×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

NOVOSEVEN poroshok 1,1ml 50 KED

Kategoriya:
- Qon va qon aylanishi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Daniya
Faol modda:
Эптаког альфа активированный
Ishlab chiqaruvchi:
- Novo Nordisk A/S
ATX kodi:
- B02BD08
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

TRANEKSAM tabletkalari 250mg N30 Нижфарм-Stada CIS Rossiya Federatsiyasi
GLISIN tabletkalari 100mg N50 Radiks, НПП Rossiya Federatsiyasi
4 500 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
NOVOSEVEN poroshok 1,1ml 50 KED qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

NovoSeven®

NovoSeven

 

Preparatning savdo nomi: NovoSeven®

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): eptakog alfa (faollashtirilgan)

Dori shakli: vena ichiga yuborish uchun eritma tayyorlash uchun liofilizat

Tarkibi:

faol modda: eptakog alfa (rFVIIa) 1 mg (50 KED) va 2 mg (100 KED),

yordamchi moddalar: natriy xloridi, kalsiy xloridi digidrati, glisil-glisin, polisorbat 80, metionin, saxaroza, mannitol.

erituvchi: gistidin 1,705 mg yoki 3,255 mg, in‘eksiya uchun suv.

1 KED 1000 XB ga (Xalqaro Birlik) muvofiq keladi.

Suyultirilganidan keyin eritmaning 1 ml da 1 mg eptakog alfa (faollashtirilgan) saqlanadi.

Suyultirilgandan keyin eritmaning 1 ml dan 10 mg saxaroza saqlanadi.

Ta‘rifi: oq rangli liofilizasiya qilingan kukun.

Erituvchi – tiniq yoki deyarli tiniq rangsiz suyuqlik.

Tayyorlangan eritma rN ning taxminan 6,0 ga teng.

Farmakoterapevtik guruhi: Gemostatiklar. Qon ivish faktorlari.

ATX kodi: V02BD08.

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Eptakog alfa (faollashtirilgan) og‘maxonlarning buyrak xujayralari (VNK-xujayralar) dan gen injeneriya usuli bilan olinadigan molekulyar massasi taxminan 50000 daltonga teng bo‘lgan VIIa rekombinant qon ivish faktoridir.

NovoSeven® preparati faollashtirilgan rekombinant VII qon ivish faktorini saqlaydi. Preparatning ta‘sir mexanizmi VIIa faktorini to‘qimadan ajralib chiquvchi faktori bilan bog‘lanishi bilan ifodalanadi. Hosil bo‘lgan majmua IX faktorni faollashtiradi va faollashgan IXa faktori hosil bo‘ladi, X faktori va faol Xa faktorini hosil qiladi, bu kam miqdordagi protrombinni trombinga birlamchi aylanishiga olib keladi. Trombin shikastlanish sohasida trombositlar va V va VIII faktorlarni faollashtiradi va fibrinogenni fibringa aylantirib, gemostatik tiqin hosil bo‘lishini ta‘minlaydi. Farmakologik dozalarda NovoSeven® preparati bevosita, to‘qima faktorlariga bog‘liq bo‘lmagan holda, shikastlanish sohasida joylashgan faollashgan trombositlarning yuzasidagi X faktorini faollashtiradi. Bu esa to‘qima faktoridan qat‘iy nazar, protrombindan ko‘p miqdorda trombin hosil bo‘lishiga olib keladi. Shunday qilib, VIIa faktorini farmakodinamik samarasi ko‘p miqdorda mahalliy Xa faktorini, trombin va fibrinni hosil bo‘lishiga olib keladi.

Nazariy jihatdan, DVS-sindromi rivojlanishiga moyil bo‘lgan kasalliklari bo‘lgan bemorlarda qon ivishini tizimli ravishda faollashish xavfini butunlay istisno qilib bo‘lmaydi.

Qon ivishining VIIa faktorini tug‘ma tanqisligi bo‘lgan pasientlar ishtirokidagi kuzatuv olib borilgan dasturda (F7HAEM-3578), jarroxlik aralashuvlarini o‘tkazgan 91 nafar pasientning 3 nafarida tromboemboliya xolatlari kuzatilgan.

 

Farmakokinetikasi

Sog‘lom ko‘ngillilar

Qon ivishining VII faktorini faolligini aniqlashning koagulyasion usulini qo‘llab, dozo-eskalasion tadqiqotda oq tanli va Mongoloid irqiga mansub 35 nafar sog‘lom ko‘ngillilarda NovoSeven® preparatining farmakokinetikasi o‘rganilgan. Sog‘lom ko‘ngilli gender va etnik mansubligiga muvofiq ravishda guruhlar bo‘yicha taqsimlangan va NovoSeven® preparatini 40, 80 va 160 mkg/kg tana vazniga dozalarda va/yoki plasebo (xar biriga uch dozadan) yuborilgan.

Farmakokinetik profili dozaga to‘g‘ri proporsional bog‘liqligidan dalolat beradi. Jinsi va etnik mansubligidan qat‘iy nazar, farmakokinetikasi bir xil bo‘lgan. O‘rtacha stasionar taqsimlanish hajmi 130 dan 165 ml/kg diapozonda o‘zgarib turgan, klirensning o‘rtacha qiymatlari soatiga 33,3 dan 37,2 ml/soat x kg gacha o‘zgarib turgan, yarim parchalanish davri esa 3,9 dan 6,0 soatgachani tashkil etgan.

Ingibitorli A va V gemofiliya

VII qon ivish faktorini miqdoriy aniqlash usulini qo‘llab, NovoSeven® preparatining farmakokinetik xususiyatlari bolalar yoshidagi 12 nafar pasientda (2 yoshdan 12 yoshgacha) va 5 nafar katta pasientda qon ketishi bo‘lmagan sharoitlarda o‘rganilgan. Ushbu tadqiqotlarda shuningdek preparat bolalarga tana vazniga 90 va 180 mkg/kg dozalarda yuborilganda ham dozalar proporsionalligi aniqlangan, bu preparatning (17,5-70 mkg/kg rFVIIa) pastroq dozalarini qo‘llab o‘tkazilgan oldingi tadqiqotlar natijasi bilan muvofiq keladi. Bolalar organizmidan umumiy klirensi uchun o‘rtacha ko‘rsatkichi katta pasientlar guruhi bilan (78 qarshi 53 ml/soat x kg) solishtirilganda taxminan 50% ga yuqori bo‘lgan, ayni paytda yarim chiqarilish davri esa ikkala guruhda o‘rtacha 2,3 soatni tashkil qilgan. O‘rtacha muvozanatli taqsimlanish xajmi bolalarda 196 ml/kg va katta pasientlarda 159 ml/kg bo‘lgan.

