×
×
  • OKSITOSIN FEREYN inyeksiya uchun eritma 1ml 5ME/ml N10

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

OKSITOSIN FEREYN inyeksiya uchun eritma 1ml 5ME/ml N10

Kategoriya:
- Gormonal vositalar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Rossiya
Qadoqda soni:
- 10
Ishlab chiqaruvchi:
- Брынцалов-А, ПАО
ATX kodi:
- H01BB02
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 2 ta dorixonasida topildi

ico 11 200 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 11 200 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

6 700 s`om dan
DEKSAMETAZON tabletkalari 0,5mg N10 ГНЦЛС ОЗ, ООО Ukraina
15 000 s`om dan
TEZARIN tabletkalari 100mkg N50 Insuphar Laboratories Ilacları Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S. Turkiya
GIDROKORTIZONA ASETAT suspenziya 2ml 2,5% N10 Фармак, ПАО Ukraina
28 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
OKSITOSIN FEREYN inyeksiya uchun eritma 1ml 5ME/ml N10 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

OKSITOSIN

OXYTOCINE

 

Preparatning savdo nomi: Oksitosin

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): oksitosin

Dori shakli: vena ichiga va mushak ichiga yuborish uchun eritma

Tarkibi:

1 ml quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: sintetik oksitosin – 5 XB;

yordamchi moddalar: xlorbutanol gemigidrati – 5,0 mg, 1 M sirka kislotasi eritmasi rN 3,0-4,5 gacha.

In‘eksiya uchun suv – 1 ml gacha.

Ta‘rifi: tiniq, rangsiz, o‘ziga xos hidli suyuqlik.

Farmakoterapevtik guruhi: miometriyning qisqaruvchanligini kuchaytiruvchi vosita.

ATX kodi: N01VV02

Farmakologik xususiyatlari

Oksitosin – gipofizning orqa qismi peptid gormonining sintetik analogidir – bachadonning silliq mushaklari (ayniqsa homilador) va sut bezlaridagi mioepitelial xujayralarni qisqarishini rag‘batlantiradi.

Oksitosin kuchsiz antidiuretik samara ko‘rsatadi va terapevtik dozalarda arterial bosimga sezilarli darajada ta‘sir ko‘rsatmaydi.

Samarasi teri ostiga va mushak ichiga yuborilganda 1-2 minutdan keyin kuzatiladi, 20-30 minut davom etadi; vena ichiga yuborilganda 0,5-1 minutdan keyin boshlanadi.

Farmakokinetikasi

T1/2 – 1-6 minut (homiladorlikning kechki davrlarida va laktasiya davrida qisqaradi). Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi past (30%).

Jigar va buyrakda metabolizmga uchraydi. Homiladorlik davrida nishon-a‘zolarda, yo‘ldoshda endogen va ekzogen oksitosinni faolsizlantiruvchi oksitosinazaning darajasi oshadi. O‘zgarmagan ko‘rinishda asosan buyrak orqali chiqariladi.

Qo‘llanilishi

Tug‘ruq faoliyatini qo‘zg‘atish va rag‘batlantirish uchun; tug‘ruqdan keyingi erta davrda bachadondan gipotonik qon ketishlarini oldini olish va davolash uchun va bachadonni tug‘ruqdan keyingi involyusiyasini tezlashtirish uchun: kesar kesishda (yo‘ldosh olib tashlangandan keyin) bachadonni qisqaruvchanlik qobiliyatini kuchaytirish uchun qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Oksitosin vena ichiga, mushak ichiga yuboriladi. Tug‘ruqni qo‘zg‘atish uchun mushak ichiga         0,5-2,0 XB oksitosin yuboriladi; zarurati bo‘lganida har 30-60 minutda in‘eksiya takrorlanadi.

Vena ichiga tomchilab yuborish uchun 1 ml oksitosin (5 XB) 500 ml 5% li dekstroza eritmasida suyultiriladi. Yuborishni minutiga 5-8 tomchidan boshlanadi, keyinchalik tug‘ruq faoliyatining xarakteriga qarab tezlik oshiriladi, lekin minutiga 40 tomchidan oshmasligi kerak. Infuziya jarayonida bachadon faolligi va homilaning YUQS ni doimiy nazorat qilish kerak.

Bachadondan gipotonik qon ketishlarni oldini olish uchun oksitosin mushak ichiga 3-5 XB dan sutkada 2-3 marta 2-3 kun davomida har kuni, bachadondan gipotonik qon ketishlarni davolash uchun esa 5-8 XB dan kuniga 2-3 marta 3 sutka davomida yuboriladi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Aritmiya va bradikardiya (onada va homilada), arterial bosimni pasayishi yoki oshishi, shok, subaraxnoidal qon ketishlar, ko‘ngil aynishi, qusish, neonatal sariqlik, homilada fibrinogen darajasini kamayishi, allergik reaksiyalar, bronxospazm, suvni tutilishi, tug‘ruq faoliyatini haddan tashqari faolligi, bu homilaning o‘tkir gipoksiyasi, normal joylashgan yo‘ldoshni muddatidan oldin ko‘chishi, bachadonni yorilishiga olib kelishi mumkin. Bunday asoratlarning simptomlari paydo bo‘lganida preparatni yuborishni darhol to‘xtatish kerak.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatga shaxsiy yuqori sezuvchanlik, arterial gipertenziya, buyrak yetishmovchiligi, bachadon yorilishiga moyillik, ona chanog‘ining o‘lchamlarini homilaning o‘lchamlariga mos kelmasligi (anatomik va klinik tor chanoq), homilani ko‘ndalang yoki qiyshiq joylashishi, muddatidan oldingi tug‘ruq, bachadon yorilishi xavfi, kesarev kesish yoki bachadondagi boshqa operasiyalardan keyin chandiqlarni mavjudligi, bachadonni haddan tashqarishi cho‘zilishi, ko‘p marta tug‘ruqdan keyingi bachadon, bachadon sepsisi, bachadon bo‘yini invaziv karsinomasi, bachadon gipertonusi (tug‘ruq jarayonida paydo bo‘lmagan), homilani ezilishi, yo‘ldoshni muddatidan oldin ko‘chishiga gumon, homilani bachadon ichidagi gipoksiyasi, yo‘ldoshni oldin kelishida qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Oksitosinni simpatomimetiklar bilan majmuada ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi (simpatomimetiklarning pressor ta‘sirini kuchaytiradi).

