×
×
  • OBESTAT kapsulalar  120mg N50

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

OBESTAT kapsulalar 120mg N50

Kategoriya:
- Hazm qilish va moddalar almashinuvi tizimi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Qadoqda soni:
- 50
Ishlab chiqaruvchi:
- Stenora Limited, Великобритания произведено: Shree Life Sciences Pvt. Ltd.
ATX kodi:
- A08AB01
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

ADEMTA tabletkalari 400mg N20 Dr Sertus Ilaç Sanayi ve Ticaret Limited Şirketi Turkiya
274 000 s`om dan
ENTEROFURIL kapsulalar 100mg N30 Bosnalijek JSC Bosniya va Gertsegovina
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
OBESTAT kapsulalar 120mg N50 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

OBESTAT

OBESTAT

 

Preparatning savdo nomi: Obestat

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): orlistat

Dori shakli: kapsulalar

Tarkibi:

Har bir kapsula quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: orlistat – 120 mg;

yordamchi moddalar: mannitol, povidon, tozalangan talk, tozalangan suv.

Ta‘rifi: qopqoqchasi tiniq, to‘q ko‘k rangli, tanasi tiniq, och-moviy rangli, 2 o‘lchamdagi, oq yoki deyarli oq rangli uzun pelletlar saqlovchi qattiq jelatin kapsulalar.

Farmakoterapevtik guruhi: me‘da-ichak lipazalari ingibitori.

ATX kodi: A08AV01

Farmakologik xususiyatlari

Obestat – uzoq ta‘sirga ega me‘da-ichak lipazalarining kuchli, spesifik va qaytuvchan ingibitoridir. Uning terapevtik ta‘siri me‘da va ingichka ichak bo‘shlig‘ida amalga oshadi va me‘da va pankreatik lipazalarning faol serinli sohasi bilan kovalent bog‘ hosil bo‘lishidan iborat.

Bunda faolsizlantirilgan ferment trigliseridlar ko‘rinishida tushuvchi ovqatdagi yog‘larni so‘riladigan erkin yog‘ kislotalari va monogliseridlarga parchalash qobiliyatini yo‘qotadi. Parchalanmagan triliseridlar so‘rilmaganligi tufayli, buning oqibatidagi organizmga kaloriyalarni tushishini kamayishi tana vaznini kamayishiga olib keladi. Shunday qilib, preparatning terapevtik ta‘siri tizimli qon oqimiga so‘rilmasdan amalga oshiriladi.

Ahlatdagi yog‘ miqdoriga qaraganda orlistatning ta‘siri qabul qilingandan 24-48 soatdan keyin boshlanadi. Preparat bekor qilingandan keyin ahlatdagi yog‘ miqdori davolashdan oldin kuzatilgan darajagacha odatda 48-72 soatdan keyin qaytadi.

Samaradorlik

Semizlik bilan xastalangan bemorlar

Klinik tadqiqotlarda parhez bilan davolanayotgan pasientlarga nisbatan orlistat qabul qilayotgan pasientlarda tana vaznini ko‘proq kamayishi kuzatilgan. Tana vaznini kamayishi davolash boshlanganidan keyin birinchi 2 hafta davomida boshlangan va hatto parhez bilan davolashga salbiy javobi bo‘lgan pasientlarda ham 6 oydan 12 oygacha davom etgan. 2 yil davomida semizlik bilan kechuvchi metabolik xavf omillarining profilini statistik jihatdan yaxshilanishi kuzatilgan. Bundan tashqari, plasebo qabul qilganga nisbatan organizmda yog‘larning miqdorini ahamiyatli darajada kamayishi aniqlangan. Orlistat tana vaznini takroran oshishini oldini olishda samarali. Yo‘qotilgan tana vaznining 25% dan yuqori bo‘lmagan tana vaznini takroran tana vaznini oshishi pasientlarning taxminan yarmida kuzatilgan, bu pasientlarning qolgan yarmida esa tana vaznini takroran oshishi kuzatilmagan yoki hatto uni keyinchalik kamayishi kuzatilgan.

