×
×
  • NEOMARIN poroshok 1200 mg N1

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

NEOMARIN poroshok 1200 mg N1

Kategoriya:
- Dori vositalari
Ishlab chiqarilish joyi:
- XXR
Qadoqda soni:
- 1
Ishlab chiqaruvchi:
- Yaopharma Co.,Ltd
ATX kodi:
- V03AB32
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 159 ta dorixonasida topildi

ico 78 500 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 105 000 s`om dan + yetkazish

Buyurtma berish

ico 82 000 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

LORKOF sirop 100ml Biomedicare (India) Pvt. Ltd Hindiston
24 600 s`om dan
LAKTOSPEY DROPS tomchilar 10 ml O.F.I. Officina Farmaceutica Italiana S.p.A. Buyuk Britaniya
144 400 s`om dan
NEFROTON tabletkalari N30 «GRICAR CHEMICAL S.r.l.» Turkiya
118 500 s`om dan
NEBUFLYUZON suspenziya dlya ingalyasiy 2ml 1mg/ml N10 ООО “Юрия-Фарм” Ukraina
293 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
NEOMARIN poroshok 1200 mg N1 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

NEOMARIN®

NEOMARIN®

Preparatning savdo nomi: Neomarin

Ta‘sir etuvchi modda (XPN):  glutation

Dori shakli: in‘eksiya uchun eritma tayyorlash uchun liofilizasiyalangan kukun.

Tarkibi

faol modda: tiklangan glutationni natriyli tuzi – 600mg yoki 1200mg;

Ta‘rifi: oq rangli liofilizasiyalangan steril kukun.

Farmakoterapevtik guruhi: zaharlanish va intoksikasiyalarda qo‘llanadigan vosita.

ATX kodi: V03AB32

Farmakologik hususiyatlari

Glutation – glyutamin kislotasi, sistein va glisindan tarkib topgan fiziologik tripeptid bo‘lib, qator biologik jarayonlarda ishtirok etadi va detoksikasiya jarayonida muhim rol tutib, hujayralarni ksenobiotiklar, erkin radikallar va nurlanishni zararli ta‘siridan himoya qiladi. Klinikagacha bo‘lgan va klinik tadqiqotlar, hujayralarni patologik shikastlanishi keltirib chiqargan qator holatlarda (etil spirti, parasetamol, salisilatlar, fenobarbital, uch xalqali antidepresantlar, fosfororganik insektisidlar va boshqalar kabi moddalar bilan zaharlanishda) glutation himoya qilishini ko‘rsatdi.

Shuningdek, glutation ko‘pchilik kimyoterapevtik preparatlarning faolligiga ta‘sir qilishi aniqlangan, to‘qimalarda endogen glutationning miqdorini kamaytirib, natijada o‘smali jarayon chaqirgan oksidlanish stressi pasayadi.

Indusiyalangan kimyoterapevtik preparatlarning neyrotoksikligini oldini olish uchun sisplatin va uning hosilalari kabi bunday preparatlarni qo‘llash, platina periferik nerv tizimida, ayniqsa orqa nerv ildizlarining gangliylarida to‘planishi tufayli amalga oshirilgan. Shuning uchun orqa nerv ildizlarining gangliylarida platinani birlamchi to‘planishini oldini olish maqsadida glutation kabi moddalar ishlatiladi.

Klinik tadqiqotlar, tuxumdonlar karsinomasi, me‘da karsinomasi va kolorektal rak bo‘lgan bemorlarga o‘smalarga qarshi vositalarni yuborishdan oldin glutationni infuziya qilish, sisplatin va oksaliplatinni qo‘llash oqibatida rivojlangan buyrak yetishmovchiligi va neyrotoksiklikdan himoya qilishi tasdiqlangan, bu agar zarur bo‘lsa, o‘smalarga qarshi vositalarning yanada yuqori kumulyativ dozalarga erishish imkonini beradi.

