1 000 000 s`om dan
Dorixonalardan izlash1 220 000 s`om dan
Bron qilishQO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
TRESIBA® FLEKSTACH® 100 YeD/ml
TRESIBA® FLEXTOUCH® 100 U/ml
Preparatning savdo nomi: Tresiba® FleksTach®
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): insulin degludek
Dori shakli: 3 ml shpris-ruchkaga oldindan to‘ldirilgan 100 TB/ml in‘eksiyalar uchun eritma.
Tarkibi:
1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: 100 TB insulin degludek* (3,66 mg insulin degludekga ekvivalent).
yordamchi moddalar: gliserol, fenol, metakrezol, rux asetati, xlorid kislotasi/natriy gidroksidi (rN ni muvofiqlashtirish uchun), in‘eksiya uchun suv.
*Saccharomyces cerevisiae shtammi yordamida rekombinant DNK biotexnologiyasi usuli bilan ishlab chiqariladi.
Bitta oldindan to‘ldirilgan shpris-ruchka 3 ml eritmada 300 TB insulin degludekni saqlaydi.
Ta‘rifi: tiniq, rangsiz eritma.
Farmakoterapevtik guruhi: qandli diabetni davolash uchun vositalar. Uzoq muddatli ta‘sir etuvchi insulinlar va ularning analoglari.
ATX kodi: A10AE06
Farmakologik xususiyatlari
Ta‘sir mexanizmi
Insulin degludek odam endogen insulini reseptori bilan spesifik tarzda bog‘lanadi va u bilan ta‘sirlashgan holda odam insulini ta‘siriga o‘xshash o‘zining farmakologik ta‘sirini amalga oshiradi.
Insulin degludekning gipoglikemik ta‘siri insulinni mushak va yog‘ hujayralari reseptorlari bilan bog‘lanishidan keyin to‘qimalar tomonidan glyukozani utilizasiya qilinishini oshishidan va bir vaqtda jigar tomonidan glyukozaning ishlab chiqarilishi tezligini pasayishidan kelib chiqadi.
Farmakodinamikasi
Tresiba® preparati haddan tashqari uzoq muddatli ta‘sir etuvchi odam insulinining bazal analogi bo‘lib hisoblanadi; teri ostiga yuborilganidan keyin teri ostidagi depoda eruvchan multigeksamerlarni shakllantiradi. Depodan qon oqimiga insulin degludekning uzluksiz va uzaytirilgan so‘rilishi yuz beradi va u preparatning uzoq muddatli, yassi ta‘sir profilini va barqaror gipoglikemik ta‘sirini ta‘minlaydi (1-rasmga qarang). Insulin degludek dozasi sutkada bir marta yuborilgan pasientlarda preparatning gipoglikemik ta‘siriga doir 24 soatlik monitoring davri davomida Tresiba® preparati insulin glargindan farqli ravishda birinchi va ikkinchi 12 soatlik davrlardagi ta‘siri o‘rtasida teng taqsimlanish hajmini (AUCGIR,0-12h,SS/AUCGIR,total,SS = 0,5) namoyon qilgan.
1-rasm. Glyukoza infuziyasining to‘g‘irlangan, muvozanat holdagi tezligi profili – O‘rtacha profili 0-24 soat – insulin degludek 100 TB/ml 0,8 TB/kg – 1987-son tadqiqot.
Tresiba® preparati ta‘sirining davomiyligi dozalarning davolash diapazoni chegarasida 42 soatdan ortiqni tashkil etadi.
Preparatning qon plazmasidagi muvozanat konsentrasiyasiga preparat yuborilganidan keyin 2-3 kun o‘tgach erishiladi.
Insulin degludek muvozanat konsentrasiyasi holatida insulin glarginga nisbatan gipoglikemik ta‘sirning kundalik profillarining qat‘iy (4 marta) kamroq o‘zgaruvchanligini namoyon qiladi, ushbu o‘zgaruvchanlik dozalarning bitta intervali (AUCGIR,τ,SS) davomida va soat 2 dan soat 24 gacha bo‘lgan vaqt davri (AUCGIR2-24h,SS) doirasida preparatning gipoglikemik ta‘sirini o‘rganish uchun o‘zgaruvchanlik koeffisienti (CV) qiymati bo‘yicha baholanadi, 1-jadvalga qarang.
1-jadval. qandli diabetning 1-tipi bo‘lgan pasientlarda muvozanat konsentrasiyasi holatida Tresiba® preparati va insulin glarginning gipoglikemik ta‘siri har kunlik profillarining o‘zgaruvchanligi
Insulin degludek
(N26) (CV%) |
Insulin glargin (N27)
(CV%) |
|
Dozalarning bitta intervali (AUCGIR,τ,SS) davomida gipoglikemik ta‘sir har kunlik profillarining o‘zgaruvchanligi | 20 | 82 |
Soat 2 dan soat 24 gacha bo‘lgan vaqt davri (AUCGIR2-24h,SS) doirasida gipoglikemik ta‘sir har kunlik profillarining o‘zgaruvchanligi | 22 | 92 |
CV: ichki individual o‘zgaruvchanlik koeffisienti, foizlarda
SS: muvozanat holatida preparat konsentrasiyasi
AUCGIR,2-24h: dozalar intervalining so‘ngi 22 soatida metabolik ta‘siri (ya‘ni, klemp-tadqiqotning yuborish davri davomida vena ichiga yuborilgan insulinning unga ta‘siri mavjud emas).
Tresiba® preparatining yig‘indi gipoglikemik ta‘siri dozalar oshishi bilan ortib boradi.
Tresiba® preparatining yig‘indi gipoglikemik ta‘siri preparatning turli – 100 TB/ml va 200 TB/ml dozalari uchun bir xil dozalarda yuborilganidan keyin bir xil bo‘ladi.
Keksa yoshdagi pasientlar va yosh pasientlarda Tresiba® preparatining farmakodinamika ta‘sirlari o‘rtasida farqlar mavjud emas.
Klinik samaradorligi va xavfsizligi
26 hafta va 52 hafta davom etgan Treat-to-Target («maqsadga qadar davolash») strategiyasi bo‘yicha 11 ta xalqaro randomizasiyalangan, ochiq klinik tadqiqotlar o‘tkazilgan bo‘lib, ular umuman olganda Tresiba® preparatini qabul qilgan qandli diabeti bo‘lgan 4275 nafar pasientni (qandli diabetning 1-tipi bo‘lgan 1102 nafar pasientni va qandli diabetning 2-tipi bo‘lgan 3173 nafar pasientni) ichiga olgan parallel guruhlarda olib borilgan.
