×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

NoveksKold poroshok

Kategoriya:
- Og'riq qoldiruvchi
Faol modda:
Парацетамол, Аскорбиновая кислота, фенилэфрина гидрохлорид, фенирамина малеат
Ishlab chiqaruvchi:
- Herbion Pakistan PVT LTD
Vakil:
- Herbion International
ATX kodi:
- N02BE51
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

24 000 s`om dan
PENTALGIN tabletkalari N24 ОАО «Фармстандарт-Лексредства» Rossiya
30 000 s`om dan
SITRAMON P tabletkalari N10 Татхимфармпрепараты, ОАО Tatariston Respublikasi
1 000 s`om dan
PARASETAMOL tabletkalari 200mg N10 Татхимфармпрепараты, АО Rossiya Federatsiyasi
900 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
10 paketchadan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

Majmuaviy preparat bo‘lib, ta’siri uning tarkibiga kiruvchi komponentlar bilan asoslanadi. Isitma tushiruvchi, og‘riq qoldiiruvchi, qon-tomirlarni toraytiruvchi ta’sir ko‘rsatadi, shamollash simptomlarini bartaraf etadi. Qon-tomirlarni toraytiradi va burun bo‘shlig‘i va xalqum shilliq qavati shishini yo‘qotadi. 

Paratsetamol MNTda prostaglandinlar sintezini  so‘ndirish yo‘li orqali og‘riq qoldiruvchi va isitma tushiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Trombotsitlar funksiyasi va gemostazga ta’sir qilmaydi. 

Feniramin – allergiyaga qarshi vosita, gistamin N1-retseptorlari blokatori hisoblanadi. Allergiya simptomlarini bartaraf etadi, o‘rta darajada sedativ ta’sir ko‘rsatadi hamda muskaringa qarshi faollikni namoyon qiladi. 

Fenilefrin – alfa1-adrenomimetik, qon-tomirlarning torayishini chaqiradi, burun bo‘shlig‘i shilliq qavatining shishi va giperemiyasini yo‘qotadi.

ichga ichish uchun eritmaga tayyorlashga kukun (limon ta’mli)

Tarkibi: bitta paketcha quyidagilarni saqlaydi:

Faol moddalar:

Paratsetamol 325 mg  feniramin maleati 20 mg + fenilefrin gidroxloridi 10 mg + askorbin kislotasi 50 mg

Yordamchi moddalar: saxaroza (shakar kukuni), limon kislotasi, limon xuybo‘yi, kalsiy fosfati, natriy sitrati, olma kislotasi, titan dioksidi

Dorixonalardan berish tartibi: retseptsiz

- portal gipertenziya

- alkogolizm

- saxaroza/izomaltoza yetishmovchiligi, fruktozani o‘zlashtira olmaslik, glyukoza-galaktoza so‘rilishining buzilishi

- tritsiklik antidepressantlar, MAO ingibitorlari, beta-adrenoblokatorlarni bir vaqtda qabul qilish

- homiladorlik

- laktatsiya davri

- 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar

- Preparatga yuqori sezuvchanlik bo‘lgan hollarda qo‘llash mumkin emas.

Preparatni MAO ingibitorlari, sedativ preparatlar, etanol bilan bir vaqtda qabul qilishdan saqlanish tavsiya etiladi. 

Paratsetamolning gepatotoksikligi barbituratlar, fenitoin, karbamazepin, rifampitsin, AZT va jigarning boshqa mikrosomal fermentlari induktorlari bir vaqtda qabul qilinganda ortadi.  

Antidepressantlar, antipsixotik va parkinsonga qarshi vositalar, fenotiazin hosilalari siydik tutilishi, og‘iz qurishi va qabziyat xavfini oshiradi.

Kortikosteroidlar ko‘z ichki bosimi oshishi xavfini oshiradi. 

Paratsetamol urikozurik preparatlar samaradorligini pasaytiradi va bilvosita antikoagulyantlar samaradorligini oshiradi. Tritsiklik antidepressantlar simpatomimetik samarani kuchaytiradi. 

Galotanni bir vaqtdda qo‘llash yurak qorinchalari aritmiyasi xavfini oshiradi. 

Fenilefrin guanetidinning gipotenziv samarasini pasaytiradi, u esa, o‘z navbatida, fenilefrinning alfa-adrenomimetik samarasini kuchaytiradi. 

Etanol feniraminning sedativ samarasini kuchaytirishi mumkin.

Yaroqlilik muddati

2 yil, o‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach, qo‘llanilmasin.

Saqlash sharoiti

Quruq joyda 30ºС dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Oq rangli o‘ziga xos hidli granulalangan kukun.

Allergik reaksiyalar: teri toshmasi, qichishish, eshakemi, angionevrotik shish yuzaga kelish ehtimoli mavjud. 

