×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

NOVAZIT tabletkalari 250mg N6

Kategoriya:
- Antibiotiklar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Faol modda:
Азитромицин
Qadoqda soni:
- 6
Ishlab chiqaruvchi:
- Baroque Pharmaceuticals Pvt. Ltd
ATX kodi:
- J01FA10
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

EKSAGIN tabletkalari N7 Helba Pharmaceuticals Inc. Co., Турция произведено: Merkez Laboratory Pharmaceutical and Trade Co. Turkiya
89 600 s`om dan
BISEPTOL suspenziya 80ml 240mg/5ml Medana Pharma S.A. Polsha
25 200 s`om dan
OKVINOV infuziya uchun eritma 100ml 2mg/ml VMG Pharmaceuticals Pvt. Ltd Hindiston
TAVANIK tabletkalari 500mg N5 Sanofi Winthrop Industrie Frantsiya
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
NOVAZIT tabletkalari 250mg N6 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

NOVAZIT

NOVAZIT

 

Preparatning savdo nomi: Novazit

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): azitromisin digidrati

Dori shakli: plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar 250 mg va 500 mg dan

Tarkibi:

1 kapsula quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: azitromisin digidrati 250 mg yoki 500 mg;

yordamchi moddalar: laktoza, kraxmal, magniy stearati, mikrokristall sellyuloza, natriy benzoati, talk, xinolin sarig‘i, natriy kroskarmelozasi, kraxmal natriy glikolati, suvsiz kremniy kolloidi.

Ta‘rifi: Novazit 250 – sariq rangli dumaloq ikkiyoqlama qavariq, ikki tomoni tekis, plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Novazit 500 – sariq rangli oval shaklli, ikki tomoni tekis, plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: antibiotik (makrolidlar guruhi)

ATX kodi: J01FA10

Farmakologik xususiyatlari

Keng ta‘sir doirasiga ega antibiotik. Makrolid antibiotiklarining yangi kichik guruhi – azalidlarning birinchi vakilidir. Bakteriostatik ta‘sir namoyon etadi.

Ribosomalarning 50S subbirligi bilan bog‘lanadi, peptidtranslokazani translyasiya bosqichida cusaytiradi va oqsil sintezini bostiradi, bakteriyalarning o‘sishi va ko‘payishini sekinlashtiradi. Yallig‘lanish o‘chog‘ida preparat yuqori konsentrasiyalarda to‘planganida yoki  hosil bo‘lganida bakterisid ta‘sir ko‘rsatadi. Azitromisinga quyidagilar sezgir:

grammusbat kokklar: Streptococcus pneumoniae, St. pyogenes, St.agalactiae, CF va G guruhi streptokokklari, Straphylococcus aureus, St.viridans; grammanfiy bakteriyalar: Haemophilus influenzae, Moraxella catarrhalis, Bordetella pertussis, B.parapertussis, Legionella pneumophila, H.ducrei, Campylobacter jejuni, Neisseria gonorrhoeae va Gardnerella vaginalis;

ayrim anaerob mikroorganizmlar: Bacteroides bivius, Clostridium perfrtngens, Peptostreptococcus spp.;

shuningdek Chlamydia trachomatis, Mycoplasma pneumoniae, Ureaplasma urealyticum, Treponema pallidum, Borrelia burgdorferi.

Azitromisin eritromisinga chidamli grammusbat bakteriyalarga nisbatan faol emas.

 

Farmakokinetikasi

Kislotali muhitga chidamli, lipofil, me‘da-ichak yo‘llaridan tez so‘riladi. 500 mg bir marta qabul qilinganidan keyin biokiraolishligi – 37% («birinchi o‘tish» samarasi), maksimal konsentrasiya (Smax) (0,4 mg/l) 2-3 soatdan keyin hosil bo‘ladi, ehtimoliy taqsimlanish hajmi – (Vd) 31,1 l/kg, oqsillar bilan bog‘lanishi qondagi konsentrasiyasiga teskari proporsional va 7-50% ni tashkil qiladi, yarim chiqarilish davri (T1/2) – 68 soat. Plazmadagi barqaror darajasiga 5-7 kundan keyin erishiladi. Gistogematik to‘siqlar orqali oson o‘tadi va to‘qimalarga tushadi. Shuningdek fagositlar, polimorfyadroli leykositlar va makrofaglar tomonidan infeksiya joyiga tashiladi va u yerda ajralib chiqib bakteriyalarga ta‘sir etadi.

