75 000 s`om dan
Dorixonalardan izlash
toshcho'p barglarining ekstrakti |
25,0 |
mg |
rosyanka ekstrakti |
25,0 |
mg |
tolu malhamining ekstrakti |
25,0 |
mg |
qizilmiya ildizining ekstrakti |
20,0 |
mg |
gulxayri ildizining ekstrakti |
12,5 |
mg |
qora qorag'at kurtaklarining ekstrakti |
10,0 |
mg |
limon efir moyi |
7,0 |
mg |
evkalipt bargining efir moyi |
7,0 |
mg |
asal |
0,5 |
mg |
N-atsetiltsistein |
0,25 mg |
Atsetiltsistein – bu tsistein aminokislotasining hosilasi bo'lgan mukolitik vositadir. U mukolitik ta'sirga ega, balg'am hajmini oshiradi, bal-g'amning reologik xususiyatlariga bevosita ta'sir qilganligi sababli uning ajralishini osonlashtiradi. Atsetiltsisteinning ta'siri, uning sulfgidril guruhlarining balg'amni nordon mukopolisaxaridlarining ichki- va molekulalararo disulfid aloqalarini uzish qobiliyati bilan bog'liq bo'lib, bu mukoproteidlarning depolyarizatsiyasiga va balg'am qovushqoqligining pasayishiga olib keladi. U qadahsimon hujayralar tomonidan kamroq qovushqoq sialomucinlarning sekretsiyasini kuchaytiradi. bronxial shilliq qavatning epitelial hujayralarida bakteriyalar adgeziyasini pasayti-radi. Preparat yiringli balg'am borligida faolligini saqlaydi, nafas olish organlarida kasallik qo'zg'atuvchilarining rivojlanish ehtimolini ka-maytiradi.
Asal keng ta'sir doirasiga ega, uning ta'sirlari orasida antibakterial, immunitetni kuchaytiruvchi, umumiy quvvatlovchi ta'sirlar. Balg'am chi-qishini kuchaytiradi va o'pkani balg'amdan tozalaydi. Tarkibida ko'p miqdordagi biologik faol moddalar mavjudligi tufayli asal organizmning immunitet himoyasini rag'batlantiradi va yanada tez sog'ayishga yordam beradi.
Evkalipt o'zining antiseptik, yo'talga qarshi, shishga qarshi, balg'am ko'chiruvchi xususiyatlari tufayli nafas yo'llarining kasalliklari bilan cha-mbarchas bog'liq. Toshcho'pning 1,8-tsineol va euglobal efir moylari yuqori antimikrob va antiviral faolligiga ega. Yo'talganda evkalipt affe-rent ta'sirli periferik yo'talga qarshi vosita vazifasini bajaradi. Bu shuni anglatadiki, o'simlik tarkibiy qismlari nafas yo'llariga tushganda, u yerda maxsus to'siq hosil qiladi va bu bilan nerv impulslarning bronxlar, traxeya yoki hiqildoq shilliq qavatidan bosh miyaning bo'limlariga o'tkazilishini kamaytiradi. Tsineol shiliqni yanada suyultiradi. Balg'amni ko'chirish jihatidan yo'tal unchalik og'riqli bo'lmaydi va samaraliroq bo'ladi. Evkalipt shiliqni suyultirish va havo yo'llari hajmini oshirish orqali nafas tizimining dimlanish alomatlarini yengillashtiradi, bu esa surunkali bronxit va emfizemada nafas olishni osonlashtiradi.
Toshcho'p sezilarli balg'am ko'chiruvchi, mukolitik va bronxolitik ta'sirlarni namoyon qiladi, bronxlar shilliq qavatining shishini va yallig'la-nishini kamaytiradi, immunitet tizimini faollashtiradi. Toshcho'pning asosiy tarkibiy qismlari – timol va karvakrol antimikrob xususiyatlarga ega bo'lib, ular kokkli patogen floraga bakteritsid, gram-manfiy mikroorganizmlarga bakteriostatik ta'sirida, patogen zamburug'larga qarshi yuqori antimikotik faollikda namoyon bo'ladi, bu esa davolashda juda muhimdir. Toshcho'p o'simlik tarkibidagi yallig'lanishga qarshi ta'sirga hissa qo'shadigan flavonoidlar (fenol birikmalar) kabi birikmalarni o'z ichiga oladi. Flavonoidlar ham mushaklarga nisbatan tropizmiga ega va to'g'ridan-to'g'ri silliq mushak hujayralariga ta'sir qiladi va shuning uchun samarali spazmolitiklar deb hisoblanadi. Shuning uchun tosh-cho'p yana bronxospazmolitik ta'sirga ega, va obstruktiv bronxit bo'lgan bemorlarga tavsiya etilishi mumkin. Bundan tashqari, toshcho'p flavonoidlari antioksidant ta'siriga ham ega. Toshcho'p kuchli balg'am ko'chiruvchi xususiyatiga ega va shuning uchun qovushqoq balg'amli nam yo'tal bilan kechadigan kasalliklarni davolashda keng qo'llaniladi. Toshcho'p o'tining ekstrakti yuqori nafas yo'llari kiprikli epiteliysining harakatlanish faolligini kuchaytiradi va sekretor ajratma miqdorini oshiradi, bu bilan quyuq balg'amning qovushqoqligini pasaytiradi va uning ajralishini osonlashtiradi. Toshcho'p yallig'lanish sohalarini yumshatishga, balg'amni suyultirishga va uning chiqarilishini tezlashtirishga yor-dam beradi. Shilliq qavatning yallig'lanish shishini pasayishi va bronxlar yo'lining kengayishi balg'amning o'tishini osonlashtiradi. Toshcho'p o'tining ekstrakti, shuningdek, qattiq yo'talda kuchli havo oqimlari va mikroblarning salbiy ta'siridan zarar ko'rgan bronxlar shilliq qavatiga o'rab oluvchi, yumshatuvchi va tiklovchi (tuzatuvchi) ta'sir ko'rsatadi.
