×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

NEBIVORLD tabletkalari 5mg N84

Kategoriya:
- Yurak-qon tomir
Ishlab chiqarilish joyi:
- Turkiya
Faol modda:
Небиволол
Qadoqda soni:
- 84
Ishlab chiqaruvchi:
- World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S.
ATX kodi:
- C07AB12
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

KARDIOMAGNIL tabletkalari 150 mg+30,39 mg N100 Takeda Osteurope Holding GmbH Daniya
53 800 s`om dan
TELSARTAN H tabletkalari 80mg+12,5mg N28 Dr.Reddy’s Laboratories Ltd. Hindiston
64 000 s`om dan
NEBIVORLD tabletkalari 5mg N28 World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S. Turkiya
53 000 s`om dan
FLEBODIA 600 tabletkalari 600mg N60 Innothera Chouzy Frantsiya
319 300 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
NEBIVORLD tabletkalari 5mg N84 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

NEBIVORLD

NEBIWORLD

 

Preparatning savdo nomi: Nebivorld

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): nebivolol

Dori shakli: tabletkalar

Tarkibi:

Har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 2,5 mg yoki 5 mg nebivolol (nebivolol gidroxloridi shaklida);

yordamchi moddalar: mikrokristall sellyuloza, laktoza monogidrati, makkajo‘xori kraxmali, natriy kroskarmelloza, gipromelloza, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, magniy stearati.

Ta‘rifi:

Nebivorld 2,5 mg: dumaloq, ikki tomonlama qavariq, oq yoki deyarli oq rangli tabletkalar.

Nebivorld 5 mg: dumaloq, ikki tomonlama qavariq, bir tomonida hojsimon riskasi bo‘lgan oq yoki deyarli oq rangli tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: antigipertenziv vosita (selektiv b1-adrenoblokatorlar).

ATX kodi: S07AV12

Farmakologik hususiyatlari

Farmakodinamikasi

Nebivorld – kardioselektiv b1-adrenoblokator. Gipotenziv, antianginal va antiaritmik ta‘sir ko‘rsatadi. Nebivolol nebivololning D- va L-aylantiruvchi enantiomerlarini rasemati hisoblanadi. D-nebivolol hisobiga preparat b1-adrenoreseptorlarning selektiv raqobatli blokatorining hususiyatlarini namoyon qiladi. L-nebivolol hisobiga azot oksidi/L-arginin bilan metabolik o‘zaro ta‘sir qilishi oqibatida qon-tomirlarni kengaytiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi. Nebivolol terapevtik dozalarda simpatomimetik faollikni namoyon qilmaydi, membranalarni ahamiyatli darajada barqarorlashtiruvchi ta‘sirga ega emas, shuningdek α-adrenoreseptorlarga ta‘sir qilmaydi. Nebivolol bir marta va takroran qo‘llanganida yurak qisqarishlari soni (YUQS) kamayadi, arterial bosim (AB) normal bo‘lgan shaxslarda ham, arterial gipertenziyasi (AG) bo‘lgan shaxslarda ham tinch holatda va jismoniy harakatda arterial bosimning ko‘rsatkichlari kamayadi. Gipotenziv samarasi uzoq muddat davolanganda saqlanadi.

O‘tkir va surunkali yurak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda nebivololni qabul qilganda umumiy periferik qon-tomirlar qarshiligini pasayishi kuzatiladi. YUQS kamayishiga qaramasdan, yurakdan otilib chiqayotgan qon hajmini oshishi hisobiga, tinch holatda va jismoniy harakatda yurak zarbi ahamiyatli darajada o‘zgarmaydi.

Gipotenziv ta‘siri shuningdek renin-angiotenzin tizimining faolligini kamayishi bilan ham ifodalanadi (qon plazmasida reninning faolligini o‘zgarishi bilan bevosita bog‘lanmagan).

Preparatning gipotenziv samarasi davolash boshlanganidan so‘ng 1-2 hafta davomida rivojlanadi, arterial bosimni optimal nazoratiga nebivololni qabul qilish boshlanganidan so‘ng 4 haftadan keyin erishiladi.