MAO ingibitorlari bilan birga qo‘llash arterial bosim oshishi xavfini oshiradi. Galotan va siklopropan arterial gipotenziya rivojlanishi xavfini kuchaytiradi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Faqat shifokor kuzatuvi ostida stasionar sharoitda bachadonning qisqaruvchanlik faoliyati, homilaning holati, ayolning arterial bosimi va umumiy holatining nazorati ostida qo‘llanilsin.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: bachadonni haddan tashqari rag‘batlantirilishi, bu gipertonusga va bachadonni tetanik qisqarishlariga olib kelishi mumkin, bu o‘z navbatida bachadonni yorilishi, tug‘ruqdan keyingi qon ketishlar, homilaning yurak faoliyati tomonidan turli o‘zgarishlarga, gipoksiyaga va homilani nobud bo‘lishiga olib kelishi mumkin: homilani ezilishi, homilaning asfiksiyasi, homilaning bradikardiyasi, bachadon-yo‘ldosh gipoperfuziyasi, giperkapniya, homilaning tug‘ruq jarohatlari, suvli intoksikasiya, tirishishlar.

Davolash: oksitosinni yuborishni darhol to‘xtatish, suyuqlikni yuborishni kamaytirish, diurezni jadallashtirish, simptomatik preparatlar va gipertonik tuzli eritmalarni (elektrolit muvozanatni normallashtirish maqsadida), barbituratlarni (ehtiyotkorlik sifatida) yuborish kerak. Pasientni sinchkovlik bilan kuzatish kerak.

Chiqarilish shakli

Vena ichiga va mushak ichiga yuborish uchun eritma 5 XB/ml.

1 ml dan neytral shisha ampulada.

5 ampula polivinilxlorid (PVX) plyonkali kontur uyali o‘ramda.

1 yoki 2 kontur uyali o‘ramlar qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi va ampula skarifikatori bilan karton qutida.

5 yoki 10 ampulalar qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi va ampula skarifikatori bilan gofrirlangan kiritmali karton qutida.

Sindirish nuqtasi yoki halqasi bo‘lgan ampulalar ishlatilganida ampula skarifikatori joylanmaydi.

Stasionarlar uchun o‘ramlar.

50 yoki 100 kontur uyali o‘ramlar teng miqdordagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan gofrirlangan karton qutiga joylanadi.

Saqlash sharoiti

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 4°S dan 20°S gacha haroratda.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

 

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

OKSITOSIN FEREYN inyeksiya uchun eritma 1ml 5ME/ml N10 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
OKSITOSIN FEREYN inyeksiya uchun eritma 1ml 5ME/ml N10 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
OKSITOSIN FEREYN inyeksiya uchun eritma 1ml 5ME/ml N10 dori vositasi Брынцалов-А, ПАО tomonidan Rossiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
OKSITOSIN FEREYN inyeksiya uchun eritma 1ml 5ME/ml N10 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
OKSITOSIN FEREYN inyeksiya uchun eritma 1ml 5ME/ml N10 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
BRAVINTON konsentrat 2ml 5mg/ml N10
NOSH BRA eritma 2ml 2% N5
NOSH BRA tabletkalari 40mg N10
BRAVINTON konsentrat 2ml 5mg/ml N5
PROTAMIN FEREYN inyeksiya uchun eritma 5ml 10mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Брынцалов-А, ПАО
PROTAMIN FEREYN inyeksiya uchun eritma 5ml 10mg/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Брынцалов-А, ПАО
PROTAMIN FEREYN inyeksiya uchun eritma 2ml 10mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Брынцалов-А, ПАО
OKSITOSIN FEREYN inyeksiya uchun eritma 1ml 5ME/ml N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Брынцалов-А, ПАО
OKSITOSIN FEREYN inyeksiya uchun eritma 1ml 5ME/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Брынцалов-А, ПАО
KOKARBOKSILAZA FEREYN liofilizat 0,050g N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Брынцалов-А, ПАО
KOKARBOKSILAZA FEREYN liofilizat 0,050g N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Брынцалов-А, ПАО
DOKSORUBISIN FEREYN liofilizat 10mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Брынцалов-А, ПАО
DOKSORUBISIN FEREYN liofilizat 10mg N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Брынцалов-А, ПАО
DOKSORUBISIN FEREYN liofilizat 10mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Брынцалов-А, ПАО
GEPARIN FEREYN inyeksiya uchun eritma 5ml 5000YeD N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Брынцалов-А, ПАО
GEPARIN FEREYN inyeksiya uchun eritma 1ml 5000YeD N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Брынцалов-А, ПАО
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9