ILOVA-VARAQA: PASIENT UCHUN MA‘LUMOT
NEBILET®
tabletkalari, 5 mg
Nebivolol
Mazkur dori preparatini qabul qilishni boshlashdan oldin ilova-varaqani hammasini diqqat bilan o‘qib chiqing, chunki unda Siz uchun muhim bo‘lgan axborot saqlanadi.
– Ushbu ilova-varaqani saqlab qo‘ying. Ehtimol, Siz uni kechroq yana o‘qib chiqishingizga to‘g‘ri kelar. – Agar Sizda savollar paydo bo‘lsa, davolovchi shifokor yoki dorixona xodimiga murojaat qiling. – Mazkur dori vositasi faqat Siz uchun buyurilgan va uni boshqa shaxslarga berish mumkin emas. Bu, hatto ularning kasalliklari simptomlari Siznikiga o‘xshasa ham, ularga ziyon keltirishi mumkin. – Agar Sizda nojo‘ya ta‘sirlar paydo bo‘lsa, o‘z shifokoringiz, dorixona xodimi yoxud hamshiraga murojaat qiling. Bu har qanday nojo‘ya ta‘sirlarga, shu jumladan mazkur ilova-varaqada ko‘rsatilmagan nojo‘ya ta‘sirlarga ham taalluqlidir. 4-bo‘limga qarang. |
Mazkur ilova-varaqaning mazmuni:
1 Nebilet® preparati o‘zi nima va uni nima uchun qo‘llaniladi
Nebilet® preparati nebivololni – yurak-tomir kasalliklarida davolash vositasini saqlaydi va selektiv beta-adrenoblokatorlar guruhiga (ya‘ni yurak-tomir tizimiga selektiv ta‘sir ko‘rsatuvchi vositalarga) taalluqli. U yurakning nasos faoliyatini nazorat qilgan holda yurak ritmi oshishiga to‘sqinlik qiladi. Nebilet® shuningdek tomir kengaytiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi, bu arterial bosim pasayishini keltirib chiqaradi.
Nebilet® yuqori arterial bosimni davolash uchun (arterial gipertenziyada) qo‘llaniladi.
Nebilet® shuningdek 70 yosh va undan katta bo‘lgan keksa yoshdagi pasientlarni standart davolashga qo‘shimcha sifatida yengil va o‘rtacha darajadagi stabil surunkali yurak yetishmovchiligini davolash uchun qo‘llaniladi.
2 Nebilet® preparatini qabul qilishdan oldin nimalarga e‘tibor qaratishingiz kerak
Nebilet® preparatini quyidagilarda qo‘llash mumkin emas:
Ogohlantirishlar va ehtiyotkorlik choralari
Nebilet® preparatini qabul qilishdan oldin maslahat olish uchun shifokor yoki dorixona xodimiga murojaat qiling.
Agar Sizda quyida keltirilgan buzilishlardan biri yoki bir nechtasi mavjud bo‘lsa yoki davolash vaqtida rivojlangan bo‘lsa, o‘z shifokoringizga xabar bering:
Agar Sizda buyrak faoliyatining og‘ir buzilishlari mavjud bo‘lsa, yurak yetishmovchiligini davolash uchun Nebilet® preparatini qabul qilishdan voz keching va davolovchi shifokorga murojaat qiling.
Surunkali yurak yetishmovchiligini davolash boshlanishida holatni nazorat qilish uchun muntazam ravishda shifokor qabuliga borish lozim (3-bo‘limga qarang).
Preparat bilan davolashni davolovchi shifokorning aniq ko‘rsatmalarisiz va holatni baholamasdan turib to‘satdan bekor qilish kerak emas (3-bo‘limga qarang).
Bolalar va o‘smirlarda
Preparatni bolalar va o‘smirlarda qo‘llanilishiga doir tadqiqotlar, ma‘lumotlar yo‘q, shu sababli Nebilet® preparatini ushbu yosh guruhida qo‘llanilishi tavsiya etilmaydi.
Boshqa dori vositalari va Nebilet® preparati
Agar Siz boshqa dori vositalarini qabul qilgan, qabul qilayotgan bo‘lsangiz yoki qabul qilishingiz mumkin bo‘lsa.
Agar Siz Nebilet® preparatiga qo‘shimcha sifatida quyida ko‘rsatilgan dori preparatlarini qabul qilayotgan bo‘lsangiz, shifokorni har doim ogohlantiring:
Barcha ushbu preparatlar nebivolol bilan birgalikda qo‘llanilganida arterial bosimga va/yoki yurak faoliyatiga ta‘sir ko‘rsatishi mumkin.