Gulxayri yallig'lanishga qarshi va balg'am ko'chiruvchi ta'sirga ega, bronxial sekretning qovushqoqligini pasaytiradi – quruq yo'talni nam yo'talga aylantiradi. Gulxayri tomoq shilliq qavatini o'rab oladi va yo'tal keltirib chiqargan tomoqdagi ta'sirlanishni kamaytiradi. Shuningdek, u nafas yo'llarining shilliq qavatini yumshatadi va balg'amni yo'talib chiqarishga yordam beradi. Bu gulxayri ekstraktining quruq yo'tal uchun ham foqdali ekanligiga sabab bo'ladi, yo'tal allaqachon nam bo'lib, lekin balg'am juda qovushshqoq bo'lganida. Gulxayri yallig'lanishning og'irligini kamaytiradi va shikastlangan to'qimalarda yangilanish jarayonlarini rag'batlantiradi.
Qizilmiya yallig'lanishga qarshi, balg'am ko'chiruvchi, immunitetni kuchaytiruvchi, spazmolitik ta'sirlarga ega. Balg'amning qovushqoqligini pasaytiradi, shilliq qavatni patogen mikroorganizmlarning tushishidan himoya qiladigan epiteliy kirpiklarining to'g'ri funktsional faolligini me'yorlashtiradi. Qizilmiya ekstraktining tarkibiy qismlari virus va bakteriyalar faolligini susaytiradi, nam va azob beradigan samarasiz yo'-talda yordam beradi. Qizilmiya samarasiz yo'talishni samarali yo'talga aylantiradi va bu bilan patogen balg'am chiqishini yengillashtiradi va uning turg'unligini oldini oladi. Ushbu jarayon sog'ayishni tezlashtiradi.
Miroksilon (tolu malhami) antibakterial, antiseptik, balg'am ko'chiruvchi va mukolitik xususiyatlarga ega, bronxlarning drenaj funktsiyasini yaxshilaydi.
Rosyanka balg'am ko'chiruvchi, mukolitik va bronxolitik ta'sir ko'rsatadi, spazmolitik va o'rta darajada sedativ ta'sirga ega. Naftoxinonlar (shu jumladan, drozeron, plyumbagin) burishtiruvchi moddalar, ellagik kislota bilan birgalikda streptokokklar va stafilokokklar, sil mikobak-teriyalari va ba'zi zamburug'larning o'sishini bostiradi. Flavonoidlar kvertsetin, giperozid, kempferol antioksidant funktsiyani ta'minlaydi. Qora qorag'at yallig'lanishga qarshi, antibakterial, antiseptik, immunomodulyatsion ta'sir ko'rsatadi. U quruq yo'tal paytida balg'amning suyuqlashishiga yordam beradi, toksinlar chiqarilishini tezlashtiradi.
Limon – bu immunitet tizimini mustahkamlash uchun zarur bo'lgan, yengil o'zlashtiriladigan uglevodlar, vitaminlar, fermentlar, minerallar va mikroelementlarning muvozanatlashgan tarkibi bo'lgan tabiiy mahsulotdir. Yo'talga qarshi limonning ta'siri zaiflashgan organizmni
C vitamini bilan to'yintirishdir. Limonning antibakterial va antiseptik xususiyatlari organizmga immun tizimini tezda tiklashga yordam bera-di va shunga ko'ra viruslar va mikroblarga qarshi kurash ancha tezlashadi.
Tavsiya etilgan sutkalik dozadan oshmasligi lozim.
Qo'llashdan oldin mutaxassis bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.
·o'tkir va surunkali bronxitlar,
·zotiljam,
·bronxoektatik kasallik,
·surunkali o'pka obstruktiv kasalligi,
·bronxial astma,
·laringit, faringit, traxeit, traxeobronxit,
·o'pka sil kasalligi,
·gripp va O'RVI,
·"chekuvchilar bronxiti"Yaroqlilik muddati: 3 yil.
Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga: dastlabki 2-3 kun davomida 10 ml dan (2 choy qoshiq), so'ngra 5 ml dan (1 choy qoshiq) kuniga 3 mahal. 5-12 yoshdagi bolalarga: 5 ml dan (1 choy qoshiq) kuniga 2-3 mahal. Qabul qilish muddati og'irligiga va klinik nazoratga bog'liq va o'rtacha 7-14 kun davom etadi.