Tresiba® preparatining samaradorligi qandli diabetning 1-tipi bo‘lgan pasientlarda (3-jadval), insulin bilan birinchi bor davolanayotgan, qandli diabetning 2-tipi bo‘lgan pasientlarda (davolash boshlanishida, 4-jadval) va ilgari insulin bilan davolangan, qandli diabetning 2-tipi bo‘lgan pasientlarda (insulin bilan davolashni jadallashtirilishi, 5-jadval) o‘rganilgan, bunda insulinni belgilangan vaqtda yuborish mumkin bo‘lgan yoki aksincha, dozani yuborish vaqti erkin bo‘lgan (6-jadval). Qiyosiy preparatlarining (insulin detemir, insulin glargin) HbA1c ko‘rsatkichining dastlabki qiymatlardan tadqiqot yakunidagi qiymatlarigacha pasayishi yuzasidan Tresiba® preparatidan ustun emasligi isbotlangan. Tresiba® preparati qo‘llanilganida glikemik nazoratning yaxshilanishi insulinning boshqa preparatlaridagi nazoratdan qolishmagan bir vaqtda, sitagliptin bilan taqqoslanganda Tresiba® preparati HbA1c pasayishiga nisbatan statistik ahamiyatga ega ustunlikni ko‘rsatgan (5-jadval).
Qandli diabetning 1 va 2-tipi bo‘lgan pasientlar ishtirokidagi «maqsadga qadar davolash» prinsipi bo‘yicha yettita rejalashtirilgan klinik tadqiqotlar davomida olingan ma‘lumotlarning prospektiv meta-tahlili natijalari insulin glargin (etiketkadagi ko‘rsatmalarga muvofiq yuborilgan holda) bilan taqqoslanganda ancha past davolashga, pasientlarda tasdiqlangan gipoglikemiya epizodlari va tasdiqlangan tungi gipoglikemiya epizodlari rivojlanishi tez-tezligiga nisbatan Tresiba® preparati bilan davolashning afzalligini namoyon qildi (2-jadval). Insulin glargin bilan davolashga nisbatan Tresiba® preparati bilan davolash fonida gipoglikemiya epizodlari tez-tezligini pasayishi qon plazmasida och qoringa glyukoza konsentrasiyasining ancha past bo‘lgan o‘rtacha ko‘rsatkichida erishilgan.
2-jadval. Gipoglikemiya epizodlari bo‘yicha ma‘lumotlar meta-tahlilining natijalari
Xavfning hisoblangan nisbati (insulin degludek/insulin glargin) | Tasdiqlangan gipoglikemiya epizodlaria | |
Jami | Tungi | |
Qandli diabetning 1-tipi + 2-tipi (umumiy ma‘lumotlar)
Dozani tutib turish davrib Keksa ³ 65 yoshdagi pasientlar |
0,91*
0,84* 0,82 |
0,74*
0,68* 0,65* |
qandli diabetning 1-tipi
Dozani tutib turish davrib |
1,10
1,02 |
0,83
0,75* |
qandli diabetning 2-tipi
Dozani tutib turish davrib Ilgari insulinni qabul qilmagan pasientlarda faqat bazal davolash |
0,83*
0,75* 0,83* |
0,68*
0,62* 0,64* |
*Statistik jihatdan ishonchli
aTasdiqlangan gipoglikemiya – bu qon plazmasida o‘lchangan glyukoza konsentrasiyasi < 3,1 mmol/l natijasi bilan tasdiqlangan yoki pasientga holatini tiklash uchun uchinchi shaxslarning yordami talab qilinganligidan dalolat beruvchi gipoglikemiya epizodi. Tasdiqlangan tungi gipoglikemiya – bu sutkaning soat nol va ertalabki soat olti o‘rtasidagi vaqt oralig‘ida yuzaga kelgan gipoglikemiya.
bDavolashning 16-haftasidan keyin gipoglikemiya epizodlari.
Tresiba® preparati bilan uzoq vaqt davomida davolashdan keyin insulinga antitelalarning klinik jihatdan hosil bo‘lishi aniqlanmagan.
3-jadval. qandli diabetning 1-tipi bo‘lgan pasientlarni davolashga doir klinik tadqiqotlarning natijalari
52 haftalik davolash | 26 haftalik davolash | |||
Tresiba®1 | Insulin glargin1 | Tresiba®1 | Insulin glargin1 | |
N | 472 | 157 | 302 | 153 |
HbA1c (%) | ||||
Tadqiqot yakuni
O‘rtacha o‘zgarish |
7,3
-0,40 |
7,3
-0,39 |
7,3
-0,73 |
7,3
-0,65 |
Tafovuti: -0,01 [-0,14; 0,11] | Tafovuti: -0,09 [-0,23; 0,05] | |||
Qon plazmasida och qoringa glyukoza konsentrasiyasi (mmol/l) | ||||
Tadqiqot yakuni
O‘rtacha o‘zgarish |
7,8
-1,27 |
8,3
-1,39 |
7,3
-2,60 |
8,9
-0,62 |
Tafovuti: -0,33 [-1,03; 0,36] | Tafovuti: -1,66 [-2,37;-0,95] | |||
Gipoglikemiyani uchrash tez-tezligi (ekspozisiyaning pasient-yiliga) | ||||
Og‘ir | 0,21 | 0,16 | 0,31 | 0,39 |
Tasdiqlangan2 | 42,54 | 40,18 | 45,83 | 45,69 |
Nisbati: 1,07 [0,89;1,28] | Nisbati: 0,98 [0,80; 1,20] | |||
Tasdiqlangan tungi2 | 4,41 | 5,86 | 4,14 | 5,93 |
Nisbati: 0,75 [0,59; 0,96] | Nisbati: 0,66 [0,49;0,88] |
1Sutkada bir marta yuboriladi + prandial insulinga bo‘lgan ehtiyojni ta‘minlash maqsadida insulin aspart
2Tasdiqlangan gipoglikemiya – bu qon plazmasida o‘lchangan glyukoza konsentrasiyasi < 3,1 mmol/l natijasi bilan tasdiqlangan yoki pasientga holatini tiklash uchun uchinchi shaxslarning yordami talab qilinganligidan dalolat beruvchi gipoglikemiya epizodi. Tasdiqlangan tungi gipoglikemiya – bu sutkaning soat nol va ertalabki soat olti o‘rtasidagi vaqt oralig‘ida yuzaga kelgan gipoglikemiya.
