergik reaksiyalar, kam hollarda – dispeptik ko‘rinishlar kuzatilishi mumkin

Agar yo‘riqnomada ko‘rsatilgan nojo‘ya samaralaridan birontasi chuqurlashsa, yoki Siz yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan har qanday boshqa nojo‘ya samaralarini sezsangiz, bu haqida shifokorga xabar bering.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik, me‘da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi, 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Preparat bronx-o‘pka kasalliklarini davolashda qo‘llanadigan boshqa preparatlar bilan bir vaqtda buyurilishi mumkin.

Preparatni kodein saqlovchi va boshqa yo‘talga qarshi preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin emas, chunki bu suyultirilgan balg‘amning ajralib chiqishi qiyinlashtiradi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi

Preparatni homiladorlik va emizish davrida shifokorning tavsiyasi bo‘yicha qabul qilish mumkin.

Preparatni qo‘llash alohida diqqatni va tezkor reaksiyalarni talab qiluvchi potensial xavfli faoliyat turlari (avtotransportni boshqarish, harakatlanayotgan mexanizmlar bilan ishlash, dispetcher va operator ishi) ni bajarishga ta‘sir qilmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Hozirgi vaqtgacha dozani oshirib yuborilishi hollari qayd qilinmagan.

Chiqarilish shakli

Tabletkalar 50 mg dan. 10 tabletkadan kontur uyali yoki uyasiz o‘ramda. 200 kontur uyali yoki uyasiz o‘ram teng miqdordagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga yoki karton yashikka joylanadi.

Saqlash sharoiti

Quruq joyda, 25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

MUKALTIN 0,05 tabletkalari N10 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
MUKALTIN 0,05 tabletkalari N10 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
MUKALTIN 0,05 tabletkalari N10 dori vositasi Фармстандарт-Лексредства, ОАО tomonidan Rossiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
MUKALTIN 0,05 tabletkalari N10 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
MUKALTIN 0,05 tabletkalari N10 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Ishlab chiqaruvchining dorilari
UGOL AKTIVIROVANNIY tabletkalari 250mg N10
Narh: 1 000 so'mdan Batafsil
VIKASOL tabletkalari 15mg N20
Narh: 2 500 so'mdan Batafsil
TETURAM tabletkalari 150mg N30
Narh: 22 000 so'mdan Batafsil
SITRAMON P tabletkalari N20
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
KOFISIL — PLYUS tabletkalari N10
ASKOFEN P tabletkalari N20
BLOKTRAN tabletkalari 50mg N30
ASKOFEN P tabletkalari N10
UGOL AKTIVIROVANNIY 0,25 tabletkalari 0,25g N50
PARASETAMOL DETSKIY suspenziya 200g 120mg/5ml
PARASETAMOL DETSKIY suspenziya 100g 120mg/5ml
PARASETAMOL 0,5 tabletkalari 0,5g N20
BROMGEKSIN 0,008 tabletkalari N20
SEDALIT 0,3 tabletkalari 0,3g N50
NEKST tabletkalari 200mg 400mg+200mg N6
NEKST tabletkalari 200mg 400mg+200mg N10
NEKST tabletkalari 200mg 400mg+200mg N20
ARTROZAN tabletkalari 15 mg N20
ARTROZAN tabletkalari 15 mg N10
ASVITOL tabletkalari 25mg N10
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9