×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

NEOTON poroshok 1g N1

Kategoriya:
- Yurak-qon tomir
Ishlab chiqarilish joyi:
- Italiya
Faol modda:
Фосфокреатин
Qadoqda soni:
- 1
Ishlab chiqaruvchi:
- Alfasigma S.p.A.
Vakil:
- Sorrento Medical
ATX kodi:
- C01EB05
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 164 ta dorixonasida topildi

ico 187 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 220 000 s`om dan + yetkazish

Buyurtma berish

ico 205 000 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

KARDIOMAGNIL tabletkalari 150 mg+30,39 mg N100 Takeda Osteurope Holding GmbH Daniya
53 800 s`om dan
TROKSERUTIN gel 40g 2% Зеленая дубрава, ЗАО Rossiya
15 000 s`om dan
ROKSERA tabletkalari 15mg N30 Krka d.d. Sloveniya
50 000 s`om dan
AMLIPIN tabletkalari 5mg+10mg N30 World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S. Turkiya
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
NEOTON poroshok 1g N1 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

NEOTON

NEOTON

 

Qayd etish raqami:

Preparatning savdo nomi:  Neoton

Ta‘sir qiluvchi modda (XPN): fosfokreatin

Dori shakli: infuziya uchun eritma tayyorlash uchun kukun.

Tarkibi:

Faol modda: kreatin fosfatning natriyli tuzi – 1 g.

Ta‘rifi: oq kristall kukun.

Farmakoterapevtik guruhi: yurak kasalliklarini davolash uchun boshqa preparatlar.

ATX kodi: S01YeV06

 

Farmakologik xususiyatlari

Neoton – miokard va mushak to‘qimasining metabolizmini yaxshilovchi preparatdir. Kimyoviy tuzilishi bo‘yicha endogen makroergik fosfokreatinga o‘xshash. Ishemiyaga uchragan kardiomiositlar va miositlarning sarkolemmasini destruksiya jarayoniga to‘sqinlik qiladi, xujayra ichiga energiya tashilishini ta‘minlaydi. Mikrosirkulyasiyani yaxshilashi hisobiga preparat nekroz va ishemiya sohasining o‘lchamlarini kamaytiradi. Ishemiyada va postishemik reperfuziyada antiaritmik samara ko‘rsatadi, bu qorinchalarning ektopik faolligini kamayishi va Purkine tolalari xujayralarining fiziologik faoliyatini saqlanishi bilan bog‘liq.

Farmakokinetikasi

Taqsimlanishi: Vena ichiga bir martalik infuziyada preparatning qon plazmasidagi maksimal konsentrasiyasi 1-3 minut o‘tgach aniqlanadi. Preparatning eng ko‘p miqdori skelet mushaklarida, miokardda va miyada to‘planadi. Jigar va o‘pka to‘qimasida preparatni to‘planishi juda oz.

Chiqarilishi: Tez fazadagi yarim chiqarilish davri 30-35 minutni tashkil etadi; sekin fazadagi yarim chiqarilish davri bir necha soatni tashkil etadi. Buyraklar orqali chiqariladi.

 

Qo‘llanilishi

  • Quyidagilarni majmuaviy davolashda qo‘llanadi:
  • o‘tkir miokard infarkti;
  • surunkali yurak yetishmovchiligi;
  • intraoperasion miokard ishemiyasi;
  • qo‘l-oyoqlarning intraoperasion ishemiyasi;
  • o‘tkir insult;
  • sport tibbiyotida: jismoniy zo‘riqish sindromini rivojlanishini oldini olish va ekstremal jismoniy yuklamalarga moslashishini yaxshilash uchun qo‘llaniladi.

Qo‘llash usuli va dozalari

O‘tkir miokard infarktida: 1-chi sutkada venaga 2-4 g oqim bilan, keyingi 8-16 g ni
200 ml 5% glyukoza eritmasida infuziya usuli bilan tomchilab, 2 soat davomida yuboriladi. 2-chi sutkada 2-4 g dan v/i tomchilab sutkada 2 marta yuboriladi. Zarurati bo‘lganida preparatni 2 g dan sutkada 2 marta infuziya kursini 6 kun davomida o‘tkazish mumkin.

Surunkali yurak yetishmovchiligida: 10-14 kun davomida 1-2 g dan sutkada 2 marta v/i tomchilab yuboriladi.