4-jadval. Insulinni birinchi bor (insulin bilan davolashning boshlanishida) qabul qilayotgan pasientlarda qandli diabetning 2-tipini davolashga doir klinik tadqiqotlarning natijalari
52 haftalik davolash | 26 haftalik davolash | |||
Tresiba®1 | Insulin glargin1 | Tresiba®1 | Insulin glargin1 | |
N | 773 | 257 | 228 | 229 |
HbA1c (%) | ||||
Tadqiqot
yakuni O‘rtacha o‘zgarish |
7,1
-1,06 |
7,0
-1,19 |
7,0
-1,30 |
6,9
-1,32 |
Tafovuti: 0,09 [-0,04; 0,22] | Tafovuti: 0,04 [-0,11; 0,19] | |||
Qon plazmasida och qoringa glyukoza konsentrasiyasi (mmol/l) | ||||
Tadqiqot
yakuni O‘rtacha o‘zgarish |
5,9
-3,76 |
6,4
-3,30 |
5,9
-3,70 |
6,3
-3,38 |
Tafovuti: -0,43 [-0,74;-0,13] | Tafovuti: -0,42 [-0,78;- 0,06] | |||
Gipoglikemiyani uchrash tez-tezligi (ekspozisiyaning pasient-yiliga) | ||||
Og‘ir | 0 | 0,02 | 0 | 0 |
Tasdiqlangan2 | 1,52 | 1,85 | 1,22 | 1,42 |
Nisbati: 0,82 [0,64; 1,04] | Nisbati: 0,86 [0,58; 1,28] | |||
Tasdiqlangan tungi2 | 0,25 | 0,39 | 0,18 | 0,28 |
Nisbati: 0,64 [0,42; 0,98] | Nisbati: 0,64 [0,30; 1,37] |
1Sutkada bir marta yuboriladi + metformin ± dipeptidilpeptidaza-IV ingibitori
2Tasdiqlangan gipoglikemiya – bu qon plazmasida o‘lchangan glyukoza konsentrasiyasi
< 3,1 mmol/l natijasi bilan tasdiqlangan yoki pasientga holatini tiklash uchun uchinchi shaxslarning yordami talab qilinganligidan dalolat beruvchi gipoglikemiya epizodi. Tasdiqlangan tungi gipoglikemiya – bu sutkaning soat nol va ertalabki soat olti o‘rtasidagi vaqt oralig‘ida yuzaga kelgan gipoglikemiya.
5-jadval. qandli diabetning 2-tipini davolashga doir klinik tadqiqotlarning natijalari: chapda – ilgari bazal insulinni qabul qilgan pasientlar, o‘ngda – insulinni birinchi bor qabul qilayotgan pasientlar
52 haftalik davolash | 26 haftalik davolash | |||
Tresiba®1 | Insulin glargin1 | Tresiba®2 | Sitagliptin2 | |
N | 744 | 248 | 225 | 222 |
HbA1c (%) | ||||
Tadqiqot
yakuni O‘rtacha o‘zgarish |
7,1
-1,17 |
7,1
-1,29 |
7,2
-1,56 |
7,7
-1,22 |
Tafovuti: 0,08 [-0,05; 0,21] | Tafovuti: -0,43 [-0,61;- 0,24] | |||
Qon plazmasida och qoringa glyukoza konsentrasiyasi (mmol/l) | ||||
Tadqiqot
yakuni O‘rtacha o‘zgarish |
6,8
-2,44 |
7,1
-2,14 |
6,2
-3,22 |
8,5
-1,39 |
Tafovuti: -0,29 [-0,65;-0,06] | Tafovuti: -2,17 [-2,59;-1,74] | |||
Gipoglikemiyani uchrash tez-tezligi (ekspozisiyaning pasient-yiliga) | ||||
Og‘ir | 0,06 | 0,05 | 0,01 | 0 |
Tasdiqlangan3 | 11,09 | 13,63 | 3,07 | 1,26 |
Nisbati: 0,82 [0,69; 0,99] | Nisbati: 3,81 [2,40; 6,05] | |||
Tasdiqlangan tungi3 | 1,39 | 1,84 | 0,52 | 0,30 |
Nisbati: 0,75 [0,58; 0,99] | Nisbati: 1,93 [0,90;4,10] |
1Sutkada bir marta yuboriladi + prandial insulinga bo‘lgan ehtiyojni ta‘minlash maqsadida insulin aspart ± metformin ± pioglitazon
2Sutkada bir marta yuboriladi + metformin sulfonilmochevina preparati/glinid ± pioglitazon
3Tasdiqlangan gipoglikemiya – bu qon plazmasida o‘lchangan glyukoza konsentrasiyasi < 3,1 mmol/l natijasi bilan tasdiqlangan yoki pasientga holatini tiklash uchun uchinchi shaxslarning yordami talab qilinganligidan dalolat beruvchi gipoglikemiya epizodi. Tasdiqlangan tungi gipoglikemiya – bu sutkaning soat nol va ertalabki soat olti o‘rtasidagi vaqt oralig‘ida yuzaga kelgan gipoglikemiya.
6-jadval. qandli diabetning 2-tipi bo‘lgan pasientlarda Tresiba® preparatini dozalash vaqti o‘zgaruvchan bo‘lgan holda klinik tadqiqotlarning natijalari
26 haftalik tadqiqot | |||
Tresiba®1 | Tresiba® Fleks2 | Insulin glargin3 | |
N | 228 | 229 | 230 |
HbA1c (%) | |||
Tadqiqot
yakuni O‘rtacha o‘zgarish |
7,3 | 7,2 | 7,1 |
-1,07 | -1,28 | -1,26 | |
Tafovuti: -0,13 [-0,29; 0,03]5 | Tafovuti:0,04 [-0,12; 0,20] | ||
Qon plazmasida och qoringa glyukoza konsentrasiyasi (mmol/l) | |||
Tadqiqot
yakuni O‘rtacha o‘zgarish |
5,8 | 5,8 | 6,2 |
-2,91 | -3,15 | -2,78 | |
Tafovuti: -0,05[-0,45; 0,35]5 | Tafovuti: -0,42 [-0,82; -0,02] | ||
Gipoglikemiyani uchrash tez-tezligi (ekspozisiyaning pasient-yiliga) | |||
Og‘ir | 0,02 | 0,02 | 0,02 |
Tasdiqlangan4 | 3,63 | 3,64 | 3,48 |
Nisbati: 1,10 [0,79; 1,52]6 | Nisbati: 1,03 [0,75; 1,40] | ||
Tasdiqlangan tungi4 | 0,56 | 0,63 | 0,75 |
Nisbati: 1,18 [0,66; 2,12]6 | Nisbati: 0,77 [0,44; 1,35] |
1Sutkada bir marta yuboriladi (asosiy kechki ovqatlanish bilan birga) + bitta yoki ikkita quyidagi gipoglikemik preparat: sulfonilmochevina preparati, metformin yoki dipeptidilpeptidaza-4 ingibitori.
2Sutkada bir marta erkin vaqtda yuboriladi (dozalar o‘rtasidagi intervallar taxminan 8 – 40 soatni tashkil etadi) + bitta yoki ikkita quyidagi gipoglikemik preparat: sulfonilmochevina preparati, metformin yoki dipeptidilpeptidaza-4 ingibitori.
3Sutkada bir marta yuboriladi + bitta yoki ikkita quyidagi gipoglikemik preparat: sulfonilmochevina preparati, metformin yoki dipeptidilpeptidaza-4 ingibitori.
4Tasdiqlangan gipoglikemiya – bu qon plazmasida o‘lchangan glyukoza konsentrasiyasi < 3,1 mmol/l natijasi bilan tasdiqlangan yoki pasientga holatini tiklash uchun uchinchi shaxslarning yordami talab qilinganligidan dalolat beruvchi gipoglikemiya epizodi. Tasdiqlangan tungi gipoglikemiya – bu sutkaning soat nol va ertalabki soat olti o‘rtasidagi vaqt oralig‘ida yuzaga kelgan gipoglikemiya.
5Tresiba® Fleks – Tresiba® o‘rtasidagi tafovut
6Tresiba® Fleks/Tresiba® nisbati
Metformin bilan majmuada Tresiba® preparati bilan davolangan qandli diabetning 2-tipi bo‘lgan 57% pasientlarda o‘tkazilgan 104 haftalik klinik tadqiqotda HbA1c < 7,0% bo‘lgan maqsadli ko‘rsatkichga erishilgan. Qolgan pasientlar esa 26 haftalik ochiq tadqiqotda ishtirok etishni davom ettirgan bo‘lib, ular liraglutid qo‘shilishi yoki insulin aspartni sutkada bir marta (asosiy ovqatlanish bilan birga) qo‘llash uchun randomizasiyalangan. Insulin degludek va liraglutid majmuasini qabul qilgan guruhda insulin dozasi gipoglikemiya rivojlanishi xavfini kamaytirish uchun 20% ga pasaytirilgan. Liraglutidni qo‘shilishi HbA1c ko‘rsatkichining statistik jihatdan ahamiyatli ko‘proq (qiyosiy preparati qo‘llanilganida -0,40% ga nisbatan liraglutid qo‘llanilganida -0,73%, o‘rtacha qiymatlar hisoblangan) pasayishiga va tana vaznining (0,72 kg ga nisbatan -3,03, o‘rtacha qiymatlar hisoblangan) pasayishiga olib kelgan. Gipoglikemiya epizodlarining uchrash tez-tezligi (ekspozisiyaning bitta pasient-yiliga) insulin aspartning bir martalik dozasi qo‘shilishiga nisbatan liraglutid qo‘shilganida statistik jihatdan sezilarli past (8,15 ga nisbatan 1,0; nisbati: 0,13; 95% DI: 0,08 dan 0,21 gacha) bo‘lgan.
Bolalar va o‘smirlar
Tresiba® preparatining samaradorligi va xavfsizligi 1 tipdagi qandli diabeti bo‘lgan bolalar va o‘smirlarda (n=350) 26 hafta davom etgan va keyingi 26 haftalik uzaytirish davri bilan (n=280) o‘tkazilgan randomizasiyalangan (1:1) nazorat qilinadigan klinik tadqiqotlarda o‘rganilgan. Tresiba® preparati guruhiga 1 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan 43 nafar bola, 6 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan 70 nafar bola va 12 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan 61 nafar o‘smir kiritilgan. Qiyosiy preparati (insulin detemir sutkada bir yoki ikki marta) qo‘llanilishi bilan taqqoslanganda Tresiba® preparati sutkada bir marta qo‘llanilganida 52-haftada dastlabki qiymatlarga nisbatan HbA1c ko‘rsatkichining o‘xshash pasayishi va qon plazmasida och qoringa glyukoza (POG) ko‘rsatkichining yaqqol ifodalangan pasayishi ko‘rsatilgan. Ushbu natijaga Tresiba® preparati insulin detemirning sutkalik dozasidan 30% ga kam sutkalik dozada qo‘llanilganida erishilgan. Og‘ir gipoglikemiya (Xalqaro bolalar va o‘smirlarda qandli diabetni o‘rganish jamiyatining (ISPAD) ta‘rifi; 0,33 ga nisbatan 0,51), tasdiqlangan gipoglikemiya (54,05 ga nisbatan 57,71) va tasdiqlangan tungi gipoglikemiya (7,60 ga nisbatan 6,03) epizodlarining uchrash tez-tezligi (ekspozisiyaning bitta pasient-yiliga bo‘lgan holatlar) insulin detemir va Tresiba® preparati qo‘llanilishida bir xil bo‘lgan. Har ikkala davolash guruhida 6 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan bolalarda tasdiqlangan gipoglikemiya epizodlarining uchrash tez-tezligi boshqa yosh guruhlariga qaraganda yuqori bo‘lgan. Tresiba® preparati guruhida 6 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan bolalarda og‘ir gipoglikemiya epizodlarining ancha yuqori tez-tezligi kuzatilgan. Ketoz bilan kechadigan giperglikemiya epizodlarining uchrash tez-tezligi insulin detemir bilan davolashga nisbatan Tresiba® preparati qo‘llanilganida sezilarli darajada past, muvofiq ravishda 1,09 va 0,68 bo‘lgan. Tresiba® preparati qo‘llanilganida nojo‘ya reaksiyalar va xavfsizlikning standart ko‘rsatkichlari bilan bog‘liq hech qanday holatlar aniqlanmagan. Antitelalarning ishlab chiqilishi kam hollarda uchragan va klinik ahamiyatga ega bo‘lmagan. Qandli diabetning 2-tipi bo‘lgan o‘smirlarda olingan samaradorlik va xavfsizlik bo‘yicha ma‘lumotlar qandli diabetning 1-tipi bo‘lgan o‘smirlar va kattalarda hamda qandli diabetning 2-tipi bo‘lgan kattalarda olingan ma‘lumotlar asosida ekstrapolirizasiya qilingan. Olingan natijalar qandli diabetning 2-tipi bo‘lgan o‘smirlarni davolash uchun Tresiba® preparatini tavsiya qilishga imkon beradi.
Farmakokinetikasi
So‘rilishi
Teri ostiga yuborilganidan keyin teri osti-yog‘ to‘qimasida insulin deposini yaratadigan eruvchan barqaror multigeksamerlarining hosil bo‘lishi yuz beradi. Multigeksamerlar insulin degludek monomerlarini ajratgan holda asta-sekin dissosasiyalanadi, natijada preparatni qon oqimiga sekin va uzaytirilgan kelishi yuz beradi.
Qon plazmasida Tresiba® preparatining muvozanat konsentrasiyasiga preparat yuborilganidan keyin 2-3 kun o‘tgach erishiladi.
Insulin degludekni har kuni sutkada bir marta yuborilganida uning 24 soat davomida ta‘siri birinchi va ikkinchi 12 soatlik intervallari o‘rtasida teng taqsimlanadi (AUCGIR,0-12h,SS/AUCGIR,τ,SS = 0,5).
Taqsimlanishi
Insulin degludekning qon plazmasi oqsillari (albumin) bilan bog‘liqligi >99% ni tashkil etadi.
Metabolizmi
Insulin degludekning parchalanishi odamdagi insulin parchalanishiga o‘xshashdir. Barcha hosil bo‘ladigan metabolitlar faol emas.
Chiqarilishi
Teri ostiga in‘eksiyadan keyin Tresiba® preparatining yarim chiqarilish davri teri osti to‘qimasidan uning so‘rilishi tezligi bilan aniqlanadi. Tresiba® preparatining yarim chiqarilishi davri taxminan 25 soatni tashkil etadi va dozaga bog‘liq bo‘lmaydi.
Proporsionallik
Teri ostiga yuborilganida qon plazmasidagi yig‘indi konsentrasiyalari davolash dozalari diapazonida yuborilgan dozasiga proporsional bo‘ladi. Tresiba® 100 TB/ml preparati va Tresiba® 200 TB/ml preparati taqqoslanganida bioekvivalentlilik talablariga rioya qilinishi (AUCIDeg, τ, SS va Cmax,IDeg, SS asosida) namoyon qilingan.
Jins
Tresiba® preparatining farmakokinetik xususiyatlarida pasientlarning jinsiga bog‘liq holda farqlar aniqlanmagan.
Keksa yoshdagi pasientlar, turli etnik guruhlardagi pasientlar, buyrak yoki jigar funksiyasini buzilishi bo‘lgan pasientlar
Insulin degludek farmakokinetikasida keksa yoshdagi va yosh pasientlar o‘rtasida, turli etnik guruhlar pasientlar o‘rtasida, buyrak va jigar funksiyasini buzilishi bo‘lgan pasientlar va sog‘lom pasientlar o‘rtasida klinik ahamiyatga ega farqlar aniqlanmagan.
Bolalar va o‘smirlar
Bolalarda (1 yoshdan 11 yoshgacha) va o‘smirlarda (12 yoshdan 18 yoshgacha) insulin degludekning farmakokinetik xususiyatlari muvozanat holatida qandli diabetning 1-tipi bo‘lgan katta yoshdagi pasientlardagi bunday xususiyatlar bilan bir xil bo‘lgan. Biroq, bir marta qo‘llanilganidan keyin umumiy ekspozisiyasi kattalardagiga qaraganda bolalar va o‘smirlarda yuqori bo‘lgan.
Xavfsizlikka doir klinik oldi tadqiqotlarining ma‘lumotlari
Farmakologik xavfsizligini, takroriy dozalarning toksikligini, kanserogen potensialini, reproduktiv funksiyaga toksik ta‘sirini o‘rganishga doir tadqiqotlarga asoslangan klinik oldi ma‘lumotlarida odam uchun insulin degludekning biron-bir xavfi aniqlanmagan. Insulin degludekning metabolik va mitogen faolligi nisbati odam insulinidagi faollikka aynan o‘xshash bo‘ladi.
Qo‘llanilishi
Kattalar, o‘smirlar va 1 yoshdan katta bolalardagi qandli diabetda qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Dozalash tartibi
Tresiba® preparati o‘zi bilan bazal insulinni ifodalaydi, u sutkaning istalgan vaqtida bir kunda 1 marta teri ostiga yuboriladi, ammo preparatni har kuni aynan bir vaqtda yuborish afzalroqdir.
Insulin analoglarining, shu jumladan insulin degludekning faolligi birlik (TB) larda ifodalanadi. Insulin degludekning bir (1) birligi (TB) odam insulinining 1 xalqaro birligiga (XB), insulin glarginning 1 birligiga yoki insulina detemirning 1 birligiga mos keladi.
Qandli diabetning 2-tipi bo‘lgan pasientlarda Tresiba® preparatini monoterapiya sifatida ham, peroral gipoglikemik preparatlar (PGGP), GO‘P-1 reseptorlari agonistlari bilan yoki bolyusli insulin bilan majmuada ham qo‘llash mumkin («Farmakodinamikasi» bo‘limiga qarang).
Qandli diabetning 1-tipi bo‘lgan pasientlarda Tresiba® preparatini qisqa/haddan tashqari qisqa ta‘sirdagi insulin bilan birgalikda, prandial insulinga bo‘lgan ehtiyojni qoplash uchun buyuriladi.
Tresiba® preparatining dozasi pasientning ehtiyojlariga muvofiq individual ravishda aniqlanishi kerak. Glikemiya nazoratini optimallashtirish uchun och qoringa qon plazmasida glyukoza ko‘rsatkichlari asosida preparat dozasiga tuzatish kiritish tavsiya etiladi.
Insulinning har qanday preparatlarini qo‘llashdagi kabi dozaga tuzatish kiritish zarurati jismoniy zo‘riqish oshganida, pasientning odatdagi ovqatlanish tartibi o‘zgarganida yoki yondosh kasallikda yuzaga kelishi mumkin.
Tresiba® FleksTach® 100 TB/ml preparati va Tresiba® FleksTach® 200 TB/ml preparati
Tresiba® preparati ikkita dozada taqdim etilgan. Har ikkala dozalar uchun preparatning zarur dozasi to‘plami birliklarda amalga oshiriladi. Biroq doza qadami Tresiba® FleksTach® preparatining ikkita dozasi o‘rtasida farqlanadi.
Tresiba® 100 TB/ml preparati bitta in‘eksiyada 1 TB qadam bilan 1 dan 80 TB gacha dozalarni yuborishga imkon beradi.
Tresiba® 200 TB/ml preparati bitta in‘eksiyada 2 TB qadam bilan 2 dan 160 TB gacha dozalarni yuborishga imkon beradi. Insulin dozasi 100 TB/ml bazal insulin preparatlariga nisbatan eritmaning ikki marta kichik hajmida saqlanadi.
Doza hisoblagichi dozaga bog‘liq bo‘lmagan holda birliklar sonini ko‘rsatadi; pasientlarni yangi dozaga o‘tkazilganida dozani qayta hisoblashni amalga oshirish mumkin emas.
Dozalashning o‘zgaruvchan tartibi
Pasientning ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda Tresiba® preparati uni yuborish vaqtini o‘zgartirish imkonini beradi («Farmakodinamikasi» bo‘limiga qarang). Bunda in‘eksiyalar orasidagi interval kamida 8 soat bo‘lishi kerak.
Insulin dozasini o‘z vaqtida yuborishni yoddan chiqargan pasientlarga ular buni bilib qolgan vaqtda dozani yuborish tavsiya etiladi, so‘ngra esa preparatni odatdagi har kunlik bir marta yuborish vaqtiga qaytish mumkin.
Boshlang‘ich doza
Qandli diabetning 2-tipi bo‘lgan pasientlar
Tresiba® preparatining tavsiya etiladigan boshlang‘ich kunlik dozasi preparatning individual dozasini keyingi tanlagan holda 10 TB ni tashkil etadi.
Qandli diabetning 1-tipi bo‘lgan pasientlar
Tresiba® preparatini ovqatlanish bilan birga yuboriladigan prandial insulin bilan birgalikda preparatning individual dozasini keyingi tanlagan holda sutkada bir marta yuborish lozim.
Insulinning boshqa preparatlaridan o‘tkazilishi
Yangi preparatga o‘tkazish vaqtida va uni buyurilishining dastlabki haftalarida qonda glyukoza konsentrasiyasini sinchkov nazorat qilish tavsiya qilinadi. Ehtimol, yondosh gipoglikemik davolashga (qisqa va haddan tashqari qisqa ta‘sirdagi insulin preparatlari yoki bir vaqtda qo‘llaniladigan boshqa gipoglikemik preparatlar dozasi va vaqtiga) tuzatish kiritish talab qilinishi mumkin.
Qandli diabetning 2-tipi bo‘lgan pasientlar
Qandli diabetning 2-tipi bo‘lgan, insulin bilan davolashning bazal yoki bazis-bolyusli tartibidagi yoki insulinning tayyor aralashmalari/mustaqil aralashtirilgan insulinlar bilan davolash tartibidagi pasientlarni Tresiba® preparati bilan davolashga o‘tkazilayotganda uning dozasini pasient insulinning yangi turiga o‘tkazilishiga qadar qabul qilgan bazal insulinning dozasi asosida, «birlikka nisbatan birlik» prinsipi bo‘yicha hisoblab topish, so‘ngra esa pasientning individual ehtiyojlariga muvofiq dozaga tuzatish kiritish lozim.
