×
×
  • NEVARON inyeksiya uchun eritma 2ml N3

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

NEVARON inyeksiya uchun eritma 2ml N3

Kategoriya:
- Vitaminlar
Ishlab chiqarilish joyi:
- O'zbekiston
Qadoqda soni:
- 3
Ishlab chiqaruvchi:
- Remedy Group СП OOO
ATX kodi:
- A11A
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

64 000 s`om dan
MAGNE V6 tabletkalari 5mg N50 Sanofi Aventis France, Франция произведено: Sanofi Winthrop Industrie Frantsiya
36 000 s`om dan
SUPRADIN KIDS VOLSHEBNIYe draje N60 Bayer Consumer Care AG Germaniya
111 328 s`om dan
VITARICH sirop 200ml Saga Laboratories, Индия произведено: Stallion Laboratories Pvt. Ltd Hindiston
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
NEVARON inyeksiya uchun eritma 2ml N3 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

NEVARON

NEVARON

Preparatning savdo nomi: Nevaron

Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): tiamin gidroxloridi (V1 vitamini), piridoksin gidroxloridi (V6 vitamini), sianokobalamin (V12 vitamini).

Dori shakli: mushak ichiga in‘eksiya uchun eritma.

Tarkibi:

preparatning har bir ampulasi (2 ml) kuyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: tiamin gidroxloridi (V1 vitamini) – 150 mg; piridoksin gidroxloridi (V6 vitamini) – 100 mg; sianokobalamin (V12 vitamini) – 1 mg;

yordamchi moddalar: benzil spirti, natriy edetati, rN 3,5-4,5 gacha bo‘lgan natriy gidroksidining 1 M eritmasi, in‘eksiya uchun suv 2 ml gacha.

Ta‘rifi: qizil rangli tiniq eritma.

Farmakoterapevtik guruhi: Vitaminlar.

ATX kodi: A11DB

Farmakologik xususiyatlari

Nevaron majmuaviy preparatdir. Nevaron preparatining farmakologik xususiyatlari uning tarkibiga kiruvchi uchta V guruh vitaminlarining biologik samarasiga bog‘liq. V guruh vitaminlari oqsil, yog‘ va uglevod almashinuvini boshqaruvchi tizimlar komponenti hisoblanadi. Har bir vitamin ma‘lum bir biologik ahamiyatga ega. Ularning muvozanatli miqdorda organizmga kirishi metabolik jarayonlarning kechishi uchun muhim.

Odam organizmidagi tiamin gidroxloridi (V1 vitamini) fosforlanish jarayonlari natijasida ko‘pgina fermentativ reaksiyalarniig kofermenti hisoblangan kokarboksilazaga aylanadi. Tiamin organizmdagi oqsil, yog‘ va uglevod almashinuvida muhim o‘rinni egallaydi. Nerv tizimi, yurak, mushaklar to‘qimalaridagi va qonning shaklli elementlaridagi barcha metabolik jarayonlarda, sinapslardagi nerv impulsi o‘tkazilishi jarayonlarida ishtirok etadi.

Piridoksin gidroxloridi (V6 vitamini) markaziy va periferik nerv tizimining normal faoliyatini ushlab turish uchun zarur. Piridoksin organizm tomonidan to‘yinmagan yog‘ kislotalarining o‘zlashtirilishini yaxshilaydi, nerv tizimi, jigar, qon yaratilish faoliyatlarga ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi. Fosforlangan shaklda aminokislotalar metabolizmida (dekarboksillanish, transaminlanish va boshqalar) koferment hisoblanadi. Piridoksin nerv-mushak o‘tkazuvchanligini, mushaklar qisqaruvchanligini normallashtiradi, tirishishlar rivojlanishiga to‘sqinlik qiluvchi oltingugurt saqlovchi aminokislotalar – taurinning (metionin va sisteindan iborat) sinteziga yordam beradi. Neyromediatorlar: dopamin, noradrenalin, adrenalin, serotonin, gistamin va GABA biosintezida ishtirok etadi. Lipidlar almashinuvini normallashishiga yordam beradi.

Sianokobalamin (V12 vitamini) normal qon yaratilishi va eritrositlarni yetilishi uchun zarur. U shuningdek, bir qator biokimyoviy reaksiyalarda ishtirok etadi, organizmdagi metil guruhi tashilishida, nuklein kislotalar, oqsillar sintezi, aminokislotalar, uglevod, lipidlar almashinuvi faoliyatini ta‘minlaydi. Sianokobalamin nerv tizimidagi metabolik jarayonlarga (RNK, DNK, mielinning sinteziga, serebrozidlar va fosfolipidlarning lipid tarkibiga) ta‘sir ko‘rsatadi. Sianokobalamin uning periferik qismining zararlanishlari bilan bog‘lik bo‘lgan og‘riqlarni kamaytiradi. Sianokobalamin, metilkobalamin va adenozilkobalaminning koferment shakllari hujayralar o‘sishi va replikasiyasi uchun zarurdir. Qondagi xolesterin konsentrasiyasini kamaytiradi. Jigar faoliyatiga ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi. To‘qimalarning regenerasiya qobiliyatini oshiradi.

Farmakokinetikasi

V1 vitamini. Mushak ichiga in‘eksiyadan so‘ng qonga tez o‘tadi. Jigarda fosforlanishga uchraydi. Jigar, yurak, bosh miya, buyraklar, taloqda to‘planadi, biroq ularning organizmdagi zahiralari kam. Yo‘ldosh to‘sig‘idan o‘tadi va ko‘krak sutida aniqlanadi. Ichak va buyraklar orqali chiqariladi.

V6 vitamini. Jigarda farmakologik faol metabolitlar (piridoksalfosfat va piridoksaminofosfat) hosil bo‘lishi bilan metabolizmga uchraydi. Piridoksalfosfat plazma oqsillari bilan 90% bog‘lanadi. Barcha to‘qimalarga yaxshi o‘tadi; asosan jigarda, kamroq esa mushaklar va MNT da to‘planadi. Yo‘ldosh orqali o‘tadi, ko‘krak suti bilan ajraladi. T½ – 15-20 kunni tashkil etadi. Buyraklar orqali, shuningdek gemodializ jarayonida chiqariladi.

V12 vitamini. Mushak ichiga yuborilgandan keyin plazmadagi cho‘qqi konsentrasiyasiga      60 minutdan so‘ng erishiladi. Qonda, uni to‘qimalarga tashuvchi maxsus oqsillar – transkobalaminlar bilan bog‘lanadi. Asosan jigarda to‘planadi. Buyraklar faoliyati normal bo‘lganida 7–10% buyraklar orqali, taxminan 50% ahlat massalari bilan; buyraklar faoliyati pasayganida 0-7% buyraklar orqali, 70-100% ahlat massalari bilan chiqariladi. Yo‘ldosh to‘sig‘idan o‘tadi va ko‘krak sutida aniqlanadi.

Qo‘llanilishi

Turli genezli nerv tizimining kasalliklarini simptomatik davolash:

  • nevritlar, nevralgiya, mialgiya, ishialgiya, periferik parezlar va falajlar, retrobulbar nevrit, yuz nervining parezlari, lyumbago, pleksitlar, kovurg‘alararo nevralgiya, uch shoxli nerv nevralgiyasi, yon amiotrofik skleroz, tarqalgan skleroz, bolalar serebral falaji, markaziy va periferik nerv tizimining shikastlanishi;
  • V1, V6, V12 gipo- va avitaminozlari;
  • diabetik polineyropatiya;
  • V1, V6, V12 vitaminlarining tanqisligi bilan bog‘liq tizimli kasalliklar;
  • Birmer kasalligi (pernisioz anemiya);
  • Beri-Beri kasalligi (quruq va nam);
  • gerpetik shikastlanishlar (o‘rab oluvchi temiratki va boshqalar);
  • ensefalopatiyalar (diabetik, alkogol va boshqalar);
  • bo‘g‘im kasalliklari: artrit, osteoartroz, osteoxondroz, revmatizm, revmatoid artrit;
  • vitaminlar metabolizmini kuchaytiruvchi (antibiotiklar, izoniazid qatori tuberkulyozga qarshi preparatlar, tutqanoqqa qarshi preparatlar va boshqalar) preparatlar bilan davolashda chaqirilgan, tegishli vitaminlarning tanqisligi;
  • chegaralovchi parhezlarga rioya qilganda, oziqlanish disbalansida, isitmada, surunkali kasalliklarda, jadal jismoniy yuklamalarda va kuchli toliqishda, operasiyadan keyingi vitaminlar tanqisligida;
  • ateroskleroz, yurak ishemik kasalligi, gepatit, xolesistit, qandli diabetni majmuaviy davolash tarkibida;
  • oftalmologiyada (katarakta, ko‘z qorachig‘i yarasi, irit, keratit, gemeralopiya, kon‘yunktivit) qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Nevaron preparatini qo‘llash davomiyligi va dozalash tartibi shifokor tomonidan belgilanadi. Nevaronni 1 ampuladan mushak ichiga sutkada 1 marta parenteral yuboriladi. In‘eksiya uchun eritma mushak ichiga chuqur yuboriladi. Ayrim holatlarda Nevaronni         2-3 kunda 1 in‘eksiyadan buyuriladi. Davolash kursi bemor holatiga qarab o‘zgaradi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Alohida holatlarda – o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari (teri toshmasi, nafas buzilishlari, Kvinke shishi). Bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi, aritmiyalar, tirishishlar ko‘rinishidagi tizimli reaksiyalar, juda tez parenteral yuborilganda yoki dozasi oshirib yuborilgan holatlarda rivojlanishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik. Homiladorlik va laktasiya davri. Surunkali yurak yetishmovchiligining og‘ir va o‘tkir shakllari. 10 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Nevaronni levadopa qabul qilayotgan bemorlarga buyurish mumkin emas, chunki V6 vitamini parkinsonizmni davolash uchun preparatning ta‘sirini susaytiradi. Piridoksin shuningdek, qondagi tirishishga qarshi preparatlarning (fenitoin, fenobarbital va boshqalar) konsentrasiyasini pasaytirishi mumkin. Alkogolni iste‘mol qilish, kontraseptiv vositalar, siydik haydovchi preparatlarni qo‘llash tiaminning darajasini pasaytirishi mumkin. Magniy saqlovchi preparatlarni ko‘shimcha qabul qilish maqsadga muvofik, chunki magniy tiaminni uning faol shakliga aylanishi uchun zarurdir. Alkogol, azot oksidi, umumiy anestetiklar, tutqanoqqa qarshi vositalar qondagi V12 vitaminining darajasini pasaytirishi mumkin. Sianokobalamin og‘ip metall tuzlari bilan nomutanosib.