Farmakokinetikasi

Glutation tana yuzasiga 2 g/m2 dozada vena ichiga infuziya qilinganidan so‘ng umumiy glutationning plazmadagi konsentrasiyasi 17,5 ± 13,4 mmol/l dan 823 ± 326 mmol/l gacha oshgan. Ekzogen glutationni taqsimlanish hajmi 176 ± 107 ml/kg ni tashkil etadi. Yarim chiqarilish davri 14,1 ± 9,2 minut. Qon plazmasidagi sisteinning konsentrasiyasi infuziyadan so‘ng 8,9 ± 3,5 mmol/l dan 114 ± 45 mmol/l gacha oshgan. Sisteinnin oshishiga qaramasdan, qon plazmasida umumiy sistein, sistin va aralash disulfidlarning umumiy konsentrasiyasi kamaygan, bu hujayra ichida sisteinning transport hususiyatlarini oshishidan dalolat beradi. Glutation va sisteinni siydik bilan chiqarilishi in‘eksiyadan so‘ng 90 minut davomida muvofiq 300% va 10% ga oshgan.

Qo‘llanilishi

Preparat quyidagi holatlarda qo‘shimcha davolash uchun mo‘ljallangan:

  • jigar kasalliklari, shu jumladan jigarni virusli kasalliklarida (gepatit A, gepatit V, gepatit S kabi kasalliklarda);
  • jigarni alkogol chaqirgan shikastlanishlarida (toksik jigar, jigarni alkogolli fibrozi, jigarni alkogolli sirrozi, o‘tkir alkogolli gepatit kabi shikastlanishlarida) va jigarni boshqa kasalliklarida;
  • kimyoterapiyada (jumladan, sisplatin, siklofosfamid, adriamisin, rubidomisin va bleomisin preparatlari, ayniqsa katta dozalarda qo‘llanganida) va nur bilan davolanishda;
  • dori vositalarini qo‘llash oqibatidagi zaharlanishlarda (onkologiyada qo‘llanadigan kimyoterapevtik preparatlar, tuberkulyozga qarshi preparatlar, neyropsixotrop preparatlar, antidepressantlar, parasetamol va boshqalar);
  • gipoksemiyani chaqiradigan kasalliklarda (o‘tkir anemiya, kattalarda nafas yetishmovchiligi sindromi, septisemiya va boshqalar);
  • detoksikasiyalarda, fosfororganik birikmalar, amino- va nitrobirikmalar bilan zaharlanishlarda qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Vena ichiga yuborish: 600 mg preparat 4 ml in‘eksiya uchun suvda yoki 1200mg preparat 7 ml in‘eksiya uchun suvda eritiladi, so‘ngra olingan eritma fiziologik eritma yoki 5% glyukoza eritmasining 100 ml, 250 ml yoki 500 ml hajmdagi infuzion eritmalariga qo‘shiladi.

Mushak ichiga yuborish: 600 mg preparat 4 ml in‘eksiya uchun suvda eritiladi.

Dozasi:

Neomarin quyidagi holatlarda qo‘shimcha davolash uchun mo‘ljallangan:

Jigar kasalliklarida:

Vena ichiga (sekin):

Sutkalik doza – 600 mg-2400mg; bir martalik dozasi – 600 mg-1200mg dan kuniga 1-2 marta yuboriladi.

Mushak ichiga:

Sutkalik doza – 600 mg-1200mg; bir martalik doza 600 mg dan kuniga 1-2 marta yuboriladi.

Preparatning dozasi pasientning yoshi, vazni va klinik ko‘rsatmalarga bog‘liq.

Kimyoterapiya va nur terapiyasi:

A. Kimyoterapiya:

Vena ichiga: birinchi kunda preparat tana yuzasiga 15 g/m2 hisobida 100 ml fiziologik eritmada eritilsin va kimyoterapiya preparatlarini qo‘llashdan 15 minut oldin yuborilsin. Keyingi 2-5 kun davomida 600 mg preparat vena ichiga yoki mushak ichiga har kuni yuborilsin.

Siklofosfamid qo‘llanganida siydik chiqarish tizimining holatini yomonlashishidan saqlanish maqsadida preparatni vena ichiga siklofosfamid yuborilgandan so‘ng 15 minut davomida yuborish tavsiya etiladi.