Hujayra membranalari orqali o‘tadi (xujayra ichidagi qo‘zg‘atuvchilar chaqirgan infeksiyalarda samarali). To‘qimalar va hujayralardagi konsentrasiyasi plazmadagiga nisbatan 10-50 marta yuqori, infeksiya o‘chog‘ida esa – sog‘lom to‘qimalardagiga qaraganda 24-34% yuqori.

Yuqori (antibakterial) darajasi oxirgi doza qabul qilinganidan keyin to‘qimalarda 5-7 kun davomida saqlanadi. Ovqat qabul qilish preparatni farmakokinetikasini (dori shakliga qarab) ahamiyatli darajada o‘zgartiradi: kapsulalarda – Smax (52% ga) va “konsentrasiya-vaqt” egri chiziq ostidagi maydoni (AUC) (43% ga) pasayadi; suspenziyalarda – Smax (46% ga) va AUC (14% ga) oshadi; tabletkalarda – Smax (31% ga) oshadi, AUC o‘zgarmaydi. Jigarda metil guruhini yo‘qotib, faolligini yo‘qotadi. Plazma klirensi – minutiga 630 ml. 50% safro bilan o‘zgarmagan holda, 6% – siydik bilan chiqariladi. Keksa yoshdagi erkaklarda farmakokinetik parametrlari o‘zgarmaydi, ayollarda – Smax (30-50% ga) oshadi, 1-5 yoshli bolalarda – Smax, Tl/2, AUC pasayadi.

Qo‘llanilishi

Preparatga sezgir mikroorganizmlar chaqirgan quyidagi infeksion — yallig‘lanish kasalliklar:

  • nafas yo‘llarining yuqori bo‘limlarining va LOR-a‘zolarining infeksiyalari (angina, sinusit, tonzillit, o‘rta otit);
  • skarlatina;
  • nafas yo‘llarining quyi bo‘limlarining infeksiyalari (bakterial va atipik pnevmoniyalar, bronxit);
  • teri va yumshoq to‘qimalarning infeksiyalari (saramas, impetigo, ikkilamchi infeksiyalangan dermatozlar);
  • siydik-tanosil yo‘llarining infeksiyalari (asoratlanmagan uretrit va/yoki servisit);
  • Laym kasalligi (borrelioz), boshlang‘ich bosqichini davolash uchun (erythema migrans);
  • me‘da va o‘n ikki barmoq ichakning Helicobacter pylori bilan assosiasiyalangan kasalliklarida qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Azitromisin ichga, sutkada 1 marta qabul qilinadi. Preparatni albatta ovqatdan 1 soat oldin yoki ovqatdan 2 soat keyin, yetarli miqdordagi suyuqlik bilan qabul qilish kerak.

Nafas yo‘llarining yuqori va quyi bo‘limlarining, teri va yumshoq to‘qimalarining infeksiyalarida – sutkada 500 mg dan 3 kun davomida (kurslik doza – 1,5 g).

Asoratlanmagan uretrit va/yoki servisitda – bir marta 1 g.

Layma (borrelioz) kasalligida boshlang‘ich bosqichini (erythema migrans) davolash uchun – birinchi kuni 1 g dan va 500 mg dan har kuni, 2-nchi kundan 5-nchi kungacha (kurslik dozasi – 3 g).

Me‘da va o‘nikki barmoq ichakning Helicobacter pylori bilan assosiasiyalangan yara kasalligida – sutkada 1 g dan majmuaviy davolash tarkibida 3 kun davomida.

Tana vazni 45 kg gacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlar

Tana vazni 45 kg gacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlar uchun Azitromisin Lek boshqa shakllarda, masalan suspenziya shaklida chiqariladi.