Qandli diabetning 1-tipi bo‘lgan pasientlar
Qandli diabetning 1-tipi bo‘lgan pasientlarning ko‘pchiligida har qanday bazal insulindan Tresiba® preparatiga o‘tishda pasient insulinning yangi turiga o‘tkazilishiga qadar qabul qilgan bazal insulinning dozasi asosida «birlikka nisbatan birlik» prinsipidan foydalaniladi, so‘ngra pasientning individual ehtiyojlariga muvofiq dozaga tuzatish kiritiladi. Tresiba® preparati bilan davolashga o‘tish vaqtida bazal insulin bilan har kuni ikki marta yuborish tartibida bo‘lgan qandli diabetning 1-tipi bo‘lgan pasientlarda yoki HbA1c < 8% ko‘rsatkichiga ega bo‘lgan pasientlarda Tresiba® preparatining dozasi individual ravishda aniqlanishi kerak. Ehtimol, glikemiya ko‘rsatkichlari asosida dozani keyingi individual tanlagan holda dozani pasaytirish talab qilinishi mumkin.
Qandli diabetning 2-tipi bo‘lgan pasientlarda Tresiba® preparatini GO‘P-1 reseptorlari agonistlari bilan majmuada qo‘llash
GO‘P-1 reseptorlari agonistlari bilan davolashga Tresiba® preparati qo‘shilganida tavsiya etiladigan boshlang‘ich sutkalik doza unga keyingi individual ravishda tuzatish kiritgan holda 10 TB ga teng.
Tresiba® preparati bilan davolashga GO‘P-1 reseptorlari agonistlari qo‘shilganida gipoglikemiya rivojlanishi xavfini minimal darajaga keltirish uchun Tresiba® preparati dozasini 20% ga pasaytirish tavsiya etiladi. Keyinchalik dozaga tuzatish kiritish lozim.
Pasientlarning alohida guruhlari
Keksa yoshdagi (65 yoshdan katta) pasientlar
Tresiba® preparati keksa yoshdagi pasientlarda qo‘llanilishi mumkin. Qonda glyukoza konsentrasiyasini sinchkovlik bilan nazorat qilish va insulin dozasiga individual ravishda tuzatish kiritish lozim («Farmakokinetikasi» bo‘limiga qarang).
Buyrak va jigar funksiyasi yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar
Tresiba® preparatini buyrak va jigar funksiyasi yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda qo‘llash mumkin. Qonda glyukoza konsentrasiyasini sinchkovlik bilan nazorat qilish va insulin dozasiga individual ravishda tuzatish kiritish lozim («Farmakokinetikasi» bo‘limiga qarang).
Bolalar va o‘smirlar
Tresiba® preparatini 1 yoshdan katta bo‘lgan o‘smirlar va bolalarni davolash uchun qo‘llash mumkin («Farmakodinamikasi» bo‘limiga qarang). Bazal insulindan Tresiba® preparati bilan davolashga o‘tilganida gipoglikemiya rivojlanishi xavfini minimallashtirish uchun har bir alohida holatda bazal i bolyusli insulin dozasini pasaytirish zaruratini ko‘rib chiqish lozim («Maxsus ko‘rsatmalar» bo‘limiga qarang).
Qo‘llash usuli
Tresiba® preparati faqat teri ostiga yuborish uchun mo‘ljallangan.
Tresiba® preparatini vena ichiga yuborish mumkin emas, chunki bu og‘ir gipoglikemiya rivojlanishiga olib kelishi mumkin.
Tresiba® preparatini mushak ichiga yuborish mumkin emas, chunki ushbu holatda preparat so‘rilishi o‘zgaradi.
Tresiba® preparatidan insulin nasoslarida foydalanish mumkin emas.
Tresiba® preparati son, qorin old devori yoki yelka sohasiga teri ostiga yuboriladi. Lipodistrofiya rivojlanishi xavfini kamaytirish uchun aynan bitta anatomik soha chegaralarida doimiy ravishda in‘eksiya joyini almashtirib turish lozim.
Tresiba® preparati o‘zi bilan NovoFayn® yoki NovoTvist® bir martalik in‘eksiya ignalari bilan foydalanish uchun ishlab chiqilgan oldindan to‘ldirilgan shpris-ruchkani (FleksTach®) ifodalaydi.
Oldindan to‘ldirilgan 100 TB/ml shpris-ruchka 1 TB qadam bilan 1 dan 80 TB gacha dozalarni yuborishga imkon beradi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Xavfsizlik profilining qisqacha sharhi
Gipoglikemiya davolash vaqtida xabar berilgan eng ko‘p uchraydigan nojo‘ya ta‘sir bo‘lib hisoblanadi («Ayrim noxush reaksiyalarning ta‘rifi» bo‘limiga qarang).
Noxush reaksiyalarning jadvaldagi ro‘yxati
Klinik tadqiqotlar davomida olingan ma‘lumotlarga asoslangan quyida taqdim etilgan barcha nojo‘ya ta‘sirlar normativ-huquqiy faoliyat tibbiy lug‘ati (MedDRA) a‘zolar tizimlari sinflariga muvofiq guruhlar bo‘yicha taqsimlangan. Nojo‘ya ta‘sirlar tez-tezligi quyidagicha tarzda aniqlangan: juda tez-tez (≥ 1/10); tez-tez (≥ 1/100 dan < 1/10 gacha); tez-tez emas (≥ 1/1000 dan < 1/100 gacha); kam hollarda (≥ 1/10000 dan < 1/1000 gacha), juda kam hollarda (<1/10000) va noma‘lum (mavjud ma‘lumotlar asosida baholash mumkin emas).
A‘zolar tizimi | Tez-tezligi |
Immun tizimi tomonidan buzilishlar | Kam hollarda – yuqori sezuvchanlik reaksiyalari |
Kam hollarda – eshakemi | |
Moddalar almashinuvi va oziqlanish tomonidan buzilishlar | Juda tez-tez – gipoglikemiya |
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar | Tez-tez emas – lipodistrofiya |
Umumiy buzilishlar va yuborish joyida buzilishlar | Tez-tez – yuborish joyida reaksiyalar |
Tez-tez emas – periferik shishlar |
Ayrim noxush reaksiyalarning ta‘rifi
Immun tizimi tomonidan buzilishlar
Insulin preparatlari qo‘llanilganida allergik reaksiyalar rivojlanishi mumkin. Insulin preparatini o‘ziga yoki uning tarkibiga kiruvchi yordamchi komponentlarga nisbatan darhol yuz beradigan turdagi allergik reaksiyalar pasient hayotiga potensial xavf tug‘dirishi mumkin.
Tresiba® preparati qo‘llanilganida yuqori sezuvchanlik reaksiyalari (shu jumladan til yoki lablarning shishi, diareya, ko‘ngil aynishi, charchoq hissi va teri qichishishi) va eshakemi kam hollarda qayd etilgan.