Nebilet® preparatini ovqat va ichimliklar bilan birga qabul qilish
3-bo‘limga qarang.
Homiladorlik va laktasiya davrida
O‘ta zaruratni istisno qilgan holda, homiladorlik davrida Nebilet® preparatini qabul qilish kerak emas.
Laktasiya davrida mazkur preparatni qabul qilish kerak emas.
Homiladorlik yoki laktasiya davrida, shuningdek ehtimol qilingan yoki rejalashtirilgan homiladorlikda mazkur preparatni qabul qilishdan oldin maslahat olish uchun shifokor yoki dorixona xodimiga murojaat qiling.
Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri
Preparat bosh aylanishini yoki charchoq hissini keltirib chiqarishi mumkin. Ushbu simptomlarni his qilganda avtomobilni boshqarmaslik va texnika vositalari bilan ishlamaslik lozim.
Nebilet® preparati laktozani saqlaydi.
Mazkur mahsulot laktozani saqlaydi. Agar Sizda ayrim qand moddalarining ta‘sirini ko‘tara olmaslik mavjud bo‘lsa, ushbu dori preparatini qo‘llashdan oldin shifokorga murojaat qiling.
3 Nebilet® preparati qanday qabul qilinadi
Ushbu preparatni shifokor ko‘rsatmasiga binoan doimo aniq qabul qiling. Agar Sizda biror-bir shubha bo‘lsa, davolovchi shifokor yoki dorixona xodimi bilan maslahatlashing.
Nebilet® preparatini ovqatlanishdan oldin, ovqatlanish vaqtida yoki undan keyin qabul qilish mumkin. Siz shuningdek uni ovqatlanishga bog‘liq bo‘lmagan holda qabul qilishingiz mumkin. Tabletkalarni suv bilan ichish lozim.
Arterial bosim oshganida (arterial gipertenziyada) davolash
Surunkali yurak yetishmovchiligida davolash
Agar shifokor Sizga sutkada ¼ (chorak) yoki ½ (yarimta) tabletkani buyurgan bo‘lsa, quyida keltirilgan Nebilet® 5 mg preparati tabletkalarini qanday qilib bo‘lish haqidagi yo‘riqnomalarga amal qiling.
1 va 2-rasm. Nebivolol 5 mg tabletkasini ikki qismga bo‘linishi.
3 va 4-rasm. Nebivolol 5 mg yarimta tabletkasini chorak qismga bo‘linishi.
Agar Siz Nebilet® preparatini keragidan ko‘proq miqdorda qabul qilgan bo‘lsangiz
Agar Siz tasodifan ushbu preparatning katta dozasini qabul qilgan bo‘lsangiz, bu haqda darhol shifokorga xabar bering. Pulsning juda pastligi (bradikardiya), hushdan ketish ehtimoli bilan arterial bosimni pasayishi (gipotenziya), astma xurujini eslatuvchi hansirash (bronxospazm) va o‘tkir yurak yetishmovchiligi Nebilet® preparati dozasi oshirib yuborilishining eng ko‘p uchraydigan simptomlari hisoblanadi.
Shifokor kelgunga kadar Siz faollashtirilgan ko‘mirni (dorixonada sotiladi) qabul qilishingiz mumkin.
Agar Siz Nebilet® preparatini qabul qilishni unutgan yoki uni juda kam miqdorda qabul qilgan bo‘lsangiz
Agar Siz Nebilet® preparati dozasini o‘z vaqtida qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz, u holda Siz odatdagi kunlik dozani bir oz kechroq qabul qilishingiz mumkin. Biroq uzoq muddatli (masalan bir necha soat) ushlanib qolinishida, keyingi dozani qabul qilish vaqti yaqinlashib qolganda, yoddan ko‘tarilgan dozani o‘tkazib yuboring va keyingi odatdagi dozani odatdagi vaqtda qabul qiling. Preparatning ikki karra dozasini qabul qilmang. Keyinchalik qabul qilish vaqtini takroriy o‘tkazib yuborilishidan tiyilish lozim.
Agar Siz Nebilet® preparatini qabul qilishni to‘xtatsangiz
Nebilet® preparati bilan davolash to‘xtatilishidan oldin Siz undan qanday maqsadlarda: yuqori arterial bosimni davolash uchun yoki surunkali yurak yetishmovchiligida foydalanishingizdan qat‘iy nazar doimo davolovchi shifokor bilan maslahatlashing. Siz davolashni to‘satdan to‘xtatmasligingiz kerak, bu yurak yetishmovchiligi chuqurlashishiga vaqtincha olib kelishi mumkin. Agar surunkali yurak yetishmovchiligini davolash uchun Nebilet® preparati qabul qilinishini to‘xtatish zarur bo‘lsa, u holda dozani bir hafta interval bilan ikki marta pasaytirgan holda sutkalik dozani bosqichma-bosqich pasaytirish lozim.