Klirens qiymati yosh bilan bog‘liqligi aniqlangan, demak, yoshroq pasientlarda preparatning klirensi 50% dan yuqoriroq ekan.

VII faktorining tanqisligi

NovoSeven® preparatining bir marta 1 kg tana vazniga 15 va 30 mkg dozada yuborilganidagi farmakokinetikasi dozaga ahamiyatli bog‘liq bo‘lmagan quyidagi parametrlari bo‘yicha jiddiy farqlarga ega bo‘lmagan: umumiy klirensi (70,8-79,1 ml/soat x kg), turg‘un holatidagi taqsimlanish hajmi (280-290 ml/kg), plazmada saqlanishining o‘rtacha vaqti (3,74-3,80 soat) va organizmdan yarim chiqarilish davri (2,82-3,11 soat). In vivo sharoitida  plazmani tiklanishining o‘rtacha ko‘rsatkichi taxminan 20% ni tashkil qilgan.

Glansman trombosteniyasi

Glansman trombosteniyasi bo‘lgan bemorlarda NovoSeven® preparatining farmakokinetikasi o‘rganilmagan, ammo taxminlarga ko‘ra preparatning farmakokinetik ko‘rsatkichlari A va V gemofiliyasi bo‘lgan bemorlardagi kabi bo‘ladi.

Xavfsizligi bo‘yicha klinik oldi ma‘lumotlar

Xavfsizligini o‘rganish bo‘yicha klinik oldi tadqiqotlari dasturini o‘tkazishda olingan barcha ma‘lumotlar, faollashtirilgan rekombinant VII (rFVIIa) qon ivishi faktorining farmakologik ta‘siri bilan bog‘liq.

Makaka-kraboeda o‘tkazilgan eksperimental yurak-qon tomir modelida rFXIIIa va FVIIa qon ivish faktorlari bilan majmuaviy davolashda, preparatlarning ancha past dozalari qo‘llanganda, xar bir preparat bilan aloxida davolashdagiga nisbatan mumkin bo‘lgan sinergik ta‘siri ortiqcha farmakologik samaraga (tromboz va o‘lim) olib kelgan.

 

Qo‘llanilishi

NovoSeven® xirurgik muolajalarda va invaziv muolajalarda qon ketishini to‘xtatish va oldini olish uchun quyidagi guruh bemorlarida ishlatiladi:

  • nasliy gemofiliya bemorlarda VIII yoki IX qon ivishi omillari ingibitorlarining titri >5BE bo‘lganida
  • nasliy gemofiliyali bemorlarda anamneziga asoslangan VIII yoki IX omillariga nisbatan immun reaksiyasi kutilsa
  • orttirilgan gemofiliyali bemorlarda
  • VII omilining tug‘ma tanqisligi bo‘lgan bemorlarda
  • Glansman trombasteniyasi bo‘lgan bemorlarda glikoprotein IIb-IIIa ga va/yoki HLA (to‘qimalar mutanosibligi antigenlari) antitelolar mavjudligida va trombositar massasini transfuziyasiga refraktorlik bo‘lganida (hozirgi vaqtda va o‘tmishda).

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Davolashni gemofiliyani va/yoki qonning ivishini buzilishini davolash tajribasiga ega bo‘lgan shifokorning kuzatuvi ostida boshlash kerak.

Ingibitorli bilan yoki VIII faktori yoki IX faktorini yuborilishiga kutilayotgan immun reaksiyasi bo‘lgan A yoki V gemofiliya

Doza

Qon ketishi boshlanganidan keyin preparatini iloji boricha tezroq yuborishni boshlash kerak. Vena ichiga oqim bilan yuboriladigan tavsiya etiladigan boshlang‘ich doza bemorning bir kg tana vazniga 90 mkg ni tashkil qiladi. Boshlang‘ich doza yuborilganidan keyin takroriy in‘eksiyalar kerak bo‘lishi mumkin. Davolashning davomiyligi va in‘eksiyalar orasidagi interval qon ketishning og‘irligiga yoki invaziv muolajaning yoki jarrohlik aralashuvining xarakteriga qarab belgilanadi.

Bolalarda dozalash

Hozirgi vaqtda mavjud klinik tajriba, garchi klirensi bolalarda yuqoriligi ma‘lum bo‘lsada, bolalar va kattalar uchun differensiasiyalangan dozalash tartibini taklif qilish imkonini bermaydi. Shuning uchun pediatriya amaliyotida plazmada katta bemorlarning plazmasidagi konsentrasiya bilan bir xil konsentrasiyaga erishish uchun NovoSeven® preparatining yanada yuqoriroq dazalarini ishlatishning zarurati tug‘ilishi mumkin («Farmakokinetik xususiyatlari» bo‘limiga qarang).

Preparatni yuborishlar soni

Gemostazga erishilguncha har 2-3 soatda yuboriladi. Agarda qon ketishi to‘xtaganidan so‘ng ham davolashni davom ettirishga ko‘rsatmalar bo‘lsa, unda preparatni yuborish orasidagi interval, ko‘rsatmalarga muvofiq butun davolash davri davomida 4, 6, 8 yoki 12 soatgacha ketma-ket oshirilishi mumkin.

Yengil va o‘rtacha darajadagi qon ketishlari (shu jumladan ambulator davolash)

Yengil va o‘rtacha og‘irlik darajadagi qon ketishlarida (bo‘g‘imlardan, mushaklardan va shilliq to‘qimalardan) preparatni erta yuborish eng samarali hisoblanadi. Quyidagi dozalash tartibi tavsiya qilinadi:

  • 1 kg tana vazniga 90 mkg dozada ikkitadan uchta in‘eksiyagacha uch soatdan keyin. Samarani bir maromda saqlab turish uchun NovoSeven® preparatining bitta qo‘shimcha dozasi 1 kg tana vazniga 90 mkg hisobidan buyurilishi mumkin.
  • 1 kg tana vazniga 270 mkg hisobidan bir marta in‘eksiya.