Miokardni kislorodga bo‘lgan ehtiyojini pasaytirib (YUQS kamayishi va old yuklama va keyingi yuklamani pasayishi), nebivolol stenokardiya hurujlarining soni va og‘irligini kamaytiradi va jismoniy harakatlarning o‘zlashtirilishini oshiradi. Antiaritmik ta‘siri patologik yurak avtomatizmini susaytirishi (shu jumladan, patologik o‘choqda) va atrioventrikulyar o‘tkazuvchanlikni sekinlashtirishi bilan ifodalanadi.

Farmakokinetikasi

Peroral qabul qilinganidan so‘ng nebivololning har ikkala enantiomeri ovqat hazm qilish yo‘llarida tez so‘riladi. Ovqat iste‘mol qilish preparatni so‘rilishiga ta‘sir qilmaydi, shuning uchun uni ovqatlanishdan qat‘iy nazar qabul qilish mumkin. Nebivolol ichga qabul qilinganidan so‘ng uning biokiraolishligi “tez” metabolizm bilan amalga oshadigan (jigar orqali “birinchi marta o‘tish” samarasi) shaxslarda o‘rtacha 12% ni tashkil etadi va metabolizmi “sekin” amalga oshadigan shaxslarda deyarli to‘liq hisoblanadi. D-nebivolol uchun plazma oqsillari bilan bog‘lanishi – 98,1%, L-nebivolol uchun – 97,9% ni tashkil etadi.

Nebivolol asiklik va aromatik gidroksilizasiya va qisman N-dezalkilizasiya orqali faol metabolitlarni hosil qilib, metabolizmga uchraydi. Hosil bo‘lgan gidroksi- va aminohosilalari glyukuron kislotasi bilan kon‘yugasiya bo‘ladi va organizmdan O- va N-glyukuronidlar ko‘rinishida chiqariladi. Nebivololning gidroksimetabolitlarini yarim chiqarilish davri 24 soatni tashkil etadi, enantiomerlarini yarim chiqarilish davri – 10 soatni (metabolizmi “tez” amalga oshadigan shaxslarda) tashkil etadi; (metabolizmi “sekin” amalga oshadigan shaxslarda) nebivololning gidroksimetabolitlarini yarim chiqarilish davri – 48 soatni, enantiomerlarini – 30-50 soatni tashkil etadi. Buyraklar orqali (38%) va ichak orqali (48%) chiqariladi. O‘zgarmagan nebivololni siydik bilan chiqarilishi ichga qabul qilingan preparatning miqdorini 0,5% dan kamroq qismini tashkil etadi.

Qo‘llanilishi

  • arterial gipertenziya;
  • yurak ishemik kasalligi: zo‘riqish stenokardiyasining hurujlarini oldin olish;
  • surunkali yurak yetishmovchiligi (majmuaviy davolash tarkibida) da qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Nebivorld tabletkalari ichga sutkada 1 marta qabul qilinadi, ovqatlanishdan qat‘iy nazar, sutkaning doim bir vaqtida, yetarli miqdordagi suyuqlik bilan qabul qilgan afzal.

Arterial gipertenziya va yurak ishemik kasalligini davolash uchun o‘rtacha sutkalik doza 2,5-5 mg nebivololni tashkil etadi. Optimal samarasi 1-2 hafta davomida davolashdan so‘ng, qator hollarda – 4 haftadan so‘ng yaqqol ifodalanadi. Agar Nebivorld preparati bilan davolash boshlangandan so‘ng 4 hafta o‘tgach AB nazorati yetarli darajada bo‘lmasa, preparatning dozasini 2 hafta davomida sutkada 40 mg gacha oshirish mumkin. Nebivorld preparatini monoterapiya holida ham, AB ni pasaytiruvchi dori vositalari bilan birga ham qo‘llash mumkin.

Surunkali yurak yetishmovchiligini davolashni preparatning samarasini individual optimal darajada tutib turishga erishilgunicha, dozasini asta-sekin oshirish bilan boshlash kerak. Preparat oxirgi 6 hafta davomida surunkali yurak yetishmovchiligini dekompensasiya hurujlari bo‘lmaganida buyuriladi. Pasientni davolash uchun qo‘llanadigan boshqa preparatlar (diuretiklar, digoksin, AAF ingibitorlari, angiotenzin II reseptorlarining antagonistlari) ning dozasi Nebivorld preparati bilan davolashni boshlashdan oldin 2 hafta davomida tanlanishi kerak. Dozani tanlashni davolashni boshlanishida amalga oshirish kerak, bunda 1 dan 2 haftagacha bo‘lgan intervalga rioya qilinishi va ushbu dozani pasient tomonidan o‘zlashtirilishiga asoslanishi kerak: sutkada 1 marta 1,25 mg nebivololdan tashkil topgan doza avval sutkada 1 marta 2,5-5 mg gacha oshirilishi, so‘ngra esa sutkada 1 marta 10 mg gacha oshirilishi mumkin. Maksimal sutkalik doza 10 mg ni tashkil etadi.

Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlar, shuningdek 65 yoshdan oshgan pasientlarda tavsiya etilgan boshlang‘ich doza sutkada 2,5 mg preparatni tashkil etadi. Zarurat bo‘lganida sutkalik dozani 10 mg gacha oshirish mumkin.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Nojo‘ya samaralarni uchrash tezligini quyida keltirilgan ko‘rsatkichlari quyidagi tarzda aniqlangan: tez-tez (≥ 1/100 dan < 1/10 gacha), tez-tez emas (≥ 1/1000 dan < 1/100 gacha), juda kam hollarda (< 1/10000), uchrash tezligi noma‘lum.

Immun tizimi tomonidan kuzatiladigan buzilishlar: uchrash tezligi noma‘lum – angionevrotik shish, o‘ta yuqori sezuvchanlik.

Ruhiy buzilishlar: tez-tez emas – qo‘rqinchli tushlar ko‘rish, depressiya.

Nerv tizimi tomonidan kuzatiladigan buzilishlar: tez-tez – bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, paresteziyalar; juda kam hollarda – sinkope.

Ko‘rish a‘zolari tomonidan kuzatiladigan buzilishlar: tez-tez emas – ko‘rishni buzilishi.

Yurak tomonidan kuzatiladigan buzilishlar: tez-tez emas – bradikardiya, yurak yetishmovchiligi, atrioventrikulyar blokada.

Qon-tomirlar tomonidan kuzatiladigan buzilishlar: tez-tez emas – gipotenziya, vaqti-vaqti bilan kuzatiladigan oqsoqlik.

Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a‘zolari tomonidan kuzatiladigan buzilishlar: tez-tez – hansirash; tez-tez emas – bronxospazm.

Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan kuzatiladigan buzilishlar: tez-tez – qabziyat, ko‘ngil aynishi, diareya; tez-tez emas – dispepsiya, meteorizm, qusish.

Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan kuzatiladigan buzilishlar: tez-tez emas – qichishish, eritematoz xarakterli teri toshmalari; juda kam hollarda – psoriazni kechishini og‘irlashishi; uchrash tezligi noma‘lum – eshakemi.

Jinsiy a‘zolar va sut bezlari tomonidan kuzatiladigan buzilishlar: tez-tez emas – impotensiya.

Umumiy buzilishlar va yuborilgan joydagi buzilishlar: tez-tez – toliqish, shishlar.

Bundan tashqari, ayrim b-adrenoblokatorlar tomonidan chaqiriladigan quyidagi nojo‘ya samaralar: gallyusinasiyalar, psixozlar, ongni chalkashishi, qo‘l-oyoqlarni sovuq qotishi / sianoz, Reyno sindromi, ko‘zlarni qurishi va praktol tipi bo‘yicha okulomukokutan toksiklik xaqida xabarlar berilgan.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • nebivololga yoki preparatning komponentlaridan biriga yuqori sezuvchanlik;
  • yurak yetishmovchiligi (dekompensasiya bosqichi);
  • yaqqol ifodalangan arterial gipotenziya (sistolik arterial bosim 90 mm.sm.ust.dan past);
  • sinus tugunini kuchsizligi sindromi, shu jumladan sinoaurikulyar blokada;
  • jigar funksiyasini og‘ir darajadagi buzilishlari;
  • bradikardiya (YUQS minutiga 60 zarbdan kam);
  • II va III darajadagi atrioventrikulyar blokada (sun‘iy boshqaruv ritmi bo‘lmaganida);
  • feoxromositoma;
  • metabolik asidoz;
  • kardiogen shok;
  • anamnezida bronxospazm va bronxial astma;
  • periferik qon-tomirlarni og‘ir darajadagi obliterasiyalanuvchi kasalliklari (vaqti-vaqti bilan sodir bo‘ladigan oqsoqlik, Reyno sindromi);
  • miasteniya;
  • depressiyada qo‘llash mumkin emas.