Gipoglikemiya
Agar insulin dozasi pasientning insulinga bo‘lgan ehtiyojiga nisbatan juda yuqori bo‘lsa, gipoglikemiya rivojlanishi mumkin. Og‘ir gipoglikemiya hushdan ketishga va/yoki tirishishlarga, o‘lim bilan yakun topishga qadar bosh miya funksiyasining qaytmas buzilishiga olib kelishi mumkin. Gipoglikemiya simptomlari, odatda, to‘satdan rivojlanadi. Ular «muzdek ter» chiqishi, teri qoplamalarining rangparligi, yuqori darajada charchash, asabiylik yoki tremorni, xavotirlik hissi, noodatiy charchoq yoki quvvatsizlikni, orientasiyani buzilishi, diqqatni jamlashni pasayishi, uyquchanlik, yaqqol ifodalangan ochlik hissi, ko‘rishning buzilishi, bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, yurak urib ketishi hissini o‘z ichiga oladi.
Lipodistrofiya
Lipodistrofiya (shu jumladan lipogipertrofiya, lipoatrofiya) in‘eksiya joyida rivojlanishi mumkin. Bitta anatomik soha chegarasida in‘eksiya joyini almashtirish qoidalariga rioya qilish mazkur nojo‘ya reaksiya rivojlanishi xavfini qisqartirishga yordam beradi.
Yuborish joyida reaksiyalar
Tresiba® preparatini qabul qilgan pasientlarda preparatni yuborish joyida reaksiyalar (gematoma, mahalliy qon quyilishi, eritema, biriktiruvchi to‘qimada tugunchalar, shish, teri rangining o‘zgarishi, qichishish, in‘eksiya joyida achishish va zichlanish) qayd etilgan. Yuborish joyida reaksiyalarning ko‘pchiligi sezilarli ahamiyatga ega emas va vaqtinchalik tabiatga ega va odatda davolash davom ettirilganida yo‘qoladi.
Bolalar va o‘smirlar
Tresiba® preparati farmakokinetik xususiyatlarini o‘rganish uchun bolalar va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarda qo‘llanilgan («Farmakokinetikasi» bo‘limiga qarang). Uzoq muddatli tadqiqotda 1 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda preparat samaradorligi va xavfsizligi namoyon qilingan. Bolalar yoshidagi pasientlar popullyasiyasida noxush reaksiyalarning yuzaga kelishi tez-tezligi, turi va og‘irlik darajasi qandli diabeti bo‘lgan pasientlarning umumiy popullyasiyasidagi mazkur ko‘rsatkichlardan farqlanmaydi («Farmakodinamikasi» bo‘limiga qarang).
Pasientlarning alohida guruhlari
Klinik tadqiqotlar davomida nojo‘ya reaksiyalar tez-tezligi, turi yoki og‘irligi bo‘yicha keksa yoshdagi pasientlar va buyrak yoki jigar funksiyasini buzilishi bo‘lgan pasientlar va pasientlarning umumiy populyasiyasi o‘rtasida hech qanday farqlar aniqlanmagan.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning faol moddasiga yoki har qanday yordamchi komponentlariga yuqori individual sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Ma‘lumki, ayrim dori preparatlari glyukoza metabolizmiga ta‘sir ko‘rsatadi.
Quyidagi preparatlar pasientning insulinga bo‘lgan ehtiyojini pasaytirishi mumkin:
peroral gipoglikemik preparatlar, GO‘P-1 reseptorining agonistlari, monoaminoksidaza (MAO) ingibitorlari, beta-blokatorlar, angiotenzinga aylantiruvchi ferment (AAF) ingibitorlari, salisilatlar, anabolik steroidlar va sulfonamidlar.
Quyidagi preparatlar pasientning insulinga bo‘lgan ehtiyojini oshirishi mumkin:
peroral gormonal kontrasepsiya vositalari, tiazid diuretiklari, glyukokortikosteroidlar, qalqonsimon bez gormonlari, simpatomimetiklar, o‘sish gormoni va danazol.
Beta-blokatorlar gipoglikemiya simptomlarini yashirishi mumkin.
Oktreotid/lanreotid organizmni insulinga bo‘lgan ehtiyojini oshirishi ham, pasaytirishi ham mumkin.
Alkogol insulinning gipoglikemik ta‘sirini kuchaytirishi yoki pasaytirishi mumkin.
Nomutanosiblik
Ayrim dori moddalari Tresiba® preparatiga qo‘shilganida uning parchalanishini (buzilishini) keltirib chiqarishi mumkin.
Tresiba® preparatini infuziya eritmalariga qo‘shmaslik lozim.
Tresiba® preparatini boshqa dori preparatlari bilan aralashtirish mumkin emas.
Maxsus ko‘rsatmalar
Gipoglikemiya
Ovqatlanish vaqtini o‘tkazib yuborilganida yoki rejalashtirilmagan jadal jismoniy zo‘riqishda bemorda gipoglikemiya rivojlanishi mumkin.
Agar insulin pasientning insulinga bo‘lgan ehtiyojiga nisbatan juda yuqori dozada yuborilgan bo‘lsa, gipoglikemiya shuningdek rivojlanishi mumkin.
Gipoglikemiya rivojlanishi xavfini minimallashtirish uchun bolalarda ovqatlanish va jismoniy faollikni inobatga olgan holda insulin dozalarini tanlashda (ayniqsa bazal-bolyusli tartibda) ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim.
Uglevod almashinuvi kompensasiya qilinganidan keyin (masalan, jadallashtirilgan insulin bilan davolashda) pasientlarda ularga xos gipoglikemiya darakchilari bo‘lgan simptomlar o‘zgarishi mumkin, bu haqda pasientlar xabardor qilinishi kerak. Odatdagi gipoglikemiya darakchilari bo‘lgan simptomlar qandli diabet uzoq davom etganida yo‘qolishi mumkin.
Yondosh kasalliklar, ayniqsa infeksiya va isitma bilan kechadigan kasalliklar odatda organizmni insulinga bo‘lgan ehtiyojini oshiradi.
Pasientda yondosh buyrak, jigar kasalliklari yoki buyrak usti bezlari, gipofiz yoki qalqonsimon bez funksiyasining buzilishlari mavjud bo‘lganida preparat dozasiga tuzatish kiritish shuningdek talab qilinishi mumkin.
Bazal insulinning boshqa preparatlari qo‘llanilganidagi kabi Tresiba® preparati qo‘llanilganida gipoglikemiyadan keyin tiklanish ushlanib qolinishi mumkin.
Giperglikemiya
Og‘ir giperglikemiyani davolash uchun tezda ta‘sir etuvchi insulinni yuborish tavsiya etiladi.
Preparat dozasining yetarlicha emasligi yoki davolashni to‘xtatilishi giperglikemiya va diabetik ketoasidoz rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, yondosh kasalliklar, ayniqsa infeksiya kasalliklari giperglikemik holatlar rivojlanishiga olib kelishi mumkin va muvofiq ravishda organizmning insulinga ehtiyojini oshiradi.