Ambulator davolashning davomiyligi 24 soatdan oshmasligi kerak.

Keksa pasientlarda 1 kg tana vazniga 270 mkg dozada preparatni qo‘llash klinik tajribasi yo‘q.

Og‘ir darajadagi qon ketishlari

Preparatning tavsiya etilgan boshlang‘ich dozasi tana vaznining har kg ga 90 mkg ni tashkil qiladi va ushbu bemor odatda davolanadigan klinikaga olib borish bosqichida yuborilishi mumkin. Keyinchalik davolashning sxemasi qon ketishning turi va og‘irligiga bog‘liq bo‘ladi. Davolashning boshida preparat har ikki soatda, to klinik yaxshilanish boshlangunicha yuboriladi. Davolashni davom ettirishga ko‘rsatmalar bo‘lganida preparatni yuborish orasidagi intervallar 1-2 sutka davomida 3 soatgacha uzaytirilishi mumkin. Keyinchalik preparatni yuborish orasidagi intervallar ko‘rsatmalarga muvofiq 4, 6, 8 yoki 12 soatgacha uzaytirilishi mumkin. Og‘ir qon ketishini davolashning davomiyligi klinik ko‘rsatmalar bo‘lganida 2-3 hafta va undan ham ko‘proqni tashkil qilishi mumkin.

Invaziv aralashuvlar/xirurgik operasiyalar

Bevosita aralashuv oldidan preparat tana vaznining har kg ga 90 mkg dozada yuboriladi. Ikkinchi doza 2 soatdan keyin yuboriladi va so‘ngra esa preparat 2-3 soatlik interval bilan 24-48 soat davomida bemorning klinik holatiga qarab yuboriladi. Katta operasiyalarda davolash, preparatni yuqorida tavsiya qilingan dozada yuborish orasida 2-4 soatlik interval bilan 6-7 sutka davom etadi. Keyingi ikki hafta davomida davolash o‘tkazilganida preparatni yuborish orasidagi interval 6-8 soatgacha uzaytirilishi mumkin. Katta operasiyalardan keyin preparatni qo‘llashning umumiy davomiyligi operasiyadan keyin yaralarni bitguniga qadar 2-3 haftani tashkil qilishi mumkin.

-Orttirilgan gemofiliya

Doza va dozalar orasidagi interval (shu jumladan ambulator davolash)

Qon ketishi boshlanganidan keyin NovoSeven® preparatini iloji boricha ertaroq yuborish ko‘rsatilgan. Vena ichiga oqim bilan yuboriladigan tavsiya etiladigan boshlang‘ich doza bemorning 1 kg tana vazniga 90 mkg ni tashkil qiladi. Birinchi in‘eksiyadan so‘ng NovoSeven® preparatini yuborishni zaruratga qarab takrorlash mumkin. Davolashning davomiyligi va preparatni yuborishlar orasidagi interval qon ketishning og‘irligiga yoki jarrohlik aralashuvi/invaziv muolajaning xarakteriga qarab belgilanadi. Boshlang‘ich dozani yuborishda interval 2-3 soatni tashkil qilishi lozim. Gemostazga erishilgandan keyin preparatni yuborish orasidagi intervallarni butun davolash davri davomida 4, 6, 8 yoki 12 soatgacha oshirish mumkin.

VII omilining tanqisligi

Dozalash, dozalar diapazoni va yuborishlar orasidagi interval.

Xirurgik operasiyalar yoki invaziv muolajalar o‘tkazilishida qon ketishni oldini olish

yoki to‘xtatish uchun tavsiya etiladigan preparatning dozalari har kg tana vazniga 15-30 mkg ni tashkil qiladi. Preparat to gemostazga erishilguncha har 4-6 soatda yuboriladi. Dozalar va yuborish tez-tezligi shaxsiy tartibda aniqlanadi.

– Glansman trombasteniyasi

Dozalash, dozalar diapazoni va yuborilish orasidagi interval

Xirurgik operasiyalar yoki invaziv muolajalarda qon ketishlarni nazorat qilish va oldini olish uchun tavsiya etiladigan preparatning dozasi har kg tana vazniga 90 mkg (80-120 mkg) ni tashkil qiladi. Preparat har 2 soatda (1,5-2,5 soat) yuboriladi. Turg‘un gomestazni ta‘minlash uchun kamida uchta doza kerak bo‘ladi. Vena ichiga bolyus usulida yuborish tavsiya etiladi, chunki tomchilab yuborishda preparatning samarasi pasayishi mumkin. Refrakterliksiz Glansman trombasteniyasi bo‘lgan bemorlarda tanlov preparati trombositar massasidir.

Yuborish

Preparatni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasida ta‘riflanganidek suyultirish, vena ichiga 2-5 minut davomida asta-sekin yuborish kerak. NovoSeven® preparatini boshqa infuzion eritmalar bilan aralashtirish yoki tomchilatgich orqali yuborish mumkin emas.

Davolash jarayonidagi monitoring – laborator tekshiruvlar

NovoSeven® preparati bilan davolash laborator nazoratni talab qilmaydi. Preparatning dozalari qon ketish og‘irligiga va klinik samaraga bog‘liq ravishda belgilanadi.

rFVIIa yuborilgandan keyin protrombin vaqti (PV) va faollashtirilgan qisman tromboplastik vaqti (FQTV) kamayadi, ammo, PV va FQTV va rFVIIa klinik samarasi orasidagi korrelyasiya aniqlanmagan.

 

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Nojo‘ya ta‘sirlarning jiddiysi ham, jiddiy emasi ham, a‘zo tizimlari bo‘yicha ro‘yxati quyidagilarda ko‘rsatilgan:

Qon va limfatik tizim tomonidan buzilishlar

Kam hollarda (≥1/10000 dan <1/1000 gacha)

  • disseminirlangan tomir ichki ivish va laboratoriya ko‘rsatgichlarini yondosh o‘zgarishi: D-dimerning miqdorini oshishi va antitrombin III darajasini pasayishi («Maxsus ko‘rsatmalar» bo‘limiga qarang);
  • koagulopatiya;

Immun tizimi tomonidan buzilishlar

Kam hollarda (≥1/10000 dan <1/1000 gacha)

  • yuqori sezuvchanlik (“Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar” bo‘limiga qarang).

Noma‘lum:

  • anafilaktik reaksiyalar;

Immun tizimi tomonidan buzilishlar

Kam xollarda (≥1/10000 dan <1/1000 gacha)

  • bosh og‘rig‘i;

Qon tomirlari tomonidan buzilishlar

Kam xollarda (≥1/10000 dan <1/1000 gacha)

  • arterial tromboemboliya hollari (miokard infarkti, bosh miya infarkti, bosh miya ishemiyasi, miya arteriyalarining okklyuziyasi, serebrovaskulyar patologiya, buyrak arteriyalarining trombozi, periferik tomirlarning ishemiyasi, periferik arteriyalarning trombozi va ichakning ishemiyasi);
  • stenokardiya;

Tez-tez emas (≥1/1000 dan <1/100 gacha)

  • tromboemboliya holatlarida (chuqur venalar trombozi, preparatni yuborish joyida venalar trombozi, o‘pka tromboemboliyasi, jigar tromboemboliya holatlari, shu jumladan darvoza venasi trombozi, jigar venasi trombozi, tromboflebit, yuza venalar tromboflebiti va ichak ishemiyasi).

Noma‘lum:

  • yurak ichi trombi

Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar

Kam hollarda (≥1/10000 dan <1/1000 gacha)

  • ko‘ngil aynishi;

Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar

Tez-tez emas (≥1/1000 dan <1/100 gacha)

  • terida toshmalar paydo bo‘lishi (shu jumladan allergik dermatit va eritematoz toshma);
  • terini qichishishi va urtikar toshma

Noma‘lum:

  • teri qoplamalarini qizarishi
  • angionevrotik shish

Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi buzilishlar

Tez-tez emas (≥1/10000 dan <1/1000 gacha)

  • terapevtik ta‘sirlarni pasayishi*,
  • isitma

Kam xollarda (≥1/1000 dan <1/100 gacha)

  • yuborish joyida reaksiyalar, shu jumladan yuborish joyida og‘riq;

Tadqiqotlar

Kam hollarda (≥1/10000 dan <1/1000 gacha)

  • fibrin degidradasiyasi maxsulotlarni saqlanishini oshishi
  • alaninaminotransferaza, ishqoriy fosfotaza, laktatdegidrogenaza faolligini va protrombinning konsentrasiyasini oshishi.

Xar bir guruh ichida nojo‘ya reaksiyalar rivojlanish tez-tezligi bo‘yicha ular jiddiyligi bo‘yicha kamayishi keltirilgan.

Nojo‘ya reaksiyalar tez-tezligi, faqat postmarketing qo‘llash jarayonida kuzatilgan (klinik tadqiqotlar yo‘lida emas) noma‘lum bo‘lib keltirilgan.

* Samaradorligining yetarli emaslik xollari ta‘riflangan (terapevtik ta‘sirini pasayishi). NovoSeven® preparatining dozalash tartibi «Qo‘llash usuli va dozalari» bo‘limida ta‘riflangan davolashning tavsiya qilingan tartibiga muvofiq kelishi kerak.

Orttirilgan gemofiliyasi bo‘lgan pasientlar

Orttirilgan gemofiliya bilan bo‘lgan 61 nafar pasientlar ishtirokida o‘tkazilgan tadqiqotlarda (preparatni 100 qo‘llash epizodlari yig‘indisi), ayrim nojo‘ya reaksiyalar ko‘proq uchrashini ko‘rsatadi (epizodlar sonidan 1%): arterial tromboemboliya hollari (miya arteriyalarining okklyuziyasi, serebrovaskulyar patologiya), venoz tromboemboliya hollari (o‘pka tromboemboliyasi, chuqur venalarning trombozi), stenokardiya, ko‘ngil aynishi, isitma, eritrematoz toshma va laborator tekshirishlarida fibrinning degradasiyasi mahsulotlarining miqdorini oshishi.

Ingibitor antitelolarini hosil bo‘lishi

Postmarketing qo‘llashda va klinik tadqiqotlar NovoSeven® preparatlariga ingibitor antitelalarini hosil bo‘lishi haqida yoki A yoki V gemofiliyasi bo‘lgan pasientlarda qon ivishini VII faktori haqida tasdiqlangan ma‘lumotlar olinmagan.

Postmarketing kuzatuv programmasida qon ivish VII faktorini tug‘ma tanqisligi bo‘lgan pasientlarda NovoSeven® preparatiga ingibitor antitelalar hosil bo‘lishi xollarida ma‘lum bo‘lgan.

VII qon ivish faktori tanqisligi bo‘lgan pasientlarda klinik tadqiqotlar yo‘lida, NovoSeven® preparatiga antitelolarni paydo bo‘lishi yoki VII qon ivish omiliga yagona kuzatilgan nojo‘ya reaksiyalar bo‘lgan (rivojlanish tez-tezligi: tez tez (≥1/100 dan <1/10 gacha).

Ayrim xollarda in vitro antitelalar ingibisiya qiluvchi samarasi aniqlangan. Ushbu pasientlarda oldin odam plazmasi bilan davolash va/yoki VII qon ivuchanligi plazmali faktori VII qon ivish faktorini og‘ir mutasiya geni yoki NovoSeven® preparatini dozasini oshirib yuborilishi kabi mavjud bo‘lgan xavf omili antitelalar hosil bo‘lishiga yordam bergan.

VII qon ivish faktori tanqisligi bo‘lgan NovoSeven® preparati bilan davolanayotgan bemorlarda, VII qon ivish faktoriga rivojlangan antitelalarni nazorat qilish kerak, “Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limiga qarang.

Tromboemboliya

NovoSeven® preparati yo‘riqnomasida ko‘rsatilmagan ko‘rsatmalar bo‘yicha qo‘llanganida, arterial tromboemboliyani rivojlanish hollari ko‘proq aniqlangan (≥1/100 dan <1/10 gacha). Arterial tromboemboliyani rivojlanishini yuqoriroq xavfi (yuqoridagi “Qon tomirlari tomonidan buzilishlar” ga qarang) (sinalayotgan preparat bilan davolash olayotgan pasientlar guruhida 5,3%, plasebo olgan guruh pasientlaridagi 2,8% bilan solishtirganda) ma‘lumotlarning meta-tahlilida olingan, ular ma‘qullangan ko‘rsatmalar chegarasidan tashqaridagi kasalliklarni davolash uchun preparatni qo‘llash bo‘yicha plasebo-nazoratli klinik tekshirishlar davomida yig‘ib olingan, ular kasallikning turli xarakteristikasiga va, demak, xavfning turli profiliga ega bo‘lgan turli guruh pasientlarida o‘tkazilgan. NovoSeven® preparatini tasdiqlangan ko‘rsatmalar chegarasidan tashqarida qo‘llash tavsiya etilmaydi, chunki bunday qo‘llashning xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

– faol komponentiga yordamchi moddalarga, sichqonlar, og‘maxonlar, yoki sigirlarning oqsillariga yuqori sezuvchanlik.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

NovoSeven® preparati va qon ivish omillarining konsentratlari orasida o‘zaro ta‘sir xavfi bo‘yicha ma‘lumotlar yo‘q. Bir vaqtda protrombin majmuasi konsentratlarini (faollantirilgan va faollantirilmagan) va NovoSeven® preparatini yuborish mumkin emas.

Mavjud ma‘lumotlar bo‘yicha antifibrinolitik vositalar gemofiliyasi bo‘lgan bemorlarda, ayniqsa ortopedik operasiyalarda va yuqori fibrinolitik faollikka ega bo‘lgan to‘qimalardagi operasiyalarda, masalan, og‘iz bo‘shlig‘ida intraoperasion qon ketishini pasaytiradi. Antifibrinolitiklar va NovoSeven® preparatini majmuaviy qo‘llash tajribasi cheklangan.

Klinika oldi tadqiqotlari natijasi asosida (“Xavfsizligi bo‘yicha klinika oldi ma‘lumotlar” qarang) rFVII va rFVIII  qon ivish omili preparatlari bilan majmuaviy davolash tavsiya etilmaydi.

rFVII va rFVIII qon ivish omili o‘zaro ta‘siri haqida klinik ma‘lumotlar yo‘q.

Nomutanosiblik

NovoSeven® ni infuzion eritmalar bilan aralashtirish yoki tomchilagichda buyurish mumkin emas

 

Maxsus ko‘rsatmalar

NovoSeven® preparatini qo‘llash trombotik asoratlar rivojlanishi yoki tomir ichki disseminirlangan qon ivishi sindromi (DVS) rivojlanishining potensial xavfi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Bunday xolatlarga og‘ir arteroskleroz, yorilgan yaralar, septisemiya va DVS-sindromi kiradi.

Trombotik asoratlar rivojlanish xavfini oshishi mavjud bo‘lgan yoki tomir ichi ivish disseminasiyalangan sindromi (DVS-sindromi) pasientlarga, anamnezida yurak ishemik kasalligi va jigar kasalligi, shu jumladan jarroxlikdan keyingi davrdagi pasientlarga va chaqaloqlarga NovoSeven® preparatini ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Xar bir xolatda sanab o‘tilgan xolatlar bilan bo‘lgan pasientlarni davolash uchun NovoSeven® preparatini qo‘llashdagi potensial foyda ta‘riflangan asoratlarni ularda rivojlanish xavfiga nisbatan sinkov chamalab ko‘rish kerak.

Rekombinantli VIIa qon ivish omili bo‘lgan – NovoSeven® preparati sichqon IgG, sigir IgG va boshqa madaniylashtirilgan (og‘maxonlar va sigirlarning zardob oqsillari) qoldiq oqsillarining izlarini saqlashi mumkinligi tufayli, ushbu preparatni qabul qilgan bemorlarda, bu oqsillarga nisbatan yuqori sezuvchanlik rivojlanishini juda kam ehtimoli bor.

Bunday xolatlarda angigistamin preparatlarni vena ichiga yuborishni ko‘rib chiqish kerak. Allergik yoki anafilaktik reaksiyalar paydo bo‘lganda preparatni yuborishi zudlik bilan to‘xtatish kerak. Anafilaktik shok rivojlangan xolatda uning simptomlarini bartaraf qilishi uchun standart davolash qo‘llanadi.

Allergik reaksiyalarni erta simptomlarini rivojlanishi haqida pasientlarni ogoxlantirish kerak. Ko‘rsatilgan simptomlar rivojlanganda ular preparat bilan davolanishini zudlik bilan to‘xtating va shifokorga murojaat qilishni boshlash kerak.

Og‘ir qon ketishlarda preparatni gemofiliya va VIII yoki IX qon ivish omillariga nisbatan ingibitorlari bilan davolashga ixtisoslashgan klinikalarda ishlatilishi yaxshiroq hisoblanadi, va imkoni bo‘lsa gemofiliyani davolashga ixtisoslashgan shifokor bilan hamkorlikda bo‘lishi kerak.

Agar bemorda qon ketishini to‘xtatish imkoni bo‘lmasa, uni darxol gospitalizasiya qilish zarur.

NovoSeven® preparatini uy sharoitida qo‘llanganligini har bir xol haqida shifokorga yoki klinikaga xabar berishlari lozim. VII omilining tanqisligi bo‘lgan bemorlarda, protrombin vaqtini va VII omilining faolligini NovoSeven® preparatini yuborishdan oldin va keyin nazorat qilish kerak.

VII faktor omilini tanqisligi bo‘lgan bemorlarda protrombin vaqtini va VII faktor faolligini NovoSeven® preparatini yuborishdan oldin va keyin nazorat qilish kerak.

Agarda preparatni tavsiya qilingan dozasi yuborilishiga qaramasdan VIIa omilining faolligi kutilgan darajasiga yetmasa yoki qon ketishi davom etsa, antitelalar hosil bo‘lganligini taxmin qilish mumkin. Bunday holda antitelalar mavjudligiga taxlil o‘tkazish kerak.

VII qon ivish faktori tanqisligi bo‘lgan pasientlarda jarrohlik aralashuvlari jarayonida NovoSeven® preparati qo‘llanganda trombozlar xolati xaqida ma‘lumot bo‘lgan, lekin NovoSeven® preparati bilan davolanish fonida VII qon ivish faktori tanqisligi bo‘lgan bemorlarda tromboz xavfi xaqida ma‘lumotlar yo‘q. (“Farmakodinamika” bo‘limiga qarang).

Fruktozani o‘zlashtiraolmasligi va glyukoza, galaktoza va saxaroza izomaltozani so‘rilishi yetishmovchiligi bilan bog‘liq kam nasliy muammolari bo‘lgan pasientlarga ushbu dori preparatini qabul qilish kerak emas.

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanilishi

Homiladorlik

Ehtiyotkorlik chorasi sifatida NovoSeven® preparatini homiladorlik vaqtida qo‘llashdan saqlanish kerak. Homiladorlik vaqtida qo‘llash bo‘yicha ma‘qullangan ko‘rsatmalarga ko‘ra chegaralangan ma‘lumotlar rFVIIa ni homiladorlikning kechishiga va homila/chaqaloq sog‘lig‘iga ta‘siri yo‘qligini tasdiqlaydi. Boshqa epidemiologik ma‘lumotlar xozirgi vaqtda yo‘q. Hayvonlardagi tajriba homiladorlik kechishiga, homila rivojlanishiga/chaqaloq va tug‘ruqqa nisbatan bevosita yoki bevosita zararini aniqlamagan (xavfsizligi bo‘yicha klinika oldi ma‘lumotlariga qarang).

Emizish dari

rFVIIa ayol ko‘krak sutiga ajralishi noma‘lum. Hayvonlarda rFVIIa sutiga ajralishi aniqlanmagan. Emizishni davom ettirishi bekor qilish xaqida yoki NovoSeven® preparati bilan davolashni davom ettirish bekor qilish haqida xulosani bola uchun emizishni foydasi va ayollar uchun NovoSeven® preparatini bilan davolashdan foydalanishdan kelib chiqib qabul qilish kerak.

Fertillik

Klinik oldi tadqiqotlar ma‘lumotlari va postmarketing ma‘lumotlar fertil yoshidagi ayol va erkaklarga rFVIIa zararli ta‘sirini ko‘rsatmagan.

Dori vositasini transport vositasini yoki potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Transport vositalarini va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri haqida tadqiqotlar o‘tkazilmagan.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

NovoSeven® preparatini dozalimitasiyalovchi toksikligi klinik tadqiqotlarda o‘rganilmagan.

Gemofiliyali pasientlarda dozani oshirib yuborilishini bir qancha xolatlari haqida ma‘lumotlar bo‘lgan. Dozani oshirib yuborilishi bilan bog‘liq yagona asorat 5,5 mg o‘rniga 16 yoshli pasientda 24 mg rFVIIa olgan 16 yoshli pasientda o‘tib ketuvchi arterial bosimini biroz oshishi kuzatilgan.

Orttirilgan gemofiliyasi yoki Glansman trombasteniyasi bo‘lgan pasientlarda dozani oshirib yuborilishi xollari haqida ma‘lumotlar bo‘lmagan, VII qon ivish faktori tanqisligi bo‘lgan pasientlar uchun tavsiya etilgan dozasi rFVIIa 15-30 mkg/kg tashkil qilgan, tavsiya etilgan dozadan 10-20 marta kattaroq preparat dozasini olayotgan erkak (80 yoshdan oshganlarda) keksa pasientlarda dozani oshirib yuborilishini bir xolati trombotik asoratlar bilan (miyani ensa soxasi tomirlari trombozi) bog‘liq bo‘lgan. Shuningdek VII qon ivish faktori tanqisligi bo‘lgan bir pasientda FVII va NovoSeven® preparatiga antitelalar rivojlanishini dozasini oshirib yuborilishi bilan bog‘liq bo‘lganligi haqida ma‘lum bo‘lgan.

Tavsiya etilgan dozalarda oshirmaslik kerak, chunki ushbu qo‘shimcha xavfi bilan bog‘liq ma‘lumot mavjud emas.

Chiqarilish shakli

1 mg (50 KED) eritma tayyorlash uchun vena ichiga yuborish uchun liofilizat, 1 gidrolitik sinf rangsiz shisha flakonda 2 mg (100 KED) polipropilen qopqoqli “Snap-off” alyumin qalpoqchasi va xlorbutil rezina tiqin bilan berkitilgan. 1 ml, 2 ml dan eritma (1 mg va 2 mg doza uchun muvofiq) 1 gidrolitik sinf shisha shprisga oldindan to‘ldirilgan polipropilenli chegarasi bilan, brombutil rezina porsheni, polipropilen tiqinli brombutil rezinadan qalpoqchasi bilan.

1 flakon liofilizat bilan, 1 shpris erituvchisi bilan, 1 adapter flakon uchun va 1 shtok porshen qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

Saqlash sharoiti

25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Oldindan erituvchisi bilan to‘ldirilgan shprisga shikast yetkazmaslik uchun, uni muzlatilmasin. Yorug‘likdan himoyalansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Tayyorlangan eritma fizik va ximik xususiyatlarni 6 soat davomida 25ºS haroratda va 24 soat davomida 5ºS haroratda saqlaydi. Mikrobiologik nuqtai nazardan preparatni tayyor bo‘lgandan keyin darxol qo‘llash kerak. Agar preparat darxol yuborilmagan xolda, davomiyligi va saqlash sharoiti uchun foydalanuvchi javobgardir (2ºS dan 8ºS gacha haroratda 24 soatdan ko‘p emas), o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan nazoratdagi aseptik sharoitda tayyorlangan eritma xolatidan tashqari.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

 

NovoSeven® preparatini qo‘llash bo‘yicha qo‘llanma

 

NOVOSEVEN® PREPARATINI QO‘LLASHDAN OLDIN USHBU YO‘RIQNOMANI DIQQAT BILAN O‘QIB CHIQING.

NovoSeven® preparati liofilizat shaklida chiqariladi. Shprisdagi erituvchida liofilizat eritilgandan keyin yuborish uchun mo‘ljallangan. Erituvchi gistidin eritmasidan iborat. Tayyorlangan eritma vena ichiga yuborish uchun mo‘ljallangan. Bu o‘ram ichidagisi NovoSeven® preparatini va eritish yuborish uchun mo‘ljallangan.

Sizga shuningdek kapalak-igna bilan yuborish uchun sistema, steril spirtli tamponlar, dokali salfetkalar va leykoplastir kerak bo‘ladi, ular NovoSeven® preparatining o‘ramiga kirmaydi.

Preparatni birinchi qo‘llashdan oldin shifokor yoki xamshira Sizni eritmani to‘g‘ri tayyorlash va yuborishga o‘rgatish kerak.