Buyrak yetishmovchiligi, qandli diabet, qalqonsimon bezni giperfunksiyasi, anamnezida

allergik kasalliklar, psoriaz, o‘pkani surunkali obstruktiv kasalligi, I darajadagi atrioventrikulyar blokadada, shuningdek 75 yoshdan oshgan pasientlarga preparatni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Nebivololni nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llash uning gipotenziv ta‘sirini susaytirmaydi.

b-adrenoblokatorlar sekin kalsiy kanallarining blokatorlari (verapamil va diltiazem) bilan bir vaqtda qo‘llanganida miokardni qisqaruvchanligiga va atrioventrikulyar o‘tkazuvchanlikka salbiy ta‘siri kuchayadi.

Nebivololni qo‘llash fonida verapamilni vena ichiga yuborish mumkin emas.

Nebivolol gipotenziv preparatlar, nitrogliserin yoki sekin kalsiy kanallarining blokatorlari bilan bir vaqtda qo‘llanganida yaqqol ifodalangan arterial gipotenziya rivojlanishi mumkin (prazozin bilan birga qo‘llanganida ayniqsa ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak).

Nebivolol I sinf antiaritmik preparatlari va amiodaron bilan bir vaqtda qo‘llanganida manfiy inotrop ta‘siri kuchayishi va bo‘lmachalar bo‘ylab qo‘zg‘alishni o‘tish vaqtini uzayishi bo‘lishi mumkin.

Nebivolol yurak glikozidlari bilan bir vaqtda qo‘llanganida atrioventrikulyar o‘tkazuvchanlikni sekinlashishiga ta‘sirini kuchayishi aniqlanmagan.

Nebivolol va umumiy anesteziya uchun qo‘llanadigan preparatlarni bir vaqtda qo‘llash reflektor taxikardiyani susaytirishi va arterial gipotenziyani rivojlanish havfini oshirishi mumkin.

Nebivololni trisiklik antidepressantlar, barbituratlar va fenotiazin hosilalari bilan bir vaqtda qo‘llash nebivololning gipotenziv ta‘sirini kuchaytirishi mumkin.

Nebivolol serotoninni qayta qamrab olinishini ingibisiya qiluvchi preparatlar, yoki CYP2D6 izofermenti ishtirokida biotransformasiyaga uchraydigan boshqa dori vositalari bilan bir vaqtda qo‘llanganida, qon plazmasida nebivololning konsentrasiyasi oshadi, nebivololning metabolizmi sekinlashadi, bu bradikardiyani rivojlanish havfiga olib kelishi mumkin.

Digoksin bilan bir vaqtda qo‘llanganida nebivolol digoksinning farmakokinetik ko‘rsatkichlariga ta‘sir qilmaydi.

Nebivolol simetidin bilan bir vaqtda qo‘llanganida qon plazmasida nebivololning konsentrasiyasi oshadi.

Nebivolol va ranitidinni bir vaqtda qo‘llash nebivololning farmakokinetik ko‘rsatkichlariga ta‘sir ko‘rsatmaydi.

Nebivolol nikardipin bilan bir vaqtda qo‘llanganida qon plazmasida faol moddalarning konsentrasiyasi biroz oshadi, biroq bu klinik ahamiyatga ega emas.

Nebivolol va etanol, furosemid yoki gidroxlortiazidni bir vaqtda qabul qilish nebivololning farmakokinetikasiga ta‘sir qilmaydi.

Nebivolol va varfarinning klinik ahamiyatli o‘zaro ta‘siri aniqlanmagan.

Nebivolol insulin va ichga qabul qilish uchun gipoglikemik vositalar bilan birga qo‘llanganida gipoglikemiyaning simptomlari (taxikardiya) yashirinishi mumkin.

Maxsus ko‘rsatmalar

Stenokardiyasi bo‘lgan pasientlarda davolashni asta-sekin – 1-2 hafta davomida to‘xtatish kerak. Zo‘riqish stenokardiyasida preparatning dozasi YUQS ni tinch holatda minutiga 55-60 zarb, jismoniy harakatda – minutiga ko‘pi bilan 110 zarbda ushlab turishni ta‘minlashi kerak.