Odatda, giperglikemiyaning birinchi simptomlari asta-sekin, bir necha soat yoki kun davomida paydo bo‘ladi. Ushbu simptomlarga chanqash, tez-tez siyish, ko‘ngil aynishi, qusish, uyquchanlik, terining qizarishi va quruqligi, og‘iz qurishi, ishtahaning yo‘qolishi, nafas chiqarilayotgan havoda aseton hidi taalluqlidir. Qandli diabetning 1-tipida tegishli davolash amalga oshirilmaganida giperglikemiya diabetik ketoasidoz rivojlanishiga olib keladi va o‘limga olib kelishi mumkin.
Bemorni insulinning boshqa preparatlaridan o‘tkazish
Bemorni yangi tipdagi insulinga yoki yangi markadagi yoki boshqa ishlab chiqaruvchining insulin preparatiga o‘tkazish qat‘iy shifokor nazorati ostida amalga oshirilishi kerak. O‘tkazish vaqtida dozaga tuzatish kiritish talab qilinishi mumkin.
Tiazolidindion guruhidagi preparatlar va insulin preparatlarini bir vaqtda qo‘llanilishi
Pasientlarni tiazolidindionlar bilan insulin preparatlari majmuasida davolanganda, ayniqsa bunday pasientlarda surunkali yurak yetishmovchiligi rivojlanishi xavfi omillari mavjud bo‘lganida, surunkali yurak yetishmovchiligi rivojlanishi hollari haqida xabar berilgan. Pasientlarga tiazolidindionlar va Tresiba® preparati bilan majmualangan davolashni buyurishda mazkur faktni hisobga olish lozim. Bunday majmuaviy davolash buyurilganida pasientlarni ularda surunkali yurak yetishmovchiligi belgilari va simptomlarini aniqlash, tana vaznining oshishi va periferik shishlar mavjudligi yuzasidan tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish zarur. Pasientlarda yurak yetishmovchiligi simptomatikasi yomonlashganida tiazolidindionlar bilan davolashni to‘xtatish zarur.
Ko‘rish a‘zosi tomonidan buzilishlar
Uglevod almashinuvi nazorati keskin yaxshilangan holda insulin bilan davolashni jadallashtirish diabetik retinopatiya holatini vaqtincha yomonlashishiga olib kelishi mumkin, ayni vaqtda glikemiya nazoratini uzoq vaqt yaxshilanishi diabetik retinopatiya rivojlanishi xavfini pasaytiradi.
Insulin preparatlarini tasodifan adashtirib yuborishni oldini olish
Tresiba® preparatining boshqa dozasini yoki boshqa insulinni tasodifan yuborilishini oldini olish uchun har bir in‘eksiya oldidan etiketkadagi markirovkani tekshirish zarurligi haqida pasientga tushuntirish lozim. Har bir in‘eksiya oldidan pasientlar doza hisoblagichida shpris-ruchkaga olingan birliklar miqdorini tekshirishlari lozim. Ushbu tarzda faqat shpris-ruchkaning doza hisoblagichidagi raqamlarni aniq farqlay oladigan pasientlar insulinni mustaqil yuborishi mumkin. Ko‘zi ojiz pasientlarni yoki ko‘rish qobiliyati susaygan shaxslarni ularga ko‘rish bilan bog‘liq muammolari bo‘lmagan va in‘ektor bilan ishlashga o‘rgatilgan shaxslarning yordami doimo kerakligi haqida xabardor qilish zarur.
Insulinga nisbatan antitelalar
Insulin qo‘llanilganida antitelalar hosil bo‘lishi mumkin. Antitelalar hosil bo‘lganida giperglikemiya yoki gipoglikemiya hollarini oldini olish uchun kam hollarda insulin dozasiga tuzatish kiritish talab qilinishi mumkin.
Homiladorlik va emizish davri
Homiladorlik
Homilador ayollarda Tresiba® preparatini qo‘llashning klinik tajribasi yo‘q.
Hayvonlarda reproduktiv funksiyani o‘rganishga doir tadqiqotlar embriotoksiklik va teratogenlik yuzasidan insulin degludek va odam insulini o‘rtasida biron-bir farqni ko‘rsatmagan.
Umuman olganda, homiladorlikning barcha davri davomida, shuningdek homiladorlik rejalashtirilganida qonda glyukoza konsentrasiyasini va qandli diabeti bo‘lgan homilador ayollarning holatini sinchkovlik bilan nazorat qilish zarur. Insulinga bo‘lgan ehtiyoj odatda homiladorlikning I uch oyligida kamayadi, so‘ngra homiladorlikning II va III uch oyliklarida asta-sekin oshadi. Tug‘ruqdan keyin insulinga bo‘lgan ehtiyoj homiladorlikkacha bo‘lgan darajaga tezda qaytadi.
Emizish davri
Emizikli ayollarda Tresiba® preparatini qo‘llashning klinik tajribasi yo‘q.
Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, kalamushlarda insulin degludek ko‘krak suti bilan ajraladi, preparatning sutdagi konsentrasiyasi qon plazmasidagiga nisbatan past bo‘lgan.
Insulin degludek ayollarda ko‘krak suti bilan ajralishi noma‘lum. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda va emizish davrida bo‘lgan bolalarda metabolik ta‘sirlarning paydo bo‘lishi kutilmaydi.
Fertillik
Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda insulin degludekning fertillikka nisbatan noxush ta‘siri aniqlanmagan.
Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri
Gipoglikemiya rivojlanganida pasientlarning diqqatni jamlashga qodirligi va reaksiya tezligi buzilishi mumkin, bu ushbu qobiliyatlar zarur bo‘lgan vaziyatlarda (masalan, transport vositalarini boshqarishda yoki mexanizmlar bilan ishlashda) xavf tug‘dirishi mumkin.
Pasientlarga transport vositalarini boshqarishda gipoglikemiya rivojlanishini oldini olish uchun choralar ko‘rish tavsiya etilishi zarur. Bu gipoglikemiya rivojlanishi simptomlari-darakchilarining ifodalanganligi mavjud bo‘lmagan yoki pasaygan yoki gipoglikemiya epizodlari tez-tez yuz beradigan pasientlar uchun ayniqsa muhim. Ushbu hollarda transport vositasini boshqarish maqsadga muvofiqligi masalasini ko‘rib chiqish lozim.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Insulin dozasini oshirib yuborilishi uchun zarur bo‘lgan ma‘lum bir doza aniqlanmagan, biroq agar pasient ehtiyojiga nisbatan preparatning juda yuqori dozasi yuborilgan bo‘lsa, gipoglikemiya asta-sekin rivojlanishi mumkin.
Chiqarilish shakli
I gidrolitik sinfidagi shishadan tayyorlangan, bir tomonidan galobutil rezina/poliizoprendan tayyorlangan disklari va ikkinchi tomondan galobutil rezinadan tayyorlangan porshenlari bo‘lgan tiqinlar bilan berkitilgan kartridjlarda 3 ml li shaklda chiqariladi. Kartridj ko‘p marta in‘eksiyalarni amalga oshirish uchun ko‘p dozali bir martalik shpris-ruchkaga kavsharlangan. Karton qutiga qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga ko‘p dozali bir martalik 5 ta shpris-ruchka joylangan.