QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
MUKALTIN
MUCALTIUM
Preparatning savdo nomi: Mukaltin
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): Dorivor altey o‘tining ekstrakti&
Dori shakli: tabletkalar
Tarkibi:
Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:
faol moddalari: mukaltin – 0,05 g (dorivor altey o‘tining ekstrakti), 8,0% dan kam bo‘lmagan tiklovchi monosaxaridlar yig‘indisi va 50,0% dan kam bo‘lmagan polisaxarid kompleksini saqlovchi quruq ekstrakt;
yordamchi moddalar: natriy gidrokarbonati – 0,087 g, vino kislotasi – 0,160 g, kalsiy stearati – 0,03 g, tabletka massasi – 0,300 g.
Ta‘rifi: dumaloq, yassisilindrik shaklli, faska va riskali och-kulrangdan to jigarrangroq-kulrang rangli to‘qroq va ochroq dog‘li, kuchsiz o‘ziga xos hidli tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi: o‘simlikdan olinadigan balg‘amni ko‘chiruvchi vosita
ATX kodi: R05CA.
Farmakologik xususiyatlari
Mukaltin dorivor altey o‘tining polisaxaridlari aralashmasini saqlaydi. Balg‘am ko‘chiruvchi xususiyatlarga ega. Reflektor rag‘batlantirish xususiyati tufayli hilpillovchi epiteliy faolligi va nafas bronxiolalarning peristaltikasini kuchaytirishi bilan birga, bronxial bezlarning sekresiyasini oshiradi.
Qo‘llanilishi
Yuqori qovushqoqlikka ega bo‘lgan qiyin ajraluvchi balg‘am hosil bo‘lishi bilan birga kechuvchi nafas yo‘llarining o‘tkir va surunkali kasalliklarini (traxeobronxit, o‘pkalarning surunkali kasalligi, bronxoektatik kasalligi, pnevmoniya, o‘pka emfizemasi, pnevmokonioz) – majmuaviy davolashda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga, 1-2 tabletkadan kuniga 2-3 marta ovqat qabul qilishdan oldin. Bolalarga tabletkani 1/3 stakan iliq suvda eritib berish mumkin. Davolash kursi – 7-14 kun.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Allergik reaksiyalar, kam hollarda – dispeptik ko‘rinishlar kuzatilishi mumkin
Agar yo‘riqnomada ko‘rsatilgan nojo‘ya samaralaridan birontasi chuqurlashsa, yoki Siz yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan har qanday boshqa nojo‘ya samaralarini sezsangiz, bu haqida shifokorga xabar bering.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik, me‘da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi, 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Preparat bronx-o‘pka kasalliklarini davolashda qo‘llanadigan boshqa preparatlar bilan bir vaqtda buyurilishi mumkin.
Preparatni kodein saqlovchi va boshqa yo‘talga qarshi preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin emas, chunki bu suyultirilgan balg‘amning ajralib chiqishi qiyinlashtiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi
Preparatni homiladorlik va emizish davrida shifokorning tavsiyasi bo‘yicha qabul qilish mumkin.
Preparatni qo‘llash alohida diqqatni va tezkor reaksiyalarni talab qiluvchi potensial xavfli faoliyat turlari (avtotransportni boshqarish, harakatlanayotgan mexanizmlar bilan ishlash, dispetcher va operator ishi) ni bajarishga ta‘sir qilmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Hozirgi vaqtgacha dozani oshirib yuborilishi hollari qayd qilinmagan.
Chiqarilish shakli
Tabletkalar 50 mg dan. 10 tabletkadan kontur uyali yoki uyasiz o‘ramda. 200 kontur uyali yoki uyasiz o‘ram teng miqdordagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga yoki karton yashikka joylanadi.
Saqlash sharoiti
Quruq joyda, 25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz.