Antixolinergik preparatlar domperidon ta'sirini neytrallashi mumkin.
Simetidin yoki natriy bikarbonatni qabul qilgandan so'ng domperidon ichga qabul qilinganda, biokiraolishligi pasayadi.
Antatsid va antisekretor preparatlarni domperidon bilan bir vaqtda qabul qilish mumkin emas, chunki ular uning biokiraolishligini pasaytiradi.
Domperidon almashinuvida CYP3A4 izofermenti asosiy o'rinni egallaydi. In vitro tadqiqotlari natijalari va klinik tajriba shuni ko'rsatadiki, ushbu izofermentni ahamiyatli ingibitsiya qiluvchi preparatlarni bir vaqtda qabul qilish, plazmada domperidon kontsentratsiyasining oshishini chaqirishi mumkin. CYP3A4 ning kuchli ingibitorlari qatoriga: flukonazol*, itrakonazol, ketokonazol* va vorikonazol* kabi zamburug'larga qarshi azol preparatlar; makrolid antibiotiklar, masalan klaritromitsin* va eritromitsin*; ITV proteazasi ingibitorlari, masalan amprenavir, atanazavir, fosamprenavir, indinavir, nelfinavir, ritonavir va sakvinavir; diltiazem va verapamil kabi kalьtsiy antogonistlari; amiodaron*; aprepitant; nefazodon kiradi (yulduzcha bilan belgilangan preparatlar, undan tashqari QT oralig'ini ham uzaytiradi).
Sog'lom odamlarda domperidonning peroral qabul uchun ketokonazol va eritromitsin bilan farmakokinetik va farmakodinamik o'zaro ta'sirlashishi bo'yicha bir qator tadqiqotlarda ushbu preparatlar ahamiyatli darajada domperidonning CYP3A4 izofermenti tomonidan amalga oshiriladigan birlamchi metabolizmini ingitsiya qilish ko'rsatib berilgan.
10 mg domperidon sutkada 4 marta va 200 mg ketokonazol sutkada 2 mahal bir vaqtda qabul qilinganda, to'liq kuzatuv davri davomida QT oralig'ining o'rtacha 9,8 ms ga uzayishi kuzatilgan, alohida hollarda ko'rsatkich 1,2 dan 17,5 ms gacha o'zgarib turgan. 10 mg domperidon sutkada 4 marta va 500 mg eritromitsin sutkada 3 marta bir vaqtda qabul qilinganda, to'liq kuzatuv davri davomida QT oralig'ining o'rtacha 9,9 ms ga uzayishi kuzatilgan, alohida hollarda esa ko'rsatkich 1,6 dan 14,3 ms gacha o'zgarib turgan. Ushbu tadqiqotlarning har birida domperidonning maksimal kontsentratsiyasi (Cmax) va AUC taxminan 3 martaga oshgan.
Hozirgi vaqtda plazmada domperidonning yuqori kontsentratsiyalari QT oralig'ining o'zgarishiga qanday xissa qo'shishligi noma'lum.
Ushbu tadqiqotlarda domperidon monoterapiyasi (10 mg sutkada 4 marta) QT oralig'ining 1,6 ms (ketokonazol tadqiqoti) va 2,5 ms (eritromitsin tadqiqoti) ga uzayishiga olib kelgan, shu bilan bir qatorda kuzatuvning to'liq davri davomida ketokonazol monoterapiyasi (200 mg sutkada 2 marta) va eritromitsin monoterapiyasi (500 mg sutkada 3 marta) QT oralig'ini mos ravishda 3,8 va 49 ms sha uzayishga olib kelgan.
Boshqa tadqiqotlarda, statsionar sharoitda domperidon monoterapiyasi davomida ko'p karrali dozalarni sog'lom odamlarda qo'llashda, QT oralig'ining ahamiyatli uzayishi aniqlanmagan (40 mg sutkada 4 marta, umumiy kunlik doza 160 mg, bu maksimal kundalik dozadan 2 barobar ortiq). Bunda, plazmadagi domperidon kontsentratsiyalari domperidonni boshqa preparatlar bilan o'zaro ta'siri tadqiqotlaridagi qiymatlar bilan o'xshash bo'lgan.
Nazariy jihatdan (preparat gastrokinetik ta'sirga ega bo'lganligi tufayli) domperidon bir vaqtda qo'llanadigan peroral preparatlar, xususan, faol moddasining ajralib chiqishi sekinlashtirilgan peroral preparatlar yoki ichakda eruvchan qobiq bilan qoplangan preparatlarning so'rilishiga ta'sir ko'rsatishi mumkin. Lekin domperidonni paratsetamol yoki digoksin qabul qilayotgan bemorlarda qo'llash ushbu preparatlarning qondagi kontsentratsiyalariga ta'sir ko'rsatmaydi.
Domperedon preparatini, ularning ta'sirini kuchaytirmaydigan neyroleptiklar, dofaminergik retseptorlarning agonistlari (bromkriptin, levodopa) bilan bir vaqtda qo'llash mumkin, noxush periferik samaralari ovqat hazm bo'lishini buzilishi, ko'ngil aynishi va qusishni chaqiradigan preparatlar bilan bir vaqtda qo'llash mumkin, bunda u ularning asosiy xususiyatlariga ta'sir qilmasdan, noxush samaralarini susaytiradi.