Semizlik va qandli diabetning 2 tipi bo‘lgan bemorlar

6 oydan 1 yilgacha davomiylikdagi klinik tadqiqotlarda orlistat qabul qiluvchi ortiqcha tana vazni yoki semizlik va qandli diabetning 2 tipi bo‘lgan pasientlarda faqat parhez bilan davolangan pasientlarga nisbatan tana vaznini ko‘proq kamayishi kuzatilgan. Tana vaznini kamayishi asosan organizmdagi yog‘larning miqdorini kamayishi hisobiga amalga oshgan. Tadqiqot boshlanishidan oldin gipoglikemik vositalarni qabul qilishga qaramasdan pasientlarda glikemiyaning yetarli bo‘lmagan nazorati kuzatilgan. Ammo orlistat bilan davolaganda glikemiyani nazoratini statistik va klinik jihatdan yaxshilanishi kuzatilgan. Bundan tashqari, orlistat bilan davolash fonida gipoglikemik vositalarning dozasini, insulinning konsentrasiyasini pasayishi, shuningdek insulinorezistentlikni kamayishi kuzatilgan.

Semizlik bilan xastalangan bemorlarda qandli diabetning 2 tipini rivojlanishining xavfini kamaytirish

4 yillik klinik tadqiqotda orlistat qandli diabetning 2 tipini rivojlanishining xavfini ahamiyatli darajada (plaseboga nisbatan taxminan 37%) pasaytirishi namoyish etilgan. Xavfni kamayish darajasi hatto dastlab glyukozaga tolerentlikni buzilishi (taxminan 45% ga) bo‘lgan pasientlarda ahamiyatliroq bo‘lgan. Orlistat bilan davolash guruhida plasebo guruhiga nisbatan tana vaznini ahamiyatliroq kamayishi kuzatilgan. Tana vaznini yangi darajada tutib turish butun tadqiqot davomida kuzatilgan. Bundan tashqari, plaseboga nisbatan orlistat bilan davolangan pasientlarda metabolik xavf omillari profilini ahamiyatli darajada yaxshilanishi kuzatilgan.

Pubertat semizlik

1 yil davomiylikdagi klinik tadqiqotda semizlik bilan xastalangan o‘smirlarda orlastatni qabul qilganda hatto tana vazni indeksi oshgan plasebo guruhiga nisbatan tana vazni indeksini kamayishi kuzatilgan. Bundan tashqari, plasebo guruhiga nisbatan orlistat guruhidagi pasientlarda yog‘ massasini, shuning bel va sonning aylanma o‘lchamlarini kamayishi kuzatilgan. Shuningdek plasebo guruhiga nisbatan orlistat bilan davolangan pasientlarda diastolik bosimni ahamiyatli darajada pasayishi kuzatilgan.

Xavfsizligi bo‘yicha klinika oldi ma‘lumotlari

Klinika oldi ma‘lumotlariga ko‘ra pasientlar uchun xavfsizlik profili, toksiklik, genotoksiklik, kanserogenlik va reproduktiv toksiklikka taalluqli qo‘shimcha ma‘lumotlar aniqlanmagan. Hayvonlarda teratogen samarasini yo‘qligi tufayli, uni odamlarda aniqlanishining ehtimoli kam.

Farmakokinetikasi

So‘rilishi

Tana vazni normal va semizligi bo‘lgan ko‘ngillilarda preparatning tizimli ta‘siri minimal bo‘lgan. Preparatni 360 mg dozada bir marta peroral qabul qilingandan keyin plazmada o‘zgarmagan orlistatni aniqlash imkoni bo‘lmagan, bu uning konsentrasiyasi
5 ng/ml dan past ekanligidan dalolat beradi.

Umuman olganda, terapevtik dozalar qabul qilingandan keyin plazmada o‘zgarmagan orlistatning konsentrasiyasi kam hollardagina aniqlash mumkin bo‘lgan, bunda uning konsentrasiyasi juda past (<10 ng/ml yoki 0,02 mkmol) bo‘lgan. To‘planish belgilari kuzatilmagan, bu preparatni so‘rilishi minimal ekanligini tasdiqlaydi.

Taqsimlanishi

Vd aniqlab bo‘lmaydi, chunki preparat yomon so‘riladi. In vitro sharoitda orlistat plazmadagi oqsillar (asosan lipoproteinlar va albumin bilan) 99% dan ortiq bog‘lanadi. Orlistat minimal darajada eritrositlarga kirishi mumkin.