Maxsus ko‘rsatmalar

Nevaronni orqa miyaning nimo‘tkir degenerasiyasining yashirin simptomlari paydo bo‘lishi mumkinligi tufayli, tashhisni aniqlamasdan buyurish mumkin emas. Yurak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarga Nevaron bemor xolatiga qarab shaxsiy ravishda buyuriladi.

Homiladorlik va emizish davriga qo‘llanishi.

Nevaronni homiladorlik va emizish davrida qo‘llash mumkin emas.

Avtotransportni va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri.

Preparat pasientning psixofizik holatini o‘zgartirishini chaqirmaydi, avtotransportni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘sir ko‘rsatmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozaning oshirib yuborilishi

V guruhi vitaminlarini qo‘llanganda dozani oshirib yuborilishi juda kam kuzatiladi, chunki ular suvda eruvchan va ularning ortiqcha miqdori siydik bilan chiqariladi. Simptomlari: nojo‘ya ta‘sirlari kuchayishi mumkin (dozasini kamaytirish yoki preparatni bekor qilish kerak).

Davolash: simptomatik.

Chiqarilish shakli

Mushak ichiga in‘eksiya uchun eritma, 2 ml dan ampulalarda. O‘ramda 3 yoki 5 ampuladan o‘ramda.

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

NEVARON inyeksiya uchun eritma 2ml N3 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
NEVARON inyeksiya uchun eritma 2ml N3 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
NEVARON inyeksiya uchun eritma 2ml N3 dori vositasi Remedy Group СП OOO tomonidan O'zbekiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
NEVARON inyeksiya uchun eritma 2ml N3 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
NEVARON inyeksiya uchun eritma 2ml N3 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
Narh: 19 200 so'mdan Batafsil
FERRAT S sirop 100ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group СП OOO
Narh: 64 500 so'mdan Batafsil
FERRAT S inyeksiya uchun eritma 100mg/2ml N3
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group СП OOO
Narh: 37 300 so'mdan Batafsil
AZIREM suspenziya 15ml 200mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group СП OOO
IZIFER sirop 100ml
Narh: 58 200 so'mdan Batafsil
ASTANOL tabletkalari 5mg N10
ASTANOL tabletkalari 10mg N10
ALLEGRA sirop 50ml 5mg/5ml
LEFTRIN NEO infuziya uchun eritma 200ml 1000mg/200ml
SIAZIT kapsulalar 500mg N3
SIAZIT kapsulalar 250mg N6
ZANEKSA kapsulalar 250mg N6
ZANEKSA kapsulalar 500mg N3
Narh: 37 000 so'mdan Batafsil
SINAFULL NEO tabletkalari 5mg N10
Narh: 37 000 so'mdan Batafsil
IXTIOLOVAYA maz 25g 10%
Narh: 2 800 so'mdan Batafsil
SIAZOL tabletkalari 400mg N1
Narh: 23 500 so'mdan Batafsil
Narh: 25 800 so'mdan Batafsil
ENSEFAKOLIN NEO eritma 4ml 1000mg/4ml N5
SIKOL eritma 4ml 1000mg/4ml N5
Narh: 143 500 so'mdan Batafsil
SIKOL eritma 2ml 500mg/2ml N5
SEBROGEN eritma 5ml N5
Narh: 248 600 so'mdan Batafsil
BRALIN eritma 4ml 1000mg/4ml N5
Narh: 115 000 so'mdan Batafsil
OFLOKORT infuziya uchun eritma 100ml 200mg/100ml
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9