Kandli diabetda Nebivorld glyukozaning qon plazmasidagi konsentrasiyasiga ta‘sir qilmaydi, ammo barcha b-adrenoblokatorlar kabi gipoglikemiyaning belgilarini yashirishi mumkin.

Psoriaz bo‘lgan pasientlarda Nebivorld preparatini qo‘llash masalasini hal qilishda preparatni qo‘llashdan kutilgan foyda va psoriazni kechishida kuzatilishi mumkin bo‘lgan zo‘rayish havfini sinchiklab baholash kerak.

Preparatni qabul qilishni boshlanishida AB va YUQS har kuni nazorat qilinishi kerak.

Keksa yoshdagi pasientlarda buyrak funksiyasini nazorat qilish (4-5 oyda 1 marta) kerak.

b-adrenoblokatorlar bradikardiyani chaqirishi mumkin: agar YUQS minutiga 50-55 zarbdan kam bo‘lsa, preparatning dozasini pasaytirish kerak.

Kontakt linzalardan foydalanadigan pasientlar b-adrenoblokatorlarni qo‘llash fonida ko‘z yoshini ishlab chiqarilishi pasayishi mumkinligini hisobga olishlari kerak.

O‘pkani surunkali obstruktiv kasalligi bo‘lgan pasientlarda b-adrenoblokatorlarni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak, chunki bronxospazm kuchayishi mumkin.

b-adrenoblokatorlar allergenlarga nisbatan sezuvchanlikni va anafilaktik reaksiyalarning og‘irligini oshirishi mumkin.

b-adrenoblokatorlarni qo‘llashni to‘satdan to‘xtatish mumkin emas. Davolashni imkon boricha asta-sekin, 10 kun davomida dozasini kamaytirib, to‘xtatish kerak.

Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi

Homiladorlikda Nebivorld preparati ona uchun kutilgan foyda homila yoki yangi tug‘ilgan chaqaloq uchun kuzatilishi mumkin bo‘lgan havfdan (homilada va yangi tug‘ilgan chaqaloqda bradikardiya, arterial gipotenziya, gipoglikemiya rivojlanishi mumkinligi sababli) ustun bo‘lgan holatdagina buyuriladi. Agar Nebivorld preparatini qo‘llash zarur bo‘lsa, u holda bachadon-yo‘ldosh qon oqimini va homilani o‘sishini kuzatish kerak. Davolashni tug‘ruqdan 48-72 soat oldin to‘xtatish kerak. Buning imkoni bo‘lmagan hollarda, yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni tug‘ruqdan so‘ng 48-72 soat davomida kuzatish kerak.

Nebivolol ko‘krak suti bilan ajralib chiqadi. Laktasiya davrida Nebivorld preparatini qo‘llash zarurati bo‘lganida emizishni to‘xtatish kerak.

Pediatriyada qo‘llanishi

Bolalar va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarda preparatni qo‘llash samaradorligi va havfsizligi o‘rganilmagan.

Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Nebivorld preparati bilan davolanish vaqtida (nojo‘ya samaralar rivojlanganida) transport vositalarini boshqarishda va diqqatni jamlash va psixomotor reaksiyalar tezligini talab etuvchi potensial havfli faoliyat turlarini bajarishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: AB ni pasayishi, ko‘ngil aynishi, qusish, sianoz, sinusli bradikardiya, atrioventrikulyar blokada, bronxospazm, xushdan ketishi, kardiogen shok, koma, yurak urishini to‘xtashi kuzatilishi mumkin.

Davolash: me‘dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mir qabul qilish tavsiya etiladi. Og‘ir darajadagi arterial gipotenziyada, bradikardiya va yurak yetishmovchiligida vena ichiga b-adrenostimulyatorlarni 2-5 minutlik interval bilan yuborish tavsiya etiladi. Ijobiy samara bo‘lmaganida dofamin, dobutamin yoki norepinefrinni yuborish maqsadga muvofiqdir. Keyingi davolash choralari 1-10 mg glyukagonni yuborish, transvenoz intrakardial elektrostimulyatorni o‘rnatishdan iborat bo‘lishi mumkin. Bronxospazmda vena ichiga b2-adrenoreseptorlarning stimulyatorlari yuboriladi; yurak qorinchalari ekstrasistoliyasida – lidokain yuboriladi (IA sinf antiaritmik vositalarni yuborish mumkin emas); tirishishlarda – vena ichiga diazepam yuboriladi.