Preparatning 1 dozasini qabul qilishni o‘tkazib yuborilganida, o‘tkazib yuborilgan dozani iloji boricha ertaroq, keyingilarni – 24 soatlik tanaffus bilan qabul qilish kerak.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Markaziy nerv tizimi va periferik nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, vertigo, bosh aylanishi, giperkineziya, uyquchanlik, kuchli toliqish, nevroz.

Ovqat-hazm qilish tizimi tomonidan: ko‘ngil aynishi, diareya, abdominal og‘riqlar, meteorizm, xolestatik sariqlik, jigar fermentlari faolligini o‘rtacha oshishi, soxtamembranoz kolit, melena, bolalarda qabziyat gastrit og‘iz bo‘shlig‘ini shilliq qavatini kandidozi, ishtahani yo‘qolishi.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: ko‘krak qafasida og‘riq, qorinchalar aritmiyasi, shu jumladan qorincha taxikardiyasi va PQ intervali uzaygan pasientlarda “torsade de pointes”.

Allergik reaksiyalar: teri toshmalari, fotosensibilizasiya, angionevrotik shish, eozinofiliya.

Boshqalar: giperglikemiya, vaginitlar, nefritlar, kandidozlar, neytrofiliya, neytropeniya.

 

Qo‘llash  mumkin bo‘lmagan holatlar

Makrolidlarga yuqori sezuvchanlik, jigar va buyrak faoliyatini yaqqol buzilishlari, homiladorlik, emizish davri, 12 yoshgacha va tana vazni 45 kg dan kam bo‘lgan bolalar      (500 mg tabletkalar uchun) va 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar (125 mg tabletkalar uchun).

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Shoxkuya alkaloidlari, digidroergotaminning ta‘sirini kuchaytiradi. Dori vositalarining (shu jumladan karbamazepin, shoxkuya alkaloidlari, valproat kislotasi, geksobarbital, fenitoin, dizopiramid, bromokriptin, teofillin va boshqa ksantin hosilalari, peroral gipoglikemik vositalarning) organizmdan chiqarilishini sekinlashtiradi, konsentrasiyasi va zaharliligini oshiradi.

Geparin bilan farmasevtik jihatdan nomutanosib. Alyuminiy, magniy saqlovchi antasidlar, etil spirti va ovqat azitromisinning ichakda so‘rilishini kamaytiradi. Tetrasiklin va xloramfenikol azitromisinni ta‘sirini oshiradi (sinergizm), linkozamidlar – kamaytiradi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparatni yurak aritmiyalari bo‘lgan bemorlarda, aritmiyalarning kechishini yomonlashishi mumkinligi tufayli ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi. Preparatni safro bilan chiqarilishi tufayli jigar kasalliklarida, o‘ziga xos ehtiyotkorlik talab etiladi. Azitromisin va alyuminiy va magniy saqlovchi antasidlarni yuborishlar orasida 2 soatlik intervalga amal qilish tavsiya qilinadi.

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi

Preparatni homiladorlikda va emizish davrida faqat ona uchun kutilayotgan davolash samarasi, homila va bola uchun bo‘lgan potensial xavfdan ustun bo‘lgan  hollarda qo‘llash mumkin. Preparatni laktasiya davrida qo‘llashning zarurati bo‘lganida emizishni to‘xtatish to‘g‘risidagi masalani hal qilish kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Azitromisin dozasini oshirib yuborilishi to‘g‘risida hech qanday xabarlar yo‘q. Makrolidlar guruhiga mansub antibiotiklarning dozasini oshirib yuborilishi eshitishni pasayishi, ko‘ngil aynishi, qusish va diareya bilan ifodalanadi. Bunday hollarda simptomatik davolash o‘tkaziladi.

 

Chiqarilish shakli

Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar 250 mg va 500 mg dan.