Metabolizmi

Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda olingan ma‘lumotlarga ko‘ra orlistatning metabolizmi asosan ichak devorida amalga oshiriladi. Semizlik bilan xastalangan shaxslarda o‘tkazilgan tadqiqotda tizimli so‘rilishga uchraydigan preparatning minimal fraksiyasining taxminan 42% ikkita asosiy metabolit – M1 (to‘rt bo‘g‘inli gidrolizga uchragan lakton halqasi) va M3 (N-formilleysin qoldig‘i ajratib olingan M1) ga to‘g‘ri keladi.

M1 va M3 molekulalari ochiq b-lakton halqaga ega va lipazani juda kuchsiz (orlistatga nisbatan muvofiq ravishda 1000 va 2500 marta kuchsizroq) ingibisiya qiladi. Terapevtik dozalar qabul qilingandan keyin bunday past ingibisiya qiluvchi faollik va past plazmadagi konsentrasiyalari (muvofiq ravishda o‘rtacha 26 ng/ml va 108 ng/ml) tufayli, bu metabolitlar farmakologik faol deb qaralmaydi.

Chiqarilishi

Tana vazni normal va ortiqcha bo‘lgan shaxslarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda chiqarilishning asosiy yo‘li bo‘lib so‘rilmagan preparatni axlat bilan chiqarilishi ekanligi namoyish etilgan. Qabul qilingan dozaning taxminan 97% ahlat bilan chiqariladi, bunda 83% – o‘zgarmagan orlistat ko‘rinishida chiqariladi.

Orlistat bilan struktur bog‘langan barcha substansiyalarni buyrak orqali chiqarilishi qabul qilingan dozaning 2% dan kamrog‘ini tashkil qiladi. Preparatni organizmdan to‘liq chiqarilishi (axlat va siydik bilan) vaqti 3-5 kunga teng. Tana vazni normal va ortiqcha bo‘lgan ko‘ngillilarda orlistatning chiqarilish yo‘llarining nisbati teng bo‘lgan. Orlistat ham, M1 va M3 metabolitlari ham safro bilan chiqarilishi mumkin.

Alohida klinik guruhlardagi farmakokinetikasi

Bolalarda preparatning bir xil dozalari bilan solishtirganda kattalardagi orlistat va uning metabolitlarining (M1 va M3) plazmadagi konsentrasiyasidan farq qilmagan. Yog‘ni ahlat bilan sutka davomida chiqarilishi orlistat bilan davolaganda ovqat qabul qilishdan 27% ni va plasebo qabul qilganda – 7% ni tashkil qilgan.

Qo‘llanilishi

  • semizlik bilan xastalangan bemorlar va tana vazni yuqori bo‘lgan pasientlarni, shu jumladan semirish bilan assosiasiyalangan xavf omillariga ega pasientlarni o‘rtacha gipokaloriyalik parhez bilan birga uzoq vaqt davolash;
  • tana vazni ortiqcha yoki semirish bilan xastalangan 2 tip qandli diabeti bo‘lgan bemorlarda gipoglikemik preparatlar (metformin, sulfonilmochevina hosilalari va/yoki insulin) bilan majmuada qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarda semizlik bilan xastalangan bemorlar va tana vazni yuqori bo‘lgan pasientlarni, shu jumladan semirish bilan assosiasiyalangan xavf omillariga ega pasientlarni o‘rtacha gipokaloriyalik parhez bilan birga uzoq vaqt davolashda orlistatning tavsiya etilgan dozasi har bir asosiy ovqatlanish bilan (ovqatlanish vaqtida yoki ovqatlangandan keyin bir soat ichida) birga 120 mg li bir kapsulani tashkil qiladi.

Tana vazni ortiqcha yoki semirish bilan xastalangan qandli diabetning 2 tipi bo‘lgan bemorlarda gipoglikemik preparatlar (metformin, sulfonilmochevina hosilalari va/yoki insulin) bilan majmuada: kattalarda orlistatning tavsiya etilgan dozasi har bir asosiy ovqatlanish bilan (ovqatlanish vaqtida yoki ovqatlangandan keyin bir soat ichida) birga 120 mg li bir kapsulani tashkil qiladi.

Agar ovqatlanish o‘tkazib yuborilsa yoki agar ovqatda yog‘ bo‘lmasa, Obestat preparatini ham o‘tkazib yuborish mumkin.

