850 000 s`om dan
Dorixonalardan izlashQO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
NEOTON
NEOTON
Qayd etish raqami:
Preparatning savdo nomi: Neoton
Ta‘sir qiluvchi modda (XPN): fosfokreatin
Dori shakli: infuziya uchun eritma tayyorlash uchun kukun.
Tarkibi:
Faol modda: kreatin fosfatning natriyli tuzi – 1 g.
Ta‘rifi: oq kristall kukun.
Farmakoterapevtik guruhi: yurak kasalliklarini davolash uchun boshqa preparatlar.
ATX kodi: S01YeV06
Farmakologik xususiyatlari
Neoton – miokard va mushak to‘qimasining metabolizmini yaxshilovchi preparatdir. Kimyoviy tuzilishi bo‘yicha endogen makroergik fosfokreatinga o‘xshash. Ishemiyaga uchragan kardiomiositlar va miositlarning sarkolemmasini destruksiya jarayoniga to‘sqinlik qiladi, xujayra ichiga energiya tashilishini ta‘minlaydi. Mikrosirkulyasiyani yaxshilashi hisobiga preparat nekroz va ishemiya sohasining o‘lchamlarini kamaytiradi. Ishemiyada va postishemik reperfuziyada antiaritmik samara ko‘rsatadi, bu qorinchalarning ektopik faolligini kamayishi va Purkine tolalari xujayralarining fiziologik faoliyatini saqlanishi bilan bog‘liq.
Farmakokinetikasi
Taqsimlanishi: Vena ichiga bir martalik infuziyada preparatning qon plazmasidagi maksimal konsentrasiyasi 1-3 minut o‘tgach aniqlanadi. Preparatning eng ko‘p miqdori skelet mushaklarida, miokardda va miyada to‘planadi. Jigar va o‘pka to‘qimasida preparatni to‘planishi juda oz.
Chiqarilishi: Tez fazadagi yarim chiqarilish davri 30-35 minutni tashkil etadi; sekin fazadagi yarim chiqarilish davri bir necha soatni tashkil etadi. Buyraklar orqali chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Qo‘llash usuli va dozalari
O‘tkir miokard infarktida: 1-chi sutkada venaga 2-4 g oqim bilan, keyingi 8-16 g ni
200 ml 5% glyukoza eritmasida infuziya usuli bilan tomchilab, 2 soat davomida yuboriladi. 2-chi sutkada 2-4 g dan v/i tomchilab sutkada 2 marta yuboriladi. Zarurati bo‘lganida preparatni 2 g dan sutkada 2 marta infuziya kursini 6 kun davomida o‘tkazish mumkin.
Surunkali yurak yetishmovchiligida: 10-14 kun davomida 1-2 g dan sutkada 2 marta v/i tomchilab yuboriladi.
Miokardning intraoperasion ishemiyasida: Oddiy kardioplegik eritma tarkibida 1 l da 3 g miqdorida yuboriladi. Neoton eritma tarkibiga bevosita ishlatishdan oldin aralashtiriladi. Preparatning infuziya kurslarini 2 g dan operasiyadan oldin 3-5 kun davomida kuniga ikki marta, shuningdek operasiyadan so‘ng 1-2 kun davomida o‘tkazish tavsiya etiladi.
Oyoqlarning intraoperasion ishemiyasi rivojlanishi ehtimolida: operasiyagacha preparatning 2-4 g v/i oqim bilan, keyingi operasiya davomida va reperfuziya davrida 8-10 g ni 5% glyukoza eritmasida infuziya qilish tavsiya etiladi,
Nojo‘ya ta‘sirlari
Preparatga yuqori sezuvchanlik, arterial gipotenziya (v/i tez yuborilganida).
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Majmuaviy davolash tarkibida qo‘llanganida Neoton antiaritmik, antianginal preparatlar, shuningdek miokardning inotrop faoliyatiga ijobiy ta‘sir ko‘rsatuvchi preparatlarning samaradorligini oshishiga yordam beradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparatni ishemiyaning birinchi belgilari namoyon bo‘lgan vaqtdan boshlab maksimal qisqa muddatlarda yuborish lozim.
Neoton yurak faoliyatining buzilishlarini shoshilinch ravishda to‘g‘rilash uchun qo‘llash mumkin emas.
Homiladorlik va laktasiya davri
Homiladorlik va laktasiya davrida preparatni xavfsizligi va samaradorligi haqida ma‘lumot yo‘q. Shunga qaramasdan, fosfokreatinni hayvonlarning reproduktiv xarakteristikalari va ona qornida rivojlanishiga toksik ta‘sir ko‘rsatmasligi ma‘lum. Agar ona uchun foyda homila uchun potensial xavfdan yuqori bo‘lsa, preparatni homiladorlik davrida qo‘llash mumkin. Emizish davrida preparatni qo‘llash zarurati bo‘lgan holda emizishni to‘xtatish kerak.
Bolalarda qo‘llanishi
18 yoshdan kichik bolalarda preparatni qo‘llash to‘g‘risida ma‘lumotlar yo‘q.
Dozani oshirib yuborilishi
Neoton preparatining dozasini oshirib yuborilishi to‘g‘risida hozirgi vaqtgacha xabar berilmagan.
Chiqarilish shakli
Neoton: infuziya uchun eritma tayyorlash uchun 1 g kristall oq kukun neytral rangsiz shisha flakonda;
Erituvchi: 50 ml in‘eksiya uchun suv neytral rangsiz shisha flakonda;
1 yoki 4 flakon Neoton preparati 1 flakon erituvchi bilan majmuada, bir martalik tibbiy tomchilagich va qo‘llash uchun yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan;
1 yoki 4 flakon Neoton preparati qo‘llash uchun yo‘riqnomasi bilan majmuada karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
30oS dan past haroratda saqlansin.
Bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
Preparat uchun – 3 yil, erituvchi uchun – 5 yil.
O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Shifokor resepti bo‘yicha beriladi.