 

Saqlash sharoiti

Quruq va yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan past haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

NOVAZIT tabletkalari 250mg N6 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
NOVAZIT tabletkalari 250mg N6 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
NOVAZIT tabletkalari 250mg N6 dori vositasi Baroque Pharmaceuticals Pvt. Ltd tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
NOVAZIT tabletkalari 250mg N6 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
NOVAZIT tabletkalari 250mg N6 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
AZIDIAR suspenziya 200mg/5ml 15ml N1
Narh: 39 400 so'mdan Batafsil
AZITAB tabletkalari 500mg N3
AZIKASTRA 250 tabletkalari 250mg N6
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Scott-Edil Pharmacia Limited
ZETROL kapsulalar 500mg N3
Narh: 21 000 so'mdan Batafsil
AZITROMISIN tabletkalari 500mg N3
Narh: 7 700 so'mdan Batafsil
ZETROL kapsulalar 250mg N3
AZIDIAR 500 tabletkalari 500mg N3
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Isshaan Healthcare Pvt. Ltd, Индия произведено: Lincoln Pharmaceuticals Ltd.
  • Vakil: GANGA HEALTHCARE M.CH.J
Narh: 25 000 so'mdan Batafsil
AZIDIAR 250 tabletkalari 250mg N6
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Isshaan Healthcare Pvt. Ltd, Индия произведено: Lincoln Pharmaceuticals Ltd.
  • Vakil: GANGA HEALTHCARE M.CH.J
Narh: 22 400 so'mdan Batafsil
AZIT kapsulalar 250mg N6
Narh: 15 700 so'mdan Batafsil
AZITROMISIN-NIKA kapsulalar 250mg N6
Narh: 20 300 so'mdan Batafsil
RIDZIT 250 tabletkalari 250mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rhydburg Pharmaceuticals Limited
RIDZIT 250 tabletkalari 250mg N60
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rhydburg Pharmaceuticals Limited
NOVAZIT tabletkalari 500mg N3
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Baroque Pharmaceuticals Pvt. Ltd
MITRO 500 tabletkalari 500mg N3
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Akriti Pharmaceuticals Pvt. Ltd
ZITROKS 500 tabletkalari 500mg N3
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Macleods Pharmaceutical Ltd
ZIROMIN poroshok 500mg
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S., Турция произведено: Mefar Ilac Sanayi A.S.
AZIADJIO 500 tabletkalari 500mg N3
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Agio Pharmaceutical Limited
AZITROMISIN kapsulalar 250mg N3
ABAZIT suspenziya 15ml 200mg/5ml
AZITROMISIN kapsulalar 250mg N6
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Radiks, ЧНПП
Narh: 9 000 so'mdan Batafsil
AZITROMISIN tabletkalari 500mg N3
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Борисовский завод медицинских препаратов, ОАО
Narh: 7 700 so'mdan Batafsil
AZIMAK kapsulalar 250mg N3
  • Ishlab chiqarilish joyi: Gruziya
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: GM Pharmaceuticals Ltd, OOO
SIAZIT kapsulalar 500mg N3
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group СП OOO
SIAZIT kapsulalar 250mg N6
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group СП OOO
SUMAMOKS granuli 50ml 200mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Oxford Laboratories Pvt. Ltd
SUMAMOKS granuli 50ml 100mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Oxford Laboratories Pvt. Ltd
ZITMAK tabletkalari 500mg N3
Narh: 29 000 so'mdan Batafsil
ZITMAK tabletkalari 250mg N6
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Nobel Pharmsanoat, ИП ООО
Narh: 25 000 so'mdan Batafsil
ZIOMISIN tabletkalari 500mg N3
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Kusum Healthcare Pvt. Ltd.
  • Vakil: Kusum
Narh: 28 000 so'mdan Batafsil
ZIOMISIN tabletkalari 250mg N6
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Kusum Healthcare Pvt. Ltd.
  • Vakil: Kusum
Narh: 28 000 so'mdan Batafsil
Ishlab chiqaruvchining dorilari
NOVAZIT tabletkalari 500mg N3
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Baroque Pharmaceuticals Pvt. Ltd
SIPROLOKS 500 tabletkalari 500mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Baroque Pharmaceuticals Pvt. Ltd
NOVAGRA tabletkalari 50mg N4
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Baroque Pharmaceuticals Pvt. Ltd
NOVAGRA tabletkalari 100mg N4
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Baroque Pharmaceuticals Pvt. Ltd
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9