Preparatni muvofiqlashtirilgan, o‘rtacha kaloriyalik, yog‘ ko‘rinishida 30% dan ko‘p bo‘lmagan miqdorda kaloriya saqlovchi parhez bilan birga qabul qilish kerak. Yog‘lar, uglevodlar va oqsillarni sutkalik iste‘mol qilinishini uchta asosiy qabul qilishlarga taqsimlash kerak.

Orlistatning tavsiya etilgan dozasini (120 mg sutkada 3 marta) oshirish uning terapevtik samarasini oshishiga olib kelmaydi.

Jigar va/yoki buyrak faoliyatini buzilishi, shuningdek keksa pasientlarda va bolalarda (12 yoshdan kichik) Obestat preparatining samaradorligi va xavfsizligi o‘rganilmagan.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Klinik tadqiqotlar ma‘lumotlari

Nojo‘ya reaksiyalarning tez-tezligini ta‘riflash uchun quyidagi toifalar qo‘llaniladi: juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100, <1/10), tez-tez emas (≥1/1000, <1/100), kam hollarda (≥1/10000, <1/1000) va juda kam hollarda (<1/10000), shu jumladan alohida holatlar.

Orlistatga nojo‘ya reaksiyalar asosan me‘da-ichak yo‘llari tomonidan paydo bo‘lgan va yog‘li ovqatni so‘rilishiga qarshilik qiluvchi preparatning farmakologik ta‘siri bilan bog‘liq bo‘lgan. To‘g‘ri ichakdan yog‘li ajralmalar ajralishi, biroz miqdorda ajralmalar bilan gazlarni ajralishi, defekasiyaga imperativ qistovlar, steatoreya, defekasiyani tezlashishi, suyuq ich kelishi, meteorizm, qorinda og‘riq yoki diskomfort kabi ko‘rinishlar juda tez-tez kuzatilgan.

Ovqatda yog‘larning miqdori oshganda ularning tez-tezligi oshadi. Bemorlarni me‘da-ichak yo‘llari tomonidan nojo‘ya reaksiyalar paydo bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirish kerak va ularni ayniqsa ovqatdagi yog‘ miqdori yuzasian parhezga yaxshi rioya qilib ularni bartaraf etishga o‘rgatish kerak. Yog‘ni kam miqdorda saqlovchi parhezga rioya qilish me‘da-ichak yo‘llari tomonidan nojo‘ya ta‘sirlarning ehtimolini kamaytiradi va shu orqali pasientlarga yog‘larni iste‘mol qilishni nazorat qilish va boshqarishga yordam beradi.

Odatda ko‘rsatilgan nojo‘ya reaksiyalar kuchsiz yaqqollikda va tranzitor bo‘ladi. Ular davolashning erta bosqichlarida (birinchi 3 oyda) paydo bo‘lgan, bunda bemorlarning ko‘pchiligida bunday reaksiyalarning bironta ham holati kuzatilmagan.

Obestat preparati bilan davolaganda me‘da-ichak yo‘llari tomonidan quyidagi noxush ko‘rinishlar tez-tez paydo bo‘lgan: “yumshoq” ich kelishi, to‘g‘ri ichakda og‘riq yoki diskomfort, axlatni tutib turolmaslik, qorinni dam bo‘lishi, tishlarni shikastlanishi, milklarni shikastlanishi.

Shuningdek quyidagilar juda tez-tez kuzatilgan: bosh og‘rig‘i, yuqori nafas yo‘llari infeksiyalari, gripp; tez-tez: quyi nafas yo‘llari infeksiyalari, siydik chiqarish yo‘llari infeksiyalari, dismenoreya, xavotirlik, xolsizlik.

Qandli diabetning 2 tipi bo‘lgan bemorlarda noxush ko‘rinishlarning xarakteri va tez-tezligi tana vazni ortiqcha yoki semizlik bilan xastalangan qandli diabeti bo‘lmagan shaxslardagilar bilan bir xil bo‘lgan. Qandli diabetning 2 tipi bo‘lgan pasientlarda yagona yangi nojo‘ya ko‘rinishlar plasebo bilan solishtirganda >2% tez-tezlikda va ≥1% insidentlikda paydo bo‘lgan gipoglikemik holatlar (ular uglevod almashinuvining kompensasiyasini yaxshilanishi oqibatida paydo bo‘lishi mumkin) va tez-tez – qorinni dam bo‘lishi kuzatilgan.

