×
×
  • NIFUROKSAZID GR kapsulalar  200mg N30

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

NIFUROKSAZID GR kapsulalar 200mg N30

Kategoriya:
- Hazm qilish va moddalar almashinuvi tizimi
Ishlab chiqarilish joyi:
- O'zbekiston
Qadoqda soni:
- 30
Ishlab chiqaruvchi:
- Grace pharma, ООО
ATX kodi:
- A07AX03
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

UGOL AKTIVIROVANNIY tabletkalari 250mg N10 ИРБИТСКИЙ ХИМФАРМЗАВОД, ОАО Rossiya
690 s`om dan
KALSEMIN SILVER tabletkalari N120 Bayer Consumer Care AG Germaniya
127 996 s`om dan
MYATI PERECHNOY LISTYa sire 50g Asel, ЧП O'zbekiston
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
NIFUROKSAZID GR kapsulalar 200mg N30 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

NIFUROKSAZID

NIFUROXAZIDE

Preparatning savdo nomi: Nifuroksazid

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): nifuroksazid

Dori shakli: plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar

Tarkibi:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

Ta‘sir etuvchi modda: nifuroksazid, 100% moddaga qayta hisoblanganda – 200 mg;

Yordamchi moddalar: mikrokristallik sellyuloza; povidon; laktoza monogidrati; kalsiy stearati; qobiq uchun aralashma “Opadry II Yellow” 33G22623 quyidagilarni saqlaydi: gipromelloza; laktoza monogidrati; titan dioksidi (Ye 171); polietilenglikol 3000 (makrogol); triasetin; xinolin sarig‘i (Ye 104); sariq shafaq FCF (Ye 110); temir (II)-oksidi (Ye 172); indigokarmin (Ye 132).

Ta‘rifi: oval shaklga ega, ikki tomoni qavariq yuzali, tabletkaning bir tomonida riskasi, boshqa tomonida “KMP” yozuvi bo‘lgan sariq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar. Ikkiga bo‘linganida yorqin sariq rangli yadrosi ko‘rinadi.

Farmakoterapevtik guruhi: Ichak infeksiyalarida qo‘llanadigan mikroblarga qarshi vosita. Nifuroksazid.

ATX kodi: A07AX03

Farmakologik hususiyatlari

Farmakodinamikasi

Nifuroksazid – 5-nitrofuranlar guruhiga mansub bo‘lgan mikroblarga qarshi preparat bo‘lib, ichak antiseptiklariga kiradi. Degidrogenazalarning faolligini bloklaydi, hujayra nafasi, uch karbon kislotalar sikli jarayonlarini susaytiradi, shuningdek mikrob hujayrasida oqsil sintezini buzadi. Mikroorganizmlar tomonidan toksinlarni ishlab chiqarilishini kamaytiradi. O‘rtacha terapevtik dozalarda bakteriostatik faollik namoyon qiladi, yuqoriroq dozalarda esa – bakterisid ta‘sir qiladi.

Preparat Staphylococcus oilasiga mansub bo‘lgan grammusbat mikroorganizmlar va Enterobacteriaceae oilasiga mansub bo‘lgan grammanfiy mikroorganizmlar (Ecsherichia, Citrobacter, Enterobacter, Klebsiella, Salmonella, Shigella, Yersinia), shuningdek Vibrio cholerae ga nisbatan namoyon etadi. Pseudomonas qatori va Proteus qatori bakteriyalari (Proteus inconstans turi) va Providentia alcalifaciens turi A kichik guruhining shtammlariga nisbatan faol emas.

Farmakokinetikasi

Ichga qabul qilingandan so‘ng nifuroksazid ovqat hazm qilish yo‘llarida so‘rilmasdan, ichakda ta‘sir etuvchi modda yuqori konsentrasiyalarni hosil qiladi. Qon plazmasida preparatning juda kam konsentrasiyasi aniqlanadi; ozgina miqdori siydikda o‘zgarmagan holda aniqlanadi. Axlat bilan chiqariladi. Chiqarilish tezligi preparatning qabul qilingan dozasiga va ovqat hazm qilish yo‘lining motorikasiga bog‘liq.