Sisplatin ishlatilganida: preparat kimyoterapiyaning natijasiga ta‘sir qilmasligi uchun sisplatinning tavsiya etilgan dozasi 35 mg dan oshmasligi kerak.

B. Nur terapiyasi:

Neomarin tana yuzasiga 1,5 g/m2 dozada 100 ml fiziologik eritmada eritilsin va nur terapiyasidan so‘ng yuborilsin yoki shifokorning ko‘rsatmasiga rioya qilinsin.

Boshqa ko‘rsatmalarda:

Gipoksemiya: boshlang‘ich doza sifatida Neomarin tana yuzasiga 1,5 g/m2 hisobida 100 ml fiziologik eritmada eritilsin va vena ichiga yuborilsin. Pasientning klinik holati yaxshilanganidan so‘ng samarasini tutib turuvchi doza kuniga 600 mg dan mushak ichiga yuborilsin.

Davolash kursi: jigar kasalliklarida 1 davolash kursi 30 kunni tashkil etadi; boshqa kasalliklarda davolash kursi pasientning holatiga bog‘liq.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Nojo‘ya reaksiyalarni rivojlanish chastotasi – preparat hatto katta dozalarda uzoq vaqt davomida qo‘llanganida ham juda pastdir. Kam hollarda pasientlarda paroksizmal toshmalar kuzatilgan.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Tiklangan glutationning natriyli tuziga o‘ta yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Preparatni V12 va K3 vitaminlari, kalsiy pantotenati, menadion, orotat kislotasi, antigistaminlar, sulfanilamid preparatlar yoki tetrasiklin bilan birga qo‘llash mumkin emas.

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparat kasalxonalarda shifokorning nazorati ostida qo‘llanilsin.

Yuborishdan oldin preparat butunlay eriganligiga va eritma rangsiz va tiniqligiga ishonch hosil qiling; tayyor bo‘lgan eritma xona xaroratida (25oS gacha) ko‘pi bilan 2 soat davomida va fiziologik eritmada eritilgan bo‘lsa, 0-5oS haroratda ko‘pi bilan 8 soat davomida saqlanishi mumkin.

Toshma, yuzni oqarishi, qon bosimini tushishi, yurak ritmini buzilishi va boshqalar kabi simptomlar rivojlanganida preparatni qo‘llashni zudlik bilan to‘xtatish kerak.

Preparatni boshqa yuborish usullari mumkin bo‘lmagan hollardagina mushak ichiga yuborish mumkin. Faqat bir joyga qayta yuborishdan saqlanish kerak.

Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi

Homiladorlik va emizish davrida preparatni qo‘llash yuzasidan ma‘lumotlar yo‘q.

Pediatriyada qo‘llanishi

Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar, chala tug‘ilgan chaqaloqlar, 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga, ayniqsa mushak ichiga yuborilganida preparatni juda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Geriatriyada qo‘llanishi

Keksa yoshdagi pasientlarga qo‘llanganida preparatning dozasini muvofiq ravishda pasaytirish va davolanish vaqtida qat‘iy nazorat qilish talab etiladi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Dozasi oshirib yuborilganida hech qanday noxush reaksiyalar kuzatilmagan.

Chiqarilish shakli

Tiklangan glutationning natriyli tuzini steril kukuni 600 mg yoki 1200mg dan xlorbutil rezini tiqini bilan berkitilgan borosilikat shisha flakonlarda. Bir flakondan tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda 20oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

NEOMARIN poroshok 1200 mg N1 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
NEOMARIN poroshok 1200 mg N1 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
NEOMARIN poroshok 1200 mg N1 dori vositasi Yaopharma Co.,Ltd tomonidan XXR mamlakatida ishlab chiqarilgan.
NEOMARIN poroshok 1200 mg N1 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
NEOMARIN poroshok 1200 mg N1 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
NEOMARIN poroshok 600 mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: XXR
  • Ishlab chiqaruvchi: Yaopharma Co.,Ltd
Narh: 39 000 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9