Doimo preparatni yuborishdan oldin qo‘lingizni yuving va atrofingiz tozaligini kuzating.

Siz preparatni eritayotganingizda va vena ichiga yuborayotganingizda aseptika qoidalariga rioya qilish juda muhim. Aks holda mikroblar, qonga tushishi va zararlanishini chaqirishi mumkin.

Siz preparatni qo‘llashga tayyor bo‘lmagunizcha o‘ramni ochmang.

Agar Siz uni tushirib yuborgan bo‘lsangiz yoki u shikastlangan bo‘lsa, o‘ram ichidagisini ishlatmang. Bunday xolda yangi o‘ramni qo‘llang.

O‘ram ichidagisini yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatmang. Yangi o‘ramni ishlating. Yaroqlilik muddati “goden do” so‘zlaridan keyin karton qutida, flakon etiketkasida, flakon uchun adapter o‘ramida va oldindan to‘ldirilgan shpris etiketkasida ko‘rsatilgan.

Agar Siz sterilligi buzilganligini gumon qilsangiz, o‘ram ichidagisini ishlatmang. Yangi o‘ramni ishlating.

Tayyorlangan eritmani yubormagunizcha xech nimani tashlab yubormang.

O‘ram ichidagisi faqat bir martalik qo‘llash uchun mo‘ljallangan.

O‘ram quyidagilarni saqlaydi:

  • 1 flakon NovoSeven® preparati liofilizati bilan
  • Flakon uchun 1 adapter
  • Erituvchisi bilan oldindan to‘ldirilgan 1 shpris
  • 1 porshen shtoki (shpris tagida joylashgan).

Liofilizatli flakon NovoSeven®

PlastikovыyPlastik qalpoqcha
  Rezina tiqin

(plastik qalpoqcha tagida)

Flakon uchun adapter

 

      Adapter o‘rami

        Tig‘i                          himoya

(himoya                       nakleykasi

nakleykasi tagida)

shpris qalpoqchasi
Flakon va shprisni tayyorlash

Shpris uchi

(qalpoqcha tagi)         Shkala    Porshen

Porshn shtoki

 

 

 

Rezbasi                                       Ustgi uchi

  1. Flakon va shprisni tayyorlash.

Sizga sovutgichdan NovoSeven® o‘ramining kerakli miqdorini oling.

  • Yaroqlilik muddatini tekshiring
  • O‘ramda Sizga kerakli preparat saqlanishiga ishonch hosil qilish uchun nomi, dozasi va o‘ramdagi rangli kodini tekshiring.
  • Qo‘lingizni yuving va toza sochiq bilan arting yoki xavoda quriting.
  • Flakon, flakon uchun adapter va shprisni karton qutidan chiqaring. Porshen shtokini qutida qoldiring.
  • Liofilizatli flakonni va shprisni xona haroratigacha isiting (370 S dan yuqori bo‘lmagan). Buning uchun qo‘llar kabi ular ham issiq bo‘lmaguncha, ularni qo‘lingizda ushlab turing. (A rasm).
  • Flakonni va oldindan to‘ldirilgan shprisni isitish uchun hech qanday boshqa usulni ishlatmang.

  • Flakondan plastik qalpoqchani yechib oling (V rasm). Agar qalpoqcha zich berkitilmagan bo‘lsa yoki u yo‘q bo‘lsa, bu flakonni ishlatmang.
  • Ishlatish oldidan rezina tiqinga steril spirtli tampon bilan ishlov bering, unda iloji boricha bakteriyalarni bo‘lmasligini ta‘minlash uchun, uni qurishiga bir necha sekund imkon bering.
  • Sizning qo‘lingizdan unga mikroblar o‘tib qolmasligi uchun, barmoqlaringiz bilan rezina tiqiniga teginmang.

  1. Adapterni ulash
  • Flakon uchun adapter o‘ramidan himoya nakleykani yechib oling. (S rasm).

Agar himoya nakleykasi shikastlangan yoki zich yopishtirilmagan bo‘lsa, bu adapterni ishlatmang.

Adapterni o‘ramdan barmoqlar bilan chiqarib olmang. Agar Siz qo‘llingiz bilan adapter tig‘iga tegib ketsangiz, sizning qo‘lingizdan mikroblar adapterga o‘tadi.

 

  • Flakonni qattiq gorizontal yuzaga qo‘ying.
  • O‘ram bilan adapterni to‘nkaring va adapterni flakonga kiydiring (D rasm).

Adapterni kiydirganingizdan keyin Siz uni flakondan yechib olmang.

 

 

  • Ye rasmda ko‘rsatilganidek adapter o‘ramini katta va ko‘rsatkich barmoqlar bilan biroz siqing.

Adapterdan o‘ramni oling.

Flakondan o‘ram bilan adapterni birga yechilib ketmasligini kuzatib boring.

 

 

  1. Porshen shtokini va shprisni birlashtirish
  • Porshenni tashqi oxiridan ushlab turib shtokini karton qutidan chiqarib oling. Rezba yoki shtokning o‘ziga tegib ketmang, chunki bunday xolda Sizning qo‘lingizdan mikroblar unga o‘tib qolishi mumkin.
  • Darxol porshen shtokini shprisga biriktiring. Buning uchun uni oldindan to‘ldirilgan shpris porsheniga to qarshilik sezmaguningizcha soat sterkasi bo‘yicha burang (F rasm).

 

  • Oldindan to‘ldirilgan shprisdan perforasiya yo‘li bo‘yicha u sinmagunicha, uni pastga egib qalpoqchani yechib oling. (G rasm).

Shpris uchiga qo‘lingizni tekizmang, chunki bunday xolda Sizning qo‘lingizdan mikroblar unga o‘tib qolishi mumkin.

Agar qalpoqcha zich yopilmagan bo‘lsa, yoki u bo‘lmasa, bu oldindan to‘ldirilgan shprisni ishlatmang.

Liofilizatli flakon adapteriga oldindan to‘ldirilgan shprisni, to qarshilik sezmaguningizcha burang. (N rasm).

  1. Eritmani tayyorlash
  • Oldindan to‘ldirilgan shprisni biroz eging, bunda liofilizatli flakon pastga qaragan bo‘lishi kerak.
  • Porshenga bosing va erituvchining hammasini flakonga yuboring (I rasm)

  • Porshen shtokini pastga qaragan xolatda tutib turib, liofilizat to‘liq erigunicha flakonni ehtiyotkorlik bilan aylantiring (J rasm).