Qo‘llanilishi

Infeksion diareya, surunkali kolitlar va infeksion etiologiyali enterokolitlar, ichak disbakteriozini kompleks davolash tarkibida qo‘llanadi; jarrohlik aralashuvlarida me‘da-ichak yo‘llari tomonidan kuzatiladigan infeksion asoratlarni oldini olish uchun qo‘llanadi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Nifuroksazid ovqatlanishdan qat‘iy nazar, peroral qo‘llanadi. Kattalar va 7 yoshdan oshgan bolalar – 1 tabletkadan sutkada 3-4 marta (sutkalik dozasi – 600-800 mg).

Davolash kursi – 7 kundan oshmasligi kerak.

Nojo‘ya ta‘sirlari

A‘zolar va a‘zolar tizimi tomonidan buzilishlar kam hollarda rivojlanishi mumkin:

Qon yaratish va limfa tizimi tomonidan: granulositopeniyani bir marta uchragan holati ta‘riflangan.

Ovqat hazm qilish yo‘llari tomonidan: nifuroksazidga individual o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari, qorinda og‘riq, ko‘ngil aynishi, qusish va diareyani zo‘rayishi bilan namoyon bo‘ladi. Ahamiyatsiz jadallikdagi shunday simptomlar paydo bo‘lganida maxsus davolash o‘tkazish yoki nifuroksazidni to‘xtatish zarurati yo‘q, chunki simptomlar tezda kamayadi. Agar reaksiyalarni zo‘rayishi yaqqol bo‘lsa, nifuroksazid qabul qilishni to‘xtatish kerak. Keyinchalik bemor nifuroksazid va boshqa nitrofuran hosilalarini qabul qilishdan saqlanishi kerak.

Allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin, ular odatda terida o‘zgarishlar (teri toshmasi, qichishishi, eshakemi, po‘rsildoq) kuzatiladi. Yagona hollarda og‘ir darajadagi o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari, shu jumladan angionevrotik shish va anafilaktik shok rivojlanishi mumkin.

Preparat sariq shafaq FCF (Ye 110) bo‘yovchisini saqlaydi, u allergik reaksiyalarni chaqirishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

5-nitrofuran hosilalariga va/yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Nifuroksazid bilan davolanish vaqtida qizib ketish hissi, terini qizarishi, quloqlarni shang‘illashi, nafasni qiyinlashishi, taxikardiya, qo‘rquv hissi bilan namoyon bo‘ladigan disulfiramsimon reaksiya rivojlanishi mumkinligi tufayli, alkogol va spirt saqlovchi preparatlarni iste‘mol qilish mumkin emas.

Nifuroksazid kuchli adsorbsion hususiyatlarga ega ekanligi sababli, boshqa peroral dori vositalarni bir vaqtda (bir vaqtning o‘zida) qabul qilishdan saqlanish kerak.

Maxsus ko‘rsatmalar

Nifuroksazidni 7 kundan ortiq qo‘llash tavsiya etilmaydi. Davolash boshlanganidan so‘ng diareya 3 kundan ortiq davom etganida, simptomlarning rivojlanish sababini aniqlash maqsadida diagnostikani kuchaytirish kerak. Antibiotiklar bilan davolash zarurati tug‘ilishi mumkin.

Preparat septisemiya bilan asoratlangan ichak infeksiyalarini davolash uchun monoterapiya sifatida buyurilmaydi. Suvsizlanish simptomlari bo‘lganida Nifuroksazidni qo‘llash bilan birga regidratasiya o‘tkazish kerak.

Og‘ir darajadagi invaziv diareyada antibiotik yuborish kerak, chunki nifuroksazid me‘da-ichak yo‘llaridan so‘rilmaydi.

O‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari (hansirash, teri toshmalari, qichishishi) paydo bo‘lganida nifuroksazid qabul qilishni to‘xtatish kerak.