Miokardning intraoperasion ishemiyasida: Oddiy kardioplegik eritma tarkibida 1 l da 3 g miqdorida yuboriladi. Neoton eritma tarkibiga bevosita ishlatishdan oldin aralashtiriladi. Preparatning infuziya kurslarini 2 g dan operasiyadan oldin 3-5 kun davomida kuniga ikki marta, shuningdek operasiyadan  so‘ng 1-2 kun davomida o‘tkazish tavsiya etiladi.

Oyoqlarning intraoperasion ishemiyasi rivojlanishi ehtimolida: operasiyagacha preparatning 2-4 g v/i oqim bilan, keyingi operasiya davomida va reperfuziya davrida 8-10 g ni 5% glyukoza eritmasida infuziya qilish tavsiya etiladi,

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Preparatga yuqori sezuvchanlik, arterial gipotenziya (v/i tez yuborilganida).

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • Preparatga yuqori sezuvchanlik.
  • 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Majmuaviy davolash tarkibida qo‘llanganida Neoton antiaritmik, antianginal preparatlar, shuningdek miokardning inotrop faoliyatiga ijobiy ta‘sir ko‘rsatuvchi preparatlarning samaradorligini oshishiga yordam beradi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparatni ishemiyaning birinchi belgilari namoyon bo‘lgan vaqtdan boshlab maksimal qisqa muddatlarda yuborish lozim.

Neoton yurak faoliyatining buzilishlarini shoshilinch ravishda to‘g‘rilash uchun qo‘llash mumkin emas.

Homiladorlik va laktasiya davri

Homiladorlik va laktasiya davrida preparatni xavfsizligi va samaradorligi haqida ma‘lumot yo‘q. Shunga qaramasdan, fosfokreatinni hayvonlarning reproduktiv xarakteristikalari va ona qornida rivojlanishiga toksik ta‘sir ko‘rsatmasligi ma‘lum. Agar ona uchun foyda homila uchun potensial xavfdan yuqori bo‘lsa, preparatni homiladorlik davrida qo‘llash mumkin. Emizish davrida preparatni qo‘llash zarurati bo‘lgan holda emizishni to‘xtatish kerak.

Bolalarda qo‘llanishi

18 yoshdan kichik bolalarda preparatni qo‘llash to‘g‘risida ma‘lumotlar yo‘q.

Dozani oshirib yuborilishi

Neoton preparatining dozasini oshirib yuborilishi to‘g‘risida hozirgi vaqtgacha xabar berilmagan.

Chiqarilish shakli

Neoton: infuziya uchun eritma tayyorlash uchun 1 g kristall oq kukun neytral rangsiz shisha flakonda;

Erituvchi: 50 ml in‘eksiya uchun suv neytral rangsiz shisha flakonda;

1 yoki 4 flakon Neoton preparati 1 flakon erituvchi bilan majmuada, bir martalik tibbiy tomchilagich va qo‘llash uchun yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan;

1 yoki 4 flakon Neoton preparati qo‘llash uchun yo‘riqnomasi bilan majmuada karton qutiga joylangan.

 

Saqlash sharoiti

30oS dan past haroratda saqlansin.

Bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

Preparat uchun – 3 yil, erituvchi uchun – 5 yil.

O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dorixonalardan berish tartibi

Shifokor resepti bo‘yicha beriladi.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

NEOTON poroshok 1g N1 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
NEOTON poroshok 1g N1 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
NEOTON poroshok 1g N1 dori vositasi Alfasigma S.p.A. tomonidan Italiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
NEOTON poroshok 1g N1 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
NEOTON poroshok 1g N1 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
REVARTON poroshok 1g N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Faol modda: Фосфокреатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Hebei Tiancheng Pharmaceutical Co. Ltd
Narh: 113 800 so'mdan Batafsil
LAYBOTEN poroshok 1,0g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Faol modda: Фосфокреатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Harbin Laiboten Pharmaceutical Co., Ltd
Narh: 160 700 so'mdan Batafsil
NEOTON poroshok 1g N4
Ishlab chiqaruvchining dorilari
VESSEL DUE F inyeksiya uchun eritma 600 LE/2ml N10
Narh: 340 000 so'mdan Batafsil
ALFA NORMIKS tabletkalari 200mg N12
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9