Ushbu preparatni qo‘llash yuzasidan qo‘shimcha savollar yuzaga kelganida davolovchi shifokorga yoki dorixona xodimiga murojaat qiling.
4 Yuz berishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta‘sirlar
Barcha dori vositalari kabi mazkur preparat nojo‘ya ta‘sirlarga ega bo‘lishi mumkin. Biroq ular har bir pasientda ham namoyon bo‘lavermaydi.
Nebilet® preparati yuqori arterial bosimni davolash uchun qo‘llanilganida quyidagi nojo‘ya ta‘sirlar bo‘lishi mumkin:
Tez-tez uchraydigan nojo‘ya ta‘sirlar (10 ta pasientdan 1 tasida kuzatilishi mumkin):
Gohida yuzaga keladigan nojo‘ya ta‘sirlar (100 ta pasientdan 1 tasida kuzatilishi mumkin):
Juda kam uchraydigan nojo‘ya ta‘sirlar (10000 ta pasientdan 1 tasida kuzatilishi mumkin):
Nebilet® preparati qabul qilinganida o‘ta kamyob, alohida hollarda quyida ko‘rsatilgan nojo‘ya ta‘sirlar kuzatilgan:
Surunkali yurak yetishmovchiligini davolash uchun preparat qo‘llanilishiga doir klinik tadqiqotda quyidagi nojo‘ya ta‘sirlar kuzatilgan:
Juda tez-tez uchraydigan nojo‘ya ta‘sirlar (10 ta pasientdan 1 tasida kuzatilishi mumkin):
Tez-tez uchraydigan nojo‘ya ta‘sirlar (10 ta pasientdan 1 tasida kuzatilishi mumkin):
Nojo‘ya ta‘sirlar haqida xabarlar
Har qanday nojo‘ya ta‘sirlar yuzaga kelganida shifokorga, dorixona xodimiga yoki hamshiraga murojaat qiling. Bu har qanday yuz berishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta‘sirlarga, shu jumladan mazkur ilova-varaqada bayon qilinmagan nojo‘ya ta‘sirlarga ham taalluqlidir. Siz shuningdek nojo‘ya ta‘sirlar haqida bevosita «Berlin-Xemi AG» kompaniyasining O‘zbekistondagi vakolatxonasiga
Toshkent shahri, 100015, Afrosiyob ko‘chasi, 12-uy (biznes-markazi) manzili bo‘yicha bevosita «Berlin-Xemi AG» kompaniyasining O‘zbekistondagi vakolatxonasiga xabar berishingiz mumkin. Nojo‘ya ta‘sirlar haqida xabar bergan holda Siz mazkur dori preparatining xavfsizligi to‘g‘risida ko‘proq axborotni to‘plashga yordam berishingiz mumkin.
5 Nebilet® preparatini qanday saqlash kerak
Ushbu dori preparatini bolalar ololmaydigan joyda saqlash lozim.
30°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Ushbu dori preparati alohida saqlash sharoitlarini talab qilmaydi. Ushbu dori preparatidan qutichaning etiketkasida va blisterning folgasida «gacha yaroqli» yozuvidan oldin ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati tugaganidan keyin foydalanmang. Yaroqlilik muddati tugashi sanasi ko‘rsatilgan oyning so‘ngi kuniga taalluqlidir.
Biror-bir dori preparatlarini oqava suvlarga yoki maishiy chiqindilar bilan birga tashlab yubormang.
Siz boshqa foydalanmaydigan dori preparatini qanday qilib tashlab yuborilishi haqida dorixona xodimidan so‘rang. Ushbu choralar atrof muhitni himoya qilishga yordam beradi.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Nebilet® preparati tarkibida nimalarni saqlaydi
Nebilet® preparati o‘ramining tashqi ko‘rinishi va tarkibi
Nebilet® preparati deyarli oq rangli, bir tomonlama xochsimon bo‘linish chizig‘i bo‘lgan ikki tomonlama qavariq dumaloq tabletkalar shaklida 7, 14 va 28 ta tabletka bo‘lgan o‘ramlarda chiqariladi. Tabletkalar blisterli (blister PVX/alyuminiydan tayyorlangan) o‘ramlarda chiqariladi.
(Bozorda barcha o‘lchamdagi o‘ramlari mavjud bo‘lmasligi ham mumkin)