Davolanish vaqtida ma‘lum parhezga rioya qilish kerak: sharbatlar, yangi uzilgan sabzavotlar va mevalar, achchiq va qiyin hazm bo‘ladigan mahsulotlar istisno etiladi. Preparatning tarkibida laktoza mavjud. Uglevodlar almashinuvini kam uchraydigan nasliy buzilishlari, xususan galaktozani o‘zlashtirolmaslik, Lapp-laktaza yetishmovchiligi yoki glyukoza-galaktoza malabsorbsiya sindromi bo‘lgan pasientlarga ushbu preparatni qabul qilish mumkin emas.

Preparatning tavsiya etilgan dozasini oshirish mumkin emas.

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi. Agar ona uchun kutilgan samara homila uchun potensial xavfdan ustun bo‘lsa, preparatni homiladorlik davrida qo‘llash mumkin.

Nifuroksazidni me‘da-ichak yo‘llaridan so‘rilmasligi va ko‘krak sutiga o‘tmasligi ma‘lumdir, biroq yetarli klinik ma‘lumotlar yo‘qligi sababli, emizish davrida preparatni buyurishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Bolalar. Nifuroksazid 200 mg tabletkalar 7 yoshdan oshgan bolalarda qo‘llanadi. 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nifuroksazidning boshqa dori shakli buyuriladi.

Avtotransport yoki boshqa mexanizmlarni boshqarishda reaksiya tezligiga ta‘sir qilish hususiyati. Nifuroksazid avtotransportni boshqarishda yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaksiya tezligiga ta‘sir qilmaydi.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborilish simptomlari noma‘lum. Dozasi oshirib yuborilganda me‘dani yuvish va simptomatik davolash tavsiya etiladi.

 

Chiqarilish shakli

10 tabletkadan blisterda, 1 blister qutida.

Saqlash sharoiti

Original o‘ramda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan xaroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

NIFUROKSAZID GR kapsulalar 200mg N30 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
NIFUROKSAZID GR kapsulalar 200mg N30 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
NIFUROKSAZID GR kapsulalar 200mg N30 dori vositasi Grace pharma, ООО tomonidan O'zbekiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
NIFUROKSAZID GR kapsulalar 200mg N30 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
NIFUROKSAZID GR kapsulalar 200mg N30 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
BOYARISHNIKA nastoyka 50ml
Narh: 2 200 so'mdan Batafsil
BOYARISHNIKA nastoyka 25ml
Narh: 750 so'mdan Batafsil
SALISILOVAYA KISLOTA eritma 25ml 1%
Narh: 1 100 so'mdan Batafsil
GRESTAL tabletkalari N10
TRIFALGAN tabletkalari N10
PUSTIRNIKA nastoyka 40ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Grace Pharma, ООО
Narh: 2 200 so'mdan Batafsil
VERONAS kapsulalar N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Grace pharma, ООО
PUSTIRNIKA nastoyka 25ml
Narh: 1 000 so'mdan Batafsil
ENTEROSILOS sirop 150ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Grace pharma, ООО
ENTEROSILOS sirop 120ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Grace pharma, ООО
ENTEROSILOS sirop 90ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Grace pharma, ООО
ENTEROSILOS kapsulalar N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Grace pharma, ООО
ENTEROSILOS kapsulalar N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Grace pharma, ООО
ENTEROSILOS kapsulalar N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Grace pharma, ООО
FEMIKAS kapsulalar N60
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Grace pharma, ООО
FEMIKAS kapsulalar N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Grace pharma, ООО
FEMIKAS kapsulalar N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Grace pharma, ООО
FEMIKAS kapsulalar N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Grace pharma, ООО
SENADEKSIN GR tabletkalari N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Grace Pharma, ООО
SENADEKSIN GR tabletkalari N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Grace Pharma, ООО
SENADEKSIN GR tabletkalari N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Grace Pharma, ООО
PUSTIRNIKA nastoyka 30ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Grace Pharma, ООО
ORVIFLYU eritma 22,1g N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Grace pharma, ООО
NOFLU tabletkalari N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Grace pharma, ООО
NOFLU tabletkalari N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Grace pharma, ООО
Другие формы препарата
NIFUROKSAZID 0,2/5ML suspenziya dlya priema vnutr 100ml
NIFUROKSAZID tabletkalari
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9