Chiqarilish shakli

Tabletkalar. 14 tabletka blisterda. 2 yoki 6 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

Saqlash sharoiti

25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati 

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha beriladi.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

NEBIVORLD tabletkalari 5mg N84 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
NEBIVORLD tabletkalari 5mg N84 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
NEBIVORLD tabletkalari 5mg N84 dori vositasi World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S. tomonidan Turkiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
NEBIVORLD tabletkalari 5mg N84 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
NEBIVORLD tabletkalari 5mg N84 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
NEVIKOR-5 tabletkalari 5 mg N30
NEBOBETA tabletkalari 5mg N30
Narh: 20 000 so'mdan Batafsil
TANELEB tabletkalari 5mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Gretsiya
  • Faol modda: Небиволол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Specifar SA
Narh: 69 400 so'mdan Batafsil
NEBIVORLD tabletkalari 5mg N84
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Небиволол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ilac San.Ve Tic. A.S., Турция произведено: Abdi Ibrahim Ilac San. Ve Tic. A.S.
NEBIVORLD tabletkalari 5mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Небиволол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ilac San.Ve Tic. A.S., Турция произведено: Abdi Ibrahim Ilac San. Ve Tic. A.S.
Narh: 53 000 so'mdan Batafsil
NEBIVORLD tabletkalari 5mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Небиволол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S.
Narh: 53 000 so'mdan Batafsil
NEBILET tabletkalari 5mg N14
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Небиволол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Берлин-Хеми АГ
NEBILET tabletkalari 5mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Небиволол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Берлин-Хеми АГ
Narh: 88 100 so'mdan Batafsil
Ishlab chiqaruvchining dorilari
VENOXELP tabletkalari 50mg N30
Narh: 57 000 so'mdan Batafsil
FOSFOMED poroshok 3g N2
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S.
LISTORA kapsulalar 120mg N42
Narh: 400 000 so'mdan Batafsil
KOLEDAN tomchilar dlya priema vnutr 10ml 15000ME N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S.
Narh: 41 000 so'mdan Batafsil
GINO VITAL L suppozitorii 750mg/200mg N7
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S.
  • Vakil: Asfarma Savdo MChJ
BENEVRON BF tabletkalari N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S.
Narh: 58 000 so'mdan Batafsil
ESLOTIN sirop 60ml 2,5mg/5ml N1
Narh: 35 400 so'mdan Batafsil
ENZOFEN kapsulalar 1000mg N2
Narh: 64 000 so'mdan Batafsil
ULSEPAN tabletkalari 40mg N14
Narh: 50 400 so'mdan Batafsil
ROSUSTAR tabletkalari 20mg N30
Narh: 90 000 so'mdan Batafsil
PEFSAL aerozol 250mkg 25/250 mkg/doza 120 doz
Narh: 189 000 so'mdan Batafsil
PEFSAL aerozol 125mkg 25/125 mkg/doza 120 doz
Narh: 139 000 so'mdan Batafsil
PEFSAL aerozol 50mkg 25/50 mkg/doza 120 doz
ORSIPOL tabletkalari 500mg 500mg/500mg N10
LEVOKSIMED tabletkalari 500mg N7
Narh: 33 800 so'mdan Batafsil
KULENTO tabletkalari 10mg N28
Narh: 67 200 so'mdan Batafsil
KARMETADIN tabletkalari 35mg N60
Narh: 58 500 so'mdan Batafsil
INOSEDA sirop 120ml 250mg/5ml
DORAMISIN tabletkalari 3000000me N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S.
  • Vakil:
Narh: 93 800 so'mdan Batafsil
DERILAYF krem 50g 0,05% N1
Narh: 68 990 so'mdan Batafsil
AMLIPIN tabletkalari 5mg+5mg N30
SEKNIDOKS tabletkalari 1g N2
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S.
  • Vakil:
Narh: 29 500 so'mdan Batafsil
BUDEKTON kapsulalar 400mkg N60
Narh: 159 600 so'mdan Batafsil
BUDEKTON kapsulalar 200mkg N60
Narh: 89 000 so'mdan Batafsil
MUSKOMED kapsulalar 4mg N20
Narh: 50 000 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9