Flakonni silkitmang, bu ko‘pik hosil bo‘lishiga olib kelishi mumkin.

  • Olingan eritmani tashqi ko‘rinishini tekshiring. U tiniq bo‘lishi kerak.

Agar Siz erimagan zarrachalarni yoki rangini o‘zgarishini sezgan bo‘lsangiz bu eritmani qo‘llamang, boshqa o‘ramdan yangi eritma tayyorlang.

 

 

Infeksiyalanishdan saqlanish uchun NovoSeven® preparatini eritmani tayyor bo‘lganidan keyin darxol qo‘llash tavsiya etiladi.

Eritmani shifokor va xamshira bilan maslaxatlashmasdan saqlamang.

Agar preparatni yuqoriroq dozasi zarur bo‘lsa, qo‘shimcha flakon, adapter va oldindan to‘ldirilgan shprislarni qo‘llab A-J bosqichlarini qaytaring.

  • Porshen shtokini bosib ushlab turing.
  • Shpris bilan flakonni tubi bilan tepaga qaratib o‘giring.
  • Porshen shtokini qo‘yib yuboring va tayyor bo‘lgan eritma shprisni to‘ldirish uchun o‘zini orqaga xarakat qilishga imkon bering (K rasm).
  • Eritmani hammasi shprisga o‘tishi uchun porshen shtokini biroz pastga torting.
  • Agar Sizga tayyorlangan eritmani bir qismi kerak bo‘lsa, shifokor yoki xamshira ko‘rsatmasiga muvofiq eritmani kerakli miqdorini olish uchun shprisdagi shkaladan foydalaning.
  • Agar shprisda juda ko‘p havo paydo bo‘lsa, havoni qayta flakonga yuboring.
  • Flakonni tubini yuqoriga qaratib ushlab turing havo pufakchalarini yuqoriga ko‘tarilishi uchun barmog‘ingiz bilan shpris bo‘ylab extiyotkorlik bilan cherting.
  • Hamma havo pufaklari chiqmagunicha asta-sekin shtok porsheniga bosing.

  • shpirsdan adapter bilan flakonni burab oling (L rasm).
  • Sizning qo‘lingizdagi mikroblar unga o‘tmasligi uchun shpris uchiga tegmang.

NovoSeven® preparatini vena ichki kateterlari uchun ignasiz bo‘linmalar orqali yuborish

Diqqat: oldindan to‘ldirilgan shpris shishadan tayyorlangan va standart luer-lok konnektorlari bilan mutanosib. Ayrim ichki ignali ignasiz konnektorlar bu oldindan to‘ldirilgan shpris bilan nomutanosib. Bu nomutanosiblik preparatni yuborishga to‘sqinlik qilishi va/yoki ignasiz konnektorni shikastlanishiga olib kelishi mumkin.

Ignasiz konnektorni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomaga amal qiling. Ignasiz konnektor yordamida yuborish uchun, tayyorlangan eritmani chiqarib olish uchun standart 10 ml li steril luer-lok plastikli shpris talab qilinishi mumkin. Buni J bosqichdan keyin darhol amalga oshirish kerak.

  1. Tayyorlangan eritmani yuborish

NovoSeven® preparati vena ichiga yuborish uchun tayyor.

  • Preparatni shifokor yoki hamshira ko‘rsatmalariga muvofiq yuboring.
  • Asta-sekin 2-5 minut davomida yuboring.

Preparatni markaziy venoz kateter yoki teri osti porti kabi markaziy venoz kirish moslamasi (MVKM) orqali yuborish:

  • Aseptik yuborish texnikasidan foydalaning. MVKM yoki konnektordan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha shifokor yoki hamshira ko‘rsatmasiga amal qiling.
  • MVKM ga yuborish uchun tayyorlangan eritmani chiqarib olish uchun steril 10 ml li plastikli shpris talab qilinishi mumkin.
  • Agar NovoSeven® preparatini yuborish oldidan yoki keyin tizimni yuvish kerak bo‘lsa, buning uchun in‘eksiya uchun 9 mg/ml li natriy xloridi eritmasidan foydalaning.

Utilizasiyasi

In‘eksiyadan keyin NovoSeven® preparatining hamma ishlatilmagan eritmasi, shpris vena ichiga yuborish uchun tizim bilan, flakon adapter bilan va eritma tayyorlash hamda yuborish uchun Siz foydalangan hamma narsani texnika xavfsizligiga amal qilgan holda shifokor yoki hamshiradan olingan yo‘riqnomaga muvofiq ravishda utilizasiya qiling (M rasm).

Bu materiallarni odatdagi maishiy chiqindilar bilan birga tashlab yubormang.

Tizimni ishlatilgandan keyin qismlarga ajratmang.

Eritma tayyorlash va preparatni yuborish uchun ishlatilgan hamma narsalarni qayta ishlatish mumkin emas.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

NOVOSEVEN poroshok 1,1ml 50 KED dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
NOVOSEVEN poroshok 1,1ml 50 KED dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
NOVOSEVEN poroshok 1,1ml 50 KED dori vositasi Novo Nordisk A/S tomonidan Daniya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
NOVOSEVEN poroshok 1,1ml 50 KED dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
NOVOSEVEN poroshok 1,1ml 50 KED dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
NOVOSEVEN poroshok 2,1ml 100 KED N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Daniya
  • Faol modda: Эптаког альфа активированный ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Novo Nordisk A/S
Ishlab chiqaruvchining dorilari
VIKTOZA inyeksiya uchun eritma 6mg/ml
Narh: 1 000 000 so'mdan Batafsil
NOVOSEVEN poroshok 2,1ml 100 KED N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Daniya
  • Faol modda: Эптаког альфа активированный ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Novo Nordisk A/S
MIKSTARD suspenziya 10ml 100ME/ml
RAYZODEG FLEKSTACH inyeksiya uchun eritma 3ml 100YeD N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Daniya
  • Ishlab chiqaruvchi: Novo Nordisk A/S
NORDITROPIN NORDILET inyeksiya uchun eritma 15mg/1,5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Daniya
  • Ishlab chiqaruvchi: Novo Nordisk A/S
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9