4 yillik klinik tadqiqotda xavfsizlikning umumiy profili 1 va 2-yillik tadqiqotlarda olingan ma‘lumotlardan farq qilmagan. Bunda me‘da-ichak yo‘llari tomonidan noxush ko‘rinishlarni paydo bo‘lishining umumiy tez-tezligi preparatni 4 yil davomida qo‘llash davrida har yili kamaygan.

Postmarketing kuzatuv

Asosiy klinik simptomlari qichishish, toshma, eshakemi, angionevrotik shish, bronxospazm va anafilaksiya bo‘lgan allergik reaksiyalarning kam holatlari ta‘riflangan.

Juda kam hollarda bullyoz toshma, transaminazalar va ishqoriy fosfotaza faolligini oshishining juda kam holatlari, shuningdek gepatit rivojlanishining alohida, ehtimol jiddiy holatlari ta‘riflangan (Obestat preparatini qabul qilish bilan sabab-oqibat bog‘liqligi yoki rivojlanishning patofiziologik mexanizmlari aniqlanmagan).

Obestat preparatini antikoagulyantlar bilan bir vaqtda buyurilganda protrombinni kamayishi, xalqaro normallashga nisbat (XNN) ko‘rsatkichini oshishi va antikoagulyantlar bilan muvofiqlashtirilmagan davolash holatlari qayd etilgan, bu gemostatik ko‘rsatkichlarni o‘zgarishiga olib kelgan.

Rektal qon ketishi, divertikulit, pankreatit, xolelitiaz va oksalat nefropatiya holatlari qayd etilgan (paydo bo‘lish tez-tezligi noma‘lum).

Orlistat va tutqanoqqa qarshi preparatlar bir vaqtda qabul qilinganda tirishishlar rivojlanishi holatlari kuzatilgan (“Dorilarning o‘zaro ta‘siri” bo‘limiga qarang).

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • surunkali malabsorbsiya sindromi;
  • xolestaz;
  • preparatga yoki kapsuladagi har qanday boshqa komponentlarga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Amitriptilin, atorvastatin, biguanidlar, digoksin, fibratlar, fluoksetin, lozartan, fenitoin, peroral kontraseptivlar, fentermin, pravastatin, varfarin, nifedipin GITT (gastro-intestinal terapevtik tizim) va sekin ajralib chiqadigan nifedipin, sibutramin yoki alkogol bilan o‘zaro ta‘siri aniqlanmagan (dorilarning o‘zaro ta‘siri bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot asosida). Lekin varfarin yoki boshqa peroral antikoagulyantlar bilan yondosh davolaganda XNN ko‘rsatkichlarini kuzatish kerak.

Obestat preparati bilan bir vaqtda qabul qilinganda D, Ye vitaminlari va betakarotenni so‘rilishi kamayishi kuzatilgan. Agar polivitaminlar buyurilgan bo‘lsa, ularni Obestat preparatini qabul qilgandan kamida 2 soatdan keyin yoki uyqudan oldin qabul qilish kerak. Obestat preparati va siklosporinni bir vaqtda qabul qilganda siklosporinning plazmadagi konsentrasiyasini pasayishi kuzatilgan, shuning uchun siklosporin va Obestat preparatini bir vaqtda qabul qilganda siklosporinning plazmadagi konsentrasiyasini tez-tez aniqlash tavsiya etiladi.

Obestat preparati bilan davolash vaqtida amiodaronni peroral buyurganda amiodaron va dezetilamiodaronning tizimli ekspozisiyasini pasayishi (25-30%) aniqlangan, lekin amiodaronning farmakokinetikasi murakkabligi tufayli, bu ko‘rinishning klinik ahamiyati noma‘lum. Amiodaron bilan uzoq vaqt davolashga Obestat preparatini qo‘shish ehtimol amiodaronning terapevtik samarasini pasayishiga olib kelishi mumkin (tadqiqotlar o‘tkazilmagan).

Farmakokinetik tadqiqot natijalarining yo‘qligi tufayli, Obestat preparati va akarbozani bir vaqtda qabul qilishdan saqlanish kerak.