Nerv tizimi tomonidan: ta’sirlanish, psixomotor reaksiyalarning susayishi, bosh aylanishi ehtimoli mavjud. 

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: og‘iz qurishi, ko‘ngil aynishi, qusish, qorin og‘rig‘i yuzaga kelish ehtimoli bor.

Siydik ajratish tizimi tomonidan: siydik tutilishi;

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: yurak urishini sezish, arterial bosimning oshishi.

Ko‘rish tizimi tomonidan: midriaz, akkomodatsiya parezi, ko‘z ichki bosimining oshishi ehtimoli mavjud.

Paratsetamol  tomonidan chaqirilgan samaralar:  gemopoezning buzilishi (anemiya, trombotsitopeniya, leykopeniya, agranulotsitoz), yuqori dozalarni surunkali yuborish gepatotoksik va nefrotoksik samaralar, gemolitik anemiya, metgemoglobinemiya, pansitopeniyani chaqirishi mumkin. Agar yuqorida ko‘rsatilgan nojo‘ya samaralardan biror biri sodir bo‘lsa yoki biror bir boshqa nojo‘ya samaralar yuzaga kelsa, shifokorga murojaat qilinsin.

Bitta paketcha ichidagisi 1 stakan qaynatilgan issik suvda eritiladi. Ta’mga qarab shakar qo‘shish mumkin. Takroriy doza har 4 soatdan so‘ng qabul qilinishi mumkin (lekin 24 soat ichida 3 dozadan ko‘p emas). NoveksKold sutkaning istalgan vaqtida qo‘llanilishi mumkin, lekin eng yaxshi samaraga preparatni tunda, uyquga ketishdan oldin qabul qilinganda erishiladi. Agar preparat qabul qilish boshlangandan so‘ng 3 kun ichida simptomlarning yengillashishi kuzatilmasa, shifokorga murojaat qilish kerak.

Simptomlari (paratsetamol bilan asoslangan bo‘lib, 10-15 g dan ko‘p miqdorda qabul qilingandan so‘ng yuzaga keladi): teri qoplamalarining rangsizligi, ishtaha yo‘qolishi, ko‘ngil aynishi, qusish va qorinning quyi qismidagi og‘riqlar. Og‘ir holatlarda – jigar yetishmovchiligi, jigar sirrozi, jigar transaminazalari darajasining oshishi, protrombin vaqtining uzayishi, ensefalopatiya va koma.

Davolash: me’dani yuvish, ilk 6 soat ichida faollashtirilgan ko‘mir qabul qilish, doza oshirib yuborilgandan 8-9 soatdan so‘ng SH-gurug‘ donatorlari va metionin orqali glutation sintezining boshlang‘ich moddalari ni in’eksiya qilish hamda 12 soat ichida atsetilsisteinni qabul qilish buyuriladi.

Arterial gipertenziya, diabet, yopiq burchakli glaukoma, jigar yoki buyraklarning og‘ir kasalliklari, o‘pka kasalliklari (jumladan bronxial astma), prostata bezining giperplaziyasida siyishning qiyinlashishi, qon kasalliklari, tug‘ma giperbilirubinemiya (Jilber sindromi, Dubin-Djonson va Rotor sindromi), gipertireoz, feoxromotsitoma holatlarida ehtiyotkorlik bilan qo‘llaniladi.

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanilishi: ma’lumotlar yetarli bo‘lmaganligi sababli, tavsiya qilinmaydi.

Jigar faoliyatining buzilishlarida qo‘llanilishi:

Jigar faoliyati buzilishlarida ehtiyotkorlik bilan qo‘llaniladi.

Buyraklar faoliyatining buzilishlarida qo‘llanilishi:

Buyraklar faoliyatining buzilishlarida ehtiyotkorlik bilan qo‘llaniladi. 

Bolalarda qo‘llanilishi: 12 yoshdan kichik bolalarda qo‘llash tavsiya qilinmaydi.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

NoveksKold poroshok dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
NoveksKold poroshok dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
NoveksKold poroshok dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
EFFEKT SIP poroshok N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Парацетамол, Аскорбиновая кислота, фенилэфрина гидрохлорид, фенирамина малеат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rusan Pharma LTD
  • Vakil: New Pharmacare OOO
Narh: 56 000 so'mdan Batafsil
Другие формы препарата
NOVEKS PARASETAMOL suspenziya 120ml 120mg/5ml
NOVEKS DOMPERIDON suspenziya 120ml 1mg/ml
NOVEKS IBUPROFEN suspenziya so vkusom apelsina 120ml 100mg/5ml
NOVEKS AMBROKSOL sirop 120ml 15mg/5ml
NOVEKS AMBROKSOL sirop 90ml 15mg/5ml
NOVEKS SETIRIZIN sirop 60ml 5mg/5ml N1
NOVEKS SETIRIZIN tabletkalari 10mg N10
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9