Gamma - aminomoy kislotasi (GAMK) – kontsentrasiyasi bosh miya to'qimasida yuqori darajada bo'lib, MNTda asosiy tormozlantiruvchi neyrotransmitter vazifasini bajaradi. Gamma - aminomoy kislota miyaning metabolizmini yaxshilaydi, nootrop, sedativ va tirishishga qarshi ta'sir ko'rsatadi. Bu bosh miyaning tomir kasalliklarida, intelektual faoliyatda, entsefalopatiyada, depressiyada muximdir. Ekstremal xolatlarda GAMK parchalanib katta energiya beradi, bu miyaning maksimal ishlashiga yordam beradi. Tormozlanish jarayonlarining me'yorlashishi; xarakat faolligini boshqarish; bosh miyada nerv jarayonlarining dinamikasi; aqliy samaradorlik, xotirani yaxshilash, o'qishga layoqatni oshishi, uyquni yaxshilash, miyada qon aylanishi tufayli buzilgan xarakat va nutq tiklanishiga yordam beradi.
Ginkgo Biloba – miyada qon aylanish mikrosirkulyasiyasini faollanishini yaxshilaydi. Bosh miyani glyukoza va kislorod bilan ta'minlaydi, vena va arteriyalarni tonusga olib kelishini oldini oladi va qon oqimini yaxshilaydi (trombositlarni yopishib qolishini oldini oladi), trombositlar faolligini to'xtadi, shishlarga qarshi sezilarli ta'sir ko'rsatadi; erkin radikallarning shakllanishini oldini oladi, neyromediatorlarning chiqarilishi va katabolizmiga, ularning membrana reseptorlari bilan bog'lanish qobiliyatiga yordam beradi.
Glisin - shartli alishtirib bo'ladigan aminokislota, tormozlantiruvchi Markaziy neyromediator vazifasini bajaradi. Miya to'qimalarida metabolik jarayonlarni yaxshilaydi, antidepressiv va sedativ ta'sir ko'rsatadi. Glutamat reseptorlar regulyatori hisoblanadi, Markaziy nerv tizimi faoliyatini me'yoriga keltiradi va faollashtiradi, psixoemosional bosimni, agressiyani va zardakilikni kamaytiradi; adaptasiya va kayfiyatni yaxshilaydi; uyquni yaxshilaydi; aqliy faoliyatni oshiradi; vegato - tomir buzilishlarini kamaytiradi (klimakterik xolatda xam) va ishemik insult va miya shikastlanishida samarali foyda beradi.
Glutamin kislotasi – shartli alishtirib bo'ladigan aminokislota. Bosh miyada yuqori metabolik faol neyromediator vazifasini bajaradi, modda almashinuvining oksidlanish - tiklanish jarayoniga ijobiy ta'sir ko'rsatadi, oqsillar almashinuvida qatnashadi. Bu neyromediator molekula bo'lib, MNT sinapslarida qo'zg'alishning uzatilishini rag'batlantiradi, ammiakni bog'laydi va chiqarilishiga yordam beradi. Miofibrill tarkibiy qismlaridan biri bo'lib, boshqa aminokislotalar, atsetilxolin, ATF, mochevina sintez qilish jarayonida ishtirok etadi, kaliy ionlarining o'tishini ta'minlaydi, skelet muskullari faoliyatini yaxshilaydi. Tanani gipoksiyaga chidamliligini oshiradi. Gepato ximoya jarayonini yaxshilaydi, oshqozonning sekretor funktsiyasini kamaytiradi.
Vitamin V2 (riboflavin) - eritrositlarni, antitelalarni xosil bo'lishini, o'sishini boshqarishda, organizmdagi reproduktiv funktsiyalarni tartibga solish uchun zarur. U butun organizmni sog'lom bo'lishiga; terining, tirnoqlarning, sochlarning o'sishi, sog'lom bo'lishi va qalqonsimon bezning funktsiyasi uchun zarur.
Vitamin V3(nikotin kislotasi)-organizmda nikotinamidga aylanadi, u vodorod tashuvchi I va II kodegirogenazlar (NAD va NADF) kofermenti bilan bog'lanadi, yog'lar, oqsillar, aminokislotalar, purinlar almashinuvida, to'qimalarning nafas olishida, glikogenozada va biosintez jarayonlarida ishtirok etadi.
Vitamin V12 (tsianokobalamin) - normal qon yaratish uchun zarur – eritrosit hujayralarining etilishiga yordam beradi.
Jigar va asab tizimining faoliyatiga foydali ta'sir ko'rsatadi. To'qimalarning yangilanish qobiliyatini oshiradi.
Vitamin V6 (piridoksin) - asosan metabolizmda stimulyator sifatida ishlatiladi. U aminokislotalarni qayta ishlashda ishtirok etadi va oqsillarni o'zlashtirilishini tartibga soladi. Piridoksinni qon hujayralarining rang beruvchi pigmenti – gemoglobin ishlab chiqarishda ishtirok etadi va hujayralarni glyukoza bilan ta'minlanishida ishtirok etadi.
Gopanten kislotasi – miyaning gipoksiyaga va toksik moddalar ta'siriga chidamligini oshiradi, neyronlardagi anabolik jarayonlarni rag'batlantiradi, o'rtacha sedativ ta'sirini yumshoq natijasini beradi, xatti – xarakatni tartibga solib qo'zg'aluvchanligini pasaytiradi. Aqliy va jismoniy ish faoliyatini oshiradi.