Orlistat va tutqanoqqa qarshi preparatlarni bir vaqtda qabul qilganda tirishishlar rivojlanishi holatlari kuzatilgan. Tirishishlarni rivojlanishi va orlistat bilan davolash o‘rtasida sabab-oqibat bog‘liqligi aniqlanmagan. Shunga qaramasdan, tirishish sindromining tez-tezligi va/yoki og‘irlik darajasini o‘zgarishi mumkinligi yuzasidan pasientlarning holatini monitoring qilish kerak.

Maxsus ko‘rsatmalar

Obestat tana vaznini uzoq vaqt nazorat qilish (tana vaznini kamaytirish va uni yangi darajada tutib turish, tana vaznini takroran oshishini oldini olish) yuzasidan samarali. Obestat preparati bilan davolash xavf omillari va semirish bilan birga kechuvchi kasalliklar, shu jumladan giperxolesterinemiya, qandli diabetning 2 tipi, glyukozaga tolerantlikni buzilishi, giperinsulinemiya, arterial gipertenziya profilini yaxshilanishiga va visseral yog‘ miqdorini kamayishiga olib keladi.

Ortiqcha tana vaznli (TVI≥28 kg/m2) yoki semizlik bilan xastalangan (TVI≥30 kg/m2) qandli diabetning 2 tipi bo‘lgan bemorlarda metformin, sulfonilmochevina hosilalari va/yoki insulin kabi gipoglikemik preparatlar bilan majmuada qo‘llanilganda, Obestat o‘rtacha kaloriyali parhez bilan qo‘llanilganda uglevod almashinuvini kompensasiyasini qo‘shimcha yaxshilanishini ta‘minlaydi.

Klinik tadqiqotlarda ko‘pchilik bemorlarda A, D, Ye, K vitaminlari va betakaroten konsentrasiyasi orlistat bilan to‘rt yil davomida davolaganda norma chegarasida qolgan. Barcha ozuqa moddalarini adekvat tushishini ta‘minlash uchun polivitaminlarni buyurish mumkin.

Pasient muvofiqlashtirilgan, yog‘ ko‘rinishidagi kaloriya 30% dan ko‘p bo‘lmagan o‘rtacha kaloriyali parhezga rioya qilishlari kerak. Mevalar va sabzavotlarga boy ovqatlanish tavsiya etiladi. Yog‘lar, uglevodlar va oqsillarning sutkalik iste‘molini uchta asosiy ovqatlanishga taqsimlash kerak.

Agar Obestatni yog‘larga boy (masalan, sutkada 2000 kkal, ulardan 30% dan ko‘prog‘i yog‘lar, bu 67 g yog‘ga to‘g‘ri keladi) ovqatlanish fonida qabul qilinsa, me‘da-ichak yo‘llari tomonidan nojo‘ya reaksiyalar ehtimoli oshadi.

Qandli diabetning 2 tipi bo‘lgan bemorlarda Obestat preparati bilan davolaganda tana vaznini kamayishi uglevod almashinuvining kompensasiyasini yaxshilanishi bilan kechadi, bu gipoglikemik preparatlar (masalan, sulfonilmochevina hosilalari) ning dozasini kamaytirish imkonini berishi yoki talab etishi mumkin.

Homiladorlik va laktasiya

Reproduktiv toksiklik bo‘yicha hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda preparatning teratogen va embriotoksik samarasi kuzatilmagan. Hayvonlarda teratogen samarasi yo‘qligida odamlarda xuddi shunday samarani kutish mumkin emas. Lekin klinik ma‘lumotlar yo‘qligi tufayli Obestatni homiladorlarga buyurish mumkin emas.

Orlistatni ko‘krak suti bilan chiqarilishi o‘rganilmagan, shuning uchun uni emizish davrida qabul qilish mumkin emas.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Chiqarilish shakli

120 mg kapsulalar №20 (2x10), №50 (5x10) blisterlarda. Qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

OBESTAT kapsulalar 120mg N50 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
OBESTAT kapsulalar 120mg N50 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
OBESTAT kapsulalar 120mg N50 dori vositasi Stenora Limited, Великобритания произведено: Shree Life Sciences Pvt. Ltd. tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
OBESTAT kapsulalar 120mg N50 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
OBESTAT kapsulalar 120mg N50 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
OBESTAT kapsulalar 120mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Stenora Limited, Великобритания произведено: Shree Life Sciences Pvt. Ltd.
LAYFTON poroshok 1,0g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Stenora Limited, Великобритания произведено: Shree Life Sciences Pvt. Ltd.
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9